21.02.2018 yildagi 133-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston-Tojikiston Davlat chegarasi orqali ayrim oʻtkazish punktlarining faoliyatini qayta tiklash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida” 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son Farmoni ijrosini taʼminlash, Markaziy Osiyoning barcha davlatlari bilan hamjihatlik va amaliy hamkorlikni, mintaqa davlatlari oʻrtasida oʻzaro ishonch va xavfsizlikni mustahkamlash, shuningdek, Oʻzbekiston — Tojikiston Davlat chegarasini kesib oʻtishda qulay sharoitlar hamda oʻtkazish punktlarining uzluksiz ishlashi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Jizzax, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent va Fargʻona viloyatlari hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJga Samarqand viloyatidagi “Jartepa”, Jizzax viloyatidagi “Qushkent”, “Uchturgan”, Sirdaryo viloyatidagi “Xovostobod”, Toshkent viloyatidagi “Bekobod”, Namangan viloyatidagi “Pop”, Fargʻona viloyatidagi “Ravot”, Surxondaryo viloyatidagi “Gulbahor” avtomobil yoʻllari oʻtkazish punktlari hamda “Amuzang” temir yoʻl oʻtkazish punktining (keyingi oʻrinlarda oʻtkazish punktlari deb ataladi) muhandislik-kommunikatsiya va yoʻlboʻyi infratuzilmasini, shuningdek, Samarqand viloyati Urgut tumanidagi Jartepa aholi punkti hududidagi chegara postini tashkil etish va yanada rivojlantirish uchun zarur yer uchastkalari ajratsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻtkazish punktlariga tutash avtomobil yoʻllari boʻyida zamonaviy standartlarga mos yoʻlboʻyi infratuzilmasini tashkil etish tadbirlarini oʻtkazsinlar, shuningdek, fuqarolar uchun zarur ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar va idoralarga joylarda ularning faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha ishlarni tashkil etish uchun zarur xizmat-maishiy sharoitlar yaratishda koʻmaklashsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Milliy xavfsizlik xizmati Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Davlat veterinariya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi (keyingi oʻrinlarda davlat nazorati organlari deb ataladi), “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ oʻz mablagʻlari hisobiga oʻtkazish punktlarining faoliyatini tashkil etish uchun birinchi navbatdagi zarur sharoitlar yaratsinlar.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlari:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-sentabrdagi 748-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand viloyati Urgut tumanidagi Jartepa aholi punkti hududidagi chegara postining binolari, inshootlari va unga tutash hududlarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasiga bir hafta muddatda operativ boshqarish huquqi bilan bepul asosda belgilangan tartibda bersin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-2020-yillarda yangi joyda joylashtiriladigan chegara postining infratuzilmasi har yili ajratiladigan kapital qoʻyilmalar limitlari hisobidan qurilishini tashkil etsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlari, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻtkazish punktlari orqali shaxslar hamda transport vositalarining harakatlanishini oʻrgansin hamda 2018-yil yakunlari boʻyicha oʻtkazish punktlarining tegishli muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini tashkil etish maqsadida bajarilgan loyiha-qidiruv va qurilish ishlari toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-sentabrdagi 748-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ 2018-yil 1-martgacha Oʻzbekiston Respublikasi hududi doirasida “Gʻalaba — Xoshadiy” temir yoʻl uchastkasi (keyingi oʻrinlarda temir yoʻl uchastkasi deb ataladi) rekonstruksiya qilinishini taʼminlasin va oʻtkazish punktida davlati nazorat organlarining faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha ishlarini tashkil etish uchun birinchi navbatdagi zarur xizmat-maishiy sharoitlar yaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha hujjati tasdiqlangungacha, istisno tariqasida, temir yoʻl uchastkasini loyihalashtirish bilan bir paytda rekonstruksiya qilishga ruxsat etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududi doirasida “Gʻalaba — Xoshadiy” temir yoʻl uchastkasini rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshirish doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ — buyurtmachi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Boshtransloyiha” AJ — bosh loyihalash tashkiloti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tarkibiy boʻlinmalari — bosh pudrat tashkilotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning oʻz mablagʻlari va jalb etilgan mablagʻlar — moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi vazirliklar va idoralarning asoslangan hisob-kitoblariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2018-yil uchun tasdiqlangan parametrlari doirasida oʻtkazish punktlari faoliyatini tashkil etish maqsadida uskunalar, texnik nazorat vositalari va jihozlar (shu jumladan ehtiyot qismlar, butlovchi va sarflash materiallari) xarid qilish uchun budjetdan maqsadli mablagʻlar ajratishni nazarda tutsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlari Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda 2019-yilda va keyingi yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturlarini (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) shakllantirishda ularga markazlashtirilgan investitsiyalardan ajratiladigan limitlar doirasida hamda asoslangan hisob-kitoblar asosida oʻtkazish punktlarining yangi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini tashkil etish va rivojlantirish loyihalari belgilangan tartibda kiritishni nazarda tutsinlar.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Oʻzbektelekom” AK oʻtkazish punktlarini yuqori tezlikda ishlaydigan aloqa kanallari bilan belgilangan tartibda taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha hujjatlari tasdiqlangungacha, istisno tariqasida, telekommunikatsiya tarmoqlarini loyihalashtirish bilan bir paytda qurishga ruxsat etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtkazish punktlariga maʼlumotlarni uzatish tarmogʻining yuqori tezlikda ishlaydigan kanallarini taʼminlash uchun telekommunikatsiya tarmoqlarini qurish ishlarini amalga oshirish doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbektelekom” AK — buyurtmachi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Aloqaloyiha” davlat unitar korxonasi — bosh loyihalash tashkiloti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbektelekom” AK — bosh pudrat tashkiloti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbektelekom” AKning oʻz mablagʻlari — moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi oʻtkazish punktlarini oʻrganish va ularni Dasturga kiritishga doir takliflar taqdim etish natijalari boʻyicha tashkil etilayotgan oʻtkazish punktlarining suv taʼminoti yuzasidan texnik shartlar bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi bilan birgalikda Ichki ishlar vazirligi hamda Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlari koʻmagida Oʻzbekiston-Tojikiston Davlat chegarasi liniyasigacha oʻtkazish punktlariga olib boradigan avtomobil yoʻllari qayta tiklanishi va kapital taʼmirlanishini, oʻtkazish punktlari yaqinida, shu jumladan oʻtkazish punktlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi oʻrtasida joylashgan hududlarda zarur yoʻlboʻyi infratuzilmasi (panelli-toʻrsimon toʻsiq, ajratuvchi betonli toʻsiq, yoritish, yoʻl belgi va ishoralari) tashkil etilishini taʼminlasin.
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-sentabrdagi 748-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha hujjati tasdiqlangungacha, istisno tariqasida, oʻtkazish punktlariga olib boradigan avtomobil yoʻllari uchastkalarini loyihalashtirish bilan paytda qayta tiklash va kapital taʼmirlash ishlarini amalga oshirishga ruxsat etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtkazish punktlariga olib boradigan avtomobil yoʻllari uchastkalarini qayta tiklash va kapital taʼmirlash ishlarini amalga oshirish doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi” davlat unitar korxonasi — buyurtmachi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yoʻl loyiha byurosi” masʼuliyati cheklangan jamiyati — bosh loyihalash tashkiloti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlari — bosh pudrat tashkilotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlari — moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻtkazish punktlariga olib boradigan temir yoʻl liniyalari, avtomobil yoʻllari va telekommunikatsiya tarmoqlarini qurish boʻyicha buyurtmachilar bosh loyihalash tashkilotlari bilan birgalikda loyiha hujjatlarining ishlab chiqilishi, ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha vakolatli organlarda koʻrib chiqilishi va kelishilishi, belgilangan tartibda tasdiqlashga taqdim etilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi barpo etilayotgan obyektlarning loyiha-smeta hujjatlari davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini hamda amalga oshiriladigan qurilish-montaj ishlarining sifati, shaharsozlik normalari va qoidalariga soʻzsiz rioya etilishi yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. “Oʻzbekenergo” AJ va “Oʻzbekneftgaz” AJ oʻtkazish punktlariga elektr energiyasi va tabiiy gaz uzluksiz yetkazib berilishini taʼminlash tadbirlarini oʻtkazsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlari, Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va “Oʻzbektelekom” AKga ushbu qarorni amalga oshirish doirasida, istisno tariqasida tender (tanlov) savdolarini oʻtkazmasdan, eng yaxshi takliflarni tanlash asosida yoki toʻgʻridan toʻgʻri muzokaralar oʻtkazish orqali ishlab chiqaruvchi zavodlar yoxud ularning rasmiy dilerlari (distribyutorlari) bilan uskunalar, materiallar, texnik nazorat vositalari va jihozlar (shu jumladan ehtiyot qismlar, butlovchi va sarflash materiallari) yetkazib berish boʻyicha kontraktlar (shartnomalar) tuzishga ruxsat etilsin.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-sentabrdagi 748-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M.B. Azimov, va Milliy xavfsizlik xizmati raisining oʻrinbosari — Chegara qoʻshinlari qoʻmondoni O.M. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 21-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
133-son