1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.21.00 Engil, mahalliy sanoat;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.02 Paxtachilik]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fermer xoʻjaliklari, boshqa qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari (keyingi oʻrinlarda fermer xoʻjaliklari deb ataladi) va toʻqimachilik sanoati korxonalari oʻrtasida bozor munosabatlarini shakllantirish, paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etish asosida yuqori qoʻshilgan qiymatga ega raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Toʻqimachilik sanoati korxonalari, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining 2018-yil paxta xom ashyosi hosili doirasida sinab koʻrishni hisobga olgan holda 1-ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha hududlarda paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin hamda ushbu ishlab chiqarishni toʻqimachilik sanoati korxonalari (keyingi oʻrinlarda paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilari deb ataladi) hamda fermer xoʻjaliklari oʻrtasida paxta xom ashyosini yetishtirish va yetkazib berish yuzasidan toʻgʻridan-toʻgʻri kontraktatsiya shartnomasini tuzish asosida tashkil etish nazarda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilari yer, suv va boshqa resurslardan samarali hamda oqilona foydalanishga, hosildorlikni oshirishga va yetishtiriladigan paxta xom ashyosining oʻz vaqtida yigʻib-terib olinishiga koʻmaklashadi, shuningdek, uning chuqur qayta ishlanishini va yuqori qoʻshilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishning koʻpaytirilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lizing asosida qishloq xoʻjaligi texnikasi xarid qilish, mineral oʻgʻitlar, urugʻlik, yoqilgʻi-moylash materiallari, oʻsimliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari va boshqa material resurslar yetkazib berish boʻyicha fermer xoʻjaliklari uchun nazarda tutilgan shartlar hamda tartib paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilariga tatbiq etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi doirasida oʻz ehtiyojlari uchun ishlab chiqarilgan paxta tolasi ixtiyoriy asosda sertifikatlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarilgan paxta tolasining oʻz ishlab chiqarish quvvatlari ehtiyojlaridan oshadigan hajmlari paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilari tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri kontraktlar yoki birja savdolari orqali boshqa mahalliy isteʼmolchilarga sotiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxtadan olingan chigit paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchisi tomonidan mahsulotni qaytarish asosida yogʻ-moy korxonalariga, yogʻ-moy mahsulotini keyinchalik birja savdolari orqali realizatsiya qilish sharti bilan, qayta ishlangan chigit chiqindilari (shrot, sheluxa) esa toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha birinchi navbatda, fermer xoʻjaliklariga, shuningdek, boshqa mahalliy isteʼmolchilarga sotiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshimcha mahsulotlar (lint, oʻlik paxta va boshqalar) paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchisi tomonidan mahalliy isteʼmolchilarga birja savdolari orqali sotiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchisi tomonidan xarid qilinadigan paxta xom ashyosi narxi fermer xoʻjaliklarining rentabelligi hisobga olinib, agrotexnologik xaritalar asosida shakllantiriladigan xarajatlardan kelib chiqqan holda shartnoma asosida belgilanadi va davlat ehtiyojlari uchun belgilangan narxlardan past boʻlmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Suv xoʻjaligi vazirligi Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda oʻn kun muddatda fermer xoʻjaliklari roʻyxatini belgilasinlar hamda ularga paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilari bilan kontraktatsiya shartnomalarini tuzishda amaliy yordam koʻrsatsinlar.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi 253-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2018-y., 09/18/253/0994-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi va “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi bilan birgalikda fermer xoʻjaliklari hamda paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilari oʻrtasida paxta xom ashyosini yetishtirish va yetkazib berish boʻyicha namunaviy kontraktatsiya shartnomasini bir hafta muddatda ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin, unda jumladan fermer xoʻjaliklarining oʻz majburiyatlarini soʻzsiz bajarishi choralarini nazarda tutsin.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi 253-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2018-y., 09/18/253/0994-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi shartnomalar shartlarining soʻzsiz bajarilishi, shuningdek, paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi doirasida yerlardan samarali foydalanilishi yuzasidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer xoʻjaliklariga paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishining tegishli tashkilotchilari tomonidan kontraktatsiya shartnomasida nazarda tutilgan miqdorlarda va shartlar asosida avans beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilari paxta xom ashyosini yetishtirish va ularga yetkazib berishni moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) mablagʻlari hisobidan ushbu qarorga 1-ilovaga muvofiq xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklari orqali kreditlar ajratadi va taʼminot sifatida sugʻurta polisi taqdim etadi;
(4-bandninng uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-sentabrdagi 744-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2018-y., 09/18/744/1949-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilariga Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan ajratiladigan kreditlar miqdorlari paxta xom ashyosini yetishtirish va yetkazib berishni moliyalashtirish uchun davlat buyurtmasi doirasida paxta xom ashyosi sotadigan fermer xoʻjaliklari uchun amaldagi shartlar inobatga olingan holda hisoblanadigan hisob-kitob ehtiyojining kamida 60 foizini tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilariga kreditlar Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan yiliga 3 foizdan ortiq boʻlmagan foiz stavkasi boʻyicha va davlat buyurtmasi doirasida paxta xom ashyosi sotadigan fermer xoʻjaliklarini moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan shartlar asosida ajratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer xoʻjaliklari bilan paxta xomashyosi uchun yakuniy hisob-kitoblar paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari tashkilotchilari tomonidan hosil yigʻib-terib olinadigan yil oxirigacha amalga oshiriladi.
(4-bandninng oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-sentabrdagi 744-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2018-y., 09/18/744/1949-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Jamgʻarma paxta-toʻqimachilik tashkilotchilari uchun fermer xoʻjaliklari tomonidan paxta xom ashyosi yetishtirilishini moliyalashtirish boʻyicha amaldagi shartlarni qoʻllagan holda, agrotexnik tadbirlarga muvofiq kredit liniyalari belgilangan tartibda hamda muddatlarda ochilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari kompleksi (Z.T. Mirzayev), Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi 2018-yil 1-fevralgacha Jamgʻarmaning 2018-yilgi balansini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi uchun paxta xom ashyosi yetishtirish maqsadida ajratiladigan mablagʻlar fermer xoʻjaligining maxsus hisob raqamiga, shuningdek, paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlari tashkilotchilari bilan tuzilgan shartnomalar asosida paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlari tashkilotchilari, moddiy-texnika resurslari yetkazib beruvchilar va xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotlarga oʻtkaziladi;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi 253-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2018-y., 09/18/253/0994-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer xoʻjaliklarining maxsus hisob raqamlariga tushadigan mablagʻlardan yangi paxta xom ashyosi hosili yetishtirish uchun faqat zarur tovarlar (ishlar, xizmatlar) xarid qilish uchun foydalanish mumkin va hisob raqamlar egalarining yangi hosilni yetishtirish bilan bogʻliq boʻlmagan ilgari yuzaga kelgan majburiyatlarini qoplashga yoʻnaltirilishi mumkin emas;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta xom ashyosini yetishtirish va yetkazib berishga doir qoʻshimcha xarajatlar hamda fermer xoʻjaliklari uchun qishloq xoʻjaligi texnikasi xarid qilish xarajatlari paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilari tomonidan oʻz mablagʻlari yoki tijorat banklarining toʻqimachilik hamda tikuvchilik-trikotaj mahsulotlari yetkazib berish boʻyicha eksport kontraktlari kafolati ostida ajratiladigan kreditlari hisobidan moliyalashtirilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishini tashkil etadigan paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilari va fermer xoʻjaliklari oladigan hamda ular tomonidan beriladigan, oʻzlari ishlab chiqaradigan mahsulotlarni sotish boʻyicha oborotlar bilan bogʻliq boʻlmagan pul mablagʻlari va mulk, shuningdek, sof daromad taqsimoti soliq solinadigan obyektlar hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilariga hududlar sharoitlari, ekinlarni ilmiy asoslangan tarzda almashlab ekish, suv va resurslarni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, paxtaning tozaligiga rioya etilishini hisobga olgan holda, gʻoʻzaning seleksiya navlarini mustaqil ravishda joylashtirish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilariga hududlar sharoitlarini hisobga olgan holda, seleksiya navlarini joylashtirish boʻyicha tavsiyalar bersin.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi 253-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2018-y., 09/18/253/0994-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Oʻzpaxtasanoat” AJ paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilari bilan paxta xom ashyosi yetishtirish boʻyicha kontraktatsiya shartnomasi tuzgan fermer xoʻjaliklariga belgilangan tartibda tasdiqlangan navlar hamda hajmlar boʻyicha chigit yetkazib berilishini paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlarining tashkilotchilari bilan kelishgan holda taʼminlasin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-sentabrdagi 744-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2018-y., 09/18/744/1949-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi va “Oʻzpaxtasanoat” AJ paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi uchun paxta xom ashyosini qayta ishlash yuzasidan belgilangan asosli tariflarni paxta tozalash korxonalari boʻyicha bir oy muddatda tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Suv xoʻjaligi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda har bir fermer xoʻjaligi boʻyicha irrigatsiya hamda melioratsiya tizimlarini muntazam tozalash, yerlarni tekislash va yerning qattiq gips qatlamini ochish boʻyicha chuqur yumshatish ishlarini tashkil qilish, shuningdek, paxta xom ashyosi yetishtiradigan va paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilariga yetkazib beradigan qishloq xoʻjaligi tashkilotlarining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun uzluksiz suv taʼminoti tadbirlarining ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini taʼminlasinlar.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi 253-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2018-y., 09/18/253/0994-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Belgilab qoʻyilsinki, paxta xom ashyosini dastlabki qayta ishlash mahsulotini qaytarish asosida paxta tozalash korxonasida yoxud paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilarining oʻz korxonasida yoki ular tomonidan ijaraga olingan paxta tozalash korxonasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi “Oʻzpaxtasanoat” AJ va “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi bilan birgalikda bir oy muddatda paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi hududida joylashgan paxta tozalash korxonalarini va paxta tayyorlash punktlarini xatlovdan oʻtkazsin va ularning holatini baholasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-dekabrdagi PF-5285-son Farmoni bilan tashkil etilgan Paxta-toʻqimachilik klasterlarini oʻrta muddatli istiqbolda rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish boʻyicha ishchi komissiya (Z.T. Mirzayev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 1-martgacha boʻlgan muddatda — paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi hududida joylashgan paxta tozalash korxonalarini va paxta tayyorlash punktlarining texnik va moliyaviy holatini baholash asosida ulardan foydalanish samaradorligini oshirish yuzasidan Hukumat qarori loyihasini tayyorlasin va kiritsin, unda shu jumladan ularni paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilariga ijaraga berishni, toʻlovni boʻlib-boʻlib toʻlagan holda yoki investitsiya majburiyatlari ostida “nol” xarid qiymati boʻyicha sotishni yoxud quvvatlardan mahsulotini qaytarish sharti bilan foydalanishni nazarda tutsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi tashkil etilishi monitoringini olib borish boʻyicha hududiy ishchi guruhlarni uch kun muddatda 2-ilovaga muvofiq tarkibda shakllantirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil paxta xom ashyosi hosili yakunlari boʻyicha paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishini va klasterlarni tashkil etishga doir faoliyatni tartibga soluvchi huquqiy bazani yanada takomillashtirishni hisobga olgan holda paxta xom ashyosini yetishtirish va yetkazib berishni tashkil etishning bozor mexanizmini shakllantirish yuzasidan takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari kompleksi (Z.T. Mirzayev) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki bilan birgalikda paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-dekabrdagi PQ-2687-son qarorida nazarda tutilgan shartlarda amalga oshirilayotgan loyihalarni moliyalashtirish uchun ularga kredit liniyalari ajratish, shu jumladan, asbob-uskunalar import qilish uchun ularga Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan tijorat banklari bilan birgalikda moliyalashtirish shartlarini tatbiq etish toʻgʻrisida belgilangan tartibda takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilari va paxtachilik-toʻqimachilik klasterlari tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun olib kelinadigan, bojxona toʻlovlari toʻlashdan 2020-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatga ozod qilinadigan (bojxonada rasmiylashtirish yigʻimlari bundan mustasno) xom ashyo, materiallar, texnika, asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar roʻyxati 3-ilova*ga muvofiq tasdiqlansin.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi 253-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2018-y., 09/18/253/0994-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi 253-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2018-y., 09/18/253/0994-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Z.T. Mirzayev hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi N.S. Otajonov zimmasiga yuklansin.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi 253-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2018-y., 09/18/253/0994-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 25-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-yanvardagi 53-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yildan boshlab paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi tashkil etiladigan hududlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxati
(1-ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-sentabrdagi 744-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2018-y., 09/18/744/1949-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyati, Mirishkor tumani; Surxondaryo viloyati, Angor tumani
“Gʻuzor Tekstil Impeks” MChJ
13 500
“Oʻzmilliybank”
6.
Namangan viloyati, Uchqoʻrgʻon tumani
“Textile Finance Namangan” MCH JXK
9 836
Ipoteka bank, Infin bank
7.
Navoiy viloyati, Navbahor va Konimex tumanlari
“Navbahor tekstil” MChJ
8 422
“Asaka” banki
8.
Navoiy viloyati, Xatirchi, Qiziltepa va Karmana tumanlari
“Baxt tekstil” MChJ va “Baxt Navoiy” MChJ (Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 158-son qaroriga muvofiq Qiziltepa tumanida ajratilgan 10 ming gektar yerni hisobga olgan holda)
“Bek cluster” MChJ qoʻshma korxonasi tarkibiga kiruvchi “Mirzaobod universal trade cluster” xususiy korxonasi
16 500
Asakabank
11.
Toshkent viloyati, Oqqoʻrgʻon tumani
“Abc Oqqoʼrgʼon Agro Classter” MChJ
13 700
“Agrobank”
12.
Fargʻona viloyati, Rishton tumani
“Rus Oʻzbekteks” MChJ
6 800
“Oʻzmilliybank”
13.
Xorazm viloyati, Shovot tumani
“Textile Finance Khorezm” MCH JXK
9 630
Ipoteka bank, Infin bank
Jami
140 901
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-maydagi 350-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2018-y., 09/18/350/1206-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Yer maydonlari almashlab ekish izchilligidan kelib chiqqan holda oʻzgarishi mumkin.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-sentabrdagi 744-sonli qaroriga asosan izoh bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2018-y., 09/18/744/1949-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-yanvardagi 53-son qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi tashkil etilishi monitoringini olib borish boʻyicha hududiy ishchi guruhlarning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY TARKIBI

1.
Lavozimiga koʻra
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyat hokimi, hududiy ishchi guruh rahbari
2.
Lavozimiga koʻra
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyat hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari, hududiy ishchi guruh rahbarining oʻrinbosari
3.
Lavozimiga koʻra
—
tuman hokimlari
4.
Lavozimiga koʻra
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar prokuraturasi qishloq va suv xoʻjaligi sohasida qonunchilik ijro etilishini nazorat qilish boʻlimi boshligʻi
5.
Lavozimiga koʻra
—
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining hududiy boshqarmasi boshligʻi
6.
Lavozimiga koʻra
—
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining hududiy boshqarmasi boshligʻi
7.
Lavozimiga koʻra
—
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining hududiy boshqarmasi boshligʻi
8.
Lavozimiga koʻra
—
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining hududiy boshqarmasi boshligʻi
9.
Lavozimiga koʻra
—
“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasining masʼul xodimi
10.
Lavozimiga koʻra
—
xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki viloyat filialining boshqaruvchisi