14.02.2018 yildagi PQ-3528-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat tartibini saqlash, avvalambor, voyaga yetmagan va yoshlar oʻrtasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish, huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalarning buzgʻunchi tahdidlarni barvaqt aniqlash boʻyicha yakdil harakatlarni, ularni hamkorlikda va sifatli bartaraf etilishini taʼminlash maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar Toshkent shahar huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalarining jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini kelgusida tashkil etishning ustuvor yoʻnalishlari deb hisoblansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchidan, taraqqiy etayotgan poytaxt xavfsizligining garovi sifatida harakatlar yakdilligi asosida barcha davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan oʻzaro hamkorlik qilishning amaliy mexanizmini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchidan, “Jaholatga qarshi maʼrifat” ezgu gʻoyasi asosida har bir mahalla kesimida diniy-ekstremistik xususiyatga ega boʻlgan huquqbuzarliklarni sodir etish sabab va shart-sharoitlarini barvaqt aniqlash va bartaraf etishga, birinchi navbatda, ekstremistik oqim mafkurasi taʼsiri ostiga tushib qolgan shaxslarni tuzatishga alohida eʼtibor qaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchidan, prokuratura organlari tomonidan kundalik asosda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga, shu jumladan, ish oʻrinlarini yaratish va aholi bandligini taʼminlashga amaliy yordam koʻrsatish, shuningdek, aniqlangan qonunbuzarliklar, sunʼiy toʻsiq va gʻovlarni bartaraf etish boʻyicha zarur choralar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchidan, aholiga eng yaqin boʻlgan joylarda kuch va vositalar faoliyatini bevosita boshqarish va muvofiqlashtirishning samarali tizimini yaratish maqsadida Toshkent shahar ichki ishlar organlarining amaldagi tuzilmasini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchidan, Toshkent shahar ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibining intellektual va kasbiy darajasini oshirish, ularga qoʻshimcha tadbir va ishlardagi ishtiroki tufayli ortiqcha vazifalar yuklanishini bartaraf etish maqsadida sohaviy xizmatlar oʻrtasidagi vazifalarning aniq chegaralarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchidan, jinoyatlarga choralar koʻrish va ularni fosh etishda, birinchi navbatda, tezkorlik va muvofiqlashgan hamkorlikni taʼminlash maqsadida Toshkent shahar huquqni muhofaza qiluvchi organlarini “Xavfsiz shahar” apparat-dasturiy kompleksi imkoniyatlaridan keng foydalanishga yoʻnaltirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Toshkent shahridagi tuman ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimi) negizida tumanlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar (keyingi oʻrinlarda — sektorlar) hududlari doirasida kuch va vositalarni maqsadli taqsimlagan holda ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — muvofiqlashtirish boshqarmalari) tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtirish boshqarmalarining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlari boʻlinmalari faoliyatini tahlil qilish, rejalashtirish va tashkil etish, sektorlarga boʻlish tamoyili asosida tuman hududi doirasida real vujudga kelgan tezkor va kriminogen vaziyatni hisobga olgan holda mavjud kuch va vositalarni taqsimlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq bilan manzilli muloqotni, fuqarolarning eng muhim muammolarini hal etishda har tomonlama koʻmaklashishni, sektorlarga biriktirilgan davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan uzviy hamkorlikni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari oʻz vaqtida va sifatli koʻrib chiqilishi, jamoat tartibi samarali saqlanishi, huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasi va oldi olinishi, sodir etilayotgan jinoyatlarga tezkor choralar koʻrilishini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Toshkent shahridagi shahar ichki ishlar boʻlimlari ichki ishlar boʻlimlari sifatida qayta tashkil etilsin va ular zimmasiga sektorlar hududlarida jamoat tartibi saqlanishi, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishni amalga oshirish uchun javobgarlik yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar boʻlimlari rahbarlariga quyidagi huquqlar berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biriktirilgan hudud doirasida ichki ishlar boʻlimi zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish boʻyicha mustaqil qarorlar qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻl ostidagilar faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan taʼsirchan choralar ishlab chiqish, biriktirilgan patrul-post xizmati naryadlarining kundalik dislokatsiyasini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biriktirilgan hududdagi tezkor va kriminogen vaziyatni hisobga olgan holda hamda favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda ichki ishlar boʻlimi kuch va vositalarini joylashtirishni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagi lavozimlar kiritilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 16-martdagi PQ-4639-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2020-y., 07/20/4639/0345-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh boshqarma boshligʻining oʻrinbosari — Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshligʻi — profilaktika inspektorlari va probatsiya xizmatining, eng avvalo, voyaga yetmaganlar va yoshlar oʻrtasidagi huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasidagi samarali faoliyatini tashkil etish, ushbu yoʻnalishda barcha sohaviy xizmatlarning oʻzaro muvofiqlashgan hamkorligini taʼminlash uchun javobgar;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻining maslahatchisi — jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida katta amaliy ish tajribasiga hamda ushbu organlar tizimida obroʻ va hurmatga ega boʻlgan ichki ishlar organlarining pensionerlari orasidan jamoatchilik asosida jamlanadi va unga toʻlanayotgan pensiyasining 30 foizi miqdorida budjet mablagʻlari hisobidan oylik ustama haq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagicha tartib oʻrnatilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻi:
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-apreldagi PQ-5050-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 07/21/5050/0280-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har oʻn kunda Toshkent shahar aholisi bilan poytaxt ichki ishlar organlari faoliyati masalalari boʻyicha mahalliy telekanallar efirlarida maxsus koʻrsatuvlarni berib borish orqali ochiq muloqotni oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga poytaxtda jamoat xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) muvofiqlashtirish boshqarmalari boshliqlari har chorakda Toshkent shahri tumanlari xalq deputatlari Kengashlari majlislarida hisobot beradilar, bunda ular tomonidan yuklatilgan vazifalarning bajarilishi yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar tanqidiy ruxda muhokama qilinadi, ularning faoliyati samaradorligiga baho beriladi, shuningdek, egallab turgan lavozimiga loyiq yoki noloyiqligi toʻgʻrisida tavsiyalar qabul qilinadi;
(5-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoni tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ichki ishlar boʻlimlari boshliqlari har oyda aholi oldida biriktirilgan hududlarda, har olti oy davomida ushbu hududda istiqomat qiluvchi barcha oilalarni qamrab olgan holda, ular tomonidan jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida qabul qilinayotgan choralar yuzasidan hisobot beradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) ichki ishlar boʻlimlarining profilaktika inspektorlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat oʻtash vaqtida agarda biriktirilgan hududda tezkor-profilaktik xizmat koʻrsatilmay qolishiga olib keladigan boʻlsa, hududni tashlab ketishga ruxsat berilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ularga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun, birinchi navbatda, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda respublika miqyosida bir-birlariga ijro etilishi majburiy boʻlgan, tadbirlarni oʻtkazish va maʼlumot toʻplash boʻyicha topshiriqlar berish huquqi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar boʻlimlari boshliqlari lavozimlari ustuvorlik asosida profilaktika katta inspektorlari orasidan jamlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
intizomiy jazo chorasi sifatida yoxud boshqa salbiy holatlarga koʻra, ichki ishlar organlarining boshqa boʻlinmalaridan oʻtkazilayotgan xodimlarni Toshkent shahri profilaktika inspektorlari lavozimlariga tayinlashga yoʻl qoʻyilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahri profilaktika inspektorlari lavozim boʻyicha biriktirilgan hududdagi fuqarolar yigʻini kengashlari tarkibiga kiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi tayinlangan Toshkent shahri profilaktika inspektorlarini mahalla fuqarolar yigʻini oldida tanishtirish majburiy tartibda tuman hokimi va prokurori, muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi tomonidan amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahri profilaktika inspektorlarining hududlararo rotatsiyasi faqatgina Bosh boshqarma boshligʻi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi;
(6-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-apreldagi PQ-5050-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 07/21/5050/0280-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. 2018-yil 1-apreldan quyidagilar amaliyotga joriy qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar boʻlimlari tomonidan jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini reyting tizimida baholashni oʻtkazish va bunda yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar boʻlimlarini, shu jumladan, ularning xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish, shuningdek, yuklatilgan vazifalarni lozim darajada bajarmaganlik uchun jazo choralarini nazarda tutish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh boshqarmaning “102” yagona telefon raqami boʻyicha kelib tushayotgan jinoyatlar toʻgʻrisidagi ariza, xabar va boshqa maʼlumotlarni tergovga qadar tekshiruv yakunlari boʻyicha qabul qilinadigan jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorlarni rasmiylashtirishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar boʻlimlarida oʻtkaziladigan yoʻriqnoma berishda profilaktika (katta) inspektorlarining jamoat tartibini saqlash boʻyicha yordamchilarining kundalik ishtirok etishi.
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PF-6188-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Bosh boshqarma Matbuot xizmati Bosh boshqarma Axborot multimediya markazi (keyingi oʻrinlarda — Multimediya markazi) etib qayta tashkil etilsin, unga axborot xizmati maqomi berilsin hamda uning asosiy vazifalari etib oʻz ichiga quyidagilarni qamrab oluvchi materiallarni ijodiy yondashuv asosida tayyorlash hamda kunlik efirga uzatishni, shu jumladan, Internet tarmogʻiga joylashtirishni taʼminlash belgilansin:
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida sodir etilgan, ayniqsa, jamoatchilik oʻrtasida shov-shuvga sabab boʻlgan jinoyat va hodisalar toʻgʻrisidagi xolis maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari ish jarayoni va erishilgan natijalar haqidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlari faoliyatini obroʻsizlantiradigan ishonchsiz va notoʻgʻri maʼlumotlarga raddiya berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Multimediya markazi xodimlariga lavozim maoshining 100 foizi miqdorida oylik ustama toʻlanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh boshqarma boshligʻiga Multimediya markaziga mutaxassislar (muxbir, operator, videomontajchi, IT-mutaxassis, studiya-apparat majmuasi muhandisi va boshqalar)ni mehnat bozorining amaldagi konyukturasini hisobga olib, toʻlov miqdorini belgilagan holda shartnoma asosida ishga jalb etish huquqi berilsin.
(9-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-apreldagi PQ-5050-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 07/21/5050/0280-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Toshkent shahar hokimligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tumanlar sektorlari rahbarlari bilan birgalikda bir haftalik muddatda ushbu qarorga muvofiq sektorlarga ichki ishlar boʻlimlari biriktirilishini hisobga olgan holda hududlarning taqsimlanishi chegaralari qayta koʻrib chiqilishini taʼminlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar boʻlimlarini kengaytirish va moddiy-texnik jihozlash, shu jumladan, yangi tashkil etilayotganlarini joylashtirish, shuningdek, xizmat oʻtashning oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda ularning toʻlaqonli faoliyat koʻrsatishini taʼminlash uchun zarur boshqa tashkiliy masalalarni hal etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrining yirik bozorlari va savdo majmualarida ichki ishlar organlari tomonidan huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida xizmat koʻrsatish boʻyicha shartnomalar tuzish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda ichki ishlar boʻlimlari xodimlarini, birinchi navbatda, profilaktika inspektorlari va tezkor vakillarini maqsadli dasturiy taʼminot oʻrnatilgan va ichki ishlar organlari elektron axborot tizimlarining maʼlumotlar bazalariga ulangan xizmat uyali telefonlari (planshetlar) bilan bosqichma-bosqich taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda davlat soliq xizmati, sanitariya-epidemiologiya nazorati, sogʻliqni saqlash va davlat veterinariya xizmati boʻlinmalarining Toshkent shahri bozorlari va savdo komplekslarida xizmat olib borish tartibini, ularning faoliyatini shartnoma asosida tashkil etish imkoniyatini nazarda tutgan holda, tubdan qayta koʻrib chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda tizimli ravishda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda quyidagilarni tashkil etsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) muvofiqlashtirish boshqarmalari boshliqlarining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari va ichki ishlar boʻlimlari boshliqlari uchun ularning boshqaruv faoliyatidagi mahoratini oshirishga hamda ishni zamonaviy talablar asosida tashkil etishga qaratilgan qisqa muddatli oʻquv kurslari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) quyidagilarni nazarda tutgan holda Toshkent shahar ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlarini maxsus kasbiy tayyorlash boʻyicha ikki oylik kurslari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv mashgʻulotlariga huquqni muhofaza qiluvchi organlarining jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida katta ish tajribasiga ega boʻlgan xodimlarini jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
profilaktika inspektorlariga maxsus kasbiy tayyorgarlik kurslarini oʻtaganligi toʻgʻrisida sertifikatlar berish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus kasbiy tayyorgarlik kurslari yakunlari boʻyicha imtihonlarni qoniqarsiz topshirgan profilaktika inspektorlarini egallab turgan lavozimidan ozod qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti negizida Bosh boshqarma va uning hududiy boʻlinmalari xodimlarida eng yangi, shu jumladan, “Xavfsiz shahar” apparat-dasturiy kompleksidan samarali foydalanish imkonini beruvchi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ishlash boʻyicha amaliy koʻnikmalarni shakllantirishga qaratilgan maxsus oʻquv dasturlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Quyidagilarga:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh boshqarma boshligʻiga — amaliy boshqaruv qarorlarini qabul qilish, tahlil faoliyatini sifatli tashkil qilish, muvofiqlashtirish boshqarmalari ishi samaradorligini tizimli baholash, jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida qabul qilinadigan choralar nazorati uchun;
(22-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-apreldagi PQ-5050-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 07/21/5050/0280-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muvofiqlashtirish boshqarmalari boshliqlariga — zimmalariga yuklatilgan boshqaruv va muvofiqlashtirish funksiyalarini sifatli va toʻliq amalga oshirish, kuch va vositalarni, shu jumladan, biriktirilgan tuman ichki ishlar organlarining barcha sohaviy xizmatlarini maqsadli taqsimlash va foydalanish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar boʻlimlari boshliqlariga — eng avvalo, huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasi sohasida koʻrilayotgan choralarning yakuniy natijalari, qoʻl ostidagi shaxsiy tarkib bilan samarali tarbiyaviy ishlarni olib borish, ularning oldiga vazifalarni toʻgʻri qoʻyish va zimmasiga yuklatilgan xizmat vazifalarining kundalik bajarilishi ustidan taʼsirchan nazorat uchun shaxsiy masʼuliyat yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ichki ishlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2018-yil 1-sentabrga kadar ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish asosida “Jamoat tartibini saqlashda fuqarolarning ishtiroki toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan birgalikda bir oy muddatda quyidagi choralarni koʻrsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh boshqarmaning “102” yagona telefon raqami boʻyicha kelib tushayotgan jinoyatlar toʻgʻrisidagi ariza, xabar va boshqa maʼlumotlarni tergovga qadar tekshirish yakunlari boʻyicha qabul qilinadigan jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorlarni rasmiylashtirishning soddalashtirilgan tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Axborot markazi tomonidan shakllantiriladigan jinoyatchilik sohasidagi statistik hisobot shakllarini oʻzgartirish va ularda aniqlanadigan latent jinoyatlarga hamda jinoyatlar xususiyatlari va ularni sodir etish joyi, shu jumladan mahalla hududi kesimida hisobga olishga differensial yondashuvni nazarda tutish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston faxriylarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashining, shuningdek, Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashining kuyidagilar toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrining tumanlarida huquqbuzarliklar profilaktikasi, tadbirkorlikni rivojlantirish va muammoli oilalar bilan ishlash ustidan nazorat qilish jamoatchilik kengashlari (keyingi oʻrinlarda — jamoatchilik kengashlari)ni tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoatchilik kengashlari tarkibini Toshkent shahri tumanlari xalq deputatlari Kengashlari deputatlari raisligida mahalla faollari, mehnat faxriylari, fan, madaniyat va sanʼat vakillari, mashhur sportchilar va boshqa jamoatchilik vakillari hisobidan shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoatchilik kengashlarini mahallalar va Toshkent shahri tumanlari xalq deputatlari Kengashlari deputatlari soniga mutanosib ravishda sektorlarga biriktirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashiga bir oy muddatda jamoatchilik kengashlari ishini tashkil qilish tartibi, vakolatlari, ularning faoliyatini baholash mexanizmlari va mezonlarni belgilab beruvchi Huquqbuzarliklar profilaktikasi, tadbirkorlikni rivojlantirish va muammoli oilalar bilan ishlash ustidan nazorat qilish jamoatchilik kengashi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash tavsiya qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki hafta muddatda ushbu qaror talablaridan kelib chiqqan holda Toshkent shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmalari va ularning ichki ishlar boʻlimlari toʻgʻrisidagi nizomlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin, unda har bir sohaviy xizmatning aniq vazifa va funksiyalarini, shuningdek boshqarma va boʻlimlar boshliqlarining har bir oʻrinbosari vakolatlari va javobgarligining aniq doirasini belgilasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda ichki ishlar boʻlimlari tomonidan jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha amalga oshirilayotgan choralar samaradorligini reyting tizimida baholash toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda ichki ishlar boʻlimlarining sektorlararo va tumanlararo, shu jumladan, respublikaning boshqa mintaqalaridagi ichki ishlar organlari bilan oʻzaro hamkorligi boʻyicha uygʻunlashgan mexanizmni nazarda tutuvchi tartibni belgilasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Toshkent shahar patrul-post va yoʻl-patrul xizmatlari naryadlarining yagona dislokatsiyasini ichki ishlar boʻlimlari faoliyat yuritishini hisobga olgan holda tanqidiy qayta koʻrib chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil davomida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining Ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazi tomonidan Toshkent shahar ichki ishlar organlarining sohaviy xizmatlari faoliyatini maqsadli oʻrganib, ular ishini tashkil etish boʻyicha ilmiy asoslantirilgan aniq takliflar ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish asosida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Toshkent shahrida transport vositalari haydovchilari tomonidan toʻxtab turish qoidalarini buzish bilan bogʻliq maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni yuritishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish toʻgʻrisida takliflar kiritsin, bunda haydovchisi boʻlmaganda ham notoʻgʻri toʻxtab turish holatini qayd etish va bayonnomalar tuzilishi nazarda tutilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
piyodalarda yoʻl harakati xavfsizligi qoidalariga rioya etish madaniyatini yuksaltirish, shu jumladan, kompleks tushuntirish ishlarini oʻtkazish va ularni ushbu sohadagi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlikka tortish orqali taʼsirchan choralarni amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda muvofiqlashtirish boshqarmalari va ichki ishlar boʻlimlari xodimlarini bosqichma-bosqich tabel oʻqotar quroli oʻrniga qoʻllashning qatʼiy tartibi va shartlarini belgilagan holda elektroshok vositalari bilan taʼminlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hokimligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda Bosh boshqarma Axborot multimedia markazini joylashtirish, uni zamonaviy texnika va uskunalar bilan jihozlash, shuningdek keng qamrovli Internet tarmogʻidan foydalanish imkoniyati bilan taʼminlash boʻyicha zarur choralarni koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Belgilansinki, ushbu qarorda koʻzda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining asoslantirilgan hisob-kitoblari boʻyicha har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari, Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar doirasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Toshkent shahrida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning mazkur qaror bilan joriy etilayotgan tizimi samaradorligi yuzasidan tizimli monitoringni amalga oshirsin hamda 2018-yil yakuni boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bunday amaliyotni respublikaning boshqa hududlarida ham joriy etish boʻyicha takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori O.B. Murodov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 14-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3528-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2018-y., 07/18/3528/0698-son, 30.05.2019-y., 06/19/5732/3212-son; 17.03.2020-y., 07/20/4639/0345-son; 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son, 02.04.2021-y., 07/21/5050/0280-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)