Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekistonda teatr va musiqa sanʼatini yanada rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonni amalga oshirish masalalari haqida” 1995-yil 28-oktabrdagi 415-son qaroriga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbek milliy maqom sanʼatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 17-noyabrdagi PQ-3391-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbek milliy maqom sanʼatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 17-noyabrdagi PQ-3391-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1.Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekistonda teatr va musiqa sanʼatini yanada rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonni amalga oshirish masalalari haqida” 1995-yil 28-oktabrdagi 415-son qaroriga 1-ilovaning “Toshkent shahri” kichik boʻlimiga “Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi” soʻzlari qoʻshilsin.
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan qarorlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev zimmasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, sanʼat va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 6-mart,
179-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.03.2018-y., 09/18/179/0858-son)