ILOVA
|
Hamkorlik yoʻnalishlari va ulardan kelib chiqadigan vazifalar |
Jamoatchilik tuzilmasi va unga biriktirilgan davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari |
|
I. Sogʻlom oilani shakllantirish, yoshlarni oila qurishga tayyorlash, muqaddas dinimiz pokligini asrash, toʻylar va boshqa marosimlarni ixcham oʻtkazish, oilada huquqbuzarliklarga muntazam yoʻl qoʻyadigan shaxslar bilan profilaktika ishlarini olib borish | |
|
sogʻlom oilani shakllantirish va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish; yigit va qizlarni oila qurishga ruhiy-maʼnaviy jihatdan tayyorlashga koʻmaklashish, oilalarda ajralishlarning oldini olish boʻyicha targʻibot ishlarini tashkil etish, oilaning muqaddasligi va jamiyatning asosiy boʻgʻini ekanligini yoshlar ongiga singdirishga qaratilgan tashviqot ishlarini amalga oshirish; oilalardagi tinchlik-totuvlik mahallalardagi maʼnaviy muhit barqarorligi, shuningdek, oilaning sogʻlomligi jamiyat mustahkamligi hamda mamlakat barqarorligi bilan uzviy bogʻliqligini fuqarolarga tushuntirish. |
Yarashtirish komissiyasi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi |
|
Yarashtirish komissiyasi, Ichki ishlar vazirligi | |
|
joylarda (oila, mahallalar, mehnat jamoalari, taʼlim muassasalarida) milliy-diniy anʼanalarni tushuntirish; oilalar, mahallalar, jamiyatda sogʻlom muhitni mustahkamlash, yoshlar tarbiyasi, tinch-osuda hayotni, muqaddas dinimiz pokligini asrab-avaylash boʻyicha targʻibot ishlarini olib borish; oilalarda nosogʻlom munosabatlar, qaynona-kelin, er-xotin oʻrtasidagi janjallarga barham berish boʻyicha targʻibot ishlarini amalga oshirish. |
Yarashtirish komissiyasi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi |
|
II. Yurtga sadoqat, madaniy merosimizga hurmat tuygʻularini mustahkamlash, urf-odat va anʼanalarni asrab-avaylash, millatlararo totuvlikni taʼminlash, maʼnaviy-maʼrifiy dasturlar ijrosini amalga oshirish | |
|
milliy gʻoya va uning uzviy tarkibiy qismlari hisoblangan komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik kabi tamoyillarning mazmun-mohiyatini aholi oʻrtasida keng targʻib qilish. |
Maʼrifat va maʼnaviyat masalalari boʻyicha komissiya, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi |
|
fuqarolar ongida yurtga sadoqat, madaniy merosimizga hurmat tuygʻularini mustahkamlash, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularni “ommaviy madaniyat”ning salbiy illatlari taʼsiridan himoya qilish choralarini koʻrish; milliy bayramlarni aholi oʻrtasida yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha qabul qilingan maʼnaviy-maʼrifiy dasturlar ijrosini fuqarolar yigʻini hududida taʼminlashga koʻmaklashish. |
Maʼrifat va maʼnaviyat masalalari boʻyicha komissiya, Madaniyat vazirligi |
|
III. Yolgʻiz keksa fuqarolar, pensionerlar, nogironligi boʻlga� shaxslarni manzilli ijtimoiy muhofaza qilish va davolash, aholini bandligini taʼminlashga koʻmaklashish | |
|
yolgʻiz keksa fuqarolar, pensionerlar, nogironligi boʻlgan shaxslarni manzilli ijtimoiy muhofaza qilishni takomillashtirish, davolash, tizimli sogʻlomlashtirishni tashkil etish yoʻli bilan ularga koʻrsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy yordam darajasi va sifatini oshirish, profilaktika tadbirlarini kengaytirish; kam taʼminlangan oilalar va oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz fuqarolarning sogʻligini saqlashga koʻmaklashish. |
Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha komissiya, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi |
|
kam taʼminlangan oilalarga nafaqalar va moddiy yordam toʻlanishi boʻyicha monitoringni amalga oshirish, mehnatga layoqatli oila aʼzolarining bandligini taʼminlash va tadbirkorlik faolligini oshirish orqali oilani kam taʼminlanganlikdan chiqarish yuzasidan alohida dasturlarni ishlab chiqish. |
Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha komissiya, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi |
|
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi boʻyicha nafaqa va kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam tayinlash va toʻlashda ishtirok etish. |
Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha komissiya, Moliya vazirligi |
|
aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshirish. |
Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha komissiya, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi |
|
yolgʻiz kishilar va ehtiyojmand keksalarni ijtimoiy va moddiy qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, ularning birinchi navbatdagi ehtiyojlari qondirilishida har tomonlama yordam berish. |
Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha komissiya, Oʻzbekiston faxriylarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi |
|
IV. Xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy qoʻllab-quvvatlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, oilada maʼnaviy-axloqiy muhitni shakllantirishda ularning oʻrnini oshirish, salbiy taʼsir koʻrsatuvchi holatlarning oldini olish | |
|
– xotin-qizlarning sogʻligini saqlash, sogʻlom oilani shakllantirish, oilaviy va ayollar sportini rivojlantirish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish; |
Xotin-qizlar bilan ishlash boʻyicha komissiya, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi |
|
V. Voyaga yetmaganlar va yoshlarning huquqlari, erkinliklarini himoya qilish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, ekstremistik oqim aʼzolari taʼsiriga tushib qolishining oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish, turli toʻgaraklarga jalb etish | |
|
yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ongi va qalbida mustaqillik gʻoyalariga sadoqat, milliy oʻzlikni anglash, Vatanga muhabbat va uning taqdiriga daxldorlik, fidoyilik tuygʻularini qaror toptirish va rivojlantirish, turli mafkuraviy tahdidlardan asrash; voyaga yetmaganlar va yoshlarning milliy maʼnaviyatimizga zid boʻlgan salbiy illatlar hamda turli ekstremistik oqim aʼzolari taʼsiriga tushib qolishining oldini olish ishlariga koʻmaklashish. |
Voyaga yetmaganlar, yoshlar va sport masalalari boʻyicha komissiya, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi |
|
huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish va jinoyatchilikka qarshi kurashish; qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlgan voyaga yetmaganlar va yoshlarning tarbiyasiga koʻmaklashish boʻyicha tegishli organlar va jamoatchilik bilan hamkorlik qilish. |
Voyaga yetmaganlar, yoshlar va sport masalalari boʻyicha komissiya, Ichki ishlar vazirligi |
|
oʻquvchilarni umuminsoniy qadriyatlar, yuksak maʼnaviyat, insonparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga mustaqillik gʻoyalarini yanada chuqur singdirish, “ommaviy madaniyat” koʻrinishidagi yot gʻoyalarga qarshi immunitetni mustahkamlash; voyaga yetmaganlar va yoshlarni toʻgaraklariga jalb etish. |
Voyaga yetmaganlar, yoshlar va sport masalalari boʻyicha komissiya, Xalq taʼlimi vazirligi |
|
aholi, ayniqsa, yoshlar, xotin-qizlar, keksalar, qishloq aholisi oʻrtasida sport va jismoniy tarbiya bilan shugʻullanishni ommalashtirish borasida keng koʻlamli ishlarni tashkil etish; aholini ommaviy sport tadbirlariga, milliy sport turlari boʻyicha oʻtkaziladigan xalq oʻyinlari va musobaqalarga keng jalb qilish; |
Voyaga yetmaganlar, yoshlar va sport masalalari boʻyicha komissiya, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi |
|
VI. Fuqarolarga biznesni tashkil etish, yuritish va yanada rivojlantirishda, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish istagida boʻlgan fuqarolarga amaliy yordam koʻrsatish | |
|
tadbirkorlik subyektlariga biznesni tashkil etish, yuritish va yanada rivojlantirishda amaliy yordam koʻrsatish, davlat organlari va bozor infratuzilmasi subyektlari xizmatlaridan foydalanish boʻyicha sharoitlar yaratish, maslahat yordami va axborot taʼminotini taqdim etish; yangidan faoliyat boshlayotgan tadbirkorlarga biznes-rejalar tayyorlash, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻli� zarur axborotlarni olish va amaliy masalalarni hal etishda huquqiy va maslahat yordami koʻrsatish. |
Tadbirkorlik faoliyati va oilaviy biznesni rivojlantirish masalalari boʻyicha komissiya, Savdo-sanoat palatasi |
|
tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish istagida boʻlgan fuqarolarni qonun hujjatlarida belgilangan tartib-taomillar, imtiyozlar, davlat roʻyxatidan oʻtkazish, mehnat munosabatlariga kirishish va boshqa masalalar yuzasidan targʻibot ishlarini amalga oshirish va maslahat markazlari faoliyatini amalga oshirishga koʻmaklashish. |
Tadbirkorlik faoliyati va oilaviy biznesni rivojlantirish masalalari boʻyicha komissiya, Adliya vazirligi |
|
fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning samarali tizimini yaratish; “Tomorqa — qoʻshimcha daromad manbai!” shiorini qishloq aholisi oʻrtasida keng targʻib qilish hamda yer egalarining kundalik faoliyatiga singdirish. |
Tadbirkorlik faoliyati va oilaviy biznesni rivojlantirish masalalari boʻyicha komissiya, Oʻzbekiston Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi |
|
tadbirkorlik subyektlari va aholi barcha qatlamlariga bank va kredit xizmatlarini koʻrsatish; Tadbirkorlik subyektlari va aholi barcha qatlamlariga bank tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar va kredit turlari boʻyicha axborotlar taqdim qilish, kredit olish tartibi toʻgʻrisida tushunchalar berish. |
Tadbirkorlik faoliyati va oilaviy biznesni rivojlantirish masalalari boʻyicha komissiya, tijorat banklari |
|
VII. Fuqarolarning huquqiy va sanitariya-ekologiya savodxonligini oshirish, yashil patrullar faoliyatini tashkil qilish, atrof muhitni muhofaza qilish ishlarini amalga oshirish | |
|
aholi oʻrtasida fuqarolarning huquqiy va sanitariya-ekologiya savodxonligini oshirishga qaratilgan targʻibot-tashviqot ishlarini tashkil etish; mahallalar hududlarida joylashgan umumtaʼlim muassasalarida ekologik toʻgaraklar, ekoklublar, yashil patrullar faoliyatini tashkil qilish, shuningdek, oʻquvchilarning ekologik dunyoqarashini shakllantirishga qaratilgan turli tadbirlar oʻtkazish; chiqindilarni nazorat qilish sohasidagi qonun talablarining buzilishi holatlari boʻyicha fuqarolar yigʻinlarida davra suhbatlari va uchrashuvlar tashkil etish; fuqarolar orasida ekologik nazoratning jamoatchi inspektorlarini koʻpaytirish, aholini tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish muammolarini birgalikda hal etishga daʼvat qilish. |
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish boʻyicha komissiya, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi |
|
ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash boʻyicha targʻibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish. |
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish boʻyicha komissiya, Oʻzbekiston Ekologik harakati |
|
VIII. Jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, isteʼmolchilar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini targʻib qilish | |
|
oʻz vakolati doirasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish; xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy qoʻllab-quvvatlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish. |
Jamoatchilik nazorati va isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha komissiya, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi |
|
isteʼmolchilar huquqlari va manfaatlarini belgilangan tartibda himoya qilish; aholining isteʼmol madaniyatini oshirish boʻyicha targʻibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish. |
Jamoatchilik nazorati va isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha komissiya, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi |
|
aholi oʻrtasida isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng targʻib qilish, bu sohada aholining huquqiy madaniyatini oshirishga koʻmaklashish; isteʼmolchilar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishga koʻmaklashish. |
Jamoatchilik nazorati va isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha komissiya, Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi |
|
IX. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda huquqiy va maslahat yordami koʻrsatish, soliq va majburiy toʻlovlar sohasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, tadbirkorlik subyektlari va aholi barcha qatlamlariga bank va kredit xizmatlarini koʻrsatishga koʻmaklashish | |
|
yangidan faoliyat boshlayotgan tadbirkorlarga biznes-rejalarni tayyorlash, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq zarur axborotlarni olish va amaliy masalalarni hal etishda huquqiy va maslahat yordami koʻrsatish. |
Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashish boʻyicha maslahat markazi, Savdo-sanoat palatasi |
|
tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish istagida boʻlgan fuqarolarni qonun hujjatlarida belgilangan tartib-taomillar, imtiyozlar, davlat roʻyxatidan oʻtkazish, mehnat munosabatlariga kirishish va boshqa masalalar yuzasidan targʻibot ishlarini amalga oshirish va maslahat markazlari faoliyatini amalga oshirishga koʻmaklashish. |
Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashish boʻyicha maslahat markazi, Adliya vazirligi |
|
soliq majburiyatlarini bajarishda soliq toʻlovchilarga har tomonlama koʻmaklashish, soliqqa oid huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish va soliq toʻlovchilarning soliq va majburiy toʻlovlar sohasidagi huquqiy madaniyatini yuksaltirish; |
Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashish boʻyicha maslahat markazi, Davlat soliq qoʻmitasi |
|
hunarmandlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish; |
Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashish boʻyicha maslahat markazi, “Hunarmand” uyushmasi |
|
tadbirkorlik subyektlari va aholi barcha qatlamlariga bank va kredit xizmatlarini koʻrsatish; tadbirkorlik subyektlari va aholi barcha qatlamlariga bank tomonidan koʻrsatilayotgan barcha xizmatlar va kredit turlari boʻyicha axborotlar taqdim qilish, kredit olish tartibi toʻgʻrisida tushunchalar berish. |
Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashish boʻyicha maslahat markazi, tijorat banklari |
|
X. Oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi holatlarning oldini olish, oilada sogʻlom maʼnaviy muhitni taʼminlash, ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, farzand tarbiyasida tibbiy bilimlarni oshirish | |
|
“Ota-onalar universiteti”, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi | |
|
oilalar va mahallalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada sogʻlomlashtirishga koʻmaklashish. |
“Ota-onalar universiteti”, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi |
|
yoshlarda oʻz sogʻligi va atrofidagilarning sogʻligi uchun masʼuliyat tuygʻusini shakllantirish boʻyicha targʻibot ishlarini olib borish; oilalarning farzand tarbiyasidagi tibbiy bilimini oshirish. |
“Ota-onalar universiteti”, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi |
|
XI. Keksalarni hurmat qilish, yoshlarni Vatanga muhabbat va hurmat ruhida tarbiyalash | |
|
yoshdagilarni yoshlarni Vatanga muhabbat, keksalarni eʼzozlash, ezgulik va rahmdillik singari xalqimizning koʻp asrlik anʼanalarini hurmat qilish ruhida tarbiyalashga yoʻnaltirilgan ijtimoiy faoliyatga yoshi ulugʻ insonlarni jalb etish. |
Nuroniylar jamoatchilik kengashi, Oʻzbekiston faxriylarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi |
|
XII. Oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni mustahkamlash, qaynona va kelin oʻrtasidagi nizolarni bartaraf etish, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash | |
|
oilalar mustahkamligini taʼminlash va ulardagi ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish; er-xotin, qaynona va kelin oʻrtasidagi nizolarni bartaraf etish, buzilgan munosabatlarni tiklashga doir amaliy choralar koʻrishga koʻmaklashish; oilalardagi tinchlik-totuvlik mahallalardagi maʼnaviy muhit barqarorligi, shuningdek, oilaning sogʻlomligi jamiyat mustahkamligi hamda mamlakat barqarorligi bilan uzviy bogʻliqligini fuqarolarga tushuntirish. |
Qaynonalar kengashi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi |
|
XIII. Xavfsizlik va jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarlik, jinoyatchilik, diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish, huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish | |
|
huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish va jinoyatchilikka qarshi kurashish. |
“Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi, Ichki ishlar vazirligi |