Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi bank tizimida dasturiy mahsulotlardan foydalanish uchun ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 6-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1739-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-sentabrdagi PF-5185-son “Oʻzbekiston Respublikasida Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2007-yil 29-sentabrdagi 25/4-son “Oʻzbekiston Respublikasi bank tizimida dasturiy mahsulotlardan foydalanish uchun ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1739, 2007-yil 20-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 46-47-son, 479-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2018-yil 27-yanvar,
3/6-son
Kelishilgan:
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri v.b. Sh. SHERMATOV
2018-yil 27-yanvar
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2018-y., 10/18/1739-1/0662-son)