28.02.2018 yildagi PQ-3573-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 13.12.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vinochilik sohasini va alkogolli mahsulotlarni realizatsiya qilishni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan davr mobaynida xom ashyo bazasini yaratish va rivojlantirish, sifatli va raqobatbardosh vinochilik va alkogolli mahsulotlarni (keyingi oʻrinlarda alkogolli mahsulotlar deb yuritiladi) realizatsiya qilish, eksport salohiyatini oshirib borish, shuningdek, ushbu sohaga chet el investitsiyalarini jalb qilish boʻyicha salmoqli ishlar amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, tizimga oid bir qator muammolar va kamchiliklar sohaga alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish, qayta ishlash va sotishning ilgʻor texnologiyalarini joriy etish, eksport salohiyatining barqaror oʻsishini taʼminlash, sohani boshqarishning samarali tizimini yaratish imkonini bermayapti, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchidan, uzumning texnik navlari maydonlarining keskin qisqarib ketishi, ularni yetishtirish boʻyicha ilgʻor usullarning sust joriy etilishi, uzumzorlar hosildorligining pastligi, shuningdek, fermer xoʻjaliklarining yetarlicha manfaatdor boʻlmasligi vinochilik mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlari pasayib ketishi va qayta ishlash quvvatlaridan samarasiz foydalanishning tizimli sababiga aylandi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchidan, oziq-ovqat etil spirti, pivo pishirish, likyor-aroq va boshqa alkogolli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarni yangilash va texnik jihatdan qayta qurollantirish boʻyicha qoʻllanayotgan texnologik siyosat samaradorligining past ekanligi, ularga mavjud muammolarni samarali hal etish, shuningdek, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish va mavjudlarini modernizatsiya qilishda koʻmaklashish imkonini bermayapti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchidan, alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmlarini istiqbolli boshqarishning rejali metodi ishlab chiqaruvchilarga ishlab chiqarish hajmini sotish bozoridagi ishlarning amaldagi holatini hisobga olib mustaqil belgilash, shuningdek, eksport ulushini oshirish va milliy brendni xorijiy bozorlarga ilgari surish imkonini bermayapti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchidan, alkogolli mahsulotlarni avtomatlashtirilgan nazorat qilish va hisobga olish tizimlari tatbiq etilishining past darajadaligi sifatsiz va sertifikatlashtirilmagan alkogolli mahsulotlar aylanmasi uchun shart-sharoitlar yaratmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchidan, “Oʻzvinosanoat-xolding” AJ tarkibida sohaga oid boʻlmagan korxona va tashkilotlarning mavjudligi ortiqcha moliyaviy xarajatlarga, shuningdek, ularning sohadagi faoliyati samaradorligining kamayishiga olib kelmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchidan, xalqaro hamkorlikning yetarlicha darajada boʻlmaganligi ishlab chiqarish siklini takomillashtirish uchun malakali xorijiy mutaxassislarni jalb etish, alkogolli mahsulotlarning marketing siyosatini va ularni brendlashtirishni kuchaytirish, yangi sotish bozorlariga olib chiqish imkoniyatlariga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilishni tubdan takomillashtirish, sohani boshqarishning ilgʻor texnologiyalarini joriy etish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va korxonalarning eksport salohiyatini oshirish maqsadida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasiga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻzvinosanoat-xolding” AJ, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi savdo vazirligi va Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzvinosanoat-xolding” AJ va uning Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasini tegishlicha “Oʻzsharobsanoat” AJ va “Oʻzsharobsanoat” AJning Rivojlantirish jamgʻarmasi deb qayta nomlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Vinagroimpeks” MCHJni oʻrnatilgan tartibda tugatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sohaga oid boʻlmagan korxonalarni “Oʻzsharobsanoat” AJ tarkibidan 1-ilovaga muvofiq chiqarish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yilning 1-aprelidan vinochilik mahsulotlari uchun yaroqlilik muddatini belgilash toʻgʻrisidagi talab istisno etiladi va bunday mahsulot ishlab chiqaruvchilarga ularni saqlash muddatini mustaqil belgilash huquqi taqdim etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yilning 1-iyulidan alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi korxonalarga oʻz vinochilik mahsulotlarini turistik yoʻnalishlarida tashkil etilgan zavodga tegishli degustatsiya hududlarida (joylarida) chakana realizatsiya qilish huquqi beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yilning 1-yanvaridan tabiiy vinolar, vinomateriallar va konyak spirtini ishlab chiqarish, shuningdek, uzumni qayta ishlash boʻyicha faoliyatni uzumning meva beruvchi texnik navlarini yetishtirish boʻyicha 100 gektardan kam boʻlmagan plantatsiya maydoniga, shuningdek, vino-konyak mahsulotlarining saqlanishi va yetilishi uchun eman bochkalariga ega korxonalar, qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa talablarga rioya qilgan holda, amalga oshirishlari mumkin;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yilning 1-yanvaridan oʻz uzumzor plantatsiyalarining xom ashyosidan ishlab chiqarilgan tabiiy uzum vinolarini qishloq xoʻjaligi mahsuloti toifasiga kiritgan holda, ishlab chiqarish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash bekor qilinadi. Bunda ushbu faoliyatga mazkur bandning toʻrtinchi xatboshi talablari tatbiq etilmaydi;
(2-bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PF-5656-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2019-y., 06/19/5656/2586-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzsharobsanoat” AJ Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari kompleksi tarkibiga kiradi;
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-avgustdagi PF-5526-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2018-y., 06/20/5526/0983-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uzumning texnik navlarini yetishtirish uchun yer maydonlarini ajratish “Oʻzsharobsanoat” AJ va Oʻzbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan holda yuqori hosil olish uchun zarur boʻlgan tuproqning unumdorligi, suv bilan taʼminlash manbalarining mavjudligini hisobga olib amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Uzumning texnik navlarini yetishtirish boʻyicha mavjud uzumzorlar inventarizatsiyasini oʻtkazish va vinochilik sohasini yanada rivojlantirish boʻyicha takliflarni tayyorlash boʻyicha Maxsus komissiya (keyingi oʻrinlarda — Maxsus komissiya) 2-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Maxsus komissiya (S.R. Xolmurodov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) uzumning texnik navlari yetishtiriladigan, shu jumladan fermer xoʻjaliklari egaligidagi uzumzorlarni joyiga chiqib viloyatlar va tumanlar (shaharlar) kesimida inventarizatsiya qilsin, ulardan foydalanishning oqilonaligi va samaradorlik darajasini oʻrgansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) inventarizatsiya yakunlari boʻyicha 2018-yilning 1-iyuligacha boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Respublikada vinochilik sohasini yanada rivojlantirishning 2018 — 2023-yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori loyihasini kiritsin, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uzumning mashhur va istiqbolli navlarini yetishtirish, koʻpaytirish, qayta ishlash sohasida xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribasini chuqur oʻrganish, vinochilik sohasida agrotexnik, karantin va innovatsion texnologiyalarni ishlatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijda vinochilik mahsulotlarini ishlab chiqarishda keng qoʻllaniladigan bozor mexanizmlarini, shu jumladan ishlab chiqaruvchi va qayta ishlovchi oʻrtasidagi kooperatsiyani, klaster modelini, ularni moliyalashtirishning aniq manbalarini belgilagan holda joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada uzumning jahon bozorida katta talabga ega genetik jihatdan yangi, mashhur va istiqbolli navlarini, shu jumladan mikroklonlash uslubi, shuningdek, uzumning in vitro genofondi kolleksiyalarini yaratish yoʻli bilan yetishtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agrotexnika va karantin tadbirlarini oʻtkazish uchun xarajatlarni kamaytirish, hosildorlikni oshirish, shuningdek, 3-ilovada koʻrsatilgan yer maydonlaridan uzumni qayta ishlash infratuzilmasini ustuvor rivojlantirish maqsadida uzumning texnik navlari ekilgan har bir plantatsiya maydonini kamida 100 gektarga yiriklashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzsharobsanoat” AJ korxonalariga uzumning texnik navlarini yetishtirish uchun yer uchastkalarini, shu jumladan uzumning texnik navlarini yetishtirish uchun yaroqli boʻlgan togʻoldi hududlaridan ajratishga va 2021-yilning oxiriga kelib “Oʻzsharobsanoat” AJ korxonalarining plantatsiyalarini, ushbu bandga muvofiq ularni yiriklashtirishni hisobga olgan holda, 10 ming gektarga yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika hududida vinochilik va uzumchilikda ishlatiladigan texnika va uskunalarni ishlab chiqarish boʻyicha quvvatlarni, shuningdek, ushbu sohada agrotexnik vositalarni ishlab chiqish boʻyicha konstruktorlik byurolarini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uzumning texnik navlari plantatsiyalarida, ularning tuproq spetsifikasini hisobga olgan holda, tomchilatib sugʻorish tizimi joriy etilishini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekish materiallarini turli viruslar va bakteriyalardan, shu jumladan mikoplazmlar va bakterial saratondan himoya qilish boʻyicha karantin chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vinochilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni yonilgʻi-moylash materiallari, oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilishning boshqa vositalari bilan uzumning texnik navlari plantatsiyalarini shakllantirishning birinchi besh yilligida imtiyozli narxlarda taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqaruvchi, yer uchastkasi, uzumning holati, navi, barpo etilgan vaqti, hosildorligi va boshqa tavsiflovchi koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan uzumning texnik navlari plantatsiyasining Yagona reyestrini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekish materiallarini ishlab chiqarish boʻyicha komplekslarni va mikroklonal koʻpaytirish usuli bilan olingan uzumning texnik navlarini koʻpaytirish va yetishtirish uchun pitomniklarni yaratish, ular tomonidan mevali ekinlar navlari moslanuvchanligini, oʻsimlikning ekologik-genetik salohiyati muhit shart-sharoitlariga mos kelishini baholashning ekspress-metodlarini oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rekonstruksiya qilinayotgan va yangi yaratilayotgan uzumning texnik navlari plantatsiyalarida faqat sertifikatlangan ekish materiali ekilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vinochilik va uzumchilikning huquqiy asoslari, ularni rivojlantirish boʻyicha davlat faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, vinochilik mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash, realizatsiya qilish, ularning bozorda aylanmasini hisobga olish va nazorat qilish masalalari, shuningdek, ushbu sohadagi boshqa muhim jihatlarni batafsil belgilab beruvchi Oʻzbekiston Respublikasining “Vinochilik va uzumchilik toʻgʻrisida”gi Qonuni loyihasini ishlab chiqish kabi muhim vazifalarni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus komissiyaga uning ishiga vazirliklar, idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlari va mutaxassislarini, ekspertlarni, shu jumladan xorijiy ekspertlarni, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari vakillarini qoʻyilgan vazifalarni sifatli va oʻz vaqtida bajarish uchun jalb etish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Etil spirti, alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish, tamaki xom ashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash boʻyicha respublika komissiyasi 2018-yilning 1-apreligacha amaldagi litsenziya talablarini tanqidiy qayta koʻrib chiqish asosida alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarishni litsenziyalash tartibini takomillashtirish boʻyicha, shu jumladan oʻtkir alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish boʻyicha mavjud boʻlgan yillik ishlab chiqarish quvvatlarini kamida 60 foiz ishlatish toʻgʻrisidagi talablar evaziga bunday mahsulotlar ishlab chiqarishni kvotalash tizimini joriy etish boʻyicha takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda istiqbolda uzumning texnik navlari plantatsiyalarini joylashtirish va ushbu hududlarda keyinchalik ishlab chiqarish obyektlarining faoliyatini yoʻlga qoʻyishni hisobga olgan holda suv bilan taʼminlashning aniq manbalarini aniqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uzumning texnik navlari plantatsiyalarining hududini sugʻorish uchun suv quduqlarini burgʻulash uchun ruxsatnoma berishga har tomonlama koʻmaklashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzsharobsanoat” AJ, M. Mirzayev nomidagi Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti, boshqa manfaatdor idoralar va muassasalar bilan birgalikda 2018-yilning 1-iyunigacha muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekish materiallarining talabgir navlarini import qilish maqsadida, mahalliy tabiiy-iqlim va boshqa shart-sharoitlarni hisobga olgan holda, uzumning mashhur texnik navlarini yetishtirish va koʻpaytirish sohasida xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribasidan, shu jumladan joyiga chiqib oʻrgansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrganish yakunlari boʻyicha uzumning mashhur texnik navlarini yetishtirish va koʻpaytirish, shuningdek, respublika hududida ekish materiallarining mashhur navlarini ekish boʻyicha zamonaviy ishlab chiqarish kompleksini yoʻlga qoʻyish boʻyicha aniq takliflarni Maxsus komissiyaga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va “Oʻzsharobsanoat” AJ davlat ichki tartibotlarni tezlashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirsin va 2018-yilning 1-mayigacha muddatda Oʻzbekiston Respublikasining Xalqaro vinochilik va uzumchilik tashkilotiga kirish uchun buyurtmasi berilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Amaliyotga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatda akkreditatsiyadan oʻtgan diplomatik vakolatxonalar, xorijiy turistlar, turli mamlakatlarning vinochilik sohasi vakillari, ekspert va mutaxassislarni keng jalb qilgan holda har yili respublikada vino festivali va Xalqaro degustatsiya tanlovi oʻtkazilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy vinochilik mahsulotlarining koʻrgazma-yarmarkalarini xorijiy mamlakatlarda muntazam ravishda oʻtkazilishi joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzsharobsanoat” AJ bir oy muddatda 2018-yilda Toshkent shahrida vino festivali va Xalqaro degustatsiya tanlovi oʻtkazilishi toʻgʻrisida Hukumat qarori loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi savdo vazirligi doimiy asosda “Oʻzsharobsanoat” AJga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatda akkreditatsiyadan oʻtgan diplomatik vakolatxonalar, xalqaro tashkilotlar, xorijiy kompaniyalar va muassasalarni keng jalb etgan holda har yili vino festivali va Xalqaro degustatsiya tanlovi oʻtkazishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy vinochilik mahsulotlarining koʻrgazma-yarmarkalarini xorijiy mamlakatlarda oʻtkazishda koʻmaklashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. “Oʻzsharobsanoat” AJ:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish siklini takomillashtirish, marketing siyosatini kuchaytirish va alkogolli mahsulotlarni brendlash, ularni yangi sotish bozorlariga olib chiqish uchun yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavjud vinochilik bazasida ikkilamchi mahsulotlarni ishlab chiqarishni (uzum yogʻi, oziq-ovqat boʻyoqlari va boshqa turdagi mahsulotlar) chuqur qayta ishlashni joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzsharobsanoat” AJ vino-konyak korxonalarida vinolar va konyaklarning sifatini yanada yaxshilash va eksport qiymatini oshirish, shuningdek, vino materiallarini saqlash uchun zanglamaydigan poʻlatdan sigʻimlar ishlab chiqarish maqsadida ular yetilishiga joylashtirish uchun eman sigʻimlar parkini yaratish boʻyicha choralar koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uzumning texnik navlarini ishlab chiqaruvchilar 2025-yilning 1-yanvariga qadar muddatga, qishloq xoʻjalik ekinlarini qator oralab yetishtirishidan qatʼi nazar, yer soligʻini toʻlashdan;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vinochilik korxonalari Oʻzbekiston Respublikasida yetarli hajmlarda ishlab chiqarilmaydigan, vinochilik mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun olib kelinadigan va foydalaniladigan materiallar, xom ashyo, oʻsimliklarni himoya qilish vositalari va buyumlar belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxat asosida olib kirilishi uchun 2025-yilning 1-yanvariga qadar bojxona toʻlovlarini (bojxona yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan ozod etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. “Oʻzsharobsanoat” AJ zimmasiga oziq-ovqat etil spirti, pivo pishirish, likyor-aroq, vinochilik va boshqa alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi korxonalarni modernizatsiya qilish va qayta texnik jihozlash boʻyicha koʻmaklashish yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yilning 1-yanvaridan boshlab pivo pishirish mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar oʻrnatilgan tartibda “Oʻzsharobsanoat” AJ tarkibiga shartnoma asosida uyushgan aʼzolar sifatida kiritilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzsharobsanoat” AJ oʻz ulushi bilan ishtirok etadigan tijorat tashkilotlari faqat jamiyat kuzatuv kengashining qarori asosida aksiyadorlik jamiyati yoki masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzsharobsanoat” AJ korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmlarini rejalashtirish jamiyat aksiyadorlarining umumiy yigʻilishi qarori asosida, talab va taklif konyunkturasi tahlili, tayyor mahsulot qoldiqlari, shuningdek, tarmoqni rivojlantirish konsepsiyasini hisobga olib amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. “Oʻzsharobsanoat” AJ tashkiliy tuzilmasi, shuningdek, boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 74 nafar boʻlgan uning ijro apparati tuzilmasi 4 va 5-ilovalarga muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzsharobsanoat” AJ boshqaruvi raisiga zarur hollarda boshqaruv xodimlarining belgilangan soni doirasida ijro apparati tuzilmasiga oʻzgartirish kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzsharobsanoat” AJ boshqaruvining raisi va uning oʻrinbosarlari jamiyat aksiyadorlarining umumiy yigʻilishi tomonidan saylanadi, lavozimiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzsharobsanoat” AJ Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Toshkent kimyo-texnologiya institutida 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab vinochilik sohasi uchun oliy malakali kadrlarni tayyorlovchi fakultetni tuzish va uning faoliyatini tashkil etish boʻyicha takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Belgilab qoʻyilsinki, kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari, oliy taʼlim muassasalari talabalari vinochilik sohasida mutaxassislik yoʻnalishlari boʻyicha amaliyotni tizimli asosda bevosita ishlab chiqarish va oʻzga korxonalarda, shu jumladan “Oʻzsharobsanoat” AJda oʻtaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. “Oʻzsharobsanoat” AJning oʻz mablagʻlari hisobidan Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzurida Vinochilik sohasida mutaxassislarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash markazini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin, uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fan va texnikaning zamonaviy yutuqlaridan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda, taʼlimning samarali interaktiv uslublarini qoʻllab vinochilik korxonalari xodimlarining bilim va koʻnikmalari darajasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vinochilik iqtisodiyotning ustuvor yoʻnalishi hisoblangan xorijiy mamlakatlarning vinochilik korxonalari ish tajribasi bilan tanishtirish, shu jumladan u yerda mamlakat mutaxassislarining tajriba oʻrganishini tashkil etish, vinochilik sohasini rivojlantirish uchun malakali xorijiy ekspertlarni jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vinochilik sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda mahalliy va xorijiy ilmiy-tadqiqot, taʼlim va boshqa muassasalar bilan yaqindan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, innovatsion yondashuvlar asosida vinochilik sohasi xodimlari uchun birgalikdagi oʻquv mashgʻulotlari va kurslari oʻtkazilishini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. 2020-yilning 1-yanvaridan barcha alkogolli mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar, ularni ishlab chiqarish hajmlari (turi, nomi va boshqa maʼlumotlar) toʻgʻrisida hamda “ishlab chiqaruvchi — ulgurji sotuvchi — chakana sotuvchi — isteʼmolchi” halqasi asosida realizatsiya qilinishi toʻgʻrisida batafsil axborotni oʻzida jamlagan alkogolli mahsulotlar harakatini nazorat qilish va hisobga olishning axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — axborot tizimi) tuzilsin va joriy etilsin, bunda quyidagilar koʻzda tutilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot tizimi “UZINFOCOM davlat axborot tizimlarini yaratish va quvvatlab turish boʻyicha yagona integrator” tomonidan ishlab chiqilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot tizimi ishlab chiqilishini moliyaviy taʼminlash manbalari — 50 foizi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi va 50 foizi “Oʻzsharobsanoat” AJ Rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, “Oʻzstandart” agentligi, “Oʻzsharobsanoat” AJ, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar mutaxassislaridan iborat axborot tizimi yaratilishi va joriy etilishini muvofiqlashtirish boʻyicha idoralararo ishchi guruhini shakllantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot tizimiga ulanishning oxirgi muddatlari quyidagicha belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzsharobsanoat” AJ ulushi 51 foiz va undan koʻproqni tashkil qiluvchi alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun — 2022-yilning 1-yanvarigacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi boshqa korxonalar uchun — 2022-yilning 1-iyunigacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sharobsavdo” ixtisoslashgan ulgurji savdo bazalari uchun — 2022-yilning 1-oktabrigacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alkogolli mahsulotlarning chakana savdosi bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar uchun — 2022-yilning 1-dekabrigacha.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti korxonalarning axborot tizimiga oʻz vaqtida va toʻliq ulanishi ustidan tizimli nazoratni amalga oshirsin.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi PF-5547-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.10.2018-y., 06/18/5547/1975-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2018-yilning 1-iyunigacha muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy amaliyot va alkogolli mahsulotlar bozorining amaldagi konyunkturasini hisobga olgan holda, shuningdek, “Sharobsavdo” ixtisoslashgan ulgurji savdo bazalarining faoliyatini tanqidiy oʻrganish natijalari boʻyicha alkogolli mahsulotlarni realizatsiya qilishning bozor mexanizmlarini kengaytirish boʻyicha, shu jumladan ishlab chiqaruvchilarga oʻzlarining mahsulotlarini ularga tegishli boʻlgan firma doʻkonlari hamda ushbu mahsulotlarning ulgurji savdosi bilan shugʻullanayotgan boshqa yuridik shaxslarga realizatsiya qilish huquqini berish orqali takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzsharobsanoat” AJ Rivojlanish fondi va homiylar mablagʻlari hisobidan 2018 — 2023-yillar uchun xorijiy mamlakatlarning yetakchi taʼlim va ilmiy muassasalarida vinochilik va uzumchilik sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha Dastur kiritsin, bunda tayyorlash, qayta tayyorlash va malakani oshirish kurslarini tugatgandan soʻng mutaxassislar uchun mehnat faoliyatini “Oʻzsharobsanoat” AJ korxonalarida davom ettirish boʻyicha majburiyatlar belgilab qoʻyilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribasini hisobga olgan holda vinochilik mahsulotlarini reklama qilishda cheklovlarni qayta koʻrib chiqish boʻyicha takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish boʻyicha korxonalarda moliyaviy inspektorlarning faoliyati tanqidiy oʻrganilishini tashkil etsin, bunda ularning faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha taʼsirchan choralarni koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzsharobsanoat” AJ korxonalari tomonidan energiyaning muqobil manbalaridan foydalanishni rivojlantirish va kengaytirish Dasturini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Hisob palatasi “Oʻzsharobsanoat” AJ, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda 2018-yilning 1-avgustiga qadar “Oʻzsharobsanoat” AJ korxonalarining bandligi, shtat birliklari, xarajatlarning oqilonaligi, tashkiliy tuzilmalarini tanqidiy oʻrgansin hamda ularni maqbullashtirish va xarajatlarni kamaytirish, mehnat unumdorligini va ishlab chiqarishning rentabelligini yaxshilash maqsadida faoliyat samaradorligini yanada oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti ikki oy muddatda taʼlim, sport muassasalari va diniy muassasalardan besh yuz metrdan kam radiusda alkogolli va tamaki mahsulotlarini realizatsiya qilayotgan subyektlarni aniqlash boʻyicha chakana savdo obyektlarini inventarizatsiyadan oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyat hokimlari “Oʻzsharobsanoat” AJga mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda har tomonlama koʻmaklashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. “Oʻzsharobsanoat” AJ Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddat ichida qonunchilikka mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.R. Xolmurodov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 28-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3573-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-fevraldagi PQ-3573-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzsharobsanoat” AJ tarkibidan chiqarilayotgan korxonalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Korxonaning nomlanishi

Faoliyat turi

1.

“Navigul-agro eksport” MCHJ

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va eksport qilish

2.

“Mikro biznes grup” MCHJ

Eksport va import qilish operatsiyalari

3.

“Zarbdor zamini saxovati” MCHJ

Mevalarni eksport qilish va konsalting xizmatlari

4.

“Navroʻz-S” MCHJ

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va konsalting xizmatlari

5.

“Sam avangard stroy servis” MCHJ

Qurilish-montaj ishlari

6.

“Umarov Zayniddin” FX

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish

7.

“Sintez progress” MCHJ

Sellyuloza, yelim ishlab chiqarish va ularni eksport qilish

8.

“Shashmoxkashob impekssavdo invest” MCHJ

Eksport va import qilish operatsiyalari

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-fevraldagi PQ-3573-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uzumning texnik navlarini yetishtirish boʻyicha mavjud uzumzorlar inventarizatsiyasini oʻtkazish va vinochilik sohasini yanada rivojlantirish boʻyicha takliflarni tayyorlash boʻyicha Maxsus komissiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

S.R. Xolmuradov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Komissiya raisi

2.

D.R. Li

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari, Komissiya raisi oʻrinbosari

3.

O.S. Mustafoyev

“Oʻzsharobsanoat” boshqaruvi raisi, Komissiya raisi oʻrinbosari

4.

B.T. Yusupov

Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri

5.

Sh.R. Xamrayev

Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri

6.

J.A. Xodjayev

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi savdo vaziri

7.

I.Yu. Abduraxmonov

Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri

8.

S.I. Samadov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari

9.

M.M. Mirzayev

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari

10.

lavozim boʻyicha

Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi

11.

A.X. Abdullayev

Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi

12.

A.E. Ravshanov

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri

13.

S.X. Bekenov

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

14.

B.M. Mirusmanov

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

15.

U.A. Axunov

“Oʻzagrokimyohimoya” AJ raisi

16.

M.Yu. Fayziyev

“Oʻzneftmahsulot” AJ raisi

17.

B.Yu. Saimnazarov

Akademik M. Mirzayev nomidagi bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori

18.

B.X. Kazimov

“Bagizagan” MCHJ (Samarqand viloyati) direktori

19.

V.S. Avakov

M. Mirzayev nomidagi bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi Zangiota unitar tajriba korxonasi direktori

20.

lavozim boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar hokimlari

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-fevraldagi PQ-3573-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uzumning texnik navlari ekilgan plantatsiya maydonlarini yiriklashtirishni amalga oshirish rejalashtirilayotgan yer maydonlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Viloyat

Tuman (shahar)

Massiv

Yer uchastkasi maydoni

(gektar)

1.

Andijon

Andijon

Istiqlol

218

2.

T. Mirzoyev

302

3.

Qoʻrgʻontepa

Sh. Rashidov

893

Jami

1 413

4.

Buxoro

Buxoro

S. Yodgorov

108

5.

Jondor

Andijon

508

6.

Qorakoʻl

S. Odilov

638

Toshkent

423,9

7.

Peshku

Varaxsha

249,2

8.

Romitan

Doʻstlik

629,7

9.

Shofirkon

J. Aripov

169

10.

Aziya

135

Jami

2 860,8

11.

Jizzax

Arnasoy

Turkiston

2 115

12.

Baxmal

Gulbuloq

430,5

13.

Dehqonobod

211,5

14.

Tongotar

1 035,2

15.

Bogʻishamol

145,6

16.

Mustaqillik

354,5

17.

Doʻstlik

Istiqlol

1 086,2

18.

Sharof Rashidov

Oltinsoy

1 738,5

19.

Zomin

Xolmatov

981

20.

Zarbdor

1463

21.

Mirzachoʻl

Bogʻbon

662,8

22.

Paxtakor

X. Abdujabborov

908

23.

Oqbuloq

1681

24.

Gʻallaorol

D. Yoʻldoshev

467,1

25.

Istiqbol

898,2

26.

T. Xudayorov

1307,2

27.

Sohibkor

835,8

28.

Muzbuloq

657

29.

Boʻston

296,2

Jami

17 274,3

30.

Qashqadaryo

Kitob

Kishlik

126

31.

K. Rustamova

515

32.

Oxunboboyev

334

33.

Navoiy

499

34.

Nishon

Navbahor

859

35.

Chiroqchi

Navroʻz

1 181

36.

Shahrisabz

U. Ibragimov

833

37.

Navroʻz

161

38.

Yakkabogʻ

Yakkabogʻ

143

39.

Turon

332

40.

Qizilsuv

103

Jami

5 086

41.

Navoiy

Qiziltepa

Quyimozor

237

42.

Navbahor

Joʻshqin hayot

321

43.

Gegant

1 864

44.

Xatirchi

Uchkara

978

45.

A. Ikramov

524

Jami

3 924

46.

Namangan

Kosonsoy

Roxatoy chamanzori

676

47.

Sharq Yulduzi

507

48.

Pop

Beruniy

923

49.

Toʻraqoʻrgʻon

Shaxidon nurli Diyor

466

50.

Sohip pino muskati

208

51.

Uychi

Sohibkor

243

52.

Chortoq

Chortoq

437

53.

X. Olimjon

1 026

54.

Muchum Keskanyor

1 489

55.

Xazratisho

750

56.

Chust

Gʻovasoy

376

57.

Damobod

182

58.

Yangiqoʻrgʻon

Gulshan

205

59.

Zarkent

1 143

60.

Poromon

647

61.

Hadikent

851

Jami

10 129

62.

Samarqand

Bulungʻur

A. Maqsumov

799

63.

X. Olimjon

1 073

64.

A. Timur

275

65.

Mingchinor

1 363

66.

Bulungʻur

601

67.

Kildon

345

68.

Beshkubi

840

69.

Zarbdor

818

70.

Ulugʻbek

1 195

71.

Choʻyantepa

145

72.

Navoiy

1 021

73.

F. Yoʻldosh

848

74.

Doʻstlik

1 009

75.

Jomboy

Zarafshon

2 619

76.

Ishtixon

Zarband

267

77.

M. Bobur

116

78.

Kattaqoʻrgʻon

Yangiobod

514

79.

Andok

133

80.

Kattaqoʻrgʻon maskasi

396

81.

Narpay

Boʻston

510

82.

M. Shopiyev

384

83.

Pastdargʻom

N. Kozimov

207

84.

Payariq

Sohibkor

816

85.

Qoraqalpogʻiston

473

86.

Toyloq

Zarafshon

310

87.

Elipok

471

88.

Olmazor

393

89.

A. Timur

484

90.

Saidnazarov

1 057

91.

Jumabozor

586

92.

Urgut

Vatkan

859

93.

Qoʻshrabod

Zarmitan

181

Jami

21 108

94.

Surxondaryo

Boysun

Robot

975

95.

Qiziriq

Boʻston

1 115

96.

Muzrabod

Navoiy

506

97.

Oltinsoy

Oltinsoy

487

98.

Xoʻjasoat

313

99.

Ulugʻbek

379

100.

Shirin

258

101.

Qorliq

381

102.

Sariosiyo

Dashnobot

660

103.

Sariosiyo

365

104.

Shoʻrchi

Ozod

554

105.

Polvontosh

213

Jami

6 206

106.

Sirdaryo

Sirdaryo

S. Rahimov

278

107.

Oqoltin

R. Musamuxamedov

1 051

108.

Xovos

M. Bobur

1 026

109.

X. Usmonov

2 862

110.

Sardoba

Doʻstlik

802

Jami

6 019

111.

Toshkent

Boʻstonliq

Dadaboyev

102

112.

Boʻka

Guliston

805,4

113.

Quyichirchiq

Otajonov

1 432,9

114.

Zangiota

M. Ulugʻbek

217,8

115.

Yuqorichirchiq

Sohibkor

684,2

116.

Qibray

Qibray

1 089,8

117.

Limonariya

115

118.

Parkent

Parkent

172

119.

Qoraqalpoq

255

120.

Pskent

Namuna

667

121.

A. Doʻstbekov

3 658

122.

Oʻzbekiston

658

123.

Toshkent

Abdurahmonov

247

124.

Chinoz

Olmazor

199

125.

Yangiyoʻl

Bobur

753

126.

Bolgʻaboyev

783

127.

A. Navoiy

560

128.

Yangiobod

505

129.

Xalqobod

773

130.

Ortiqov

1 056

131.

Yangiyoʻl

258

Jami

14 991,1

132.

Fargʻona

Oʻzbekiston

Oʻzbekiston

649

133.

Fargʻona

T. Shodiyeva

315

134.

Quvasoy

Moʻyan Sohibkor

287

135.

A. Ikramov

780

136.

X. Olimjon

625

Jami

2 656

137.

Xorazm

Urganch

M. Xorazmiy

726,7

138.

Hazorasp

M. Ulugʻbek

1 390,1

Jami

2 116,8

Hammasi

93 784

Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-fevraldagi PQ-3573-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzsharobsanoat” AJ
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TASHKILIY TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi

Kuzatuv kengashi

Boshqaruv

Agrofirmalar — 42

Isteʼmol etil spirti ishlab chiqarish tashkilotlari — 4

“Sharobsoz” MCHJ

“Sharobsavdo” unitar korxonalari — 82

“Sentralnaya laboratoriya” UK

Alkogol, likyor-araq va vinochilik mahsulotlari ishlab chiqarish tashkilotlari — 44

Firma doʻkonlari — 508

Oddiy va bezatilgan steklotaralar ishlab chiqarish tashkilotlari — 3

Uzumni qayta ishlash tashkilotlari — 17

Boshqa tashkilotlar — 13

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Nomlanishi

Umumiy shtat

Shundan

Boshqaruv

Ishlab chiqarish

Texnik

Yordamchi

Agrofirmalar

159

91

67

0

1

Isteʼmol etil spirti ishlab chiqarish tashkilotlari

2 083

86

1 838

104

55

Alkogol, likyor-araq va vinochilik mahsulotlari ishlab chiqarish tashkilotlari

6 215

534

4 777

427

477

Uzumni qayta ishlash tashkilotlari

305

50

221

22

12

“Sharobsavdo” UK

2 372

245

622

688

817

Firma doʻkonlari

568

0

0

568

0

“Sharobsoz” MCHJ

6

2

4

0

0

“Sentralnaya laboratoriya” UK

15

2

6

3

4

Oddiy va bezatilgan steklotaralar ishlab chiqarish tashkilotlari

477

42

405

18

12

Boshqa tashkilotlar

115

37

45

8

25

Jami

12 315

1 089

7 985

1 838

1 403

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jami korxona va tashkilotlar — 715
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-fevralidagi PQ-3573-son qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzsharobsanoat” AJ ijro etuvchi apparati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi

Kuzatuv kengashi

Taftish komissiyasi

Korporativ konsultant

Boshqaruv raisi

Ichki audit xizmati

Kotibiyat

2

Ishlab chiqarish menejmenti, innovatsiyalar va sanoat uzumchiligini rivojlantirish boʻyicha raisning birinchi oʻrinbosari

Moliyaviy menejment, investitsiyalar va istiqbolli rivojlanish boʻyicha rais oʻrinbosari

Yoshlar ishlari boʻyicha maslahatchi

1

Sanoat korxonalari faoliyatini muvofiqlashtirish va standartlashtirish boshqarmasi

5

Tashqi iqtisodiy faoliyat, logistika va innovatsiyalar bosh boshqarmasi

1

Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash sohasida siyosatni amalga oshirish boshqarmasi

4

Strategik rejalashtirish va moliya menejmenti bosh boshqarmasi

1

Spirt sanoati korxonalarini monitoring qilish boʻlimi

2

Tashqi iqtisodiy faoliyat boshqarmasi

5

Axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish boʻlimi

3

Strategik rejalashtirish va iqtisodiy tahlil boshqarmasi

5

Alkogol mahsulotlar aylanmasi hisobi shuʼbasi

2

Logistika va transport boʻlimi

2

Korporativ menejment va xalqaro tajribani tatbiq etish boʻlimi

2

Moliya menejmenti va buxgalteriya hisobi boshqarmasi

5

Sanoat uzumchiligi va xomashyoni rivojlantirish boshqarmasi

5

Brendlash va zamonaviy dizaynni joriy qilish boʻlimi

2

Marketing va bozor konyunkturasini oʻrganish boshqarmasi

4

Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash va ijro intizomi boʻlimi

2

Innovatsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish boʻlimi

2

Investitsiyalarni jalb etish va loyihalarni amalga oshirish boshqarmasi

5

Kadrlar boʻlimi

2

Ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish va energiya resurslar isteʼmolini monitoring qilish boʻlimi

2

Bosh yuriskonsult

1

Matbuot kotibi

1

Mobilizatsiya va maxsus ishlar boʻlimi

3

Ofis-menejer xizmati

2

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 74 nafar.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2018-y., 07/18/3573/0830-son, 28.08.2018-y., 06/20/5526/0983-son, 01.10.2018-y., 06/18/5547/1975-son; 06.02.2019-y., 06/19/5656/2586-son, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son; 19.06.2020-y., 06/20/6011/0780-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)