Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“OʻZKOʻRGAZMASAVDO” DOIMIY IShLOVChI RESPUBLIKA YaRMARKA SAVDOSI MARKAZINI TAShKIL ETISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
Ushbu qaror Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-fevraldagi 35-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Doimiy ishlovchi yarmarka savdosi tizimini tashkil etish yoʻli bilan bozor infratuzilmasini yanada rivojlantirish, mamlakatimiz eksport imkoniyatlarini yanada keng targʻib etish, vatanimiz tovar ishlab chiqaruvchilari va tadbirkorlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan ishlab chiqarish-texnika va isteʼmol tovarlarini reklama qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 4-martdagi 97-son qaroriga muvofiq “Alpomish” majmuini rekonstruksiya qilish ishlari tugallanganligi va uning negizida respublika yarmarka savdosi markazi faoliyatini tashkil etish uchun shart-sharoitlar yaratilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. “Oʻzsavdomarkaz” aksiyadorlik jamiyati muassislarining “Oʻzsavdomarkaz” aksiyadorlik jamiyatini “Oʻzkoʻrgazmasavdo” respublika yarmarka savdosi markazi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Quyidagilar “Oʻzkoʻrgazmasavdo” aksiyadorlik jamiyatining asosiy vazifalari etib belgilansin:
— xalqaro standartlarga muvofiq sertifikatsiyalangan, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan eksportga moʻljallangan tovarlarning doimiy ishlovchi respublika va mintaqaviy koʻrgazma-yarmarkalarini oʻtkazish;
— isteʼmol tovarlari, ishlab chiqarish-texnika maqsadlaridagi tovarlar va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining ichki va tashqi bozorlari konyunkturasi marketing tadqiqotlarini amalga oshirish, ushbu axborotni yarmarka savdolari qatnashchilariga berish;
— Qoraqalpogʻiston Respublikasidan, viloyatlar va Toshkent shahridan eksportga moʻljallangan tovarlarni tanlab olishga hamda respublika va mintaqaviy yarmarka savdolariga qoʻyishga koʻmaklashish, keyinchalik ichki bozorlarda ularning marketingini tashkil etish;
— qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotish boʻyicha mavsumiy savdo yarmarkalari tashkil etish;
— mamlakatimizda ishlab chiqarilgan tovarlarni xorijiy bozorlarga olib kirish maqsadida reklama-axborot faoliyatiga doir tadbirlar kompleksini amalga oshirish:
— xalqaro tajribani oʻrganish asosida, elektron savdolar tizimidan foydalangan holda yarmarka savdosining zamonaviy usullarini, shu jumladan, fyuchers-forvard bitishuvlari va opsionlarni ishlab chiqish va joriy etish;
— yarmarka kontraktlarini ekspertizadan oʻtkazish, ularni tuzish, roʻyxatdan oʻtkazish, ularga moliyaviy xizmat koʻrsatish va ularni bajarish boʻyicha yarmarka savdolari qatnashchilariga kompleks xizmatlar koʻrsatish.
3. Faoliyat koʻrsatayotgan savdo-koʻrgazma infratuzilmasidan samarali foydalanish hamda “Oʻzkoʻrgazmasavdo” aksiyadorlik jamiyati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining “Oʻzekspomarkaz RSKM oʻrtasidagi funksiyalarni farqlash uchun “Oʻzekspomarkaz” RSKM faoliyati xalqaro va xorijiy mavzuli koʻrgazmalar, shuningdek, chet elda respublika koʻrgazmalari oʻtkazilishiga jamlanishi belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. “Oʻzkoʻrgazmasavdo” aksiyadorlik jamiyati markaziy apparatining, xodimlarining cheklangan soni 47 kishidan (xizmat koʻrsatuvchi xodimlarsiz) iborat boʻlgan tashkiliy tuzilmasiga 1-ilovaga muvofiq rozilik berilsin, ularning xarajatlari Markazning daromadlari hisobiga amalga oshiriladi.
“Oʻzkoʻrgazmasavdo” aksiyadorlik jamiyati koʻrsatiladigan servis xizmatlarining yuqori darajada boʻlishini taʼminlash va yarmarka faoliyatini tashkil etish uchun Markaz huzurida ixtisoslashtirilgan shuʼba korxonalar tashkil etishni nazarda tutsin.
5. “Oʻzkoʻrgazmasavdo” aksiyadorlik jamiyati tomonidan yarmarka savdolari oʻtkazish va kontraktlar tuzish toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki, “Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasi “Oʻzkoʻrgazmasavdo” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amalga oshiriladigan koʻrgazma-yarmarka faoliyatining meʼyoriy-huquqiy va metodologiya bazasi xalqaro standartlar talablariga muvofiq doimiy ravishda qoʻllab-quvvatlanishini taʼminlaydi.
6. Raqobatni rivojlantirish, respublika mintaqalarida eksportga moʻljallangan mahsulotlar ishlab chiqarish oʻsishini ragʻbatlantirish va kichik va oʻrta biznes subyektlarining tovar-xomashyo resurslaridan keng foydalanishlarini taʼminlash uchun “Oʻzkoʻrgazmasavdo” aksiyadorlik jamiyatida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining ekspozitsiyalar muntazam ravishda yangilanib turiladigan doimiy ishlovchi pavilonlarini tashkil etish maqsadga muvofiq deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. “Oʻzkoʻrgazmasavdo” aksiyadorlik jamiyati tuzilmasida reklama-axborot markazi tashkil etilsin, quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:
xalqaro savdoning elektron tizimiga ulangan holda eksportga moʻljallangan tovarlarning maʼlumotlar bankini tashkil etish;
Oʻzbekiston tovarlarining xalqaro bozorlarga kiritish maqsadida kommunikatsiyalarning zamonaviy vositalari asosida yirik xorijiy birjalar, koʻrgazmalar va yarmarka markazlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalar oʻrnatish;
eksportga taklif qilinayotgan tovarlar toʻgʻrisida bukletlar, axborot byulletenlari va boshqa reklama mahsulotlari tayyorlash va nashr etish.
“Oʻzkoʻrgazmasavdo” aksiyadorlik jamiyati tushumidan bir yilga reklamaga xarajatlar normativi istisno tariqasida 10 foiz miqdorida belgilansin.
8. “Oʻzkoʻrgazmasavdo” aksiyadorlik jamiyatiga:
respublika mintaqalarida mahsulotlar va tovarlarni tanlash boʻyicha tijorat agentlari tarmogʻi tashkil etish, bunda yarmarka savdolariga qoʻyish uchun kichik va oʻrta biznes subyektlari tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlarga asosiy eʼtiborni qaratish, agentlarning ish haqini shartnoma asosida sotiladigan tovarlar hajmiga qarab vositachilik haqi hisobiga shakllantirish;
Keyingi tahrirga qarang.
savdo aylanmalari kengayishiga qarab koʻrsatilayotgan servis xizmatlari infratuzilmasini omborxona terminallari, saqlanadigan joylar, sovutkichlar tashkil etish yoʻli bilan yarmarka savdolari qatnashchilari uchun yanada kengaytirish tavsiya etilsin.
10. Yarmarka kontraktlarini rasmiylashtirish, sertifikatsiyalash, roʻyxatdan oʻtkazish, transport ekspeditsiyasi boʻyicha konsalting xizmatlari koʻrsatish, shuningdek, bank xizmati va sugʻurta himoyasi xizmati koʻrsatish maqsadida Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va “Oʻzdavstandart” markazi bir oy muddatda “Oʻzkoʻrgazmasavdo” aksiyadorlik jamiyati hududida maslahat shoxobchalarini joylashtirsin, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Oʻzbekinvest” kompaniyasi va boshqa moliyaviy muassasalar esa filiallar va boʻlinmalar ochsinlar.
11. Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi xorijiy mamlakatlarning firmalari va kompaniyalarini, savdo-sanoat palatalari aʼzolarini “Oʻzkoʻrgazmasavdo” aksiyadorlik jamiyatining koʻrgazma-yarmarkalariga keng jalb qilish masalalari boʻyicha “Oʻzkoʻrgazmasavdo” aksiyadorlik jamiyatiga yordam koʻrsatsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
12. “Oʻzstandart” agentligi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi va Oʻzbekistonda akkreditatsiya qilingan sertifikatsiyalash boʻyicha xalqaro inspeksiya kompaniyalari bilan birgalikda “Oʻzkoʻrgazmasavdo” aksiyadorlik jamiyati tomonidan oʻtkaziladigan yarmarka-koʻrgazmalar orqali sotiladigan tovarlarni sertifikatsiyalashni tashkil etsin.
Keyingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-yanvardagi 14-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 1-2-son, 9-modda)
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 5-sentabr,
340-son
“Oʻzkoʻrgazmasavdo” aksiyadorlik jamiyatining ijro etuvchi apparati
TUZILMASI
Xodimlarning umumiy soni — 47 kishi (xizmat koʻrsatuvchi xodimlarsiz)
“Oʻzkoʻrgazmasavdo” aksiyadorlik jamiyati tomonidan yarmarka savdolari oʻtkazish va kontraktlar tuzish toʻgʻrisida
NIZOM
I. UMUMIY QOIDALAR
1.1. Mazkur Nizom “Oʻzkoʻrgazmasavdo” respublika yarmarka savdosi markazi aksiyadorlik jamiyati va uning shuʼba tuzilmalari (keyingi oʻrinlarda “Oʻzkoʻrgazmasavdo” aksiyadorlik jamiyati deb yuritiladi)da yarmarka savdosini tashkil etish va oʻtkazishni va yarmarka kontraktlari tuzish xususiyatlarini tartibga soladi.
1.2. “Oʻzkoʻrgazmasavdo” aksiyadorlik jamiyati tomonidan yarmarka savdolarini oʻtkazish va kontraktlar tuzish Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga va mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
1.3. Tovarlar (ishlar va xizmatlar)ni, texnologiya asbob-uskunalarini, ilmiy-texnik ishlanmalarni sotish boʻyicha yarmarkalar, koʻrgazmalar oʻtkazish uchun “Oʻzkoʻrgazmasavdo” aksiyadorlik jamiyati qatnashchilarga maxsus jihozlangan oʻrinlar taqdim etadi.
II. YaRMARKA SAVDOLARI QATNAShChILARI
2.1. Yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar (norezidentlar) mazkur Nizomga muvofiq “Oʻzkoʻrgazmasavdo” aksiyadorlik jamiyati tomonidan oʻtkazilayotgan yarmarkalarda tovarlarni sotish va xarid qilishlari mumkin, sotish taqiqlangan tovarlar bundan mustasno.
2.2. Yarmarka savdolari qatnashchilari (sotuvchilar) oʻrinni olish toʻgʻrisidagi kafolat xati asosida Yarmarka savdolari qatnashchisining guvohnomasini oladilar. Kataloglar, namunalar, modellar, reklama prospektlari, tovar mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma, sifat sertifikati va boshqa zarur hujjatlarni taqdim etadilar. Shundan keyin sotuvchilar yarmarka savdolarida ishtirok etish hamda “Oʻzkoʻrgazmasavdo” aksiyadorlik jamiyati tomonidan koʻrsatiladigan barcha xizmatlardan foydalanish huquqini oladilar.
Yarmarka savdolari qatnashchilari shartnoma asosida “Oʻzkoʻrgazmasavdo” aksiyadorlik jamiyatiga oʻzlarining manfaatlarini ifodalash huquqini berishlari mumkin.
2.3. Korxonalar (sotuvchilar va xaridorlar)ning vakillari kontraktlar tuzish uchun birinchi shaxsning (yoki uning vazifalarini bajaruvchi shaxsning) imzosi qoʻyilgan, korxonaning muhri bilan tasdiqlangan zarur darajada rasmiylashtirilgan vakolatga ega boʻlishlari kerak.
III. YaRMARKA SAVDOLARI OʻTKAZISh VA YaRMARKA KONTRAKTLARINI TUZISh
3.1. Yarmarka savdolarida naqd (real) tovarlar bilan bitishuvlar, shuningdek, fyuchers-forvard bitishuvlar — tovarlarni ham ichki bozorda milliy valyuta — soʻmga, ham eksportga, shu jumladan, erkin almashtiradigan valyutaga bitishuv tuzilgan paytda qayd etilgan narx boʻyicha va operatsiyalarni muayyan davr oraligʻidan keyin bajargan holda tovarlar oldi-sotdisini ifodalovchi bitishuvlar amalga oshirilishi mumkin.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tovar-xomashyo birjalari orqali qonun hujjatlariga muvofiq faqat erkin almashtiriladigan valyutaga eksportga sotiladigan tovarlar roʻyxati “Oʻzkoʻrgazmasavdo” aksiyadorlik jamiyatining yarmarka savdolarida sodir etiladigan eksport bitishuvlariga ham tatbiq etiladi.
3.2. Yarmarkada tovar (ishlar, xizmatlar)ni sotish uchun kontraktlar korxonalar tomonidan taqdim etilgan namunalar, mahsulot modellari, kataloglar, prospektlar, reklama byulletenlari va mahsulotni tavsiflovchi boshqa hujjatlar boʻyicha tuzilishi mumkin.
3.3. Naqd (real) tovar sotishga taqdim qilinganda sotuvchi (ishlab chiqaruvchi yoki xoʻjalik faoliyatining boshqa subyekti) yarmarkaga:
ushbu tovar haqiqatdan ham sotuvchining mulki (yoki korxona, xoʻjalik ixtiyorida qoladigan uning bir qismi) hisoblanishini tasdiqlovchi tovar egasining hujjatini, shuningdek, uning mavjudligi toʻgʻrisida birinchi shaxs (yoki uning vazifalarini bajaruvchi shaxs) tomonidan va bosh buxgalter tomonidan imzolangan muhr bilan tasdiqlangan hujjatni;
sifat sertifikatini;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va boshqa vakolatli organlarning xulosasini taqdim etadi.
3.4. Fyuchers-forvard bitishuvlar boʻyicha sotuvchi tomonidan koʻrsatib oʻtilgan tovar ishlab chiqarilishini kafolatlovchi hujjatlar taqdim etiladi, ular belgilangan tartibda rahbar va bosh buxgalter tomonidan tasdiqlanadi.
3.5. Yarmarkada kontraktlar boʻyicha sotib olingan tovarlar uchun:
respublika ichida tovarlar yetkazib berish boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi valyutasi “soʻmlar”da;
eksport kontraktlari boʻyicha — qoidaga koʻra erkin almashtiriladigan valyutada, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa — milliy valyuta “soʻmlarda” belgilangan tartibda hisob-kitob qilinadi.
Kontraktlar erkin almashtiriladigan valyutada tuzilgan hollarda valyuta tushumini majburiy sotish respublika qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
3.6. Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari yarmarka savdolarida sotib olingan tovar uchun:
respublika ichki valyuta bozorida xorijiy valyutani sotishdan;
Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya faoliyati daromadlaridan;
import kontraktlar boʻyicha tovarlarni sotish, shu jumladan, konsignatsiya shartlarida, ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish yoʻli bilan olingan mablagʻlar hisobiga ham haq toʻlashlari mumkin.
3.7. Yarmarkada kontraktlar tuzishda xaridor-norezident Oʻzbekiston Respublikasi valyutasining kelib chiqishi qonuniyligini tasdiqlovchi quyidagi hujjatlarni taqdim etadi (mablagʻlar manbaiga bogʻliq ravishda):
xorijiy valyuta konvertatsiya qilinganligi toʻgʻrisida vakolatli bankning maʼlumotnomasi;
ichki bozorda sotish uchun tovarni olib kirish uchun kontrakt (shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining tovar-xomashyo birjalari birja savdolarida tuzilgan kontraktlar)ni va olib kirilgan tovarga yuk bojxona deklaratsiyasini;
soʻmlarning kelib chiqishi qonuniyligini tasdiqlovchi bajarilgan ishlar, koʻrsatilgan xizmatlar toʻgʻrisidagi hujjatlar;
olingan dividendlarni tasdiqlovchi hujjatlar.
3.8. Real tovar bilan bitishuvlar boʻyicha xaridor kontraktda kelishilgan muddatlarda tovarning har bir turkumi uchun oldindan haq toʻlaydi. Tovarni ortish oldindan toʻlangan haq hajmiga qarab amalga oshiriladi.
3.9. Fyuchers bitishuvlari tuzishda xaridor kontrakt rasmiylashtirilgandan keyin 10 kun ichida sotuvchiga avans oʻtkazadi. Bitishuv boʻyicha avans miqdori tomonlarning kelishuviga koʻra belgilanadi va kontrakt qiymatining kamida 15 foizini tashkil etishi kerak.
3.10. Bitishuv tuzilgandan keyin yarmarka kontraktlarni muhr bilan tasdiqlaydi va ularni yarmarka savdolari qatnashchilariga beradi.
3.11. Yarmarkada tuzilgan barcha kontraktlar tegishli ravishda roʻyxatdan oʻtkazilishi va yarmarkada hisobga olinishi kerak. Bunda kontrakt tuzilgan kundagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilagan kurs boʻyicha AQSh dollaridagi ekvivalent koʻrsatib oʻtiladi.
3.12. Respublika tashqarisiga olib chiqishga moʻljallanayotgan mahsulot va tovarlar boʻyicha kontraktlar muhr, shtamp bilan tasdiqlanadi va chopar orqali Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasiga yoki uning hududiy bojxona xizmatlariga yuboriladi, agar kontraktlar viloyat boʻlinmalari savdolarida tuzilgan boʻlsa.
Bojxona organlari kelishilgan jadval boʻyicha yarmarka kuryeridan tasdiqlangan kontraktlarni reyestr boʻyicha qabul qiladigan, imzolaydigan, ularni muhr bilan tasdiqlaydigan va kuryerga qaytaradigan masʼul xodimlarni belgilaydi.
Bir reyestrdagi kontraktlarni bojxona organlari ular tushgan paytdan boshlab ikki kecha-kunduz ichida rasmiylashtirishlari shart.
3.13. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi yoki uning hududiy organi tomonidan tasdiqlangan kontraktga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar yarmarkaning yozma holdagi arizasiga koʻra kiritiladi, bunda oʻzgartirishlar kiritish sabablari koʻrsatib oʻtiladi. Oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi masalalarni koʻrib chiqish tartibi kontraktlarni tasdiqlashdagi tartib kabidir.
3.14. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi yoki uning hududiy xizmatlari tomonidan tasdiqlangan kontraktlar olingan paytdan boshlab yarmarka bir ish kuni mobaynida ularni yarmarka savdolari qatnashchilariga beradi.
Koʻrsatib oʻtilgan kontraktlar yuk bojxona deklaratsiyalarini toʻldirish uchun asos boʻlib hisoblanadi.
3.15. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi yoki uning hududiy organi tomonidan rasmiylashtirilgan eksport kontraktlari boʻyicha tovarlar olib ketilayotganda yuk ortilayotgan joydagi bojxona boʻlinmalariga mazkur Tartibning 3.7-bandida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlarning nusxalaridan tashqari quyidagi hujjatlar ham taqdim etiladi:
tovar haqi toʻlanganligini tasdiqlovchi toʻlov hujjatining nusxasi;
muvofiqlik sertifikati;
tovarning kelib chiqish sertifikati;
yuk bojxona deklaratsiyasi.
3.16. Bojxona organlariga taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarning ishonchliligi uchun kontraktda koʻrsatib oʻtilgan yuk joʻnatuvchi javob beradi.
3.17. Tovarlarni olib ketish uchun kontraktlarni rasmiylashtiruvchi va roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar xaridor va sotuvchidan bitishuvga tegishli boʻlmagan boshqa hujjatlarni talab qilishga haqli emas.
3.18. Yuk joʻnatuvchi belgilangan tartibda bojxona yigʻimlari toʻlaydi.
IV. YaRMARKA IMPORT KONTRAKTLARINI TUZISh TARTIBI
4.1. Yarmarka savdolarida tovarlar (ishlar, xizmatlar) va xomashyo xarid qilish boʻyicha import kontraktlarini tuzish tartibi ular boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasi — soʻmda haq toʻlash va hisob-kitob qilish nazarda tutiladigan kontraktlarga tatbiq etiladi.
4.2. Yarmarka savdolariga sotish uchun import tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni qoʻyishda sotuvchi — norezident yarmarkaga quyidagilarni taqdim etadi:
sotish uchun qoʻyilgan tovar haqiqatdan ham sotuvchining mulki ekanligini hamda unda naqd mavjudligini tasdiqlovchi, rahbar yoki mulk egasi tomonidan imzolangan hujjat (maʼlumotnoma, kafolat xati);
ishlab chiqaruvchi tomonidan imzolangan tovar tayyorlanishi toʻgʻrisidagi kafolat xati (agar tovar mavjud boʻlmasa);
import tovarni yarmarka savdosi orqali sotishga buyurtmanoma, unda kontrakt tuzish uchun zarur boʻlgan barcha shartlar koʻrsatiladi (tovarning toʻliq nomi, oʻlchov birligi, miqdori, sifat sertifikati, bir birlikning narxi, kelib chiqish sertifikati va zaruriyat boʻlsa boshqa maʼlumotlar);
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va boshqa vakolatli organlarning xulosalari.
4.3. Kafillik shartnomalari, banklarning, boshqa kredit muassasalari va sugʻurta tashkilotlarining belgilangan tartibda berilgan kafolatlari yarmarka savdolarida soʻmlarda haq toʻlash asosida tuzilgan import kontraktlarini taʼminlash shakllari hisoblanadi.
4.4. Yarmarka savdolarida tuzilgan import kontraktlari boʻyicha narxlar darajasi toʻgʻrisida konsalting xizmatlarining ekspert xulosasi talab qilinmaydi.
4.5. Belgilangan hujjatlar taqdim etilgandan keyin “Oʻzkoʻrgazmasavdo” aksiyadorlik jamiyati import kontraktini roʻyxatdan oʻtkazadi, yarmarka savdolarida tuziladigan kontraktlarga identifikatsiya raqamlari berishning belgilangan Tartibiga muvofiq uni tasdiqlaydi. Yarmarka import kontrakti boʻyicha maʼlumotlar va taqdim etiladigan hujjatlarning ishonchliligi uchun ushbu maʼlumotlarni taqdim etgan shaxs javob beradi.
4.6. “Oʻzkoʻrgazmasavdo” aksiyadorlik jamiyatining yarmarka savdolarida roʻyxatdan oʻtkazilgan import kontraktlari ikki ish kuni mobaynida ularni hisobga qoʻyish uchun chopar orqali Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasiga yoki uning hududiy organlariga yuboriladi, agar koʻrsatib oʻtilgan kontraktlar viloyat boʻlinmalari savdolarida tuzilgan boʻlsa.
4.7. Bojxona organlari kelishilgan jadval boʻyicha yarmarka kuryeridan tasdiqlangan kontraktlarni reyestr boʻyicha qabul qilib oladigan, imzolaydigan, muhr bilan tasdiqlaydigan va kuryerga qaytaradigan masʼul xodimlarni belgilaydi. Bir reyestrdagi kontraktlarni bojxona organlari ular tushgan paytdan boshlab ikki ish kuni mobaynida rasmiylashtirishlari shart.
4.8. Import kontraktlari bojxona organlarida roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin vakolatli banklar ularni tegishli xizmat koʻrsatishga qabul qilib oladi. Yarmarka savdolarida tuzilgan import kontraktlariga kontrakt shartlari va import bitishuv pasporti asosida haq toʻlanadi. Faksimil aloqa orqali olingan va “Oʻzkoʻrgazmasavdo” aksiyadorlik jamiyati muhri bilan tasdiqlangan kafolat xatlaridan, keyinchalik navbatdagi oʻn kalendar kun mobaynida asl nusxani taqdim etish sharti bilan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
4.9. Yarmarka savdolarida tuzilgan import kontraktlari boʻyicha import bitishuv pasporti belgilangan shaklda rasmiylashtiriladi.
4.10. Tuzilgan import kontraktlari boʻyicha hisob-kitoblar “Oʻzkoʻrgazmasavdo” aksiyadorlik jamiyatining hisob-kitob-kliring palatasi orqali amalga oshiriladi.
Import kontrakti tuzilgandan keyin xaridor 3 bank kuni ichida kontraktda koʻrsatilgan haq toʻlash shartlariga muvofiq, biroq bitishuv summasining 15 foizidan ortiq boʻlmagan pul mablagʻlarini sotuvchi-norezidentning “Oʻzkoʻrgazmasavdo” aksiyadorlik jamiyati hisob-kitob-kliring palatasida ochilgan hisob raqamiga oʻtkazadi. Haq toʻlanishi kontrakt bojxona organida roʻyxatdan oʻtkazilishi uchun yetarlidir.
4.11. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va uning hududiy organlari tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan yarmarka import kontraktlari boʻyicha tovarni keltirishda tovar tushgan joydagi bojxona boʻlinmalariga quyidagi hujjatlar ham taqdim etiladi:
tovarning kelib chiqish sertifikati;
yuk bojxona deklaratsiyasi.
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlariga taqdim etilgan hujjatlarning ishonchliligi uchun ushbu hujjatlarni taqdim etgan shaxslar javob beradi.
4.12. Tovar yarmarka import kontraktlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasiga kelgandan va u belgilangan tartibda xaridor tomonidan qabul qilib olingandan keyin Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasi — “soʻmlardagi” mablagʻlar sotuvchi — norezidentning “Oʻzkoʻrgazmasavdo” aksiyadorlik jamiyatining hisob-kitob-kliring palatasida ochilgan hisob raqamiga oʻtkaziladi, ularga sotuvchi yarmarka va birja savdolarida tovarlar (ishlar, xizmatlar) va xomashyo xarid qilishi mumkin.
V. IXTISOSLAShTIRILGAN YaRMARKA SAVDOLARINI TAShKIL ETISh
5.1. “Oʻzkoʻrgazmasavdo” aksiyadorlik jamiyati isteʼmolchilarning ayrim guruhlari ehtiyojlarini qondirish yoki bir xil guruhdagi tovarlarni sotish maqsadida ixtisoslashtirilgan yarmarkalar tashkil etishi mumkin.
Ixtisoslashtirilgan yarmarka savdolari tashkil etishdan oldin “Oʻzkoʻrgazmasavdo” aksiyadorlik jamiyati korxonalar, tashkilotlar, tadbirkorlar, boshqa bozor tuzilmalari, shu jumladan, xorijiy bozor tuzilmalari bilan birgalikda ixtisoslashtirilgan yarmarka savdolariga qoʻyiladigan tovarga boʻlgan taklifni oʻrganish, tovar ishlab chiqaruvchilarning takliflarini aniqlash boʻyicha oldindan ish olib boradi.
5.2. Ixtisoslashtirilgan yarmarka savdolariga tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning har qanday turlari qoʻyilishi mumkin, sotish taqiqlangan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bundan mustasno.
5.3. Ixtisoslashtirilgan yarmarkalarni tashkil etish va ularga tezkor rahbarlik qilish uchun yarmarka qoʻmitalari (yarmarkaqoʻm) tashkil etiladi. Yarmarkaqoʻm tarkibiga “Oʻzkoʻrgazmasavdo” aksiyadorlik jamiyati vakillaridan tashqari davlat va tijorat tuzilmalari vakillari kiritilishi mumkin. Yarmarkaqoʻm tarkibi manfaatdor tomonlarning vakillari ishtirokida “Oʻzkoʻrgazmasavdo” aksiyadorlik jamiyati tomonidan belgilanadi va tasdiqlanadi.
5.4. Yarmarkaqoʻm:
ixtisoslashtirilgan yarmarka savdolari muddatlari va ularni oʻtkazish joylarini belgilaydi hamda savdoni oʻtkazishning barcha masalalarini hal etadi, paydo boʻluvchi nizoli masalalarni koʻrib chiqadi;
ixtisoslashtirilgan yarmarka savdolarining ishchi organlarini (hisobga olish, roʻyxatdan oʻtkazish guruhlari va hokazolarni) tashkil etadi.
5.5. Ixtisoslashtirilgan yarmarka savdolarini tashkil etish va oʻtkazish xarajatlari Yarmarkaqoʻm tomonidan tasdiqlanadigan tartibda va miqdorlarda qatnashchilar hisobiga amalga oshiriladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 9-modda; 2004-y., 3-son, 31-modda; 2005-y., 34—36-son, 264-modda)