27.02.2018 yildagi PQ-3570-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 28.02.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijdagi davlat mulkidan samarali foydalanishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijda joylashgan va Oʻzbekiston Respublikasi sudlarining qarorlariga asosan davlat daromadiga oʻtkazilgan mulkdan samarali foydalanishni taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi “Davlat aktivlarini boshqarish markazi” davlat unitar korxonasiga (keyingi oʻrinlarda — Markaz) xorijda joylashgan va Oʻzbekiston Respublikasi sudlarining qarorlariga asosan davlat daromadiga oʻtkazilgan yoki ixtiyoriy ravishda Oʻzbekiston Respublikasi mulki etib (keyingi oʻrinlarda — mulk) topshirilgan mulk egaligi huquqini Oʻzbekiston Respublikasi nomidan amalga oshirish vakolati berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, Markaz:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli organlari tomonidan tegishli qaror qabul qilingunga kadar Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi mulkini, mazkur davlat hamda Oʻzbekiston Respublikasi boshqa davlat organlarining xorijiy vakolatxonalari bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy muassasalari ehtiyoji uchun vaqtinchalik bepul topshirish. Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalari va Oʻzbekiston Respublikasi boshqa davlat organlari xorijiy vakolatxonalari rahbarlari, ularga topshirilgan xorijdagi mulkning but holda saqlanishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkni ijaraga yoki ishonchli boshqaruvga belgilangan tartibda topshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur hollarda mazkur qarorning matnini xorijiy davlatning vakolatli organlariga taqdim qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijda bank hisobvaraqlarini ochish, mazkur hisobvaraqlardagi mablagʻlarni mustaqil tasarruf etish huquqiga ega boʻlish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida mulkni boshqarish uchun zarur boʻlgan mustaqil ekspertlarni, auditorlik, advokatlik, konsalting firmalarini, sugʻurta kompaniyalari hamda boshqa xizmat koʻrsatish kompaniyalari va tashkilotlarini, shu jumladan, xorijiy tashkilotlarni jalb qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mulkni boshqarish markazining, shu jumladan, xorijiy mamlakatlarda amalga oshirilayotgan xarajatlarini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning maxsus hisobvaraqlaridagi mablagʻlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkni ijaraga yoki ishonchli boshqaruvga berishdan tushadigan tushumlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaqtincha boʻsh mablagʻlarni joylashtirishdan tushadigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, mulkni sotishdan, ijaraga yoki ishonchli boshqaruvga topshirishdan tushgan mablagʻlar mulkni boshqarish yoki sotish (baholash tashkilotlari, savdo tashkilotchilari, vositachilar, depozitariylar xizmatlariga haq toʻlash, safar xarajatlari va boshqa sarf-xarajatlar) bilan bogʻliq xarajatlar chiqarib tashlangandan soʻng Markazning maxsus hisobvaraqlarida jamlanib boriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Markaz Oʻzbekiston Respublikasi hududida mulkka boʻlgan egalik huquqini rasmiylashtirish hamda amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan soliq yigʻim va boshqa majburiy toʻlovlardan ozod qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Markaz:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya vazirligi va Oliy sud bilan birgalikda mulkni davlat daromadiga oʻtkazishni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi sudlarining hukmlarini mazkur xorijiy davlatning vakolatli organlariga ijro etish uchun belgilangan tartibda yoʻllasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat raqobat qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi va Bosh prokuratura bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi sudlarining qarorlari xorijiy davlatlarda ijro etilganidan keyin mulklarni inventarizatsiya qilishni va Oʻzbekiston Respublikasining mulkka egaligi rasmiylashtirilishini taʼminlasin;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat raqobat qoʻmitasi bilan birgalikda mulkni yanada samarali tasarruf etish, shu jumladan uni sotish, Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlariga belgilangan tartibda ijaraga yoki ishonchli boshqaruvga topshirish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasining mulk boʻyicha huquqlarini himoya qilish, daʼvo, sud, arbitraj va boshqa ishlarni koʻrib chiqish, shuningdek, xorijiy auditorlik, advokatlik, konsalting tashkilotlari va boshqa tashkilotlarni, mustaqil ekspertlarni jalb qilish bilan bogʻlik boʻlgan xarajatlar yuzaga kelgan taqdirda Markazning maxsus hisobvaraqlarida jamgʻarib borilayotgan mablagʻlari hisobiga, mablagʻlar yetarli boʻlmagan taqdirda esa Markazning asoslangan talabnomalari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Markaz Davlat raqobat qoʻmitasi bilan birgalikda belgilangan tartibda milliy va xorijiy valyutada maxsus bank hisobvaraqlari ochilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi ishlar vazirligi, Davlat raqobat qoʻmitasi bilan birgalikda Markazning soʻrovnomalariga koʻra belgilangan tartibda uning xodimlariga mazkur qarorning 1-bandida nazarda tutilgan vakolatlarni tasdiqlovchi ishonchnoma va boshqa hujjatlarni bersin;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh prokuratura, Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining mulk egaligini rasmiylashtirishda, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi sudlarining qarorlari ijro etilishida Markazga koʻmaklashsin;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Oliy sudi, Bosh prokuraturasi bilan birgalikda fuqarolik oila va jinoyat ishlari boʻyicha huquqiy yordam hamda huquqiy munosabatlar toʻgʻrisida ikki tomonlama va koʻp tomonlama bitimlarni ishlab chiqish hamda qabul qilish sohasida xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan hamkorlikni tashkillashtirish borasidagi ishlarni faollashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 27-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3570-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.02.2018-y., 07/18/3570/0828-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)