1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.01.00 Boj toʻlovlarining umumiy qoidalari;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.09.00.00 Alohida turdagi mahsulotlar, valyuta va transport vositalarini olib kirish va olib chiqish / 10.09.01.00 Alohida turdagi mahsulotlarni olib kirish va olib chiqish]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
Norasmiy tarjima
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-apreldagi PF-74-sonli “Bozor islohotlari va Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga aʼzoligiga erishish yanada jadallashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-fevraldagi “Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3512-son qarorining 1 va 2-ilovalari 2025-yil 19-iyulgacha amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtishni tartibga solish, tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi shartlarini umum qabul qilingan jahon standartlariga muvofiqligini taʼminlash, bojxona jarayonlari va rasmiyatchiligini soddalashtirish, shuningdek, bojxona chegarasini bosib oʻtayotgan jismoniy shaxslar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) jismoniy shaxs tomonidan respublikaga olib kiriladigan, bojxona toʻlovlariga tortilmaydigan tovarlarning chegaralangan normalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro aeroportlari bojxona chegaralari orkali olib oʻtishda — 2 000 (ikki ming) AQSH dollari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegaralarining temir yoʻl va daryo bojxona chegaralari oʻtish punktlari orqali olib oʻtishda — 1 000 (bir ming) AQSH dollari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegaralarining avtoyoʻl (piyoda) bojxona chegaralari oʻtish punktlari orqali olib oʻtishda — 300 (uch yuz) AQSH dollari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro kuryerlik joʻnatmalari orqali jismoniy shaxslar nomiga kelayotgan tovarlar uchun — bir kalendar chorak mobaynida 1 000 (bir ming) AQSH dollari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro pochta joʻnatmalari orqali jismoniy shaxslar nomiga kelayotgan tovarlar uchun — 100 (yuz) AQSH dollari;
(1-band “a” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-iyuldagi PQ-3873-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.07.2018-y., 07/18/3873/1578-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bojxona toʻlovlariga tortilmaydigan respublikaga jismoniy shaxslar tomonidan olib kiriladigan tovarlarni ayrim turlari normalari 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) bojxona deklaratsiyasini taqdim etmagan holda respublikadan jismoniy shaxslar tomonidan olib ketiladigan tovarlarning cheklangan normalari 5 000 (besh ming) AQSH dollari;
(1-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-oktabrdagi PF-5564-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2018-y., 06/18/5564/2137-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) jismoniy shaxslar tomonidan ayrim turdagi tovarlarni respublikadan olib chiqish normalari 2-ilovaga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro aeroportlari orqali bojxona chegarasidan kesib oʻtish holatlari bundan mustasno;
(1-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-iyuldagi PQ-3873-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.07.2018-y., 07/18/3873/1578-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) mazkur bandning “a” — “g” kichik bandlarida koʻrsatilgan meʼyorlar doirasida tovarlarni jismoniy shaxs tomonidan bojxona chegarasidan olib kirilishi va olib chiqilishi majburiy yozma deklaratsiyasiz amalga oshiriladi, bundan xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari hamda tadbirkorlik faoliyati uchun moʻljallangan tovarlar mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan tovarlarning qanday maqsadga moʻljallanganligini aniqlashda tovarlarning miqdori hisobga olinadi va bunda tovarlarni olib oʻtayotgan jismoniy shaxs va uning oila aʼzolari ehtiyojlaridan ortiq miqdordagi bir turdagi tovarlarga, agar tovarlarni olib oʻtayotgan shaxs aksini isbotlab bermasa, tadbirkorlik faoliyatida foydalanish uchun olib kirilayotgan tovarlar deb qaraladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur bandning “a” — “g” kichik bandlarida koʻrsatilgan meʼyorlardan oshganda hamda jismoniy shaxslar tomonidan tadbirkorlik faoliyati uchun tovarlar olib oʻtilganda, qonun hujjatlariga binoan olib kirilayotgan tovarlarning barcha summasiga nisbatan bojxona rasmiylashtiruvining umumiy qoidalari qoʻllaniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan kelishgan holda jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali bojxona toʻlovlari undirilmaydigan tovarlar meʼyorlarini va olib oʻtish shartlarini belgilashi mumkin;
(1-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-iyuldagi PQ-3873-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.07.2018-y., 07/18/3873/1578-son)
LexUZ sharhi
1-bandning “d” kichik bandiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-noyabrdagi PF-5582-sonli Farmoniga asosan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
LexUZ sharhi
1-band “d” kichik bandining oltinchi xatboshisiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5624-sonli Farmoniga asosan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslar Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan qimmatbaho metallardan tayyorlangan oʻlchovli yombilar va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalarini ularning sertifikatlari mavjud boʻlgan holatlarda respublika hududidan tashqariga cheklovlarsiz olib chiqish va tovarlarni qonunchilikda belgilangan normalarining eng koʻp miqdoridan oshgan taqdirda, yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini toʻldirib olib chiqish huquqiga ega.
(1-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-sentabrdagi PF-6066-son Farmoniga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.09.2020-y., 06/20/6066/1317-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi (M.V. Toxiriy) Tashqi ishlar vazirligi (A.X. Komilov) bilan birgalikda ushbu qarorning tartib-qoidalarini respublika aholisi va xorijiy davlatlar fuqarolariga oʻz vaqtida yetkazish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi mazkur qarorning tartib-qoidalarini ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy shaxslar tomonidan isteʼmol tovarlarini olib kirishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 1-iyuldagi PQ-1118-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat bojxona qoʻmitasi, Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiq holga keltirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi N.S. Otajonov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona qoʻmitasi raisi M.V. Toxiriy zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 6-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3512-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-fevraldagi PQ-3512-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona toʻlovlariga tortilmaydigan respublikaga jismoniy shaxslar tomonidan olib kiriladigan tovarlarni ayrim turlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r
Tovarning nomi
Har bir jismoniy shaxs tomonidan olib kiriladigan tovarlar normalari
1.
Alkogol mahsuloti, shu jumladan pivo
umumiy miqdori 2 litrdan koʻp boʻlmagan
2.
Tamaki mahsulotlarining barcha turlari
umumiy miqdori 10 qutidan koʻp boʻlmagan
3.
Atir va ifor taratuvchi suvlar
umumiy miqdori 3 tadan koʻp boʻlmagan
4.
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlari
umumiy ogʻirligi 65 grammdan koʻp boʻlmagan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Ushbu tovarlar qiymati jismoniy shaxslar tomonidan bojxona toʻlovlari undirilmaydigan tovarlarni olib oʻtishda mazkur qarorning 1-bandi “a” kichik bandida belgilangan cheklangan normalarga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-fevraldagi PQ-3512-son qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslar tomonidan olib ketiladigan ayrim tovarlarning turlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r
Qisqacha nomi
Har bir jismoniy shaxs tomonidan olib chiqib ketiladigan tovarlar normalari
1.
Guruch
umumiy ogʻirligi 3 kg.dan koʻp boʻlmagan
2.
Non-bulka mahsulotlari
umumiy ogʻirligi 5 kg.dan koʻp boʻlmagan
3.
Goʻsht va goʻsht oziq-ovqat mahsulotlari
umumiy ogʻirligi 2 kg.dan koʻp boʻlmagan
4.
Shakar
umumiy ogʻirligi 2 kg.dan koʻp boʻlmagan
5.
Oʻsimlik moylari
umumiy ogʻirligi 2 kg.dan koʻp boʻlmagan
6.
Yangi uzilgan meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz ekinlari, dukkakli oʻsimliklari hamda quritilgan sabzavot va mevalar
umumiy ogʻirligi 40 kg.dan koʻp boʻlmagan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Ushbu tovarlar qiymati jismoniy shaxs tomonidan olib kelishda mazkur qarorning 1-bandi “v” kichik bandida belgilangan cheklangan normaga kiritiladi.
Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.07.2018-y., 07/18/3873/1578-son, 31.10.2018-y., 06/18/5564/2137-son, 26.11.2018-y., 06/18/5582/2220-son; 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son; 23.09.2020-y., 06/20/6066/1317-son)