27.01.2018 yildagi 63-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 01.02.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida qizilmiya va boshqa dorivor oʻsimliklarni yetishtirish hamda sanoat usulida qayta ishlashni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, mahalliy va xorijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda yuqori qoʻshilgan qiymatga ega boʻlgan eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish uchun qizilmiya oʻsimligini yetishtirish va sanoat usulida qayta ishlash hajmlarini oshirish, shuningdek, dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va sanoat usulida qayta ishlash sohasini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hamda Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Qizilmiya va boshqa dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash tashkilotlari uyushmasini (keyingi oʻrinlarda Uyushma deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar uyushmaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qizilmiya va boshqa dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlashni kompleks rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishni muvofiqlashtirish, ushbu sohada yagona ilmiy-texnikaviy, texnologik, investitsiya va eksport siyosatini yuritishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy maydonlardan oqilona foydalangan va intensiv yetishtirish texnologiyalarini qoʻllagan holda qizilmiya va boshqa dorivor oʻsimliklar oʻsishi uchun qulay hududlarda maxsus plantatsiyalar tashkil etish yoʻli bilan ularni yetishtirish hajmlarini bosqichma-bosqich oshirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qizilmiya xomashyosidan samarali foydalanish, uni sanoat asosida chuqur qayta ishlash va yuqori qoʻshilgan qiymatga ega boʻlgan eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qizilmiya va boshqa dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash sohasini rivojlantirishga doir meʼyoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qizilmiya va boshqa dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlashga moʻljallangan mavjud quvvatlarni oshirish va yangilarni tashkil etish jarayonlariga xorijiy sarmoyalarni, chet ellik mutaxassislar hamda konsultantlarni faol jalb etish, ushbu sohada ilgʻor texnologiyalarni joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur soha uchun mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash, oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida, shuningdek, xorijda ularning malakasini oshirish ishlarini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirishda ishtirok etish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni 15 nafardan iborat boʻlgan Uyushmaning ijro etuvchi apparati tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida qizilmiya oʻsimligini yetishtirish hamda sanoat usulida qayta ishlashni koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 16-maydagi PQ-2970-son qarori bilan tashkil etilgan qizilmiya oʻsimligi sanoat plantatsiyalarini yaratish va qizilmiya xomashyosini chuqur qayta ishlashni taʼminlash masalalari boʻyicha ishchi guruh ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uyushma ustavining tasdiqlanishini va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uyushmaning yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda Uyushmaning Nukus shahri, A. Utepov koʻchasi, 31-uy manzilidagi Nukus maishiy xizmat koʻrsatish va iqtisodiyot kasb-hunar kolleji binosiga bepul foydalanish huquqi bilan joylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qizilmiya va boshqa dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash bilan shugʻullanadigan tashkilotlar Uyushma aʼzolari tarkibiga kirishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uyushma raisi va uning oʻrinbosari muassislarning umumiy yigʻilishi qarori bilan saylanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uyushmaning ijro etuvchi apparatini saqlash xarajatlarini moliyalashtirish Uyushma aʼzolarining badal toʻlovlari, shuningdek, qonun hujjjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. 2018 — 2023-yillar davrida qizilmiya plantatsiyalarini bosqichma-bosqich tashkil etish, uni uzluksiz koʻpaytirishni taʼminlash maqsadida 2018-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasida qizilmiya oʻsimligi yangi plantatsiyalarini tashkil etish va xomashyosini tayyorlash hajmlari prognoz koʻrsatkichlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Fanlar akademiyasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi Qizilmiya yetishtirishni koʻpaytirish, chuqur qayta ishlash va dori vositalari hamda substansiyalar ishlab chiqarish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ikki hafta muddatda ishlab chiqsinlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tumanlar hokimliklari bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti, xorijiy mutaxassislar bilan birgalikda, tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda, qizilmiya va boshqa dorivor oʻsimliklar yetishtirish uchun qulay boʻlgan, umumiy maydoni 25 ming gektargachani tashkil qiladigin yer uchastkalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qizilmiya plantatsiyalari tashkil etish loyihalari tashabbuskorlari takliflari tanlab olinishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Qizilmiya plantatsiyalarini tashkil etish loyihalari tashabbuskorlari takliflarini tanlab olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ikki oy muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. “Oʻzagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyati Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil avgust oyigacha boʻlgan muddatda — qizilmiya oʻsimligi plantatsiyalarini tashkil etish va parvarish qilish, shuningdek, xalqaro talablarga muvofiq qizilmiya xomashyosini quritish va qadoqlash uchun zarur boʻladigan maxsus texnika vositalari va minitexnologiyalarga boʻlgan ehtiyojni hamda ularning turlarini aniqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talab etiladigan maxsus texnika vositalari va minitexnologiyalarni xarid qilish, shuningdek, imtiyozli shartlarda, lizing asosida olish boʻyicha barcha zarur tashkiliy-amaliy choralarni koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va boshqa tijorat banklariga qizilmiya va boshqa dorivor oʻsimliklarni yetishtirish boʻyicha sanoat plantatsiyalarini tashkil etuvchi tadbirkorlik subyektlariga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan yuqori boʻlmagan stavkalarda, toʻrt yillik imtiyozli davr bilan imtiyozli kredit mablagʻlari ajratish tavsiya etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi korxonalarini tarkibiy qayta tuzish agentligi qizilmiya va boshqa dorivor oʻsimliklar plantatsiyalarini tashkil etish, ularni yetishtirish va qayta ishlash loyihalarini moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlari grantlari va kreditlarini jalb etish yuzasidan bir oy muddatda takliflarni ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Qizilmiya va boshqa dorivor oʻsimliklar plantatsiyalarini tashkil etuvchi, shuningdek, qizilmiya ildizini qayta ishlovchi va tayyor mahsulot chiqaruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarga 2024-yil 1-yanvargacha quyidagi imtiyozlar berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) quyidagi toʻlovlardan ozod etish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer soligʻi, daromad soligʻi, yuridik shaxslar mulk soligʻi, yagona soliq toʻlovi, yagona yer soligʻi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasiga majburiy ajratmalardan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzlarining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun xorijdan keltiriladigan texnologik uskunalar, maxsus qishloq xoʻjaligi texnikalari, ularning tarkibiy va ehtiyot qismlari, xomashyolar, materiallar, respublikada ishlab chiqarilmaydigan qurilish materiallari hamda qizilmiya va boshqa dorivor oʻsimliklar urugʻlari va koʻchatlari uchun bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlaridan tashqari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) plantatsiyalar tashkil etish uchun zarur koʻchatlar (urugʻ, qalamchalar)ni tayyorlash (yigʻish) uchun ruxsatnoma olish uchun toʻlovlarni kechiktirish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. “Lanextrakt” MChJ qoʻshma korxonasi tomonidan taʼsis etiladigan xoʻjalik yurituvchi subyektga xorijiy investorlar ishtirokida isteʼmol spirti ishlab chiqarishga istisno tariqasida ruxsat etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, “Lanextrakt” MChJ qoʻshma korxonasi taʼsis etadigan xoʻjalik yurituvchi subyektda ishlab chiqarilgan oziq-ovqat spirti hajmining qizilmiya va dorivor oʻsimliklar ekstrakti ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan qismiga aksiz soligʻi toʻlash majburiyati boʻlmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi “Lanextrakt” MChJ qoʻshma korxonasi tomonidan taʼsis etiladigan xoʻjalik yurituvchi subyektga oziq-ovqat spirti ishlab chiqarish uchun xomashyo sotib olishga kvotalar ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi qizilmiya plantatsiyalari tashkil etish maqsadida olib kelinadigan qizilmiya va boshqa dorivor oʻsimliklar urugʻlari va koʻchatlarining istisno tariqasida qisqa muddatlarda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qizilmiya va boshqa dorivor oʻsimliklarni qayta ishlash va ulardan dorivor vositalar ishlab chiqarish boʻyicha farmatsevtika korxonalarini tashkil etish yuzasidan takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ikki oy muddatda oʻsimliklar xomashyosini chuqur qayta ishlash orqali yangi turdagi farmatsevtika mahsulotlari yaratish va ishlab chiqarish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish boʻyicha takliflar taqdim etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi 2018-2019 oʻquv yilidan boshlab Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filialida “Qizilmiya va boshqa dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi” mutaxassisligi boʻyicha kadrlar tayyorlashni tashkil etsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Toshkent davlat agrar universiteti bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir hafta muddatda Qorqalpogʻiston Respublikasining oʻziga xos tuproq-iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda, qizilmiya plantatsiyalari tashkil etish va qizilmiya hosilini yigʻish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yilning mart oyi mobaynida Qoraqalpogʻiston Respublikasining har bir tumanida fermer, dehqon xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligi korxonalari rahbar hamda mutaxassislari ishtirokida, zamonaviy ilm-fan yutuqlari va ilgʻor agrotexnologiyalardan foydalangan holda, qizilmiya plantatsiyalarini tashkil etish, xizmat koʻrsatish va hosilini yigʻish boʻyicha amaliy oʻquv-seminarlari oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirning oʻrinbosari — qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 27-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-yanvardagi 63-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qizilmiya va boshqa dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash tashkilotlari uyushmasi ijro etuvchi apparatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI

Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 15 nafar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-yanvardagi 63-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasida qizilmiya oʻsimligi yangi plantatsiyalarini tashkil etish va xomashyosini tayyorlash hajmlari prognoz koʻrsatkichlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tumanlar nomi

Ekin maydoni, ga

Hosildorlik ts/ga

Yangi hosil, tonna
(5 yildan soʻng)

1.

Toʻrtkoʻl

500

60

3 000

2.

Beruniy

500

60

3 000

3.

Ellikqaʼla

500

60

3 000

4.

Amudaryo

500

60

3 000

5.

Xoʻjayli

1 550

60

9 300

6.

Taxiatosh

500

60

3 000

7.

Shumanoy

2 500

60

15 000

8.

Qonlikoʻl

2 700

60

16 200

9.

Qoʻngʻirot

2 400

60

14 400

10.

Nukus

1 685

60

10 110

11.

Kegeyli

2 800

60

16 800

12.

Chimboy

2 935

60

17 610

13.

Qoraoʻzak

2 600

60

15 600

14.

Taxtakoʻpir

2 600

60

15 600

15.

Moʻynoq

730

60

4 380

Jami

25 000

60

150 000

Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.02.2018-y., 09/18/63/0637-son, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son; 16.02.2019-y., 09/19/138/2633-son; 17.01.2020-y., 09/20/30/0061-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son; 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)