1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.09.00 Paxta tozalash sanoati]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati korxonalarida ishlab chiqarilgan paxta tolasini sotish va hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxtachilik tarmogʻini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 28-noyabrdagi PQ-3408-son hamda “2018-yilning yanvar-avgustida 2017-yil paxta hosilidan paxta tolasini ishlab chiqarish va yetkazib berishning asosiy koʻrsatkichlari toʻgʻrisida” 2018-yil 18-yanvardagi PQ-3483-son qarorlari ijrosini taʼminlash, paxta tolasini sotish mexanizmini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakat iqtisodiyotining tarmoqlarini talab yuqori boʻlgan mahsulot va xom ashyo turlari bilan barqaror taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 17-yanvardagi PQ-3479-son qaroriga muvofiq paxta tolasini sotishning quyidagi tartibi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta tolasi uni qayta ishlash boʻyicha ishlab chiqarish quvvatlariga ega boʻlgan mahalliy toʻqimachilik korxonalariga — birja savdolari orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat belgisi” DICHB, “Oʻzpaxtasanoat” AJ, Oʻzbekiston koʻrlar jamiyati korxonalariga va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi muassasalariga — texnologik ehtiyoj va mavjud ishlab chiqarish quvvatlari doirasida toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzpaxtasanoat” AJ korxonalarida ishlab chiqarilgan paxta tolasi eksportga xorijiy valyutada norezidentlarga birja savdolari orqali va toʻgʻridan-toʻgʻri kontraktlar boʻyicha sotiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzpaxtasanoat” AJ korxonalarida ishlab chiqarilgan paxta tolasini saqlash hamda eksportga va respublika tashkilotlariga yetkazib berish faqat paxta terminallari orqali amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy xaridorlar hamda respublika tashkilotlari tomonidan paxta tolasini sifati va ogʻirligi boʻyicha yakuniy qabul qilib olish paxta terminallarida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta tolasini sotish va hisob-kitob qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta tolasini birja savdolarida sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va u 2018-yil 1-apreldan boshlab amalga kiritilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta tolasini sertifikatlash va tortish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qaror kuchga kirgungacha “Oʻzpaxtasanoat” AJ tomonidan paxta tolasini eksportga va respublika tashkilotlariga sotish boʻyicha tuzilgan kontraktlar (shartnomalar) ular tuzilgan vaqtda amalda boʻlgan qonun hujjatlariga va kontraktlar (shartnomalar) majburiyatlariga muvofiq bajarilishi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta tolasini birja savdolarida sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizom kuchga kirgungacha paxta tolasi uni qayta ishlash boʻyicha ishlab chiqarish quvvatlariga ega boʻlgan mahalliy toʻqimachilik korxonalariga “Oʻzpaxtasanoat” AJ bilan tuzilgan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha yetkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Paxta tolasini birja savdolarida milliy valyutaga sotish mahalliy toʻqimachilik korxonalari tomonidan yuz foiz oldindan toʻlov asosida amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklariga birja savdolarida paxta tolasi sotib olishni moliyalashtirish uchun toʻqimachilik korxonalariga revolver asosida qayta tiklanadigan kredit liniyalari ochish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda mahalliy toʻqimachilik korxonalariga paxta tolasi birja savdolarida quyidagilar asosida milliy valyutada sotiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yilgi hosil uchun — narxining 15 foizini oldindan toʻlash, qolgan 85 foiziga bank kafolati berish va yakuniy hisob-kitobni 90 kun mobaynida amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yilgi hosil uchun — narxining 35 foizini oldindan toʻlash, qolgan 65 foiziga bank kafolati berish va yakuniy hisob-kitobni 90 kun mobaynida amalga oshirish.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-avgustdagi 664-sonli qaroriga asosan uchinchi — beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2018-y., 09/18/664/1766-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, “Oʻzpaxtasanoat” AJ, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi paxta tolasini sotishda va hisob-kitoblarda ushbu qarorda belgilangan talablarga hamda amaldagi qonun hujjatlariga qatʼiy rioya qilsinlar.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-sentabrdagi 759-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 09/18/759/2026-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oʻzpaxtasanoat” AJ va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ paxta tozalash sanoati korxonalarida, paxta terminallarida, shuningdek, paxta tolasini temir yoʻl orqali tashishda yongʻin xavfsizligi holati yuzasidan qatʼiy nazoratni taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari N.S. Otajonov va Z.T. Mirzayev, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, “Oʻzpaxtayogʻ” AJ, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlarini yetarli hajmdagi sifatli xom ashyo bilan taʼminlash maqsadida paxta xom ashyosini yetishtirish, shu jumladan, uni yigʻib-terib olish va tozalash jarayonida paxta tozalash korxonalari va yogʻ-moy korxonalarining manfaatdorligini yanada oshirish boʻyicha tizimli choralar koʻrsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari 2018-yil 1-apreldan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi N.S. Otajonov va “Oʻzpaxtasanoat” AJ boshqaruvi raisi A.I. Maksudov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 12-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
106-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 106-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta tolasini sotish va hisob-kitob qilish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom paxta tolasini sotish hamda hisob-kitob qilish tartibi va mexanizmini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzpaxtasanoat” AJ va paxta tozalash korxonalari oʻrtasida paxta tolasi uchun hisob-kitoblar ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetkazib beruvchilar — “Oʻzpaxtasanoat” AJ tarkibiga kiradigan paxta tozalash korxonalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
EXW — “Franko zavod” — ex works — mahsulot shartnomada koʻrsatilgan yetkazib beruvchining omboridan “Oʻzpaxtasanoat” AJ tomonidan olib ketiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CFR — Uzoq Sharq — cost and freight — mahsulot shartnomada koʻrsatilgan xaridorning portigacha yetkazib beriladi, bunda asosiy tashishdagi sugʻurta, tushirish va qayta ortish xizmatlari haqi xaridor tomonidan toʻlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“A” indeksi — xalqaro paxta birjasining oʻrtacha qiymatida aniqlanadigan, bir funt ogʻirligiga sent qiymatida belgilanadigan paxta tolasining narxi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Cotton Outlook” byulleteni — Xalqaro paxta uyushmasining nashri, bunda xalqaro treyderlar (sotuvchilar), yakuniy xaridorlar va paxta tolasi ishlab chiqaruvchilardan oʻtkaziladigan soʻrovnomaga asosan eksport qiluvchi turli mamlakatlar paxta tolasining kunlik narxi belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston komponenti — Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan va sotiladigan paxta tolasining kotirovkasi nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s/f — 1 funt (453,59 grammga teng boʻlgan ogʻirlik oʻlchovi) ogʻirlikdagi paxta tolasining sent qiymatidagi narxi belgisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yetkazib beruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan paxta tolasi ular oʻrtasida tuzilgan vositachilik shartnomasiga muvofiq uni paxta terminallariga (keyingi oʻrinlarda terminallar deb ataladi) yetkazgan holda “Oʻzpaxtasanoat” AJ tomonidan sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Paxta tolasini yetkazib berish va ishlab chiqarish toʻgʻrisida tasdiqlangan topshiriqqa muvofiq “Davlat belgisi” DICHB, “Oʻzpaxtasanoat” AJ va Oʻzbekiston koʻrlar jamiyati korxonalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi muassasalariga paxta tolasi, sotish bilan bogʻliq xarajatlarni va vositachilik haqini hisobga olgan holda, ulgurji preyskurant narxi boʻyicha milliy valyutada “Oʻzpaxtasanoat” AJ bilan tuziladigan toʻgʻridan-toʻgʻri kontraktlar (shartnomalar) boʻyicha sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Oʻzpaxtasanoat” AJ uchun paxta tolasini sotish boʻyicha umumiy belgilangan soliqlarni toʻlovchi komissioner toʻlovchi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalariga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash tartibi qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Yetkazib beruvchilar va “Oʻzpaxtasanoat” AJ oʻrtasidagi paxta tolasini sotish boʻyicha oʻzaro munosabatlar ushbu Nizom, boshqa qonun hujjatlari va ikki tomonlama vositachilik shartnomalari bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Paxta tolasiga narx belgilash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vositachilik shartnomasi shartlariga muvofiq “Oʻzpaxtasanoat” AJ tomonidan yetkazib beruvchilarga haq toʻlash jahon bozoridagi konyunkturadan qatʼi nazar EXW — “Franko zavod” shartlarida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan preyskurant ulgurji narx boʻyicha milliy valyutada amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzpaxtasanoat” AJning vositachilik haqi sotiladigan paxta tolasi qiymatidan 1 foizni (QQS hisobga olinmasdan) tashkil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Oʻzpaxtasanoat” AJ tomonidan eksportga sotiladigan paxta tolasiga narxlar “Cotton Outlook” byulletenida eʼlon qilinadigan “A” indeksi va uning Oʻzbekiston komponenti kotirovkalarining oʻrtacha miqdoridan, Oʻzbekiston komponenti eʼlon qilinmaganda esa — “A” indeks + 3,0 s/f kotirovkasidan kelib chiqib, CFR — Uzoq Sharq portlari shartlarida “Birinchi” navli, “Oʻrta” klassli, 4 tipli, 36 kodli (bazis narx) paxta tolasining 1 tonnasi uchun belgilanadi. Mazkur narxlardan kelib chiqib ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq boshqa navlar, klasslar, kodlarning narxlari aniqlanadi. Narxlarni belgilash tartibi, toʻlash va yetkazib berish shartlari paxta tolasining eksport kontraktlari (shartnomalari)da belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Paxta tolasini sotish boʻyicha “Oʻzpaxtasanoat” AJning xarajatlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurtalash (tashishda va saqlashda) boʻyicha xarajatlar, yetkazib beruvchi omboridan tashish, tushirish, terminalda paxta tolasini saqlash, uni xaridorga yuklab joʻnatish, CFR — Uzoq sharq portlari shartlarida yetkazish (jumladan fitosanitariya sertifikati berish va respublika hududida harbiy qoʻriqlash va transport-ekspeditorlik xizmatlari boʻyicha toʻlovlar), fumigatsiya xizmatlari, CFR — Uzoq Sharq portlari shartlarida yetkazib berishda — portlar tomonidan belgilangan, portlarda normativ muddatlarda saqlash xizmati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan tariflar boʻyicha paxta tolasini sertifikatlash va oʻlchash boʻyicha xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta tolasini deklaratsiyalash va bojxonada rasmiylashtirish xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank xarajatlari (kafolatlar, mablagʻlarni oʻtkazganlik uchun bank komissiyalari, joʻnatish hujjatlarini tekshirish va boshqa xarajatlar, shu jumladan, bank kreditlari boʻyicha foizlarni toʻlash xarajatlari), shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) va uning moliyaviy agentining, yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitob qilish uchun olinadigan qarz mablagʻlari xarajatlari;
(9-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-maydagi 350-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2018-y., 09/18/350/1206-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzpaxtasanoat” AJning vositachilik haqi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta tolasini sotish bilan bogʻliq xarajatlarni chegirish har bir nav, klass, tur va kod aniqlangandan soʻng amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi va “Oʻzpaxtasanoat” AJ bilan birgalikda har yili 1-avgustga qadar paxta tolasini eksportga va respublika tashkilotlariga sotish boʻyicha “Oʻzpaxtasanoat” AJ xarajatlarining cheklangan miqdori hisoblab chiqiladi va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi. Bunda haqiqatda yetkazilgan zararga bogʻliq holda tasdiqlangan cheklangan miqdorlar doirasida xarajatlarning alohida moddalarini oshirib, boshqa xarajat moddalarini qisqartirishga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. “Cotton Outlook” byulletenida eʼlon qilinadigan paxta tolasiga jahon narxlari (“A” indeksi va uning Oʻzbekiston komponenti kotirovkalarining oʻrtacha miqdori CFR — Uzoq Sharq portlari shartlarida) amalda boʻlgan davrda tasdiqlangan preyskurant ulgurji narxlar past boʻlganda paxta tolasini yetkazish va ishlab chiqarish toʻgʻrisida tasdiqlangan topshiriqda nazarda tutilgan parametrlardan oshmaydigan hajmlarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Paxta tolasi uchun jahon narxlarining amalda boʻlish davrlarida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan ulgurji preyskurant narxlardan past darajada boʻlganda, qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobga olgan holda, respublika tashkilotlari uchun paxta tolasini sotishda paxta tozalash zavodlari amalda yuklab joʻnatish kunida birjada haqiqatda yuzaga kelgan narxlardan kelib chiqib, qoʻshilgan qiymat soligʻini quyidagi formula boʻyicha hisoblaydi: 20/120 ga koʻpaytirilgan haqiqiy sotish narxi (qoʻshilgan qiymat soligʻi = haqiqiy sotish narxi x 20/120);
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-avgustdagi 664-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2018-y., 09/18/664/1766-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan ulgurji preyskurant narxlardan yuqori boʻlgan davrda respublika tashkilotlariga sotishda qoʻshilgan qiymat soligʻi hisobga olingan holda preyskurant ulgurji narxdan kelib chiqib qoʻshilgan qiymat soligʻi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Paxta tolasini yuklab joʻnatish va hisob-kitob qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Paxta tolasi terminallarga EXW — “Franko zavod” shartlarda yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Terminallar “Oʻzpaxtasanoat” AJning joʻnatish yoʻriqnomalaridan qatʼi nazar, paxta tolasini tashish, masʼul saqlashga toʻsiqsiz qabul qilish, mahsulot qabul qilingandan u eksportga yoki respublika tashkilotlariga qadar yetkazilgungacha majburiy sugʻurtalashni amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta tolasini terminalgacha tashish va sugʻurtalash boʻyicha xarajatlar paxta tolasini sotishdan olingan mablagʻlar hisobidan “Oʻzpaxtasanoat” AJ tomonidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Paxta tolasi sifati va massasi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi qoshidagi “Agrosanoat majmuida xizmat koʻrsatish markazi” davlat unitar korxonasining (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) muvofiqlik sertifikatida (inspeksiya dalolatnomasida) koʻrsatilgan koʻrsatkichlarga muvofiq boʻlmaganda, mazkur masala boʻyicha kelishmovchiliklar uning vakilini jalb qilgan holda hal qilinadi. Tolaning sifati va massasi boʻyicha kelishmovchiliklar tasdiqlanganda, bu bilan bogʻliq barcha qoʻshimcha xarajatlar Markaz hisobiga kiritiladi, yetkazib beruvchi, “Oʻzpaxtasanoat” AJ va xaridor oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar dalolatnomalar koʻrib chiqilganidan keyin 5 kun muddatda mazkur partiyaning haqiqatdagi sifati va massasi asosida amalga oshiriladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-sentabrdagi 759-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 09/18/759/2026-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Muayyan yil hosili boʻyicha oʻzaro solishtirma dalolatnomalari tegishli yil paxta tolasini yuklab joʻnatish tugagandan soʻng 30 kun mobaynida tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hosil boʻyicha yakuniy hisob-kitoblar tuzilgan shartnomalarga muvofiq muddat mobaynida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muayyan yil hosili boʻyicha paxta tolasini sotish yakunlari boʻyicha jahon va ichki narxlar oʻrtasidagi salbiy farq hosil boʻlgan taqdirda “Oʻzpaxtasanoat” AJ keyingi yil 31-oktabrga qadar oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun salbiy farq summasining yakuniy hisob-kitobini ishlab chiqadi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoplanadigan salbiy farq summasini hisoblashda mazkur Nizomning 9-bandini hisobga olib cheklangan xarajatlardan oshgan qism va mazkur Nizomda nazarda tutilmagan xarajatlar hisobdan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. “Oʻzpaxtasanoat” AJ yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblarni paxta tolasini sotish kontraktlari boʻyicha tushgan mablagʻlar, qarz mablagʻlari, shuningdek, salbiy farqni qoplashga ajratilgan mablagʻlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. “Oʻzpaxtasanoat” AJ paxta tolasini ishlab chiqarish va yetkazib berish boʻyicha tasdiqlangan topshiriq parametrlariga muvofiq paxta tolasini sotishni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta tolasining jahon narxlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan preyskurant ulgurji narxlaridan past boʻlgan davrda — sotish boʻyicha xarajatlar va vositachilik haqlarini hisobga olgan holda “Oʻzpaxtasanoat” AJda hosil boʻlgan salbiy tafovut summasi — tugallangan kontraktlar boʻyicha hisob-kitoblar asosida belgilangan tartibda Jamgʻarma tomonidan qoplanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan ulgurji preyskurant narxlaridan yuqori boʻlgan davrda — har chorakda hisoblab chiqiladigan sotish boʻyicha xarajatlar va vositachilik haqlarini hisobga olgan holda, shuningdek, tegishli yil hosili boʻyicha paxta tolasini sotish yakunlariga koʻra “Oʻzpaxtasanoat” AJda hosil boʻlgan ijobiy tafovut summasi — Jamgʻarmaning aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun Jamgʻarmaga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta tolasini sotish va hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzpaxtasanoat” AJ va paxta tozalash korxonalari oʻrtasida paxta tolasi uchun hisob-kitoblarni amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Paxta tolasini sotish va hisob-kitob qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta tolasining navlari, klasslari, tiplari, narxlari va kodlarini aniqlashda qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navlar va klasslar boʻyicha paxta tolasi narxini qayta hisoblash
KOEFFITSIYENTLARI
(baza — “Birinchi” nav, “Oʻrta” klass)
I nav (Birinchi)
Oliy
1,050
II nav (Ikkinchi)
Oliy
1,020
Yaxshi
1,040
Yaxshi
0,990
Oʻrta
1,000
Oʻrta
0,955
Oddiy
0,965
Oddiy
0,920
Iflos
0,925
Iflos
0,880
III nav (Uchinchi)
Oliy
0,990
IV nav (Toʻrtinchi)
Oliy
0,950
Yaxshi
0,965
Yaxshi
0,850
Oʻrta
0,930
Oʻrta
0,800
Oddiy
0,885
Oddiy
0,750
Iflos
0,840
Iflos
0,700
V nav (Beshinchi)
Oliy
0,750
Yaxshi
0,650
Oʻrta
0,550
Oddiy
0,500
Iflos
0,450
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tur va kodlar boʻyicha paxta tolasi narxlarini qayta hisoblash
KOEFFITSIYENTLARI
Uzun tolali
Tola turi
1a
1b
1
2
3
Uzunligi (dyuym)
1,11/32
1,5/16
1,9/32
1,1/4
1,7/32
1,3/16
Kodi
43
42
41
40
39
38
Koeffitsiyent
1,6080
1,4699
1,4008
1,2331
1,1147
Oʻrta tolali
Tola turi
1a
1b
1
2
3
Uzunligi (dyuym)
1,11/32
1,5/16
1,9/32
1,1/4
1,7/32
1,3/16
Kod
43
42
41
40
39
38
Koeffitsiyent
1,0956
1,0765
1,0574
1,0383
1,0191
Tola turi
4
5
6
Uzunligi (dyuym)
1.5/32
1.1/8
1.3/32
1.1/16
1.1/32
Kod
37
36
35
34
33
Koeffitsiyent
1,0000
0,9865
0,9737
0,9618
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uzun tolali navdagi paxta tolasini eksportga sotish uni sotish vaqtidagi jahon bozori narxlar konyunkturasiga muvofiq belgilanadigan narxlar boʻyicha “Oʻzpaxtasanoat” AJ tomonidan amalga oshiriladi. Bunda ulgurji-preyskurant va sotish narxi oʻrtasida shakllangan farqdan (salbiy yoki ijobiy) mazkur Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan tartibga muvofiq foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 106-son qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta tolasini birja savdolarida sotish tartibi toʻgʻrisida NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom paxta tolasini birja savdolarida mahalliy isteʼmolchilarga sotish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja bitimi — birja tomonidan roʻyxatga olingan, birja savdosining birjada qayd etilgan natijasi asosida birja tovariga doir tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja aʼzolari — birja tomonidan belgilangan tartibga muvofiq diler va broker sifatida birja savdolarida qatnashish va birja bitimlarini tuzish huquqini olgan yuridik shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
diler — birja bitimlarini oʻz nomidan va oʻz hisobidan tuzuvchi yuridik shaxs, birja aʼzosi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
broker — mijozning (sotuvchi yoki xaridorning) topshirigʻiga asosan va uning hisobidan birja bitimlarini tuzuvchi yuridik shaxs, birja aʼzosi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
treyder — birja aʼzosi nomidan birja savdolarida ishtirok etuvchi va birja bitimlarini tuzish huquqiga ega birja aʼzosi xodimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja savdolarining elektron tizimi (keyingi oʻrinlarda BSET deb ataladi) — dasturiy-apparat vositalari kompleksini oʻz ichiga olgan global taqsimlangan axborot tizimi, u aniq vaqt rejimida birja aʼzolariga respublikaning istalgan geografik nuqtasidan masofadan turib birja savdolarida qatnashishni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisob — kitob-kliring palatasi (keyingi oʻrinlarda HKKP deb ataladi) — birjaning tarkibiy boʻlinmasi, u kliring va birja bitimlari boʻyicha oʻzaro hisob-kitoblar oʻtkazishni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avans — birjaning vositachilik yigʻimlarini, shuningdek, tomonlarning zakalat pullarini oʻz ichiga oluvchi sotuvchi va xaridorlar tomonidan kiritiladigan moliyaviy mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Cotton Outlook” byulleteni — Xalqaro paxta uyushmasining nashri, bunda xalqaro treyderlar (sotuvchilar), pirovard xaridorlar va paxta tolasini ishlab chiqaruvchilardan soʻrab chiqish yoʻli bilan har kunlik asosida turli mamlakatlar — eksport qiluvchilar paxta tolasining narxi belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CFR — Uzoq Sharq portlari — cost and freight — mahsulot shartnomada koʻrsatilgan xaridorning portigacha yetkazib beriladi, bunda asosiy tashishdagi sugʻurta, tushirish va qayta ortish xizmatlari haqi xaridor tomonidan toʻlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“A” indeks — xalqaro paxta birjasining oʻrtacha qiymatida aniqlanadigan, bir funti uchun sentlarda ifodalanadigan paxta tolasi narxi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FCA — paxta terminali — free carrier — tovar shartnomada koʻrsatilgan joʻnatish terminaliga buyurtmachining asosiy tashuvchisiga yetkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Birja savdolarida paxta tolasini sotish “Oʻzpaxtasanoat” AJ, paxtachilik-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlar, shuningdek, paxta tolasini respublikaga ichki bozorda sotish uchun chet eldan import hisobiga olib keladigan tashkilotlar (Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari yoki norezidentlari) tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qayta ishlash quvvatlariga ega boʻlgan respublika toʻqimachilik korxonalari birja savdolarida paxta tolasi xaridorlari hisoblanadi. Ishlab chiqarish quvvatlari hisobga olingan holda oʻz mahsulotini qayta ishlashda paxta tolasidan foydalanish zarurligi munosabati bilan yuridik shaxs tashkil etgan boshqa tashkilotlar ham xaridor sifatida ishtirok etishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta tolasini qayta ishlash quvvati mavjudligi toʻgʻrisida birjaga tuman (shahar) hokimliklarining tavsiyalarini taqdim etgan xaridorlar savdolarga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tavsiyalar Markazni jalb etgan holda mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini oʻrganish yoʻli bilan murojaat qilingan paytdan boshlab majburiy tartibda 10 kun mobaynida beriladi va u bir yil mobaynida haqiqiy hisoblanadi.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-sentabrdagi 759-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 09/18/759/2026-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tavsiyalarning bir nusxasi uch ish kuni ichida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasiga taqdim etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tavsiyalarni olgandan soʻng toʻqimachilik korxonasining ishlab chiqarish quvvati oʻzgargan holda, Markazga besh ish kuni ichida xabar berishi shart.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-sentabrdagi 759-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 09/18/759/2026-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tavsiyalarni berish muddati tamom boʻlgandan keyin, u olingunga qadar xaridorning tuman (shahar) hokimligiga murojaat qabul qilingan sana haqida belgi qoʻyilgan murojaati va hokimlikka yuborilgan yozma bildirishnoma arizada qayd etilgan ishlab chiqarish quvvatlari doirasida savdolarda ishtirok etish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tavsiya oʻz vaqtida berilmaganligi yoki noxolisona berilganligi oqibatlari uchun tegishli hokimlik va Markaz javob beradi.
(4-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-sentabrdagi 759-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 09/18/759/2026-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Birja savdolari har kuni (dushanbadan juma kunigacha) birja savdolarining elektron tizimidan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta tolasini birja savdolarida sotish ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xaridorlar tomonidan birja savdolarida sotib olingan paxta tolasidan respublika tashkilotlarida faqat ishlab chiqarish maqsadlari uchun foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Paxta tolasi hajmlarini shakllantirish, birja savdolarini tayyorlash va oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Paxta tolasini “Oʻzpaxtasanoat” AJ tomonidan birja savdolariga qoʻyish belgilangan tartibda tasdiqlangan ishlab chiqarish va yetkazib berish hajmlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasining takliflarini inobatga olgan holda belgilangan muddatlarda birja savdolarida sotiladigan paxta tolasining choraklik va oylik hajmlarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzpaxtasanoat” AJ kelgusi oyning boshlanishidan 10 kun oldin birja savdolariga qoʻyiladigan kunlik mahsulot hajmi jadvalini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdolarga qoʻyiladigan jadvallarda birja savdolarida sotiladigan paxta tolasining hajmi, navi, tipi va klassi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bir kun muddatda birjaning rasmiy saytiga joylashtirish uchun birjaga paxta tolasining birja savdolariga qoʻyiladigan kunlik hajmlari toʻgʻrisida tasdiqlangan jadvallarni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Paxtachilik-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlari, shuningdek, import yoki oʻz paxta tolasini sotuvchi tashkilotlar (Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari yoki norezidentlari) mavjud hajmlardan kelib chiqib paxta tolasini birja savdolarga oʻzlari mustaqil ravishda qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Paxta tolasining birja savdolari namunaviy birja kontraktlari asosida amalga oshiriladi, unda paxta terminalining markasi, joylashuvi, lot miqdori, paxta tolasining navi, tipi, klassi va birja tovarini identifikatsiya qilishga doir boshqa maʼlumotlar majburiy tarzda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Birja savdolari amaldagi qonun hujjatlariga, birja savdolari va hisob-kitob-kliring xizmati qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birja savdolari va hisob-kitob-kliring xizmati qoidalari birja, birja aʼzolari, sotuvchi va xaridorlar uchun majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Sotuvchi va xaridorlar birja savdolarida mustaqil ravishda birja bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq diler sifatida yoki treyder nomidan brokerlar orqali mustaqil ishtirok etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Toʻlangan avans summasiga muvofiq har bir savdo boʻyicha sotuvchi va xaridorlarni savdolarga qoʻyish va ulardan chetlatish, birja savdolari gʻoliblarini aniqlash va birja bitimlarini roʻyxatdan oʻtkazish oʻz-oʻzidan elektron birja savdolari tizimi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Savdoga qoʻyilgan, biroq sotilmagan mahsulot hajmlari hamda bekor qilingan bitimlar boʻyicha hajmlar birja savdolariga takroran qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta tolasini sotuvga qoʻyish, shu jumladan, ushbu mahsulotga kichik hajmlarda ehtiyoji boʻlgan korxonalarning ham sotib olishi imkonini berishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Paxta tolasi mahsulotlarini sotuvchilar tomonidan yetkazib berish 100 foiz oldindan haq toʻlash shartlarida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda mahalliy toʻqimachilik korxonalariga paxta tolasi birja savdolarida quyidagilar asosida milliy valyutada sotiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yilgi hosil uchun — narxining 15 foizini oldindan toʻlash, qolgan 85 foiziga bank kafolati berish va yakuniy hisob-kitobni 90 kun mobaynida amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yilgi hosil uchun — narxining 35 foizini oldindan toʻlash, qolgan 65 foiziga bank kafolati berish va yakuniy hisob-kitobni 90 kun mobaynida amalga oshirish.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-avgustdagi 664-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2018-y., 09/18/664/1766-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Mahsulotning boshlangʻich narxlarini hamda birja savdolari qatnashchilari oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar va mahsulotni yuklab joʻnatish mexanizmini belgilash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Bazaviy sifatli (“Birinchi” nav, “Oʻrta” klassli, 4 tip) respublikada ishlab chiqarilgan paxta tolasi uchun boshlangʻich narx har kuni sotuvchi tomonidan “A” indeksining “Cotton Outlook”da eʼlon qilinadigan kotirovkasi miqdoridan kelib chiqqan holda, CFR — Uzoq Sharq portlari shartlarida birjadagi navbatdagi savdolardan oldingi kunda, 10 foiz miqdoridagi, 2017-yilgi hosil paxta tolasi qoldiqlariga esa 15 foiz miqdoridagi chegirish bilan belgilanadi.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-noyabrdagi 923-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.11.2018-y., 09/18/923/2180-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa navlar, klasslar, tiplar va kodlar uchun boshlangʻich narx Paxta tolasini sotish va hisob-kitob qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq koeffitsiyentlar qoʻllangan holda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta tolasining maksimal narxi birjadagi navbatdagi savdolardan oldingi kunda “A” indeksining “Cotton Outlook”da eʼlon qilinadigan narx kotirovkasi miqdoridan, CFR — Uzoq Sharq portlari shartlarida belgilanadigan narxdan yuqori boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshlangʻich va maksimal narxlar toʻgʻrisidagi maʼlumot “Oʻzpaxtasanoat” AJning brokeri tomonidan savdo boshlanishdan avval BSETga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Sotuvchi va xaridor HKKPdagi oʻzlarining shaxsiy hisobvaraqlariga avans sifatida quyidagi zakalat pullarini kiritadilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotuvchi — savdolarga qoʻyiladigan mahsulot qiymatining 1 foizi miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xaridor — birja bitimining moʻljallanayotgan summasining 1 foizi miqdorida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Xaridorlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birjada avans bilan taʼminlangan hajmlardagi mahsulotni sotib olishga bitimlar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta tolasini tekshirish va mahsulotni xarid qilish boʻyicha bitim shartlariga muvofiq miqdorda va sifatda tanlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi imzolanguniga qadar (birja bitimida kelishilgan uni yetkazib berish shartlarini bajarish) paxta tolasi saqlanadigan joylarda uni tekshirish (tanlash) dalolatnomasini tuzishni talab qilish huquqiga ega.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-avgustdagi 664-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2018-y., 09/18/664/1766-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Birja bitimi elektron roʻyxatga olingan kunda birja aʼzolarining birja sotuvlari qoidasiga muvofiq birja tomonidan rasmiylashtirish uchun oldi-sotdi shartnomasi taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Xaridor 5 ish kuni mobaynida birjaning ikkilamchi talab qilib olguncha depozit hisob raqamiga tuzilgan birja bitimiga ushbu Nizomning 14-bandiga muvofiq moliyaviy majburiyatlarni toʻliq qoplash uchun mablagʻlar oʻtkazishi shart.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-avgustdagi 664-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2018-y., 09/18/664/1766-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. HKKP oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq zarur mablagʻlar tushgandan keyin bir ish kunida ushbu Nizom talablariga muvofiq sotuvchining shaxsiy kabinetiga toʻlangan bitimlar toʻgʻrisidagi reyestrni yuborishi shart.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-avgustdagi 664-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2018-y., 09/18/664/1766-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Sotuvchi HKKPdan sotib oluvchi tomonidan oldindan toʻlov toʻlangani toʻgʻrisidagi maʼlumotni olgandan keyin ushbu Nizomning 14-bandiga muvofiq mahsulotni xaridorga 3 ish kuni mobaynida paxta terminalining FCA shartlarida yoki yetkazib berishning birja bitimida kelishilgan boshqa shartlarida yetkazib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sotuvchi tovarni yetkazib berish boʻyicha birja bitimida kelishilgan shartlarni bajargandan soʻng sotuvchi va xaridor roʻyxatdan oʻtkazilgan birja bitimi boʻyicha mahsulotni topshirish-qabul qilish toʻgʻrisida dalolatnoma tuzadilar.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-avgustdagi 664-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2018-y., 09/18/664/1766-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Xaridorga mahsulotni topshirish — qabul qilish (yuklab joʻnatish) sotuvchining bildirishnomalari boʻyicha terminallardan birja bitimlarida nazarda tutilgan hajm va muddatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahsulotni sertifikatlash, terminalning mahsulotni saqlash, yuklab joʻnatish va topshirish-qabul qilish dalolatnomasi imzolangungacha amalga oshirilgan boshqa xizmatlari bilan bogʻliq xarajatlar xaridor tomonidan toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Terminalning saqlash, transport agentiga yuklash boʻyicha koʻmaklashish, yuklab joʻnatish va topshirish-qabul qilish toʻgʻrisidagi dalolatnoma imzolangandan keyin amalga oshiriladigan boshqa ishlar bilan bogʻliq xizmatlari xarajatlari xaridor tomonidan toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizomda nazarda tutilgan pul mablagʻlarini oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar sotuvchi bankida — sotuvchi tomonidan, xaridor bankida — xaridor tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Birja oʻzining rasmiy veb-saytida har haftada paxta tolasining oʻrtacha birja narxlarini eʼlon qilib borishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Birja savdosini tashkil etish, shartnoma majburiyatlarini bajarish va HKKP xizmat koʻrsatish jarayonida paydo boʻladigan bahslar va kelishmovchiliklar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ushbu Nizomdan kelib chiqib, sotuvchilar yoki xaridorlar tomonidan oʻziga yuklatilgan majburiyatlar bajarilmagan taqdirda, aybdor tomonidan jabrlanuvchi foydasiga jarima sifatida zakalat pullari ushlab qolinadi. Bunda sotuvchi tomonidan xaridor foydasiga undiriladigan jarima miqdori shartnomaning umumiy qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Mazkur Nizom talablari buzilishda aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta tolasini birja savdolarida sotish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birja savdolarida xaridorlarga sotiladigan paxta tolasi uchun hisob-kitob qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-avgustdagi 664-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2018-y., 09/18/664/1766-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom paxta tolasini eksportga va respublikaning paxta tolasini qayta ishlovchi korxonalariga (keyingi oʻrinlarda xaridorlar deb ataladi) yetkazib berishda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi qoshidagi “Agrosanoat majmuida xizmat koʻrsatish markazi” davlat unitar korxonasi (keyingi oʻrinlarda bajaruvchi deb ataladi) tomonidan “Oʻzpaxtasanoat” AJ, paxta-toʻqimachilik klasterlari va boshqa korxonalar (keyingi oʻrinlarda buyurtmachi deb ataladi) buyurtmanomalariga muvofiq paxta tozalash zavodlarida paxta tolasi sifatini toylari boʻyicha baholash, uni sertifikatlash hamda paxta tozalash korxonalarida (keyingi oʻrinlarda yetkazib beruvchi deb ataladi) uning ogʻirligini tortib koʻrish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-sentabrdagi 759-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 09/18/759/2026-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Paxta tolasi majburiy tartibda sertifikatlashtiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-sentabrdagi 759-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 09/18/759/2026-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizomda quyidagi atamalar va tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SITC (NVI — Nigh Volume Instrument) — paxta tolasini uzunligi, uzunligi boʻyicha birxildaligi, pishiqligi, uzilish boʻyicha uzunligi, mikroneyr, rangi va ifloslanganligi koʻrsatkichlarini oʻlchaydigan Standardized Instruments for Testing of Cotton boʻyicha paxta tolasi sinovlarining standartlashtirilgan oʻlchov tizimi nomining qisqacha ifodalanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
klasser usuli — belgilangan tartibda tasdiqlangan tashqi koʻrinishi namunalarini taqqoslash yoʻli bilan navi va klassi boʻyicha paxta tolasini organoleptik baholash, qoʻlda shtapel qoʻyish yoʻli bilan shtapel uzunligini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi koʻrinishi namunalari — belgilangan tartibda tasdiqlangan paxta tolasining rangi, dogʻlar mavjudligi, tarkibi va muayyan nav va klassdagi paxta tolasi uchun xos boʻlgan ifloslanganligi boʻyicha sifat tavsiflarining yigʻindisidan iborat boʻlgan namunalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻz DSt 604 “Paxta tolasi. Texnik shartlar” (keyingi oʻrinlarda Oʻz DSt 604 deb ataladi) muvofiqlik talablariga sertifikatlash boʻyicha xizmatlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi bajaruvchi uning tomonidan akkreditatsiya sohasida koʻrsatilganga muvofiq amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Bajaruvchi quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta tozalash zavodlarida uning pressdan chiqishida har qaysi paxta tolasi toyidan sinab koʻrish uchun namunalar olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlab olingan namunalarni identifikatsiyalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
namunalarni sinab koʻrish uchun mintaqaviy laboratoriyaga yetkazib berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
namunani sinab koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta terminallariga (keyingi oʻrinlarda terminallar deb ataladi) yetkazib beriladigan paxta tolasi partiyasining sifati (tipi, navi) boʻyicha birxildaligi yuzasidan muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish, sertifikatni paxta tolasini yetkazib beruvchiga berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sifati (tipi, navi) boʻyicha bir xil paxta tolasi partiyasiga muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va uni buyurtmachiga berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetkazib beruvchi bilan birgalikda paxta tolasi partiyasidagi toyning ogʻirligini tortib koʻrish va toyning ogʻirligi yuzasidan dalolatnomani rasmiylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terminallarda paxta tolasi toyining sifati va ogʻirligi yuzasidan xaridor, yetkazib beruvchi va buyurtmachi vakillari bilan kelishmovchiliklarni hal etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Paxta tolasini sertifikatlash va toyning ogʻirligini tortib koʻrish boʻyicha xizmatlar uchun toʻlovni buyurtmachi bajaruvchi bilan ikki tomonlama shartnomalar asosida paxta tolasi hajmini (partiyasini) bajarilgan ishlar dalolatnomalari va bajaruvchi tomonidan berilgan hisob-kitob asosida muvofiqlik sertifikatini (inspeksiya dalolatnomasini) va toylar ogʻirligini tortib koʻrish dalolatnomasini berish fakti boʻyicha amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta tolasini sertifikatlashtirish va paxta tolasi toylarining ogʻirligini tortib koʻrish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlar oʻrnatilgan tartibda tasdiqlangan narxlar boʻyicha amalga oshiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-sentabrdagi 759-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 09/18/759/2026-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Toydagi paxta tolasini sinab koʻrish uchun tanlab olish, ularni identifikatsiya qilish va mintaqaviy laboratoriyaga yetkazib berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Paxta tolasini paxta tozalash korxonasida presslash jarayonida toyning qavariq tomonida press plitasiga oʻrnatilgan maxsus pichoq bilan kertiklar hosil qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Toyning kertiklar hosil qilingan qismidan sinab koʻrish uchun namuna olish bajaruvchining vakili tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Sinab koʻrish uchun namuna olish Oʼz DSt 614 “Paxta tolasi. Namuna olish usullari”ga (keyingi oʻrinlarda Oʼz DSt 614 deb ataladi) muvofiq amalga oshiriladi. Har qaysi namunaga toy tartib raqamining shtrixli kodi bilan birkadan qirqib olinadigan kupon qoʻyiladi, u mintaqa kodi, paxta tozalash korxonasining kodi, paxta korxonasidagi toyning izchil tartib raqamidan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olingan namunalarni bajaruvchining vakili polietilen paketga joylaydi yoxud qogʻozga yoki plyonkaga oʻraydi, soʻngra bajaruvchining mintaqa laboratoriyasiga tashish uchun oʻralgan namunalarni tartib bilan va zich qilib joylaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qop namunalarning tashish jarayonida bir-biri bilan aralashib ketmasligi uchun zich holda joylangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qopga yorliq qoʻyiladi, unda paxta tozalash korxonasining tartib raqami, undan paxta tolasi ishlab chiqarilgan sanoat va seleksiya navi va paxta xom ashyosi klassi, paxta tolasi partiyasining tartib raqami (izchil raqamlash tizimiga oʻtgunga qadar), namunalar olingan toyning tartib raqamlari, namuna olingan sana, bajaruvchining imzosi qoʻyilgan holda uning familiyasi, ismi, otasining ismi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta tolasi ishlab chiqarilgan paxta xom ashyosi partiyasining tartib raqami, sanoat va seleksiya navi va paxta xom ashyosi klassi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni bajaruvchiga yetkazib beruvchi taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizomga 1-ilovaga* muvofiq shakl boʻyicha bajaruvchi vakillari tomonidan rasmiylashtirilgan paxta tolasi namunasini olish dalolatnomasi bajaruvchining vakillari tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Shtrixli kod qoʻyilgan birkalarni bajaruvchi yoki yetkazib beruvchi tayyorlaydi. Izchil shtrix kodlar aks etgan birkalar Oʼz DSt 841 “Paxta tolasi, paxta linti, paxta tozalash zavodlarining tarkibida oʻlik paxta va kalta momiq mavjud boʻlgan chiqindilari. Joylash, markirovkalash, tashish va saqlash”ga (keyingi oʻrinlarda Oʼz DSt 841 deb ataladi) muvofiq kipga mahkamlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Olingan namunani sinovlar uchun mintaqaviy laboratoriyalarga yetkazib berishni bajaruvchi amalga oshiradi. Namunalar joylangan qoplarni mintaqaviy laboratoriyaga yetkazib bergungacha ularni yetkazib beruvchi belgilangan tartibda paxta tozalash korxonasida saqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Paxta tolasi namunalari sinovlardan keyin bajaruvchining laboratoriyalarida paxta tolasining partiyasi xaridor tomonidan uzil-kesil qabul qilib olingan va yuklab joʻnatilgan vaqtgacha bajaruvchining laboratoriyalarida saqlanadi, lekin bu muddat muvofiqlik sertifikati amal qiladigan muddatdan koʻp boʻlmasligi kerak. Muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati tugagach namuna olish takroran amalga oshiriladi. Xaridor tomonidan paxta tolasi partiyasini uzil-kesil qabul qilish va uni yuklab joʻnatishdan keyin paxta tolasi namunalari bajaruvchi tomonidan yetkazib beruvchiga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Paxta tozalash zavodlarida paxta tolasi toyining ogʻirligini tortib koʻrish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Paxta tolasining har bir toyi ogʻirligini tortib koʻrish paxta tozalash korxonasining presslash sexida yetkazib beruvchining tarozilarida bajaruvchi va yetkazib beruvchining vakillari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toylar boʻyicha tortib koʻrish natijalari boʻyicha ushbu Nizomga 2-ilovaga* muvofiq shakl boʻyicha paxta tolasi toylarining ogʻirligi toʻgʻrisida dalolatnoma rasmiylashtiriladi, u bajaruvchi va yetkazib beruvchining haqiqiy muhri bilan tasdiqlanadi. Uning bir nusxasi buyurtmachining vakiliga beriladi, yetkazib beruvchi toylar boʻyicha tortib koʻrish dalolatnomasi asosida schyot-sertifikatni rasmiylashtiradi. Toylar boʻyicha tortib koʻrish dalolatnomasining amal qilish muddati muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati tugagach tamom boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻz DSt 841ga muvofiq yetkazib beruvchining presslash sexida foydalaniladigan tarozilari tortib koʻrishda yoʻl qoʻyiladigan koʻpi bilan ±0,5 kg. nuqsonli boʻlishi kerak (sinash shkalasining boʻlinish birligi — koʻpi bilan 0,2 kg). Tortib koʻrish natijasi verguldan keyin birinchi belgigacha boʻlgan aniqlik bilan yozib qoʻyilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Terminalda tola partiyasini nazorat boʻyicha tortib koʻrishda toyning oʻrtacha massasi ±1,0 kg. dan ortiq miqdorda farq qilmasa, toy boʻyicha tortib koʻrish dalolatnomasida koʻrsatilgan toyning oʻrtacha massasidan toylar boʻyicha tortib koʻrish dalolatnomasi maʼlumotlari toʻgʻri deb hisoblanadi. Bunda bajaruvchi va yetkazib beruvchining toylar boʻyicha tortib koʻrish natijalari oʻzgartirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Terminalda bajaruvchi va yetkazib beruvchining toylar boʻyicha tortib koʻrish dalolatnomasida koʻrsatilgan maʼlumotlar bilan toyning oʻrtacha massasi boʻyicha ±1,0 kg. dan ortiqligi aniqlangan taqdirda buyurtmachi bu haqda maʼlum qiladi, shundan soʻng bajaruvchi va yetkazib beruvchining vakillari xaridor yoki buyurtmachi vakili bilan birgalikda qayta tortib koʻrish uchun ikki kun muddatda yetib kelishi kerak. Yetkazib beruvchi qayta tortib koʻrish dalolatnomalari asosida schyot-sertifikatga oʻzgartirishlar kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Massa boʻyicha tafovut tasdiqlangan taqdirda bajaruvchi oʻz hisobidan takroriy tortib koʻrishni amalga oshiradi. Yetkazib beruvchi va buyurtmachi bajaruvchining paxta tolasining 100 foiz bahsli hajmini takroriy tortib koʻrish asosida tuzilgan dalolatnomalari asosida haqiqiy massani hisobga olgan holda oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Massa boʻyicha tafovutlar tasdiqlanmagan taqdirda toylar boʻyicha tortib koʻrish dalolatnomalarining maʼlumotlari oʻzgarishsiz qoladi, qoʻshimcha xarajatlar esa buyurtmachi hisobiga kiritiladi, keyinchalik xaridorning xarajatlariga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Bajaruvchining vakili 100 foiz qayta tortib koʻrishni oʻtkazish uchun ikki kun muddatda terminalga kelmagan taqdirda, bajaruvchi ushbu Nizomning 6-bobiga muvofiq javobgar boʻladi, xaridor tomonidan jalb etilgan betaraf nazorat qiluvchi tashkilotning paxta tolasi toyi massasi boʻyicha maʼlumotlari esa yetkazib beruvchi va buyurtmachi oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar uchun yakuniy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Bajaruvchi paxta tozalash korxonasida va terminalda paxta tolasi toyning sifati va massasini tanlab nazorat qilish hamda natijalar qoniqarsiz boʻlgan taqdirda sinovlar protokolining dastlabki hujjatlarini yoki bajaruvchi va yetkazib beruvchi tomonidan tuzilgan toylar boʻyicha tortib koʻrish dalolatnomasini bekor qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Paxta tolasini sinash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Paxta tolasi har bir toʻdasi namligining massaviy ulushini aniqlash uchun bajaruvchining vakili tomonidan paxta tolasini presslashdan oldin olingan namunalarni O`z DSt 634 “Paxta tolasi. Namlikning massoviy ulushini aniqlash usullari”ga koʻra bajaruvchining paxta tozalash korxonalarida joylashgan sinov laboratoriyasida ushbu Nizomning 3-ilovaga* muvofiq shakl boʻyicha amalga oshiriladi.
(19-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-sentabrdagi 759-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 09/18/759/2026-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta tolasining har bir toyidan olingan namunalarni sinab koʻrishni mutaxassislar Oʻz DSt 604 ga muvofiq NVI usuli va klasser usuli bilan bajaruvchining mintaqaviy laboratoriyasida amalga oshiradilar. Sinashlar natijasida paxta tolasining uzunligi (tipi), navi va klassi, mikroneyr koʻrsatkichi, solishtirma uzilishi kuchi va uzunligi boʻyicha birxillik indeksi, shuningdek, paxta tolasi namunalaridagi sifat nuqsonlari (chigit, lint, yogʻ, hid va shu kabilar) va boshqa aralashmalar mavjudligi aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Birinchi” (I) va “Ikkinchi” (II) oʻrta tolali navlar paxta tolasi uchun mikroneyr koʻrsatkichi, solishtirma uzilish kuchi va uzunligi boʻyicha birxillik indeksi sinab koʻrilgan partiyadagi barcha toylarning oʻrtacha koʻrsatkichlar maʼlumotlari boʻyicha aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SITC (NVI) usuli va klasser usuli boʻyicha barcha maʼlumotlar belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkaziladi va bajaruvchining maʼlumotlari milliy bazasida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Laboratoriyada paxta tolasining navi va klassini baholashning klasser usulida yetkazib beruvchining vakillari ishtirok etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Paxta tolasi sifatini toylar boʻyicha sinov natijalari ushbu Nizomga 4-ilovaga* muvofiq shakl boʻyicha sinovlar dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Sinovlar dalolatnomasida, shuningdek, paxta tolasining Oʻz DSt 604 talablariga muvofiqligi yoki nomuvofiqligi haqidagi maʼlumotlar ham koʻrsatiladi. Sinovlar dalolatnomasida nomuvofiqlik boʻlgan taqdirda ushbu Nizomga 5-ilova* boʻyicha paxta tolasi sifati nuqsonlari kodlari koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bajaruvchi buyurtmachining buyurtmanomasi boʻyicha unga SITC NVI tizimi boʻyicha sinalgan tola partiyasi natijalarining elektron koʻchirmasini berish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sinovlar dalolatnomasini NVI, klasser tizimida sifat nazorati boʻyicha boʻlim boshligʻi imzolaydi va bajaruvchining mintaqaviy laboratoriyasi boshligʻi tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sinovlar dalolatnomasining bir nusxasini bajaruvchi yetkazib beruvchining vakiliga beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Sinovlar dalolatnomasida koʻrsatilgan toylar boʻyicha sinovlar natijalari asosida, paxta tozalash korxonasida yetkazib beruvchi yoxud terminalda yetkazib beruvchi yoki buyurtmachi paxta tolasi partiyasining uchta klassigacha qatnashishga qoʻyilgan sanoat va seleksiya navi tipi boʻyicha bir xil tolalarni komplektlaydi, komplektlangan partiyaning brutto massasini va konditsion massasini aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mintaqaviy laboratoriya komplektlangan partiya uchun ushbu Nizomga 6-ilovaga* muvofiq shakl boʻyicha paxta tolasi sinovlari protokolini rasmiylashtiradi. Sinovlar protokolini bajaruvchining vakillari imzolaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bajaruvchining mintaqaviy laboratoriyadagi vakolatli vakili (sertifikatlash boʻyicha mutaxassis) sinovlar protokoli asosida paxta tolasining sinalgan partiyasiga uchta dublikat nusxasi bilan birga muvofiqlik sertifikatlarini rasmiylashtiradi, uni belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazadi va mintaqaviy laboratoriya muhri (xizmat koʻrsatish belgisi) bilan tasdiqlaydi. Dublikatning asl nusxasi va bir nusxasi yetkazib beruvchining vakiliga beriladi. Dublikat nusxalarining bittasi buyurtmachiga yuboriladi, bittasi mintaqaviy laboratoriyada qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlik sertifikati davlat tilida, rus yoxud ingliz tillarida toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sertifikat roʻyxatdan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab kuchga kiradi. Sertifikatning amal qilish muddati Oʻz DSt 841 boʻyicha paxta tolasini tashish va saqlash shartlariga rioya qilingan taqdirda 6 oyni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlik sertifikatining ushbu amal qilish muddati oʻtgach bajaruvchi sertifikatlash tartibini belgilangan tartibda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Muvofiqlik sertifikati har bir komplektlangan paxta tolasi partiyasiga alohida beriladi. Bunda paxta tolasi partiyasining sifati va miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ushbu Nizomga 7-ilovaga* muvofiq shakl boʻyicha muvofiqlik sertifikatiga ilovada keltiriladi. Buyurtmachi bilan kelishuv boʻyicha muvofiqlik sertifikati bir necha partiya uchun berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Paxta tolasi terminalga yuklab joʻnatilayotganda yetkazib beruvchi yuklab joʻnatish hujjatlari orasiga muvofiqlik sertifikatining asl nusxasini va unga ilovani joylashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izchil tartibda raqamlash tizimiga oʻtilganda paxta tolasi toyini terminallarga muvofiqlik sertifikatisiz (inspeksiya dalolatnomasisiz) yetkazib berishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Paxta tolasining bir nechta klassi (koʻpi bilan uchta) mavjud boʻlgan partiyasiga muvofiqlik sertifikatlari nusxalari har qaysi klass uchun alohida berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Muvofiqlik sertifikati quyidagi holatlarda berilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta tolasi namunalarida chigit, lint, paxtani qayta ishlash chiqitlari, yogʻli tola, ortiqcha nam tola, chirindi hidi yoki tolaning navi va klassini baholash klasser usuli boʻyicha oʻtkazilayotgan paxta tolasi rasmiy namunalarida mavjud boʻlmagan boshqa aralashmalar bor boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta tolasi tegishli sanoat navining cheklangan “Iflos” klassidagidan ortiqcha iflos boʻlgan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tola yoki uning tashqi koʻrinishi paxta tolasining etalon namunasiga muvofiq boʻlmagan rangda boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrtacha va uzun tolali paxta tolasi aralash boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tola partiyasida turli sanoat navlaridagi mansub toylar mavjud boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toy zarur darajada markirovka qilinmaganda, joylashtirilmaganda, iflos boʻlganda, toy sirtiga suv tekkanda, shuningdek, ushbu paxta tolasi partiyasi uchun hujjatlar mavjud boʻlmaganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Paxta tolasining O'z DSt 604 talablariga javob bermasligi, ushbu Nizomning 25-bandida sanab oʻtilgan belgilar boʻyicha muvofiqlik sertifikati berilishi mumkin boʻlmaganda bajaruvchi ushbu Nizomga 8-ilovaga* muvofiq shakl boʻyicha nomuvofiqlik haqidagi bildirishnomani ikki nusxada rasmiylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bildirishnomani bajaruvchining vakillari imzolaydi, mintaqaviy laboratoriya muhri (xizmat koʻrsatish belgisi) bilan tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bildirishnomaning bir nusxasi paxta tozalash korxonasi vakiliga beriladi, ikkinchi nusxasi mintaqaviy laboratoriyada qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta tolasi namunalarida kalta momiq va paxtani qayta ishlash aralashgan chiqitlari mavjud boʻlganda mahsulot sertifikatlanmaydi, inspeksiya dalolatnomasi rasmiylashtirilmaydi va bu haqda buyurtmachiga asoslangan xabarnoma beriladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-sentabrdagi 759-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 09/18/759/2026-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mintaqaviy laboratoriya Oʻz DSt 604 talablariga javob bermaydigan paxta tolasi mavjudligi boʻyicha axborotlarni tizimlashtiradi va umumlashtiradi hamda maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi huzuridagi “Agrosanoat majmuida xizmat koʻrsatish markazi” davlat unitar korxonasi va “Oʻzpaxtasanoat” AJga beradi.
(26-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-sentabrdagi 759-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 09/18/759/2026-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. O'z DSt 604 talablariga javob bermaydigan har bir paxta tolasi partiyasi sinovlari natijalari yuzasidan ushbu Nizomga 9-ilovaga* muvofiq shakl boʻyicha paxta tolasining inspeksiya dalolatnomasi rasmiylashtiriladi. Uni bajaruvchining vakillari imzolaydilar, mintaqaviy laboratoriya boshligʻi tasdiqlaydi, unga bajaruvchining mintaqaviy laboratoriyasi haqiqiy muhri (xizmat koʻrsatish belgisi) qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi koʻrinishi (rangi va ifloslanganligi) boʻyicha tasdiqlangan standart namunalarga muvofiq boʻlmagan paxta tolasi partiyasiga inspeksiya dalolatnomasini rasmiylashtirishda ushbu partiyaning navi va klassi uni qabul qilib olishda xaridor bilan kelishgan holda bajaruvchi va yetkazib beruvchi tomonidan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya dalolatnomasi muvofiqlik sertifikati oʻrniga paxta tolasi sifati toʻgʻrisidagi hujjat hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻz DSt 604 talablariga muvofiq boʻlmagan tola uchun berilgan inspeksiya dalolatnomalari bajaruvchi tomonidan belgilangan tartibda hisobga olinadi va roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Oʻtkazilgan tekshirishlar natijalariga koʻra xaridor tomonidan terminalda sifati va miqdori boʻyicha qabul qilib olish dalolatnomasi imzolanadi. Xaridorlar tomonidan imzolangan sifati va miqdori boʻyicha qabul qilib olish dalolatnomalari nusxalari buyurtmachilar tomonidan har kuni bajaruvchi va yetkazib beruvchining mintaqaviy laboratoriyasiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Buyurtmachi, yetkazib beruvchi yoki xaridor paxta tolasini sertifikatlash va tortib koʻrish natijalaridan norozi boʻlgan taqdirda ularning apellyatsiyalari amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Bajaruvchining javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Bajaruvchi oʻzi sinab koʻrgan paxta tolasi toʻdasi hajmining navi, klassi, uzunligi va mikroneyrini, namlikning massa nisbati, solishtirma uzilish kuchi va uzunlik boʻyicha birxillik indeksini (toy ichidagi brakdan tashqari) aniqlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatishda shartnomaviy majburiyatlarini zarur darajada bajarilishi uchun quyidagilar boʻyicha mulkiy javob beradi:
(30-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-sentabrdagi 759-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 09/18/759/2026-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta tolasini saqlash, yetkazib berish, terminaldan paxta tozalash zavodiga qaytarish;
(30-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-sentabrdagi 759-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 09/18/759/2026-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reklamatsiyalarni, daʼvolarni qonun hujjatlariga muvofiq iqtisodiy sudda koʻrib chiqish bilan bogʻliq xarajatlar bundan mustasno.
LexUZ sharhi
Qarang:Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Xaridorning terminallarda toyning oʻrtacha massasining haqiqiy tafovuti ±1,0 kg. dan ortiqligi yuzasidan eʼtirozlari tasdiqlangan taqdirda, bajaruvchi buyurtmachiga uning toyni qaytadan tortib koʻrish boʻyicha xizmatlari va ularning normativdan ortiqcha saqlangani uchun, toy massasidagi tafovut qiymatidan tashqari xarajatlarini toʻlaydi, shuningdek, aybdor shaxslarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq zarur choralar koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar bajaruvchi Oʻzbekiston Respublikasi terminallarida qaytadan tortib koʻrishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tortib koʻrishdagi xatolik yoʻl qoʻyiladigan ±0,5 kg. miqdoridagi normadan ortiqcha boʻlgan tarozilardan foydalanilganligini yoki toy massasi, verguldan keyingi dastlabki oʻninchi belgini hisobga olmasdan, kilogrammlardagi butun miqdorgacha yaxlitlab yozilganligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarozilar vakolatli organlarning tekshirish toʻgʻrisidagi guvohnomalariga ega boʻlmaganligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toylar Oʻz DSt 841 standarti buzilgan holda tarozida tortilganligi, tashilganligi va saqlanganligini isbotlab bergan taqdirda toy massasi boʻyicha eʼtirozlar qondirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Xaridorning sertifikatlash va tortib koʻrishlar natijalari yuzasidan eʼtirozlari tasdiqlanmagan taqdirda, eʼtirozlarni koʻrib chiqish boʻyicha barcha xarajatlarni buyurtmachi toʻlaydi, keyinchalik ular xaridorlarning hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Xarajatlarni toʻlash boʻyicha buyurtmachi va bajaruvchi oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Buyurtmachining javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Buyurtmachi paxta tolasini terminallardan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan muvofiqlik sertifikatisiz (inspeksiya dalolatnomasisiz) terminalda toylar boʻyicha tortib koʻrib dalolatnomasisiz hamda sifati va massasi boʻyicha qabul qilib olish dalolatnomasisiz yuklab joʻnatishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Buyurtmachi xaridorlar bilan oʻzi tuzadigan kontraktlarda faqat Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi terminallarda paxta tolasining Oʻzbekiston Respublikasi hududida xaridorning vakillari tomonidan qabul qilib olingan paxta tolasi partiyalari boʻyicha, toy ichidagi brakdan tashqari, sifat va massasi yuzasidan eʼtiroz bildirishga haqli emasligi sharti bilan sifati va massasi boʻyicha qabul qilib olinishini nazarda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Paxta tolasining toy ichidagi braki boʻyicha biron-bir bahsli masalani Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida koʻrib chiqish zarurati paydo boʻlgan taqdirda, buyurtmachi yetkazib beruvchining mutaxassislariga viza olishda koʻmaklashishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Buyurtmachi bajaruvchiga terminallarda doimiy vakolatxona uchun bino berishi kerak. Paxta tolasini eksport qilish bilan bogʻliq masalalarni oʻz vaqtida va darhol hal etish maqsadida buyurtmachi terminallarda bajaruvchining vakillariga terminallarga tushadigan, xaridorlar qabul qilib oladigan, terminallardan yuklab joʻnatiladigan paxta tolasi partiyalari haqida axborot taqdim etishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Buyurtmachi toy massasini bajaruvchi va yetkazib beruvchi tortib koʻrgandan keyin toy massasini qayta tekshirish uchun buyurtmachi tomonidan jalb etiladigan inspeksiya kompaniyalaridan ular qoʻllaydigan tarozilardagi nuqsonlar va vakolatli organlar tomonidan tarozilarning tekshirilgani toʻgʻrisidagi guvohnomaning mavjudligi haqidagi maʼlumotlarni talab qilishiga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Yetkazib beruvchining javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Yetkazib beruvchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta tolasi toyini tortib koʻrish uchun presslash sexida, shuningdek, Oʻz DSt 841 standarti talablariga muvofiq boʻlgan paxta tolasi toyini nazorat tartibida tortib koʻrish uchun paxta tozalash zavodining tayyor mahsulotlarini saqlash maydonchalarida tarozilar oʻrnatilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarozilarning toʻgʻri ishlashini nazorat qilish uchun standart tarozi toshlari bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terminallarga tipi va navi boʻyicha bir xil, boshqa aralashmalarsiz, noxush hidsiz, ortiqcha namsiz va shu kabi vagon normasi paxta tolasi yetkazib berilishini taʼminlashga doir barcha chora-tadbirlar koʻrilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pichoqli qurilmalar bilan namunalar qirqilgan joylarda toylar idishlari qayta tiklanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta tozalash zavodlari presslaridagi pichoq qurilmalarining maqbul holatda boʻlishini va ularning oʻz vaqtida almashtirib turilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta tolasi namunalarini saqlash va zarur hujjatlarni rasmiylashtirish uchun bajaruvchini paxta tozalash zavodida joy bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻz DSt 841 standartiga muvofiq boʻlgan paxta tolasi idishga joylashtirilishini, toylar markirovka qilinishini, tashilishi va saqlanishini taʼminlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Yetkazib beruvchi paxta tolasini terminallarga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan muvofiqlik sertifikatisiz (inspeksiya dalolatnomasisiz) va toylar boʻyicha tortib koʻrish dalolatnomasisiz yuklab joʻnatishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izchil raqamlash tizimiga oʻtilganda paxta tolasi toylarini terminallarga muvofiqlik sertifikatisiz (inspeksiya dalolatnomasisiz) yetkazib berishga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Toylar ichida brak aniqlangan taqdirda yetkazib beruvchi ushbu hajmlarni sotish va qaytarish bilan bogʻliq barcha xarajatlar boʻyicha mulkiy javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Toyning oʻrtacha massasidagi tafovutning ±1,0 kg. dan ortiqchaligi yuzasidan xaridorning buyurtmachiga eʼtirozlari tasdiqlangan taqdirda, yetkazib beruvchi va buyurtmachi oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar paxta tolasi partiyasining haqiqiy massasi boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 106-son qaroriga 4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2018-yil 1-apreldan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan baʼzi qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RUYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Paxta tolasini sotish va hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2016-yil 30-avgustdagi 286-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 8-son, 82-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etish toʻgʻrisida” 2017-yil 9-oktabrdagi 810-son qaroriga 1-ilovaning 31-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etish toʻgʻrisida” 2018-yil 19-yanvardagi 34-son qaroriga 1-ilovaning 37-bandi.