Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasining
Qarori
“Transyoʻlqurilish” kompaniyasi bajargan mexanizatsiyalashgan ishlar uchun pudratchi tashkilotlar tomonidan toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 1-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1797-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-fevraldagi PQ-2776-son “Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi faoliyatlarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi hamda Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi hamda “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining 2008-yil 4-apreldagi 33, 5, 1-mh-son “Transyoʻlqurilish” kompaniyasi bajargan mexanizatsiyalashgan ishlar uchun pudratchi tashkilotlar tomonidan toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1797, 2008-yil 22-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 17-son, 139-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2018-yil 12-fevral,
26-son
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. ZAKIROV
Toshkent sh.,
2018-yil 12-fevral,
2-son
Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi raisi A. ABDUVALIYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 12-fevral,
01-33-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2018-y., 10/18/1797-1/0834-son)