Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
Tijorat banklari tomonidan kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushiga qarab yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 10-maydagi 11-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3366, 10.05.2022-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 7-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2716-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat soliq qoʻmitasining 2015-yil 14-sentabrdagi 79, 336-V, 2015-29-son qarori (roʻyxat raqami 2716, 2015-yil 29-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 39-son, 513-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklari tomonidan kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushiga qarab yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2018-yil 28-fevral,
36-son
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2018-yil 28-fevral,
336-V-1-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 28-fevral,
2018-08-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat soliq qoʻmitasining 2018-yil 28-fevraldagi 36, 336-V-1 va 2018-08-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Tijorat banklari tomonidan kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushiga qarab yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 7-banddan “hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. 2-ilovada:
100 va 110-satrlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
|
“ |
IV. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻining belgilangan stavkasi, % |
100 |
22 |
|
|
V. Tuzatilgan soliq stavkasi, % |
110 |
17,6 |
”; |
2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻining amaldagi stavkasida 22 foiz va kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalash ulushi sharoitida tuzatilgan soliq stavkasi 17,6 foizni (22 × 80%) tashkil etadi.”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2018-y., 10/18/2716-1/0861-son)