Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
“Benzin, dizel yoqilgʻisi va aviakerosin uchun qatʼiy miqdorda belgilangan aksiz soligʻi stavkalarini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 1-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2254-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2011-yil 10-avgustdagi 50-son “Benzin, dizel yoqilgʻisi va aviakerosin uchun qatʼiy miqdorda belgilangan aksiz soligʻi stavkalarini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2254, 2011-yil 16-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 32-33-son, 341-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2018-yil 19-yanvar,
10-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2018-y., 10/18/2254-1/0644-son)