Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada ipakchilik tarmogʻini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 12-yanvardagi PQ-3472-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada ipakchilik tarmogʻini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 12-yanvardagi PQ-3472-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 15-fevral,
113-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-fevraldagi 113-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimcha
1. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-sentabrdagi 252-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 9-son, 75-modda) bilan tasdiqlangan Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ilova 3-bandining birinchi xatboshidagi “Ipakchilik tarmogʻi korxonalaridagi ishlar:” soʻzlari “Ipakchilik tarmogʻi korxonalari va fermer xoʻjaliklaridagi ishlar:” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 10-son, 89-modda) bilan tasdiqlangan Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishi mumkin boʻlgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari roʻyxatiga quyidagi mazmundagi 62-band qoʻshilsin:
“62. “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2018-y., 09/18/113/0712-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2022-y., 09/22/592/0919-son)