Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2017-yil 21-avgustdagi PQ-3226-son hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 27-noyabrdagi PQ-3403-son qarorlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 12-fevral,
107-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 107-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 29-maydagi 274-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 5-son, 20-modda) ilovaning 3, 6 va 34-bandlaridagi “Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti” soʻzlari tegishli kelishikda “Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari axborot-tahlil departamenti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 30-martdagi 160-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 3-son, 20-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi toʻgʻrisidagi nizomning 21-bandidagi “mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari” soʻzlari “va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining “Begʻaraz yordamdan maqsadli foydalanilishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 26-iyuldagi 268-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 7-son, 44-modda) 2-bandining ikkinchi xatboshidagi “Sogʻliqni saqlash, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish” soʻzlari “Taʼlim, sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish boʻyicha respublika komissiyasi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2004-yil 25-fevraldagi 87-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 2-son, 15-modda) 1-ilovaning uchinchi va oʻn beshinchi xatboshilaridagi “mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari” soʻzlari “va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-sentabrdagi 419-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 9-son, 91-modda) bilan tasdiqlangan Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining Ustavi 10-bandining toʻqqizinchi xatboshidagi va 16-bandining oltinchi xatboshidagi “Madaniyat, taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza” soʻzlari “Taʼlim, sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 14-fevraldagi 62-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 2-son, 8-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentida:
a) 4-banddagi “Ijro etuvchi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 8-bandda:
birinchi va ikkinchi xatboshilardagi “Ijro etuvchi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bosh vazir apparati va Bosh vazirning oʻrinbosarlari apparatlari, Vazirlar Mahkamasi apparatining axborot-tahlil departamentlari va funksional boʻlinmalari ishi Vazirlar Mahkamasi Apparati boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi”;
g) 41-banddagi “rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish” soʻzlari “tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish (keyingi oʻrinlarda Yigʻma axborot-tahlil departamenti deb ataladi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 42-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xulosa ijobiy boʻlgan taqdirda, Yigʻma axborot-tahlil departamenti loyihani koʻrib chiqish uchun Bosh vazir oʻrinbosari — Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari kompleksi rahbariga kiritadi”;
e) 43-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“43. Bosh vazir oʻrinbosari — Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari kompleksi rahbari rozilik bergan taqdirda, Yigʻma axborot-tahlil departamenti rozilik imzosi qoʻyilgan loyihani tegishli Axborot-tahlil departamentiga Vazirlar Mahkamasi Apparati boshqaruvchisiga kiritishi uchun qaytaradi”;
j) 57-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“57. Vazirlar Mahkamasi majlislarida koʻrib chiqish uchun masalalarni tayyorlashni Bosh vazir oʻrinbosari — Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari kompleksi rahbari hamda Vazirlar Mahkamasi Apparati boshqaruvchisi rahbarligida Yigʻma axborot-tahlil departamenti, axborot-tahlil departamentlari, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa boʻlinmalari, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, boshqa markaziy iqtisodiy idoralar tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda amalga oshiradi. Zarur hollarda masalalarni tayyorlashni Vazirlar Mahkamasi yoki uning Rayosati tomonidan tashkil etiladigan komissiyalar amalga oshiradi”;
z) 59-banddagi “Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari” soʻzlari chiqarib tashlansin;
i) 60-banddagi birinchi jumla quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“60. Puxta ishlab chiqilgan materiallar Bosh vazir oʻrinbosari — Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari kompleksi rahbari bilan kelishiladi hamda Vazirlar Mahkamasi Apparati boshqaruvchisiga taqdim etiladi”;
k) 67-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Majlis protokoli Yigʻma axborot-tahlil departamenti va Umumiy boʻlim tomonidan majlis tugagandan keyin bir sutka muddatda Vazirlar Mahkamasi Apparati boshqaruvchisi va Bosh vazir oʻrinbosari — Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari kompleksi rahbari rahbarligida rasmiylashtiriladi hamda majlisda raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi.”;
l) 68-bandda:
birinchi xatboshidagi “Ijro etuvchi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshidagi “kotibiyati” soʻzi “apparati” soʻzi bilan almashtirilsin;
m) 71-banddagi “kotibiyatiga” soʻzi “apparatiga” soʻzi bilan almashtirilsin;
n) 81-banddagi “Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar” soʻzlari “Huquqiy ekspertiza, xalqaro shartnomalar va tashqi aloqalarni rivojlantirish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
o) 84-bandda:
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ularning bajarilishini davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlarda maqsadli oʻrganish”;
toʻqqizinchi xatboshidagi “Ijro etuvchi “soʻzlari chiqarib tashlansin;
p) 85-bandning ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari — Makroiqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgartirishlar va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari kompleksi rahbari” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari kompleksi rahbari” soʻzlari bilan almashtirilsin”.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Vazirlar Mahkamasining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Kichik va mikro moliyalashtirishni rivojlantirish” loyihasini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2005-yil 4-avgustdagi 186-son qaroriga ilovaning 3-bandidagi “Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar” soʻzlari “Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Investitsiya loyihalarini tasdiqlash va amalga oshirish monitoringi mexanizmlarini takomillashtirish, muruvvat yordami yuklarini va texnik koʻmaklashish mablagʻlarini hisobga olish va nazorat qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 15-noyabrdagi 251-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 11-son, 61-modda):
a) Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarni tayyorlash va ularning amalga oshirilishi ustidan davlat monitoringi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ilovada:
4-banddagi “Vazirlar Mahkamasining Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamentiga” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari axborot-tahlil departamentiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
18, 22 — 25-bandlardagi “Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti” soʻzlari “Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari axborot-tahlil departamenti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) Muruvvat yordami yuklari qabul qilinishi, hisobga olinishi, aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi hamda muruvvat loyihalari monitoringi toʻgʻrisidagi nizomda:
2-bandning beshinchi xatboshidagi “Sogʻliqni saqlash, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish” soʻzlari “Taʼlim, sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-banddagi “Sogʻliqni saqlash, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish” soʻzlari “Taʼlim, sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1-ilovadagi “Vazirlar Mahkamasining Sogʻliqni saqlash, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari axborot-tahlil departamenti” bloki “Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamenti” bloki bilan almashtirilsin;
“Vazirlar Mahkamasining Sogʻliqni saqlash, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari axborot-tahlil departamenti” bloki “Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamenti” bloki bilan almashtirilsin;
7-banddagi “Sogʻliqni saqlash, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish” soʻzlari “Taʼlim, sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 12-son, 63-modda) 8-bandining birinchi xatboshidagi “Madaniyat, taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza” soʻzlari “Taʼlim, sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport” soʻzlari bilan almashtirilsin.
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2006-yil 12-dekabrdagi 256-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2006-y., 48-50-son, 488-modda) 2-ilovaning toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“lavozimi boʻyicha — Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari axborot-tahlil departamenti bosh mutaxassisi”.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 7-iyundagi 110-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 6-son, 34-modda) bilan tasdiqlangan Investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. Vazirlar Mahkamasining tegishli Axborot-tahlil departamenti ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha loyihaning DTIA (DTIH)ni tasdiqlash toʻgʻrisidagi hujjatni uch kun muddatda tayyorlaydi hamda Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari kompleksi rahbari bilan ikki kun muddatda kelishish uchun Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari axborot-tahlil departamentiga beradi”;
b) 27-bandning uchinchi xatboshidagi “Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti” soʻzlari “Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari axborot-tahlil departamenti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 28-martdagi 54-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2008-y., 14-15-son, 100-modda) bilan tasdiqlangan Oziq-ovqat bugʻdoyining sugʻurta fondini gʻamlash, saqlash, yangilash va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 31-bandi ikkinchi xatboshidagi “mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari” soʻzlari “va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash” soʻzlari bilan almashtirilsin;
13. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 4-apreldagi 62-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2008-y., 14-15-son, 103-modda) bilan tasdiqlangan “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” Davlat korxonasining Kuzatuvchi kengashi toʻgʻrisidagi nizomning 1.5-bandidagi “mashinasozlik, metallurgiya, geologiya, mineral xomashyoni qazib olish va qayta ishlashni rivojlantirish” soʻzlari “Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati” soʻzlari bilan almashtirilsin.
14. Vazirlar Mahkamasining “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2008-yil 1-avgustdagi 165-son qarori “Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 8-son, 41-modda) 7-bandining birinchi xatboshidagi “Madaniyat, taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza” soʻzlari “Taʼlim, sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport” soʻzlari bilan almashtirilsin.
15. Vazirlar Mahkamasining “Yengil sanoat mahsulotlarining yarmarka savdosini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 28-yanvardagi 25-son qaroriga ilovaning rus tilidagi matnida oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“po doljnosti — veduщiy spetsialist Informatsionno-analiticheskogo departamenta po voprosam selskogo i vodnogo xozyaystva, pererabotki selskoxozyaystvennoy i prodovolstvennoy produksii Kabineta Ministrov”.
16. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 10-martdagi 61-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 3-son, 19-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish uchun tijorat banklariga kredit liniyalarini ochish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning rus tilidagi matnida 34-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“34. Sootvetstvuyuщiy Informatsionno-analiticheskiy departament Kabineta Ministrov v trexdnevniy srok podgotavlivayet dokument ob utverjdenii TEO proyekta po forme, soglasno prilojeniyu № 2 k nastoyaщemu Polojeniyu, i peredayet v Informatsionno-analiticheskiy departament po voprosam investitsiy, innovatsionnogo razvitiya, koordinatsii deyatelnosti svobodnix ekonomicheskix i malix promishlennix zon, turizma Kabineta Ministrov dlya soglasovaniya v dvuxdnevniy srok s rukovoditelem Kompleksa Kabineta Ministrov po voprosam investitsiy, innovatsionnogo razvitiya, koordinatsii deyatelnosti svobodnix ekonomicheskix i malix promishlennix zon, turizma”.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Vazirlar Mahkamasining “Kioto protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi doirasida “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining kompressor stansiyalarida tabiiy gaz sizib chiqishini kamaytirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 23-iyundagi 175-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2009-y., 26-son, 298-modda) ilovaning ikkinchi xatboshidagi “Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamentining” soʻzlari “Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari axborot-tahlil departamentining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
18. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-iyuldagi 154-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT. 2010-y., 7-son, 38-modda) bilan tasdiqlangan Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini shakllantirish toʻgʻrisidagi nizomning rus tilidagi matnida:
a) 10-banddagi “razvitiya, strukturnix preobrazovaniy i privlecheniya inostrannix investitsiy” soʻzlari “analiza i prognozirovaniya, reformirovaniya finansovoy i bankovskoy sistem, razvitiya chastnogo predprinimatelstva i malogo biznesa” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 194-bandning toʻrtinchi xatboshidagi, 29-bandning ikkinchi xatboshidagi va 34-banddagi “razvitiya, strukturnix preobrazovaniy i privlecheniya inostrannix investitsiy” soʻzlari “analiza i prognozirovaniya, reformirovaniya finansovoy i bankovskoy sistem, razvitiya chastnogo predprinimatelstva i malogo biznesa” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 1-ilova I boʻlimi “Organizatsiya osvoyeniya proizvodstva lokalizuyemoy produksii” kichik boʻlimining ikkinchi satridagi “Deystviya” blokidagi “vneshneekonomicheskoy deyatelnosti, privlecheniya inostrannix investitsiy i lokalizatsii proizvodstva” soʻzlari “makroekonomicheskogo analiza i prognozirovaniya, reformirovaniya finansovoy i bankovskoy sistem, razvitiya chastnogo predprinimatelstva i malogo biznesa” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 15-martdagi 72-son qarori bilan tasdiqlangan (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 3-son, 18-modda) Audiovizual asarlarni tayyorlash, dublyaj qilish va ekranda namoyish etish boʻyicha faoliyat turlarini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 4-bandning uchinchi xatboshidagi “Madaniyat, taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza” soʻzlari “Madaniyat, sanʼat va yoshlar siyosati” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 16-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “Taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza” soʻzlari “Madaniyat, sanʼat va yoshlar siyosati” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 18-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “Taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza” soʻzlari “Madaniyat, sanʼat va yoshlar siyosati” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Litsenziyalar Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar, madaniyat, sanʼat va yoshlar siyosati masalalari kompleksi rahbari tomonidan imzolanadi”;
g) ilovadagi “Bosh vazir oʻrinbosari — Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari kompleksi rahbari” bloki “Axborot tizimlari va kommunikatsiyalar, madaniyat, sanʼat va yoshlar siyosati masalalari kompleksi rahbari” bloki bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 14-iyundagi 171-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 9-son, 62-modda) bilan tasdiqlangan Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 10-bandi oʻninchi xatboshidagi “mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari” soʻzlari “va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Vazirlar Mahkamasining “Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining himoyaga muhtoj bolalarni ijtimoiy muhofaza qilishni muvofiqlashtirish, nazorat qilish va monitoringini olib borish boʻyicha jamoatchilik kengashi hamda ilmiy-metodik kengashi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2014-yil 20-yanvardagi 11-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 4-son, 48-modda):
a) 1-ilovaning 15-bandidagi “Madaniyat, taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza” soʻzlari “Taʼlim, sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“lavozimiga koʻra — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport axborot-tahlil departamenti bosh mutaxassisi”.
22. Vazirlar Mahkamasining “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini axborot-metodik taʼminlash xizmati faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2014-yil 14-apreldagi 91-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 16-son, 179-modda) 3-bandining ikkinchi xatboshidagi “Madaniyat, taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza” soʻzlari “Taʼlim, sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport” soʻzlari bilan almashtirilsin.
23. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22-dekabrdagi 354-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 52-son, 621-modda) bilan tasdiqlangan Naslchilikni rivojlantirish boʻyicha maqsadli davlat dasturlarini ishlab chiqish va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning rus tilidagi matnida:
a) 15-banddagi “produksii i potrebitelskix tovarov” soʻzlari “i prodovolstvennoy produksii” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilova “11-y etap” pozitsiyasining “Meropriyatiya” ustunidagi “produksii i potrebitelskix tovarov” soʻzlari “i prodovolstvennoy produksii” soʻzlari bilan almashtirilsin.
24. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi aholisining sogʻlom ovqatlanishi sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2015-yil 25-apreldagi 102-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2015-yil 17-son, 206-modda) 1-ilovaning yigirma toʻqqizinchi xatboshidagi “Madaniyat, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza” soʻzlari “Taʼlim, sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport” soʻzlari bilan almashtirilsin.
25. Vazirlar Mahkamasining “Respublika sanitariya-epidemiologiya xizmati faoliyatini va uni malakali kadrlar bilan taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 26-iyundagi 170-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2015-y., 26-son, 337-modda) ilovaning 7-bandidagi “Madaniyat, taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza” soʻzlari “Taʼlim, sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 17-avgustdagi 241-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2015-y., 33-son, 441-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish Davlat komissiyasi toʻgʻrisidagi yangilangan nizomning 12-bandidagi “Yoshlar siyosati, taʼlim, madaniyat va sport” soʻzlari “Taʼlim, sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport” soʻzlari bilan almashtirilsin.
27. Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 20-avgustdagi 242-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2015-y., 33-son, 442-modda) 2-ilovaning 15-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Lavozimi boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamenti bosh mutaxassisi, komissiya kotibi”.
Keyingi tahrirga qarang.
28. Vazirlar Mahkamasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni qoidalarini amalga oshirishga yoʻnaltirilgan kompleks chora-tadbirlar koʻrish toʻgʻrisida” 2015-yil 6-noyabrdagi 320-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2015-y., 45-son, 575-modda) 2-ilovada:
a) ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“lavozimiga koʻra — Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish axborot-tahlil departamenti mudiri, Jamoatchilik kengashi raisining oʻrinbosari”;
b) oʻn oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“lavozimiga koʻra — Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamentining shuʼba mudiri, Jamoatchilik kengashi kotibi”.
29. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 12-noyabrdagi 330-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2015-y., 46-son, 584-modda) bilan tasdiqlangan Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish, olib chiqishga sertifikat olish uchun ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 9-bandining rus tilidagi matnida “zdravooxraneniya, ekologii i oxrani okrujayuщey sredi” soʻzlari “obrazovaniya, zdravooxraneniya, ekologii, oxrani okrujayuщey sredi, fizicheskoy kulturi i sporta” soʻzlari bilan almashtirilsin.
30. Vazirlar Mahkamasining “Har yillik “Savdo va xavfsizlik” tanlovini tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida” 2016-yil 21-iyuldagi 237-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 7-son, 69-modda) 3-ilovaning yigirma toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“lavozimiga koʻra — Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash axborot-tahlil departamenti bosh mutaxassisi”.
31. Vazirlar Mahkamasining “2016 — 2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit monitoringi Dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2016-yil 23-avgustdagi 273-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2016-y., 34-son, 404-modda) 5-bandining uchinchi xatboshidagi “Sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish” soʻzlari “Taʼlim, sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
32. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining Etil spirti, alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish, tamaki xomashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash komissiyasining yangilangan tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2017-yil 7-apreldagi 192-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 15-son, 251-modda) ilovaning oʻn uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“lavozimi boʻyicha — Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash axborot-tahlil departamenti yetakchi mutaxassisi, komissiyaning masʼul kotibi”.
Keyingi tahrirga qarang.
33. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2017-yil 1-maydagi 250-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 18-son, 323-modda) 5-bandining uchinchi xatboshidagi “Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar” soʻzlari “Huquqiy ekspertiza, xalqaro shartnomalar va tashqi aloqalarni rivojlantirish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
34. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlar uchun oʻquv kurslari tashkil qilish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 8-avgustdagi 602-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 32-son, 816-modda) 11-bandining uchinchi xatboshidagi “Iqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, investitsiyalar, bank va moliya tizimini isloh qilish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish” soʻzlari “Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
35. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 17-avgustdagi 642-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 33-son, 866-modda) bilan tasdiqlangan Ilgari ishlatilgan mashinalar, asbob-uskunalar va mexanizmlarni eksport qilishga ruxsat berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandi beshinchi xatboshidagi “Tashqi iqtisodiy” soʻzlari “Tashqi savdo” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 107-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan baʼzi qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamentini tashkil etish toʻgʻrisida” 2001-yil 5-martdagi 112-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y.,3-son, 16-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2004-yil 12-oktabrdagi 475-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2004-y., 48-49-son, 494-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2005-yil 1-apreldagi 94-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 3-4-son, 18-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2005-yil 31-maydagi 138-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 5-son, 31-modda) 1-ilovaning 7-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2005-yil 10-avgustdagi 192-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 8-son, 41-modda) 1-ilovaning 6-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2006-yil 10-martdagi 41-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 3-son, 18-modda) 1-ilovaning 8-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fan va texnologiyalar rivojlanishini muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 7-avgustdagi PQ-436-son qarori)” 2006-yil 2-oktabrdagi 207-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 10-son, 73-modda) 1-ilovaning 24-bandi.
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2007-yil 12-martdagi PQ-601-son hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2007-yil 22-martdagi PQ-607-son qarorlari)” 2007-yil 11-maydagi 96-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 5-son, 26-modda) 1-ilovaning 8-bandi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2008-yil 9-apreldagi PQ-834-son qarori)” 2008-yil 20-maydagi 100-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 5-son, 19-modda) ilovaning 3 va 6-bandlari.
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2008-yil 8-avgustdagi 174-son qarori)” 2008-yil 20-sentabrdagi 213-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2008-y., 39-son, 394-modda) ilovaning 7-bandi.
11. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish hamda baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2009-yil 27-oktabrdagi PQ-1211-son qarori)” 2009-yil 10-noyabrdagi 293-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 11-son, 72-modda).
12. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2009-yil 13-noyabrdagi PQ-1227-son qarori)” 2009-yil 28-dekabrdagi 336-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 12-son, 82-modda) ilovaning 11-bandi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi apparati tuzilmasiga qisman oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida” 2011-yil 24-oktabrdagi PQ-1630-son hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tuzilmasiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida” 2012-yil 13-yanvardagi PQ-1686-son qarorlari)” 2012-yil 23-fevraldagi 48-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 2-son, 11-modda) 1-ilovaning 15-bandi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2012-yil 7-avgustdagi PQ-1798-son hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2012-yil 7-avgustdagi PQ-1799-son qarorlari)” 2012-yil 6-sentabrdagi 261-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 9-son, 64-modda) ilovaning 7-bandi.
15. Vazirlar Mahkamasining “Audiovizual asarlarni, fonogrammalar va ehm uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, shuningdek fonogrammalarni tayyorlash boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun litsenziyalar oʻz vaqtida rasmiylashtirilishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 6-dekabrdagi 344-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2012-y., 50-son, 558-modda).
16. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida” 2014-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-378-son Qonuni)” 2015-yil 31-martdagi 74-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2015-y., 3-son, 22-modda) ilovaning 6-bandi.
17. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 2-dekabrdagi 698-f-son farmoyishi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.02.2018-y., 09/18/107/0697-son, 01.04.2018-y., 09/18/255/1034, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269, 26.06.2018-y., 09/18/467/1391-son, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son; 25.03.2019-y., 09/19/242/2820-son; 13.04.2019-y., 09/19/300/2929-son, 24.08.2019-y., 09/19/707/3626-son; 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/343/0520-son, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son; 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son; 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)