07.09.2004 yildagi 419-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 31.12.2008 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

RESPUBLIKA BOLALAR IJTIMOIY MOSLASHUVI MARKAZINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼnaviy barkamol va jismoniy sogʻlom avlodni tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish, jismoniy imkoniyatlari cheklangan bolalar, notinch oilalar bolalari yoki ota-onalari qarovisiz qolgan bolalarning toʻliq ijtimoiy moslashuvini taʼminlash, koʻrsatib oʻtilgan toifadagi bolalar toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilish zarurligini jamiyatning maʼnaviy-axloqiy asoslari va negizini mustahkamlashning majburiy sharti sifatida jamoatchilik ongiga singdirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 31-dekabrdagi 287-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 525-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining (keyingi oʻrinlarda Markaz deb yuritiladi) Ustavi va tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin, uning xodimlarining cheklangan soni 15 nafar etib belgilansin (yordamchi va xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari).
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, Markaz direktori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi va oʻz faoliyati toʻgʻrisida unga hisobot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz direktoriga, zarurat boʻlganda, Markazning tasdiqlangan tuzilmasiga xodimlarning belgilangan soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 31-dekabrdagi 287-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 525-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar Markaz faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy imkoniyatlari cheklangan bolalar (nogironlar, jismoniy nuqsoni boʻlgan hamda asab va ruhiyati buzilgan bolalar, surunkali ogʻir kasalliklardan azob chekuvchi bolalar) hamda ijtimoiy va huquqiy jihatdan xatarli guruhlarga kiradigan bolalarning (yetimlar, ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosadigan shaxslarning qarovisiz qolgan bolalar, notinch oilalarning bolalari) ijtimoiy moslashuvi muammolarini oʻrganish, koʻrsatib oʻtilgan muammolarni hal etish yuzasidan maqsadli kompleks dasturlarni ishlab chiqish, shuningdek bolalar oʻrtasida jismoniy imkoniyatlari cheklangan, ijtimoiy va huquqiy jihatdan xatarli guruhlar paydo boʻlishiga olib keladigan omillarning salbiy taʼsirini kamaytirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarning alohida nochor guruhlarini qoʻllab-quvvatlash va ijtimoiy moslashtirish sohasida Vatan tajribasini, rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasini chuqur oʻrganish va umumlashtirish, bolalarning ijtimoiy moslashuvi masalalari bilan shugʻullanuvchi davlat muassasalari va nodavlat muassasalarning amaliy faoliyatida ulardan foydalanish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

imkoniyatlari cheklangan, ijtimoiy va huquqiy jihatdan xatarli guruhlarga kiradigan bolalar bilan ishlaydigan mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini oʻrganish, zamonaviy talablarni va standartlarni hisobga olgan holda tizimning samaradorligini oshirishga doir kompleks dasturlar ishlab chiqish;

bolalarning ijtimoiy moslashuvi masalalari boʻyicha oʻquv-metodik va maʼlumotnoma qoʻllanmalarning holati va sifatini tahlil qilish hamda ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarning maqsadli guruhlariga moʻljallangan tadbirlarga tegishli davlat dasturlari va jamoat loyihalari bajarilishi monitoringini olib borish, ularni amalga oshirish samaradorligini kuchaytirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.
(3-bandning oltinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 31-dekabrdagi 287-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 525-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiya, vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarning ijtimoiy moslashuvi muammolarini oʻrganish ishlarini, ushbu sohada maʼrifiy va tashkiliy-targʻibot tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan axborot-tahliliy materiallarni, statistika materiallarini va boshqa materiallarni olishda Markazga koʻmaklashsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy imkoniyatlari cheklangan, ijtimoiy va huquqiy jihatdan xatarli guruhlarga kiradigan bolalar bilan ishlovchi davlat muassasalari va nodavlat muassasalarning Markaz bilan yaqindan oʻzaro hamkorlik qilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi sessiyalarining materiallari bir nusxadan majburiy tartibda yuboriladigan tashkilotlar roʻyxatiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining statistika axborotnomalari majburiy tartibda yuboriladigan reyestrga kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi (R.Sh. Shogʻulomov), “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi (B.Sh. Alimov) Markazning kutubxona fondini toʻldirish uchun davriy matbuot nashrlari va kitob mahsulotlari (maxsus tibbiy, tarbiyaviy, huquqiy, ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar) bir nusxadan Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markaziga tekin berilishini taʼminlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(7 va 8-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 31-dekabrdagi 287-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 525-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Toshkent shahar hokimligi (R.M. Shoabdurahmonov) bir oy muddatda Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markaziga bino ajratsin, uning faoliyatini tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlasin, zarurat boʻlganda, berilgan binolarni taʼmirlasin, telefon aloqasi bilan taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.T. Inomova zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 7-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
419-son

Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 7-sentabrdagi 419-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining
USTAVI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) jismoniy imkoniyatlari cheklangan (nogironlar, jismoniy nuqsoni boʻlgan hamda asab va ruhiyati buzilgan bolalar, surunkali ogʻir kasalliklardan azob chekuvchi bolalar), shuningdek ijtimoiy va huquqiy jihatdan xatarli boshqa guruhlarga kiradigan bolalarni (yetimlar, ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar qarovisiz qolgan bolalar, notinch oilalar bolalari) ijtimoiy moslashtirish muammolarini ishlab chiquvchi tashkilot hisoblanadi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 31-dekabrdagi 287-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 525-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Markaz oʻz faoliyatini davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Markaz oʻz faoliyatini amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga hamda mazkur Ustavga amal qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Markazning yuridik nomi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tilida — Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rus tilida — Respublikanskiy sentr sotsialnoy adaptatsii detey;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ingliz tilida — The Republican Center for Social Adaptation of Children.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Markaz Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahrida joylashgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Markaz yuridik shaxs hisoblanadi, alohida mol-mulkka, mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlariga, valyuta hisob raqamlariga va boshqa hisob raqamlariga, oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga, shtampga va blankalarga hamda oʻz faoliyati uchun zarur boʻlgan boshqa xizmat belgilari va rekvizitlarga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Markaz qonun hujjatlariga va mazkur Ustavga muvofiq tashkil etiladigan boʻlimlar va filiallarga ega boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Markazning maqsadi va faoliyatining asosiy yoʻnalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Nogiron bolalarni, jismoniy nuqsoni boʻlgan hamda asab va ruhiyati buzilgan bolalar, surunkali ogʻir kasalliklardan azob chekuvchi bolalar, shuningdek yetimlar, ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar qarovisiz qolgan, notinch oilalar bolalari muammolarini ishlab chiqish va ular toʻlaqonli ijtimoiy-tibbiy moslashtirilishini taʼminlashga koʻmaklashish Markaz faoliyatining maqsadi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Quyidagilar Markaz faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy imkoniyatlari cheklangan bolalar (nogironlar, jismoniy nuqsoni boʻlgan hamda asab va ruhiyati buzilgan bolalar, surunkali ogʻir kasalliklardan azob chekuvchi bolalar) hamda ijtimoiy va huquqiy jihatdan xatarli guruhlarga kiradigan bolalarning (yetimlar, ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosadigan shaxslarning qarovisiz qolgan bolalar, notinch oilalarning bolalari) ijtimoiy moslashuvi muammolarini oʻrganish, koʻrsatib oʻtilgan muammolarni hal etish yuzasidan maqsadli kompleks dasturlarni ishlab chiqish, shuningdek bolalar oʻrtasida jismoniy imkoniyatlari cheklangan, ijtimoiy va huquqiy jihatdan xatarli guruhlar paydo boʻlishiga olib keladigan omillarning salbiy taʼsirini kamaytirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarning alohida nochor guruhlarini qoʻllab-quvvatlash va ijtimoiy moslashtirish sohasida Vatan tajribasini, rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasini chuqur oʻrganish va umumlashtirish, bolalarning ijtimoiy moslashuvi masalalari bilan shugʻullanuvchi davlat muassasalari va nodavlat muassasalarning amaliy faoliyatida ulardan foydalanish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imkoniyatlari cheklangan, ijtimoiy va huquqiy jihatdan xatarli guruhlarga kiradigan bolalar bilan ishlaydigan mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini oʻrganish, zamonaviy talablarni va standartlarni hisobga olgan holda tizimning samaradorligini oshirishga doir kompleks dasturlar ishlab chiqish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarning ijtimoiy moslashuvi masalalari boʻyicha oʻquv-metodik va maʼlumotnoma qoʻllanmalarning holati va sifatini tahlil qilish hamda ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarning maqsadli guruhlariga tegishli davlat dasturlari va jamoat loyihalari bajarilishi monitoringini olib borish, ularni amalga oshirish samaradorligini kuchaytirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Markazning huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Markaz oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarga muvofiq quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlar, sogʻliqni saqlash muassasalari mutaxassislarini, nodavlat tashkilotlar vakillarini, shuningdek xorijiy mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar, huquqni muhofaza qilish organlaridan Markazga yuklangan vazifalar doirasida zarur axborotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soʻrash va olish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asab va ruhiyati buzilgan, jismoniy nuqsoni boʻlgan, nogiron va surunkali ogʻir kasalliklarga chalingan bolalarning, shuningdek yetim bolalar, ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar qarovisiz qolgan bolalarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish sohasidagi qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, dasturlar loyihalarini ishlab chiqishda qatnashish;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarning ijtimoiy moslashuvi muammolarini oʻrganish sohasidagi tadqiqotlar dasturini shakllantirish va uni amalga oshirish uchun davlat budjetidan mablagʻlar olish;
(10-bandning beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 2-oktabrdagi 207-sonli qarori tahririda— Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 40-son, 396-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro hamkorlik dasturlarida qatnashish, xalqaro tashkilotlar, jamgʻarmalar, markazlar, oʻquv yurtlari bilan birgalikda xayriya tadbirlari oʻtkazish, tadqiqot loyihalarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma asosida ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish, ilmiy-amaliy ishlarni va ishlanmalarni amalga oshirish, bolalarni ijtimoiy moslashtirish sohasida maslahatlar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noshirlik faoliyatini amalga oshirish, bolalarni ijtimoiy-psixologik reabilitatsiya qilish va moslashtirish muammolari boʻyicha axborot-tahliliy sharhlar, maʼruzalar va axborotnomalar chiqarish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari kompleksi bilan kelishgan holda mamlakat mintaqalarida filiallar va boʻlimlar tashkil etish.
(10-bandning toʻqqizinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 31-dekabrdagi 287-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 525-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin. Qonun hujjatlariga muvofiq litsenziyalanadigan faoliyat turlari Markaz tomonidan tegishli organlardan litsenziya olingandan keyin amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga har yili bolalarni ijtimoiy-psixologik moslashtirish masalalari boʻyicha oʻz faoliyati natijalari toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 31-dekabrdagi 287-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 525-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Markaz tuzilmasi va boshqaruv organlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Markaz tuzilmasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy imkoniyatlari cheklangan bolalarni ijtimoiy moslashtirish muammolarini tadqiq etish loyihasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar qarovisiz qolgan bolalarni ijtimoiy moslashtirish va ularning huquqlarini himoya qilish muammolarini oʻrganish loyihasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy va huquqiy jihatdan xatarli guruhlarga kiradigan bolalar (notinch oilalar, bolalar jinoyatchiligi) bilan ijtimoiy-tarbiyaviy ishlar olib borish muammolari loyihasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalarni ijtimoiy moslashtirishning huquqiy muammolarini oʻrganish loyihasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buxgalteriya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik xizmat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik taʼminoti boʻlimi kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz oldida turgan vazifalarni samarali bajarish maqsadida bolalarni ijtimoiy moslashtirish muammolari boʻyicha belgilangan tartibda boshqa loyihalar ham tashkil etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Bolalarning maqsadli guruhlarini ijtimoiy moslashtirishning eng dolzarb muammolarini ishlab chiqish, ularni hal qilish yuzasidan samarali chora-tadbirlar ishlab chiqish uchun Markazda shartnoma asosida boshqa muassasalar va tashkilotlar mutaxassislarini jalb etgan holda vaqtinchalik ishchi guruhlar va loyihalar tuzilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Markaz faoliyati bilan bogʻliq vazifalarni samarali hal etish uchun Markazning yetakchi mutaxassislari, vazirliklar va idoralar, davlat muassasalari va nodavlat tashkilotlar ekspertlaridan iborat tarkibda direktor boshchiligida Ilmiy-metodik maslahat kengashi tashkil etiladi, Kengash oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida hamda Kengash toʻgʻrisidagi tegishli nizomga muvofiq amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy-metodik kengash toʻgʻrisidagi nizom va uning shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari kompleksi bilan kelishilgan holda Markaz direktori tomonidan tasdiqlanadi.
(14-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 31-dekabrdagi 287-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 525-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Markazga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan direktor boshchilik qiladi hamda oʻz faoliyati toʻgʻrisida unga hisobot beradi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 31-dekabrdagi 287-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 525-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Markaz direktori:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz faoliyatiga rahbarlik qiladi va Markazga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari, xalqaro va xorijiy tashkilotlar, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslar bilan munosabatlarda Markaz nomidan vakillik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda xodimlarning shtat jadvalini, ularni moddiy ragʻbatlantirish va taqdirlash miqdorlari va shakllarini tasdiqlaydi, taklif etiladigan mutaxassislar uchun mehnatga haq toʻlash miqdorlarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz xodimlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari kompleksi bilan kelishgan holda Markaz faoliyatining yillik ish rejalarini tasdiqlaydi;
(16-bandning oltinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 31-dekabrdagi 287-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 525-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir yil yakunlariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Markaz faoliyati toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi;
(16-bandning yettinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 31-dekabrdagi 287-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 525-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz tomonidan tashkil etilgan boʻlimlar va filiallar faoliyatini nazorat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direktor Markazning joriy faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan boshqa masalalarni ham hal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Markaz direktori, zarurat boʻlganda, xodimlarning belgilangan soni doirasida Markazning tasdiqlangan tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Markazni moliyalashtirish manbalari va uning mol-mulki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Quyidagilar Markazni moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat budjeti mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma asosida bajariladigan ishlar uchun Markaz faoliyatidan olingan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan tushadigan mablagʻlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Asosiy fondlar (binolar, inshootlar, asbob-uskunalar, transport vositalari va boshqalar) hamda aylanma mablagʻlar, shuningdek qiymati Markazning mustaqil balansida aks ettiriladigan boshqa boyliklar Markazning mol-mulkini tashkil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Shartnoma asosida bajarilgan ishlar uchun Markaz tomonidan olingan daromad soliqlar va budjetga boshqa majburiy toʻlovlar toʻlangandan keyin mazkur Ustavda belgilangan vazifalarni bajarishga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Hisobga olish, hisobot va nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Markaz oʻz faoliyati natijalarining tezkor buxgalteriya hisobini, statistika hisobotini yuritadi, hisobot maʼlumotlari va balans hisob-kitoblarining ishonchliligini taʼminlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Markazning moliya-xoʻjalik faoliyatini taftish qilish belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 31-dekabrdagi 287-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 525-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Markazni qayta tashkil etish va tugatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Markazni qayta tashkil etish yoki tugatish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 7-sentabrdagi 419-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 31-dekabrdagi 287-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 525-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 36-son, 400-modda; 2006-y., 40-son, 396-modda; 2008-y., 52-son, 525-modda; 2009-y., 46-son, 498-modda; 2011-y., 24-son, 247-modda, 39-son, 399-modda; 2012-y., 26-27-son, 295-modda, 36-son, 412-modda; 2017-y., 25-son, 539-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.02.2018-y., 09/18/107/0697-son, 01.06.2018-y., 09/18/400/1289-son, 25.08.2018-y., 09/18/680/1791-son; 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son; 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/524/0802-son; 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 07.07.2022-y., 09/22/363/0600-son; 10.04.2023-y., 09/23/147/0203-son)