Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 14-dekabrdagi PF-5285-son Farmoni)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 14-dekabrdagi PF-5285-son Farmonini ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi N.S. Otajonov va “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi raisi I.U. Haydarov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 2-mart,
164-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-martdagi 164-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 507-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.07.2018-y., 09/18/507/1465-son)
3. Vazirlar Mahkamasining “Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portaliga axborotlarni taqdim etish va joylashtirish tartibi toʻgʻrisida” 2009-yil 21-apreldagi 116-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 30-modda) 1-ilovaning 34-pozitsiyasi “Masʼullar” ustunidagi “Oʻzbekyengilsanoat” AK” soʻzlari “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlarning, shuningdek investitsiya loyihalari yuzasidan tashabbus koʻrsatish va amalga oshirish uchun masʼul yirik korxonalarning tarkibiy boʻlinmalarini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 23-martdagi 84-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 3-son, 19-modda) 1-ilovaning 17-bandidagi “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi” soʻzlari “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida zamonaviy toʻqimachilik ishlab chiqarishini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 31-oktabrdagi 305-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 45-son, 546-modda) 2-bandi yettinchi xatboshidagi va 8 — 10-bandlaridagi “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi” soʻzlari “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-martdagi 164-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Respublika yengil sanoatini rivojlantirish va boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 2-iyuldagi 240-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2002-y., 13-son, 103-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2003-yil 28-fevraldagi 112-son qarorining 70-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 19-modda).
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2004-yil 17-yanvardagi 28-son qarorining 30-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 1-son, 5-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish va respublika yengil sanoatini yanada rivojlantirishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 25-martdagi 141-son qarorining 1, 2-bandlari va 13-bandining ikkinchi xatboshi, shuningdek, ushbu qarorga 7-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2004-y., 12-son, 145-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi huzurida toʻqimachilik mahsulotlari reklamasi va marketingi agentligini tashkil etish toʻgʻrisida” 2007-yil 13-avgustdagi 171-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2007-y., 33-34-son, 342-modda).
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash boʻyicha ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2010-yil 5-iyundagi 108-son qarorining 22-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 6- son, 27-modda).
7. Vazirlar Mahkamasining “Yengilsanoatservis” unitar korxonasini qayta tashkil etish toʻgʻrisida” 2011-yil 31-yanvardagi 24-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2011-y., 4-5-son, 36-modda).
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekyengilsanoat” DAK ustav fondi miqdorining oʻzgarishi toʻgʻrisida” 2013-yil 30-dekabrdagi 348-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 1-son, 6-modda).
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.03.2018-y., 09/18/164/0849-son, 06.07.2018-y., 09/18/507/1465-son, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son)