Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.07.2017 31.12.1998 yildagi PF-2165-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.07.2017
Hujjat 31.12.1998 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DAVLAT EHTIYOJLARI UChUN XARID QILINADIGAN QIShLOQ XOʻJALIK MAHSULOTLARINING HISOB-KITOB JAMGʻARMASINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyundagi PF-5095-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining davlat xaridi va qishloq xoʻjaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjalik tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan davlat ehtiyojlari uchun yetkazib berilgan mahsulotlarga oʻz vaqtida boʻnak berilishi va hisob-kitob qilinishini taʼminlash maqsadida:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjalik mahsulotlarining hisob-kitob Jamgʻarmasi tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jamgʻarma zimmasiga quyidagi vazifalarni hal qilish yuklansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ehtiyojlari uchun yetishtiriladigan hamda yetkazib boriladigan paxta, gʻalla va sholi uchun boʻnaklar va uzil-kesil hisob-kitoblarni oʻz vaqtida moliyalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan mazkur qishloq xoʻjalik mahsulotlarini boʻnak bilan taʼminlash va uzil-kesil hisob-kitob qilish uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid qilinadigan mahsulot uchun hisob-kitoblarni taʼminlaydigan barcha boʻgʻinlar — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, banklar, tayyorlov tashkilotlari hamda qishloq xoʻjalik tovar ishlab chiqaruvchilari faoliyatini muvofiqlashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar Jamgʻarmani shakllantirishning asosiy manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta tolasini eksport qilish boʻyicha forvard shartnomalaridan tushadigan boʻnak toʻlovlari hamda ular yuzasidan uzil-kesil hisob-kitoblar boʻyicha tushadigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan mahsulotlarni qayta baholashdan hosil boʻladigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjetdan tashqari boshqa mablagʻlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga bir hafta muddatda Jamgʻarmaning moliyaviy operatsiyalarini olib borish uchun paxta, gʻalla va sholini xarid qilish boʻyicha tuzilgan shartnoma hajmlarini moliyalash boʻyicha budjetdan tashqari uchta asosiy hisobvaraq, shuningdek, kredit mablagʻlarini toʻlash yuzasidan mablagʻlarni jamlash uchun mazkur mahsulot turlari boʻyicha uchta ilova hisobvaragʻi ochish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga Jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish vakolati berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining markaziy apparati tarkibida Jamgʻarmaning ishchi apparati tarzidagi maxsus boʻlinma tuzilib, vazirlik markaziy apparatining soni 5 kishiga koʻpaytirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Paxtabank”ni — paxta yetishtirish, xarid qilish va qayta ishlashni moliyalash boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Gʻallabank”ni — gʻalla va sholi yetishtirish, xarid qilish hamda qayta ishlashni moliyalash boʻyicha Jamgʻarmaning asosiy moliya agentlari etib tayinlash toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning moliya agentlari zimmasiga maxsus ochiladigan maqsadli hisobvaraqlar orqali davlat ehtiyojlari uchun yetkazib beriladigan ushbu mahsulotlarga ajratiladigan mablagʻlardan aniq maqsad yoʻlida foydalanilishi va hisob-kitoblarning oʻz vaqtida amalga oshirilishi, shuningdek berilgan kreditlarning belgilangan muddatlarda qaytarilishi ustidan nazorat oʻrnatish vazifasi yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Oʻzpaxtasanoatsotish” uyushmasi — paxtani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzdonmahsulot” DAK — gʻalla va sholini xarid qilish, saqlash, qayta ishlash hamda sotish boʻyicha Jamgʻarmaning tijorat agentlari etib tayinlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, Jamgʻarma davlat ehtiyojlari uchun paxta xarid qilish umumiy hajmi boʻyicha “Oʻzpaxtasanoatsotish” uyushmasi bilan, gʻalla va sholi xarid qilish umumiy hajmi boʻyicha esa “Oʻzdonmahsulot” davlat aksiyadorlik korporatsiyasi bilan Bosh bitim tuzadi. Mazkur uyushma va korporatsiya Jamgʻarma nomidan hamda u bilan kelishgan holda va tegishli ravishda “Paxtabank” hamda “Gʻallabank” ishtirokida mahsulot xarid qilish toʻgʻrisidagi kontraktatsiya shartnomalari oʻz vaqtida tuzilishini, xarid qilinadigan qishloq xoʻjalik mahsulotiga boʻnak berilishi va uzil-kesil hisob-kitob qilinishini, uni xarid qilish, saqlash va qayta ishlash chogʻida belgilangan standartlarga rioya etilishi ustidan nazoratni taʼminlaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Quyidagilar belgilab qoʻyilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjalik mahsulotiga boʻnak berish va uzil-kesil hisob-kitob qilish uchun Jamgʻarmadan mablagʻ ajratish 1999-yilgi hosildan boshlab amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kalendar yili oxirida Jamgʻarma mablagʻlarining qoldiqlari olib qoʻyilmaydi, budjetdan tashqari hisobvaraqlarda hisobga olinadi va kelgusi yilda qishloq xoʻjalik tovar ishlab chiqaruvchilariga boʻnak berish hamda ular bilan uzil-kesil hisob-kitob qilish uchun moliyaviy mablagʻlarga boʻlgan ehtiyoj balansi hisob-kitoblarida foydalaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini, toʻlovlarning oʻz vaqtida oʻtishi va hisob-kitoblar oʻz vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilish vazifasi yilning har choragida yoppasiga va tanlab tekshirishlar oʻtkazish yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Bosh nazorat-taftish boshqarmasi zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mansabdor shaxslar ogohlantirib qoʻyilsinki, vakolatlari boʻlmagan holda Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanishga aralashish yoʻlidagi urinishlari uchun ular amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlikka, hatto jinoiy javobgarlikka ham tortiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda oʻn kun muddatda davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjalik mahsulotlarining hisob-kitob Jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqib, tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzpaxtasanoatsotish” uyushmasi hamda “Oʻzdonmahsulot” davlat aksiyadorlik korporatsiyasi bilan birgalikda bir oy muddatda 1999-yilgi hosildan davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta, gʻalla va sholining xarid narxlari toʻgʻrisidagi takliflarni, shuningdek bajariladigan Qishloq xoʻjalik ishlarining mavsumiyligini hisobga olgan holda yil choraklari boʻyicha Jamgʻarmaning moliyaviy mablagʻlarga boʻlgan ehtiyojlari balansini kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosarlari B. Hamidov va B. Olimjonov zimmalariga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 31-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-2165-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 6-son, 120-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 19-20-son, 139-modda; 2009-y., 22-son, 257-modda; 2016-y., 13-son, 116-modda, 46-son, 527-modda, 47-son, 537-modda)