Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
Sugʻurtalovchilarning moliyaviy hisobot shakli “Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot” — 2-sonli shakl — sugʻurtaga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 27-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1945-5]
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 37-son “Sugʻurtalovchilarning moliyaviy hisobot shakllarini va ularni toʻldirish boʻyicha qoidalarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1945, 2009-yil 20-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 17-son, 217-modda) bilan tasdiqlangan sugʻurtalovchilarning moliyaviy hisobot shakli “Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot” — 2-sonli shakl — sugʻurtaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2018-yil 14-fevral,
22-son
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 14-fevraldagi 22-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Sugʻurtalovchilarning moliyaviy hisobot shakli “Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot” — 2-sonli shakl — sugʻurtaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 350 satr chiqarib tashlansin;
2. 460 satr quyidagi tahrirda bayon etilsin:
|
“ |
Davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar Obyazatelnie otchisleniya v gosudarstvennie tselevie fondi |
460 |
”; |
3. 470 va 480 satrlar chiqarib tashlansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.02.2018-y., 10/18/1945-5/0825-son)