Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining
Qarori
Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash toʻgʻrisidagi nizomning 5-ilovasiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 1-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2893-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi PF-5264-son “Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-noyabrdagi PQ-3416-son “Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/3-son qarori (roʻyxat raqami 2893, 2017-yil 23-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 25-son, 568-modda) bilan tasdiqlangan Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash toʻgʻrisidagi nizomning 5-ilovasi 4-bandidagi “Fan va texnologiyalar agentligi” degan soʻzlar “Innovatsion rivojlanish vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qaror Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi hamda Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oliy attestatsiya komissiyasi raisi A. YUSUPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 26-yanvar,
249/6-son
Kelishildi:
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I. MADJIDOV
2018-yil 23-yanvar
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV
2018-yil 23-yanvar
Tashqi ishlar vaziri A. KAMILOV
2018-yil 23-yanvar
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ShADMANOV
2018-yil 24-yanvar
Madaniyat vaziri B. SAYFULLAYEV
2018-yil 24-yanvar
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari A. VAXABOV
2018-yil 24-yanvar
Fanlar akademiyasi prezidenti B. YULDASHEV
2018-yil 25-yanvar
Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi raisi R. KURBANOV
2018-yil 25-yanvar
Innovatsion rivojlanish vaziri I. ABDURAXMONOV
2018-yil 25-yanvar
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2018-y., 10/18/2893-1/0649-son)