Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi
Кучга кириш санаси
01.04.2018
Рус
Eng
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat 13.01.2021 sanasi holatiga | Hujjat 07.02.2026 sanasi holatiga |
Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi | Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi |
I BOʻLIM. UMUMIY QOIDALAR | I BOʻLIM. UMUMIY QOIDALAR |
1-bob. Asosiy qoidalar | 1-bob. Asosiy qoidalar |
1-modda. Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari | 1-modda. Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi qonunchilik |
Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Kodeks va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. | Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Kodeks va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. |
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasi maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi. | Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasi maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi. |
2-modda. Maʼmuriy sud ishlarini yuritish vazifalari | 2-modda. Maʼmuriy sud ishlarini yuritish vazifalari |
Maʼmuriy sud ishlarini yuritish vazifalari quyidagilardan iborat: | Maʼmuriy sud ishlarini yuritish vazifalari quyidagilardan iborat: |
maʼmuriy organlar bilan munosabatlarda qonun ustuvorligini, fuqarolar, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning (bundan buyon matnda yuridik shaxslar deb yuritiladi) huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash; | maʼmuriy organlar bilan munosabatlarda qonun ustuvorligini, fuqarolar, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning (bundan buyon matnda yuridik shaxslar deb yuritiladi) huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash; |
maʼmuriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlar sohasida fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish; | maʼmuriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlar sohasida fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish; |
maʼmuriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlar sohasida qonuniylikni mustahkamlash hamda huquqbuzarliklarning oldini olishga koʻmaklashish; | maʼmuriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlar sohasida qonuniylikni mustahkamlash hamda huquqbuzarliklarning oldini olishga koʻmaklashish; |
qonunga va sudga nisbatan hurmat munosabatini shakllantirish. | qonunga va sudga nisbatan hurmat munosabatini shakllantirish. |
3-modda. Ushbu Kodeksning amal qilish sohasi | 3-modda. Ushbu Kodeksning amal qilish sohasi |
Ushbu Kodeks fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi maʼmuriy ishlarni koʻrib chiqish hamda hal etishda maʼmuriy sud ishlarini yuritishni amalga oshirish tartibiga nisbatan tatbiq etiladi. | Ushbu Kodeks fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi maʼmuriy ishlarni koʻrib chiqish hamda hal etishda maʼmuriy sud ishlarini yuritishni amalga oshirish tartibiga nisbatan tatbiq etiladi. |
Ushbu Kodeks maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni yuritishga nisbatan tatbiq etilmaydi. | Ushbu Kodeks maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni yuritishga nisbatan tatbiq etilmaydi. |
4-modda. Sudga murojaat qilish huquqi | 4-modda. Sudga murojaat qilish huquqi |
Har qanday manfaatdor shaxs oʻzining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlarini yoxud qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun maʼmuriy sudga (sudga) murojaat qilishga haqli. | Har qanday manfaatdor shaxs oʻzining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlarini yoxud qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun maʼmuriy sudga (sudga) murojaat qilishga haqli. |
Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda, sudga prokuror, davlat organlari va boshqa shaxslar murojaat qilishga haqli. | Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, sudga prokuror, davlat organlari va boshqa shaxslar murojaat qilishga haqli. |
Sudga murojaat qilish huquqidan voz kechish haqiqiy emas. | Sudga murojaat qilish huquqidan voz kechish haqiqiy emas. |
5-modda. Sudga murojaat qilish shakli | 5-modda. Sudga murojaat qilish shakli |
Sudga murojaat qilish: | Sudga murojaat qilish: |
fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi maʼmuriy ishlar boʻyicha, shuningdek ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa hollarda — ariza (shikoyat) va iltimosnoma shaklida; | fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi maʼmuriy ishlar boʻyicha, shuningdek ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa hollarda — ariza (shikoyat) va iltimosnoma shaklida; |
apellyatsiya va kassatsiya instansiyasi sudlariga murojaat etilganda, shuningdek ushbu Kodeks hamda boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollarda shikoyat (protest) shaklida amalga oshiriladi. | apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish instansiyalari sudlariga murojaat etilganda, shuningdek ushbu Kodeks hamda boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollarda shikoyat (protest) shaklida amalga oshiriladi. |
Murojaat va unga ilova qilinadigan hujjatlar sudga elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin. | Murojaat va unga ilova qilinadigan hujjatlar sudga elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin. |
6-modda. Maʼmuriy ish | 6-modda. Maʼmuriy ish |
Maʼmuriy ish ishda ishtirok etuvchi shaxslar va maʼmuriy sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari tomonidan sudga taqdim etilgan yoxud sud tomonidan talab qilib olingan hujjatlar, shuningdek qogʻozda rasmiylashtirilgan sud hujjatlari va boshqa hujjatlar asosida shakllantiriladi. | Maʼmuriy ish ishda ishtirok etuvchi shaxslar va maʼmuriy sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari tomonidan sudga taqdim etilgan yoxud sud tomonidan talab qilib olingan hujjatlar, shuningdek qogʻozda rasmiylashtirilgan sud hujjatlari va boshqa hujjatlar asosida shakllantiriladi. |
Maʼmuriy ish elektron shaklda shakllantirilishi mumkin. | Maʼmuriy ish elektron shaklda shakllantirilishi mumkin. |
Maʼmuriy ish elektron shaklda shakllantirilgan hollarda, ishda ishtirok etuvchi shaxslar va maʼmuriy sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari oʻzlarining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan hujjatlarni sudga elektron shaklda taqdim etishga haqli. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar va maʼmuriy sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari tomonidan sudga taqdim etilgan yozma hujjatlar ishga elektron shaklda qoʻshib qoʻyiladi, shundan soʻng yozma hujjatlar ularni taqdim etgan shaxslarga qaytariladi. | Maʼmuriy ish elektron shaklda shakllantirilgan hollarda, ishda ishtirok etuvchi shaxslar va maʼmuriy sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari oʻzlarining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan hujjatlarni sudga elektron shaklda taqdim etishga haqli. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar va maʼmuriy sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari tomonidan sudga taqdim etilgan yozma hujjatlar ishga elektron shaklda qoʻshib qoʻyiladi, shundan soʻng yozma hujjatlar ularni taqdim etgan shaxslarga qaytariladi. |
Maʼmuriy ish elektron shaklda shakllantirilgan taqdirda, sud hujjatlari sudyaning (sudyalarning) elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi, sud majlislarining hamda alohida protsessual harakatlarning bayonnomalari esa raislik qiluvchining va sud majlisi kotibining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi. | Maʼmuriy ish elektron shaklda shakllantirilgan taqdirda, sud hujjatlari sudyaning (sudyalarning) elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi, sud majlislarining hamda alohida protsessual harakatlarning bayonnomalari esa raislik qiluvchining va sud majlisi kotibining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi. |
Elektron shakldagi maʼmuriy ishni boshqa maʼmuriy sudga yoki boshqa organga oʻtkazish axborot tizimi orqali amalga oshiriladi. | Elektron shakldagi maʼmuriy ishni boshqa maʼmuriy sudga yoki boshqa organga oʻtkazish axborot tizimi orqali amalga oshiriladi. |
Elektron shaklda shakllantirilgan maʼmuriy ish qogʻozdagi koʻchirma nusxasiga ega boʻlishi mumkin. | Elektron shaklda shakllantirilgan maʼmuriy ish qogʻozdagi koʻchirma nusxasiga ega boʻlishi mumkin. |
7-modda. Sud hujjatlari | 7-modda. Sud hujjatlari |
Sud hal qiluv qarori, ajrim, qaror shaklidagi sud hujjatlarini qabul qiladi. | Sud hal qiluv qarori, ajrim, qaror shaklidagi sud hujjatlarini qabul qiladi. |
Birinchi instansiya sudida ishni mazmunan koʻrish natijalari boʻyicha hal qiluv qarori, qaror qabul qilinadi. | Birinchi instansiya sudida ishni mazmunan koʻrish natijalari boʻyicha hal qiluv qarori, qaror qabul qilinadi. |
Apellyatsiya, kassatsiya shikoyatlarini (protestlarini) koʻrish natijalari boʻyicha apellyatsiya va kassatsiya instansiyalari sudlari tomonidan qarorlar qabul qilinadi. | Apellyatsiya, kassatsiya va taftish shikoyatlarini (protestlarini) koʻrish natijalari boʻyicha apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyalari sudlari tomonidan qarorlar qabul qilinadi. |
Ish mazmunan hal etilmasdan qabul qilinadigan sud hujjatlari ajrimlar shaklida chiqariladi. | Ish mazmunan hal etilmasdan qabul qilinadigan sud hujjatlari ajrimlar shaklida chiqariladi. |
2-bob. Maʼmuriy sud ishlarini yuritish prinsiplari | 2-bob. Maʼmuriy sud ishlarini yuritish prinsiplari |
8-modda. Odil sudlovning faqat sud tomonidan amalga oshirilishi | 8-modda. Odil sudlovning faqat sud tomonidan amalga oshirilishi |
Maʼmuriy ishlar boʻyicha odil sudlov ushbu Kodeksda belgilangan qoidalar boʻyicha faqat sud tomonidan amalga oshiriladi. | Maʼmuriy ishlar boʻyicha odil sudlov ushbu Kodeksda belgilangan qoidalar boʻyicha faqat sud tomonidan amalga oshiriladi. |
9-modda. Qonun va sud oldida tenglik | 9-modda. Qonun va sud oldida tenglik |
Maʼmuriy ishlar boʻyicha odil sudlov fuqarolarning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan, yuridik shaxslarning esa mulkchilik shaklidan, joylashgan yeridan, shuningdek boshqa holatlardan qatʼi nazar qonun va sud oldida tengligi asosida amalga oshiriladi. | Maʼmuriy ishlar boʻyicha odil sudlov fuqarolarning jinsi, irqi, millati, tili, dini, eʼtiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan, yuridik shaxslarning esa mulkchilik shaklidan, joylashgan yeridan, shuningdek boshqa holatlardan qatʼi nazar qonun va sud oldida tengligi asosida amalga oshiriladi. |
10-modda. Sudyalarning mustaqilligi va faqat qonunga boʻysunishi | 10-modda. Sudyalarning mustaqilligi va faqat qonunga boʻysunishi |
Odil sudlovni amalga oshirishda sudyalar mustaqildirlar va faqat qonunga boʻysunadilar. | Odil sudlovni amalga oshirishda sudyalar mustaqildirlar va faqat qonunga boʻysunadilar. |
Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi va bunday aralashuv qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi. | Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi va bunday aralashuv qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi. |
Sudyalar mustaqilligining kafolatlari qonun bilan belgilanadi. | Sudyalar mustaqilligining kafolatlari qonun bilan belgilanadi. |
11-modda. Taraflarning tortishuvi va teng huquqliligi Maʼmuriy sud ishlarini yuritish taraflarning tortishuvi va teng huquqliligi asosida amalga oshiriladi. Sud xolislik va begʻarazlikni saqlagan holda, taraflar oʻz protsessual majburiyatlarini bajarishi va oʻzlariga berilgan huquqlarni amalga oshirishi uchun zarur sharoitlar yaratib beradi. Sud maʼmuriy ish boʻyicha barcha haqiqiy holatlarni har tomonlama va toʻliq aniqlash choralarini koʻradi. | 11-modda. Sudning faol ishtiroki Maʼmuriy sud ishlarini yuritish sudning faol ishtiroki asosida amalga oshiriladi. Sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari, arizalari, iltimosnomalari, ular tomonidan taqdim etilgan dalillar va ishning boshqa materiallari bilan cheklanmasdan maʼmuriy ishning toʻgʻri hal qilinishi uchun ahamiyatga ega boʻlgan barcha haqiqiy holatlarni har tomonlama, toʻliq va xolisona tekshiradi. Sud oʻz tashabbusi yoki ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasi boʻyicha qoʻshimcha dalillar toʻplaydi, shuningdek maʼmuriy sud ishlarini yuritish vazifalarini hal qilishga qaratilgan boshqa harakatlarni bajaradi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ishning haqiqiy holatlarini tekshirishda va dalillarni toʻplashda sudga koʻmaklashishi shart. |
12-modda. Maʼmuriy sud ishlari yuritiladigan til | 12-modda. Maʼmuriy sud ishlari yuritiladigan til |
Maʼmuriy sud ishlari oʻzbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi koʻpchilik aholi soʻzlashadigan tilda yuritiladi. | Maʼmuriy sud ishlari oʻzbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi koʻpchilik aholi soʻzlashadigan tilda yuritiladi. |
Maʼmuriy sud ishlari yuritilayotgan tilni bilmaydigan sud protsessi ishtirokchilarining tarjimon orqali ish materiallari bilan tanishish, sud harakatlarida ishtirok etish hamda sudda oʻz ona tilida yoki erkin tanlangan muloqot tilida soʻzlash huquqi taʼminlanadi. | Maʼmuriy sud ishlari yuritilayotgan tilni bilmaydigan sud protsessi ishtirokchilarining tarjimon orqali ish materiallari bilan tanishish, sud harakatlarida ishtirok etish hamda sudda oʻz ona tilida yoki erkin tanlangan muloqot tilida soʻzlash huquqi taʼminlanadi. |
Sud muhokamasi jarayonida qabul qilinadigan sud hujjatlari sud majlisi qaysi tilda oʻtkazilgan boʻlsa, oʻsha tilda tuziladi. | Sud muhokamasi jarayonida qabul qilinadigan sud hujjatlari sud majlisi qaysi tilda oʻtkazilgan boʻlsa, oʻsha tilda tuziladi. |
13-modda. Sud muhokamasining oshkoraligi | 13-modda. Sud muhokamasining oshkoraligi |
Sudlarda ishlar muhokamasi oshkora oʻtkaziladi. | Sudlarda ishlar muhokamasi oshkora oʻtkaziladi. |
Davlat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni saqlash zarur boʻlgan taqdirda, ishni yopiq sud majlisida eshitishga yoʻl qoʻyiladi. Ishni yopiq majlisda videokonferensaloqa rejimida eshitishga yoʻl qoʻyilmaydi, bunday majlisning audio- va videoyozuvi esa amalga oshirilmaydi. | Davlat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni saqlash zarur boʻlgan taqdirda, ishni yopiq sud majlisida eshitishga yoʻl qoʻyiladi. Ishni yopiq majlisda videokonferensaloqa rejimida eshitishga yoʻl qoʻyilmaydi, bunday majlisning audio- va videoyozuvi esa amalga oshirilmaydi. |
Eshitish yopiq sud majlisida oʻtkazilgan taqdirda, ishni elektron shaklda shakllantirishga yoʻl qoʻyilmaydi. | Eshitish yopiq sud majlisida oʻtkazilgan taqdirda, ishni elektron shaklda shakllantirishga yoʻl qoʻyilmaydi. |
Ishni yopiq sud majlisida muhokama qilish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi. | Ishni yopiq sud majlisida muhokama qilish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi. |
Sudning hal qiluv qarori barcha hollarda oshkora oʻqib eshittiriladi. | Sudning hal qiluv qarori barcha hollarda oshkora oʻqib eshittiriladi. |
14-modda. Sud muhokamasining bevositaligi | 14-modda. Sud muhokamasining bevositaligi |
Sud maʼmuriy ishni koʻrib chiqishda ish boʻyicha barcha dalillarni bevosita tekshirishi shart. | Sud maʼmuriy ishni koʻrib chiqishda ish boʻyicha barcha dalillarni bevosita tekshirishi shart. |
15-modda. Maʼmuriy ishlarni qonun hujjatlari asosida hal qilish | 15-modda. Maʼmuriy ishlarni qonunchilik asosida hal qilish |
Sud maʼmuriy ishlarni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, boshqa qonun hujjatlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida hal qiladi. | Sud maʼmuriy ishlarni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, boshqa qonunchilik hujjatlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida hal qiladi. |
Sud maʼmuriy ishni koʻrayotganda maʼmuriy organning hujjati qonunga muvofiq emasligini, shu jumladan hujjat vakolat doirasidan chetga chiqilgan holda qabul qilinganligini aniqlasa, qonunga muvofiq qaror qabul qiladi. | Sud maʼmuriy ishni koʻrayotganda maʼmuriy organning hujjati qonunga muvofiq emasligini, shu jumladan hujjat vakolat doirasidan chetga chiqilgan holda qabul qilinganligini aniqlasa, qonunga muvofiq qaror qabul qiladi. |
Nizoli munosabatni tartibga soluvchi huquq normalari mavjud boʻlmagan taqdirda, sud shunga oʻxshash munosabatlarni tartibga soladigan huquq normalarini qoʻllaydi, bunday normalar ham mavjud boʻlmaganda esa nizoni qonunlarning umumiy asoslari va mazmunidan kelib chiqib hal qiladi. | Nizoli munosabatni tartibga soluvchi huquq normalari mavjud boʻlmagan taqdirda, sud shunga oʻxshash munosabatlarni tartibga soladigan huquq normalarini qoʻllaydi, bunday normalar ham mavjud boʻlmaganda esa nizoni qonunlarning umumiy asoslari va mazmunidan kelib chiqib hal qiladi. |
Maʼmuriy ishlarni koʻrib chiqishda qonun hujjatlaridagi barcha bartaraf etib boʻlmaydigan ziddiyatlar va noaniqliklar fuqarolar va yuridik shaxslarning foydasiga talqin etiladi. | Maʼmuriy ishlarni koʻrib chiqishda qonunchilikdagi barcha bartaraf etib boʻlmaydigan ziddiyatlar va noaniqliklar fuqarolar va yuridik shaxslarning foydasiga talqin etiladi. |
16-modda. Sud hujjatlarining majburiyligi | 16-modda. Sud hujjatlarining majburiyligi |
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari barcha davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir hamda Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida ijro etilishi lozim. | Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari barcha davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir hamda Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida ijro etilishi lozim. |
Sud hujjatlarini bajarmaslik ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi. | Sud hujjatlarini bajarmaslik ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi. |
3-bob. Sudning tarkibi | 3-bob. Sudning tarkibi |
17-modda. Ishlarning yakka tartibda va hayʼatda koʻrilishi | 17-modda. Ishlarning yakka tartibda va hayʼatda koʻrilishi |
Birinchi instansiya boʻyicha maʼmuriy ishlar (bundan buyon matnda ish deb yuritiladi) tumanlararo maʼmuriy sudida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudida, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudida sudya tomonidan yakka tartibda, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudida birinchi instansiya boʻyicha ishlar uch nafar sudyadan iborat tarkibda hayʼatda koʻriladi. | Birinchi instansiya boʻyicha maʼmuriy ishlar (bundan buyon matnda ish deb yuritiladi) tumanlararo maʼmuriy sudida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudida, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudida sudya tomonidan yakka tartibda, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudida birinchi instansiya boʻyicha ishlar uch nafar sudyadan iborat tarkibda hayʼatda koʻriladi. |
Ishni apellyatsiya va kassatsiya tartibida koʻrish uch nafar sudyadan iborat tarkibda hayʼatda amalga oshiriladi. | Ishni apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibida koʻrish uch nafar sudyadan iborat tarkibda hayʼatda amalga oshiriladi. |
Ishni kassatsiya tartibida takroran koʻrish besh nafar sudyadan iborat tarkibda hayʼatda amalga oshiriladi. | Ishni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida taftish tartibida koʻrish hayʼatda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati aʼzolarining koʻpchiligi ishtirokida amalga oshiriladi. |
Ish hayʼatda koʻrilayotganda sudyalardan biri sud majlisida raislik qiladi. | Ish hayʼatda koʻrilayotganda sudyalardan biri sud majlisida raislik qiladi. |
Ishni koʻrishda barcha sudyalar teng huquqlardan foydalanadi. | Ishni koʻrishda barcha sudyalar teng huquqlardan foydalanadi. |
Ushbu Kodeksga binoan sudyaga ishni yakka tartibda koʻrish va ayrim masalalarni hal qilish huquqi berilgan taqdirda, sudya sud nomidan ish koʻradi. | Ushbu Kodeksga binoan sudyaga ishni yakka tartibda koʻrish va ayrim masalalarni hal qilish huquqi berilgan taqdirda, sudya sud nomidan ish koʻradi. |
18-modda. Sud tarkibini shakllantirish | 18-modda. Sud tarkibini shakllantirish |
Muayyan ishni koʻrish uchun sud tarkibi sudyalarning ish hajmi va ixtisoslashuvi hisobga olingan holda, sud tarkibini shakllantirishga sud muhokamasi natijasidan manfaatdor boʻlgan shaxslarning taʼsir koʻrsatishi istisno etiladigan tartibda, avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalangan holda shakllantiriladi. | Muayyan ishni koʻrish uchun sud tarkibi sudyalarning ish hajmi va ixtisoslashuvi hisobga olingan holda, sud tarkibini shakllantirishga sud muhokamasi natijasidan manfaatdor boʻlgan shaxslarning taʼsir koʻrsatishi istisno etiladigan tartibda, avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalangan holda shakllantiriladi. |
Bir sudya yoki sud tarkibi tomonidan koʻrilishi boshlangan ish aynan shu sudya yoki sud tarkibi tomonidan koʻrib chiqilishi kerak. | Bir sudya yoki sud tarkibi tomonidan koʻrilishi boshlangan ish aynan shu sudya yoki sud tarkibi tomonidan koʻrib chiqilishi kerak. |
Sudya yoki sudyalardan biri: | Sudya yoki sudyalardan biri: |
sudya ushbu Kodeksda belgilangan tartibda oʻzini oʻzi rad qilgan yoki sudyani rad qilish haqida ariza berilgan va bu qanoatlantirilgan taqdirda; | sudya ushbu Kodeksda belgilangan tartibda oʻzini oʻzi rad qilgan yoki sudyani rad qilish haqida ariza berilgan va bu qanoatlantirilgan taqdirda; |
sudya yoʻqligi sababli ishni koʻrish imkoni boʻlmagan taqdirda almashtirilishi mumkin. | sudya yoʻqligi sababli ishni koʻrish imkoni boʻlmagan taqdirda almashtirilishi mumkin. |
Sudya almashtirilganidan soʻng ishni koʻrish boshidan boshlanadi. | Sudya almashtirilganidan soʻng ishni koʻrish boshidan boshlanadi. |
19-modda. Masalalarni sud tomonidan hayʼat tarkibida hal qilish tartibi | 19-modda. Masalalarni sud tomonidan hayʼat tarkibida hal qilish tartibi |
Sud tomonidan ish hayʼat tarkibida koʻrilayotganda yuzaga keladigan masalalar sudyalar tomonidan koʻpchilik ovoz bilan hal qilinadi. Sudyalarning birortasi ovoz berishda betaraf qolishga haqli emas. Sud majlisda raislik qiluvchi sudya hammadan keyin ovoz beradi. | Sud tomonidan ish hayʼat tarkibida koʻrilayotganda yuzaga keladigan masalalar sudyalar tomonidan koʻpchilik ovoz bilan hal qilinadi. Sudyalarning birortasi ovoz berishda betaraf qolishga haqli emas. Sud majlisda raislik qiluvchi sudya hammadan keyin ovoz beradi. |
Koʻpchilikning fikriga qoʻshilmagan sudya sud hujjatiga imzo qoʻyishi shart va u oʻzining alohida fikrini yozma shaklda bayon qilishga haqli, alohida fikr muhrlangan konvertda ishga qoʻshib qoʻyiladi, lekin eʼlon qilinmaydi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sudyaning alohida fikri bilan tanishtirilmaydi. | Koʻpchilikning fikriga qoʻshilmagan sudya sud hujjatiga imzo qoʻyishi shart va u oʻzining alohida fikrini yozma shaklda bayon qilishga haqli, alohida fikr muhrlangan konvertda ishga qoʻshib qoʻyiladi, lekin eʼlon qilinmaydi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sudyaning alohida fikri bilan tanishtirilmaydi. |
Yuqori instansiya sudi sudyaning alohida fikri bilan tanishishga haqli. | Yuqori instansiya sudi sudyaning alohida fikri bilan tanishishga haqli. |
20-modda. Ishni koʻrishda sudyaning takror ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmasligi Ishni birinchi instansiya sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya, agar sudning hal qiluv qarori apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan bekor qilingan boʻlsa, shu ishni birinchi instansiya sudida yangidan koʻrishda ishtirok etishi mumkin emas, bundan yangi ochilgan holatlar boʻyicha ishlarni koʻrish hollari mustasno. Ishni birinchi instansiya sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu ishni apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etishi mumkin emas. Ishni apellyatsiya instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etishi mumkin emas. Ishni kassatsiya instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya yoki apellyatsiya instansiyasi sudida yoxud ushbu Kodeksning 2481-moddasiga muvofiq kassatsiya instansiyasi sudida takroran koʻrishda ishtirok etishi mumkin emas. | 20-modda. Ishni koʻrishda sudyaning takror ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmasligi Ishni birinchi instansiya sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya, agar sudning hal qiluv qarori apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudi tomonidan bekor qilingan boʻlsa, shu ishni birinchi instansiya sudida yangidan koʻrishda ishtirok etishi mumkin emas, bundan yangi ochilgan holatlar boʻyicha ishlarni koʻrish hollari mustasno. Ishni birinchi instansiya sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu ishni apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etishi mumkin emas. Ishni apellyatsiya instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etishi mumkin emas. Ishni kassatsiya instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya, apellyatsiya yoki taftish instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etishi mumkin emas. Ishni taftish instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida koʻrishda, shuningdek ishni yuqori turuvchi sud tomonidan taftish tartibida qayta koʻrishda ishtirok etishi mumkin emas. |
4-bob. Sudyani va maʼmuriy sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilarini rad qilish | 4-bob. Sudyani va maʼmuriy sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilarini rad qilish |
21-modda. Sudyani rad qilish | 21-modda. Sudyani rad qilish |
Sudya quyidagi hollarda ishni koʻrishda ishtirok etishi mumkin emas va rad qilinishi lozim, agar u: | Sudya quyidagi hollarda ishni koʻrishda ishtirok etishi mumkin emas va rad qilinishi lozim, agar u: |
1) mazkur ish ilgari koʻrilganda sudya sifatida ishtirok etgan boʻlsa va ishni koʻrishda uning takroriy ishtirok etishiga ushbu Kodeks talablariga muvofiq yoʻl qoʻyilmasa; | 1) mazkur ish ilgari koʻrilganda sudya sifatida ishtirok etgan boʻlsa va ishni koʻrishda uning takroriy ishtirok etishiga ushbu Kodeks talablariga muvofiq yoʻl qoʻyilmasa; |
2) mazkur ish ilgari koʻrilganda unda prokuror, ekspert, mutaxassis, tarjimon, sud majlisi kotibi, vakil yoki guvoh sifatida ishtirok etgan boʻlsa; | 2) mazkur ish ilgari koʻrilganda unda prokuror, ekspert, mutaxassis, tarjimon, sud majlisi kotibi, vakil yoki guvoh sifatida ishtirok etgan boʻlsa; |
3) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning yoki ular vakillarining qarindoshi boʻlsa; | 3) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning yoki ular vakillarining qarindoshi boʻlsa; |
4) ishning natijasidan shaxsan, bevosita yoki bilvosita manfaatdor boʻlsa yoxud uning xolisligiga shubha tugʻdiruvchi boshqa holatlar mavjud boʻlsa; | 4) ishning natijasidan shaxsan, bevosita yoki bilvosita manfaatdor boʻlsa yoxud uning xolisligiga shubha tugʻdiruvchi boshqa holatlar mavjud boʻlsa; |
5) ishni koʻrayotgan hayʼat tarkibidagi sudyaning qarindoshi boʻlsa. | 5) ishni koʻrayotgan hayʼat tarkibidagi sudyaning qarindoshi boʻlsa. |
22-modda. Prokurorni, ekspertni, mutaxassisni, tarjimonni va sud majlisi kotibini rad qilish | 22-modda. Prokurorni, ekspertni, mutaxassisni, tarjimonni va sud majlisi kotibini rad qilish |
Prokuror, ekspert, mutaxassis, tarjimon va sud majlisi kotibi quyidagi hollarda ishni koʻrishda ishtirok etishi mumkin emas va rad qilinishi lozim, agar u: | Prokuror, ekspert, mutaxassis, tarjimon va sud majlisi kotibi quyidagi hollarda ishni koʻrishda ishtirok etishi mumkin emas va rad qilinishi lozim, agar u: |
1) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning yoki ular vakillarining qarindoshi boʻlsa; | 1) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning yoki ular vakillarining qarindoshi boʻlsa; |
2) ishning natijasidan shaxsan, bevosita yoki bilvosita manfaatdor boʻlsa yoxud uning xolisligiga shubha tugʻdiruvchi boshqa holatlar mavjud boʻlsa. | 2) ishning natijasidan shaxsan, bevosita yoki bilvosita manfaatdor boʻlsa yoxud uning xolisligiga shubha tugʻdiruvchi boshqa holatlar mavjud boʻlsa. |
Ekspertni va mutaxassisni rad qilish uchun quyidagilar ham asos boʻladi: | Ekspertni va mutaxassisni rad qilish uchun quyidagilar ham asos boʻladi: |
1) uning ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yoki ularning vakillariga ishning muhokamasi paytida yoki oʻtmishda xizmat vazifasi yuzasidan yoxud boshqa jihatdan tobe boʻlganligi; | 1) uning ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yoki ularning vakillariga ishning muhokamasi paytida yoki oʻtmishda xizmat vazifasi yuzasidan yoxud boshqa jihatdan tobe boʻlganligi; |
2) u oʻtkazgan taftish materiallari sudga murojaat qilish uchun asos yoki sabab boʻlib xizmat qilgan boʻlsa yoxud ishni koʻrishda ulardan foydalanilayotgan boʻlsa. | 2) u oʻtkazgan taftish materiallari sudga murojaat qilish uchun asos yoki sabab boʻlib xizmat qilgan boʻlsa yoxud ishni koʻrishda ulardan foydalanilayotgan boʻlsa. |
23-modda. Rad qilish toʻgʻrisidagi arizalar | 23-modda. Rad qilish toʻgʻrisidagi arizalar |
Ushbu Kodeksning 21 va 22-moddalarida koʻrsatilgan asoslar mavjud boʻlsa, sudya, prokuror, ekspert, mutaxassis, sud majlisi kotibi va tarjimon oʻzini oʻzi rad qilish haqida arz qilishi shart. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan ham shu asoslarga koʻra ularni rad qilish haqida arz qilinishi mumkin. Prokurorni, ekspertni, mutaxassisni, sud majlisi kotibini, tarjimonni rad qilish sudning tashabbusiga koʻra ham koʻrib chiqilishi mumkin. | Ushbu Kodeksning 21 va 22-moddalarida koʻrsatilgan asoslar mavjud boʻlsa, sudya, prokuror, ekspert, mutaxassis, sud majlisi kotibi va tarjimon oʻzini oʻzi rad qilish haqida arz qilishi shart. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan ham shu asoslarga koʻra ularni rad qilish haqida arz qilinishi mumkin. Prokurorni, ekspertni, mutaxassisni, sud majlisi kotibini, tarjimonni rad qilish sudning tashabbusiga koʻra ham koʻrib chiqilishi mumkin. |
Oʻzini oʻzi rad qilish yoki rad qilish haqidagi ariza asoslantirilgan boʻlishi va ishni mazmunan koʻrish boshlanguniga qadar maʼlum qilinishi kerak. | Oʻzini oʻzi rad qilish yoki rad qilish haqidagi ariza asoslantirilgan boʻlishi va ishni mazmunan koʻrish boshlanguniga qadar maʼlum qilinishi kerak. |
Ish koʻrilayotganda oʻzini oʻzi rad qilish yoki rad qilish haqida ariza berishga, agar oʻzini oʻzi rad qilish yoki rad qilish uchun asos oʻzini oʻzi rad qilish yoxud rad qilish haqida ariza bergan shaxsga ishni mazmunan koʻrish boshlanganidan keyin maʼlum boʻlib qolgan taqdirdagina yoʻl qoʻyiladi. | Ish koʻrilayotganda oʻzini oʻzi rad qilish yoki rad qilish haqida ariza berishga, agar oʻzini oʻzi rad qilish yoki rad qilish uchun asos oʻzini oʻzi rad qilish yoxud rad qilish haqida ariza bergan shaxsga ishni mazmunan koʻrish boshlanganidan keyin maʼlum boʻlib qolgan taqdirdagina yoʻl qoʻyiladi. |
Ayni bir shaxs tomonidan ayni bir asoslar boʻyicha takroran rad qilish bildirilishi mumkin emas. Takroran rad qilish bildirilgan taqdirda, u koʻrib chiqilmaydi. | Ayni bir shaxs tomonidan ayni bir asoslar boʻyicha takroran rad qilish bildirilishi mumkin emas. Takroran rad qilish bildirilgan taqdirda, u koʻrib chiqilmaydi. |
24-modda. Rad qilish toʻgʻrisidagi arizani hal etish tartibi | 24-modda. Rad qilish toʻgʻrisidagi arizani hal etish tartibi |
Rad qilish toʻgʻrisida arz qilingan taqdirda, sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning fikrini, agar rad qilinishi talab etilayotgan shaxs tushuntirish berishni xohlasa, uning ham fikrini eshitadi. | Rad qilish toʻgʻrisida arz qilingan taqdirda, sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning fikrini, agar rad qilinishi talab etilayotgan shaxs tushuntirish berishni xohlasa, uning ham fikrini eshitadi. |
Ishni yakka tartibda koʻrayotgan sudyani rad qilish toʻgʻrisidagi masala sud raisi tomonidan hal qilinadi. | Ishni yakka tartibda koʻrayotgan sudyani rad qilish toʻgʻrisidagi masala sud raisi tomonidan hal qilinadi. |
Ish hayʼat tarkibida koʻrilayotganda sudyani rad qilish toʻgʻrisidagi masala rad qilinishi talab etilayotgan sudyaning ishtirokisiz sud tarkibining koʻpchilik ovozi bilan hal qilinadi. Rad qilishni yoqlab va unga qarshi berilgan ovozlar soni teng boʻlib qolsa, sudya rad qilingan hisoblanadi. | Ish hayʼat tarkibida koʻrilayotganda sudyani rad qilish toʻgʻrisidagi masala rad qilinishi talab etilayotgan sudyaning ishtirokisiz sud tarkibining koʻpchilik ovozi bilan hal qilinadi. Rad qilishni yoqlab va unga qarshi berilgan ovozlar soni teng boʻlib qolsa, sudya rad qilingan hisoblanadi. |
Bir nechta sudyani yoki ishni koʻrayotgan sudning butun tarkibini rad qilish toʻgʻrisidagi masala shu sud tarkibi tomonidan oddiy koʻpchilik ovoz bilan hal qilinadi. | Bir nechta sudyani yoki ishni koʻrayotgan sudning butun tarkibini rad qilish toʻgʻrisidagi masala shu sud tarkibi tomonidan oddiy koʻpchilik ovoz bilan hal qilinadi. |
Prokuror, ekspert, mutaxassis, sud majlisi kotibining va tarjimonning oʻzini oʻzi rad qilishi yoki ularni rad qilish toʻgʻrisidagi masala ishni koʻrayotgan sud tomonidan hal etiladi. | Prokuror, ekspert, mutaxassis, sud majlisi kotibining va tarjimonning oʻzini oʻzi rad qilishi yoki ularni rad qilish toʻgʻrisidagi masala ishni koʻrayotgan sud tomonidan hal etiladi. |
Sudyaning oʻzini oʻzi rad qilish toʻgʻrisidagi masala ushbu moddada nazarda tutilgan tartibda hal etiladi. | Sudyaning oʻzini oʻzi rad qilish toʻgʻrisidagi masala ushbu moddada nazarda tutilgan tartibda hal etiladi. |
Rad qilish toʻgʻrisidagi masalani koʻrish natijalari boʻyicha ajrim chiqariladi. | Rad qilish toʻgʻrisidagi masalani koʻrish natijalari boʻyicha ajrim chiqariladi. |
25-modda. Rad qilish toʻgʻrisidagi arizani qanoatlantirish oqibatlari | 25-modda. Rad qilish toʻgʻrisidagi arizani qanoatlantirish oqibatlari |
Oʻzini oʻzi rad qilish toʻgʻrisidagi yoki sudyani yoxud bir nechta sudyani yoinki butun sud tarkibini rad qilish haqidagi ariza qanoatlantirilgan taqdirda ish oʻsha sudda, biroq sudyalarning boshqa tarkibida koʻriladi. | Oʻzini oʻzi rad qilish toʻgʻrisidagi yoki sudyani yoxud bir nechta sudyani yoinki butun sud tarkibini rad qilish haqidagi ariza qanoatlantirilgan taqdirda ish oʻsha sudda, biroq sudyalarning boshqa tarkibida koʻriladi. |
Agar oʻzini oʻzi rad qilishni va rad qilishni qanoatlantirish natijasida ishni ayni oʻsha sudda koʻrish uchun sudning yangi tarkibini shakllantirish imkoni boʻlmasa, ish boshqa sudga oʻtkazilishi kerak. | Agar oʻzini oʻzi rad qilishni va rad qilishni qanoatlantirish natijasida ishni ayni oʻsha sudda koʻrish uchun sudning yangi tarkibini shakllantirish imkoni boʻlmasa, ish boshqa sudga oʻtkazilishi kerak. |
5-bob. Maʼmuriy ishlarning sudga taalluqliligi va sudlovga tegishliligi | 5-bob. Maʼmuriy ishlarning sudga taalluqliligi va sudlovga tegishliligi |
1-§. Sudga taalluqlilik | 1-§. Sudga taalluqlilik |
26-modda. Sudga taalluqli ishlar | 26-modda. Sudga taalluqli ishlar |
Maʼmuriy sudga fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi, maʼmuriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar taalluqlidir, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga, fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarga, iqtisodiy sudlarga va harbiy sudlarga taalluqli ishlar mustasno. | Maʼmuriy sudga fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi, maʼmuriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar taalluqlidir, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga, fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarga, iqtisodiy sudlarga va harbiy sudlarga taalluqli ishlar mustasno. |
Qonun bilan maʼmuriy sudga taalluqli ishlar jumlasiga boshqa ishlar ham kiritilishi mumkin. | Qonun bilan maʼmuriy sudga taalluqli ishlar jumlasiga boshqa ishlar ham kiritilishi mumkin. |
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, maʼmuriy sud oʻziga taalluqli ishlarni fuqarolar, yuridik shaxslar va maʼmuriy organlar, shuningdek oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari, xalqaro tashkilotlar, chet el fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ishtirokida koʻradi. | Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, maʼmuriy sud oʻziga taalluqli ishlarni fuqarolar, yuridik shaxslar va maʼmuriy organlar, shuningdek oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari, xalqaro tashkilotlar, chet el fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ishtirokida koʻradi. |
Oʻzaro bogʻliq boʻlib, baʼzilari maʼmuriy sudga, boshqalari esa fuqarolik ishlari boʻyicha sudga taalluqli boʻlgan bir nechta talab birlashtirilgan taqdirda, barcha talablar fuqarolik ishlari boʻyicha sudda koʻrilishi lozim. Oʻzaro bogʻliq boʻlib, baʼzilari maʼmuriy sudga, boshqalari esa iqtisodiy sudga taalluqli boʻlgan bir nechta talabni birlashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi. | Oʻzaro bogʻliq boʻlib, baʼzilari maʼmuriy sudga, boshqalari esa iqtisodiy sudga yoki fuqarolik ishlari boʻyicha sudga taalluqli boʻlgan bir nechta talabni birlashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi. |
27-modda. Sud tomonidan hal etiladigan ishlar | 27-modda. Sud tomonidan hal etiladigan ishlar |
Sud: | Sud: |
1) idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi; | 1) idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi; |
2) davlat boshqaruvi organlarining, maʼmuriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli boʻlgan boshqa organlarning (bundan buyon matnda maʼmuriy organlar deb yuritiladi), fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining qonun hujjatlariga mos kelmaydigan hamda fuqarolar yoki yuridik shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzadigan qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi; | 2) mahalliy davlat hokimiyati organlarining, davlat boshqaruvi organlarining, maʼmuriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli boʻlgan boshqa organlarning (bundan buyon matnda maʼmuriy organlar deb yuritiladi), fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining qonunchilikka mos kelmaydigan hamda fuqarolar yoki yuridik shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzadigan qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi; |
3) saylov komissiyalarining xatti-harakatlari (qarorlari) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi; | 3) saylov komissiyalarining, referendum oʻtkazuvchi komissiyalarning xatti-harakatlari (qarorlari) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi; |
4) notarial harakatni amalga oshirish, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozishni roʻyxatga olish rad etilganligi yoki notariusning yoxud fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi mansabdor shaxsining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi; | 4) notarial harakatni amalga oshirish, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozishni roʻyxatga olish rad etilganligi yoki notariusning yoxud fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi mansabdor shaxsining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi; |
5) davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish yoxud belgilangan muddatda davlat roʻyxatidan oʻtkazishdan boʻyin tovlash ustidan shikoyat qilish toʻgʻrisidagi; | 5) davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish yoxud belgilangan muddatda davlat roʻyxatidan oʻtkazishdan boʻyin tovlash ustidan shikoyat qilish toʻgʻrisidagi; |
6) ushbu Kodeksning 271-moddasida koʻrsatilgan investitsiya nizolari boʻyicha; | 6) ushbu Kodeksning 271-moddasida koʻrsatilgan investitsiya nizolari boʻyicha; |
7) ushbu Kodeksning 272-moddasida koʻrsatilgan raqobat toʻgʻrisidagi ishlarni hal qiladi. | 7) ushbu Kodeksning 272-moddasida koʻrsatilgan raqobat toʻgʻrisidagi; 8) maʼmuriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablar boʻyicha undirish soʻzsiz tartibda amalga oshiriladigan ijro hujjati yoki boshqa hujjat ustidan shikoyat qilish toʻgʻrisidagi ishlarni hal qiladi. |
Sud fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi maʼmuriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan yuzaga keladigan, qonun bilan oʻzining vakolatiga kiritilgan boshqa ishlarni ham hal qiladi. | Sud fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi maʼmuriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan yuzaga keladigan, qonun bilan oʻzining vakolatiga kiritilgan boshqa ishlarni ham hal qiladi. |
Arizachi ushbu moddada koʻrsatilgan ariza (shikoyat) bilan bir qatorda ushbu talablarga sababiy bogʻlanishda boʻlgan zararlarning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi talabni ham taqdim etishga haqli. Ushbu moddada koʻrsatilgan talablardan alohida tarzda bildirilgan zararlarning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi talab taalluqliligiga koʻra fuqarolik ishlari boʻyicha sudda yoki iqtisodiy sudda koʻrib chiqilishi lozim. | |
271-modda. Investitsiyaviy nizolar boʻyicha ishlar | 271-modda. Investitsiyaviy nizolar boʻyicha ishlar |
Investitsiyaviy nizolar jumlasiga investorlar bilan maʼmuriy organlar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari oʻrtasidagi ular mansabdor shaxslarining investitsiya shartnomasi shartlariga rioya qilinishi bilan bogʻliq qarorlariga, harakatlariga (harakatsizligiga) doir ishlar kiradi. | Investitsiyaviy nizolar jumlasiga investorlar bilan maʼmuriy organlar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari oʻrtasidagi ular mansabdor shaxslarining investitsiya shartnomasi shartlariga rioya qilinishi bilan bogʻliq qarorlariga, harakatlariga (harakatsizligiga) doir ishlar kiradi. |
272-modda. Raqobat toʻgʻrisidagi ishlar | 272-modda. Raqobat toʻgʻrisidagi ishlar |
Raqobat toʻgʻrisidagi ishlar boʻlib yuridik shaxslar, shu jumladan chet ellik yuridik shaxslar, xoʻjalik boshqaruvi organlari, yakka tartibdagi tadbirkorlar va monopoliyaga qarshi organ oʻrtasida tovar hamda moliya bozorlarida raqobat sohasidagi munosabatlardan kelib chiqadigan, maʼmuriy sud sudloviga tegishli nizolar hisoblanadi. | Raqobat toʻgʻrisidagi ishlar boʻlib yuridik shaxslar, shu jumladan chet ellik yuridik shaxslar, xoʻjalik boshqaruvi organlari, yakka tartibdagi tadbirkorlar va monopoliyaga qarshi organ oʻrtasida tovar hamda moliya bozorlarida raqobat sohasidagi munosabatlardan kelib chiqadigan, maʼmuriy sud sudloviga tegishli nizolar hisoblanadi. |
273-modda. Ish materiallarini sudga taalluqliligiga koʻra maʼmuriy suddan boshqa sudga oʻtkazish Talab sudga taalluqlilik qoidalari buzilgan holda maʼmuriy sudga taqdim etilgan boʻlsa, ariza (shikoyat) taalluqliligiga koʻra fuqarolik ishlari boʻyicha sudga yoki iqtisodiy sudga koʻrib chiqish uchun oʻtkaziladi. Agar ariza (shikoyat) sudga taalluqlilik qoidalarini buzgan holda ish yuritishga qabul qilinganligi ishni koʻrib chiqish chogʻida aniqlansa, maʼmuriy sud ish materiallarini sudga taalluqliligiga koʻra fuqarolik ishlari boʻyicha sudga yoki iqtisodiy sudga koʻrib chiqish uchun oʻtkazish va maʼmuriy sud ishini yuritishni tugatish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. Arizani (shikoyatni), ish materiallarini maʼmuriy suddan sudga taalluqliligiga koʻra boshqa sudga oʻtkazish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. Maʼmuriy suddan taalluqliligiga koʻra boshqa sudga oʻtkazilgan ariza (shikoyat), ish materiallari oʻziga oʻtkazilgan sud tomonidan qabul qilib olinishi kerak. Oʻzbekiston Respublikasida sudlar oʻrtasida sudga taalluqlilik toʻgʻrisidagi nizolarga yoʻl qoʻyilmaydi. | |
2-§. Sudlovga tegishlilik | 2-§. Sudlovga tegishlilik |
28-modda. Ishlarning sudlovga tegishliligi | 28-modda. Ishlarning sudlovga tegishliligi |
Sudga taalluqli ishlar tumanlararo maʼmuriy sudlar tomonidan koʻriladi, bundan Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudloviga tegishli ishlar mustasno. | Sudga taalluqli ishlar tumanlararo maʼmuriy sudlar tomonidan koʻriladi, bundan Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudloviga tegishli ishlar mustasno. |
Investitsiya nizolari boʻyicha yirik investorning, raqobat toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha tomonlarning xohishiga koʻra ushbu toifadagi ishlar bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan, qolgan investitsiyaviy nizolar investorning xohishiga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari tomonidan birinchi instansiya sudi sifatida koʻrib chiqiladi. | Investitsiya nizolari boʻyicha yirik investorning, raqobat toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha tomonlarning xohishiga koʻra ushbu toifadagi ishlar bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan, qolgan investitsiyaviy nizolar investorning xohishiga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari tomonidan birinchi instansiya sudi sifatida koʻrib chiqiladi. |
29-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari sudloviga tegishli ishlar | 29-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari sudloviga tegishli ishlar |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari birinchi instansiya sudi sifatida davlat sirlari bilan bogʻliq ishlarni koʻradi. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari birinchi instansiya sudi sifatida davlat sirlari bilan bogʻliq ishlarni koʻradi. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari alohida holatlarga qarab, har qanday ishni tumanlararo maʼmuriy suddan olib qoʻyishga va uni birinchi instansiya boʻyicha oʻzining ish yurituviga qabul qilishga, ishni bir suddan boshqasiga oʻtkazishga haqli. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari alohida holatlarga qarab, har qanday ishni tumanlararo maʼmuriy suddan olib qoʻyishga va uni birinchi instansiya boʻyicha oʻzining ish yurituviga qabul qilishga, ishni bir suddan boshqasiga oʻtkazishga haqli. |
30-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudloviga tegishli ishlar | 30-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudloviga tegishli ishlar |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi birinchi instansiya sudi sifatida: | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi birinchi instansiya sudi sifatida: |
1) idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi; | 1) idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi; |
2) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi xatti-harakatlari (qarorlari) yuzasidan nizolashish haqidagi ishlarni koʻrib chiqadi. | 2) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi xatti-harakatlari (qarorlari) yuzasidan nizolashish haqidagi ishlarni koʻrib chiqadi. |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi qonun bilan oʻz vakolatlariga kiritilgan boshqa ishlarni ham birinchi instansiya sudi sifatida koʻradi. | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi qonun bilan oʻz vakolatlariga kiritilgan boshqa ishlarni ham birinchi instansiya sudi sifatida koʻradi. |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi alohida holatlarga qarab, har qanday ishni istalgan maʼmuriy suddan olib qoʻyishga va uni birinchi instansiya boʻyicha oʻzining ish yurituviga qabul qilishga, ishni bir suddan boshqasiga oʻtkazishga haqli. | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi alohida holatlarga qarab, har qanday ishni istalgan maʼmuriy suddan olib qoʻyishga va uni birinchi instansiya boʻyicha oʻzining ish yurituviga qabul qilishga, ishni bir suddan boshqasiga oʻtkazishga haqli. |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi ish kassatsiya tartibida takroran koʻrib chiqilayotganda hal qiluv qarori, qaror bekor qilinib, uni birinchi instansiya sudiga yangidan koʻrib chiqish uchun yuborilayotganda ishni oʻz ish yurituviga birinchi instansiya sudi sifatida qabul qilishga haqli. | |
31-modda. Harbiy sudlar sudloviga tegishli ishlar | 31-modda. Harbiy sudlar sudloviga tegishli ishlar |
Oʻzbekiston Respublikasi harbiy sudlari qonun bilan oʻz vakolatiga kiritilgan maʼmuriy ishlarni koʻrib chiqadi. | Oʻzbekiston Respublikasi harbiy sudlari qonun bilan oʻz vakolatiga kiritilgan maʼmuriy ishlarni koʻrib chiqadi. |
32-modda. Sudlovga tegishlilikning umumiy qoidalari | 32-modda. Sudlovga tegishlilikning umumiy qoidalari |
Fuqaroning yoki yuridik shaxsning arizasi (shikoyati) qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilinayotgan maʼmuriy organ joylashgan yer yoxud mansabdor shaxsning ish joyi boʻyicha sudga taqdim etiladi. | Fuqaroning yoki yuridik shaxsning arizasi (shikoyati) qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilinayotgan maʼmuriy organ joylashgan yer yoxud mansabdor shaxsning ish joyi boʻyicha sudga taqdim etiladi. |
33-modda. Arizachining tanlovi boʻyicha sudlovga tegishlilik | 33-modda. Arizachining tanlovi boʻyicha sudlovga tegishlilik |
Turli yerlarda joylashgan bir nechta javobgarga nisbatan ariza (shikoyat) arizachining tanlovi boʻyicha javobgarlardan biri joylashgan yerdagi sudga taqdim etiladi. | Turli yerlarda joylashgan bir nechta javobgarga nisbatan ariza (shikoyat) arizachining tanlovi boʻyicha javobgarlardan biri joylashgan yerdagi sudga taqdim etiladi. |
Yirik investor boʻlmagan investorning investitsiya faoliyati bilan bogʻliq daʼvo arizalari (shikoyatlari) javobgar joylashgan yerdagi tumanlararo maʼmuriy sudga yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlariga taqdim etilishi mumkin. | Yirik investor boʻlmagan investorning investitsiya faoliyati bilan bogʻliq daʼvo arizalari (shikoyatlari) javobgar joylashgan yerdagi tumanlararo maʼmuriy sudga yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlariga taqdim etilishi mumkin. |
Yirik investorning investitsiya faoliyati bilan bogʻliq daʼvo arizalari (shikoyatlari), shuningdek tovar va moliya bozorlaridagi raqobat sohasidagi munosabatlardan kelib chiqadigan daʼvo arizalari tumanlararo maʼmuriy sudga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga taqdim etilishi mumkin. | Yirik investorning investitsiya faoliyati bilan bogʻliq daʼvo arizalari (shikoyatlari), shuningdek tovar va moliya bozorlaridagi raqobat sohasidagi munosabatlardan kelib chiqadigan daʼvo arizalari tumanlararo maʼmuriy sudga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga taqdim etilishi mumkin. |
34-modda. Ishni bir maʼmuriy suddan boshqasiga oʻtkazish | 34-modda. Ishni bir maʼmuriy suddan boshqasiga oʻtkazish |
Sud tomonidan sudlovga tegishlilik qoidalariga rioya etilgan holda qabul qilib olingan ish, garchi keyinchalik boshqa maʼmuriy sudning sudloviga tegishli boʻlib qolsa ham, ilgarigi sud tomonidan mazmunan koʻrilishi kerak. | Sud tomonidan sudlovga tegishlilik qoidalariga rioya etilgan holda qabul qilib olingan ish, garchi keyinchalik boshqa maʼmuriy sudning sudloviga tegishli boʻlib qolsa ham, ilgarigi sud tomonidan mazmunan koʻrilishi kerak. |
Sud ishni quyidagi hollarda boshqa maʼmuriy sudga oʻtkazadi, agar: | Sud ishni quyidagi hollarda boshqa maʼmuriy sudga oʻtkazadi, agar: |
1) ish sudlovga tegishlilik qoidasini buzgan holda qabul qilinganligi ishni shu sudda koʻrish vaqtida maʼlum boʻlsa; | 1) ish sudlovga tegishlilik qoidasini buzgan holda qabul qilinganligi ishni shu sudda koʻrish vaqtida maʼlum boʻlsa; |
2) bir yoki bir nechta sudya rad qilinganidan keyin ularni mazkur sudda almashtirish mumkin boʻlmay qolsa, shuningdek ishni ushbu sudda koʻrish mumkin boʻlmay qolgan boshqa hollarda. | 2) bir yoki bir nechta sudya rad qilinganidan keyin ularni mazkur sudda almashtirish mumkin boʻlmay qolsa, shuningdek ishni ushbu sudda koʻrish mumkin boʻlmay qolgan boshqa hollarda. |
Ishni boshqa maʼmuriy sudda koʻrishga oʻtkazish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi. | Ishni boshqa maʼmuriy sudda koʻrishga oʻtkazish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi. |
Bir suddan boshqa sudga yuborilgan ish u yuborilgan sudda koʻrish uchun qabul qilib olinishi kerak. | Bir suddan boshqa sudga yuborilgan ish u yuborilgan sudda koʻrish uchun qabul qilib olinishi kerak. |
Maʼmuriy sudlar oʻrtasida sudlovga tegishlilik toʻgʻrisidagi nizolarga yoʻl qoʻyilmaydi. | Maʼmuriy sudlar oʻrtasida sudlovga tegishlilik toʻgʻrisidagi nizolarga yoʻl qoʻyilmaydi. |
6-bob. Maʼmuriy sud ishlarini yuritish ishtirokchilari | 6-bob. Maʼmuriy sud ishlarini yuritish ishtirokchilari |
1-§. Maʼmuriy protsessual huquq layoqati va muomala layoqati | 1-§. Maʼmuriy protsessual huquq layoqati va muomala layoqati |
35-modda. Maʼmuriy protsessual huquq layoqati | 35-modda. Maʼmuriy protsessual huquq layoqati |
Barcha fuqarolar va yuridik shaxslarning maʼmuriy protsessual huquq va majburiyatlarga ega boʻlish layoqati (maʼmuriy protsessual huquq layoqati) teng ravishda eʼtirof etiladi. | Barcha fuqarolar va yuridik shaxslarning maʼmuriy protsessual huquq va majburiyatlarga ega boʻlish layoqati (maʼmuriy protsessual huquq layoqati) teng ravishda eʼtirof etiladi. |
36-modda. Maʼmuriy protsessual muomala layoqati | 36-modda. Maʼmuriy protsessual muomala layoqati |
Sudda oʻz huquq va majburiyatlarini amalga oshirish layoqati voyaga yetgan fuqarolar va yuridik shaxslarga tegishlidir. | Sudda oʻz huquq va majburiyatlarini amalga oshirish layoqati voyaga yetgan fuqarolar va yuridik shaxslarga tegishlidir. |
Voyaga yetmagan shaxs qonunda oʻn sakkiz yoshgacha nikoh qurish mumkin boʻlgan holda — nikoh qurgan vaqtdan boshlab, shuningdek u qonunda belgilangan tartibda toʻliq muomalaga layoqatli deb eʼlon qilingan holda (emansipatsiya) sudda oʻz protsessual huquqlarini shaxsan amalga oshirishi va protsessual majburiyatlarini bajarishi mumkin. | Voyaga yetmagan shaxs qonunda oʻn sakkiz yoshgacha nikoh qurish mumkin boʻlgan holda — nikoh qurgan vaqtdan boshlab, shuningdek u qonunda belgilangan tartibda toʻliq muomalaga layoqatli deb eʼlon qilingan holda (emansipatsiya) sudda oʻz protsessual huquqlarini shaxsan amalga oshirishi va protsessual majburiyatlarini bajarishi mumkin. |
Oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan voyaga yetmagan shaxsning, shuningdek muomala layoqati cheklangan deb topilgan fuqaroning huquqlari, erkinliklari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlari sudda ularning qonuniy vakillari (ota-onalari, ularni farzandlikka olganlar, homiylar, tarbiyalovchi, davolovchi muassasalar yoki boshqa shunga oʻxshash muassasalar maʼmuriyati) tomonidan himoya qilinadi. Biroq, sud voyaga yetmagan shaxsning oʻzini yoki muomala layoqati cheklangan fuqaroni bunday ishlarda ishtirok etishga jalb qilishga haqli. | Oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan voyaga yetmagan shaxsning, shuningdek muomala layoqati cheklangan deb topilgan fuqaroning huquqlari, erkinliklari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlari sudda ularning qonuniy vakillari (ota-onalari, ularni farzandlikka olganlar, homiylar, tarbiyalovchi, davolovchi muassasalar yoki boshqa shunga oʻxshash muassasalar maʼmuriyati) tomonidan himoya qilinadi. Biroq, sud voyaga yetmagan shaxsning oʻzini yoki muomala layoqati cheklangan fuqaroni bunday ishlarda ishtirok etishga jalb qilishga haqli. |
Qonunda nazarda tutilgan hollarda, maʼmuriy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar boʻyicha voyaga yetmagan shaxs sudda oʻz huquqlarini va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini shaxsan himoya qilish huquqiga ega. Biroq, sud voyaga yetmagan shaxsning qonuniy vakillarini bunday ishlarda ishtirok etishga jalb qilishga haqli. | Qonunda nazarda tutilgan hollarda, maʼmuriy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar boʻyicha voyaga yetmagan shaxs sudda oʻz huquqlarini va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini shaxsan himoya qilish huquqiga ega. Biroq, sud voyaga yetmagan shaxsning qonuniy vakillarini bunday ishlarda ishtirok etishga jalb qilishga haqli. |
Oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan voyaga yetmagan shaxsning, shuningdek ruhiy holati buzilganligi (ruhiy kasalligi yoxud aqli zaifligi) natijasida muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaroning huquqlari, erkinliklari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlari sudda ularning qonuniy vakillari tomonidan himoya qilinadi. | Oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan voyaga yetmagan shaxsning, shuningdek ruhiy holati buzilganligi (ruhiy kasalligi yoxud aqli zaifligi) natijasida muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaroning huquqlari, erkinliklari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlari sudda ularning qonuniy vakillari tomonidan himoya qilinadi. |
2-§. Maʼmuriy sud ishlarini yuritish ishtirokchilarining tarkibi, huquq va majburiyatlari | 2-§. Maʼmuriy sud ishlarini yuritish ishtirokchilarining tarkibi, huquq va majburiyatlari |
37-modda. Maʼmuriy sud ishlarini yuritish ishtirokchilarining tarkibi | 37-modda. Maʼmuriy sud ishlarini yuritish ishtirokchilarining tarkibi |
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar va odil sudlovni amalga oshirishga koʻmaklashuvchi shaxslar maʼmuriy sud ishlarini yuritish ishtirokchilaridir. | Ishda ishtirok etuvchi shaxslar va odil sudlovni amalga oshirishga koʻmaklashuvchi shaxslar maʼmuriy sud ishlarini yuritish ishtirokchilaridir. |
38-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar | 38-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar |
Taraflar, uchinchi shaxslar, prokuror, davlat organlari va boshqa shaxslar oʻz zimmalariga yuklatilgan vakolatlarga koʻra ishda ishtirok etuvchi shaxslardir. | Taraflar, uchinchi shaxslar, prokuror, davlat organlari va boshqa shaxslar oʻz zimmalariga yuklatilgan vakolatlarga koʻra ishda ishtirok etuvchi shaxslardir. |
39-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning huquq va majburiyatlari | 39-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning huquq va majburiyatlari |
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish materiallari bilan tanishish, ulardan koʻchirmalar olish, koʻchirma nusxa olish, rad qilish toʻgʻrisida arz qilish, dalillar taqdim etish, dalillarni tekshirishda ishtirok etish, savollar berish, iltimosnomalar kiritish, arz qilish, sudga ogʻzaki va yozma tushuntirishlar berish, ishni koʻrish davomida yuzaga keladigan barcha masalalar boʻyicha oʻz vajlarini, xulosalarini taqdim qilish, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning iltimosnomalari, vajlariga eʼtiroz bildirish, sud hujjatlari ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) hamda ushbu Kodeksda oʻzlariga berilgan boshqa protsessual huquqlardan foydalanish huquqiga ega. | Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish materiallari bilan tanishish, ulardan koʻchirmalar olish, koʻchirma nusxa olish, rad qilish toʻgʻrisida arz qilish, dalillar taqdim etish, dalillarni tekshirishda ishtirok etish, savollar berish, iltimosnomalar kiritish, arz qilish, sudga ogʻzaki va yozma tushuntirishlar berish, ishni koʻrish davomida yuzaga keladigan barcha masalalar boʻyicha oʻz vajlarini, xulosalarini taqdim qilish, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning iltimosnomalari, vajlariga eʼtiroz bildirish, sud hujjatlari ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) hamda ushbu Kodeksda oʻzlariga berilgan boshqa protsessual huquqlardan foydalanish huquqiga ega. |
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ushbu Kodeksda nazarda tutilgan protsessual majburiyatlarga ega va ular oʻzlariga tegishli barcha protsessual huquqlardan insofli ravishda foydalanishi kerak. | Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ushbu Kodeksda nazarda tutilgan protsessual majburiyatlarga ega va ular oʻzlariga tegishli barcha protsessual huquqlardan insofli ravishda foydalanishi kerak. |
40-modda. Taraflar | 40-modda. Taraflar |
Arizachi va javobgar maʼmuriy sud ishlarini yuritishdagi taraflardir. | Arizachi va javobgar maʼmuriy sud ishlarini yuritishdagi taraflardir. |
Oʻzlarining huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida talab taqdim etayotgan yoki manfaatlarini koʻzlab talab taqdim etilgan fuqarolar va yuridik shaxslar arizachilardir. | Oʻzlarining huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida talab taqdim etayotgan yoki manfaatlarini koʻzlab talab taqdim etilgan fuqarolar va yuridik shaxslar arizachilardir. |
Ariza (shikoyat) talabi qaratilgan maʼmuriy organlar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va ularning mansabdor shaxslari javobgarlardir. | Ariza (shikoyat) talabi qaratilgan maʼmuriy organlar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va ularning mansabdor shaxslari javobgarlardir. |
Taraflar teng protsessual huquqlardan foydalanadi. | Taraflar teng protsessual huquqlardan foydalanadi. |
41-modda. Ishda bir nechta arizachi va javobgarning ishtirok etishi | 41-modda. Ishda bir nechta arizachi va javobgarning ishtirok etishi |
Talab bir nechta arizachi tomonidan birgalikda yoki bir nechta javobgarga nisbatan taqdim etilishi mumkin. | Talab bir nechta arizachi tomonidan birgalikda yoki bir nechta javobgarga nisbatan taqdim etilishi mumkin. |
Arizachilar va javobgarlarning har biri boshqa tarafga nisbatan sud protsessida mustaqil qatnashadi. | Arizachilar va javobgarlarning har biri boshqa tarafga nisbatan sud protsessida mustaqil qatnashadi. |
Protsessda birgalikda ishtirok etuvchilar ishni olib borishni sherik ishtirokchilardan biriga topshirishi mumkin. | Protsessda birgalikda ishtirok etuvchilar ishni olib borishni sherik ishtirokchilardan biriga topshirishi mumkin. |
Boshqa javobgarning ishtirokisiz ishni koʻrish mumkin boʻlmagan taqdirda, birinchi instansiya sudi hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar arizachining roziligi bilan oʻsha javobgarni ishda ishtirok etish uchun jalb etadi. | Boshqa javobgarning ishtirokisiz ishni koʻrish mumkin boʻlmagan taqdirda, birinchi instansiya sudi hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar arizachining roziligi bilan oʻsha javobgarni ishda ishtirok etish uchun jalb etadi. |
Agar qonun hujjatlarida ishda boshqa javobgar ishtirokining majburiyligi nazarda tutilgan boʻlsa, sud oʻz tashabbusi bilan shu javobgarni ishda ishtirok etish uchun jalb etadi. | Agar qonunchilikda ishda boshqa javobgar ishtirokining majburiyligi nazarda tutilgan boʻlsa, sud oʻz tashabbusi bilan shu javobgarni ishda ishtirok etish uchun jalb etadi. |
Sud arizachining iltimosnomasi boʻyicha ham boshqa javobgarni ishda ishtirok etish uchun jalb etishga haqli. Boshqa javobgarni ishda ishtirok etishga jalb etish haqida yoki jalb etishni rad qilish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi. | Sud arizachining iltimosnomasi boʻyicha ham boshqa javobgarni ishda ishtirok etish uchun jalb etishga haqli. Boshqa javobgarni ishda ishtirok etishga jalb etish haqida yoki jalb etishni rad qilish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi. |
Boshqa javobgar ishda ishtirok etish uchun jalb etilganda ishni koʻrish boshidan boshlanadi. | Boshqa javobgar ishda ishtirok etish uchun jalb etilganda ishni koʻrish boshidan boshlanadi. |
42-modda. Ishga daxldor boʻlmagan javobgarni almashtirish | 42-modda. Ishga daxldor boʻlmagan javobgarni almashtirish |
Sud ariza (shikoyat) boʻyicha javob berishi lozim boʻlmagan shaxsga nisbatan talab taqdim etilganini aniqlasa, hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar daxldor boʻlmagan javobgarni arizachi roziligi bilan daxldor boʻlgan javobgar bilan almashtirilishiga yoʻl qoʻyishi mumkin. | Sud ariza (shikoyat) boʻyicha javob berishi lozim boʻlmagan shaxsga nisbatan talab taqdim etilganini aniqlasa, hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar daxldor boʻlmagan javobgarni arizachi roziligi bilan daxldor boʻlgan javobgar bilan almashtirilishiga yoʻl qoʻyishi mumkin. |
Agar arizachi javobgarni boshqa shaxs bilan almashtirishga rozi boʻlmasa, sud arizachining roziligi bilan bu shaxsni ikkinchi javobgar sifatida ishga jalb etishi mumkin. | Agar arizachi javobgarni boshqa shaxs bilan almashtirishga rozi boʻlmasa, sud arizachining roziligi bilan bu shaxsni ikkinchi javobgar sifatida ishga jalb etishi mumkin. |
Ishga daxldor boʻlmagan javobgar almashtirilganligi toʻgʻrisida ajrim chiqariladi. | Ishga daxldor boʻlmagan javobgar almashtirilganligi toʻgʻrisida ajrim chiqariladi. |
Ishga daxldor boʻlmagan javobgar almashtirilganidan soʻng ishni koʻrish boshidan boshlanadi. | Ishga daxldor boʻlmagan javobgar almashtirilganidan soʻng ishni koʻrish boshidan boshlanadi. |
43-modda. Protsessual huquqiy vorislik | 43-modda. Protsessual huquqiy vorislik |
Taraflardan biri nizoli yoki sud hujjati bilan aniqlangan huquqiy munosabatdan chiqib ketgan holda (yuridik shaxsning qayta tashkil etilishi, fuqaroning vafot etishi va majburiyatlardagi shaxslar oʻzgarishining boshqa hollarida) sud bu tarafni uning huquqiy vorisi bilan almashtiradi. | Taraflardan biri nizoli yoki sud hujjati bilan aniqlangan huquqiy munosabatdan chiqib ketgan holda (yuridik shaxsning qayta tashkil etilishi, fuqaroning vafot etishi va majburiyatlardagi shaxslar oʻzgarishining boshqa hollarida) sud bu tarafni uning huquqiy vorisi bilan almashtiradi. |
Huquqiy vorislik maʼmuriy sud ishlarini yuritishning har qanday bosqichida amalga oshirilishi mumkin. | Huquqiy vorislik maʼmuriy sud ishlarini yuritishning har qanday bosqichida amalga oshirilishi mumkin. |
Tarafni huquqiy voris bilan almashtirish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi. | Tarafni huquqiy voris bilan almashtirish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi. |
Tarafni huquqiy voris bilan almashtirish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. | Tarafni huquqiy voris bilan almashtirish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. |
Taraf huquqiy voris bilan almashtirilganidan keyin maʼmuriy sud ishlarini yuritish almashtirish amalga oshirilgan bosqichning oʻzida davom ettiriladi. | Taraf huquqiy voris bilan almashtirilganidan keyin maʼmuriy sud ishlarini yuritish almashtirish amalga oshirilgan bosqichning oʻzida davom ettiriladi. |
Huquqiy voris ishga kirishguniga qadar sud protsessida amalga oshirilgan barcha harakatlar huquqiy vorisga oʻrnini boʻshatib bergan shaxsga qay darajada majburiy boʻlgan boʻlsa, huquqiy voris uchun ham shu darajada majburiydir. | Huquqiy voris ishga kirishguniga qadar sud protsessida amalga oshirilgan barcha harakatlar huquqiy vorisga oʻrnini boʻshatib bergan shaxsga qay darajada majburiy boʻlgan boʻlsa, huquqiy voris uchun ham shu darajada majburiydir. |
44-modda. Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslar | 44-modda. Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslar |
Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslar birinchi instansiya sudi hal qiluv qarorini qabul qilguniga qadar ishga kirishishi mumkin. Ular arizachining barcha huquqlaridan foydalanadilar va uning barcha majburiyatlarini oʻz zimmasiga oladi. | Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslar birinchi instansiya sudi hal qiluv qarorini qabul qilguniga qadar ishga kirishishi mumkin. Ular arizachining barcha huquqlaridan foydalanadilar va uning barcha majburiyatlarini oʻz zimmasiga oladi. |
Agar nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxs ishga sud muhokamasi boshlanganidan keyin kirishsa, ishni koʻrish boshidan boshlanadi. | Agar nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxs ishga sud muhokamasi boshlanganidan keyin kirishsa, ishni koʻrish boshidan boshlanadi. |
45-modda. Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar | 45-modda. Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar |
Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar birinchi instansiya sudi hal qiluv qarorini qabul qilguniga qadar, agar ish ushbu shaxslarning taraflardan biriga nisbatan huquqlari yoki majburiyatlariga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlsa, arizachi yoxud javobgar tarafida ishga kirishishi mumkin. Ular tarafning iltimosnomasi bilan yoki sudning tashabbusi bilan ham ishda ishtirok etishga jalb qilinishi mumkin. | Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar birinchi instansiya sudi hal qiluv qarorini qabul qilguniga qadar, agar ish ushbu shaxslarning taraflardan biriga nisbatan huquqlari yoki majburiyatlariga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlsa, arizachi yoxud javobgar tarafida ishga kirishishi mumkin. Ular tarafning iltimosnomasi bilan yoki sudning tashabbusi bilan ham ishda ishtirok etishga jalb qilinishi mumkin. |
Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar tarafning protsessual huquqlaridan foydalanadi va uning protsessual majburiyatlarini oʻz zimmasiga oladi, bundan arz qilingan talabning asosini yoki predmetini oʻzgartirish, talabdan voz kechish, arz qilingan talabni tan olish, sud hujjatining majburiy ijro etilishini talab qilish huquqi mustasno. | Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar tarafning protsessual huquqlaridan foydalanadi va uning protsessual majburiyatlarini oʻz zimmasiga oladi, bundan arz qilingan talabning asosini yoki predmetini oʻzgartirish, talabdan voz kechish, arz qilingan talabni tan olish yoxud kelishuv bitimi tuzish, sud hujjatining majburiy ijro etilishini talab qilish huquqi mustasno. |
Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxsni ishda ishtirok etishga jalb qilish haqida yoki uni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi. | Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxsni ishda ishtirok etishga jalb qilish haqida yoki uni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi. |
Agar nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs ishga sud muhokamasi boshlanganidan keyin kirishsa, ishni koʻrish boshidan boshlanadi. | Agar nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs ishga sud muhokamasi boshlanganidan keyin kirishsa, ishni koʻrish boshidan boshlanadi. |
46-modda. Ishda prokurorning ishtiroki | 46-modda. Ishda prokurorning ishtiroki |
Prokuror barcha ishlar boʻyicha sud majlisida ishtirok etishga haqli. | Prokuror barcha ishlar boʻyicha sud majlisida ishtirok etishga haqli. |
Prokuror fuqarolar va yuridik shaxslarning, shuningdek jamiyat va davlatning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilib, sudga ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega. | Prokuror fuqarolar va yuridik shaxslarning, shuningdek jamiyat va davlatning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilib, sudga ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega. |
Ariza tumanlararo maʼmuriy sudlarga Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar yoki ularning oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlariga esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari yoki ularning oʻrinbosarlari tomonidan taqdim etiladi. | Ariza tumanlararo maʼmuriy sudlarga Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar yoki ularning oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlariga esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari yoki ularning oʻrinbosarlari tomonidan taqdim etiladi. |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasining barcha maʼmuriy sudlariga ariza taqdim etishga haqli. | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasining barcha maʼmuriy sudlariga ariza taqdim etishga haqli. |
Prokurorning oʻz arizasidan voz kechishi arizachini ishni mazmunan koʻrib chiqishni talab qilish huquqidan mahrum etmaydi. | Prokurorning oʻz arizasidan voz kechishi arizachini ishni mazmunan koʻrib chiqishni talab qilish huquqidan mahrum etmaydi. |
Prokuror tomonidan arizachining huquqini himoya qilish maqsadida taqdim etilgan talabdan arizachining voz kechishi arizani koʻrmasdan qoldirishga olib keladi. | Prokuror tomonidan arizachining huquqini himoya qilish maqsadida taqdim etilgan talabdan arizachining voz kechishi arizani koʻrmasdan qoldirishga olib keladi. |
Qonunda nazarda tutilgan yoki sud mazkur ishda prokuror ishtirok etishi zarur deb topgan hollarda, shuningdek prokurorning arizasi asosida qoʻzgʻatilgan ishlarda prokuror ishtirok etishi shart. | Qonunda nazarda tutilgan yoki sud mazkur ishda prokuror ishtirok etishi zarur deb topgan hollarda, yerga oid huquqiy munosabatlar bilan bogʻliq ishlarda, shuningdek prokurorning arizasi asosida qoʻzgʻatilgan ishlarda prokuror ishtirok etishi shart. |
Ishda ishtirok etuvchi prokuror ishning mazmuni boʻyicha fikrini bayon qiladi, bundan uning boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilishga doir arizasi boʻyicha qoʻzgʻatilgan ishlar mustasno. | Ishda ishtirok etuvchi prokuror ishning mazmuni boʻyicha fikrini bayon qiladi, bundan uning boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilishga doir arizasi boʻyicha qoʻzgʻatilgan ishlar mustasno. |
Fuqaroning, yuridik shaxsning, jamiyat va davlatning manfaatlarini koʻzlab ariza taqdim etgan prokuror arizachining huquqlaridan foydalanadi hamda uning majburiyatlarini oʻz zimmasiga oladi. | Fuqaroning, yuridik shaxsning, jamiyat va davlatning manfaatlarini koʻzlab ariza taqdim etgan prokuror arizachining huquqlaridan foydalanadi hamda uning majburiyatlarini oʻz zimmasiga oladi, bundan kelishuv bitimi tuzish huquqi mustasno. |
47-modda. Ishda davlat organlari va boshqa shaxslarning ishtiroki | 47-modda. Ishda davlat organlari va boshqa shaxslarning ishtiroki |
Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda, davlat organlari va boshqa shaxslar fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida ariza berishi mumkin. Ariza bergan mazkur organlar va shaxslar arizachining barcha huquqlaridan foydalanadi hamda uning majburiyatlarini oʻz zimmasiga oladi. | Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, davlat organlari va boshqa shaxslar fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida ariza berishi mumkin. Ariza bergan mazkur organlar va shaxslar arizachining barcha huquqlaridan foydalanadi hamda uning majburiyatlarini oʻz zimmasiga oladi. |
Davlat organi va boshqa shaxsning oʻzi bergan arizadan voz kechishi arizachini ishni mazmunan koʻrib chiqishni talab qilish huquqidan mahrum etmaydi. | Davlat organi va boshqa shaxsning oʻzi bergan arizadan voz kechishi arizachini ishni mazmunan koʻrib chiqishni talab qilish huquqidan mahrum etmaydi. |
Davlat organi va boshqa shaxs tomonidan arizachining huquqlarini himoya qilish maqsadida taqdim etilgan talabdan arizachining voz kechishi arizani koʻrmasdan qoldirishga olib keladi. | Davlat organi va boshqa shaxs tomonidan arizachining huquqlarini himoya qilish maqsadida taqdim etilgan talabdan arizachining voz kechishi arizani koʻrmasdan qoldirishga olib keladi. |
48-modda. Odil sudlovni amalga oshirishga koʻmaklashuvchi shaxslar | 48-modda. Odil sudlovni amalga oshirishga koʻmaklashuvchi shaxslar |
Maʼmuriy sud ishlarini yuritishda ishda ishtirok etuvchi shaxslar bilan bir qatorda odil sudlovni amalga oshirishga koʻmaklashuvchi shaxslar — guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar va tarjimonlar ishtirok etishi mumkin. | Maʼmuriy sud ishlarini yuritishda ishda ishtirok etuvchi shaxslar bilan bir qatorda odil sudlovni amalga oshirishga koʻmaklashuvchi shaxslar — guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar va tarjimonlar ishtirok etishi mumkin. |
49-modda. Sud majlisining kotibi | 49-modda. Sud majlisining kotibi |
Sud majlisi vaqtida sudyaning yordamchisi (katta yordamchisi) sud majlisining kotibi vazifalarini bajaradi. | Sud majlisi vaqtida sudyaning yordamchisi (katta yordamchisi) sud majlisining kotibi vazifalarini bajaradi. |
Sud majlisining kotibi maʼmuriy ishlarni sud muhokamasiga tayyorlash uchun zarur boʻlgan harakatlarni amalga oshiradi, ishda ishtirok etuvchi shaxslarni sud muhokamasining vaqti va joyi haqida xabardor qiladi hamda ularning sudga kelgan-kelmaganligini tekshiradi, kelmaganligi sabablarini aniqlashtiradi va bu haqda sudyaga maʼlum qiladi, bajarilayotgan protsessual harakatlar boʻyicha bayonnoma yuritadi, sudyaning sud majlisiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish, shuningdek sud hujjatini ijroga yuborish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa topshiriqlarini bajaradi. | Sud majlisining kotibi maʼmuriy ishlarni sud muhokamasiga tayyorlash uchun zarur boʻlgan harakatlarni amalga oshiradi, ishda ishtirok etuvchi shaxslarni sud muhokamasining vaqti va joyi haqida xabardor qiladi hamda ularning sudga kelgan-kelmaganligini tekshiradi, kelmaganligi sabablarini aniqlashtiradi va bu haqda sudyaga maʼlum qiladi, bajarilayotgan protsessual harakatlar boʻyicha bayonnoma yuritadi, sudyaning sud majlisiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish, shuningdek sud hujjatini ijroga yuborish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa topshiriqlarini bajaradi. |
50-modda. Guvoh | 50-modda. Guvoh |
Ishga doir biror-bir holatdan xabardor har qanday shaxs guvoh boʻlishi mumkin. | Ishga doir biror-bir holatdan xabardor har qanday shaxs guvoh boʻlishi mumkin. |
Quyidagilar guvoh sifatida chaqirilishi va soʻroq qilinishi mumkin emas: | Quyidagilar guvoh sifatida chaqirilishi va soʻroq qilinishi mumkin emas: |
fuqarolik, iqtisodiy, maʼmuriy ish boʻyicha vakillar yoki jinoyat ishi boʻyicha himoyachilar, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha advokatlar — vakil, himoyachi yoki advokat vazifalarini bajarishi munosabati bilan oʻzlariga maʼlum boʻlib qolgan holatlar toʻgʻrisida; | fuqarolik, iqtisodiy, maʼmuriy ish boʻyicha vakillar yoki jinoyat ishi boʻyicha himoyachilar, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha advokatlar — vakil, himoyachi yoki advokat vazifalarini bajarishi munosabati bilan oʻzlariga maʼlum boʻlib qolgan holatlar toʻgʻrisida; |
jismoniy nuqsonlari yoki ruhiy holatining buzilganligi sababli faktlarni toʻgʻri idrok qilishga yoki ular haqida toʻgʻri koʻrsatuvlar berishga layoqatsiz shaxslar. | jismoniy nuqsonlari yoki ruhiy holatining buzilganligi sababli faktlarni toʻgʻri idrok qilishga yoki ular haqida toʻgʻri koʻrsatuvlar berishga layoqatsiz shaxslar. |
51-modda. Guvohning huquq va majburiyatlari | 51-modda. Guvohning huquq va majburiyatlari |
Guvoh advokatning yuridik yordamidan foydalanish, maʼmuriy sud ishi yuritilayotgan tilni bilmasa yoki yetarli darajada bilmasa, oʻz ona tilida koʻrsatuvlar berish va bu holda tarjimon xizmatidan foydalanish, koʻrsatuvlarini oʻz qoʻli bilan yozib berish, koʻrsatuvlar berishda yozma qaydlar va hujjatlardan foydalanish huquqiga ega. | Guvoh advokatning yuridik yordamidan foydalanish, maʼmuriy sud ishi yuritilayotgan tilni bilmasa yoki yetarli darajada bilmasa, oʻz ona tilida koʻrsatuvlar berish va bu holda tarjimon xizmatidan foydalanish, koʻrsatuvlarini oʻz qoʻli bilan yozib berish, koʻrsatuvlar berishda yozma qaydlar va hujjatlardan foydalanish huquqiga ega. |
Guvoh sudning chaqiruviga binoan kelishi, ish yuzasidan oʻzi xabardor boʻlgan maʼlumotlar va holatlar haqida toʻgʻri koʻrsatuvlar berishi, sudya va ishda ishtirok etuvchi shaxslarning savollariga javob berishi, sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart. | Guvoh sudning chaqiruviga binoan kelishi, ish yuzasidan oʻzi xabardor boʻlgan maʼlumotlar va holatlar haqida toʻgʻri koʻrsatuvlar berishi, sudya va ishda ishtirok etuvchi shaxslarning savollariga javob berishi, sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart. |
Guvoh bila turib yolgʻon koʻrsatuvlar berganlik uchun jinoiy javobgar boʻladi, sud tomonidan bu haqda ogohlantirilib, tilxat olinadi. | Guvoh bila turib yolgʻon koʻrsatuvlar berganlik uchun jinoiy javobgar boʻladi, sud tomonidan bu haqda ogohlantirilib, tilxat olinadi. |
Hech kim oʻziga va yaqin qarindoshlariga qarshi guvohlik berishga majbur emas. | Hech kim oʻziga va yaqin qarindoshlariga qarshi guvohlik berishga majbur emas. |
Qonunga muvofiq kasbiy burchini bajarishi jarayonida oʻziga maʼlum boʻlib qolgan maʼlumotlar va holatlar yuzasidan koʻrsatuv berishni rad qilish huquqiga ega boʻlgan shaxslarga nisbatan koʻrsatuv berish majburiyati tatbiq etilmaydi. | Qonunga muvofiq kasbiy burchini bajarishi jarayonida oʻziga maʼlum boʻlib qolgan maʼlumotlar va holatlar yuzasidan koʻrsatuv berishni rad qilish huquqiga ega boʻlgan shaxslarga nisbatan koʻrsatuv berish majburiyati tatbiq etilmaydi. |
52-modda. Ekspert | 52-modda. Ekspert |
Xulosa berish uchun fan, texnika, sanʼat yoki hunar sohasida zarur maxsus bilimlarga ega jismoniy shaxs ekspert sifatida tayinlanishi mumkin. | Xulosa berish uchun fan, texnika, sanʼat yoki hunar sohasida zarur maxsus bilimlarga ega jismoniy shaxs ekspert sifatida tayinlanishi mumkin. |
Davlat sud-ekspertiza muassasasi eksperti, boshqa korxona, muassasa, tashkilot xodimi yoki oʻzga jismoniy shaxs ekspert sifatida ishtirok etishi mumkin. | Davlat sud-ekspertiza muassasasi eksperti, nodavlat sud-ekspertiza tashkilotining eksperti, boshqa korxona, muassasa, tashkilot xodimi yoki oʻzga jismoniy shaxs ekspert sifatida ishtirok etishi mumkin. |
Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyatlari uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar ekspert sifatida jalb etilishi mumkin emas. | Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyatlari uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar ekspert sifatida jalb etilishi mumkin emas. |
53-modda. Ekspertning huquq va majburiyatlari | 53-modda. Ekspertning huquq va majburiyatlari |
Ekspert: ekspertiza predmetiga taalluqli ish materiallari bilan tanishish, ulardan zarur maʼlumotlarni yozib olish yoki koʻchirma nusxalar olish; joyida koʻzdan kechirishda ishtirok etish va ekspertizani oʻtkazish uchun zarur qoʻshimcha materiallar va tekshirish obyektlari taqdim etilishi haqida iltimosnomalar berish; sud muhokamasida ekspertiza predmetiga oid dalillarni tekshirishda ishtirok etish hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga va guvohlarga sudning ruxsati bilan savollar berish; ashyoviy dalillar va hujjatlarni koʻzdan kechirish; oʻz xulosasida nafaqat oʻz oldiga qoʻyilgan savollar boʻyicha, balki ekspertiza predmetiga oid va ish uchun ahamiyatga molik boshqa masalalar boʻyicha ham xulosalarini bayon etish; oʻz xulosasi yoki koʻrsatuvlari ishda ishtirok etuvchi shaxslar va guvohlar tomonidan notoʻgʻri talqin qilinganligi xususida sud majlisi bayonnomasiga kiritilishi lozim boʻlgan bayonotlar berish; agar u maʼmuriy sud ishi yuritilayotgan tilni bilmasa yoki yetarlicha bilmasa, oʻz ona tilida xulosa taqdim etish va koʻrsatuvlar berish hamda bunday holda tarjimon xizmatidan foydalanish; agar ishni yuritayotgan sudning hal qiluv qarorlari, sudyaning harakatlari (harakatsizligi) ekspertning huquq va erkinliklarini buzayotgan boʻlsa, bu qarorlar, harakatlar (harakatsizlik) ustidan qonunda belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir. | Ekspert: ekspertiza predmetiga taalluqli ish materiallari bilan tanishish, ulardan zarur maʼlumotlarni yozib olish yoki koʻchirma nusxalar olish; joyida koʻzdan kechirishda ishtirok etish va ekspertizani oʻtkazish uchun zarur qoʻshimcha materiallar va tekshirish obyektlari taqdim etilishi haqida iltimosnomalar berish; sud muhokamasida ekspertiza predmetiga oid dalillarni tekshirishda ishtirok etish hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga va guvohlarga sudning ruxsati bilan savollar berish; ashyoviy, yozma va raqamli dalillar va hujjatlarni koʻzdan kechirish; oʻz xulosasida nafaqat oʻz oldiga qoʻyilgan savollar boʻyicha, balki ekspertiza predmetiga oid va ish uchun ahamiyatga molik boshqa masalalar boʻyicha ham xulosalarini bayon etish; oʻz xulosasi yoki koʻrsatuvlari ishda ishtirok etuvchi shaxslar va guvohlar tomonidan notoʻgʻri talqin qilinganligi xususida sud majlisi bayonnomasiga kiritilishi lozim boʻlgan bayonotlar berish; agar u maʼmuriy sud ishi yuritilayotgan tilni bilmasa yoki yetarlicha bilmasa, oʻz ona tilida xulosa taqdim etish va koʻrsatuvlar berish hamda bunday holda tarjimon xizmatidan foydalanish; agar ishni yuritayotgan sudning hal qiluv qarorlari, sudyaning harakatlari (harakatsizligi) ekspertning huquq va erkinliklarini buzayotgan boʻlsa, bu qarorlar, harakatlar (harakatsizlik) ustidan qonunda belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir. |
Ekspert: ushbu Kodeksning 21 va 22-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, oʻzini oʻzi rad etishi haqida darhol arz qilishi; oʻziga taqdim etilgan tekshirish obyektlarini har tomonlama va toʻliq tekshirishdan oʻtkazishi, oʻz oldiga qoʻyilgan savollar yuzasidan asosli va xolisona yozma xulosa berishi; sud majlisida shaxsan ishtirok etish uchun sudning chaqiruviga binoan kelishi; oʻzi oʻtkazgan ekspertiza xususida koʻrsatuvlar berishi va oʻzi bergan xulosani tushuntirish uchun qoʻshimcha savollarga javob berishi; ekspertiza oʻtkazilishi munosabati bilan oʻziga maʼlum boʻlib qolgan maʼlumotlarni oshkor qilmasligi; taqdim etilgan tekshirish obyektlari va ish materiallarining but saqlanishini taʼminlashi; sud muhokamasi vaqtida tartibga rioya qilishi shart. | Ekspert: ushbu Kodeksning 21 va 22-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, oʻzini oʻzi rad etishi haqida darhol arz qilishi; oʻziga taqdim etilgan tekshirish obyektlarini har tomonlama va toʻliq tekshirishdan oʻtkazishi, oʻz oldiga qoʻyilgan savollar yuzasidan asosli va xolisona yozma xulosa berishi; sud majlisida shaxsan ishtirok etish uchun sudning chaqiruviga binoan kelishi; oʻzi oʻtkazgan ekspertiza xususida koʻrsatuvlar berishi va oʻzi bergan xulosani tushuntirish uchun qoʻshimcha savollarga javob berishi; ekspertiza oʻtkazilishi munosabati bilan oʻziga maʼlum boʻlib qolgan maʼlumotlarni oshkor qilmasligi; taqdim etilgan tekshirish obyektlari va ish materiallarining but saqlanishini taʼminlashi; sud muhokamasi vaqtida tartibga rioya qilishi shart. |
Ekspert bila turib notoʻgʻri xulosa berganlik uchun jinoiy javobgar boʻladi. | Ekspert bila turib notoʻgʻri xulosa berganlik, yopiq sud majlisi muhokamasi maʼlumotlarini hamda tafsilotlarini sudning ruxsatisiz oshkor qilganlik uchun jinoiy javobgar boʻladi. |
Agar ekspert qoʻyilgan savollarni oʻzining maxsus bilimlari asosida hal qilish mumkin boʻlmasligiga yoki unga taqdim etilgan tekshirish obyektlarining yoxud materiallarning yaroqsizligiga yoki xulosa berish uchun yetarli emasligiga va ularni toʻldirib boʻlmasligiga yoxud fan va sud-ekspertlik amaliyotining holati qoʻyilgan savollarga javob topish imkoniyatini bermasligiga ishonch hosil qilsa, u xulosa berishning iloji yoʻqligi toʻgʻrisida asoslantirilgan dalolatnoma tuzadi hamda uni ekspertizani tayinlagan sudga yuboradi. | Agar ekspert qoʻyilgan savollarni oʻzining maxsus bilimlari asosida hal qilish mumkin boʻlmasligiga yoki unga taqdim etilgan tekshirish obyektlarining yoxud materiallarning yaroqsizligiga yoki xulosa berish uchun yetarli emasligiga va ularni toʻldirib boʻlmasligiga yoxud fan va sud-ekspertlik amaliyotining holati qoʻyilgan savollarga javob topish imkoniyatini bermasligiga ishonch hosil qilsa, u xulosa berishning iloji yoʻqligi toʻgʻrisida asoslantirilgan dalolatnoma tuzadi hamda uni ekspertizani tayinlagan sudga yuboradi. |
54-modda. Mutaxassis | 54-modda. Mutaxassis |
Maslahatlar (tushuntirishlar) berish va ilmiy-texnika vositalarini qoʻllashda yordam koʻrsatish yoʻli bilan dalillarni toʻplash, tekshirish va baholashda koʻmaklashish maqsadida fan, texnika, sanʼat yoki hunar sohasida maxsus bilim va koʻnikmalarga ega boʻlgan, voyaga yetgan, ish natijasidan manfaatdor boʻlmagan shaxs sud majlisida yoki protsessual harakatlarda ishtirok etish uchun sud tomonidan mutaxassis sifatida jalb qilinishi mumkin. | Maslahatlar (tushuntirishlar) berish va ilmiy-texnika vositalarini qoʻllashda yordam koʻrsatish yoʻli bilan dalillarni toʻplash, tekshirish va baholashda koʻmaklashish maqsadida fan, texnika, sanʼat yoki hunar sohasida maxsus bilim va koʻnikmalarga ega boʻlgan, voyaga yetgan, ish natijasidan manfaatdor boʻlmagan shaxs sud majlisida yoki protsessual harakatlarda ishtirok etish uchun sud tomonidan mutaxassis sifatida jalb qilinishi mumkin. |
Mutaxassisni sud majlisida ishtirok etish uchun jalb qilish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi. | Mutaxassisni sud majlisida ishtirok etish uchun jalb qilish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi. |
Sudning mutaxassisni chaqirish haqidagi talabi uning ish beruvchisi uchun majburiydir. | Sudning mutaxassisni chaqirish haqidagi talabi uning ish beruvchisi uchun majburiydir. |
Sud mutaxassisni tarafning iltimosnomasiga koʻra ham jalb etishga haqli. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar maxsus bilim va koʻnikmalarga ega boʻlgan aniq shaxsni mutaxassis sifatida jalb etish toʻgʻrisida sudga iltimosnoma berishi mumkin. | Sud mutaxassisni tarafning iltimosnomasiga koʻra ham jalb etishga haqli. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar maxsus bilim va koʻnikmalarga ega boʻlgan aniq shaxsni mutaxassis sifatida jalb etish toʻgʻrisida sudga iltimosnoma berishi mumkin. |
55-modda. Mutaxassisning huquq va majburiyatlari | 55-modda. Mutaxassisning huquq va majburiyatlari |
Mutaxassis sifatida chaqirilgan shaxs: qanday maqsadda chaqirilganligini bilish; agar tegishli bilim va koʻnikmalarga ega boʻlmasa, ish yuritishda ishtirok etishni rad qilish; sudning ruxsati bilan protsessual harakat ishtirokchilariga savollar berish; protsessual harakat ishtirokchilarining eʼtiborini oʻzining dalillarni toʻplash, tekshirish va baholashda, ilmiy-texnika vositalarini qoʻllashda, ekspertiza tayinlash uchun materiallar tayyorlashda koʻmaklashish chogʻidagi harakatlari bilan bogʻliq holatlarga qaratish; oʻzi ishtirok etgan protsessual harakat bayonnomasi, shuningdek sud majlisi bayonnomasining tegishli qismi bilan tanishish va uning ishtirokida amalga oshirilgan harakatlarning kechishi hamda natijalari qayd qilinishining toʻliqligi va toʻgʻriligi xususida bayonnomaga kiritilishi lozim boʻlgan arzlar va fikrlarni bildirish; agar ish yuritishda ishtirok etish uning xizmat vazifalari doirasiga kirmasa, protsessual harakatlarni amalga oshirishdagi ishtiroki bilan bogʻliq xarajatlarning oʻrni qoplanishi va bajargan ishi uchun pul mukofoti olish huquqiga ega. | Mutaxassis sifatida chaqirilgan shaxs: qanday maqsadda chaqirilganligini bilish; agar tegishli bilim va koʻnikmalarga ega boʻlmasa, ish yuritishda ishtirok etishni rad qilish; sudning ruxsati bilan protsessual harakat ishtirokchilariga savollar berish; protsessual harakat ishtirokchilarining eʼtiborini oʻzining dalillarni toʻplash, tekshirish va baholashda, ilmiy-texnika vositalarini qoʻllashda, ekspertiza tayinlash uchun materiallar tayyorlashda koʻmaklashish chogʻidagi harakatlari bilan bogʻliq holatlarga qaratish; oʻzi ishtirok etgan protsessual harakat bayonnomasi, shuningdek sud majlisi bayonnomasining tegishli qismi bilan tanishish va uning ishtirokida amalga oshirilgan harakatlarning kechishi hamda natijalari qayd qilinishining toʻliqligi va toʻgʻriligi xususida bayonnomaga kiritilishi lozim boʻlgan arzlar va fikrlarni bildirish; agar ish yuritishda ishtirok etish uning xizmat vazifalari doirasiga kirmasa, protsessual harakatlarni amalga oshirishdagi ishtiroki bilan bogʻliq xarajatlarning oʻrni qoplanishi va bajargan ishi uchun pul mukofoti olish huquqiga ega. |
Mutaxassis sifatida jalb etilgan shaxs: sudning chaqiruvi boʻyicha kelishi; protsessual harakatlarni amalga oshirishda va sud muhokamasida maxsus bilim, koʻnikmalardan va ilmiy-texnika vositalaridan foydalangan holda ishtirok etishi; maslahatlar berishi va oʻzi bajarayotgan harakatlar yuzasidan tushuntirishlar berishi shart. | Mutaxassis sifatida jalb etilgan shaxs: sudning chaqiruvi boʻyicha kelishi; protsessual harakatlarni amalga oshirishda va sud muhokamasida maxsus bilim, koʻnikmalardan va ilmiy-texnika vositalaridan foydalangan holda ishtirok etishi; maslahatlar berishi va oʻzi bajarayotgan harakatlar yuzasidan tushuntirishlar berishi; yopiq sud majlisi muhokamasi maʼlumotlarini hamda tafsilotlarini sudning ruxsatisiz oshkor qilmasligi shart. |
Agar mutaxassis sud uzrsiz deb topgan sabablarga koʻra sudning chaqiruvi boʻyicha kelmasa, shuningdek maslahatlar (tushuntirishlar) berishni asossiz ravishda rad etsa, unga nisbatan ushbu Kodeksda belgilangan tartibda jarima solinishi mumkin. | Agar mutaxassis sud uzrsiz deb topgan sabablarga koʻra sudning chaqiruvi boʻyicha kelmasa, shuningdek maslahatlar (tushuntirishlar) berishni asossiz ravishda rad etsa, unga nisbatan ushbu Kodeksda belgilangan tartibda jarima solinishi mumkin. |
Jarima solinishi mutaxassisni kelish va maslahatlar (tushuntirishlar) berish majburiyatidan ozod qilmaydi. | Jarima solinishi mutaxassisni kelish va maslahatlar (tushuntirishlar) berish majburiyatidan ozod qilmaydi. |
56-modda. Tarjimon | 56-modda. Tarjimon |
Tarjima qilish uchun zarur tillarni biladigan hamda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda sud tomonidan tayinlangan shaxs tarjimondir. | Tarjima qilish uchun zarur tillarni biladigan hamda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda sud tomonidan tayinlangan shaxs tarjimondir. |
Maʼmuriy sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari, garchi tarjima qilish uchun zarur tillarni bilsa ham, tarjimon vazifalarini oʻz zimmasiga olishga haqli emas. | Maʼmuriy sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari, garchi tarjima qilish uchun zarur tillarni bilsa ham, tarjimon vazifalarini oʻz zimmasiga olishga haqli emas. |
57-modda. Tarjimonning huquq va majburiyatlari | 57-modda. Tarjimonning huquq va majburiyatlari |
Tarjimon: tarjimani aniqlashtirish uchun sud majlisi ishtirokchilariga savollar berish; agar tarjima qilish uchun tegishli bilimga ega boʻlmasa, sud muhokamasida ishtirok etishni rad qilish; sud majlisi bayonnomasi bilan tanishish; tarjima yozuvlarining yozilishi toʻgʻriligi xususida eʼtirozlar taqdim etish huquqiga ega. | Tarjimon: tarjimani aniqlashtirish uchun sud majlisi ishtirokchilariga savollar berish; agar tarjima qilish uchun tegishli bilimga ega boʻlmasa, sud muhokamasida ishtirok etishni rad qilish; sud majlisi bayonnomasi bilan tanishish; tarjima yozuvlarining yozilishi toʻgʻriligi xususida eʼtirozlar taqdim etish huquqiga ega. |
Tarjimon sudning chaqiruvi boʻyicha kelishi; tarjimani aniq, toʻliq va toʻgʻri amalga oshirishi; sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart. | Tarjimon sudning chaqiruvi boʻyicha kelishi; tarjimani aniq, toʻliq va toʻgʻri amalga oshirishi; sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart. |
Tarjimon bila turib notoʻgʻri tarjima qilganlik uchun jinoiy javobgar boʻladi, sud tomonidan bu haqda ogohlantirilib, undan tilxat olinadi. | Tarjimon bila turib notoʻgʻri tarjima qilganlik, yopiq sud majlisi muhokamasi maʼlumotlarini hamda tafsilotlarini sudning ruxsatisiz oshkor qilganlik uchun jinoiy javobgar boʻladi, sud tomonidan bu haqda ogohlantirilib, undan tilxat olinadi. |
3-§. Sudda vakillik | 3-§. Sudda vakillik |
58-modda. Vakillar orqali ish yuritish | 58-modda. Vakillar orqali ish yuritish |
Sudda yuridik shaxslarning ishlarini ularning qonun hujjatlarida yoki taʼsis hujjatlarida berilgan vakolatlar doirasida harakat qiladigan organlari va (yoki) ularning vakillari yuritadi. | Sudda yuridik shaxslarning ishlarini ularning qonunchilikda yoki taʼsis hujjatlarida berilgan vakolatlar doirasida harakat qiladigan organlari va (yoki) ularning vakillari yuritadi. |
Fuqarolar oʻz ishlarini sudda shaxsan oʻzlari va (yoki) vakillari orqali yuritishga haqlidir. Fuqaroning ishda shaxsan ishtirok etishi uni ish boʻyicha vakilga ega boʻlish huquqidan mahrum qilmaydi. | Fuqarolar oʻz ishlarini sudda shaxsan oʻzlari va (yoki) vakillari orqali yuritishga haqlidir. Fuqaroning ishda shaxsan ishtirok etishi uni ish boʻyicha vakilga ega boʻlish huquqidan mahrum qilmaydi. |
59-modda. Qonuniy vakillik | 59-modda. Qonuniy vakillik |
Muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini sudda ularning qonuniy vakillari (ota-onalari, ularni farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar) himoya qiladi. | Muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini sudda ularning qonuniy vakillari (ota-onalari, ularni farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar) himoya qiladi. |
Belgilangan tartibda bedarak yoʻqolgan deb topilgan fuqaro ishtirok etishi lozim boʻlgan ish boʻyicha uning vakili sifatida bedarak yoʻqolgan shaxsning mol-mulkini qoʻriqlash va boshqarish uchun tayinlangan shaxs qatnashadi. | Belgilangan tartibda bedarak yoʻqolgan deb topilgan fuqaro ishtirok etishi lozim boʻlgan ish boʻyicha uning vakili sifatida bedarak yoʻqolgan shaxsning mol-mulkini qoʻriqlash va boshqarish uchun tayinlangan shaxs qatnashadi. |
Vafot etgan yoki belgilangan tartibda vafot etgan deb eʼlon qilingan shaxsning merosxoʻri ishtirok etishi kerak boʻlgan ish boʻyicha, agar merosni hali hech kim qabul qilib olmagan boʻlsa, vasiy yoxud meros mol-mulkni saqlash va boshqarish uchun tayinlangan saqlovchi merosxoʻrning vakili sifatida qatnashadi. | Vafot etgan yoki belgilangan tartibda vafot etgan deb eʼlon qilingan shaxsning merosxoʻri ishtirok etishi kerak boʻlgan ish boʻyicha, agar merosni hali hech kim qabul qilib olmagan boʻlsa, vasiy yoxud meros mol-mulkni saqlash va boshqarish uchun tayinlangan saqlovchi merosxoʻrning vakili sifatida qatnashadi. |
Qonuniy vakil sudda ish olib borishni oʻzi vakil sifatida tanlagan boshqa shaxsga topshirish huquqiga ega. | Qonuniy vakil sudda ish olib borishni oʻzi vakil sifatida tanlagan boshqa shaxsga topshirish huquqiga ega. |
Oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan voyaga yetmagan shaxsning, muomalaga layoqatsiz yoki bedarak yoʻqolgan deb topilgan shaxsning qonuniy vakili vakillik qilinayotgan shaxsning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga taalluqli ishlar koʻrib chiqilayotganda uning manfaatlarini koʻzlab barcha protsessual harakatlarni amalga oshiradi. | Oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan voyaga yetmagan shaxsning, muomalaga layoqatsiz yoki bedarak yoʻqolgan deb topilgan shaxsning qonuniy vakili vakillik qilinayotgan shaxsning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga taalluqli ishlar koʻrib chiqilayotganda uning manfaatlarini koʻzlab barcha protsessual harakatlarni amalga oshiradi. |
Oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan voyaga yetmagan shaxsning, muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxsning qonuniy vakili ishlar koʻrib chiqilayotganda shu shaxsning manfaatlarini koʻzlab barcha protsessual harakatlarni cheklangan huquqlar doirasida amalga oshiradi. | Oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan voyaga yetmagan shaxsning, muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxsning qonuniy vakili ishlar koʻrib chiqilayotganda shu shaxsning manfaatlarini koʻzlab barcha protsessual harakatlarni cheklangan huquqlar doirasida amalga oshiradi. |
Qonuniy vakillar va vakillar oʻz manfaatlarini koʻzlab yoki uni vakil qilgan shaxsning manfaatlariga zid ravishda protsessual harakatlarni amalga oshirishga haqli emas. | Qonuniy vakillar va vakillar oʻz manfaatlarini koʻzlab yoki uni vakil qilgan shaxsning manfaatlariga zid ravishda protsessual harakatlarni amalga oshirishga haqli emas. |
60-modda. Shartnoma boʻyicha (ixtiyoriy) vakillik | 60-modda. Shartnoma boʻyicha (ixtiyoriy) vakillik |
Ishonch bildiruvchi oʻz huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun sudda ish yuritishni shartnoma boʻyicha (ixtiyoriy) vakillikka binoan vakilga topshiradi. | Ishonch bildiruvchi oʻz huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun sudda ish yuritishni shartnoma boʻyicha (ixtiyoriy) vakillikka binoan vakilga topshiradi. |
Quyidagilar shartnoma boʻyicha (ixtiyoriy) vakil boʻlishi mumkin: | Quyidagilar shartnoma boʻyicha (ixtiyoriy) vakil boʻlishi mumkin: |
1) advokatlar; | 1) advokatlar; |
2) nasl-nasab shajarasi boʻyicha toʻgʻri tutashgan yoki yon shajara boʻyicha qarindoshlar, shuningdek er (xotin) yoxud uning qarindoshlari; | 2) nasl-nasab shajarasi boʻyicha toʻgʻri tutashgan yoki yon shajara boʻyicha qarindoshlar, shuningdek er (xotin) yoxud uning qarindoshlari; |
3) yuridik shaxslarning xodimlari — ushbu yuridik shaxslarning ishlari boʻyicha; | 3) yuridik shaxslarning xodimlari — ushbu yuridik shaxslarning ishlari boʻyicha; |
4) notijorat tashkilotlarning vakolatli vakillari — ushbu tashkilotlar aʼzolarining ishlari boʻyicha; | 4) notijorat tashkilotlarning vakolatli vakillari — ushbu tashkilotlar aʼzolarining ishlari boʻyicha; |
5) qonunga binoan boshqa shaxslarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish huquqi berilgan notijorat tashkilotlarning vakolatli vakillari; | 5) qonunga binoan boshqa shaxslarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish huquqi berilgan notijorat tashkilotlarning vakolatli vakillari; |
6) birgalikda protsessual ishtirok etuvchilardan biri boshqa birgalikdagi ishtirokchilarning topshirigʻi boʻyicha; | 6) birgalikda protsessual ishtirok etuvchilardan biri boshqa birgalikdagi ishtirokchilarning topshirigʻi boʻyicha; |
7) ishni koʻrib chiqayotgan sud tomonidan ishda jismoniy shaxslarning vakillari sifatida ishtirok etishga ruxsat berilgan shaxslar. | 7) ishni koʻrib chiqayotgan sud tomonidan ishda jismoniy shaxslarning vakillari sifatida ishtirok etishga ruxsat berilgan shaxslar. |
Sudda ish yuritish boʻyicha vakil sifatida professional faoliyat bilan faqat advokatlar shugʻullanishi mumkin. | Sudda ish yuritish boʻyicha vakil sifatida professional faoliyat bilan faqat advokatlar shugʻullanishi mumkin. |
Sud arizachining iltimosiga koʻra, “Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatning ishtirok etishini taʼminlash choralarini koʻrishi shart. Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokat jalb etiladigan paytga qadar sud ishning muhokamasini keyinga qoldiradi. Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatni jalb qilishda advokatning ishda ishtirok etishi tasdiqlangan paytdan eʼtiboran unga ishga kirishish uchun kamida toʻrt soat vaqt berilishi kerak. | |
61-modda. Vakilning vakolatlarini rasmiylashtirish | 61-modda. Vakilning vakolatlarini rasmiylashtirish |
Vakilning vakolatlari qonunga muvofiq berilgan va rasmiylashtirilgan ishonchnomada koʻrsatilgan boʻlishi kerak. | Vakilning vakolatlari qonunga muvofiq berilgan va rasmiylashtirilgan ishonchnomada koʻrsatilgan boʻlishi kerak. |
Fuqarolar tomonidan beriladigan ishonchnomalar notariuslar yoki notarial harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan boshqa mansabdor shaxslar tomonidan tasdiqlanadi. | Fuqarolar tomonidan beriladigan ishonchnomalar notariuslar yoki notarial harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan boshqa mansabdor shaxslar tomonidan tasdiqlanadi. |
Davlat boshqaruvi organlarining, mansabdor shaxsning vakillari tegishli organ rahbarining yoki mansabdor shaxsning imzosi bilan beriladigan ishonchnoma boʻyicha ish olib boradi. | Davlat boshqaruvi organlarining, mansabdor shaxsning vakillari tegishli organ rahbarining yoki mansabdor shaxsning imzosi bilan beriladigan ishonchnoma boʻyicha ish olib boradi. |
Yuridik shaxs nomidan beriladigan ishonchnoma rahbar tomonidan imzolanib, imzo yuridik shaxsning muhri bilan (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) tasdiqlanadi. | Yuridik shaxs nomidan beriladigan ishonchnoma rahbar tomonidan imzolanib, imzo yuridik shaxsning muhri bilan (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) tasdiqlanadi. |
Yuridik shaxslarning rahbarlari sudga oʻz xizmat mavqeyini yoki vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatlarni taqdim etadi. | Yuridik shaxslarning rahbarlari sudga oʻz xizmat mavqeyini yoki vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatlarni taqdim etadi. |
Advokatning vakolatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadi. | Advokatning vakolatlari qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlanadi. |
62-modda. Vakilning vakolatlari | 62-modda. Vakilning vakolatlari |
Sudda ish yuritish vakolatlari vakilga barcha protsessual harakatlarni vakolat beruvchi nomidan amalga oshirish huquqini beradi. | Sudda ish yuritish vakolatlari vakilga barcha protsessual harakatlarni vakolat beruvchi nomidan amalga oshirish huquqini beradi, bundan kelishuv bitimi tuzish huquqi mustasno. |
Shartnoma boʻyicha vakillik qiluvchining arz qilingan talabdan toʻliq yoki qisman voz kechish, uning asosini yoki predmetini oʻzgartirish, arizachining talablarini tan olish, vakolatlarni boshqa shaxsga oʻtkazish (boshqa shaxsga ishonib topshirish), sud hujjati ustidan shikoyat qilish, sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani imzolash, sud hujjatining majburiy ijro etilishini talab qilish vakolatlarining har biri vakolat beruvchi tomonidan berilgan ishonchnomada maxsus koʻrsatilgan boʻlishi kerak. | Shartnoma boʻyicha vakillik qiluvchining arz qilingan talabdan toʻliq yoki qisman voz kechish, uning asosini yoki predmetini oʻzgartirish, arizachining talablarini tan olish, vakolatlarni boshqa shaxsga oʻtkazish (boshqa shaxsga ishonib topshirish), sud hujjati ustidan shikoyat qilish, sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani imzolash, sud hujjatining majburiy ijro etilishini talab qilish vakolatlarining har biri vakolat beruvchi tomonidan berilgan ishonchnomada maxsus koʻrsatilgan boʻlishi kerak. |
63-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning va ular vakillarining vakolatlarini tekshirish | 63-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning va ular vakillarining vakolatlarini tekshirish |
Sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning va ular vakillarining vakolatlarini tekshirishi shart. | Sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning va ular vakillarining vakolatlarini tekshirishi shart. |
Sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning va ular vakillarining vakolatlarini tan olish va ularning sud majlisida ishtirok etishiga ruxsat berish toʻgʻrisidagi masalani mazkur shaxslar sudga taqdim etgan hujjatlarni tekshirish asosida hal etadi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning va ular vakillarining vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar sud majlisi bayonnomasiga kiritiladi, zarur boʻlganda esa ularning koʻchirma nusxalari ishga qoʻshib qoʻyiladi. | Sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning va ular vakillarining vakolatlarini tan olish va ularning sud majlisida ishtirok etishiga ruxsat berish toʻgʻrisidagi masalani mazkur shaxslar sudga taqdim etgan hujjatlarni tekshirish asosida hal etadi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning va ular vakillarining vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar sud majlisi bayonnomasiga kiritiladi, zarur boʻlganda esa ularning koʻchirma nusxalari ishga qoʻshib qoʻyiladi. |
Ishda ishtirok etuvchi shaxs, uning vakili oʻz vakolatlarini tasdiqlash uchun zarur hujjatlarni taqdim etmagan yoki qonun hujjatlari talablariga muvofiq boʻlmagan hujjatlarni taqdim etgan taqdirda, sud tegishli shaxsning ishda ishtirok etishga oid vakolatlarini tan olishni rad etadi, bu haqda sud majlisi bayonnomasida koʻrsatiladi. | Ishda ishtirok etuvchi shaxs, uning vakili oʻz vakolatlarini tasdiqlash uchun zarur hujjatlarni taqdim etmagan yoki qonunchilik talablariga muvofiq boʻlmagan hujjatlarni taqdim etgan taqdirda, sud tegishli shaxsning ishda ishtirok etishga oid vakolatlarini tan olishni rad etadi, bu haqda sud majlisi bayonnomasida koʻrsatiladi. |
64-modda. Sudda vakil boʻla olmaydigan shaxslar | 64-modda. Sudda vakil boʻla olmaydigan shaxslar |
Quyidagi shaxslar sudda vakil boʻla olmaydi: | Quyidagi shaxslar sudda vakil boʻla olmaydi: |
1) voyaga yetmagan shaxslar, bundan qonun hujjatlarida belgilangan hollar mustasno; | 1) voyaga yetmagan shaxslar, bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno; |
2) vasiylik va homiylik belgilangan shaxslar; | 2) vasiylik va homiylik belgilangan shaxslar; |
3) sudyalar, prokurorlar, tergovchilar, surishtiruvchilar, sud devoni xodimlari bundan ular qonuniy vakil (ota-onalar, farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar) sifatida, shuningdek tegishli sud, prokuratura, surishtiruv va tergov organlarining vakili sifatida ishtirok etgan hollar mustasno; | 3) sudyalar, prokurorlar, tergovchilar, surishtiruvchilar, sud devoni xodimlari bundan ular qonuniy vakil (ota-onalar, farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar) sifatida, shuningdek tegishli sud, prokuratura, surishtiruv va tergov organlarining vakili sifatida ishtirok etgan hollar mustasno; |
4) manfaatlari vakolat beruvchining manfaatlariga zid boʻlgan shaxslarga huquqiy yordam koʻrsatayotgan yoki ilgari yordam koʻrsatgan shaxslar; | 4) manfaatlari vakolat beruvchining manfaatlariga zid boʻlgan shaxslarga huquqiy yordam koʻrsatayotgan yoki ilgari yordam koʻrsatgan shaxslar; |
5) sudya, prokuror, sud majlisining kotibi, ekspert, mutaxassis, tarjimon bilan qarindoshlik munosabatlarida boʻlgan shaxslar. | 5) sudya, prokuror, sud majlisining kotibi, ekspert, mutaxassis, tarjimon bilan qarindoshlik munosabatlarida boʻlgan shaxslar. |
7-bob. Dalillar va isbotlash | 7-bob. Dalillar va isbotlash |
65-modda. Dalillar tushunchasi va ularning turlari | 65-modda. Dalillar tushunchasi va ularning turlari |
Ish boʻyicha dalillar ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan tartibda olingan faktlar haqidagi maʼlumotlar boʻlib, ular asosida sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arz qilingan talablari va eʼtirozlarini asoslovchi holatlar, shuningdek nizoni toʻgʻri hal qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan boshqa holatlar mavjudligi yoki mavjud emasligini aniqlaydi. Bunday maʼlumotlar yozma va ashyoviy dalillar, ekspertlarning xulosalari, mutaxassislarning maslahatlari (tushuntirishlari), guvohlarning koʻrsatuvlari, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari bilan aniqlanadi. | Ish boʻyicha dalillar ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan tartibda olingan faktlar haqidagi maʼlumotlar boʻlib, ular asosida sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arz qilingan talablari va eʼtirozlarini asoslovchi holatlar, shuningdek nizoni toʻgʻri hal qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan boshqa holatlar mavjudligi yoki mavjud emasligini aniqlaydi. Bunday maʼlumotlar ashyoviy, yozma va raqamli dalillar, ekspertlarning xulosalari, mutaxassislarning maslahatlari (tushuntirishlari), guvohlarning koʻrsatuvlari, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari bilan aniqlanadi. |
Qonunni buzgan holda olingan dalillardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi. | Qonunni buzgan holda olingan dalillardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi. |
66-modda. Isbotlash | 66-modda. Isbotlash |
Isbotlash ishni mazmunan koʻrish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlarni aniqlash maqsadida dalillarni toʻplash, tekshirish va baholashdan iboratdir. | Isbotlash ishni mazmunan koʻrish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlarni aniqlash maqsadida dalillarni toʻplash, tekshirish va baholashdan iboratdir. |
67-modda. Isbotlash majburiyati | 67-modda. Isbotlash majburiyati |
Ishda ishtirok etuvchi har bir shaxs oʻz talablari va eʼtirozlariga asos qilib keltirayotgan holatlarni isbotlashi kerak. Maʼmuriy organlarning nizolashilayotgan hujjatlarining, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlari qarorlarining, ular mansabdor shaxslari harakatlarining (harakatsizligining) qonuniyligini isbotlash majburiyati tegishli organlar va mansabdor shaxslar zimmasiga yuklatiladi. Mazkur organlar va mansabdor shaxslar oʻz eʼtirozlariga asos qilib keltirayotgan faktlarni ham tasdiqlashi shart. Ishda ishtirok etuvchi har bir shaxs oʻzining arz qilingan talablari va eʼtirozlariga asos qilib keltirayotgan dalillarni ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar oldida, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, sud majlisi boshlanguniga qadar yoki sud belgilagan muddat doirasida ochib berishi kerak. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar faqat ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar oldindan tanishtirilgan dalillarga asoslanishga haqli. Agar taraf sud tomonidan talab etilayotgan dalilni oʻzida ushlab turgan va sud soʻrovi bilan belgilangan muddatda uni taqdim etmayotgan boʻlsa, undagi maʼlumotlar shu taraf manfaatlariga qarshi qaratilgan deb faraz qilinadi va u tomonidan tan olingan deb hisoblanadi. | Agar ushbu Kodeksda maʼmuriy ishlar boʻyicha isbotlash majburiyatlari taqsimlanishining boshqacha tartibi nazarda tutilmagan boʻlsa, ishda ishtirok etuvchi shaxslar oʻz talablariga yoki eʼtirozlariga asos qilib keltirayotgan haqiqiy holatlarni isbotlashi kerak. Arizachi dalillarni yigʻishda oʻz imkoniyatlari doirasida ishtirok etishi shart. Arizachi oʻziga yetkazilgan zararning miqdorini isbotlashi shart. Isbotlash majburiyati qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashilayotgan maʼmuriy organlarning va mansabdor shaxslarning zimmasiga yuklatiladi. Maʼmuriy organlar va mansabdor shaxslar oʻz eʼtirozlariga asos qilib keltirayotgan faktlarni ham tasdiqlashi shart. Mazkur shaxslar qaror qabul qilishda, harakatlarni sodir etishda faqat oʻzi tayangan asoslarni keltirishi mumkin. Agar taraf sud tomonidan talab etilgan dalilni oʻzida ushlab turgan va uni sud tomonidan belgilangan muddatda sudning soʻroviga koʻra taqdim etmayotgan boʻlsa, undagi maʼlumotlar ushbu tarafning manfaatlariga qarshi qaratilgan deb faraz qilinadi va mazkur taraf tomonidan tan olingan deb hisoblanadi. |
68-modda. Dalillarni taqdim etish va talab qilib olish | 68-modda. Dalillarni taqdim etish va talab qilib olish |
Dalillar ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan taqdim etiladi. Sud ishni toʻgʻri hal qilish maqsadida dalillarni ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga koʻra yoki oʻz tashabbusi bilan talab qilib olishi mumkin. | Taraflar oʻz talablarini yoki eʼtirozlarini qaysi dalillar bilan asoslab berayotgan boʻlsa, oʻz ixtiyoridagi ushbu barcha dalillarni sudga taqdim etishi shart. Maʼmuriy organ ham maʼmuriy sud ishlarini yuritishning barcha materiallarini taqdim etishi shart. Agar taqdim etilgan dalillar ishni toʻgʻri hal qilish uchun yetarli boʻlmasa, sud oʻz tashabbusiga yoki ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga koʻra qoʻshimcha dalillarni talab qilib oladi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar biron-bir dalilni yoʻq qilishga yoki yashirishga yoxud dalilni tekshirishga va baholashga dalillarni olishni imkonsiz qilib qoʻygan yoki qiyinlashtirgan holda boshqacha tarzda monelik qilishga haqli emas. Bunday holda sud monelik qilayotgan tarafning zimmasiga, ushbu Kodeksda belgilangan qoidalardan qatʼi nazar, isbotlash majburiyatini yuklatishi mumkin. |
Ishda ishtirok etuvchi shaxs ishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etmayotgan shaxsdagi zarur dalillarni mustaqil olish imkoniga ega boʻlmasa, oʻsha dalilni talab qilib olish toʻgʻrisida sudga iltimosnoma bilan murojaat qilishga haqli. Iltimosnomada ushbu dalil bilan ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan qanday holatlar aniqlanishi mumkinligi, dalilning alomatlari va u turgan joy koʻrsatilishi kerak. | Ishda ishtirok etuvchi shaxs ishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etmayotgan shaxsdagi zarur dalillarni mustaqil olish imkoniga ega boʻlmasa, oʻsha dalilni talab qilib olish toʻgʻrisida sudga iltimosnoma bilan murojaat qilishga haqli. Iltimosnomada ushbu dalil bilan ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan qanday holatlar aniqlanishi mumkinligi, dalilning alomatlari va u turgan joy koʻrsatilishi kerak. |
Dalilni talab qilib olish toʻgʻrisida sud tomonidan ajrim chiqarilib, unda ushbu dalilni taqdim etish muddati va tartibi koʻrsatiladi. | Dalilni talab qilib olish toʻgʻrisida sud tomonidan ajrim chiqarilib, unda ushbu dalilni taqdim etish muddati va tartibi koʻrsatiladi. |
Ajrimning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etayotgan shaxslarga, shuningdek sud tomonidan talab qilinayotgan dalilni saqlayotgan shaxsga, yuboriladi. | Ajrimning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etayotgan shaxslarga, shuningdek sud tomonidan talab qilinayotgan dalilni saqlayotgan shaxsga, yuboriladi. |
Sud talab qilayotgan dalilni saqlayotgan shaxs uni bevosita sudga yuboradi yoki sudga topshirish uchun tegishli ajrimni taqdim etgan shaxsga beradi. | Sud talab qilayotgan dalilni saqlayotgan shaxs uni bevosita sudga yuboradi yoki sudga topshirish uchun tegishli ajrimni taqdim etgan shaxsga beradi. |
Agar shaxs sud talab qilayotgan dalilni taqdim etish imkoniyatiga ega boʻlmasa yoki sud belgilagan muddatda taqdim eta olmasa, u shu muddat ichida bu haqda sudni sabablarni koʻrsatgan holda xabardor qilishi shart. | Agar shaxs sud talab qilayotgan dalilni taqdim etish imkoniyatiga ega boʻlmasa yoki sud belgilagan muddatda taqdim eta olmasa, u shu muddat ichida bu haqda sudni sabablarni koʻrsatgan holda xabardor qilishi shart. |
Dalilni saqlayotgan shaxs talab qilinayotgan dalilni taqdim etish majburiyatini sud uzrsiz deb topgan sabablarga koʻra bajarmagan taqdirda, uni saqlayotgan shaxsga ushbu Kodeksda belgilangan tartibda jarima solinadi. | Dalilni saqlayotgan shaxs talab qilinayotgan dalilni taqdim etish majburiyatini sud uzrsiz deb topgan sabablarga koʻra bajarmagan taqdirda, uni saqlayotgan shaxsga ushbu Kodeksda belgilangan tartibda jarima solinadi. |
Talab qilinayotgan dalilga ega boʻlgan shaxsga jarima solinishi uni dalilni sudga taqdim etish majburiyatidan ozod qilmaydi. | Talab qilinayotgan dalilga ega boʻlgan shaxsga jarima solinishi uni dalilni sudga taqdim etish majburiyatidan ozod qilmaydi. |
69-modda. Dalillarni ular turgan joyda koʻzdan kechirish va tekshirish | 69-modda. Dalillarni ular turgan joyda koʻzdan kechirish va tekshirish |
Sudga olib kelish imkoniyati boʻlmagan yoki olib kelinishi qiyin boʻlgan dalillarni, shuningdek tez buziladigan ashyoviy dalillarni sud ular turgan joyda koʻzdan kechirishi va tekshirishi mumkin. | Sudga olib kelish imkoniyati boʻlmagan yoki olib kelinishi qiyin boʻlgan dalillarni, shuningdek tez buziladigan ashyoviy dalillarni sud ular turgan joyda koʻzdan kechirishi va tekshirishi mumkin. |
Dalillarni ular turgan joyda koʻzdan kechirish va tekshirish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi. | Dalillarni ular turgan joyda koʻzdan kechirish va tekshirish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi. |
Zarur hollarda, dalillarni koʻzdan kechirish va tekshirishda ishtirok etish uchun odil sudlovni amalga oshirishga koʻmaklashuvchi shaxslar chaqirilishi mumkin. | Zarur hollarda, dalillarni koʻzdan kechirish va tekshirishda ishtirok etish uchun odil sudlovni amalga oshirishga koʻmaklashuvchi shaxslar chaqirilishi mumkin. |
Tez buziladigan ashyoviy dalillar ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilmasdan sud tomonidan darhol koʻzdan kechirilishi va tekshirilishi mumkin. | Tez buziladigan ashyoviy dalillar ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilmasdan sud tomonidan darhol koʻzdan kechirilishi va tekshirilishi mumkin. |
Yozma va ashyoviy dalillarni ular turgan joyda bevosita koʻzdan kechirish va tekshirish jarayonida ushbu Kodeksning 175-moddasida belgilangan tartibda sud tomonidan bayonnoma tuziladi. | Ashyoviy, yozma va raqamli dalillarni ular turgan joyda bevosita koʻzdan kechirish va tekshirish jarayonida ushbu Kodeksning 175-moddasida belgilangan tartibda sud tomonidan bayonnoma tuziladi. |
Dalillarni mustahkamlash uchun bayonnoma tuzish bilan birga audio-, videoyozuvga olish, fotosuratga tushirish, koʻchirma nusxalar, rejalar, chizmalar tayyorlash va axborotni aks ettirishning boshqa usullari qoʻllanilishi mumkin. Dalillarni mustahkamlashning bunday usuli qoʻllanilganligi bayonnomada aks ettiriladi, maʼlumotlarni aks ettiruvchi materiallar bayonnomaga ilova qilinadi. | Dalillarni mustahkamlash uchun bayonnoma tuzish bilan birga audio-, videoyozuvga olish, fotosuratga tushirish, koʻchirma nusxalar, rejalar, chizmalar tayyorlash va axborotni aks ettirishning boshqa usullari qoʻllanilishi mumkin. Dalillarni mustahkamlashning bunday usuli qoʻllanilganligi bayonnomada aks ettiriladi, maʼlumotlarni aks ettiruvchi materiallar bayonnomaga ilova qilinadi. |
70-modda. Dalillarning aloqadorligi | 70-modda. Dalillarning aloqadorligi |
Sud faqat ishga aloqador boʻlgan dalillarni qabul qiladi. | Sud faqat ishga aloqador boʻlgan dalillarni qabul qiladi. |
Agar taqdim etilgan dalillar koʻrilayotgan ishga aloqador boʻlmasa, ular ish materiallariga qoʻshib qoʻyilmaydi, ularning dalil sifatida rad qilinganligi sud hujjatida aks ettiriladi. | Agar taqdim etilgan dalillar koʻrilayotgan ishga aloqador boʻlmasa, ular ish materiallariga qoʻshib qoʻyilmaydi, ularning dalil sifatida rad qilinganligi sud hujjatida aks ettiriladi. |
71-modda. Dalillarning maqbulligi | 71-modda. Dalillarning maqbulligi |
Qonun hujjatlariga muvofiq muayyan dalillar bilan tasdiqlanishi lozim boʻlgan ish holatlari boshqa dalillar bilan tasdiqlanishi mumkin emas. | Qonunchilikka muvofiq muayyan dalillar bilan tasdiqlanishi lozim boʻlgan ish holatlari boshqa dalillar bilan tasdiqlanishi mumkin emas. |
72-modda. Isbotlashdan ozod qilish asoslari | 72-modda. Isbotlashdan ozod qilish asoslari |
Ishning maʼmuriy sud tomonidan barchaga maʼlum deb topilgan holatlarini isbotlash talab etilmaydi. | Ishning maʼmuriy sud tomonidan barchaga maʼlum deb topilgan holatlarini isbotlash talab etilmaydi. |
Maʼmuriy sudning ilgari koʻrilgan ish boʻyicha qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori bilan aniqlangan holatlar sud shu shaxslar ishtirok etayotgan boshqa ishni koʻrayotganida yangidan isbot qilinmaydi. | Maʼmuriy sudning ilgari koʻrilgan ish boʻyicha qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori bilan aniqlangan holatlar sud shu shaxslar ishtirok etayotgan boshqa ishni koʻrayotganida yangidan isbot qilinmaydi. |
Fuqarolik ishlari boʻyicha sudning yoki iqtisodiy sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori boshqa ishni koʻrayotgan maʼmuriy sud uchun fuqarolik ishlari boʻyicha sudning yoki iqtisodiy sudning hal qiluv qarorida aniqlangan va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga daxldor boʻlgan holatlarga doir masalalar boʻyicha majburiydir. | Fuqarolik ishlari boʻyicha sudning yoki iqtisodiy sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori boshqa ishni koʻrayotgan maʼmuriy sud uchun fuqarolik ishlari boʻyicha sudning yoki iqtisodiy sudning hal qiluv qarorida aniqlangan va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga daxldor boʻlgan holatlarga doir masalalar boʻyicha majburiydir. |
Jinoyat ishlari boʻyicha sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi muayyan harakatlar sodir etilganligi yoki sodir etilmaganligi va ular kimlar tomonidan sodir etilganligi masalalari boʻyicha maʼmuriy sud uchun majburiydir. | Jinoyat ishlari boʻyicha sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi muayyan harakatlar sodir etilganligi yoki sodir etilmaganligi va ular kimlar tomonidan sodir etilganligi masalalari boʻyicha maʼmuriy sud uchun majburiydir. |
73-modda. Dalillarga baho berish | 73-modda. Dalillarga baho berish |
Sud dalillarga ishning barcha holatlarini jamlab, ularni sud majlisida qonunga amal qilgan holda har tomonlama, toʻliq va xolis koʻrib chiqishga asoslangan oʻz ichki ishonchiga koʻra baho beradi. | Sud dalillarga ishning barcha holatlarini jamlab, ularni sud majlisida qonunga amal qilgan holda har tomonlama, toʻliq va xolis koʻrib chiqishga asoslangan oʻz ichki ishonchiga koʻra baho beradi. |
Har bir dalil ishga aloqadorligi, maqbulligi va ishonchliligi nuqtai nazaridan, dalillarning yigʻindisi esa, yetarliligi nuqtai nazaridan baholanishi lozim. | Har bir dalil ishga aloqadorligi, maqbulligi va ishonchliligi nuqtai nazaridan, dalillarning yigʻindisi esa, yetarliligi nuqtai nazaridan baholanishi lozim. |
Agar tekshirish natijasida dalilning haqiqatga toʻgʻri kelishi aniqlansa, u ishonchli deb tan olinadi. | Agar tekshirish natijasida dalilning haqiqatga toʻgʻri kelishi aniqlansa, u ishonchli deb tan olinadi. |
Hech qanday dalil sud uchun oldindan belgilab qoʻyilgan kuchga ega emas. | Hech qanday dalil sud uchun oldindan belgilab qoʻyilgan kuchga ega emas. |
Sud tarafning hal qiluv qarorini qabul qilish chogʻida hal qilinadigan, dalillar maqbulligi toʻgʻrisidagi arizasiga bogʻlanib qolmaydi. | |
Sud hujjatning yoki boshqa yozma dalilning faqat koʻchirma nusxasi bilan tasdiqlanadigan holatlarni, agar hujjatning asl nusxasi yoʻqotilgan hamda sudga topshirilmagan boʻlsa, va ushbu hujjatning nizolashayotgan taraflarning har biri tomonidan taqdim etilgan koʻchirma nusxalari oʻzaro bir xil boʻlmasa, va hujjatning asl mazmunini boshqa dalillar yordamida aniqlab boʻlmasa, isbot qilingan deb hisoblashi mumkin emas. | Sud hujjatning yoki boshqa yozma dalilning faqat koʻchirma nusxasi bilan tasdiqlanadigan holatlarni, agar hujjatning asl nusxasi yoʻqotilgan hamda sudga topshirilmagan boʻlsa, va ushbu hujjatning nizolashayotgan taraflarning har biri tomonidan taqdim etilgan koʻchirma nusxalari oʻzaro bir xil boʻlmasa, va hujjatning asl mazmunini boshqa dalillar yordamida aniqlab boʻlmasa, isbot qilingan deb hisoblashi mumkin emas. |
74-modda. Yozma dalillar | 74-modda. Yozma dalillar |
Ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan hujjatlar, shartnomalar, maʼlumotnomalar, amaliy yozishmalar, shu jumladan faksimil, elektron yoki boshqa aloqa vositasida yoxud hujjatning ishonchliligini aniqlash imkonini beruvchi boshqa usulda olingan oʻzga hujjatlar va materiallar yozma dalillardir. | Ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan hujjatlar, shartnomalar, maʼlumotnomalar, amaliy yozishmalar, shu jumladan faksimil, elektron yoki boshqa aloqa vositasida yoxud hujjatning ishonchliligini aniqlash imkonini beruvchi boshqa usulda olingan oʻzga hujjatlar va materiallar yozma dalillardir. |
Yozma dalillar asl nusxada yoki tegishli tarzda tasdiqlangan koʻchirma nusxada taqdim etiladi. Agar koʻrilayotgan ishga hujjatning faqat bir qismi aloqador boʻlsa, uning tasdiqlangan koʻchirmasi taqdim etilishi mumkin. | Yozma dalillar asl nusxada yoki tegishli tarzda tasdiqlangan koʻchirma nusxada taqdim etiladi. Agar koʻrilayotgan ishga hujjatning faqat bir qismi aloqador boʻlsa, uning tasdiqlangan koʻchirmasi taqdim etilishi mumkin. |
Ish holatlari qonun hujjatlariga muvofiq hujjatlarning faqat asl nusxalari bilan tasdiqlanishi lozim boʻlsa, shuningdek boshqa zarur hollarda sudning talabi bilan ularning asl nusxalari taqdim etiladi. | Ish holatlari qonunchilikka muvofiq hujjatlarning faqat asl nusxalari bilan tasdiqlanishi lozim boʻlsa, shuningdek boshqa zarur hollarda sudning talabi bilan ularning asl nusxalari taqdim etiladi. |
Sudga taqdim etiladigan, toʻliq yoki qisman chet tilida tuzilgan yozma dalillarga ularning tegishli tarzda tasdiqlangan tarjimalari ilova qilinadi. | Sudga taqdim etiladigan, toʻliq yoki qisman chet tilida tuzilgan yozma dalillarga ularning tegishli tarzda tasdiqlangan tarjimalari ilova qilinadi. |
Chet davlatda olingan hujjat, agar u qonun hujjatlarida belgilangan tartibda legallashtirilgan boʻlsa, sudda yozma dalil deb tan olinadi. | Chet davlatda olingan hujjat, agar u qonunchilikda belgilangan tartibda legallashtirilgan boʻlsa, sudda yozma dalil deb tan olinadi. |
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida nazarda tutilgan hollarda chet davlatda olingan hujjat legallashtirilmasdan sudda yozma dalil deb tan olinadi. | Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida nazarda tutilgan hollarda chet davlatda olingan hujjat legallashtirilmasdan sudda yozma dalil deb tan olinadi. |
75-modda. Hujjatlarning aslini qaytarish | 75-modda. Hujjatlarning aslini qaytarish |
Ishda mavjud boʻlgan hujjatlarning asli ularni taqdim etgan shaxslarning iltimosnomasiga koʻra sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgandan keyin, agar sud hujjatni qaytarish nizoning toʻgʻri hal qilinishiga zarar yetkazmaydi degan xulosaga kelsa, ishni yuritish jarayonida hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgunga qadar ularga qaytarib berilishi mumkin. Iltimosnoma bilan bir vaqtda mazkur shaxslar hujjat aslining tegishlicha tasdiqlangan nusxasini taqdim etadilar yoki ishda qolayotgan nusxaning asliga toʻgʻriligi sud tomonidan tasdiqlanishini iltimos qiladilar. | Ishda mavjud boʻlgan hujjatlarning asli ularni taqdim etgan shaxslarning iltimosnomasiga koʻra sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgandan keyin, agar sud hujjatni qaytarish nizoning toʻgʻri hal qilinishiga zarar yetkazmaydi degan xulosaga kelsa, ishni yuritish jarayonida hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgunga qadar ularga qaytarib berilishi mumkin. Iltimosnoma bilan bir vaqtda mazkur shaxslar hujjat aslining tegishlicha tasdiqlangan nusxasini taqdim etadilar yoki ishda qolayotgan nusxaning asliga toʻgʻriligi sud tomonidan tasdiqlanishini iltimos qiladilar. |
751-modda. Elektron maʼlumotlar Elektron maʼlumotlar elektron qurilmalardan va axborot tizimlaridan, shuningdek axborot texnologiyalaridan foydalangan holda yaratiladigan, ishlov beriladigan hamda saqlanadigan maʼlumotlardir. Ishda ishtirok etuvchi taraflar, guvohlar va boshqa shaxslar elektron maʼlumotlarni ushbu maʼlumotlarning koʻchirma nusxasini elektron jismdan elektron maʼlumotlar mavjud boʻlgan boshqa elektron jismga olish orqali taqdim etishga haqli. Sud taqdim etilgan elektron maʼlumotlarni mutaxassis ishtirokida qabul qilib oladi hamda elektron maʼlumotlar mavjud boʻlgan birlamchi elektron jismni koʻzdan kechiradi. Ish uchun ahamiyatga ega boʻlmagan elektron maʼlumotlar mavjud boʻlgan elektron jismlar egalariga darhol qaytarib beriladi. 752-modda. Raqamli dalillar Ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlgan elektron maʼlumotlar, shu jumladan elektron tarzdagi fayllar, audio-, videoyozuvlar, Internet jahon axborot tarmogʻida saqlanayotgan maʼlumotlar, shuningdek boshqa elektron maʼlumotlar raqamli dalillardir. Raqamli dalildan koʻchirma nusxa olishga, basharti uning yaxlitligi va aynan oʻxshashligi saqlansa, yoʻl qoʻyiladi. Raqamli dalildan koʻchirma nusxa olishga yoʻl qoʻyilishi oʻzidan mazkur koʻchirma nusxa olingan raqamli dalilning asli mavjudligi bilan taʼminlanadi, bundan notarius tomonidan tasdiqlangan raqamli dalillar mustasno. Ishda ishtirok etuvchi taraflar, guvohlar va boshqa shaxslar raqamli dalillarning koʻchirma nusxalarini qogʻozda chop etilgan shaklda taqdim etish huquqiga ega. Bunda raqamli dalilning qogʻozdagi shakli yozma dalil deb hisoblanishi mumkin emas, bundan notarius tomonidan tasdiqlangan raqamli dalil mustasno. Sud jarayonida tuzilgan protsessual bayonnomalarga ilova qilingan, elektron maʼlumotlar tarzida shakllantirilgan audio- va videoyozuvlar ham raqamli dalillar hisoblanadi. Raqamli dalilning koʻchirma nusxasi ish materiallari bilan birga saqlanadi. | |
76-modda. Ashyoviy dalillar | 76-modda. Ashyoviy dalillar |
Oʻzining tashqi koʻrinishi, ichki xossalari va mazmuni, turgan joyi yoki boshqa belgilari bilan ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlarni aniqlash vositasi boʻlib xizmat qila oladigan ashyolar ashyoviy dalillardir. | Oʻzining tashqi koʻrinishi, ichki xossalari va mazmuni, turgan joyi yoki boshqa belgilari bilan ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlarni aniqlash vositasi boʻlib xizmat qila oladigan ashyolar ashyoviy dalillardir. |
77-modda. Ashyoviy dalillarni saqlash | 77-modda. Ashyoviy dalillarni saqlash |
Ashyoviy dalillar sudda saqlanadi. | Ashyoviy dalillar sudda saqlanadi. |
Sudga olib kelinishi mumkin boʻlmagan ashyoviy dalillar turgan joyida saqlanadi. Ular batafsil tavsiflanishi, zarur boʻlgan taqdirda esa muhrlab qoʻyilishi, fotosuratga yoki videoyozuvga tushirilishi lozim. | Sudga olib kelinishi mumkin boʻlmagan ashyoviy dalillar turgan joyida saqlanadi. Ular batafsil tavsiflanishi, zarur boʻlgan taqdirda esa muhrlab qoʻyilishi, fotosuratga yoki videoyozuvga tushirilishi lozim. |
Sud va ashyoviy dalillarni saqlovchi ularni oʻzgarmaydigan holatda saqlash boʻyicha choralar koʻradi. | Sud va ashyoviy dalillarni saqlovchi ularni oʻzgarmaydigan holatda saqlash boʻyicha choralar koʻradi. |
Ashyoviy dalillarni saqlash xarajatlari ushbu Kodeksning 115-moddasida belgilangan qoidalarga muvofiq taraflar oʻrtasida taqsimlanadi. | Ashyoviy dalillarni saqlash xarajatlari ushbu Kodeksning 115-moddasida belgilangan qoidalarga muvofiq taraflar oʻrtasida taqsimlanadi. |
78-modda. Ashyoviy dalillarni qaytarish | 78-modda. Ashyoviy dalillarni qaytarish |
Sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgandan keyin ashyoviy dalillar kimdan olingan boʻlsa, oʻsha shaxslarga qaytarib beriladi yoki sud shu ashyolarga kimning huquqi bor deb topgan boʻlsa, oʻsha shaxslarga beriladi yoxud sud tomonidan belgilanadigan boshqa tartibda realizatsiya qilinadi. | Sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgandan keyin ashyoviy dalillar kimdan olingan boʻlsa, oʻsha shaxslarga qaytarib beriladi yoki sud shu ashyolarga kimning huquqi bor deb topgan boʻlsa, oʻsha shaxslarga beriladi yoxud sud tomonidan belgilanadigan boshqa tartibda realizatsiya qilinadi. |
Ayrim hollarda, sud ashyoviy dalillarni koʻzdan kechirib va tekshirib chiqqanidan keyin, agar ashyoviy dalillarni taqdim etgan shaxslar ularni qaytarib berishni iltimos qilgan boʻlsa va bunday iltimosnomaning qanoatlantirilishi nizoning toʻgʻri hal etilishiga zarar keltirmasa, ular kimdan olingan boʻlsa, oʻsha shaxslarga ishni yuritish jarayonida qaytarib berilishi mumkin. | Ayrim hollarda, sud ashyoviy dalillarni koʻzdan kechirib va tekshirib chiqqanidan keyin, agar ashyoviy dalillarni taqdim etgan shaxslar ularni qaytarib berishni iltimos qilgan boʻlsa va bunday iltimosnomaning qanoatlantirilishi nizoning toʻgʻri hal etilishiga zarar keltirmasa, ular kimdan olingan boʻlsa, oʻsha shaxslarga ishni yuritish jarayonida qaytarib berilishi mumkin. |
Sud ashyoviy dalillarni qaytarish masalalari yuzasidan ajrim chiqaradi. | Sud ashyoviy dalillarni qaytarish masalalari yuzasidan ajrim chiqaradi. |
Qonunga muvofiq ayrim shaxslarning egaligida turishi mumkin boʻlmagan ashyolar tegishli tashkilotlarga topshiriladi. | Qonunga muvofiq ayrim shaxslarning egaligida turishi mumkin boʻlmagan ashyolar tegishli tashkilotlarga topshiriladi. |
79-modda. Ekspertiza | 79-modda. Ekspertiza |
Ishni koʻrib chiqish vaqtida yuzaga keladigan, fan, texnika, sanʼat yoki hunar sohasida maxsus bilimlarni talab qiladigan masalalarni tushuntirib berish uchun sud ishda ishtirok etuvchi shaxsning iltimosnomasiga koʻra yoki ishda ishtirok etuvchi shaxslarning roziligi bilan ekspertiza tayinlaydi. Agar ekspertizani tayinlash qonunda belgilab qoʻyilgan yoki shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa yoki taqdim etilgan dalilning qalbakilashtirilganligi toʻgʻrisidagi arizani tekshirish uchun yoxud qoʻshimcha ekspertiza tayinlash zarur boʻlsa, sud ekspertizani oʻz tashabbusi bilan tayinlashi mumkin. | Ishni koʻrib chiqish vaqtida yuzaga keladigan, fan, texnika, sanʼat yoki hunar sohasida maxsus bilimlarni talab qiladigan masalalarni tushuntirib berish uchun sud ishda ishtirok etuvchi shaxsning iltimosnomasiga koʻra yoki ishda ishtirok etuvchi shaxslarning roziligi bilan ekspertiza tayinlaydi. Agar ekspertizani tayinlash qonunda belgilab qoʻyilgan yoki shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa yoki taqdim etilgan dalilning qalbakilashtirilganligi toʻgʻrisidagi arizani tekshirish uchun yoxud qoʻshimcha ekspertiza tayinlash zarur boʻlsa, sud ekspertizani oʻz tashabbusi bilan tayinlashi mumkin. |
Ekspertiza oʻtkazilishi zarur boʻlgan masalalarning doirasi va mazmuni sud tomonidan belgilanadi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sudga ekspertiza oʻtkazish vaqtida tushuntirib berilishi lozim boʻlgan savollarni taqdim etishga haqli. Sud ishda ishtirok etuvchi shaxslar taqdim etgan savollar rad qilinganligini asoslab berishi shart. | Ekspertiza oʻtkazilishi zarur boʻlgan masalalarning doirasi va mazmuni sud tomonidan belgilanadi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sudga ekspertiza oʻtkazish vaqtida tushuntirib berilishi lozim boʻlgan savollarni taqdim etishga haqli. Sud ishda ishtirok etuvchi shaxslar taqdim etgan savollar rad qilinganligini asoslab berishi shart. |
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar: oʻzlari koʻrsatgan shaxslarni ekspert sifatida jalb etish toʻgʻrisida yoki ekspertizani muayyan ekspertiza muassasasida oʻtkazish haqida iltimos qilishga, ekspertni rad etish toʻgʻrisida arz qilishga; ekspertiza tayinlash haqidagi ajrimga ekspert oldiga qoʻyilgan masalalarga qoʻshimcha masalalar kiritish toʻgʻrisida iltimosnoma bilan murojaat qilishga; ekspertga tushuntirishlar berishga; ekspert xulosasi bilan yoki xulosa berishning imkoni boʻlmaganligi haqidagi xabar bilan tanishishga; qoʻshimcha yoki takroriy ekspertiza oʻtkazish haqida iltimosnoma kiritishga haqli. | Ishda ishtirok etuvchi shaxslar: oʻzlari koʻrsatgan shaxslarni ekspert sifatida jalb etish toʻgʻrisida yoki ekspertizani muayyan ekspertiza muassasasida oʻtkazish haqida iltimos qilishga, ekspertni rad etish toʻgʻrisida arz qilishga; ekspertiza tayinlash haqidagi ajrimga ekspert oldiga qoʻyilgan masalalarga qoʻshimcha masalalar kiritish toʻgʻrisida iltimosnoma bilan murojaat qilishga; ekspertga tushuntirishlar berishga; ekspert xulosasi bilan yoki xulosa berishning imkoni boʻlmaganligi haqidagi xabar bilan tanishishga; qoʻshimcha yoki takroriy ekspertiza oʻtkazish haqida iltimosnoma kiritishga haqli. |
Ekspertiza tayinlash toʻgʻrisida yoki ekspertiza tayinlash haqidagi iltimosnomani qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi. | Ekspertiza tayinlash toʻgʻrisida yoki ekspertiza tayinlash haqidagi iltimosnomani qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi. |
Ekspertiza tayinlash toʻgʻrisidagi ajrimda: ekspertizani tayinlash asoslari; ekspertning familiyasi, ismi va otasining ismi yoki ekspertiza oʻtkazilishi lozim boʻlgan ekspertiza muassasasining nomi; ekspert oldiga qoʻyilgan savollar; ekspert ixtiyoriga taqdim etiladigan materiallar va hujjatlar; ekspertizani oʻtkazish va sudga xulosani taqdim etish kerak boʻlgan muddat koʻrsatiladi. | Ekspertiza tayinlash toʻgʻrisidagi ajrimda: ekspertizani tayinlash asoslari; ekspertning familiyasi, ismi va otasining ismi yoki ekspertiza oʻtkazilishi lozim boʻlgan ekspertiza muassasasining nomi; ekspert oldiga qoʻyilgan savollar; ekspert ixtiyoriga taqdim etiladigan materiallar va hujjatlar; ekspertizani oʻtkazish va sudga xulosani taqdim etish kerak boʻlgan muddat koʻrsatiladi. |
Taraf ekspertizada ishtirok etishdan boʻyin tovlagan, ekspertlarga tekshirish uchun zarur materiallar va hujjatlarni taqdim etmagan hollarda hamda boshqa hollarda, agar ishdagi mavjud holatlarga koʻra va shu tarafning ishtirokisiz ekspertiza oʻtkazish imkoni boʻlmasa, sud aynan qaysi taraf ekspertizadan boʻyin tovlayotganligidan, shuningdek uning uchun ekspertiza qanday ahamiyatga ega ekanligidan kelib chiqib, qaysi fakt yuzasidan ekspertiza tayinlangan boʻlsa, oʻsha faktni tasdiqlangan yoki inkor etilgan deb topishga haqli. | Taraf ekspertizada ishtirok etishdan boʻyin tovlagan, ekspertlarga tekshirish uchun zarur materiallar va hujjatlarni taqdim etmagan hollarda hamda boshqa hollarda, agar ishdagi mavjud holatlarga koʻra va shu tarafning ishtirokisiz ekspertiza oʻtkazish imkoni boʻlmasa, sud aynan qaysi taraf ekspertizadan boʻyin tovlayotganligidan, shuningdek uning uchun ekspertiza qanday ahamiyatga ega ekanligidan kelib chiqib, qaysi fakt yuzasidan ekspertiza tayinlangan boʻlsa, oʻsha faktni tasdiqlangan yoki inkor etilgan deb topishga haqli. |
Ishonch bildiruvchi shaxsning roziligi bilan advokat shartnoma asosida ekspertiza oʻtkazilishiga doir advokat soʻrovini davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlariga yuborishi mumkin. | |
80-modda. Ekspertizani oʻtkazish tartibi | 80-modda. Ekspertizani oʻtkazish tartibi |
Ekspertiza sud majlisida yoki, agar tekshirishning xususiyatiga koʻra zarur boʻlsa yoxud tekshirish obyektlarini sud majlisiga olib kelish imkoni boʻlmasa, sud majlisidan tashqarida oʻtkaziladi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ekspertiza oʻtkazilayotganda hozir boʻlishga haqli, bundan ushbu ishtirok etish ekspertning normal ishlashiga xalaqit berishi mumkin boʻlgan hollar mustasno. | Ekspertiza sud majlisida yoki, agar tekshirishning xususiyatiga koʻra zarur boʻlsa yoxud tekshirish obyektlarini sud majlisiga olib kelish imkoni boʻlmasa, sud majlisidan tashqarida oʻtkaziladi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ekspertiza oʻtkazilayotganda hozir boʻlishga haqli, bundan ushbu ishtirok etish ekspertning normal ishlashiga xalaqit berishi mumkin boʻlgan hollar mustasno. |
81-modda. Qoʻshimcha va takroriy ekspertizalar | 81-modda. Qoʻshimcha va takroriy ekspertizalar |
Qoʻshimcha ekspertiza ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasidagi boʻshliqlarni toʻldirish uchun tayinlanadi va shu yoki boshqa ekspert (ekspertlar komissiyasi) tomonidan oʻtkaziladi. | Qoʻshimcha ekspertiza ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasidagi boʻshliqlarni toʻldirish uchun tayinlanadi va shu yoki boshqa ekspert (ekspertlar komissiyasi) tomonidan oʻtkaziladi. |
Ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasi asoslanmagan boʻlsa yoki uning toʻgʻriligiga shubha tugʻilganda yoxud unga asos qilib olingan dalillar ishonchli emas deb topilganda yoki ekspertizani oʻtkazishning protsessual qoidalari jiddiy buzilganda takroriy ekspertiza tayinlanadi. | Ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasi asoslanmagan boʻlsa yoki uning toʻgʻriligiga shubha tugʻilganda yoxud unga asos qilib olingan dalillar ishonchli emas deb topilganda yoki ekspertizani oʻtkazishning protsessual qoidalari jiddiy buzilganda takroriy ekspertiza tayinlanadi. |
Takroriy ekspertiza tayinlanganda ekspert (ekspertlar komissiyasi) oldiga ilgari qoʻllanilgan tekshirish usullarining ilmiy asoslanganligi toʻgʻrisidagi masala qoʻyilishi mumkin. | Takroriy ekspertiza tayinlanganda ekspert (ekspertlar komissiyasi) oldiga ilgari qoʻllanilgan tekshirish usullarining ilmiy asoslanganligi toʻgʻrisidagi masala qoʻyilishi mumkin. |
Takroriy ekspertizani tayinlash toʻgʻrisidagi ajrimda takroriy ekspertizani tayinlagan sudning birinchi (oldingi) ekspertiza xulosasiga rozi emasligi sabablari koʻrsatilishi lozim. | Takroriy ekspertizani tayinlash toʻgʻrisidagi ajrimda takroriy ekspertizani tayinlagan sudning birinchi (oldingi) ekspertiza xulosasiga rozi emasligi sabablari koʻrsatilishi lozim. |
Takroriy ekspertizani oʻtkazish boshqa ekspertga (ekspertlar komissiyasiga) topshiriladi. Birinchi (oldingi) ekspertizani oʻtkazgan ekspert (ekspertlar komissiyasi) takroriy ekspertizani oʻtkazishda hozir boʻlishi va tushuntirishlar berishi mumkin, lekin u tekshirishda va xulosa tuzishda ishtirok etmaydi. | Takroriy ekspertizani oʻtkazish boshqa ekspertga (ekspertlar komissiyasiga) topshiriladi. Birinchi (oldingi) ekspertizani oʻtkazgan ekspert (ekspertlar komissiyasi) takroriy ekspertizani oʻtkazishda hozir boʻlishi va tushuntirishlar berishi mumkin, lekin u tekshirishda va xulosa tuzishda ishtirok etmaydi. |
82-modda. Ekspertizaning ekspertlar komissiyasi tomonidan oʻtkazilishi | 82-modda. Ekspertizaning ekspertlar komissiyasi tomonidan oʻtkazilishi |
Ekspertiza bir xil (komissiyaviy ekspertiza) yoki turli xil (kompleks ekspertiza) sud-ekspert ixtisosligidagi bir nechta ekspert tomonidan oʻtkazilishi mumkin. | Ekspertiza bir xil (komissiyaviy ekspertiza) yoki turli xil (kompleks ekspertiza) sud-ekspert ixtisosligidagi bir nechta ekspert tomonidan oʻtkazilishi mumkin. |
Ekspertizaning ekspertlar komissiyasi tomonidan oʻtkazilishi ekspertizani tayinlagan sud yoki mazkur ekspertizaning oʻtkazilishini tashkil etuvchi davlat sud-ekspertiza muassasasi yoxud boshqa korxona, muassasa, tashkilot rahbari tomonidan belgilanadi. | Ekspertizaning ekspertlar komissiyasi tomonidan oʻtkazilishi ekspertizani tayinlagan sud yoki mazkur ekspertizaning oʻtkazilishini tashkil etuvchi davlat sud-ekspertiza muassasasi, nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti yoxud boshqa korxona, muassasa, tashkilot rahbari tomonidan belgilanadi. |
Ekspertizani oʻtkazish topshirilgan ekspertlar komissiyasi oʻz oldiga qoʻyilgan savollarni hal etish zaruriyatidan kelib chiqib, oʻtkaziladigan tekshirishlarning maqsadi, ketma-ketligi va hajmini kelishib oladi. | Ekspertizani oʻtkazish topshirilgan ekspertlar komissiyasi oʻz oldiga qoʻyilgan savollarni hal etish zaruriyatidan kelib chiqib, oʻtkaziladigan tekshirishlarning maqsadi, ketma-ketligi va hajmini kelishib oladi. |
Ekspertizani oʻtkazish oʻziga topshirilgan ekspertlar komissiyasi tarkibida har bir ekspert tekshirishlarni mustaqil va alohida oʻtkazadi, shaxsan oʻzi va komissiyaning boshqa aʼzolari tomonidan olingan natijalarni baholaydi hamda qoʻyilgan savollar yuzasidan xulosalarini oʻz maxsus bilimlari doirasida shakllantiradi. | Ekspertizani oʻtkazish oʻziga topshirilgan ekspertlar komissiyasi tarkibida har bir ekspert tekshirishlarni mustaqil va alohida oʻtkazadi, shaxsan oʻzi va komissiyaning boshqa aʼzolari tomonidan olingan natijalarni baholaydi hamda qoʻyilgan savollar yuzasidan xulosalarini oʻz maxsus bilimlari doirasida shakllantiradi. |
Tekshirishlarning ekspertlar komissiyasi tarkibiga kiritilmagan shaxslar tomonidan toʻliq yoki qisman oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. | Tekshirishlarning ekspertlar komissiyasi tarkibiga kiritilmagan shaxslar tomonidan toʻliq yoki qisman oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. |
83-modda. Komissiyaviy ekspertiza | 83-modda. Komissiyaviy ekspertiza |
Komissiyaviy ekspertiza oʻtkazilayotganda ekspertlarning har biri tekshirishlarni toʻliq hajmda oʻtkazadi va ular olingan natijalarni birgalikda tahlil qiladi. Ekspertlar umumiy fikrga kelganidan soʻng birgalikdagi xulosani yoki xulosa berishning iloji yoʻqligi toʻgʻrisidagi hujjatni tuzadi va imzolaydi. | Komissiyaviy ekspertiza oʻtkazilayotganda ekspertlarning har biri tekshirishlarni toʻliq hajmda oʻtkazadi va ular olingan natijalarni birgalikda tahlil qiladi. Ekspertlar umumiy fikrga kelganidan soʻng birgalikdagi xulosani yoki xulosa berishning iloji yoʻqligi toʻgʻrisidagi hujjatni tuzadi va imzolaydi. |
Ekspertlar oʻrtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda, ularning har biri kelishmovchiliklar kelib chiqqan barcha yoki ayrim masalalar boʻyicha alohida xulosa beradi. | Ekspertlar oʻrtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda, ularning har biri kelishmovchiliklar kelib chiqqan barcha yoki ayrim masalalar boʻyicha alohida xulosa beradi. |
84-modda. Kompleks ekspertiza | 84-modda. Kompleks ekspertiza |
Kompleks ekspertiza ish uchun ahamiyatga molik holatlarni faqat turli maxsus bilim sohalaridan foydalangan holda bir nechta tekshirish oʻtkazish yoʻli bilan aniqlash mumkin boʻlgan hollarda tayinlanadi. | Kompleks ekspertiza ish uchun ahamiyatga molik holatlarni faqat turli maxsus bilim sohalaridan foydalangan holda bir nechta tekshirish oʻtkazish yoʻli bilan aniqlash mumkin boʻlgan hollarda tayinlanadi. |
Kompleks ekspertizani oʻtkazishda ekspertlarning har biri oʻz vakolati doirasida tekshirishlar olib boradi. Kompleks ekspertizaning xulosasida ekspertlarning har biri qaysi tekshirishlarni va qancha hajmda olib borganligi, qaysi faktlarni shaxsan oʻzi aniqlaganligi hamda qanday xulosalarga kelganligi koʻrsatiladi. Ekspertlarning har biri xulosaning ushbu tekshirishlar bayon etilgan qismini imzolaydi va ular uchun javobgar boʻladi. | Kompleks ekspertizani oʻtkazishda ekspertlarning har biri oʻz vakolati doirasida tekshirishlar olib boradi. Kompleks ekspertizaning xulosasida ekspertlarning har biri qaysi tekshirishlarni va qancha hajmda olib borganligi, qaysi faktlarni shaxsan oʻzi aniqlaganligi hamda qanday xulosalarga kelganligi koʻrsatiladi. Ekspertlarning har biri xulosaning ushbu tekshirishlar bayon etilgan qismini imzolaydi va ular uchun javobgar boʻladi. |
Umumiy xulosa (xulosalar) olingan natijalarni baholashga va ushbu xulosani (xulosalarni) shakllantirishga vakolatli boʻlgan ekspertlar tomonidan chiqariladi. Agar ekspertlar komissiyasi yakuniy xulosasining yoki uning bir qismining asosi ekspertlardan biri (alohida ekspertlar) tomonidan aniqlangan faktlardan iborat boʻlsa, bu haqda xulosada koʻrsatilishi kerak. | Umumiy xulosa (xulosalar) olingan natijalarni baholashga va ushbu xulosani (xulosalarni) shakllantirishga vakolatli boʻlgan ekspertlar tomonidan chiqariladi. Agar ekspertlar komissiyasi yakuniy xulosasining yoki uning bir qismining asosi ekspertlardan biri (alohida ekspertlar) tomonidan aniqlangan faktlardan iborat boʻlsa, bu haqda xulosada koʻrsatilishi kerak. |
Ekspertlar oʻrtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda, ularning har biri kelishmovchiliklar kelib chiqqan barcha yoki ayrim masalalar boʻyicha alohida xulosa beradi. | Ekspertlar oʻrtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda, ularning har biri kelishmovchiliklar kelib chiqqan barcha yoki ayrim masalalar boʻyicha alohida xulosa beradi. |
Agar kompleks ekspertizani oʻtkazish davlat sud-ekspertiza muassasasiga topshirilgan boʻlsa, ekspertizani tashkil etish uning rahbari zimmasiga yuklatiladi. | Agar kompleks ekspertizani oʻtkazish davlat sud-ekspertiza muassasasiga yoki nodavlat sud-ekspertiza tashkilotiga topshirilgan boʻlsa, ekspertizani tashkil etish uning rahbari zimmasiga yuklatiladi. |
85-modda. Ekspertning yoki ekspertlar komissiyasining xulosasi | 85-modda. Ekspertning yoki ekspertlar komissiyasining xulosasi |
Ekspert yoki ekspertlar komissiyasi tekshirishlarni oʻtkazib boʻlganidan keyin tegishincha ekspert yoxud ekspertlar komissiyasi tarkibiga kiruvchi har bir ekspert imzosi bilan tasdiqlanadigan xulosa tuzadi. | Ekspert yoki ekspertlar komissiyasi tekshirishlarni oʻtkazib boʻlganidan keyin tegishincha ekspert yoxud ekspertlar komissiyasi tarkibiga kiruvchi har bir ekspert imzosi bilan tasdiqlanadigan xulosa tuzadi. |
Xulosada: ekspertiza oʻtkazilgan sana va joy; ekspertizani oʻtkazish asosi; ekspertizani tayinlagan sud toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; ekspert toʻgʻrisidagi (familiyasi, ismi, otasining ismi, maʼlumoti, ixtisosligi, ish staji, ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, egallab turgan lavozimi) va ekspertizani oʻtkazish topshirilgan tashkilot haqidagi maʼlumotlar; bila turib notoʻgʻri xulosa berganlik uchun jinoiy javobgarlik toʻgʻrisida ekspertning ogohlantirilganligi; ekspert oldiga qoʻyilgan savollar; ekspertga taqdim etilgan tekshirish obyektlari va ish materiallari; ekspertiza oʻtkazilayotganda hozir boʻlgan shaxslar haqidagi maʼlumotlar; tekshirishlarning qoʻllanilgan usullar koʻrsatilgan holdagi mazmuni va natijalari, shuningdek bu tekshirishlar, agar ekspertlar komissiyasi ishlagan boʻlsa, kim tomonidan oʻtkazilganligi; tekshirish natijalarining baholanishi, qoʻyilgan savollarga berilgan asosli javoblar; ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan va ekspertning tashabbusiga koʻra aniqlangan holatlar aks ettirilgan boʻlishi kerak. | Xulosada: ekspertiza oʻtkazilgan sana va joy; ekspertizani oʻtkazish asosi; ekspertizani tayinlagan sud toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; ekspert toʻgʻrisidagi (familiyasi, ismi, otasining ismi, maʼlumoti, ixtisosligi, ish staji, ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, egallab turgan lavozimi) va ekspertizani oʻtkazish topshirilgan tashkilot haqidagi maʼlumotlar; bila turib notoʻgʻri xulosa berganlik, ish yopiq sud majlisida koʻrilganda yopiq sud majlisi muhokamasi maʼlumotlarini hamda tafsilotlarini sudning ruxsatisiz oshkor qilganlik uchun jinoiy javobgarlik toʻgʻrisida ekspertning ogohlantirilganligi; ekspert oldiga qoʻyilgan savollar; ekspertga taqdim etilgan tekshirish obyektlari va ish materiallari; ekspertiza oʻtkazilayotganda hozir boʻlgan shaxslar haqidagi maʼlumotlar; tekshirishlarning qoʻllanilgan usullar koʻrsatilgan holdagi mazmuni va natijalari, shuningdek bu tekshirishlar, agar ekspertlar komissiyasi ishlagan boʻlsa, kim tomonidan oʻtkazilganligi; tekshirish natijalarining baholanishi, qoʻyilgan savollarga berilgan asosli javoblar; ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan va ekspertning tashabbusiga koʻra aniqlangan holatlar aks ettirilgan boʻlishi kerak. |
Xulosani va uning natijalarini tasvirlovchi materiallar ushbu xulosaga ilova qilinadi hamda uning tarkibiy qismi boʻlib xizmat qiladi. Tekshirishning olib borilishi, shart-sharoitlari va natijalarini hujjatlashtiradigan materiallar davlat sud-ekspertiza muassasasida yoki boshqa korxonada, muassasada, tashkilotda qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda saqlanadi. Ular ekspertizani tayinlagan sudning talabiga binoan ishga qoʻshib qoʻyish uchun taqdim etiladi. | Xulosani va uning natijalarini tasvirlovchi materiallar ushbu xulosaga ilova qilinadi hamda uning tarkibiy qismi boʻlib xizmat qiladi. Tekshirishning olib borilishi, shart-sharoitlari va natijalarini hujjatlashtiradigan materiallar davlat sud-ekspertiza muassasasida yoki nodavlat sud-ekspertiza tashkilotida yoxud boshqa korxonada, muassasada, tashkilotda qonunchilikda belgilangan muddatlarda saqlanadi. Ular ekspertizani tayinlagan sudning talabiga binoan ishga qoʻshib qoʻyish uchun taqdim etiladi. |
Agar taqdim etilgan tekshirish obyektlarining, materiallarning yoki ekspertning maxsus bilimlari yetarli emasligi tekshirish davomida maʼlum boʻlib qolsa, xulosa qoʻyilgan ayrim savollarga javob berishni rad etish asosini oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak. | Agar taqdim etilgan tekshirish obyektlarining, materiallarning yoki ekspertning maxsus bilimlari yetarli emasligi tekshirish davomida maʼlum boʻlib qolsa, xulosa qoʻyilgan ayrim savollarga javob berishni rad etish asosini oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak. |
Tekshirish tugaganidan soʻng xulosa, tekshirish obyektlari va ish materiallari ekspertizani tayinlagan sudga yuboriladi. | Tekshirish tugaganidan soʻng xulosa, tekshirish obyektlari va ish materiallari ekspertizani tayinlagan sudga yuboriladi. |
Xulosa sud majlisida tekshiriladi hamda boshqa dalillar bilan bir qatorda baholanadi. | Xulosa sud majlisida tekshiriladi hamda boshqa dalillar bilan bir qatorda baholanadi. |
86-modda. Mutaxassisning maslahati (tushuntirishi) | 86-modda. Mutaxassisning maslahati (tushuntirishi) |
Mutaxassis maslahatni (tushuntirishni) sudga ogʻzaki yoki yozma shaklda beradi. | Mutaxassis maslahatni (tushuntirishni) sudga ogʻzaki yoki yozma shaklda beradi. |
Mutaxassisning yozma shaklda berilgan maslahati (tushuntirishi) sud majlisida oʻqib eshittiriladi, tekshiriladi va ishga qoʻshib qoʻyiladi. Ogʻzaki maslahat (tushuntirish) bevosita sud majlisining (protsessual harakatning) bayonnomasiga yozib qoʻyiladi. | Mutaxassisning yozma shaklda berilgan maslahati (tushuntirishi) sud majlisida oʻqib eshittiriladi, tekshiriladi va ishga qoʻshib qoʻyiladi. Ogʻzaki maslahat (tushuntirish) bevosita sud majlisining (protsessual harakatning) bayonnomasiga yozib qoʻyiladi. |
Maslahatni (tushuntirishni) oydinlashtirish va toʻldirish maqsadida mutaxassisga savollar berilishi mumkin. | Maslahatni (tushuntirishni) oydinlashtirish va toʻldirish maqsadida mutaxassisga savollar berilishi mumkin. |
87-modda. Guvohning koʻrsatuvlari | 87-modda. Guvohning koʻrsatuvlari |
Ishda ishtirok etuvchi shaxsning iltimosnomasi boʻyicha sud guvohni sud majlisida koʻrsatuvlar berish uchun chaqirtirishi mumkin. | Ishda ishtirok etuvchi shaxsning iltimosnomasi boʻyicha sud guvohni sud majlisida koʻrsatuvlar berish uchun chaqirtirishi mumkin. |
Guvohni chaqirish haqida iltimosnoma kirituvchi shaxs ish uchun ahamiyatga molik qaysi holatlarni guvoh tasdiqlashi mumkinligini koʻrsatishi va uning familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyini sudga maʼlum qilishi shart. | Guvohni chaqirish haqida iltimosnoma kirituvchi shaxs ish uchun ahamiyatga molik qaysi holatlarni guvoh tasdiqlashi mumkinligini koʻrsatishi va uning familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyini sudga maʼlum qilishi shart. |
Guvoh ish boʻyicha oʻziga maʼlum boʻlgan maʼlumotlar va holatlarni sudga ogʻzaki xabar qiladi. Guvoh sudning taklifiga koʻra oʻz koʻrsatuvlarini yozma shaklda bayon qilishi mumkin. | Guvoh ish boʻyicha oʻziga maʼlum boʻlgan maʼlumotlar va holatlarni sudga ogʻzaki xabar qiladi. Guvoh sudning taklifiga koʻra oʻz koʻrsatuvlarini yozma shaklda bayon qilishi mumkin. |
Agar guvoh oʻzi bilgan maʼlumotlarning manbaini koʻrsatib bera olmasa, u xabar qilgan maʼlumotlar dalil hisoblanmaydi. | Agar guvoh oʻzi bilgan maʼlumotlarning manbaini koʻrsatib bera olmasa, u xabar qilgan maʼlumotlar dalil hisoblanmaydi. |
88-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari | 88-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari |
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan oʻzlariga maʼlum holatlar toʻgʻrisidagi tushuntirishlari tekshirilishi va boshqa dalillar bilan birga baholanishi lozim. Ishda ishtirok etuvchi shaxs sudning taklifiga koʻra oʻz tushuntirishlarini yozma shaklda bayon etishi mumkin. | Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan oʻzlariga maʼlum holatlar toʻgʻrisidagi tushuntirishlari tekshirilishi va boshqa dalillar bilan birga baholanishi lozim. Ishda ishtirok etuvchi shaxs sudning taklifiga koʻra oʻz tushuntirishlarini yozma shaklda bayon etishi mumkin. |
Boshqa shaxs oʻz talablarini yoki eʼtirozlarini asoslayotgan faktlarning ishda ishtirok etuvchi shaxs tomonidan tan olinishi sud uchun majburiy emas. | Boshqa shaxs oʻz talablarini yoki eʼtirozlarini asoslayotgan faktlarning ishda ishtirok etuvchi shaxs tomonidan tan olinishi sud uchun majburiy emas. |
Sud tan olingan faktni, agar unda faktni tan olish ishning holatlariga muvofiq ekanligiga, aldash, zoʻrlik ishlatish, qoʻrqitish, chalgʻitish taʼsirida yoki haqiqatni yashirish maqsadida qilinmaganiga shubha tugʻilmasa, aniqlangan deb hisoblashi mumkin. | Sud tan olingan faktni, agar unda faktni tan olish ishning holatlariga muvofiq ekanligiga, aldash, zoʻrlik ishlatish, qoʻrqitish, chalgʻitish taʼsirida yoki haqiqatni yashirish maqsadida qilinmaganiga shubha tugʻilmasa, aniqlangan deb hisoblashi mumkin. |
89-modda. Dalillarni taʼminlash | 89-modda. Dalillarni taʼminlash |
Zarur dalillarni taqdim etish mumkin boʻlmay qoladi yoki qiyinlashadi deb hisoblashga asosi boʻlgan shaxslar ishni oʻz yurituviga qabul qilgan suddan ushbu dalillarni taʼminlash toʻgʻrisida iltimos qilishi mumkin. | Zarur dalillarni taqdim etish mumkin boʻlmay qoladi yoki qiyinlashadi deb hisoblashga asosi boʻlgan shaxslar ishni oʻz yurituviga qabul qilgan suddan ushbu dalillarni taʼminlash toʻgʻrisida iltimos qilishi mumkin. |
Dalillarni taʼminlash toʻgʻrisidagi arizada taʼminlanishi zarur boʻlgan dalillar, tasdiqlanishi uchun ushbu dalillar zarur boʻlgan holatlar, dalillarni taʼminlash toʻgʻrisida arizachini iltimosnoma bilan murojaat qilishga undagan sabablar koʻrsatilishi kerak. | Dalillarni taʼminlash toʻgʻrisidagi arizada taʼminlanishi zarur boʻlgan dalillar, tasdiqlanishi uchun ushbu dalillar zarur boʻlgan holatlar, dalillarni taʼminlash toʻgʻrisida arizachini iltimosnoma bilan murojaat qilishga undagan sabablar koʻrsatilishi kerak. |
Dalillarni taʼminlash toʻgʻrisidagi masala ushbu Kodeksning 95-moddasida nazarda tutilgan tartibda hal etiladi. | Dalillarni taʼminlash toʻgʻrisidagi masala ushbu Kodeksning 95-moddasida nazarda tutilgan tartibda hal etiladi. |
90-modda. Sud topshiriqlari | 90-modda. Sud topshiriqlari |
Ishni koʻrayotgan sud boshqa tuman yoki shahar hududidagi dalillarni olish zarur boʻlgan taqdirda, tegishli sudga muayyan protsessual harakatlarni bajarishni topshirishga haqli. | Ishni koʻrayotgan sud boshqa tuman yoki shahar hududidagi dalillarni olish zarur boʻlgan taqdirda, tegishli sudga muayyan protsessual harakatlarni bajarishni topshirishga haqli. |
Sud topshirigʻi toʻgʻrisidagi ajrimda koʻrilayotgan ishning mazmuni qisqacha bayon qilinadi, aniqlanishi lozim boʻlgan holatlar, topshiriqni bajaradigan sud toʻplashi kerak boʻlgan dalillar koʻrsatiladi. | Sud topshirigʻi toʻgʻrisidagi ajrimda koʻrilayotgan ishning mazmuni qisqacha bayon qilinadi, aniqlanishi lozim boʻlgan holatlar, topshiriqni bajaradigan sud toʻplashi kerak boʻlgan dalillar koʻrsatiladi. |
Sud topshirigʻi toʻgʻrisidagi ajrim topshiriq berilgan sud uchun majburiydir va ajrim olingan paytdan eʼtiboran oʻn besh kungacha boʻlgan muddatda bajarilishi kerak. | Sud topshirigʻi toʻgʻrisidagi ajrim topshiriq berilgan sud uchun majburiydir va ajrim olingan paytdan eʼtiboran oʻn besh kungacha boʻlgan muddatda bajarilishi kerak. |
91-modda. Sud topshirigʻini bajarish tartibi | 91-modda. Sud topshirigʻini bajarish tartibi |
Sud topshirigʻi ushbu Kodeksda belgilangan qoidalar boʻyicha sud majlisida bajariladi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar majlisning vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qilinadi. Biroq, ularning sudga kelmaganligi sud majlisini oʻtkazishga toʻsqinlik qilmaydi. | Sud topshirigʻi ushbu Kodeksda belgilangan qoidalar boʻyicha sud majlisida bajariladi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar majlisning vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qilinadi. Biroq, ularning sudga kelmaganligi sud majlisini oʻtkazishga toʻsqinlik qilmaydi. |
Sud topshirigʻining ijrosi toʻgʻrisida ajrim chiqarilib, u ishni koʻrayotgan sudga darhol barcha materiallar bilan birga yuboriladi. | Sud topshirigʻining ijrosi toʻgʻrisida ajrim chiqarilib, u ishni koʻrayotgan sudga darhol barcha materiallar bilan birga yuboriladi. |
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar, sud topshirigʻini bajargan sudga tushuntirishlar yoki koʻrsatuvlar bergan guvohlar ishni koʻrayotgan sud majlisida oʻzlari ishtirok etgan taqdirda, umumiy tartibda tushuntirishlar va koʻrsatuvlar beradilar. | Ishda ishtirok etuvchi shaxslar, sud topshirigʻini bajargan sudga tushuntirishlar yoki koʻrsatuvlar bergan guvohlar ishni koʻrayotgan sud majlisida oʻzlari ishtirok etgan taqdirda, umumiy tartibda tushuntirishlar va koʻrsatuvlar beradilar. |
8-bob. Maʼmuriy sud ishlarini yuritishda dastlabki himoya choralari | 8-bob. Maʼmuriy sud ishlarini yuritishda dastlabki himoya choralari |
92-modda. Dastlabki himoya choralarini koʻrish asoslari | 92-modda. Dastlabki himoya choralarini koʻrish asoslari |
Ishda ishtirok etuvchi shaxsning arizasiga koʻra sud, agar: 1) maʼmuriy ish boʻyicha hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar arizachining yoki manfaatida ariza berilgan shaxsning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishining aniq xavfi mavjud boʻlsa; 2) arizachining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini bunday choralar koʻrmay turib, himoya qilish mumkin boʻlmasa yoki qiyin boʻlsa dastlabki himoya choralarini koʻrishi mumkin. | Ishda ishtirok etuvchi shaxsning arizasiga koʻra yoki oʻz tashabbusi boʻyicha sud, agar: 1) maʼmuriy ishni koʻrish yakuni boʻyicha chiqariladigan sud hujjati qabul qilinguniga qadar arizachining yoki manfaatlarini koʻzlab ariza berilgan shaxsning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishining aniq xavfi mavjud boʻlsa; 2) arizachining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini bunday choralarni koʻrmasdan turib himoya qilish mumkin boʻlmasa yoki qiyin boʻlsa, dastlabki himoya choralarini koʻrishi mumkin. Maʼmuriy organning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining va ular mansabdor shaxslarining qonunchilikka muvofiq boʻlmagan hamda fuqarolarning yoki yuridik shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzadigan qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) natijasida fuqaroga yoki yuridik shaxsga yetkazilgan zararlarning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi talabni koʻrib chiqishda sud arizachining arizasiga koʻra dastlabki himoya choralarini koʻrishi shart. Dastlabki himoya choralarini koʻrishga maʼmuriy sud ishlarini yuritishning har qanday bosqichida yoʻl qoʻyiladi. |
93-modda. Dastlabki himoya choralari | 93-modda. Dastlabki himoya choralari |
Quyidagilar dastlabki himoya choralari boʻlishi mumkin: | Quyidagilar dastlabki himoya choralari boʻlishi mumkin: |
1) javobgarga muayyan harakatlarni amalga oshirishni taqiqlash; | 1) javobgarga muayyan harakatlarni amalga oshirishni taqiqlash; |
2) boshqa shaxslarga nizo predmetiga taalluqli boʻlgan muayyan harakatlarni amalga oshirishni taqiqlash; | 2) boshqa shaxslarga nizo predmetiga taalluqli boʻlgan muayyan harakatlarni amalga oshirishni taqiqlash; |
3) mol-mulkni realizatsiya qilishni toʻxtatib turish; | 3) mol-mulkni realizatsiya qilishni toʻxtatib turish; |
4) maʼmuriy organning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining nizolashilayotgan hujjati ijrosini toʻliq yoki qisman toʻxtatib turish; | 4) maʼmuriy organning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining nizolashilayotgan hujjati ijrosini toʻliq yoki qisman toʻxtatib turish; |
5) javobgarning mol-mulkini yoki pul mablagʻlarini xatlash. | |
Sud tomonidan bir vaqtning oʻzida bir nechta dastlabki himoya choralari koʻrilishi mumkin. | Sud tomonidan bir vaqtning oʻzida bir nechta dastlabki himoya choralari koʻrilishi mumkin. |
Dastlabki himoya choralari arz qilingan talabga mos boʻlishi kerak. | Dastlabki himoya choralari arz qilingan talabga mos boʻlishi kerak. |
94-modda. Dastlabki himoya choralarini koʻrish toʻgʻrisidagi ariza | 94-modda. Dastlabki himoya choralarini koʻrish toʻgʻrisidagi ariza |
Dastlabki himoya choralarini koʻrish toʻgʻrisidagi ariza sudga ariza (shikoyat) bilan bir vaqtda yoki ish yuritish jarayonida berilishi mumkin. | Dastlabki himoya choralarini koʻrish toʻgʻrisidagi ariza sudga ariza (shikoyat) bilan bir vaqtda yoki ish yuritish jarayonida berilishi mumkin. |
Dastlabki himoya toʻgʻrisidagi arizada quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak: | Dastlabki himoya toʻgʻrisidagi arizada quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak: |
1) ariza berilayotgan sudning nomi; | 1) ariza berilayotgan sudning nomi; |
2) taraflarning nomlari (familiyasi, ismi va otasining ismi), joylashgan yeri (pochta manzili) yoki yashash joyi; | 2) taraflarning nomlari (familiyasi, ismi va otasining ismi), joylashgan yeri (pochta manzili) yoki yashash joyi; |
3) talab predmeti; | 3) talab predmeti; |
4) dastlabki himoya chorasini koʻrish zarurligining asoslantirilganligi; | 4) dastlabki himoya chorasini koʻrish zarurligining asoslantirilganligi; |
5) arizachi koʻrishni soʻrayotgan dastlabki himoya chorasining turi; | 5) arizachi koʻrishni soʻrayotgan dastlabki himoya chorasining turi; |
6) ilova qilinayotgan hujjatlarning roʻyxati. | 6) ilova qilinayotgan hujjatlarning roʻyxati. |
Arizada boshqa maʼlumotlar ham koʻrsatilishi mumkin. | Arizada boshqa maʼlumotlar ham koʻrsatilishi mumkin. |
Dastlabki himoya choralarini koʻrish toʻgʻrisidagi ariza arizachi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. | Dastlabki himoya choralarini koʻrish toʻgʻrisidagi ariza arizachi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. |
Vakil tomonidan imzolangan arizaga ishonchnoma yoki uning arizani imzolashga boʻlgan vakolatini tasdiqlovchi boshqa hujjat ilova qilinadi. | Vakil tomonidan imzolangan arizaga ishonchnoma yoki uning arizani imzolashga boʻlgan vakolatini tasdiqlovchi boshqa hujjat ilova qilinadi. |
Dastlabki himoya choralarini koʻrish toʻgʻrisidagi iltimosnoma arizada (shikoyatda) bayon etilishi mumkin. | Dastlabki himoya choralarini koʻrish toʻgʻrisidagi iltimosnoma arizada (shikoyatda) bayon etilishi mumkin. |
Agar dastlabki himoya choralarini koʻrish toʻgʻrisidagi iltimosnoma arizada (shikoyatda) bayon etilsa, mazkur iltimosnomada ushbu modda ikkinchi qismining 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan maʼlumotlar koʻrsatilgan boʻlishi kerak. | Agar dastlabki himoya choralarini koʻrish toʻgʻrisidagi iltimosnoma arizada (shikoyatda) bayon etilsa, mazkur iltimosnomada ushbu modda ikkinchi qismining 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan maʼlumotlar koʻrsatilgan boʻlishi kerak. |
95-modda. Dastlabki himoya choralarini koʻrish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish | 95-modda. Dastlabki himoya choralarini koʻrish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish |
Ariza (shikoyat) bilan birga berilgan dastlabki himoya choralarini koʻrish toʻgʻrisidagi ariza arizani (shikoyatni) ish yuritishga qabul qilish va ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish bilan bir vaqtda, ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilmasdan sud tomonidan koʻrib chiqiladi. | Ariza (shikoyat) bilan birga berilgan dastlabki himoya choralarini koʻrish toʻgʻrisidagi ariza arizani (shikoyatni) ish yuritishga qabul qilish va ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish bilan bir vaqtda, ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilmasdan sud tomonidan koʻrib chiqiladi. |
Dastlabki himoya choralarini koʻrish toʻgʻrisidagi ariza sud majlisi chogʻida berilgan taqdirda, u shu majlisda koʻrib chiqilishi kerak. | Dastlabki himoya choralarini koʻrish toʻgʻrisidagi ariza sud majlisi chogʻida berilgan taqdirda, u shu majlisda koʻrib chiqilishi kerak. |
Agar dastlabki himoya choralarini koʻrish toʻgʻrisidagi ariza ish yuritish jarayonida berilgan boʻlsa, u kelib tushganidan keyingi kundan kechiktirmay koʻrib chiqiladi. | Agar dastlabki himoya choralarini koʻrish toʻgʻrisidagi ariza ish yuritish jarayonida berilgan boʻlsa, u kelib tushganidan keyingi kundan kechiktirmay koʻrib chiqiladi. |
Dastlabki himoya choralarini koʻrish toʻgʻrisidagi arizani koʻrish natijalari boʻyicha ajrim chiqarilib, uning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi. | Dastlabki himoya choralarini koʻrish toʻgʻrisidagi arizani koʻrish natijalari boʻyicha ajrim chiqarilib, uning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi. |
Dastlabki himoya choralarini koʻrish haqidagi yoki dastlabki himoya choralarini koʻrishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. Shikoyat berilishi (protest keltirilishi) ajrimning ijrosini toʻxtatib qoʻymaydi. | Dastlabki himoya choralarini koʻrish haqidagi yoki dastlabki himoya choralarini koʻrishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. Shikoyat berilishi (protest keltirilishi) ajrimning ijrosini toʻxtatib qoʻymaydi. |
96-modda. Dastlabki himoya choralarining bir turini boshqasi bilan almashtirish | 96-modda. Dastlabki himoya choralarining bir turini boshqasi bilan almashtirish |
Dastlabki himoya choralarining bir turini boshqasi bilan almashtirishga yoʻl qoʻyiladi. | Dastlabki himoya choralarining bir turini boshqasi bilan almashtirishga yoʻl qoʻyiladi. |
Dastlabki himoya choralari turini almashtirish ishni koʻrayotgan sud tomonidan ishda ishtirok etuvchi shaxsning iltimosnomasiga koʻra amalga oshirilishi mumkin. | Dastlabki himoya choralari turini almashtirish ishni koʻrayotgan sud tomonidan ishda ishtirok etuvchi shaxsning iltimosnomasiga koʻra amalga oshirilishi mumkin. |
Dastlabki himoya choralari turini almashtirish toʻgʻrisidagi masala sud majlisida hal etiladi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qilinadi. Biroq ularning kelmaganligi dastlabki himoya choralari turini almashtirish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi. | Dastlabki himoya choralari turini almashtirish toʻgʻrisidagi masala sud majlisida hal etiladi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qilinadi. Biroq ularning kelmaganligi dastlabki himoya choralari turini almashtirish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi. |
Dastlabki himoya choralari turini almashtirish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ajrim chiqariladi. | Dastlabki himoya choralari turini almashtirish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ajrim chiqariladi. |
Dastlabki himoya choralari turini almashtirish haqidagi yoki almashtirishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. | Dastlabki himoya choralari turini almashtirish haqidagi yoki almashtirishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. |
Shikoyat berilishi (protest keltirilishi) ajrimning ijrosini toʻxtatib qoʻymaydi. | Shikoyat berilishi (protest keltirilishi) ajrimning ijrosini toʻxtatib qoʻymaydi. |
97-modda. Dastlabki himoya choralarini koʻrish toʻgʻrisidagi ajrimni ijro etish | 97-modda. Dastlabki himoya choralarini koʻrish toʻgʻrisidagi ajrimni ijro etish |
Dastlabki himoya choralarini koʻrish toʻgʻrisidagi ajrim sud hujjatlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda darhol ijro etiladi. | Dastlabki himoya choralarini koʻrish toʻgʻrisidagi ajrim sud hujjatlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda darhol ijro etiladi. |
Koʻrilgan dastlabki himoya choralarini ijro etish majburiyati sud tomonidan zimmasiga yuklatilgan shaxsga dastlabki himoya choralarini koʻrish toʻgʻrisidagi ajrimni ijro etmaganlik uchun ushbu Kodeksda belgilangan tartibda sud jarimasi solinadi. | Koʻrilgan dastlabki himoya choralarini ijro etish majburiyati sud tomonidan zimmasiga yuklatilgan shaxsga dastlabki himoya choralarini koʻrish toʻgʻrisidagi ajrimni ijro etmaganlik uchun ushbu Kodeksda belgilangan tartibda sud jarimasi solinadi. |
98-modda. Dastlabki himoya choralarini bekor qilish | 98-modda. Dastlabki himoya choralarini bekor qilish |
Dastlabki himoya choralari ishni koʻrayotgan sud tomonidan ishda ishtirok etuvchi shaxsning iltimosnomasiga koʻra bekor qilinishi mumkin. | Dastlabki himoya choralari ishni koʻrayotgan sud tomonidan ishda ishtirok etuvchi shaxsning iltimosnomasiga koʻra bekor qilinishi mumkin. |
Dastlabki himoya choralarini bekor qilish toʻgʻrisidagi masala sud majlisida hal qilinadi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar majlisning vaqti va joyi toʻgʻrisida ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi. Biroq ularning kelmaganligi dastlabki himoya choralarini bekor qilish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqishga toʻsqinlik qilmaydi. | Dastlabki himoya choralarini bekor qilish toʻgʻrisidagi masala sud majlisida hal qilinadi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar majlisning vaqti va joyi toʻgʻrisida ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi. Biroq ularning kelmaganligi dastlabki himoya choralarini bekor qilish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqishga toʻsqinlik qilmaydi. |
Dastlabki himoya choralarini bekor qilish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ajrim chiqariladi. | Dastlabki himoya choralarini bekor qilish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ajrim chiqariladi. |
Ajrimning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga u chiqarilgan kundan keyingi kundan kechiktirmasdan yuboriladi. | Ajrimning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga u chiqarilgan kundan keyingi kundan kechiktirmasdan yuboriladi. |
Ariza (shikoyat) qanoatlantirilgan taqdirda, dastlabki himoya choralari sud hujjati amalda ijro etilguniga qadar oʻz kuchini saqlaydi. | Ariza (shikoyat) qanoatlantirilgan taqdirda, dastlabki himoya choralari sud hujjati amalda ijro etilguniga qadar oʻz kuchini saqlaydi. |
Arizani (shikoyatni) qanoatlantirish rad etilgan, ariza (shikoyat) koʻrmasdan qoldirilgan, ish yuritish tugatilgan hollarda, dastlabki himoya choralari tegishli sud qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar oʻz kuchini saqlaydi. Biroq sud koʻrsatilgan hujjatlarni qabul qilish bilan bir vaqtda yoki ular qabul qilinganidan keyin dastlabki himoya choralarini bekor qilish haqida ajrim chiqarishi mumkin. | Arizani (shikoyatni) qanoatlantirish rad etilgan, ariza (shikoyat) koʻrmasdan qoldirilgan, ish yuritish tugatilgan hollarda, dastlabki himoya choralari tegishli sud qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar oʻz kuchini saqlaydi. Biroq sud koʻrsatilgan hujjatlarni qabul qilish bilan bir vaqtda yoki ular qabul qilinganidan keyin dastlabki himoya choralarini bekor qilish haqida ajrim chiqarishi mumkin. |
Dastlabki himoya choralarini bekor qilish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. | Dastlabki himoya choralarini bekor qilish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. |
9-bob. Ish yuritishni toʻxtatib turish | 9-bob. Ish yuritishni toʻxtatib turish |
99-modda. Sudning ish yuritishni toʻxtatib turish majburiyati | 99-modda. Sudning ish yuritishni toʻxtatib turish majburiyati |
Sud quyidagi hollarda ish yuritishni toʻxtatib turishi shart: | Sud quyidagi hollarda ish yuritishni toʻxtatib turishi shart: |
1) mazkur ishni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, fuqarolik ishlari boʻyicha sud, jinoyat ishlari boʻyicha sud, maʼmuriy sud yoki iqtisodiy sud tomonidan koʻrilayotgan boshqa ish yoki masala yuzasidan, shuningdek tergov harakatlari olib borilayotgan ish yoki masala yuzasidan qaror qabul qilinguniga qadar koʻrish mumkin boʻlmaganda; | 1) mazkur ishni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, fuqarolik ishlari boʻyicha sud, jinoyat ishlari boʻyicha sud, maʼmuriy sud yoki iqtisodiy sud tomonidan koʻrilayotgan boshqa ish yoki masala yuzasidan, shuningdek tergov harakatlari olib borilayotgan ish yoki masala yuzasidan qaror qabul qilinguniga qadar koʻrish mumkin boʻlmaganda; |
2) ishda ishtirok etuvchi shaxs boʻlgan fuqaro vafot etganda, agar nizoli huquqiy munosabatlar huquqiy vorislikka yoʻl qoʻysa; | 2) ishda ishtirok etuvchi shaxs boʻlgan fuqaro vafot etganda, agar nizoli huquqiy munosabatlar huquqiy vorislikka yoʻl qoʻysa; |
3) ishda ishtirok etuvchi shaxs boʻlgan fuqaro muomala layoqatini yoʻqotganda. | 3) ishda ishtirok etuvchi shaxs boʻlgan fuqaro muomala layoqatini yoʻqotganda. |
100-modda. Sudning ish yuritishni toʻxtatib turish huquqi | 100-modda. Sudning ish yuritishni toʻxtatib turish huquqi |
Sud quyidagi hollarda ish yuritishni toʻxtatib turishga haqli: | Sud quyidagi hollarda ish yuritishni toʻxtatib turishga haqli: |
1) sud tomonidan ekspertiza tayinlanganda; | 1) sud tomonidan ekspertiza tayinlanganda; |
2) ishda ishtirok etuvchi shaxs boʻlgan yuridik shaxs qayta tashkil etilganda; | 2) ishda ishtirok etuvchi shaxs boʻlgan yuridik shaxs qayta tashkil etilganda; |
3) arizachi boʻlgan fuqaro davlat majburiyatini bajarish uchun jalb qilinganda. | 3) arizachi boʻlgan fuqaro davlat majburiyatini bajarish uchun jalb qilinganda. |
101-modda. Ish yuritishni toʻxtatib turish muddatlari | 101-modda. Ish yuritishni toʻxtatib turish muddatlari |
Ish yuritish: | Ish yuritish: |
1) ushbu Kodeks 99-moddasining 1-bandida nazarda tutilgan hollarda — tegishli sudning sud hujjati qonuniy kuchga kirguniga yoki tergov harakatlari tugallanguniga qadar; | 1) ushbu Kodeks 99-moddasining 1-bandida nazarda tutilgan hollarda — tegishli sudning sud hujjati qonuniy kuchga kirguniga yoki tergov harakatlari tugallanguniga qadar; |
2) ushbu Kodeks 99-moddasining 2 va 3-bandlarida va 100-moddasining 2-bandida nazarda tutilgan hollarda — ishda ishtirok etuvchi shaxsning huquqiy vorisi aniqlanguniga, muomalaga layoqatsiz shaxsga vakil tayinlanguniga, yangi tashkil etilgan yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtguniga qadar; | 2) ushbu Kodeks 99-moddasining 2 va 3-bandlarida va 100-moddasining 2-bandida nazarda tutilgan hollarda — ishda ishtirok etuvchi shaxsning huquqiy vorisi aniqlanguniga, muomalaga layoqatsiz shaxsga vakil tayinlanguniga, yangi tashkil etilgan yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtguniga qadar; |
3) ushbu Kodeks 100-moddasining 1-bandida nazarda tutilgan hollarda — sud tomonidan ekspertiza xulosasi olinguniga qadar; | 3) ushbu Kodeks 100-moddasining 1-bandida nazarda tutilgan hollarda — sud tomonidan ekspertiza xulosasi olinguniga qadar; |
4) ushbu Kodeks 100-moddasining 3-bandida nazarda tutilgan hollarda — ish yuritishni toʻxtatib turish uchun asos boʻlgan holat bartaraf etilguniga qadar toʻxtatib turiladi. | 4) ushbu Kodeks 100-moddasining 3-bandida nazarda tutilgan hollarda — ish yuritishni toʻxtatib turish uchun asos boʻlgan holat bartaraf etilguniga qadar toʻxtatib turiladi. |
102-modda. Ish yuritishni toʻxtatib turishning huquqiy oqibatlari | 102-modda. Ish yuritishni toʻxtatib turishning huquqiy oqibatlari |
Ish yuritish toʻxtatib turilgan taqdirda, ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda belgilangan yoxud sud tomonidan tayinlangan muddatlarning oʻtishi toʻxtatib turiladi. | Ish yuritish toʻxtatib turilgan taqdirda, ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda belgilangan yoxud sud tomonidan tayinlangan muddatlarning oʻtishi toʻxtatib turiladi. |
Ish yuritish tiklanguniga qadar sud biror-bir protsessual harakatni amalga oshirishga haqli emas, bundan dastlabki himoya choralarini koʻrishga va dalillarni taʼminlashga qaratilgan harakatlar mustasno. | Ish yuritish tiklanguniga qadar sud biror-bir protsessual harakatni amalga oshirishga haqli emas, bundan dastlabki himoya choralarini koʻrishga va dalillarni taʼminlashga qaratilgan harakatlar mustasno. |
103-modda. Ish yuritishning tiklanishi | 103-modda. Ish yuritishning tiklanishi |
Ish yuritishni toʻxtatib turishga sabab boʻlgan holatlar bartaraf qilinganidan keyin ish yuritish tiklanadi. | Ish yuritishni toʻxtatib turishga sabab boʻlgan holatlar bartaraf qilinganidan keyin ish yuritish tiklanadi. |
104-modda. Ish yuritishni toʻxtatib turish va uni tiklash tartibi | 104-modda. Ish yuritishni toʻxtatib turish va uni tiklash tartibi |
Ish yuritishni toʻxtatib turish, uni tiklash toʻgʻrisida yoki uni tiklashni rad etish haqida sud ajrim chiqaradi. | Ish yuritishni toʻxtatib turish, uni tiklash toʻgʻrisida yoki uni tiklashni rad etish haqida sud ajrim chiqaradi. |
Ajrimning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi. | Ajrimning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi. |
Ish yuritishni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi, ish yuritishni tiklashni rad etish haqidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. | Ish yuritishni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi, ish yuritishni tiklashni rad etish haqidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. |
10-bob. Arizani (shikoyatni) koʻrmasdan qoldirish | 10-bob. Arizani (shikoyatni) koʻrmasdan qoldirish |
105-modda. Arizani (shikoyatni) koʻrmasdan qoldirish asoslari | 105-modda. Arizani (shikoyatni) koʻrmasdan qoldirish asoslari |
Sud quyidagi hollarda arizani (shikoyatni) koʻrmasdan qoldiradi, agar: | Sud quyidagi hollarda arizani (shikoyatni) koʻrmasdan qoldiradi, agar: |
1) fuqarolik ishlari boʻyicha sud, maʼmuriy sud ish yurituvida ayni bir shaxslar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan ish mavjud boʻlsa; | 1) fuqarolik ishlari boʻyicha sud, maʼmuriy sud ish yurituvida ayni bir shaxslar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan ish mavjud boʻlsa; |
2) ariza (shikoyat) imzolanmagan boʻlsa yoki uni imzolash huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan yoxud mansab mavqeyi yoki familiyasi, ism-sharifining bosh harflari koʻrsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan boʻlsa; | 2) ariza (shikoyat) imzolanmagan boʻlsa yoki uni imzolash huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan yoxud mansab mavqeyi yoki familiyasi, ism-sharifining bosh harflari koʻrsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan boʻlsa; |
3) arizachi birinchi sud majlisiga kelmagan va ishni oʻzining ishtirokisiz koʻrilishi toʻgʻrisida arz qilmagan boʻlsa; | 3) arizachi birinchi sud majlisiga kelmagan va ishni oʻzining ishtirokisiz koʻrilishi toʻgʻrisida arz qilmagan boʻlsa; |
4) arizachining manfaatlarini koʻzlab prokuror, davlat organi va boshqa shaxs tomonidan arz qilingan talabdan arizachi voz kechgan boʻlsa; | 4) arizachining manfaatlarini koʻzlab prokuror, davlat organi va boshqa shaxs tomonidan arz qilingan talabdan arizachi voz kechgan boʻlsa; |
5) ariza (shikoyat) sud muomalaga layoqatsiz deb topgan shaxs tomonidan berilgan boʻlsa. | |
106-modda. Arizani (shikoyatni) koʻrmasdan qoldirish tartibi | 106-modda. Arizani (shikoyatni) koʻrmasdan qoldirish tartibi |
Arizani (shikoyatni) koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisida sud ajrim chiqaradi. | Arizani (shikoyatni) koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisida sud ajrim chiqaradi. |
Sud ajrimida ishda ishtirok etuvchi shaxslar oʻrtasida sud xarajatlarini taqsimlash toʻgʻrisidagi, davlat bojini budjetdan qaytarish haqidagi masalalar hal qilinishi mumkin. | Sud ajrimida ishda ishtirok etuvchi shaxslar oʻrtasida sud xarajatlarini taqsimlash toʻgʻrisidagi, davlat bojini budjetdan qaytarish haqidagi masalalar hal qilinishi mumkin. |
Ajrimning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi. | Ajrimning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi. |
Arizani (shikoyatni) koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. | Arizani (shikoyatni) koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. |
107-modda. Arizani (shikoyatni) koʻrmasdan qoldirish oqibatlari | 107-modda. Arizani (shikoyatni) koʻrmasdan qoldirish oqibatlari |
Arizani (shikoyatni) koʻrmasdan qoldirish uchun asos boʻlib xizmat qilgan holatlar bartaraf etilganidan keyin arizachi sudga ariza (shikoyat) bilan umumiy tartibda yangidan murojaat qilishga haqli. | Arizani (shikoyatni) koʻrmasdan qoldirish uchun asos boʻlib xizmat qilgan holatlar bartaraf etilganidan keyin arizachi sudga ariza (shikoyat) bilan umumiy tartibda yangidan murojaat qilishga haqli. |
11-bob. Ish yuritishni tugatish | 11-bob. Ish yuritishni tugatish |
108-modda. Ish yuritishni tugatish asoslari | 108-modda. Ish yuritishni tugatish asoslari |
Sud quyidagi hollarda ish yuritishni tugatadi, agar: | Sud quyidagi hollarda ish yuritishni tugatadi, agar: |
1) ish maʼmuriy sudga taalluqli boʻlmasa; | 1) ish maʼmuriy sudga, fuqarolik ishlari boʻyicha sudga yoki iqtisodiy sudga taalluqli boʻlmasa; |
2) sudning ayni bir shaxslar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori mavjud boʻlsa; | 2) sudning ayni bir shaxslar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori mavjud boʻlsa; |
3) arizachi boʻlgan yuridik shaxs tugatilgan boʻlsa; | 3) arizachi boʻlgan yuridik shaxs tugatilgan boʻlsa; |
4) ishda taraf hisoblangan fuqaroning vafot etganidan soʻng nizoli huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yoʻl qoʻymasa; | 4) ishda taraf hisoblangan fuqaroning vafot etganidan soʻng nizoli huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yoʻl qoʻymasa; |
5) arizachi talabidan voz kechgan va sud uni qabul qilgan boʻlsa; | 5) arizachi talabidan voz kechgan va sud uni qabul qilgan boʻlsa; |
6) davlat roʻyxatidan oʻtishni rad etish yoki bundan boʻyin tovlash toʻgʻrisidagi arizani (shikoyatni) koʻrilayotganda huquq toʻgʻrisida nizo kelib chiqqan boʻlsa; | 6) davlat roʻyxatidan oʻtishni rad etish yoki bundan boʻyin tovlash toʻgʻrisidagi arizani (shikoyatni) koʻrilayotganda huquq toʻgʻrisida nizo kelib chiqqan boʻlsa; |
7) toʻplangan materiallarning yoʻqotilgan sud ishini yoki ijro ishini yuritishni tiklash uchun yetarli emasligi; | 7) toʻplangan materiallarning yoʻqotilgan sud ishini yoki ijro ishini yuritishni tiklash uchun yetarli emasligi; |
8) kelishuv bitimi tuzilgan va u sud tomonidan tasdiqlangan boʻlsa. | |
109-modda. Ish yuritishni tugatish tartibi va oqibatlari | 109-modda. Ish yuritishni tugatish tartibi va oqibatlari |
Ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida sud ajrim chiqaradi. | Ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida sud ajrim chiqaradi. |
Sud ajrimda ish yuritishni tugatish asoslarini koʻrsatadi, shuningdek sud xarajatlarini taraflar oʻrtasida taqsimlash va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda davlat bojini budjetdan qaytarish toʻgʻrisidagi masalalarni hal qiladi. | Sud ajrimda ish yuritishni tugatish asoslarini koʻrsatadi, shuningdek sud xarajatlarini taraflar oʻrtasida taqsimlash va qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda davlat bojini budjetdan qaytarish toʻgʻrisidagi masalalarni hal qiladi. |
Ajrimning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi. | Ajrimning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi. |
Ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. | Ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. |
Ish yuritish tugatilgan taqdirda, ayni bir shaxslar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan sudga takroran murojaat qilishga yoʻl qoʻyilmaydi. | Ish yuritish tugatilgan taqdirda, ayni bir shaxslar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan sudga takroran murojaat qilishga yoʻl qoʻyilmaydi. |
12-bob. Sud xarajatlari | 12-bob. Sud xarajatlari |
110-modda. Sud xarajatlarining turlari | 110-modda. Sud xarajatlarining turlari |
Sud xarajatlari davlat bojidan va ishni koʻrish bilan bogʻliq sud chiqimlaridan iborat boʻladi. | Sud xarajatlari davlat bojidan va ishni koʻrish bilan bogʻliq sud chiqimlaridan iborat boʻladi. |
111-modda. Davlat boji | 111-modda. Davlat boji |
Davlat bojini toʻlash asoslari, miqdori va tartibi, uni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash, toʻlashdan ozod qilish tartibi, davlat bojini qaytarish tartibi qonunda belgilanadi. | Davlat bojini toʻlash asoslari, miqdori va tartibi, uni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash, toʻlashdan ozod qilish tartibi, davlat bojini qaytarish tartibi qonunda belgilanadi. |
112-modda. Davlat bojini qaytarish | 112-modda. Davlat bojini qaytarish |
Davlat boji qonun hujjatlarida belgilangan hollarda qaytarilishi lozim. | Davlat boji qonunchilikda belgilangan hollarda qaytarilishi lozim. |
Sud hujjatida davlat bojini toʻliq yoki qisman qaytarish uchun asos boʻladigan holatlar koʻrsatiladi. | Sud hujjatida davlat bojini toʻliq yoki qisman qaytarish uchun asos boʻladigan holatlar koʻrsatiladi. |
Davlat boji toʻlangan, lekin sudga kelib tushmagan yoki ushbu sud qaytargan arizalar (shikoyatlar), apellyatsiya, kassatsiya shikoyatlariga doir davlat bojlari hamda bojni toʻliq yoki qisman qaytarish nazarda tutiladigan sud hujjatlariga doir sud tomonidan berilgan maʼlumotnomaga asosan qaytariladi. | Davlat boji toʻlangan, lekin sudga kelib tushmagan yoki ushbu sud qaytargan arizalar (shikoyatlar), apellyatsiya, kassatsiya va taftish shikoyatlariga doir davlat bojlari hamda bojni toʻliq yoki qisman qaytarish nazarda tutiladigan sud hujjatlariga doir sud tomonidan berilgan maʼlumotnomaga asosan qaytariladi. |
113-modda. Sud chiqimlari | 113-modda. Sud chiqimlari |
Sud chiqimlari sud xabarnomalari va sud hujjatlarini yuborish bilan bogʻliq pochta xarajatlaridan, sud tayinlagan ekspertizani oʻtkazish, guvohni chaqirish, dalillarni joyida koʻzdan kechirish, sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlardan, shuningdek ishni koʻrish bilan bogʻliq boshqa xarajatlardan iboratdir. | Sud chiqimlari sud xabarnomalari va sud hujjatlarini yuborish bilan bogʻliq pochta xarajatlaridan, sud tayinlagan ekspertizani oʻtkazish, guvohni chaqirish, dalillarni joyida koʻzdan kechirish, sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlardan, shuningdek ishni koʻrish bilan bogʻliq boshqa xarajatlardan iboratdir. |
Pochta xarajatlarining summasi sud tomonidan belgilanadi, biroq bu summa bazaviy hisoblash miqdorining oʻndan bir qismidan oshmasligi kerak va sudning depozit hisobvaragʻiga kiritilishi lozim. | Pochta xarajatlarining summasi sud tomonidan belgilanadi, biroq bu summa bazaviy hisoblash miqdorining oʻndan bir qismidan oshmasligi kerak va sudning depozit hisobvaragʻiga kiritilishi lozim. |
Sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarning summasi sud tomonidan belgilanadi va ishda ishtirok etuvchi shaxslardan ishni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ushbu Kodeksning 115-moddasiga muvofiq undiriladi. | Sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarning summasi sud tomonidan belgilanadi va ishda ishtirok etuvchi shaxslardan ishni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ushbu Kodeksning 115-moddasiga muvofiq undiriladi. |
114-modda. Ekspertlar, mutaxassislar, guvohlar va tarjimonlarga tegishli summalarni toʻlash | 114-modda. Ekspertlar, mutaxassislar, guvohlar va tarjimonlarga tegishli summalarni toʻlash |
Ekspertlar, mutaxassislar, guvohlar va tarjimonlarga sudga kelish bilan bogʻliq boʻlgan yoʻlkira, xona ijarasi boʻyicha xarajatlarning oʻrni qoplanadi va kundalik xarajatlar uchun haq toʻlanadi. | Ekspertlar, mutaxassislar, guvohlar va tarjimonlarga sudga kelish bilan bogʻliq boʻlgan yoʻlkira, xona ijarasi boʻyicha xarajatlarning oʻrni qoplanadi va kundalik xarajatlar uchun haq toʻlanadi. |
Ekspertlar, mutaxassislar va tarjimonlar sudning topshirigʻi boʻyicha bajargan ish ularning xizmat vazifalari doirasiga kirmasa, ular bu ish uchun haq oladi. | Ekspertlar, mutaxassislar va tarjimonlar sudning topshirigʻi boʻyicha bajargan ish ularning xizmat vazifalari doirasiga kirmasa, ular bu ish uchun haq oladi. |
Ekspertlar, mutaxassislar va guvohlarga toʻlanishi lozim boʻlgan summa tegishli iltimosnoma bilan murojaat qilgan ishda ishtirok etuvchi shaxs tomonidan sudning depozit hisobvaragʻiga oldindan oʻtkaziladi. Agar iltimosnoma ikkala tarafga tegishli boʻlsa, talab qilinadigan summani ular teng boʻlib oʻtkazadi. Agar ekspertiza sudning tashabbusi bilan tayinlansa, toʻlanishi lozim boʻlgan summa ekspertga sud tomonidan depozit hisobvaragʻidan toʻlanadi. Bu summalar ishda ishtirok etuvchi shaxslardan ushbu Kodeksning 115-moddasiga muvofiq undirilib, sudning depozit hisobvaragʻiga oʻtkaziladi. Ekspertlar, mutaxassislar, guvohlar va tarjimonlarga tegishli boʻlgan summalar ular oʻz vazifalarini bajarganlaridan keyin sud tomonidan toʻlanadi. | Ekspertlar, mutaxassislar va guvohlarga toʻlanishi lozim boʻlgan summa tegishli iltimosnoma bilan murojaat qilgan ishda ishtirok etuvchi shaxs tomonidan sudning depozit hisobvaragʻiga oldindan oʻtkaziladi. Agar iltimosnoma ikkala tarafga tegishli boʻlsa, talab qilinadigan summani ular teng boʻlib oʻtkazadi. Agar ekspertiza sudning tashabbusi bilan tayinlansa, toʻlanishi lozim boʻlgan summa ekspertga sud tomonidan depozit hisobvaragʻidan toʻlanadi. Bu summalar ishda ishtirok etuvchi shaxslardan ushbu Kodeksning 115-moddasiga muvofiq undirilib, sudning depozit hisobvaragʻiga oʻtkaziladi. Ekspertlar, mutaxassislar, guvohlar va tarjimonlarga tegishli boʻlgan summalar ular oʻz vazifalarini bajarganlaridan keyin sud tomonidan toʻlanadi. |
Toʻlanishi lozim boʻlgan summalarni toʻlash tartibi va miqdori qonun hujjatlarida belgilanadi. | Toʻlanishi lozim boʻlgan summalarni toʻlash tartibi va miqdori qonunchilikda belgilanadi. |
115-modda. Sud xarajatlarining taqsimlanishi | 115-modda. Sud xarajatlarining taqsimlanishi |
Sud xarajatlari ishda ishtirok etuvchi shaxslarning qanoatlantirilgan talablar miqdoriga mutanosib ravishda ularning zimmasiga yuklatiladi. | Sud xarajatlari ishda ishtirok etuvchi shaxslarning qanoatlantirilgan talablar miqdoriga mutanosib ravishda ularning zimmasiga yuklatiladi. |
Hal qiluv qarori oʻz foydasiga chiqarilgan tarafga ish boʻyicha qilingan barcha sud xarajatlarining oʻrni, garchi boshqa taraf davlat bojini toʻlashdan ozod etilgan boʻlsa ham ushbu boshqa taraf hisobidan qoplanadi. | Hal qiluv qarori oʻz foydasiga chiqarilgan tarafga ish boʻyicha qilingan barcha sud xarajatlarining oʻrni, garchi boshqa taraf davlat bojini toʻlashdan ozod etilgan boʻlsa ham ushbu boshqa taraf hisobidan qoplanadi. |
Arizachi toʻlashdan belgilangan tartibda ozod qilingan davlat boji, agar javobgar boj toʻlashdan ozod qilinmagan boʻlsa, qanoatlantirilgan talablar miqdoriga mutanosib ravishda javobgardan respublika budjeti daromadiga undiriladi. | Arizachi toʻlashdan belgilangan tartibda ozod qilingan davlat boji, agar javobgar boj toʻlashdan ozod qilinmagan boʻlsa, qanoatlantirilgan talablar miqdoriga mutanosib ravishda javobgardan respublika budjeti daromadiga undiriladi. |
Arizachining talablari u sudga murojaat qilganidan soʻng javobgar tomonidan ixtiyoriy ravishda qanoatlantirilsa, sud xarajatlari javobgarning zimmasiga yuklatiladi. | Arizachining talablari u sudga murojaat qilganidan soʻng javobgar tomonidan ixtiyoriy ravishda qanoatlantirilsa, sud xarajatlari javobgarning zimmasiga yuklatiladi. |
Davlat boji toʻlashdan ozod qilingan davlat organlari hamda boshqa shaxslar tomonidan yuridik shaxslar va fuqarolarning manfaatlarini koʻzlab arz qilingan talablarni qanoatlantirish rad etilgan yoki ular qisman qanoatlantirilgan taqdirda, davlat boji manfaatlari koʻzlanib ariza taqdim etilgan shaxslardan talablarning qanoatlantirilishi rad etilgan qismiga mutanosib ravishda undiriladi. | Davlat boji toʻlashdan ozod qilingan davlat organlari hamda boshqa shaxslar tomonidan yuridik shaxslar va fuqarolarning manfaatlarini koʻzlab arz qilingan talablarni qanoatlantirish rad etilgan yoki ular qisman qanoatlantirilgan taqdirda, davlat boji manfaatlari koʻzlanib ariza taqdim etilgan shaxslardan talablarning qanoatlantirilishi rad etilgan qismiga mutanosib ravishda undiriladi. |
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud xarajatlarini taqsimlash toʻgʻrisida kelishib olsa, sud ushbu kelishuvga muvofiq hal qiluv qarorini qabul qiladi. | Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud xarajatlarini taqsimlash toʻgʻrisida kelishib olsa, sud ushbu kelishuvga muvofiq hal qiluv qarorini qabul qiladi. |
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning apellyatsiya, kassatsiya shikoyati berish bilan bogʻliq holda qilgan sud xarajatlari ushbu moddada bayon etilgan qoidalarga muvofiq taqsimlanadi. | Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning apellyatsiya, kassatsiya va taftish shikoyati berish bilan bogʻliq holda qilgan sud xarajatlari ushbu moddada bayon etilgan qoidalarga muvofiq taqsimlanadi. |
13-bob. Protsessual muddatlar | 13-bob. Protsessual muddatlar |
116-modda. Protsessual muddatlarni belgilash va hisoblash | 116-modda. Protsessual muddatlarni belgilash va hisoblash |
Protsessual harakatlar ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi, protsessual muddatlar belgilanmagan hollarda esa ular sud tomonidan tayinlanadi. | Protsessual harakatlar ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi, protsessual muddatlar belgilanmagan hollarda esa ular sud tomonidan tayinlanadi. |
Protsessual harakatlarni amalga oshirish muddatlari albatta yuz berishi kerak boʻlgan voqea koʻrsatilgan aniq kalendar sana bilan yoki vaqtning harakat amalga oshirilishi mumkin boʻlgan davri bilan belgilanadi. | Protsessual harakatlarni amalga oshirish muddatlari albatta yuz berishi kerak boʻlgan voqea koʻrsatilgan aniq kalendar sana bilan yoki vaqtning harakat amalga oshirilishi mumkin boʻlgan davri bilan belgilanadi. |
Protsessual muddatlar yillar, oylar va kunlar bilan hisoblanadi. | Protsessual muddatlar yillar, oylar va kunlar bilan hisoblanadi. |
Yillar, oylar yoki kunlar bilan hisoblanadigan protsessual muddatning oʻtishi kalendar sananing ertasidan yoki boshlanishi aniqlangan voqea yuz bergan kundan boshlanadi. | Yillar, oylar yoki kunlar bilan hisoblanadigan protsessual muddatning oʻtishi kalendar sananing ertasidan yoki boshlanishi aniqlangan voqea yuz bergan kundan boshlanadi. |
117-modda. Protsessual muddatlarning tugashi | 117-modda. Protsessual muddatlarning tugashi |
Yillar bilan hisoblanadigan protsessual muddat belgilangan muddatning oxirgi yilining tegishli oyi va kunida tugaydi. | Yillar bilan hisoblanadigan protsessual muddat belgilangan muddatning oxirgi yilining tegishli oyi va kunida tugaydi. |
Oylar bilan hisoblanadigan protsessual muddat belgilangan muddatning oxirgi oyining tegishli kunida tugaydi. | Oylar bilan hisoblanadigan protsessual muddat belgilangan muddatning oxirgi oyining tegishli kunida tugaydi. |
Agar oylar bilan hisoblanadigan protsessual muddatning tugashi tegishli kuni boʻlmagan oyga toʻgʻri kelsa, muddat shu oyning oxirgi kunida tugaydi. | Agar oylar bilan hisoblanadigan protsessual muddatning tugashi tegishli kuni boʻlmagan oyga toʻgʻri kelsa, muddat shu oyning oxirgi kunida tugaydi. |
Kunlar bilan hisoblanadigan protsessual muddat belgilangan muddatning oxirgi kunida tugaydi. | Kunlar bilan hisoblanadigan protsessual muddat belgilangan muddatning oxirgi kunida tugaydi. |
Protsessual muddatning oxirgi kuni ish kuni boʻlmagan kunga toʻgʻri kelgan hollarda, undan keyin keladigan birinchi ish kuni muddatning tugash kuni deb hisoblanadi. | Protsessual muddatning oxirgi kuni ish kuni boʻlmagan kunga toʻgʻri kelgan hollarda, undan keyin keladigan birinchi ish kuni muddatning tugash kuni deb hisoblanadi. |
Protsessual harakat belgilangan muddatning oxirgi kuni soat yigirma toʻrtgacha bajarilishi mumkin. | Protsessual harakat belgilangan muddatning oxirgi kuni soat yigirma toʻrtgacha bajarilishi mumkin. |
Agar ariza (shikoyat) va boshqa hujjatlar pochtaga topshirilgan, elektron hujjat tarzida yuborilgan, tegishli organga yoxud ularni qabul qilib olish vakolatiga ega boʻlgan shaxsga protsessual muddatning oxirgi kuni soat yigirma toʻrtga qadar berilgan boʻlsa, muddat oʻtkazib yuborilgan deb hisoblanmaydi. | Agar ariza (shikoyat) va boshqa hujjatlar pochtaga topshirilgan, elektron hujjat tarzida yuborilgan, tegishli organga yoxud ularni qabul qilib olish vakolatiga ega boʻlgan shaxsga protsessual muddatning oxirgi kuni soat yigirma toʻrtga qadar berilgan boʻlsa, muddat oʻtkazib yuborilgan deb hisoblanmaydi. |
Agar protsessual harakat bevosita sudda yoki boshqa tashkilotda amalga oshirilishi kerak boʻlsa, muddat ushbu sudda yoki tashkilotda ish kuni tugagan yoxud tegishli operatsiyalar tugatilgan soatda tugaydi. | Agar protsessual harakat bevosita sudda yoki boshqa tashkilotda amalga oshirilishi kerak boʻlsa, muddat ushbu sudda yoki tashkilotda ish kuni tugagan yoxud tegishli operatsiyalar tugatilgan soatda tugaydi. |
118-modda. Protsessual muddatlarni oʻtkazib yuborish oqibatlari | 118-modda. Protsessual muddatlarni oʻtkazib yuborish oqibatlari |
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ushbu Kodeks va boshqa qonunlarda belgilangan protsessual muddatlar yoki sud tomonidan tayinlangan muddat oʻtishi bilan protsessual harakatlarni amalga oshirish huquqini yoʻqotadi. Bu holatda protsessual muddatlarning oʻtishi koʻrsatilgan shaxslarni oʻz zimmalariga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishdan ozod qilmaydi. | Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ushbu Kodeks va boshqa qonunlarda belgilangan protsessual muddatlar yoki sud tomonidan tayinlangan muddat oʻtishi bilan protsessual harakatlarni amalga oshirish huquqini yoʻqotadi. Bu holatda protsessual muddatlarning oʻtishi koʻrsatilgan shaxslarni oʻz zimmalariga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishdan ozod qilmaydi. |
Protsessual muddatlar oʻtgandan keyin berilgan arizalar, shikoyatlar va boshqa hujjatlar, agar oʻtkazib yuborilgan muddatlarni tiklash toʻgʻrisida iltimosnoma mavjud boʻlmasa yoxud uni qanoatlantirish rad etilgan boʻlsa, ularni taqdim etgan shaxslarga qaytariladi. | Protsessual muddatlar oʻtgandan keyin berilgan arizalar, shikoyatlar va boshqa hujjatlar, agar oʻtkazib yuborilgan muddatlarni tiklash toʻgʻrisida iltimosnoma mavjud boʻlmasa yoxud uni qanoatlantirish rad etilgan boʻlsa, ularni taqdim etgan shaxslarga qaytariladi. |
119-modda. Protsessual muddatlarni toʻxtatib turish | 119-modda. Protsessual muddatlarni toʻxtatib turish |
Ish yuritish toʻxtatib turilishi bilan barcha oʻtib ketmagan protsessual muddatlarning oʻtishi toʻxtatib turiladi. Ish yuritish tiklangan kundan eʼtiboran protsessual muddatlarning oʻtishi davom etadi. | Ish yuritish toʻxtatib turilishi bilan barcha oʻtib ketmagan protsessual muddatlarning oʻtishi toʻxtatib turiladi. Ish yuritish tiklangan kundan eʼtiboran protsessual muddatlarning oʻtishi davom etadi. |
120-modda. Oʻtkazib yuborilgan protsessual muddatlarni tiklash | 120-modda. Oʻtkazib yuborilgan protsessual muddatlarni tiklash |
Sud ushbu Kodeksda va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan, oʻtkazib yuborilgan protsessual muddatni, agar u oʻtkazib yuborilish sabablarini uzrli deb topsa, ishda ishtirok etuvchi shaxsning arizasiga koʻra tiklashga haqli. | Sud ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda belgilangan, oʻtkazib yuborilgan protsessual muddatni, agar u oʻtkazib yuborilish sabablarini uzrli deb topsa, ishda ishtirok etuvchi shaxsning arizasiga koʻra tiklashga haqli. |
Oʻtkazib yuborilgan protsessual muddatni tiklash haqida yoki tiklashni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi. | Oʻtkazib yuborilgan protsessual muddatni tiklash haqida yoki tiklashni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi. |
Protsessual muddatni tiklashni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. | Protsessual muddatni tiklash haqidagi yoki tiklashni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. |
121-modda. Sud tomonidan tayinlangan protsessual muddatlarni uzaytirish | 121-modda. Sud tomonidan tayinlangan protsessual muddatlarni uzaytirish |
Sud tomonidan tayinlangan protsessual muddatlar ishda ishtirok etuvchi shaxsning arizasi boʻyicha shu sud tomonidan uzaytirilishi mumkin. | Sud tomonidan tayinlangan protsessual muddatlar ishda ishtirok etuvchi shaxsning arizasi boʻyicha shu sud tomonidan uzaytirilishi mumkin. |
Protsessual muddatni uzaytirish haqida yoki uzaytirishni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi. | Protsessual muddatni uzaytirish haqida yoki uzaytirishni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi. |
14-bob. Sud jarimalari | 14-bob. Sud jarimalari |
122-modda. Sud jarimalarini solish | 122-modda. Sud jarimalarini solish |
Sud jarimalari ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda sud tomonidan solinadi. | Sud jarimalari ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda sud tomonidan solinadi. |
Sud tomonidan solinadigan sud jarimasining miqdori bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oshmasligi kerak. | Sud tomonidan solinadigan sud jarimasining miqdori bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oshmasligi kerak, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno. Maʼmuriy organlar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va boshqa organlar, shuningdek tashkilotlar tomonidan sud hujjati ijro etilmagan taqdirda, ularning mansabdor shaxslariga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravarigacha miqdorda sud jarimasi solinadi. Sud hujjati takroran ijro etilmagan taqdirda, dastlabki solingan jarimaning oʻn baravari miqdorida sud jarimasi solinadi. Kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisidagi sud ajrimi ijro etilmagan taqdirda, ushbu moddaning uchinchi qismida belgilangan miqdorda sud jarimasi solinadi. |
Sud tomonidan davlat organlarining, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining va boshqa organlarning, shuningdek tashkilotlarning mansabdor shaxslariga solingan sud jarimalari ularning shaxsiy mablagʻlaridan undiriladi. | Sud tomonidan davlat organlarining, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining va boshqa organlarning, shuningdek tashkilotlarning mansabdor shaxslariga solingan sud jarimalari ularning shaxsiy mablagʻlaridan undiriladi. |
Sud jarimalari respublika budjeti daromadiga undiriladi. | Sud jarimalari respublika budjeti daromadiga undiriladi. |
123-modda. Sud jarimasi solish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish tartibi | 123-modda. Sud jarimasi solish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish tartibi |
Sud majlisida hozir boʻlgan shaxsga nisbatan sud jarimasini solish haqidagi masala shu sud majlisida hal etiladi. | Sud majlisida hozir boʻlgan shaxsga nisbatan sud jarimasini solish haqidagi masala shu sud majlisida hal etiladi. |
Sud majlisida hozir boʻlmagan shaxsga nisbatan sud jarimasini solish haqidagi masala boshqa sud majlisida hal etiladi. Oʻziga nisbatan sud jarimasi solish toʻgʻrisidagi masala koʻrilayotgan shaxs sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi. Biroq tegishli tarzda xabardor qilingan shaxsning kelmaganligi sud jarimasi solish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqishga toʻsqinlik qilmaydi. | Sud majlisida hozir boʻlmagan shaxsga nisbatan sud jarimasini solish haqidagi masala boshqa sud majlisida hal etiladi. Oʻziga nisbatan sud jarimasi solish toʻgʻrisidagi masala koʻrilayotgan shaxs sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi. Biroq tegishli tarzda xabardor qilingan shaxsning kelmaganligi sud jarimasi solish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqishga toʻsqinlik qilmaydi. |
Sud jarimasi solish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ajrim chiqariladi. | Sud jarimasi solish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ajrim chiqariladi. |
Sud jarimasini solish toʻgʻrisidagi ajrimning koʻchirma nusxasi jarima solingan shaxsga yuboriladi. | Sud jarimasini solish toʻgʻrisidagi ajrimning koʻchirma nusxasi jarima solingan shaxsga yuboriladi. |
Sud jarimasini solish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. | Sud jarimasini solish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. |
Sud jarimasini solish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) ajrimning ijrosini toʻxtatib qoʻymaydi. | Sud jarimasini solish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) ajrimning ijrosini toʻxtatib qoʻymaydi. |
15-bob. Sud xabarnomalari va chaqiruvlari | 15-bob. Sud xabarnomalari va chaqiruvlari |
124-modda. Sud xabarnomalari va chaqiruvlarini yuborish tartibi | 124-modda. Sud xabarnomalari va chaqiruvlarini yuborish tartibi |
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida sud ajrimi orqali xabardor qilinadi, ajrim topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki ushbu shaxslarga tilxat olib topshiriladi yoxud xabardor qilinganligi fakti qayd etilishini taʼminlaydigan aloqa vositalaridan foydalangan holda xabardor qilinadi. Maʼmuriy sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari sud ajrimi orqali, zarur hollarda esa chaqiruv qogʻozlari, telegrammalar, fakslar, teletayplar hamda boshqa aloqa vositalari orqali xabardor qilinadi va sudga chaqiriladi. | Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida sud ajrimi orqali xabardor qilinadi, ajrim topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki ushbu shaxslarga tilxat olib topshiriladi yoxud xabardor qilinganligi fakti qayd etilishini taʼminlaydigan aloqa vositalaridan foydalangan holda xabardor qilinadi. Maʼmuriy sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari sud ajrimi orqali, zarur hollarda esa chaqiruv qogʻozlari, telegrammalar, fakslar, teletayplar hamda boshqa aloqa vositalari orqali xabardor qilinadi va sudga chaqiriladi. |
Sud xabarnomalari va chaqiruvlari ish materiallariga qoʻshib qoʻyiladi. | Sud xabarnomalari va chaqiruvlari ish materiallariga qoʻshib qoʻyiladi. |
125-modda. Tegishli tarzda xabardor qilish | 125-modda. Tegishli tarzda xabardor qilish |
Agar sud maʼmuriy sud ishlarini yuritish ishtirokchisi oʻziga yuborilgan ajrimning koʻchirma nusxasini olganligi yoki ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa usulda xabardor qilinganligi toʻgʻrisida sud majlisi boshlanguniga qadar maʼlumotlarga ega boʻlsa, ushbu ishtirokchi tegishli tarzda xabardor qilingan deb hisoblanadi. | Agar sud maʼmuriy sud ishlarini yuritish ishtirokchisi oʻziga yuborilgan ajrimning koʻchirma nusxasini olganligi yoki ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa usulda xabardor qilinganligi toʻgʻrisida sud majlisi boshlanguniga qadar maʼlumotlarga ega boʻlsa, ushbu ishtirokchi tegishli tarzda xabardor qilingan deb hisoblanadi. |
Maʼmuriy sud ishlarini yuritish ishtirokchisi quyidagi hollarda ham sud tomonidan tegishli tarzda xabardor qilingan deb hisoblanadi, agar: | Maʼmuriy sud ishlarini yuritish ishtirokchisi quyidagi hollarda ham sud tomonidan tegishli tarzda xabardor qilingan deb hisoblanadi, agar: |
ajrim yoʻllangan shaxs ajrimning koʻchirma nusxasini olishni rad etgan va ushbu rad etish qayd etilgan boʻlsa; | ajrim yoʻllangan shaxs ajrimning koʻchirma nusxasini olishni rad etgan va ushbu rad etish qayd etilgan boʻlsa; |
sud tomonidan yuridik shaxsning sudga maʼlum boʻlgan oxirgi joylashgan yeri (pochta manzili), fuqaroning yashash joyi boʻyicha yuborilgan ajrimning koʻchirma nusxasi oluvchi koʻrsatilgan manzilda yoʻqligi sababli topshirilmagan va bu haqda aloqa muassasasi sudni xabardor qilgan boʻlsa; | sud tomonidan yuridik shaxsning sudga maʼlum boʻlgan oxirgi joylashgan yeri (pochta manzili), fuqaroning yashash joyi boʻyicha yuborilgan ajrimning koʻchirma nusxasi oluvchi koʻrsatilgan manzilda yoʻqligi sababli topshirilmagan va bu haqda aloqa muassasasi sudni xabardor qilgan boʻlsa; |
ajrimning koʻchirma nusxasi sud tomonidan elektron pochta orqali yoki xabardor qilinganlik faktini tasdiqlovchi boshqa aloqa vositalaridan foydalangan holda yuborilgan kundan eʼtiboran uch kun oʻtgan boʻlsa. | ajrimning koʻchirma nusxasi sud tomonidan elektron pochta orqali yoki xabardor qilinganlik faktini tasdiqlovchi boshqa aloqa vositalaridan foydalangan holda yuborilgan kundan eʼtiboran uch kun oʻtgan boʻlsa. |
126-modda. Maʼmuriy ish yuritish vaqtida manzilning oʻzgarishi | 126-modda. Maʼmuriy ish yuritish vaqtida manzilning oʻzgarishi |
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish yuritish vaqtida oʻz manzili oʻzgarganligi haqida sudga xabar berishi shart. Bunday xabar mavjud boʻlmagan taqdirda, ajrimning koʻchirma nusxasi sudga maʼlum boʻlgan oxirgi manzilga yuborilib, garchi oluvchi shu manzilda boʻlmasa ham yoki yashamasa ham u yetkazib berilgan deb hisoblanadi. | Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish yuritish vaqtida oʻz manzili oʻzgarganligi haqida sudga xabar berishi shart. Bunday xabar mavjud boʻlmagan taqdirda, ajrimning koʻchirma nusxasi sudga maʼlum boʻlgan oxirgi manzilga yuborilib, garchi oluvchi shu manzilda boʻlmasa ham yoki yashamasa ham u yetkazib berilgan deb hisoblanadi. |
Agar ishda ishtirok etuvchi shaxslar oʻz telefon va faks raqamlarini, elektron manzilini sudga maʼlum qilgan boʻlsa, ularning ish yuritish vaqtida oʻzgarganligi toʻgʻrisida sudni yozma shaklda, shu jumladan elektron hujjat tarzida xabardor qilishi kerak. | Agar ishda ishtirok etuvchi shaxslar oʻz telefon va faks raqamlarini, elektron manzilini sudga maʼlum qilgan boʻlsa, ularning ish yuritish vaqtida oʻzgarganligi toʻgʻrisida sudni yozma shaklda, shu jumladan elektron hujjat tarzida xabardor qilishi kerak. |
151-bob. Kelishuv bitimi 1261-modda. Taraflarning kelishuvi Taraflar maʼmuriy sud ishlarini yuritishning barcha bosqichlarida va sud hujjatini ijro etish jarayonida nizoni kelishuv bitimini tuzgan holda toʻliq hajmda yoki qisman hal etishi mumkin. Taraflarning kelishuvi ixtiyoriylik, hamkorlik va teng huquqlilik prinsiplari asosida amalga oshiriladi. Taraflarning kelishuviga faqat javobgarda maʼmuriy ixtiyoriylik (diskretsion vakolat) mavjud boʻlganda yoʻl qoʻyiladi. Taraflarning kelishuvi faqat ularning nizoli ommaviy huquqiy munosabatlar subyekti sifatidagi huquq va majburiyatlariga taalluqli boʻlishi hamda taraflarning oʻzaro yon berishiga yoʻl qoʻyilgan taqdirda amalga oshirilishi mumkin. Kelishuv bitimi sud tomonidan tasdiqlanganidan keyin tuzilgan deb hisoblanadi. Ushbu Kodeks 27-moddasi birinchi qismining 1, 3, 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan ishlar boʻyicha, shuningdek uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor boʻlgan shartlarni nazarda tutadigan ishlar boʻyicha kelishuv bitimining tuzilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. 1262-modda. Kelishuv bitimining shakli va mazmuni Kelishuv bitimi yozma shaklda tuziladi va uni tuzgan shaxslar tomonidan imzolanadi. Kelishuv bitimi albatta ijro etilishga oid talablarga javob berishi hamda unda majburiyatlarni bajarishning taraflar tomonidan kelishilgan shartlari, tartibi va muddatlari haqidagi qoidalar, shuningdek sud xarajatlarini taqsimlash toʻgʻrisidagi shartlar va qonunga zid boʻlmagan boshqa shartlar koʻrsatilishi kerak. Taraflar tomonidan kelishuv bitimi shartlari boʻyicha qabul qilingan majburiyatlarning bajarilishi taraflarni bir-biriga yoki boshqa voqealarga (harakatlarga) bogʻliq qilib qoʻyishi mumkin emas. Kelishuv bitimi sud xarajatlarini taqsimlash toʻgʻrisidagi masalaga nisbatan ham tuzilishi mumkin. Agar kelishuv bitimida sud xarajatlarini taqsimlash toʻgʻrisidagi shart mavjud boʻlmasa, sud bu masalani kelishuv bitimini tasdiqlash chogʻida, ushbu Kodeksda belgilangan umumiy tartibda hal etadi. Kelishuv bitimi uni tuzgan shaxslar sonidan bitta nusxa ortiq boʻlgan nusxalarda tuziladi va imzolanadi. Ushbu nusxalardan biri ish materiallariga qoʻshib qoʻyiladi. 1263-modda. Kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish Kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisidagi masala ish qaysi sudning ish yurituvida boʻlsa, oʻsha sud tomonidan, sud majlisida taraflar albatta ishtirok etgan holda koʻrib chiqiladi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi. Kelishuv bitimini tuzgan, sud majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan shaxslar sud majlisiga kelmagan taqdirda, kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisidagi masala sud tomonidan koʻrib chiqilmaydi. Kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqishda bitimning qonun talablariga muvofiqligini hamda uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldorligini aniqlash uchun sud ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan taqdim etilgan ishning haqiqiy holatlarini, vajlar va dalillarni tekshiradi, ularga baho beradi. Sud kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisida ajrim chiqaradi, unda ish yuritish toʻliq yoki qisman tugatilganligi koʻrsatiladi. Kelishuv bitimi apellyatsiya yoki kassatsiya, taftish instansiyasi sudi tomonidan tasdiqlangan taqdirda, ajrim chiqarilib, ish boʻyicha ilgari qabul qilingan barcha sud hujjatlari ushbu ajrim bilan bekor qilinadi va ish yuritish tugatiladi. Kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisidagi masalani apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish instansiyasi sudi tomonidan koʻrib chiqishda tegishli sud hujjatining qonuniyligi va asosliligi tekshirilmaydi. Kelishuv bitimi sud hujjatini ijro etish bosqichida tuzilgan taqdirda, bitim ishni koʻrgan birinchi instansiya sudiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi. Ijro bosqichida tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisidagi masala bitim sudga taqdim etilgan kundan eʼtiboran oʻn besh kunlik muddatda, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha koʻrib chiqiladi. Sud kelishuv bitimini qisman tasdiqlashga, oʻzgartirishga yoki undan taraflar tomonidan kelishilgan biron-bir shartni chiqarib tashlashga haqli emas. Sud ushbu bitimdan qonunga zid boʻlgan yoki uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor boʻlgan ayrim shartlarni chiqarib tashlashni taraflarga taklif qilishga haqli. 1264-modda. Kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisidagi sud ajrimi Kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisidagi sud ajrimida ushbu Kodeksning 169-moddasida nazarda tutilganidan tashqari quyidagilar ham koʻrsatilishi kerak: 1) kelishuv bitimining shartlari; 2) kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisidagi xulosa; 3) sud xarajatlarining taqsimlanishi; 4) ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar. Apellyatsiya yoki kassatsiya, taftish instansiyasi sudining kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisidagi ajrimida ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan maʼlumotlardan tashqari ish boʻyicha avval qabul qilingan barcha sud hujjatlarini bekor qilish haqidagi koʻrsatma boʻlishi kerak. Sud hujjatini ijro etish bosqichida tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlash haqidagi sud ajrimida kelishuv bitimining shartlari va kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisidagi xulosa, shuningdek sud hujjatining ijro etilmasligi haqidagi shartlar koʻrsatilishi kerak. Kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisidagi sud hujjatlari ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin. Kelishuv bitimini tuzgan shaxslar uni ushbu bitimda nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda ixtiyoriy ravishda bajaradi. Sud tomonidan tasdiqlangan kelishuv bitimi ushbu bitimda nazarda tutilgan muddatlarda ixtiyoriy ravishda bajarilmagan taqdirda, bitim ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalarga koʻra bajarilishi lozim. 1265-modda. Kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etish Sud kelishuv bitimini tasdiqlashni quyidagi hollarda rad etadi, agar: 1) uning shartlari qonunchilikka zid boʻlsa; 2) uning shartlari uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor boʻlsa; 3) uning shartlari koʻrib chiqilayotgan nizo (ish) predmeti bilan bogʻliq boʻlmasa; 4) javobgarda maʼmuriy ixtiyoriylik (diskretsion vakolat) mavjud boʻlmasa; 5) bitim shart asosida tuzilgan boʻlsa. Kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi. Bunda sud muhokamasi umumiy tartibda oʻtkaziladi. Kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. | |
II BOʻLIM. BIRINCHI INSTANSIYA SUDIDA ISH YURITISH | II BOʻLIM. BIRINCHI INSTANSIYA SUDIDA ISH YURITISH |
16-bob. Ish qoʻzgʻatish | 16-bob. Ish qoʻzgʻatish |
127-modda. Ish qoʻzgʻatish asoslari | 127-modda. Ish qoʻzgʻatish asoslari |
Sud: | Sud: |
1) manfaatdor shaxslarning; | 1) manfaatdor shaxslarning; |
2) prokurorning; | 2) prokurorning; |
3) davlat organlari va boshqa shaxslar yuridik shaxslar va fuqarolarning huquqlari hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish maqsadida qonun boʻyicha sudga murojaat qilish huquqiga ega boʻlgan hollarda, shu davlat organlarining va boshqa shaxslarning arizalari boʻyicha ish qoʻzgʻatadi. | 3) davlat organlari va boshqa shaxslar yuridik shaxslar va fuqarolarning huquqlari hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish maqsadida qonun boʻyicha sudga murojaat qilish huquqiga ega boʻlgan hollarda, shu davlat organlarining va boshqa shaxslarning arizalari boʻyicha ish qoʻzgʻatadi. |
128-modda. Arizaning (shikoyatning) shakli va mazmuni | 128-modda. Arizaning (shikoyatning) shakli va mazmuni |
Ariza (shikoyat) sudga yozma shaklda beriladi. U arizachi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. | Ariza (shikoyat) sudga yozma shaklda beriladi. U arizachi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. |
Arizada (shikoyatda) quyidagilar koʻrsatilishi kerak: | Arizada (shikoyatda) quyidagilar koʻrsatilishi kerak: |
1) ariza (shikoyat) berilayotgan sudning nomi; | 1) ariza (shikoyat) berilayotgan sudning nomi; |
2) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nomi (familiyasi, ismi va otasining ismi), joylashgan yeri (pochta manzili) yoki yashash joyi; | 2) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nomi (familiyasi, ismi va otasining ismi), joylashgan yeri (pochta manzili) yoki yashash joyi; |
3) arz qilingan talablarga asos boʻlgan holatlar (agar ular mavjud boʻlsa); | 3) arz qilingan talablarga asos boʻlgan holatlar (agar ular mavjud boʻlsa); |
4) arz qilingan talablarning asoslarini tasdiqlovchi dalillar; | 4) arz qilingan talablarning asoslarini tasdiqlovchi dalillar; |
5) arizachining qonun hujjatlariga asoslab keltirgan talablari, talab bir nechta javobgarga nisbatan taqdim etilganda esa ularning har biriga nisbatan talablar; | 5) arizachining qonunchilikka asoslab keltirgan talablari, talab bir nechta javobgarga nisbatan taqdim etilganda esa ularning har biriga nisbatan talablar; |
6) ilova qilinayotgan hujjatlarning roʻyxati. | 6) ilova qilinayotgan hujjatlarning roʻyxati. |
Arizada (shikoyatda) arizachining yoki uning vakilining telefonlari, fakslari raqamlari, elektron manzili koʻrsatilishi mumkin. | Arizada (shikoyatda) arizachining yoki uning vakilining telefonlari, fakslari raqamlari, elektron manzili koʻrsatilishi mumkin. |
Arizada (shikoyatda), agar nizoni toʻgʻri hal qilish uchun zarur boʻlsa, boshqa maʼlumotlar, shuningdek arizachidagi mavjud boʻlgan iltimosnomalar koʻrsatiladi. | Arizada (shikoyatda), agar nizoni toʻgʻri hal qilish uchun zarur boʻlsa, boshqa maʼlumotlar, shuningdek arizachidagi mavjud boʻlgan iltimosnomalar koʻrsatiladi. |
Arizachi oʻzaro bogʻliq boʻlgan bir nechta talabni, agar ular maʼmuriy sudga taalluqli boʻlsa, bitta arizaga (shikoyatga) birlashtirishga haqli. | Arizachi oʻzaro bogʻliq boʻlgan bir nechta talabni, agar ular maʼmuriy sudga taalluqli boʻlsa, bitta arizaga (shikoyatga) birlashtirishga haqli. |
129-modda. Arizaning (shikoyatning) va unga ilova qilinadigan hujjatlarning koʻchirma nusxalarini yuborish | 129-modda. Arizaning (shikoyatning) va unga ilova qilinadigan hujjatlarning koʻchirma nusxalarini yuborish |
Arizachi ariza (shikoyat) berayotganda javobgarga va uchinchi shaxslarga arizaning (shikoyatning) va unga ilova qilingan, ularda boʻlmagan hujjatlarning koʻchirma nusxalarini yuborishi shart. | Arizachi ariza (shikoyat) berayotganda javobgarga va uchinchi shaxslarga arizaning (shikoyatning) va unga ilova qilingan, ularda boʻlmagan hujjatlarning koʻchirma nusxalarini yuborishi shart. |
130-modda. Arizaga (shikoyatga) ilova qilinadigan hujjatlar | 130-modda. Arizaga (shikoyatga) ilova qilinadigan hujjatlar |
Arizaga (shikoyatga) quyidagilarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi: | Arizaga (shikoyatga) quyidagilarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi: |
1) belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji toʻlanganligini, agar bu ushbu toifadagi ishlar uchun qonunda nazarda tutilgan boʻlsa; | 1) belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji toʻlanganligini, agar bu ushbu toifadagi ishlar uchun qonunda nazarda tutilgan boʻlsa; |
11) belgilangan tartibda va miqdorda pochta xarajatlari toʻlanganligini; | 11) belgilangan tartibda va miqdorda pochta xarajatlari toʻlanganligini; |
2) arizaning (shikoyatning) va unga ilova qilingan hujjatlarning koʻchirma nusxalari javobgarga hamda uchinchi shaxslarga yuborilganligini; | 2) arizaning (shikoyatning) va unga ilova qilingan hujjatlarning koʻchirma nusxalari javobgarga hamda uchinchi shaxslarga yuborilganligini; |
3) arz qilingan talablarga asos boʻlgan holatlarni; | 3) arz qilingan talablarga asos boʻlgan holatlarni; |
4) arizani (shikoyatni) imzolash vakolatini, agar u vakil tomonidan imzolangan boʻlsa. | 4) arizani (shikoyatni) imzolash vakolatini, agar u vakil tomonidan imzolangan boʻlsa. |
131-modda. Arizani (shikoyatni) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi masalani hal etish tartibi va muddatlari | 131-modda. Arizani (shikoyatni) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi masalani hal etish tartibi va muddatlari |
Agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, sudya arizani (shikoyatni) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi, qabul qilishni rad etish yoxud qaytarish haqidagi masalani ariza (shikoyat) sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay yakka tartibda hal qiladi. Arizani (shikoyatni) ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yoki qaytarish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi, uning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga u chiqarilgandan keyingi kundan kechiktirmasdan yuboriladi. | Agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, sudya arizani (shikoyatni) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi, qabul qilishni rad etish, qaytarish yoki sudga taalluqliligiga koʻra boshqa sudga oʻtkazish haqidagi masalani ariza (shikoyat) sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay yakka tartibda hal qiladi. Arizani (shikoyatni) ish yuritishga qabul qilish haqida, qabul qilishni rad etish, qaytarish yoki sudga taalluqliligiga koʻra boshqa sudga oʻtkazish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi, ajrimning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ajrim chiqarilgandan keyingi kundan kechiktirmay yuboriladi. Sudga taalluqliligiga koʻra fuqarolik ishlari boʻyicha suddan yoki iqtisodiy suddan ariza (shikoyat) yoki ish materiallari kelib tushganda sudya ariza (shikoyat) ushbu Kodeksning 128, 129 va 130-moddalarida koʻrsatilgan talablarga muvofiq emasligini aniqlagach, ariza (shikoyat) sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay arizachini kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi haqida xabardor qiladi va unga buning uchun oʻn kundan oshmaydigan muddat beradi. |
132-modda. Arizani (shikoyatni) ish yuritishga qabul qilish va ish qoʻzgʻatish | 132-modda. Arizani (shikoyatni) ish yuritishga qabul qilish va ish qoʻzgʻatish |
Sudya ushbu Kodeksda nazarda tutilgan talablarga rioya etgan holda berilgan arizani (shikoyatni) ish yuritishga qabul qilishi va ish qoʻzgʻatishi shart. | Sudya ushbu Kodeksda nazarda tutilgan talablarga rioya etgan holda berilgan arizani (shikoyatni) ish yuritishga qabul qilishi va ish qoʻzgʻatishi shart. |
Sudya ushbu Kodeks 130-moddasi birinchi qismining 1 va 3-bandlarida nazarda tutilgan talablarni buzgan holda berilgan arizani, agar arizaga davlat bojini toʻlashni kechiktirish, boʻlib-boʻlib toʻlash toʻgʻrisidagi yoki arizachida mavjud boʻlmagan dalillarni talab qilib olish haqidagi iltimosnomalar ilova qilingan hamda bu iltimosnomalar qanoatlantirilgan boʻlsa, ish yuritishga qabul qilishga va ish qoʻzgʻatishga haqli. | Sudya ushbu Kodeks 130-moddasi birinchi qismining 1 va 3-bandlarida nazarda tutilgan talablarni buzgan holda berilgan arizani, agar arizaga davlat bojini toʻlashni kechiktirish, boʻlib-boʻlib toʻlash toʻgʻrisidagi yoki arizachida mavjud boʻlmagan dalillarni talab qilib olish haqidagi iltimosnomalar ilova qilingan hamda bu iltimosnomalar qanoatlantirilgan boʻlsa, ish yuritishga qabul qilishga va ish qoʻzgʻatishga haqli. |
Sudyaning ushbu Kodeks 130-moddasi birinchi qismining 1 va 3-bandlarida nazarda tutilgan talablarni buzgan holda berilgan arizani ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi iltimosnomani qanoatlantirish haqidagi xulosasi arizani ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda asoslantirilgan boʻlishi kerak. | Sudyaning ushbu Kodeks 130-moddasi birinchi qismining 1 va 3-bandlarida nazarda tutilgan talablarni buzgan holda berilgan arizani ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi iltimosnomani qanoatlantirish haqidagi xulosasi arizani ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda asoslantirilgan boʻlishi kerak. |
133-modda. Arizani (shikoyatni) ish yuritishga qabul qilishni rad etish | 133-modda. Arizani (shikoyatni) ish yuritishga qabul qilishni rad etish |
Sudya arizani (shikoyatni) ish yuritishga qabul qilishni quyidagi hollarda rad etadi, agar: | Sudya arizani (shikoyatni) ish yuritishga qabul qilishni quyidagi hollarda rad etadi, agar: |
1) ish maʼmuriy sudga taalluqli boʻlmasa; | 1) ish maʼmuriy sudga, fuqarolik ishlari boʻyicha sudga yoki iqtisodiy sudga taalluqli boʻlmasa; |
2) maʼmuriy sudning ayni bir shaxslar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan qabul qilingan, qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori yoki ish yuritishni tugatish haqidagi ajrimi mavjud boʻlsa; | 2) maʼmuriy sudning ayni bir shaxslar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan qabul qilingan, qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori yoki ish yuritishni tugatish haqidagi ajrimi yoxud kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisidagi ajrimi mavjud boʻlsa; |
3) sudning ish yuritishida ayni bir shaxslar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan ish mavjud boʻlsa. | 3) sudning ish yuritishida ayni bir shaxslar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan ish mavjud boʻlsa. |
Arizani (shikoyatni) qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. | Arizani (shikoyatni) qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. |
Ajrim bekor qilingan taqdirda, ariza (shikoyat) sudga dastlabki murojaat qilingan kunda berilgan deb hisoblanadi. | Ajrim bekor qilingan taqdirda, ariza (shikoyat) sudga dastlabki murojaat qilingan kunda berilgan deb hisoblanadi. |
134-modda. Arizani (shikoyatni) qaytarish | 134-modda. Arizani (shikoyatni) qaytarish |
Sudya arizani (shikoyatni) va unga ilova qilingan hujjatlarni quyidagi hollarda qaytaradi, agar: | Sudya arizani (shikoyatni) va unga ilova qilingan hujjatlarni quyidagi hollarda qaytaradi, agar: |
1) arizaning (shikoyatning) ushbu Kodeksning 128-moddasida belgilangan shakli va mazmuniga rioya qilinmagan boʻlsa; | 1) arizaning (shikoyatning) ushbu Kodeksning 128-moddasida belgilangan shakli va mazmuniga rioya qilinmagan boʻlsa; |
11) arizachi sudyaning ushbu Kodeks 131-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan koʻrsatmasini belgilangan muddatda bajarmagan boʻlsa; | |
2) oʻzaro bogʻliq boʻlgan bir nechta talab birlashtirilgan boʻlib, ularning ayrimlari maʼmuriy sudga, boshqalari esa fuqarolik ishlari boʻyicha sudga yoki iqtisodiy sudga taalluqli boʻlsa; | 2) oʻzaro bogʻliq boʻlgan bir nechta talab birlashtirilgan boʻlib, ularning ayrimlari maʼmuriy sudga, boshqalari esa fuqarolik ishlari boʻyicha sudga yoki iqtisodiy sudga taalluqli boʻlsa; |
3) ariza (shikoyat) imzolanmagan boʻlsa yoki uni imzolash huquqiga ega boʻlmagan shaxs yoxud mansab mavqeyi yoki familiyasi, ism-sharifining bosh harflari koʻrsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan boʻlsa; | 3) ariza (shikoyat) imzolanmagan boʻlsa yoki uni imzolash huquqiga ega boʻlmagan shaxs yoxud mansab mavqeyi yoki familiyasi, ism-sharifining bosh harflari koʻrsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan boʻlsa; |
4) ish mazkur sudning sudloviga tegishli boʻlmasa; | 4) ish mazkur sudning sudloviga tegishli boʻlmasa; |
5) javobgar va uchinchi shaxslarga arizaning (shikoyatning) va unga ilova qilingan hujjatlarning koʻchirma nusxalari yuborilganligini tasdiqlovchi dalillar taqdim etilmagan boʻlsa; | 5) javobgar va uchinchi shaxslarga arizaning (shikoyatning) va unga ilova qilingan hujjatlarning koʻchirma nusxalari yuborilganligini tasdiqlovchi dalillar taqdim etilmagan boʻlsa; |
6) davlat boji va pochta xarajatlari belgilangan tartibda hamda miqdorda toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmagan boʻlsa, davlat boji toʻlashni kechiktirish, boʻlib-boʻlib toʻlash mumkinligi qonunda nazarda tutilgan hollarda esa bu haqda iltimosnoma mavjud boʻlmasa yoxud iltimosnoma rad etilgan boʻlsa; | 6) davlat boji va pochta xarajatlari belgilangan tartibda hamda miqdorda toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmagan boʻlsa, davlat boji toʻlashni kechiktirish, boʻlib-boʻlib toʻlash mumkinligi qonunda nazarda tutilgan hollarda esa bu haqda iltimosnoma mavjud boʻlmasa yoxud iltimosnoma rad etilgan boʻlsa; |
7) bitta arizada (shikoyatda) bir yoki bir nechta javobgarga nisbatan oʻzaro bogʻlanmagan bir nechta talab birlashtirilgan boʻlsa; | 7) bitta arizada (shikoyatda) bir yoki bir nechta javobgarga nisbatan oʻzaro bogʻlanmagan bir nechta talab birlashtirilgan boʻlsa; |
8) arizani (shikoyatni) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisida ajrim chiqarilguniga qadar arizani (shikoyatni) qaytarib olish toʻgʻrisida arizachidan ariza kelib tushgan boʻlsa; | 8) arizani (shikoyatni) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisida ajrim chiqarilguniga qadar arizani (shikoyatni) qaytarib olish toʻgʻrisida arizachidan ariza kelib tushgan boʻlsa; |
9) ariza (shikoyat) sud muomalaga layoqatsiz deb topgan shaxs tomonidan berilgan boʻlsa. | |
Arizani (shikoyatni) qaytarish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. | Arizani (shikoyatni) qaytarish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. |
Ajrim bekor qilingan taqdirda, ariza (shikoyat) sudga dastlabki murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi. | Ajrim bekor qilingan taqdirda, ariza (shikoyat) sudga dastlabki murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi. |
Arizaning (shikoyatning) qaytarilishi yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar bartaraf etilgandan keyin sudga takroran umumiy tartibda murojaat etishga toʻsqinlik qilmaydi. | Arizaning (shikoyatning) qaytarilishi yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar bartaraf etilgandan keyin sudga takroran umumiy tartibda murojaat etishga toʻsqinlik qilmaydi. |
135-modda. Ariza (shikoyat) yuzasidan yozma fikr | 135-modda. Ariza (shikoyat) yuzasidan yozma fikr |
Ishda ishtirok etuvchi shaxs ariza (shikoyat) yuzasidan arz qilingan talabga qarshi eʼtirozlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan yozma fikrini ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yozma fikrning hamda ularda mavjud boʻlmagan hujjatlarning koʻchirma nusxalari yuborilganligini tasdiqlovchi dalillarni ish koʻriladigan kungacha yetib borishini taʼminlaydigan muddatda sudga yuborishga haqli. | Ishda ishtirok etuvchi shaxs ariza (shikoyat) yuzasidan arz qilingan talabga qarshi eʼtirozlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan yozma fikrini ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yozma fikrning hamda ularda mavjud boʻlmagan hujjatlarning koʻchirma nusxalari yuborilganligini tasdiqlovchi dalillarni ish koʻriladigan kungacha yetib borishini taʼminlaydigan muddatda sudga yuborishga haqli. |
Ariza (shikoyat) yuzasidan yozma fikrda ishda ishtirok etuvchi shaxsning yoki uning vakilining turgan joyi (pochta manzili), telefonlari, fakslari raqamlari, elektron pochta manzili (agar ular mavjud boʻlsa) koʻrsatiladi. | Ariza (shikoyat) yuzasidan yozma fikrda ishda ishtirok etuvchi shaxsning yoki uning vakilining turgan joyi (pochta manzili), telefonlari, fakslari raqamlari, elektron pochta manzili (agar ular mavjud boʻlsa) koʻrsatiladi. |
Ariza (shikoyat) boʻyicha yozma fikr ishda ishtirok etuvchi shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan yozma fikrga uning ish yuritishga doir vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi. | Ariza (shikoyat) boʻyicha yozma fikr ishda ishtirok etuvchi shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan yozma fikrga uning ish yuritishga doir vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi. |
136-modda. Ariza (shikoyat)ning asosini yoki predmetini oʻzgartirish, ariza (shikoyat)dan voz kechish | 136-modda. Ariza (shikoyat)ning asosini yoki predmetini oʻzgartirish, ariza (shikoyat)dan voz kechish |
Arizachi ishni birinchi instansiya sudida koʻrish chogʻida ishning mazmunan koʻrilishi yakuni boʻyicha chiqariladigan sud hujjati qabul qilinguniga qadar ariza (shikoyat)ning asosini yoki predmetini oʻzgartirishga haqli. | Arizachi ishni birinchi instansiya sudida koʻrish chogʻida ishning mazmunan koʻrilishi yakuni boʻyicha chiqariladigan sud hujjati qabul qilinguniga qadar ariza (shikoyat)ning asosini yoki predmetini oʻzgartirishga haqli. |
Arizachi ishni har qanday instansiya sudida koʻrishda ishni koʻrish yakuni boʻyicha chiqariladigan sud hujjati qabul qilinguniga qadar ariza (shikoyat)dan toʻliq yoki qisman voz kechishga haqli. | Arizachi ishni har qanday instansiya sudida koʻrishda ishni koʻrish yakuni boʻyicha chiqariladigan sud hujjati qabul qilinguniga qadar ariza (shikoyat)dan toʻliq yoki qisman voz kechishga haqli. |
Sud ariza (shikoyat)ning asosi va predmeti bir vaqtda oʻzgartirilishini qabul qilmaydi. Sud, shuningdek ariza (shikoyat)dan voz kechishni, agar bu qonun hujjatlariga zid boʻlsa yoki boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzsa, qabul qilmaydi. Bunday hollarda sud ishni mazmunan koʻradi. | Sud ariza (shikoyat)ning asosi va predmeti bir vaqtda oʻzgartirilishini qabul qilmaydi. Sud, shuningdek ariza (shikoyat)dan voz kechishni, agar bu qonunchilikka zid boʻlsa yoki boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzsa, qabul qilmaydi. Bunday hollarda sud ishni mazmunan koʻradi. |
Ariza (shikoyat)ning asosini yoki predmetini oʻzgartirishni, arizachining ariza (shikoyat)dan toʻliq yoki qisman voz kechishini qabul qilish haqida yoxud qabul qilishni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi. | Ariza (shikoyat)ning asosini yoki predmetini oʻzgartirishni, arizachining ariza (shikoyat)dan toʻliq yoki qisman voz kechishini qabul qilish haqida yoxud qabul qilishni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi. |
137-modda. Ishlarni bitta ish yuritishga birlashtirish | 137-modda. Ishlarni bitta ish yuritishga birlashtirish |
Birinchi instansiya sudi ayni bir shaxslar ishtirok etuvchi bir turdagi bir nechta ishni bitta ish yuritishga birlashtirishga haqli. | Birinchi instansiya sudi ayni bir shaxslar ishtirok etuvchi bir turdagi bir nechta ishni bitta ish yuritishga birlashtirishga haqli. |
Ishlarni birlashtirishga sudning ish koʻrish yakuni boʻyicha hujjati qabul qilinguniga qadar yoʻl qoʻyiladi. Ishlar birlashtirilganda ular boʻyicha ish koʻrish muddati keyinroq tayinlangan ish boʻyicha belgilanadi. | Ishlarni birlashtirishga sudning ish koʻrish yakuni boʻyicha hujjati qabul qilinguniga qadar yoʻl qoʻyiladi. Ishlar birlashtirilganda ular boʻyicha ish koʻrish muddati keyinroq tayinlangan ish boʻyicha belgilanadi. |
Ishlarni bitta ish yuritishga birlashtirish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi. | Ishlarni bitta ish yuritishga birlashtirish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi. |
138-modda. Talablarning bir qismini alohida ish yuritishga ajratish | 138-modda. Talablarning bir qismini alohida ish yuritishga ajratish |
Agar sud talablarni ajratib koʻrishni maqsadga muvofiq deb topsa, u bir yoki bir nechta birlashtirilgan talabni alohida ish yuritishga ajratishga haqli. | Agar sud talablarni ajratib koʻrishni maqsadga muvofiq deb topsa, u bir yoki bir nechta birlashtirilgan talabni alohida ish yuritishga ajratishga haqli. |
Talablarning bir qismini alohida ish yuritishga ajratishga ishni koʻrish yakuni boʻyicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar yoki uni qabul qilish bilan bir vaqtda yoʻl qoʻyiladi. | Talablarning bir qismini alohida ish yuritishga ajratishga ishni koʻrish yakuni boʻyicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar yoki uni qabul qilish bilan bir vaqtda yoʻl qoʻyiladi. |
Talablarning bir qismini alohida ish yuritishga ajratish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi. | Talablarning bir qismini alohida ish yuritishga ajratish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi. |
Ajratilgan talab boʻyicha ish koʻrish muddati ajrim chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi. | Ajratilgan talab boʻyicha ish koʻrish muddati ajrim chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi. |
17-bob. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash | 17-bob. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash |
139-modda. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash toʻgʻrisidagi ajrim | 139-modda. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash toʻgʻrisidagi ajrim |
Sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlash toʻgʻrisida ajrim chiqaradi, unda oʻzi hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan harakatlar, ushbu harakatlar amalga oshirilishi kerak boʻlgan muddatlar, sud muhokamasini oʻtkazish vaqti va joyi koʻrsatiladi. | Sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlash toʻgʻrisida ajrim chiqaradi, unda oʻzi hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan harakatlar, ushbu harakatlar amalga oshirilishi kerak boʻlgan muddatlar, sud muhokamasini oʻtkazish vaqti va joyi koʻrsatiladi. |
Sudyaning ishni sud muhokamasiga tayyorlash boʻyicha harakatlari arizani (shikoyatni) ish yuritishga qabul qilish va ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi ajrimda bayon etilishi mumkin. | Sudyaning ishni sud muhokamasiga tayyorlash boʻyicha harakatlari arizani (shikoyatni) ish yuritishga qabul qilish va ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi ajrimda bayon etilishi mumkin. |
140-modda. Sudyaning ishni sud muhokamasiga tayyorlash boʻyicha harakatlari | 140-modda. Sudyaning ishni sud muhokamasiga tayyorlash boʻyicha harakatlari |
Sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlash chogʻida quyidagi harakatlarni ariza (shikoyat) kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay amalga oshiradi: | Sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlash chogʻida quyidagi harakatlarni ariza (shikoyat) kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay amalga oshiradi: |
1) ishda ishtirok etish uchun boshqa javobgarni yoki uchinchi shaxsni jalb etish masalasini koʻrib chiqadi; | 1) ishda ishtirok etish uchun boshqa javobgarni yoki uchinchi shaxsni jalb etish masalasini koʻrib chiqadi; |
2) manfaatdor shaxslarni ishni yuritish toʻgʻrisida xabardor qiladi; | 2) manfaatdor shaxslarni ishni yuritish toʻgʻrisida xabardor qiladi; |
3) ishda ishtirok etuvchi shaxslarni ularning videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etishga boʻlgan huquqlari haqida xabardor qiladi; | 3) ishda ishtirok etuvchi shaxslarni ularning videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etishga boʻlgan huquqlari haqida xabardor qiladi; |
4) ishda ishtirok etuvchi shaxslarga, boshqa tashkilotlarga, ularning mansabdor shaxslariga muayyan harakatlarni amalga oshirishni, shu jumladan nizoni hal qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan hujjatlar va maʼlumotlarni taqdim etishni taklif etadi; | 4) ishda ishtirok etuvchi shaxslarga, boshqa tashkilotlarga, ularning mansabdor shaxslariga muayyan harakatlarni amalga oshirishni, shu jumladan nizoni hal qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan hujjatlar va maʼlumotlarni taqdim etishni taklif etadi; |
5) guvohlarni chaqirtiradi; | 5) guvohlarni chaqirtiradi; |
6) ekspertiza tayinlash toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqadi; | 6) ekspertiza tayinlash toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqadi; |
7) taraflarga zarur dalillarni olishga koʻmaklashadi, taraflarning iltimosnomasi boʻyicha ularni talab qilib oladi; | 7) taraflarga zarur dalillarni olishga koʻmaklashadi, taraflarning iltimosnomasi boʻyicha ularni talab qilib oladi; |
8) taraflarning iltimosnomasi boʻyicha dastlabki himoya choralarini koʻrish va dalillarni taʼminlash toʻgʻrisidagi masalalarni hal etadi; | 8) taraflarning iltimosnomasi boʻyicha dastlabki himoya choralarini koʻrish va dalillarni taʼminlash toʻgʻrisidagi masalalarni hal etadi; |
9) boshqa shaxslarning ishga kirishishi, ishlarni bitta ish yuritishga birlashtirish yoki arz qilingan talablarini alohida ish yuritishga ajratish, sayyor sud majlisini oʻtkazish toʻgʻrisidagi masalalarni koʻrib chiqadi; | 9) boshqa shaxslarning ishga kirishishi, ishlarni bitta ish yuritishga birlashtirish yoki arz qilingan talablarini alohida ish yuritishga ajratish, sayyor sud majlisini oʻtkazish toʻgʻrisidagi masalalarni koʻrib chiqadi; |
10) ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ularning protsessual huquqlari va majburiyatlarini tushuntiradi; 11) taraflarni kelishtirish choralarini koʻradi. | |
Sudya ishning toʻgʻri va oʻz vaqtida hal etilishini taʼminlashga qaratilgan boshqa harakatlarni ham amalga oshiradi. | Sudya ishning toʻgʻri va oʻz vaqtida hal etilishini taʼminlashga qaratilgan boshqa harakatlarni ham amalga oshiradi. |
18-bob. Sud muhokamasi | 18-bob. Sud muhokamasi |
141-modda. Sud muhokamasining muddatlari | 141-modda. Sud muhokamasining muddatlari |
Agar ushbu Kodeksda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, sud muhokamasi ishni sud muhokamasiga tayyorlash toʻgʻrisidagi ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran bir oydan oshmagan muddatda tugallanishi kerak. | Agar ushbu Kodeksda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, sud muhokamasi ishni sud muhokamasiga tayyorlash toʻgʻrisidagi ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran bir oydan oshmagan muddatda tugallanishi kerak. |
Alohida hollarda, sud muhokamasining muddati sud raisi tomonidan bir oydan oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin. | Alohida hollarda, sud muhokamasining muddati sud raisi tomonidan bir oydan oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin. |
142-modda. Saylov komissiyalarining xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyatlarni koʻrib chiqish muddati va tartibi | 142-modda. Saylov komissiyalarining, referendum oʻtkazuvchi komissiyalarning xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyatlarni koʻrib chiqish muddati va tartibi |
Saylov komissiyasining xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyat sud tomonidan shikoyat berilgan kundan eʼtiboran uch kundan kechiktirmay koʻrib chiqilishi, agar saylovga olti kundan kam vaqt qolgan boʻlsa, darhol koʻrib chiqilishi lozim. | Saylov komissiyasining, referendum oʻtkazuvchi komissiyaning xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyat berilgan kundan eʼtiboran uch kundan kechiktirmay sud tomonidan koʻrib chiqilishi, agar saylovga yoki referendumga olti kundan kam vaqt qolgan boʻlsa, darhol koʻrib chiqilishi lozim. |
Shikoyat sud tomonidan arizachini va tegishli saylov komissiyasining vakilini, shuningdek, prokurorni, agar shikoyat arizachiga emas, balki boshqa fuqaroga daxldor boʻlsa, oʻsha shaxsni ham chaqirgan holda koʻrib chiqiladi. Bu shaxslarning kelmasligi ishni koʻrib chiqishga toʻsqinlik qilmaydi. | Shikoyat sud tomonidan arizachini va tegishli saylov komissiyasining vakilini yoki referendum oʻtkazuvchi komissiyaning vakilini, shuningdek, prokurorni, agar shikoyat arizachiga emas, balki boshqa fuqaroga daxldor boʻlsa, oʻsha shaxsni ham chaqirgan holda koʻrib chiqiladi. Bu shaxslarning kelmasligi ishni koʻrib chiqishga toʻsqinlik qilmaydi. |
Sudning hal qiluv qarori chiqarilishi bilanoq darhol tegishli saylov komissiyasiga va arizachiga topshiriladi. | Sudning hal qiluv qarori chiqarilishi bilanoq darhol tegishli saylov komissiyasiga, referendum oʻtkazuvchi komissiyaga va arizachiga topshiriladi. |
143-modda. Sud majlisi | 143-modda. Sud majlisi |
Ish muhokamasi sud majlisida amalga oshiriladi. Sudning majlisi videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilishi mumkin. | Ish muhokamasi sud majlisida amalga oshiriladi. Sudning majlisi videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilishi mumkin. |
Sud tashabbusiga koʻra yoki maʼmuriy sud ishlarini yuritish ishtirokchilarining iltimosnomasiga koʻra sud majlisining audio- yoki videoyozuvi amalga oshirilishi mumkin. | Sud tashabbusiga koʻra yoki maʼmuriy sud ishlarini yuritish ishtirokchilarining iltimosnomasiga koʻra sud majlisining audio- yoki videoyozuvi amalga oshirilishi mumkin. |
Majlisda raislik qiluvchi sudya: | Majlisda raislik qiluvchi sudya: |
1) sud majlisini ochadi va qanday ish koʻrilishini eʼlon qiladi; | 1) sud majlisini ochadi va qanday ish koʻrilishini eʼlon qiladi; |
2) maʼmuriy sud ishlarini yuritish ishtirokchilari majlisga kelgan-kelmaganligini, ularning vakolatlarini, majlisga kelmagan shaxslar tegishli ravishda xabardor qilingan-qilinmaganligini hamda ularning kelmaganligi sabablari toʻgʻrisida qanday maʼlumotlar borligini tekshiradi; | 2) maʼmuriy sud ishlarini yuritish ishtirokchilari majlisga kelgan-kelmaganligini, ularning vakolatlarini, majlisga kelmagan shaxslar tegishli ravishda xabardor qilingan-qilinmaganligini hamda ularning kelmaganligi sabablari toʻgʻrisida qanday maʼlumotlar borligini tekshiradi; |
3) sud tarkibini eʼlon qiladi, prokuror, ekspert, mutaxassis, sud majlisi kotibi, tarjimon sifatida kimlar ishtirok etayotganligini maʼlum qiladi hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ularning rad qilish huquqini tushuntiradi; | 3) sud tarkibini eʼlon qiladi, prokuror, ekspert, mutaxassis, sud majlisi kotibi, tarjimon sifatida kimlar ishtirok etayotganligini maʼlum qiladi hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ularning rad qilish huquqini tushuntiradi; |
4) kelgan guvohlarni soʻroq qilish boshlanguniga qadar ularni majlis zalidan chiqarib yuboradi; | 4) kelgan guvohlarni soʻroq qilish boshlanguniga qadar ularni majlis zalidan chiqarib yuboradi; |
5) sud protsessi ishtirokchilariga ularning protsessual huquqlari va majburiyatlarini tushuntiradi; | 5) sud protsessi ishtirokchilariga ularning protsessual huquqlari va majburiyatlarini tushuntiradi; |
6) tarjimonni bila turib notoʻgʻri tarjima qilganlik uchun, ekspertni bila turib notoʻgʻri xulosa berganlik uchun, guvohni bila turib yolgʻon koʻrsatuv berganlik uchun jinoiy javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantiradi; | 6) tarjimonni bila turib notoʻgʻri tarjima qilganlik uchun, ekspertni bila turib notoʻgʻri xulosa berganlik uchun, guvohni bila turib yolgʻon koʻrsatuv berganlik uchun jinoiy javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantiradi; |
7) dalillarni tekshirish tartibini belgilaydi; | 7) dalillarni tekshirish tartibini belgilaydi; |
8) ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlar aniqlanishini taʼminlab, majlisga rahbarlik qiladi; | 8) ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlar aniqlanishini taʼminlab, majlisga rahbarlik qiladi; |
9) majlisda tegishli tartibni taʼminlash choralarini koʻradi. | 9) majlisda tegishli tartibni taʼminlash choralarini koʻradi. |
Maʼmuriy sud ishlarini yuritish ishtirokchilari va sud majlisi zalida hozir boʻlganlar yozma qaydlar qilish, stenogramma yuritish va ovoz yozib olish huquqiga ega. Sud majlisining fototasviriga, videoyozuviga, shuningdek radio va televideniye orqali translyatsiya qilinishiga ishni koʻrayotgan sudning ruxsati bilan yoʻl qoʻyiladi. | Maʼmuriy sud ishlarini yuritish ishtirokchilari va sud majlisi zalida hozir boʻlganlar yozma qaydlar qilish, stenogramma yuritish va ovoz yozib olish huquqiga ega. Sud majlisining fototasviriga, videoyozuviga, shuningdek radio va televideniye orqali translyatsiya qilinishiga ishni koʻrayotgan sudning ruxsati bilan yoʻl qoʻyiladi. |
Ishni yopiq sud majlisida muhokama qilish toʻgʻrisida ajrim chiqarilganda yopiq sud majlisida ishtirok etayotgan shaxslar sud muhokamasi maʼlumotlarini hamda tafsilotlarini sudning ruxsatisiz oshkor qilmaslik toʻgʻrisida ogohlantirilib, ulardan tilxat olinadi. Tilxatda mazkur majburiyatni buzganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 239-moddasiga muvofiq javobgarlik haqidagi ogohlantirish ham aks ettiriladi. | |
144-modda. Sudning videokonferensaloqa rejimidagi majlisida ishtirok etish | 144-modda. Sudning videokonferensaloqa rejimidagi majlisida ishtirok etish |
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar va odil sudlovni amalga oshirishga koʻmaklashuvchi shaxslar videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etishga haqli. | Ishda ishtirok etuvchi shaxslar va odil sudlovni amalga oshirishga koʻmaklashuvchi shaxslar videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etishga haqli. |
Videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida shaxslarning ishtirok etish huquqi haqida ishni sud muhokamasiga tayyorlash toʻgʻrisidagi ajrimda koʻrsatilib, ajrim ishda ishtirok etuvchi shaxslarga, odil sudlovni amalga oshirishga koʻmaklashuvchi shaxslarga hamda ularning bunday majlisda ishtirok etishiga koʻmaklashadigan tegishli sudga yuboriladi. | Videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida shaxslarning ishtirok etish huquqi haqida ishni sud muhokamasiga tayyorlash toʻgʻrisidagi ajrimda koʻrsatilib, ajrim ishda ishtirok etuvchi shaxslarga, odil sudlovni amalga oshirishga koʻmaklashuvchi shaxslarga hamda ularning bunday majlisda ishtirok etishiga koʻmaklashadigan tegishli sudga yuboriladi. |
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etishini taʼminlash uchun koʻrsatilgan shaxslarning yashash joyi, joylashgan yeri yoki turgan joyi boʻyicha tegishli sudlarning videokonferensaloqa tizimlaridan yoxud ishni koʻrayotgan sudning mobil videokonferensaloqa tizimidan foydalaniladi. | |
Videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisini oʻtkazishga koʻmaklashadigan sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning va odil sudlovni amalga oshirishga koʻmaklashuvchi shaxslarning vakillari vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnomalar, shuningdek sud majlisida taqdim etilgan dalillar ishni koʻrayotgan sudga yuborilishini taʼminlaydi. | Videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisini oʻtkazishga koʻmaklashadigan sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning va odil sudlovni amalga oshirishga koʻmaklashuvchi shaxslarning vakillari vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnomalar, shuningdek sud majlisida taqdim etilgan dalillar ishni koʻrayotgan sudga yuborilishini taʼminlaydi. |
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning va odil sudlovni amalga oshirishga koʻmaklashuvchi shaxslarning videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etish huquqi birinchi, apellyatsiya va kassatsiya instansiyalari sudlarining sud majlisida amalga oshirilishi mumkin. | Videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda ishtirok etayotgan guvohlarga, ekspertlarga, mutaxassislarga, tarjimonlarga oʻz huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi tushuntirilganligi audio- va videoyozuv orqali qayd etiladi va bu haqda sud majlisi bayonnomasida koʻrsatiladi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning va odil sudlovni amalga oshirishga koʻmaklashuvchi shaxslarning videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etish huquqi birinchi, apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyalari sudlarining sud majlisida amalga oshirilishi mumkin. |
145-modda. Sud majlisidagi tartib | 145-modda. Sud majlisidagi tartib |
Sudyalar majlis zaliga kirib kelganida va undan chiqib ketayotganida zalda hozir boʻlganlarning barchasi oʻrinlaridan turadi. | Sudyalar majlis zaliga kirib kelganida va undan chiqib ketayotganida zalda hozir boʻlganlarning barchasi oʻrinlaridan turadi. |
Sud protsessi ishtirokchilari sudga “Hurmatli sud!” degan soʻzlar bilan murojaat qiladi. Ular sudga oʻz tushuntirishlari va koʻrsatuvlarini, savollarga javoblarini tik turib beradi. Bu qoidadan chetga chiqishga faqat raislik qiluvchining ruxsati bilan yoʻl qoʻyilishi mumkin. | Sud protsessi ishtirokchilari sudga “Hurmatli sud!” degan soʻzlar bilan murojaat qiladi. Ular sudga oʻz tushuntirishlari va koʻrsatuvlarini, savollarga javoblarini tik turib beradi. Bu qoidadan chetga chiqishga faqat raislik qiluvchining ruxsati bilan yoʻl qoʻyilishi mumkin. |
Sud majlisi sudning normal ishlashini va sud protsessi ishtirokchilarining xavfsizligini taʼminlaydigan sharoitlarda oʻtkaziladi. Sud majlisi zalida hozir boʻlgan hamda sudning ruxsati bilan sud majlisining fototasvirini, videoyozuvini, radio va televideniye orqali translyatsiyasini amalga oshirayotgan shaxslarning harakatlari sud majlisidagi tartibga xalaqit bermasligi kerak. Bu harakatlar sud tomonidan vaqt boʻyicha cheklanishi mumkin. | Sud majlisi sudning normal ishlashini va sud protsessi ishtirokchilarining xavfsizligini taʼminlaydigan sharoitlarda oʻtkaziladi. Sud majlisi zalida hozir boʻlgan hamda sudning ruxsati bilan sud majlisining fototasvirini, videoyozuvini, radio va televideniye orqali translyatsiyasini amalga oshirayotgan shaxslarning harakatlari sud majlisidagi tartibga xalaqit bermasligi kerak. Bu harakatlar sud tomonidan vaqt boʻyicha cheklanishi mumkin. |
Majlis vaqtida tartib buzilgan taqdirda, raislik qiluvchi tartibni buzgan shaxsni sud nomidan ogohlantiradi. Tartib takroran buzilgan taqdirda, mazkur shaxs raislik qiluvchining farmoyishi bilan sud majlisi zalidan chiqarib yuborilishi mumkin. | Majlis vaqtida tartib buzilgan taqdirda, raislik qiluvchi tartibni buzgan shaxsni sud nomidan ogohlantiradi. Tartib takroran buzilgan taqdirda, mazkur shaxs raislik qiluvchining farmoyishi bilan sud majlisi zalidan chiqarib yuborilishi mumkin. |
Sudning hal qiluv qarorini majlis zalida hozir boʻlganlarning barchasi tik turib eshitadi. | Sudning hal qiluv qarorini majlis zalida hozir boʻlganlarning barchasi tik turib eshitadi. |
146-modda. Dalillarni tekshirish | 146-modda. Dalillarni tekshirish |
Sud muhokamasi davomida sud ish boʻyicha dalillarni tekshiradi: ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlarini, guvohlarning koʻrsatuvlarini, ekspertlarning xulosalarini, mutaxassislarning maslahatlarini (tushuntirishlarini) eshitadi, yozma dalillar bilan tanishadi, ashyoviy dalillarni koʻzdan kechiradi, shuningdek yozma shaklda taqdim etilgan tushuntirishlar, koʻrsatuvlar va xulosalarni oʻqib eshittiradi. | Sud muhokamasi davomida sud ish boʻyicha dalillarni tekshiradi: ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlarini, guvohlarning koʻrsatuvlarini, ekspertlarning xulosalarini, mutaxassislarning maslahatlarini (tushuntirishlarini) eshitadi, ashyoviy, yozma va raqamli dalillar bilan tanishadi, ashyoviy dalillarni koʻzdan kechiradi, shuningdek yozma shaklda taqdim etilgan tushuntirishlar, koʻrsatuvlar va xulosalarni oʻqib eshittiradi. |
Audio- va videoyozuvlarni namoyish qilish sud majlisi zalida yoki ushbu maqsad uchun maxsus jihozlangan boshqa xonada amalga oshiriladi. Audio- va videoyozuvlar namoyish qilinganligi fakti sud majlisi bayonnomasida aks ettiriladi. | Audio- va videoyozuvlarni namoyish qilish sud majlisi zalida yoki ushbu maqsad uchun maxsus jihozlangan boshqa xonada amalga oshiriladi. Audio- va videoyozuvlar namoyish qilinganligi fakti sud majlisi bayonnomasida aks ettiriladi. |
147-modda. Sudning ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizalari va iltimosnomalarini hal qilishi | 147-modda. Sudning ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizalari va iltimosnomalarini hal qilishi |
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning yangi dalillarni talab qilib olish toʻgʻrisidagi hamda ish muhokamasi bilan bogʻliq boshqa barcha masalalar boʻyicha arizalari va iltimosnomalari ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning fikrlari sud tomonidan eshitib boʻlinganidan keyin hal qilinadi. | Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning yangi dalillarni talab qilib olish toʻgʻrisidagi hamda ish muhokamasi bilan bogʻliq boshqa barcha masalalar boʻyicha arizalari va iltimosnomalari ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning fikrlari sud tomonidan eshitib boʻlinganidan keyin hal qilinadi. |
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizalari va iltimosnomalarini koʻrish natijalari boʻyicha ajrim chiqariladi. | Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizalari va iltimosnomalarini koʻrish natijalari boʻyicha ajrim chiqariladi. |
Sudning ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizalari va iltimosnomalarini qanoatlantirish toʻgʻrisidagi yoki qanoatlantirishni rad etish haqidagi xulosalari ishni koʻrish natijalari boʻyicha chiqarilgan sud hujjatida bayon qilinishi mumkin. | Sudning ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizalari va iltimosnomalarini qanoatlantirish toʻgʻrisidagi yoki qanoatlantirishni rad etish haqidagi xulosalari ishni koʻrish natijalari boʻyicha chiqarilgan sud hujjatida bayon qilinishi mumkin. |
148-modda. Ariza (shikoyat) yuzasidan yozma fikr, qoʻshimcha dalillar taqdim etilmaganligi, shuningdek ishda ishtirok etuvchi shaxslar sudga kelmaganligi oqibatlari | 148-modda. Ariza (shikoyat) yuzasidan yozma fikr, qoʻshimcha dalillar taqdim etilmaganligi, shuningdek ishda ishtirok etuvchi shaxslar sudga kelmaganligi oqibatlari |
Sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ariza (shikoyat) yuzasidan taqdim etishni taklif qilgan yozma fikr yoki qoʻshimcha dalillar taqdim etilmaganligi ishni mavjud materiallar boʻyicha koʻrishga toʻsqinlik qilmaydi. | Sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ariza (shikoyat) yuzasidan taqdim etishni taklif qilgan yozma fikr yoki qoʻshimcha dalillar taqdim etilmaganligi ishni mavjud materiallar boʻyicha koʻrishga toʻsqinlik qilmaydi. |
Ish muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilingan arizachi sud majlisiga kelmasa, arizachining ishni uning yoʻqligida koʻrish toʻgʻrisidagi arizasi boʻlgan taqdirda, arz qilingan talab uning yoʻqligida hal qilinishi mumkin. | Ish muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilingan arizachi sud majlisiga kelmasa, arizachining ishni uning yoʻqligida koʻrish toʻgʻrisidagi arizasi boʻlgan taqdirda, arz qilingan talab uning yoʻqligida hal qilinishi mumkin. |
Ish muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilingan javobgar, uchinchi shaxslar sud majlisiga kelmasa, ish ularning yoʻqligida koʻrilishi mumkin. | Ish muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilingan javobgar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar sud majlisiga kelmasa, ish ularning yoʻqligida koʻrilishi mumkin. |
149-modda. Sud muhokamasini keyinga qoldirish | 149-modda. Sud muhokamasini keyinga qoldirish |
Sud quyidagi hollarda sud muhokamasini keyinga qoldirishga haqli: | Sud quyidagi hollarda sud muhokamasini keyinga qoldirishga haqli: |
agar sud majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan ishda ishtirok etuvchi shaxs sud majlisiga kela olmasligi sabablarini asoslagan holda sud muhokamasini keyinga qoldirish toʻgʻrisida iltimosnoma bilan murojaat qilgan boʻlsa va basharti ushbu shaxsning ishtirokisiz ishni koʻrish mumkin boʻlmasa; | agar sud majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan ishda ishtirok etuvchi shaxs sud majlisiga kela olmasligi sabablarini asoslagan holda sud muhokamasini keyinga qoldirish toʻgʻrisida iltimosnoma bilan murojaat qilgan boʻlsa va basharti ushbu shaxsning ishtirokisiz ishni koʻrish mumkin boʻlmasa; |
ishda ishtirok etuvchi shaxsning oʻz vakili sud majlisiga uzrli sababga koʻra kela olmaganligi munosabati bilan qilgan iltimosnomasi boʻyicha; | ishda ishtirok etuvchi shaxsning oʻz vakili sud majlisiga uzrli sababga koʻra kela olmaganligi munosabati bilan qilgan iltimosnomasi boʻyicha; |
sud protsessi ishtirokchilaridan birortasi, agar sud ishni uning ishtirokisiz koʻrish mumkin emas deb hisoblasa, kelmagan taqdirda; | sud protsessi ishtirokchilaridan birortasi, agar sud ishni uning ishtirokisiz koʻrish mumkin emas deb hisoblasa, kelmagan taqdirda; |
tarafning qoʻshimcha dalillar taqdim etish zarurati bilan bogʻliq holda sud muhokamasini keyinga qoldirish toʻgʻrisidagi iltimosnomasi boʻyicha; | tarafning qoʻshimcha dalillar taqdim etish zarurati bilan bogʻliq holda sud muhokamasini keyinga qoldirish toʻgʻrisidagi iltimosnomasi boʻyicha; |
sud majlisi videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilayotganda videokonferensaloqa oʻrnatish imkoni boʻlmagan taqdirda; | sud majlisi videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilayotganda videokonferensaloqa oʻrnatish imkoni boʻlmagan taqdirda; |
taraf nizoni kelishuv yoʻli bilan hal qilish maqsadida sudga koʻmaklashishni soʻrab murojaat etgan taqdirda, tarafning iltimosnomasiga koʻra. | |
Sud sudning majlisida ishni koʻrish mumkin boʻlmagan boshqa hollarda ham sud muhokamasini keyinga qoldirishga haqli. | Sud sudning majlisida ishni koʻrish mumkin boʻlmagan boshqa hollarda ham sud muhokamasini keyinga qoldirishga haqli. |
Sud muhokamasi uni keyinga qoldirishga asos boʻlib xizmat qilgan holatlarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan muddatga, ushbu Kodeksda sud muhokamasi uchun belgilangan muddat doirasida keyinga qoldirilishi mumkin. | Sud muhokamasi uni keyinga qoldirishga asos boʻlib xizmat qilgan holatlarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan muddatga, ushbu Kodeksda sud muhokamasi uchun belgilangan muddat doirasida keyinga qoldirilishi mumkin. |
Sud muhokamasini keyinga qoldirish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi. | Sud muhokamasini keyinga qoldirish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi. |
Agar sud majlisida taraflar hozir boʻlsa, sud kelgan guvohlarni sud muhokamasi keyinga qoldirilguniga qadar soʻroq qilishga haqli. Bu guvohlarning koʻrsatuvlari yangi sud majlisida oʻqib eshittiriladi. Ushbu guvohlarni yangi sud majlisiga takroran chaqirish faqat zarur hollarda amalga oshiriladi. | Agar sud majlisida taraflar hozir boʻlsa, sud kelgan guvohlarni sud muhokamasi keyinga qoldirilguniga qadar soʻroq qilishga haqli. Bu guvohlarning koʻrsatuvlari yangi sud majlisida oʻqib eshittiriladi. Ushbu guvohlarni yangi sud majlisiga takroran chaqirish faqat zarur hollarda amalga oshiriladi. |
Ishda ishtirok etuvchi, ammo sud majlisiga kelmagan shaxslar ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda yangi sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qilinadi. Sud majlisiga kelgan ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish materiallariga qoʻshib qoʻyiladigan tilxat orqali xabardor qilinadi. | Ishda ishtirok etuvchi, ammo sud majlisiga kelmagan shaxslar ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda yangi sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qilinadi. Sud majlisiga kelgan ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish materiallariga qoʻshib qoʻyiladigan tilxat orqali xabardor qilinadi. |
Sud muhokamasi keyinga qoldirilganidan soʻng davom ettiriladi. | Sud muhokamasi keyinga qoldirilganidan soʻng davom ettiriladi. |
Zarurat boʻlganda, ishning muhokamasi u qoldirilganidan keyin boshidan boshlanadi. | Zarurat boʻlganda, ishning muhokamasi u qoldirilganidan keyin boshidan boshlanadi. |
150-modda. Sud majlisida tanaffus | 150-modda. Sud majlisida tanaffus |
Sud ishda ishtirok etuvchi shaxsning iltimosnomasiga yoki oʻz tashabbusiga koʻra sud majlisida tanaffus eʼlon qilishi mumkin. | Sud ishda ishtirok etuvchi shaxsning iltimosnomasiga yoki oʻz tashabbusiga koʻra sud majlisida tanaffus eʼlon qilishi mumkin. |
Sud majlisida tanaffus uch kundan oshmagan muddatga eʼlon qilinishi mumkin. Tanaffus haqida sud majlisi bayonnomasida koʻrsatiladi. | Sud majlisida tanaffus uch kundan oshmagan muddatga eʼlon qilinishi mumkin. Tanaffus haqida sud majlisi bayonnomasida koʻrsatiladi. |
Tanaffus tugaganidan keyin sud majlisi davom ettiriladi, bu haqda raislik qiluvchi sud majlisida eʼlon qiladi. Tanaffusdan oldin tekshirilgan dalillar takroran koʻrib chiqilmaydi, shu jumladan ishda ishtirok etuvchi shaxslarning vakillari almashtirilganda ham takroran koʻrib chiqilmaydi. | Tanaffus tugaganidan keyin sud majlisi davom ettiriladi, bu haqda raislik qiluvchi sud majlisida eʼlon qiladi. Tanaffusdan oldin tekshirilgan dalillar takroran koʻrib chiqilmaydi, shu jumladan ishda ishtirok etuvchi shaxslarning vakillari almashtirilganda ham takroran koʻrib chiqilmaydi. |
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar tanaffus eʼlon qilinguniga qadar sud majlisida hozir boʻlganligidan yoki boʻlmaganligidan qatʼi nazar sud majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan hisoblanadi hamda ularning tanaffus tugaganidan keyin sud majlisiga kelmaganligi sud majlisini davom ettirishga toʻsqinlik qilmaydi. | Ishda ishtirok etuvchi shaxslar tanaffus eʼlon qilinguniga qadar sud majlisida hozir boʻlganligidan yoki boʻlmaganligidan qatʼi nazar sud majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan hisoblanadi hamda ularning tanaffus tugaganidan keyin sud majlisiga kelmaganligi sud majlisini davom ettirishga toʻsqinlik qilmaydi. |
151-modda. Sud muzokaralari | 151-modda. Sud muzokaralari |
Barcha dalillar tekshirilganidan keyin sud majlisida raislik qiluvchi ishda ishtirok etuvchi shaxslardan ularda ish boʻyicha qoʻshimcha materiallar bor-yoʻqligini aniqlaydi. Sud bunday materiallar mavjud boʻlmagan taqdirda, sud muzokaralariga oʻtadi. | Barcha dalillar tekshirilganidan keyin sud majlisida raislik qiluvchi ishda ishtirok etuvchi shaxslardan ularda ish boʻyicha qoʻshimcha materiallar bor-yoʻqligini aniqlaydi. Sud bunday materiallar mavjud boʻlmagan taqdirda, sud muzokaralariga oʻtadi. |
Sud muzokaralari ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ogʻzaki chiqishlaridan iborat boʻladi. Muzokaralarda ular ish boʻyicha oʻz nuqtai nazarini asoslaydi. | Sud muzokaralari ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ogʻzaki chiqishlaridan iborat boʻladi. Muzokaralarda ular ish boʻyicha oʻz nuqtai nazarini asoslaydi. |
Sud muzokaralarida birinchi boʻlib arizachi, keyin nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxs va javobgar soʻzga chiqadi. Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs ishda qaysi arizachining yoki javobgarning tarafida ishtirok etayotgan boʻlsa, shu arizachidan yoki javobgardan keyin soʻzga chiqadi. | Sud muzokaralarida birinchi boʻlib arizachi, keyin nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxs va javobgar soʻzga chiqadi. Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs ishda qaysi arizachining yoki javobgarning tarafida ishtirok etayotgan boʻlsa, shu arizachidan yoki javobgardan keyin soʻzga chiqadi. |
Boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida sudga murojaat etgan prokuror, shuningdek davlat organlarining va boshqa shaxslarning vakillari sud muzokaralarida birinchi boʻlib soʻzga chiqadi. | Boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida sudga murojaat etgan prokuror, shuningdek davlat organlarining va boshqa shaxslarning vakillari sud muzokaralarida birinchi boʻlib soʻzga chiqadi. |
Sud muzokaralari ishtirokchilari sud tomonidan aniqlanmagan holatlarga va sud majlisida tekshirilmagan yoki sud tomonidan yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan deb tan olingan dalillarga tayanishga haqli emas. | Sud muzokaralari ishtirokchilari sud tomonidan aniqlanmagan holatlarga va sud majlisida tekshirilmagan yoki sud tomonidan yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan deb tan olingan dalillarga tayanishga haqli emas. |
Ishda ishtirok etuvchi prokuror sud muzokaralarida nizoning mazmuniga doir fikrini oxirida bayon etadi, bundan ushbu moddaning toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno. | Ishda ishtirok etuvchi prokuror sud muzokaralarida nizoning mazmuniga doir fikrini oxirida bayon etadi, bundan ushbu moddaning toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno. |
152-modda. Dalillarni tekshirishni tiklash | 152-modda. Dalillarni tekshirishni tiklash |
Agar sud muzokaralari vaqtida yoki keyin qoʻshimcha holatlarni aniqlash yoki yangi dalillarni tekshirish zarur deb topsa, u dalillarni tekshirishni tiklaydi, bu haqda sud majlisi bayonnomasida koʻrsatiladi. | Agar sud muzokaralari vaqtida yoki keyin qoʻshimcha holatlarni aniqlash yoki yangi dalillarni tekshirish zarur deb topsa, u dalillarni tekshirishni tiklaydi, bu haqda sud majlisi bayonnomasida koʻrsatiladi. |
Dalillarni qoʻshimcha tekshirish tugaganidan keyin sud muzokaralari ushbu Kodeksda belgilangan tartibda oʻtkaziladi. | Dalillarni qoʻshimcha tekshirish tugaganidan keyin sud muzokaralari ushbu Kodeksda belgilangan tartibda oʻtkaziladi. |
153-modda. Sud hujjatini qabul qilish uchun sudning alohida xonaga (maslahatxonaga) kirishi | 153-modda. Sud hujjatini qabul qilish uchun sudning alohida xonaga (maslahatxonaga) kirishi |
Sud ish boʻyicha dalillarni tekshirish va sud muzokaralari tugaganidan keyin sud hujjatini qabul qilish uchun alohida xonaga (maslahatxonaga) kiradi. | Sud ish boʻyicha dalillarni tekshirish va sud muzokaralari tugaganidan keyin sud hujjatini qabul qilish uchun alohida xonaga (maslahatxonaga) kiradi. |
19-bob. Sudning hal qiluv qarori | 19-bob. Sudning hal qiluv qarori |
1-§. Hal qiluv qarorini qabul qilishning umumiy qoidalari | 1-§. Hal qiluv qarorini qabul qilishning umumiy qoidalari |
154-modda. Hal qiluv qarorini qabul qilish | 154-modda. Hal qiluv qarorini qabul qilish |
Sud ishni mazmunan koʻrib chiqish natijalari boʻyicha hal qiluv qarorini qabul qiladi. | Sud ishni mazmunan koʻrib chiqish natijalari boʻyicha hal qiluv qarorini qabul qiladi. |
Sud hal qiluv qarorini Oʻzbekiston Respublikasi nomidan qabul qiladi. | Sud hal qiluv qarorini Oʻzbekiston Respublikasi nomidan qabul qiladi. |
Sudning hal qiluv qarori sud muhokamasi tugaganidan keyin qabul qilinadi. | Sudning hal qiluv qarori sud muhokamasi tugaganidan keyin qabul qilinadi. |
Sudning hal qiluv qarori qonuniy va asoslantirilgan boʻlishi kerak. U sud majlisida tekshirilgan dalillargagina asoslangan boʻlishi mumkin. | Sudning hal qiluv qarori qonuniy va asoslantirilgan boʻlishi kerak. U sud majlisida tekshirilgan dalillargagina asoslangan boʻlishi mumkin. |
155-modda. Hal qiluv qarori qabul qilinishining sir tutilishi | 155-modda. Hal qiluv qarori qabul qilinishining sir tutilishi |
Sudning hal qiluv qarori alohida xonada (maslahatxonada) qabul qilinadi. | Sudning hal qiluv qarori alohida xonada (maslahatxonada) qabul qilinadi. |
Ish hayʼatda koʻrib chiqilayotganda hal qiluv qarori sudyalar maslahati sirini saqlash taʼminlanadigan sharoitlarda, sud majlisida ishtirok etayotgan sudyalar tomonidan koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi. | Ish hayʼatda koʻrib chiqilayotganda hal qiluv qarori sudyalar maslahati sirini saqlash taʼminlanadigan sharoitlarda, sud majlisida ishtirok etayotgan sudyalar tomonidan koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi. |
Sud hal qiluv qarorini qabul qilayotgan maslahatxonada faqat ishni koʻrib chiqayotgan sud tarkibiga kiradigan sudyalar boʻlishi mumkin. Ushbu xonaga boshqa shaxslarning kirishi, shuningdek sud tarkibiga kirmaydigan shaxslar bilan muloqotda boʻlishning boshqa usullari taqiqlanadi. | Sud hal qiluv qarorini qabul qilayotgan maslahatxonada faqat ishni koʻrib chiqayotgan sud tarkibiga kiradigan sudyalar boʻlishi mumkin. Ushbu xonaga boshqa shaxslarning kirishi, shuningdek sud tarkibiga kirmaydigan shaxslar bilan muloqotda boʻlishning boshqa usullari taqiqlanadi. |
Sudyalar hal qiluv qarorini qabul qilish chogʻidagi muhokama mazmuni toʻgʻrisidagi, sud tarkibiga kirgan ayrim sudyalarning nuqtai nazari haqidagi maʼlumotlarni biror-bir shaxsga xabar qilishga, sudyalar maslahati sirini boshqa usulda oshkor qilishga haqli emas. | Sudyalar hal qiluv qarorini qabul qilish chogʻidagi muhokama mazmuni toʻgʻrisidagi, sud tarkibiga kirgan ayrim sudyalarning nuqtai nazari haqidagi maʼlumotlarni biror-bir shaxsga xabar qilishga, sudyalar maslahati sirini boshqa usulda oshkor qilishga haqli emas. |
156-modda. Hal qiluv qarorini qabul qilish chogʻida hal etiladigan masalalar | 156-modda. Hal qiluv qarorini qabul qilish chogʻida hal etiladigan masalalar |
Hal qiluv qarorini qabul qilish chogʻida sud: | Hal qiluv qarorini qabul qilish chogʻida sud: |
1) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning oʻz talablari va eʼtirozlarini asoslantirish uchun keltirgan dalillari va eʼtirozlariga baho beradi; | 1) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning oʻz talablari va eʼtirozlarini asoslantirish uchun keltirgan dalillari va eʼtirozlariga baho beradi; |
2) ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan qaysi holatlar aniqlanganligini va qaysilari aniqlanmaganligini belgilaydi; | 2) ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan qaysi holatlar aniqlanganligini va qaysilari aniqlanmaganligini belgilaydi; |
3) ishda ishtirok etuvchi shaxslar asos qilib keltirgan qaysi qonun hujjatlarini ushbu ish boʻyicha qoʻllash mumkin emasligini hal qiladi; | 3) ishda ishtirok etuvchi shaxslar asos qilib keltirgan qaysi qonunchilik hujjatlarini ushbu ish boʻyicha qoʻllash mumkin emasligini hal qiladi; |
4) ushbu ish boʻyicha qaysi qonun hujjatlarini qoʻllash zarurligini aniqlaydi; | 4) ushbu ish boʻyicha qaysi qonunchilik hujjatlarini qoʻllash zarurligini aniqlaydi; |
5) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning qanday huquq va majburiyatlari borligini belgilaydi; | 5) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning qanday huquq va majburiyatlari borligini belgilaydi; |
6) talabni qanoatlantirish lozimligini yoki lozim emasligini hal qiladi. | 6) talabni qanoatlantirish lozimligini yoki lozim emasligini hal qiladi. |
Zarur boʻlgan hollarda, sud dastlabki himoya choralarini saqlab qolish yoki bekor qilish, hal qiluv qarorining ijrosini taʼminlash, hal qiluv qarorini ijro etishning tartibi va muddati, ashyoviy dalillarning keyingi taqdiri; sud xarajatlarini taqsimlash bilan bogʻliq boʻlgan boshqa masalalarni ham hal qiladi. | Zarur boʻlgan hollarda, sud dastlabki himoya choralarini saqlab qolish yoki bekor qilish, hal qiluv qarorining ijrosini taʼminlash, hal qiluv qarorini ijro etishning tartibi va muddati, dalillarning keyingi taqdiri; sud xarajatlarini taqsimlash bilan bogʻliq boʻlgan boshqa masalalarni ham hal qiladi. |
Sud hal qiluv qarorini qabul qilishda dalillarni qoʻshimcha tekshirish yoki ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlarni aniqlashni davom ettirishni zarur deb topsa, sud muhokamasini yangidan boshlaydi, bu haqda ajrim chiqaradi. Bunday holda sud muhokamasi faqat qoʻshimcha tekshirish ehtiyoji boʻlgan holatlar doirasida olib boriladi. | Sud hal qiluv qarorini qabul qilishda dalillarni qoʻshimcha tekshirish yoki ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlarni aniqlashni davom ettirishni zarur deb topsa, sud muhokamasini yangidan boshlaydi, bu haqda ajrim chiqaradi. Bunday holda sud muhokamasi faqat qoʻshimcha tekshirish ehtiyoji boʻlgan holatlar doirasida olib boriladi. |
157-modda. Hal qiluv qarorini tuzish | 157-modda. Hal qiluv qarorini tuzish |
Hal qiluv qarori sud majlisida raislik qiluvchi yoki ishni koʻrayotgan sud tarkibining boshqa sudyalari tomonidan alohida hujjat tarzida yozma shaklda tuziladi. | Hal qiluv qarori sud majlisida raislik qiluvchi yoki ishni koʻrayotgan sud tarkibining boshqa sudyalari tomonidan alohida hujjat tarzida yozma shaklda tuziladi. |
Hal qiluv qarori sudya tomonidan imzolanadi, ish hayʼat tomonidan koʻrilgan taqdirda esa, hal qiluv qarorini qabul qilishda ishtirok etgan barcha sudyalar, shu jumladan alohida fikrga ega boʻlgan sudyalar tomonidan imzolanadi. | Hal qiluv qarori sudya tomonidan imzolanadi, ish hayʼat tomonidan koʻrilgan taqdirda esa, hal qiluv qarorini qabul qilishda ishtirok etgan barcha sudyalar, shu jumladan alohida fikrga ega boʻlgan sudyalar tomonidan imzolanadi. |
Hal qiluv qarori bir nusxada tuziladi va ishga qoʻshib qoʻyiladi. | Hal qiluv qarori bir nusxada tuziladi va ishga qoʻshib qoʻyiladi. |
158-modda. Hal qiluv qarorining mazmuni | 158-modda. Hal qiluv qarorining mazmuni |
Sudning hal qiluv qarori kirish, bayon, asoslantiruvchi va xulosa qismlaridan iborat boʻladi. | Sudning hal qiluv qarori kirish, bayon, asoslantiruvchi va xulosa qismlaridan iborat boʻladi. |
Hal qiluv qarorining kirish qismida hal qiluv qarorini qabul qilgan sudning nomi; sud tarkibi, sud majlisi kotibi; ish raqami, hal qiluv qarori qabul qilingan sana va joy; talab predmeti; ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ularning vakillari va sud protsessining boshqa ishtirokchilari koʻrsatiladi. | Hal qiluv qarorining kirish qismida hal qiluv qarorini qabul qilgan sudning nomi; sud tarkibi, sud majlisi kotibi; ish raqami, hal qiluv qarori qabul qilingan sana va joy; talab predmeti; ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ularning vakillari va sud protsessining boshqa ishtirokchilari koʻrsatiladi. |
Hal qiluv qarorining bayon qismida ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arz qilingan talablari va eʼtirozlari, tushuntirishlari, arizalari va iltimosnomalarining qisqacha bayoni boʻlishi kerak. | Hal qiluv qarorining bayon qismida ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arz qilingan talablari va eʼtirozlari, tushuntirishlari, arizalari va iltimosnomalarining qisqacha bayoni boʻlishi kerak. |
Hal qiluv qarorining asoslantiruvchi qismida: | Hal qiluv qarorining asoslantiruvchi qismida: |
ishning sud tomonidan aniqlangan haqiqiy holatlari; | ishning sud tomonidan aniqlangan haqiqiy holatlari; |
sudning ish holatlari toʻgʻrisidagi xulosalari asoslangan dalillar; | sudning ish holatlari toʻgʻrisidagi xulosalari asoslangan dalillar; |
sudning u yoki bu dalillarni rad qilganligining, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning vajlarini qabul qilganligining yoki rad etganligining asoslari; | sudning u yoki bu dalillarni rad qilganligining, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning vajlarini qabul qilganligining yoki rad etganligining asoslari; |
hal qiluv qarorini qabul qilishda sud amal qilgan qonun hujjatlari hamda sud ishda ishtirok etuvchi shaxslar asos qilib keltirgan qonun hujjatlarini qoʻllamaganligining asoslari koʻrsatilishi kerak. | hal qiluv qarorini qabul qilishda sud amal qilgan qonunchilik hujjatlari hamda sud ishda ishtirok etuvchi shaxslar asos qilib keltirgan qonunchilik hujjatlarini qoʻllamaganligining asoslari koʻrsatilishi kerak. |
Hal qiluv qarorining asoslantiruvchi qismida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarorlariga havolalar koʻrsatilishi mumkin. | Hal qiluv qarorining asoslantiruvchi qismida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarorlariga havolalar koʻrsatilishi mumkin. |
Hal qiluv qarorining xulosa qismida arz qilingan talablardan har birini toʻliq yoki qisman qanoatlantirish haqidagi yoki qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisidagi xulosalar boʻlishi kerak. | Hal qiluv qarorining xulosa qismida arz qilingan talablardan har birini toʻliq yoki qisman qanoatlantirish haqidagi yoki qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisidagi xulosalar boʻlishi kerak. |
Zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi talab qanoatlantirilgan taqdirda, hal qiluv qarorining xulosa qismida undirilishi lozim boʻlgan summa koʻrsatiladi. | |
Agar sud hal qiluv qarorini ijro etish tartibini belgilagan yoki uning ijrosini taʼminlash choralarini qabul qilgan boʻlsa, bu haqda hal qiluv qarorining xulosa qismida koʻrsatiladi. | Agar sud hal qiluv qarorini ijro etish tartibini belgilagan yoki uning ijrosini taʼminlash choralarini qabul qilgan boʻlsa, bu haqda hal qiluv qarorining xulosa qismida koʻrsatiladi. |
Hal qiluv qarorining xulosa qismida sud xarajatlarini ishda ishtirok etuvchi shaxslar oʻrtasida taqsimlash, hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) muddati va tartibi koʻrsatiladi. | Hal qiluv qarorining xulosa qismida sud xarajatlarini ishda ishtirok etuvchi shaxslar oʻrtasida taqsimlash, hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) muddati va tartibi koʻrsatiladi. |
2-§. Hal qiluv qarori qabul qilinganidan keyin sudning harakatlari | 2-§. Hal qiluv qarori qabul qilinganidan keyin sudning harakatlari |
159-modda. Hal qiluv qarorini oʻqib eshittirish | 159-modda. Hal qiluv qarorini oʻqib eshittirish |
Sudning hal qiluv qarori sud raislik qiluvchi tomonidan muhokamasi tugallangan sud majlisining oʻzida oʻqib eshittiriladi. | Sudning hal qiluv qarori sud raislik qiluvchi tomonidan muhokamasi tugallangan sud majlisining oʻzida oʻqib eshittiriladi. |
Sud muhokamasi tugallangan sud majlisida qabul qilingan hal qiluv qarorining faqat xulosa qismi oʻqib eshittiriladi. | Sud muhokamasi tugallangan sud majlisida qabul qilingan hal qiluv qarorining faqat xulosa qismi oʻqib eshittiriladi. |
Hal qiluv qarorining oʻqib eshittiriladigan xulosa qismi hal qiluv qarorini qabul qilishda ishtirok etgan barcha sudyalar tomonidan imzolanishi va ishga qoʻshib qoʻyilishi kerak. | Hal qiluv qarorining oʻqib eshittiriladigan xulosa qismi hal qiluv qarorini qabul qilishda ishtirok etgan barcha sudyalar tomonidan imzolanishi va ishga qoʻshib qoʻyilishi kerak. |
Hal qiluv qarorini toʻliq hajmda tuzish va imzolash besh kundan koʻp boʻlmagan muddatga kechiktirilishi mumkin. | Hal qiluv qarorini toʻliq hajmda tuzish va imzolash besh kundan koʻp boʻlmagan muddatga kechiktirilishi mumkin. |
Sud majlisida raislik qiluvchi hal qiluv qarori oʻqib eshittirilganidan keyin ishda ishtirok etuvchi shaxslar asoslantirilgan hal qiluv qarori bilan qachon tanishishlari mumkinligi, uni ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuborish tartibini, shuningdek hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) tartibini tushuntirib beradi. | Sud majlisida raislik qiluvchi hal qiluv qarori oʻqib eshittirilganidan keyin ishda ishtirok etuvchi shaxslar asoslantirilgan hal qiluv qarori bilan qachon tanishishlari mumkinligi, uni ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuborish tartibini, shuningdek hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) tartibini tushuntirib beradi. |
160-modda. Hal qiluv qarorining oʻzgarmasligi | 160-modda. Hal qiluv qarorining oʻzgarmasligi |
Ish boʻyicha hal qiluv qarori eʼlon qilinganidan soʻng hal qiluv qarorini qabul qilgan sudning oʻzi uni bekor qilishga yoki oʻzgartirishga haqli emas, bundan qonuniy kuchga kirgan sud hujjatining yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrilishi mustasno. | Ish boʻyicha hal qiluv qarori eʼlon qilinganidan soʻng hal qiluv qarorini qabul qilgan sudning oʻzi uni bekor qilishga yoki oʻzgartirishga haqli emas, bundan qonuniy kuchga kirgan sud hujjatining yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrilishi mustasno. |
161-modda. Hal qiluv qarorining koʻchirma nusxalarini yuborish | 161-modda. Hal qiluv qarorining koʻchirma nusxalarini yuborish |
Sud hal qiluv qarorining koʻchirma nusxalarini topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali ishda ishtirok etuvchi shaxslarga hal qiluv qarori eʼlon qilingan kundan eʼtiboran besh kun ichida yuboradi yoki tilxat olib topshiradi, ushbu shaxslarning elektron pochta manzillari mavjud boʻlgan taqdirda esa hal qiluv qarori elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin. | Sud hal qiluv qarorining koʻchirma nusxalarini topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali ishda ishtirok etuvchi shaxslarga hal qiluv qarori eʼlon qilingan kundan eʼtiboran besh kun ichida yuboradi yoki tilxat olib topshiradi, ushbu shaxslarning elektron pochta manzillari mavjud boʻlgan taqdirda esa hal qiluv qarori elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin. |
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda va tartibda sud hal qiluv qarorining koʻchirma nusxalarini boshqa shaxslarga ham yuboradi. | Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda va tartibda sud hal qiluv qarorining koʻchirma nusxalarini boshqa shaxslarga ham yuboradi. |
162-modda. Qoʻshimcha hal qiluv qarori | 162-modda. Qoʻshimcha hal qiluv qarori |
Hal qiluv qarorini qabul qilgan sud quyidagi hollarda qoʻshimcha hal qiluv qarorini qabul qiladi, agar: | Hal qiluv qarorini qabul qilgan sud quyidagi hollarda qoʻshimcha hal qiluv qarorini qabul qiladi, agar: |
1) ishda ishtirok etuvchi shaxslar dalillar taqdim etgan biror-bir talab boʻyicha hal qiluv qarori qabul qilinmagan boʻlsa; | 1) ishda ishtirok etuvchi shaxslar dalillar taqdim etgan biror-bir talab boʻyicha hal qiluv qarori qabul qilinmagan boʻlsa; |
2) sud huquq toʻgʻrisidagi masalani hal qilib, javobgar amalga oshirishi shart boʻlgan harakatlarni koʻrsatmagan boʻlsa; | 2) sud huquq toʻgʻrisidagi masalani hal qilib, javobgar amalga oshirishi shart boʻlgan harakatlarni koʻrsatmagan boʻlsa; |
3) sud xarajatlari toʻgʻrisidagi masala hal etilmagan boʻlsa. | 3) sud xarajatlari toʻgʻrisidagi masala hal etilmagan boʻlsa. |
Qoʻshimcha hal qiluv qarorini qabul qilish toʻgʻrisidagi masala hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar qoʻyilishi mumkin. | Qoʻshimcha hal qiluv qarorini qabul qilish toʻgʻrisidagi masala hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar qoʻyilishi mumkin. |
Qoʻshimcha hal qiluv qarori ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasiga yoki sudning tashabbusiga koʻra qabul qilinishi mumkin. | Qoʻshimcha hal qiluv qarori ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasiga yoki sudning tashabbusiga koʻra qabul qilinishi mumkin. |
Sud tomonidan qoʻshimcha hal qiluv qarorini qabul qilish toʻgʻrisidagi masala mazkur bobda belgilangan qoidalar boʻyicha sud majlisida hal qilinadi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qilinadi. Biroq tegishli tarzda xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi qoʻshimcha hal qiluv qarorini qabul qilish toʻgʻrisidagi masalani koʻrishga toʻsqinlik qilmaydi. | Sud tomonidan qoʻshimcha hal qiluv qarorini qabul qilish toʻgʻrisidagi masala mazkur bobda belgilangan qoidalar boʻyicha sud majlisida hal qilinadi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qilinadi. Biroq tegishli tarzda xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi qoʻshimcha hal qiluv qarorini qabul qilish toʻgʻrisidagi masalani koʻrishga toʻsqinlik qilmaydi. |
Qoʻshimcha hal qiluv qarori asosiy hal qiluv qarori bilan birga qonuniy kuchga kiradi. | Qoʻshimcha hal qiluv qarori asosiy hal qiluv qarori bilan birga qonuniy kuchga kiradi. |
Qoʻshimcha hal qiluv qarori ustidan asosiy hal qiluv qarori bilan birga shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. | Qoʻshimcha hal qiluv qarori ustidan asosiy hal qiluv qarori bilan birga shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. |
Qoʻshimcha hal qiluv qarorini qabul qilish rad etilgan taqdirda, ajrim chiqariladi. | Qoʻshimcha hal qiluv qarorini qabul qilish rad etilgan taqdirda, ajrim chiqariladi. |
163-modda. Hal qiluv qarorini tushuntirish | 163-modda. Hal qiluv qarorini tushuntirish |
Hal qiluv qarori noaniq boʻlgan taqdirda, ishni hal qilgan sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasiga, shuningdek sud hal qiluv qarorining ijrosi oʻz zimmasiga yuklatilgan organlar va davlat ijrochisining arizasiga koʻra hal qiluv qarorini uning mazmunini oʻzgartirmagan holda tushuntirishga haqli. | Hal qiluv qarori noaniq boʻlgan taqdirda, ishni hal qilgan sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasiga, shuningdek sud hal qiluv qarorining ijrosi oʻz zimmasiga yuklatilgan organlar va davlat ijrochisining arizasiga koʻra hal qiluv qarorini uning mazmunini oʻzgartirmagan holda tushuntirishga haqli. |
Hal qiluv qarorini tushuntirish toʻgʻrisidagi ariza ishda ishtirok etuvchi shaxslarni, davlat ijrochisini yoki sud hujjatini ijro etish zimmasiga yuklatilgan boshqa organlarni ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilgan holda sud majlisida koʻriladi. Biroq mazkur shaxslarning kelmaganligi arizani koʻrishga toʻsqinlik qilmaydi. | Hal qiluv qarorini tushuntirish toʻgʻrisidagi ariza ishda ishtirok etuvchi shaxslarni, davlat ijrochisini yoki sud hujjatini ijro etish zimmasiga yuklatilgan boshqa organlarni ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilgan holda sud majlisida koʻriladi. Biroq mazkur shaxslarning kelmaganligi arizani koʻrishga toʻsqinlik qilmaydi. |
Hal qiluv qarorini tushuntirish toʻgʻrisidagi ariza u berilgan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda koʻrib chiqiladi. | Hal qiluv qarorini tushuntirish toʻgʻrisidagi ariza u berilgan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda koʻrib chiqiladi. |
Hal qiluv qarorini tushuntirish haqida yoki tushuntirishni rad qilish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi. | Hal qiluv qarorini tushuntirish haqida yoki tushuntirishni rad qilish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi. |
Ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. | Ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. |
164-modda. Yozuvdagi xatolarni va arifmetik xatolarni tuzatish | 164-modda. Yozuvdagi xatolarni va arifmetik xatolarni tuzatish |
Hal qiluv qarorini qabul qilgan sud yozuvda yoʻl qoʻyilgan xatolarni va arifmetik xatolarni hal qiluv qarorining mazmunini oʻzgartirmagan holda, ishda ishtirok etuvchi shaxsning, davlat ijrochisining, sud hal qiluv qarorining ijrosi zimmasiga yuklatilgan boshqa organlarning arizasiga koʻra yoki oʻz tashabbusi boʻyicha tuzatishga haqli. | Hal qiluv qarorini qabul qilgan sud yozuvda yoʻl qoʻyilgan xatolarni va arifmetik xatolarni hal qiluv qarorining mazmunini oʻzgartirmagan holda, ishda ishtirok etuvchi shaxsning, davlat ijrochisining, sud hal qiluv qarorining ijrosi zimmasiga yuklatilgan boshqa organlarning arizasiga koʻra yoki oʻz tashabbusi boʻyicha tuzatishga haqli. |
Yozuvdagi yoʻl qoʻyilgan xatolarni yoki arifmetik xatolarni tuzatish toʻgʻrisidagi ariza ishda ishtirok etuvchi shaxslarni, davlat ijrochisini yoki sud hal qiluv qarorining ijrosi zimmasiga yuklatilgan boshqa organlarni ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilgan holda sud majlisida koʻriladi. Biroq mazkur shaxslarning kelmaganligi arizani koʻrishga toʻsqinlik qilmaydi. | Yozuvdagi yoʻl qoʻyilgan xatolarni yoki arifmetik xatolarni tuzatish toʻgʻrisidagi ariza ishda ishtirok etuvchi shaxslarni, davlat ijrochisini yoki sud hal qiluv qarorining ijrosi zimmasiga yuklatilgan boshqa organlarni ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilgan holda sud majlisida koʻriladi. Biroq mazkur shaxslarning kelmaganligi arizani koʻrishga toʻsqinlik qilmaydi. |
Yozuvdagi yoʻl qoʻyilgan xatolarni yoki arifmetik xatolarni tuzatish toʻgʻrisidagi ariza u berilgan kundan eʼtiboran yigirma kunlik muddatda koʻrib chiqiladi. | Yozuvdagi yoʻl qoʻyilgan xatolarni yoki arifmetik xatolarni tuzatish toʻgʻrisidagi ariza u berilgan kundan eʼtiboran yigirma kunlik muddatda koʻrib chiqiladi. |
Yozuvdagi xatolarni, arifmetik xatolarni tuzatish toʻgʻrisida yoki tuzatishni rad etish haqida ajrim chiqariladi. | Yozuvdagi xatolarni, arifmetik xatolarni tuzatish toʻgʻrisida yoki tuzatishni rad etish haqida ajrim chiqariladi. |
Yozuvdagi xatolarni, arifmetik xatolarni tuzatish toʻgʻrisidagi yoki tuzatishni rad etish haqidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. | Yozuvdagi xatolarni, arifmetik xatolarni tuzatish toʻgʻrisidagi yoki tuzatishni rad etish haqidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. |
3-§. Hal qiluv qarorining qonuniy kuchga kirishi va uni ijroga qaratish tartibi | 3-§. Hal qiluv qarorining qonuniy kuchga kirishi va uni ijroga qaratish tartibi |
165-modda. Hal qiluv qarorining qonuniy kuchga kirishi | 165-modda. Hal qiluv qarorining qonuniy kuchga kirishi |
Hal qiluv qarori, agar uning ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat qilinmagan (protest keltirilmagan) boʻlsa, u qabul qilingan kundan eʼtiboran bir oy oʻtgach, qonuniy kuchga kiradi. Apellyatsiya shikoyati (protesti) berilgan taqdirda hal qiluv qarori, agar u bekor qilinmagan boʻlsa, apellyatsiya instansiyasi sudining qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi. | Hal qiluv qarori, agar uning ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat qilinmagan (protest keltirilmagan) boʻlsa, u qabul qilingan kundan eʼtiboran bir oy oʻtgach, qonuniy kuchga kiradi. Apellyatsiya shikoyati (protesti) berilgan taqdirda hal qiluv qarori, agar u bekor qilinmagan boʻlsa, apellyatsiya instansiyasi sudining qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi. |
166-modda. Hal qiluv qarorining ijrosini taʼminlash | 166-modda. Hal qiluv qarorining ijrosini taʼminlash |
Hal qiluv qarorini ijro etish mumkin boʻlmay qoladi yoki qiyinlashadi deb hisoblash uchun asosi boʻlgan shaxslar ushbu hal qiluv qarorini qabul qilgan sudga uning ijrosini taʼminlash toʻgʻrisida ariza berishi mumkin. | Hal qiluv qarorini ijro etish mumkin boʻlmay qoladi yoki qiyinlashadi deb hisoblash uchun asosi boʻlgan shaxslar ushbu hal qiluv qarorini qabul qilgan sudga uning ijrosini taʼminlash toʻgʻrisida ariza berishi mumkin. |
Arizada ijrosi taʼminlanishi zarur boʻlgan hal qiluv qarori va uni taʼminlash toʻgʻrisida iltimos bilan murojaat qilishga arizachini undagan sabablar koʻrsatilishi kerak. | Arizada ijrosi taʼminlanishi zarur boʻlgan hal qiluv qarori va uni taʼminlash toʻgʻrisida iltimos bilan murojaat qilishga arizachini undagan sabablar koʻrsatilishi kerak. |
Hal qiluv qarorining ijrosini taʼminlash toʻgʻrisidagi masala ushbu Kodeksning 95-moddasida nazarda tutilgan tartibda hal etiladi. | Hal qiluv qarorining ijrosini taʼminlash toʻgʻrisidagi masala ushbu Kodeksning 95-moddasida nazarda tutilgan tartibda hal etiladi. |
167-modda. Hal qiluv qarorini ijroga qaratish | 167-modda. Hal qiluv qarorini ijroga qaratish |
Hal qiluv qarori u qonuniy kuchga kirganidan soʻng ijroga qaratiladi. | Hal qiluv qarori u qonuniy kuchga kirganidan soʻng ijroga qaratiladi. |
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat va saylov komissiyalarining xatti-harakatlari (qarorlari) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi ishlarga doir hal qiluv qarorlari darhol ijro etilishi lozim. | Idoraviy normativ-huquqiy hujjat, saylov komissiyalarining va referendum oʻtkazuvchi komissiyalarning xatti-harakatlari (qarorlari) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi ishlarga doir hal qiluv qarorlari darhol ijro etilishi lozim. |
20-bob. Sud ajrimi va qarori | 20-bob. Sud ajrimi va qarori |
168-modda. Ajrim chiqarish | 168-modda. Ajrim chiqarish |
Sud ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda ajrim chiqaradi. | Sud ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda ajrim chiqaradi. |
Ushbu Kodeksda toʻgʻridan-toʻgʻri nazarda tutilgan hollarda, ajrim alohida sud hujjati tarzida chiqariladi. | Ushbu Kodeksda toʻgʻridan-toʻgʻri nazarda tutilgan hollarda, ajrim alohida sud hujjati tarzida chiqariladi. |
Murakkab boʻlmagan masalalarni hal etish chogʻida sud ajrimni oʻz joyida chiqarishi mumkin. Bunday ajrim sud majlisining bayonnomasiga kiritiladi. Ajrimlar chiqarilganidan keyin darhol oʻqib eshittiriladi. | Murakkab boʻlmagan masalalarni hal etish chogʻida sud ajrimni oʻz joyida chiqarishi mumkin. Bunday ajrim sud majlisining bayonnomasiga kiritiladi. Ajrimlar chiqarilganidan keyin darhol oʻqib eshittiriladi. |
169-modda. Ajrimning mazmuni | 169-modda. Ajrimning mazmuni |
Alohida sud hujjati tarzida chiqariladigan ajrimda quyidagilar koʻrsatilishi kerak: | Alohida sud hujjati tarzida chiqariladigan ajrimda quyidagilar koʻrsatilishi kerak: |
1) sudning nomi, ishning raqami, ajrim chiqarilgan sana, sud tarkibi, sud majlisi kotibi, nizo predmeti; | 1) sudning nomi, ishning raqami, ajrim chiqarilgan sana, sud tarkibi, sud majlisi kotibi, nizo predmeti; |
2) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi); | 2) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi); |
3) ajrim chiqarilayotgan masala; | 3) ajrim chiqarilayotgan masala; |
4) sudning xulosalariga olib kelgan asoslar hamda sud amal qilgan qonunlar va boshqa qonun hujjatlari; | 4) sudning xulosalariga olib kelgan asoslar hamda sud amal qilgan qonunlar va boshqa qonunchilik hujjatlari; |
5) koʻrib chiqilayotgan masala boʻyicha xulosa; | 5) koʻrib chiqilayotgan masala boʻyicha xulosa; |
6) agar qonunda nazarda tutilgan boʻlsa, ajrim ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) tartibi va muddati. | 6) agar qonunda nazarda tutilgan boʻlsa, ajrim ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) tartibi va muddati. |
170-modda. Ajrimni oʻqib eshittirish | 170-modda. Ajrimni oʻqib eshittirish |
Sud majlisida chiqarilgan ajrim raislik qiluvchi tomonidan oʻsha sud majlisining oʻzida oʻqib eshittiriladi. | Sud majlisida chiqarilgan ajrim raislik qiluvchi tomonidan oʻsha sud majlisining oʻzida oʻqib eshittiriladi. |
171-modda. Ajrimning koʻchirma nusxalarini yuborish | 171-modda. Ajrimning koʻchirma nusxalarini yuborish |
Sud alohida sud hujjati tarzida ajrim chiqargan taqdirda, ajrim chiqarilganidan keyin besh kunlik muddatda uning koʻchirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga va ajrim daxldor boʻlgan boshqa shaxslarga topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi, ularning elektron manzillari mavjud boʻlgan taqdirda esa ajrim elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin. | Sud alohida sud hujjati tarzida ajrim chiqargan taqdirda, ajrim chiqarilganidan keyin besh kunlik muddatda uning koʻchirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga va ajrim daxldor boʻlgan boshqa shaxslarga topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi, ularning elektron manzillari mavjud boʻlgan taqdirda esa ajrim elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin. |
172-modda. Ajrimni ijro etish | 172-modda. Ajrimni ijro etish |
Agar qonunda yoki sud tomonidan boshqa muddat belgilanmagan boʻlsa, sudning ajrimi darhol ijro etiladi. | Agar qonunda yoki sud tomonidan boshqa muddat belgilanmagan boʻlsa, sudning ajrimi darhol ijro etiladi. |
173-modda. Ajrim ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) tartibi va muddatlari | 173-modda. Ajrim ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) tartibi va muddatlari |
Sudning ajrimi ustidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda, shuningdek ajrim ishning kelgusidagi harakatiga toʻsqinlik qilgan taqdirda, sudning hal qiluv qaroridan alohida tarzda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. | Sudning ajrimi ustidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda, shuningdek ajrim ishning kelgusidagi harakatiga toʻsqinlik qilgan taqdirda, sudning hal qiluv qaroridan alohida tarzda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. |
Boshqa ajrimlar ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti) berilmaydi, lekin bu ajrimlarga qarshi eʼtirozlar sudning hal qiluv qarori ustidan berilgan apellyatsiya shikoyatiga (protestiga) kiritilishi mumkin. | Boshqa ajrimlar ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti) berilmaydi, lekin bu ajrimlarga qarshi eʼtirozlar sudning hal qiluv qarori ustidan berilgan apellyatsiya shikoyatiga (protestiga) kiritilishi mumkin. |
Agar ushbu Kodeksda boshqa muddat belgilanmagan boʻlsa, ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran bir oydan oshmagan muddatda uning ustidan shikoyat (protest) berilishi mumkin. | Agar ushbu Kodeksda boshqa muddat belgilanmagan boʻlsa, ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran bir oydan oshmagan muddatda uning ustidan shikoyat (protest) berilishi mumkin. |
174-modda. Xususiy ajrim | 174-modda. Xususiy ajrim |
Ishni koʻrish chogʻida davlat organining yoki boshqa organning, yuridik shaxsning, mansabdor shaxsning yoki fuqaroning faoliyatida qonun hujjatlari buzilganligi aniqlangan taqdirda, ularning ishda ishtirokidan qatʼi nazar, sud xususiy ajrim chiqarishga haqli. | Ishni koʻrish chogʻida davlat organining yoki boshqa organning, yuridik shaxsning, mansabdor shaxsning yoki fuqaroning faoliyatida qonunchilik hujjatlarining buzilganligi aniqlangan taqdirda, ularning ishda ishtirokidan qatʼi nazar, sud xususiy ajrim chiqarishga haqli. |
Xususiy ajrim bilan sud tegishli organdan yoki mansabdor shaxsdan qonun hujjatlarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslarni javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi masalani oʻzlarining vakolatiga muvofiq koʻrib chiqishni talab qilishi mumkin. | Xususiy ajrim bilan sud tegishli organdan yoki mansabdor shaxsdan qonunchilik hujjatlarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslarni javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi masalani oʻzlarining vakolatiga muvofiq koʻrib chiqishni talab qilishi mumkin. |
Xususiy ajrim tegishli davlat organlariga va boshqa organlarga, yuridik shaxslarga, mansabdor shaxslarga yuboriladi, ular koʻrilgan choralar toʻgʻrisida bir oylik muddatda sudga xabar qilishi shart. | Xususiy ajrim tegishli davlat organlariga va boshqa organlarga, yuridik shaxslarga, mansabdor shaxslarga yuboriladi, ular koʻrilgan choralar toʻgʻrisida bir oylik muddatda sudga xabar qilishi shart. |
Xususiy ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. | Xususiy ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. |
Agar sud nizoni koʻrayotganida shaxslarning xatti-harakatlarida jinoyat alomatlarini aniqlasa, u jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun bu haqda tegishli materiallarni ilova qilgan holda prokurorga xabar qiladi. | Agar sud nizoni koʻrayotganida shaxslarning xatti-harakatlarida jinoyat alomatlarini aniqlasa, u jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun bu haqda tegishli materiallarni ilova qilgan holda prokurorga xabar qiladi. |
21-bob. Sud bayonnomasi | 21-bob. Sud bayonnomasi |
175-modda. Bayonnomaning mazmuni | 175-modda. Bayonnomaning mazmuni |
Sud majlisi chogʻida, shuningdek sud majlisi zalidan tashqarida ayrim protsessual harakatlar bajarilganda bayonnoma yuritiladi. | Sud majlisi chogʻida, shuningdek sud majlisi zalidan tashqarida ayrim protsessual harakatlar bajarilganda bayonnoma yuritiladi. |
Sud majlisining bayonnomasida quyidagilar koʻrsatiladi: | Sud majlisining bayonnomasida quyidagilar koʻrsatiladi: |
1) sud majlisi oʻtkazilgan yil, oy, sana va joy; | 1) sud majlisi oʻtkazilgan yil, oy, sana va joy; |
2) ishni koʻrayotgan sudning nomi, sud tarkibi va sud majlisining kotibi; | 2) ishni koʻrayotgan sudning nomi, sud tarkibi va sud majlisining kotibi; |
3) ishning nomi va raqami; | 3) ishning nomi va raqami; |
4) ishda ishtirok etuvchi shaxslar va sud protsessining boshqa ishtirokchilari kelganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; | 4) ishda ishtirok etuvchi shaxslar va sud protsessining boshqa ishtirokchilari kelganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; |
5) ishda ishtirok etuvchi shaxslarga va sud protsessining boshqa ishtirokchilariga sud tomonidan ularning protsessual huquq va majburiyatlari tushuntirilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; | 5) ishda ishtirok etuvchi shaxslarga va sud protsessining boshqa ishtirokchilariga sud tomonidan ularning protsessual huquq va majburiyatlari tushuntirilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; |
6) sud tomonidan alohida xonaga (maslahatxonaga) kirmasdan joyida chiqarilgan ajrimlar; | 6) sud tomonidan alohida xonaga (maslahatxonaga) kirmasdan joyida chiqarilgan ajrimlar; |
7) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ogʻzaki arzlari va iltimosnomalari; | 7) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ogʻzaki arzlari va iltimosnomalari; |
8) ishni koʻrish chogʻida sudga taqdim etilgan barcha yozma va ashyoviy dalillar, ekspertlarning yozma xulosalari haqidagi maʼlumotlar; | 8) ishni koʻrish chogʻida sudga taqdim etilgan barcha ashyoviy, yozma va raqamli dalillar, ekspertlarning yozma xulosalari haqidagi maʼlumotlar; |
9) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari, guvohlarning koʻrsatuvlari, ekspertlarning oʻz xulosalarini ogʻzaki tushuntirishlari, mutaxassislarning maslahatlari (tushuntirishlari), ashyoviy va yozma dalillarning koʻzdan kechirilganligi, olib qoʻyilganligi, sxemalar tuzilganligi, video va fototasvirga olinganligi haqidagi maʼlumotlar; | 9) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari, guvohlarning koʻrsatuvlari, ekspertlarning oʻz xulosalarini ogʻzaki tushuntirishlari, mutaxassislarning maslahatlari (tushuntirishlari), ashyoviy, yozma va raqamli dalillarning koʻzdan kechirilganligi, olib qoʻyilganligi, sxemalar tuzilganligi, video va fototasvirga olinganligi haqidagi maʼlumotlar; |
10) alohida protsessual harakatlarni amalga oshirish chogʻida olingan maʼlumotlar; | 10) alohida protsessual harakatlarni amalga oshirish chogʻida olingan maʼlumotlar; |
11) sud muzokaralarining mazmuni va prokurorning fikri; | 11) sud muzokaralarining mazmuni va prokurorning fikri; |
12) sudning hal qiluv qarori, ajrimi yoki qarori oʻqib eshittirilganligi haqidagi maʼlumotlar. | 12) sudning hal qiluv qarori, ajrimi yoki qarori oʻqib eshittirilganligi haqidagi maʼlumotlar. |
Sud majlisi bayonnomasida boshqa maʼlumotlar ham koʻrsatilishi mumkin. | Sud majlisi bayonnomasida boshqa maʼlumotlar ham koʻrsatilishi mumkin. |
Sud majlisi audio- yoki videoyozuvga olingan taqdirda, sud majlisi bayonnomasida faqat mazkur modda ikkinchi qismining 1 — 4, 6 — 8, 11-bandlarida nazarda tutilgan masalalar yuzasidan yozuv kiritiladi, ishda ishtirok etuvchi shaxslar bergan tushuntirishlarning boshlangan va tugagan vaqti, guvohlarning koʻrsatuvlari, ekspertlarning oʻz xulosalari yuzasidan bergan ogʻzaki tushuntirishlari, muzokaralar va prokurorning fikri aks ettiriladi, shuningdek sud majlisini yozib olishning texnik vositalaridan foydalanilganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyiladi. Elektron yoxud boshqa audio- yoki videoyozuvlar jamlangan vositalar sud majlisi bayonnomasiga qoʻshib qoʻyiladi. | Sud majlisi audio- yoki videoyozuvga olingan taqdirda, sud majlisi bayonnomasida faqat mazkur modda ikkinchi qismining 1 — 4, 6 — 8, 11-bandlarida nazarda tutilgan masalalar yuzasidan yozuv kiritiladi, ishda ishtirok etuvchi shaxslar bergan tushuntirishlarning boshlangan va tugagan vaqti, guvohlarning koʻrsatuvlari, ekspertlarning oʻz xulosalari yuzasidan bergan ogʻzaki tushuntirishlari, muzokaralar va prokurorning fikri aks ettiriladi, shuningdek sud majlisini yozib olishning texnik vositalaridan foydalanilganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyiladi. Elektron yoxud boshqa audio- yoki videoyozuvlar jamlangan vositalar sud majlisi bayonnomasiga qoʻshib qoʻyiladi. |
Sud majlisi videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilgan taqdirda, sud majlisi bayonnomasida ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilganlardan tashqari quyidagi maʼlumotlar ham koʻrsatilishi kerak: | Sud majlisi videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilgan taqdirda, sud majlisi bayonnomasida ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilganlardan tashqari quyidagi maʼlumotlar ham koʻrsatilishi kerak: |
sud majlisi videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi; | sud majlisi videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi; |
sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazishga koʻmaklashgan sudning nomi haqidagi; | sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazishga koʻmaklashgan sudning nomi haqidagi; |
sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazishga koʻmaklashayotgan sudga kelgan ishda ishtirok etuvchi shaxslar va sud protsessining boshqa ishtirokchilari toʻgʻrisidagi; | sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazishga koʻmaklashayotgan sudga kelgan ishda ishtirok etuvchi shaxslar va sud protsessining boshqa ishtirokchilari toʻgʻrisidagi; |
sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazishga koʻmaklashayotgan sudning hamda ishni koʻrayotgan sudning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari xodimlari haqidagi. | sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazishga koʻmaklashayotgan sudning hamda ishni koʻrayotgan sudning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari xodimlari haqidagi. |
176-modda. Bayonnoma yuritish | 176-modda. Bayonnoma yuritish |
Bayonnoma sud majlisi kotibi tomonidan sud majlisining oʻzida yoki alohida protsessual harakat bajarilganida sud majlisi zalidan tashqarida yuritiladi. | Bayonnoma sud majlisi kotibi tomonidan sud majlisining oʻzida yoki alohida protsessual harakat bajarilganida sud majlisi zalidan tashqarida yuritiladi. |
Bayonnoma sud majlisi tugaganidan yoki alohida protsessual harakat amalga oshirilganidan soʻng uch kundan kechiktirmasdan raislik qiluvchi va sud majlisi kotibi tomonidan imzolanishi kerak. | Bayonnoma sud majlisi tugaganidan yoki alohida protsessual harakat amalga oshirilganidan soʻng uch kundan kechiktirmasdan raislik qiluvchi va sud majlisi kotibi tomonidan imzolanishi kerak. |
177-modda. Bayonnoma yuzasidan fikr-mulohazalar | 177-modda. Bayonnoma yuzasidan fikr-mulohazalar |
Sud protsessi ishtirokchilari sud majlisining bayonnomasi bilan tanishib chiqishga haqli va u imzolangan kundan eʼtiboran besh kun ichida bayonnoma yuzasidan bayonnomada yoʻl qoʻyilgan xatoliklarni yoki undagi maʼlumotlarning toʻliq emasligini koʻrsatgan holda yozma fikr-mulohazalar berishi mumkin. | Sud protsessi ishtirokchilari sud majlisining bayonnomasi bilan tanishib chiqishga haqli va u imzolangan kundan eʼtiboran besh kun ichida bayonnoma yuzasidan bayonnomada yoʻl qoʻyilgan xatoliklarni yoki undagi maʼlumotlarning toʻliq emasligini koʻrsatgan holda yozma fikr-mulohazalar berishi mumkin. |
Sud majlisining bayonnomasi yuzasidan yozma fikr-mulohazalar ular berilgan kundan keyin besh kun ichida sud protsessi ishtirokchilarini chaqirmasdan koʻrib chiqilishi kerak. | Sud majlisining bayonnomasi yuzasidan yozma fikr-mulohazalar ular berilgan kundan keyin besh kun ichida sud protsessi ishtirokchilarini chaqirmasdan koʻrib chiqilishi kerak. |
Sud majlisining bayonnomasi yuzasidan berilgan yozma fikr-mulohazalarni raislik qiluvchi koʻrib chiqadi va ushbu fikr-mulohazalarga qoʻshilsa, ularni qabul qiladi, qoʻshilmagan taqdirda esa ularni rad etadi. | Sud majlisining bayonnomasi yuzasidan berilgan yozma fikr-mulohazalarni raislik qiluvchi koʻrib chiqadi va ushbu fikr-mulohazalarga qoʻshilsa, ularni qabul qiladi, qoʻshilmagan taqdirda esa ularni rad etadi. |
Sud majlisining bayonnomasi yuzasidan yozma fikr-mulohazalar qabul qilinganligi haqida yoki rad etilganligi toʻgʻrisida ajrim chiqariladi. | Sud majlisining bayonnomasi yuzasidan yozma fikr-mulohazalar qabul qilinganligi haqida yoki rad etilganligi toʻgʻrisida ajrim chiqariladi. |
Sud majlisining bayonnomasi yuzasidan sudga besh kunlik muddatni oʻtkazib taqdim etilgan yozma fikr-mulohazalar sud tomonidan koʻrib chiqilmaydi va ishga qoʻshib qoʻyiladi, bu haqda yozma fikr-mulohazalar bergan shaxsga maʼlum qilinadi. | Sud majlisining bayonnomasi yuzasidan sudga besh kunlik muddatni oʻtkazib taqdim etilgan yozma fikr-mulohazalar sud tomonidan koʻrib chiqilmaydi va ishga qoʻshib qoʻyiladi, bu haqda yozma fikr-mulohazalar bergan shaxsga maʼlum qilinadi. |
Sud protsessi ishtirokchilari sud majlisining audio- yoki videoyozuvi bilan tanishish huquqiga ega. | Sud protsessi ishtirokchilari sud majlisining audio- yoki videoyozuvi bilan tanishish huquqiga ega. |
Sud majlisining audio- yoki videoyozuvining koʻchirma nusxalari sud protsessi ishtirokchilariga ishni koʻrib chiqqan sudning ruxsati bilan beriladi. | Sud majlisining audio- yoki videoyozuvining koʻchirma nusxalari sud protsessi ishtirokchilariga ishni koʻrib chiqqan sudning ruxsati bilan beriladi. |
22-bob. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha ish yuritish | 22-bob. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha ish yuritish |
178-modda. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrish tartibi | 178-modda. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrish tartibi |
Fuqarolar yoki yuridik shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga daxldor boʻlgan, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni (bundan buyon matnda idoraviy normativ-huquqiy hujjat deb yuritiladi) haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ishlar ushbu Kodeksda nazarda tutilgan umumiy qoidalar boʻyicha, mazkur bobda belgilangan xususiyatlarni inobatga olgan holda koʻriladi. | Fuqarolar yoki yuridik shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga daxldor boʻlgan, vazirliklar va idoralar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni (bundan buyon matnda idoraviy normativ-huquqiy hujjat deb yuritiladi) haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ishlar ushbu Kodeksda nazarda tutilgan umumiy qoidalar boʻyicha, mazkur bobda belgilangan xususiyatlarni inobatga olgan holda koʻriladi. |
179-modda. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat qilish huquqi | 179-modda. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat qilish huquqi |
Oʻziga nisbatan idoraviy normativ-huquqiy hujjatning amal qilishi tatbiq etiladigan fuqaro yoki yuridik shaxs mazkur hujjat Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari bilan kafolatlangan uning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzgan deb hisoblasa, ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni toʻliq yoki qisman haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat qilishga haqli. | Oʻziga nisbatan idoraviy normativ-huquqiy hujjatning amal qilishi tatbiq etiladigan fuqaro yoki yuridik shaxs mazkur hujjat Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari bilan kafolatlangan uning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzgan deb hisoblasa, ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni toʻliq yoki qisman haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat qilishga haqli. |
180-modda. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi arizaning mazmuni | 180-modda. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi arizaning mazmuni |
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ariza ushbu Kodeksning 128-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlishi kerak. | Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ariza ushbu Kodeksning 128-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlishi kerak. |
Arizada quyidagilar ham koʻrsatilishi kerak: | Arizada quyidagilar ham koʻrsatilishi kerak: |
1) idoraviy normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organning nomi; | 1) idoraviy normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organning nomi; |
2) idoraviy normativ-huquqiy hujjatning nomi, raqami, qabul qilingan sanasi, eʼlon qilish manbai va u toʻgʻrisidagi boshqa maʼlumotlar; | 2) idoraviy normativ-huquqiy hujjatning nomi, raqami, qabul qilingan sanasi, eʼlon qilish manbai va u toʻgʻrisidagi boshqa maʼlumotlar; |
3) arizachining fikriga koʻra, uning ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjat yoki uning ayrim qismlari bilan buzilayotgan huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlari; | 3) arizachining fikriga koʻra, uning ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjat yoki uning ayrim qismlari bilan buzilayotgan huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlari; |
4) arizachining fikriga koʻra, idoraviy normativ-huquqiy hujjat yoki uning alohida qismlari nisbatan yuqori yuridik kuchga ega boʻlgan qaysi qonun hujjatiga zid boʻlsa, oʻsha qonun hujjatining nomi; | 4) arizachining fikriga koʻra, idoraviy normativ-huquqiy hujjat yoki uning alohida qismlari nisbatan yuqori yuridik kuchga ega boʻlgan qaysi qonunchilik hujjatiga zid boʻlsa, oʻsha qonunchilik hujjatining nomi; |
5) arizachining idoraviy normativ-huquqiy hujjatni toʻliq yoki qisman haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi talabi. | 5) arizachining idoraviy normativ-huquqiy hujjatni toʻliq yoki qisman haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi talabi. |
Arizaga ushbu Kodeksning 130-moddasida koʻrsatilgan hujjatlar, shuningdek nizolashilayotgan normativ-huquqiy hujjatning matni ilova qilinadi. | Arizaga ushbu Kodeksning 130-moddasida koʻrsatilgan hujjatlar, shuningdek nizolashilayotgan normativ-huquqiy hujjatning matni ilova qilinadi. |
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisida sudga ariza berilganligi nizolashilayotgan hujjatning yoki uning ayrim qoidalarining amal qilishini toʻxtatib turmaydi. | Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisida sudga ariza berilganligi nizolashilayotgan hujjatning yoki uning ayrim qoidalarining amal qilishini toʻxtatib turmaydi. |
181-modda. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish xususiyatlari | 181-modda. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish xususiyatlari |
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ish sud tomonidan hayʼat tarkibida koʻriladi. | Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ish sud tomonidan hayʼat tarkibida koʻriladi. |
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ish nizolashilayotgan hujjatni qabul qilgan organ vakillarining majburiy ishtirokida koʻrib chiqiladi. | Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ish nizolashilayotgan hujjatni qabul qilgan organ vakillarining majburiy ishtirokida koʻrib chiqiladi. |
Sud idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ishni koʻrishda uning toʻlaligicha yoki muayyan qismi nisbatan yuqori yuridik kuchga ega boʻlgan qonun hujjatiga muvofiqligini, shuningdek nizolashilayotgan normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organning vakolatlarini hamda uning Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ruyxatidan oʻtganligini tekshiradi. | Sud idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ishni koʻrishda uning toʻlaligicha yoki muayyan qismi nisbatan yuqori yuridik kuchga ega boʻlgan qonunchilik hujjatiga muvofiqligini, shuningdek nizolashilayotgan normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organning vakolatlarini hamda uning Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtganligini tekshiradi. |
182-modda. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ish boʻyicha sudning hal qiluv qarori | 182-modda. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ish boʻyicha sudning hal qiluv qarori |
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ish boʻyicha hal qiluv qarori ushbu Kodeksning 19-bobida belgilangan qoidalar boʻyicha sud tomonidan qabul qilinadi. | Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ish boʻyicha hal qiluv qarori ushbu Kodeksning 19-bobida belgilangan qoidalar boʻyicha sud tomonidan qabul qilinadi. |
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ishni koʻrish natijasi boʻyicha sud arizani qanoatlantirish haqida yoki qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida hal qiluv qarori qabul qiladi. | Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ishni koʻrish natijasi boʻyicha sud arizani qanoatlantirish haqida yoki qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida hal qiluv qarori qabul qiladi. |
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi arizani qanoatlantirish haqidagi hal qiluv qarorining xulosa qismida quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak: | Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi arizani qanoatlantirish haqidagi hal qiluv qarorining xulosa qismida quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak: |
1) idoraviy normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organning nomi, hujjatning nomi, raqami va qabul qilingan sanasi; | 1) idoraviy normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organning nomi, hujjatning nomi, raqami va qabul qilingan sanasi; |
2) idoraviy normativ-huquqiy hujjat toʻliq yoki qisman haqiqiy emas deb topilganligi; | 2) idoraviy normativ-huquqiy hujjat toʻliq yoki qisman haqiqiy emas deb topilganligi; |
3) sud xarajatlarini taqsimlash. | 3) sud xarajatlarini taqsimlash. |
Sudning idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ishni koʻrish natijasi boʻyicha qabul qilgan hal qiluv qarori u qabul qilingan paytdan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi. | Sudning idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ishni koʻrish natijasi boʻyicha qabul qilgan hal qiluv qarori u qabul qilingan paytdan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi. |
Sud tomonidan toʻliq yoki qisman haqiqiy emas deb topilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjat yoki uning ayrim qismlari sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan paytdan eʼtiboran qoʻllanilmaydi va ular hujjatni qabul qilgan organ tomonidan nisbatan yuqori yuridik kuchga ega boʻlgan qonun hujjatiga muvofiqlashtirilishi kerak. | Sud tomonidan toʻliq yoki qisman haqiqiy emas deb topilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjat yoki uning ayrim qismlari sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan paytdan eʼtiboran qoʻllanilmaydi va ular hujjatni qabul qilgan organ tomonidan nisbatan yuqori yuridik kuchga ega boʻlgan qonunchilik hujjatiga muvofiqlashtirilishi kerak. |
183-modda. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ish boʻyicha sudning hal qiluv qarorini eʼlon qilish | 183-modda. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ish boʻyicha sudning hal qiluv qarorini eʼlon qilish |
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori sud tomonidan davlat organlarining nizolashilayotgan hujjat eʼlon qilingan rasmiy nashrlariga yuboriladi hamda koʻrsatilgan nashrlarda darhol eʼlon qilinishi lozim. | Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori sud tomonidan davlat organlarining nizolashilayotgan hujjat eʼlon qilingan rasmiy nashrlariga yuboriladi hamda koʻrsatilgan nashrlarda darhol eʼlon qilinishi lozim. |
23-bob. Maʼmuriy organlarning va fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish | 23-bob. Maʼmuriy organlarning va fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish |
184-modda. Maʼmuriy organlarning va fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish tartibi | 184-modda. Maʼmuriy organlarning va fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish tartibi |
Maʼmuriy organlarning va fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish toʻgʻrisidagi ishlar sud tomonidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan umumiy qoidalarga koʻra, mazkur bobda belgilangan xususiyatlarni inobatga olgan holda koʻrib chiqiladi. | Maʼmuriy organlarning va fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish toʻgʻrisidagi ishlar sud tomonidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan umumiy qoidalarga koʻra, mazkur bobda belgilangan xususiyatlarni inobatga olgan holda koʻrib chiqiladi. |
Maʼmuriy organlarning va fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish toʻgʻrisidagi ishlar, agar ularni koʻrib chiqish qonun bilan boshqa davlat organlarining vakolatiga kiritilmagan boʻlsa, sudda koʻrib chiqiladi. | Maʼmuriy organlarning va fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish toʻgʻrisidagi ishlar, agar ularni koʻrib chiqish qonun bilan boshqa davlat organlarining vakolatiga kiritilmagan boʻlsa, sudda koʻrib chiqiladi. |
Maʼmuriy organlarning va fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish fuqarolar yoki yuridik shaxslarning (bundan buyon matnda manfaatdor shaxs deb yuritiladi) arizalari asosida qoʻzgʻatiladi. | Maʼmuriy organlarning va fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish fuqarolar yoki yuridik shaxslarning (bundan buyon matnda manfaatdor shaxs deb yuritiladi) arizalari asosida qoʻzgʻatiladi. |
185-modda. Maʼmuriy organning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining, ular mansabdor shaxslarining qarori, harakati (harakatsizligi) ustidan ariza (shikoyat) bilan sudga murojaat etish huquqi | 185-modda. Maʼmuriy organning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining, ular mansabdor shaxslarining qarori, harakati (harakatsizligi) ustidan ariza (shikoyat) bilan sudga murojaat etish huquqi |
Manfaatdor shaxs maʼmuriy organning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining qarorlarini haqiqiy emas, ular mansabdor shaxslarining harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish toʻgʻrisida ariza (shikoyat) bilan, agar bu qaror, harakatlar (harakatsizlik) tufayli: | Manfaatdor shaxs maʼmuriy organning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining qarorlarini haqiqiy emas, ular mansabdor shaxslarining harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish toʻgʻrisida ariza (shikoyat) bilan, agar bu qaror, harakatlar (harakatsizlik) tufayli: |
uning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzgan; | uning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzgan; |
uning huquqlari, erkinliklarini amalga oshirishga va qonuniy manfaatlarini roʻyobga chiqarishga toʻsiqlar vujudga keltirgan; | uning huquqlari, erkinliklarini amalga oshirishga va qonuniy manfaatlarini roʻyobga chiqarishga toʻsiqlar vujudga keltirgan; |
uning zimmasiga qonunga xilof ravishda biror-bir majburiyat yuklagan; | uning zimmasiga qonunga xilof ravishda biror-bir majburiyat yuklagan; |
uning u yoki bu sohadagi faoliyatni amalga oshirishi uchun boshqa toʻsiqlar vujudga keltirgan deb hisoblasa, sudga murojaat qilishga haqli. | uning u yoki bu sohadagi faoliyatni amalga oshirishi uchun boshqa toʻsiqlar vujudga keltirgan deb hisoblasa, sudga murojaat qilishga haqli. |
186-modda. Maʼmuriy organning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining, ular mansabdor shaxslarining qarori, harakati (harakatsizligi) ustidan ariza (shikoyat) bilan sudga murojaat etish muddatlari | 186-modda. Maʼmuriy organning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining, ular mansabdor shaxslarining qarori, harakati (harakatsizligi) ustidan ariza (shikoyat) bilan sudga murojaat etish muddatlari |
Agar ushbu Kodeksda yoki oʻzga qonunlarda boshqa muddatlar belgilanmagan boʻlsa, maʼmuriy organning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining, ular mansabdor shaxslarining qarori, harakati (harakatsizligi) ustidan ariza (shikoyat) manfaatdor shaxsga oʻzining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻgʻrisida maʼlum boʻlgan paytdan eʼtiboran uch oy ichida sudga berilishi mumkin. | Agar ushbu Kodeksda yoki oʻzga qonunlarda boshqa muddatlar belgilanmagan boʻlsa, maʼmuriy organning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining, ular mansabdor shaxslarining qarori, harakati (harakatsizligi) ustidan ariza (shikoyat) manfaatdor shaxsga oʻzining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻgʻrisida maʼlum boʻlgan paytdan eʼtiboran olti oy ichida sudga berilishi mumkin. |
Davlat ijrochisining qarorini haqiqiy emas, harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish toʻgʻrisidagi ariza (shikoyat) manfaatdor shaxsga oʻzining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻgʻrisida maʼlum boʻlgan paytdan eʼtiboran oʻn kun ichida sudga berilishi mumkin. | Davlat ijrochisining qarorini haqiqiy emas, harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish toʻgʻrisidagi ariza (shikoyat) manfaatdor shaxsga oʻzining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻgʻrisida maʼlum boʻlgan paytdan eʼtiboran oʻn kun ichida sudga berilishi mumkin. |
Ariza (shikoyat) berishning uzrli sababga koʻra oʻtkazib yuborilgan muddati sud tomonidan tiklanishi mumkin. | Ariza (shikoyat) berishning uzrli sababga koʻra oʻtkazib yuborilgan muddati sud tomonidan tiklanishi mumkin. |
187-modda. Maʼmuriy organning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining, ular mansabdor shaxslarining qarorini haqiqiy emas, harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish toʻgʻrisidagi arizaning (shikoyatning) shakli va mazmuni | 187-modda. Maʼmuriy organning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining, ular mansabdor shaxslarining qarorini haqiqiy emas, harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish toʻgʻrisidagi arizaning (shikoyatning) shakli va mazmuni |
Maʼmuriy organlarning va fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining qarorlarini haqiqiy emas, ular mansabdor shaxslarining, harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish toʻgʻrisidagi ariza (shikoyat) ushbu Kodeksning 128-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlishi kerak. | Maʼmuriy organlarning va fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining qarorlarini haqiqiy emas, ular mansabdor shaxslarining, harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish toʻgʻrisidagi ariza (shikoyat) ushbu Kodeksning 128-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlishi kerak. |
Arizada (shikoyatda) quyidagilar ham koʻrsatilishi kerak: | Arizada (shikoyatda) quyidagilar ham koʻrsatilishi kerak: |
1) ustidan shikoyat qilinayotgan qarorni qabul qilgan yoki shikoyat qilinayotgan harakatni (harakatsizlikni) sodir etgan maʼmuriy organning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining nomi, mansabdor shaxsning familiyasi, ism-sharifining bosh harflari; | 1) ustidan shikoyat qilinayotgan qarorni qabul qilgan yoki shikoyat qilinayotgan harakatni (harakatsizlikni) sodir etgan maʼmuriy organning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining nomi, mansabdor shaxsning familiyasi, ism-sharifining bosh harflari; |
2) ustidan shikoyat qilinayotgan qarorning nomi, raqami, u qabul qilingan sana, ustidan shikoyat qilinayotgan harakatlar (harakatsizlik) sodir etilgan sana va joy; | 2) ustidan shikoyat qilinayotgan qarorning nomi, raqami, u qabul qilingan sana, ustidan shikoyat qilinayotgan harakatlar (harakatsizlik) sodir etilgan sana va joy; |
3) arizachining fikriga koʻra, ustidan shikoyat qilinayotgan qaror, harakatlar (harakatsizlik) tufayli uning buzilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; | 3) arizachining fikriga koʻra, ustidan shikoyat qilinayotgan qaror, harakatlar (harakatsizlik) tufayli uning buzilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; |
4) arizachining fikriga koʻra, ustidan shikoyat qilinayotgan qarorning, harakatlarning (harakatsizlikning) qaysi qonun hujjatiga zid ekanligi; | 4) arizachining fikriga koʻra, ustidan shikoyat qilinayotgan qarorning, harakatlarning (harakatsizlikning) qaysi qonunchilikka zid ekanligi; |
5) arizachining qarorni haqiqiy emas, harakatlarni (harakatsizlikni) qonunga xilof deb topish toʻgʻrisidagi talabi. | 5) arizachining qarorni haqiqiy emas, harakatlarni (harakatsizlikni) qonunga xilof deb topish toʻgʻrisidagi talabi. |
Arizaga (shikoyatga) ushbu Kodeksning 130-moddasida koʻrsatilgan hujjatlar, shuningdek ustidan shikoyat qilinayotgan qarorning matni ilova qilinadi. | Arizaga (shikoyatga) ushbu Kodeksning 130-moddasida koʻrsatilgan hujjatlar, shuningdek ustidan shikoyat qilinayotgan qarorning matni ilova qilinadi. |
188-modda. Maʼmuriy organning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud muhokamasining xususiyatlari | 188-modda. Maʼmuriy organning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud muhokamasining xususiyatlari |
Maʼmuriy organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish toʻgʻrisidagi ish ustidan shikoyat qilinayotgan qarorni qabul qilgan yoki ustidan shikoyat qilinayotgan harakatni (harakatsizlikni) sodir etgan organning yoki mansabdor shaxsning vakillari ishtirokida koʻrib chiqiladi. Biroq sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilingan ushbu shaxslarning kelmaganligi ishni koʻrish uchun toʻsqinlik qilmaydi. | Maʼmuriy organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish toʻgʻrisidagi ish ustidan shikoyat qilinayotgan qarorni qabul qilgan yoki ustidan shikoyat qilinayotgan harakatni (harakatsizlikni) sodir etgan organning yoki mansabdor shaxsning vakillari ishtirokida koʻrib chiqiladi. Biroq sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilingan ushbu shaxslarning kelmaganligi ishni koʻrish uchun toʻsqinlik qilmaydi. |
Ustidan shikoyat qilinayotgan qarorni qabul qilgan yoki ustidan shikoyat qilinayotgan harakatni (harakatsizlikni) sodir etgan maʼmuriy organning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining, mansabdor shaxsning vakillari sud majlisiga kelishini sud majburiy deb topishi va ularni tushuntirishlar berish uchun sud majlisiga chaqirishi mumkin. | Ustidan shikoyat qilinayotgan qarorni qabul qilgan yoki ustidan shikoyat qilinayotgan harakatni (harakatsizlikni) sodir etgan maʼmuriy organning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining, mansabdor shaxsning vakillari sud majlisiga kelishini sud majburiy deb topishi va ularni tushuntirishlar berish uchun sud majlisiga chaqirishi mumkin. |
Maʼmuriy organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish chogʻida sud ustidan shikoyat qilinayotgan qaror yoki uning ayrim qismlari, harakatlar (harakatsizlik) qonuniyligini, ustidan shikoyat qilinayotgan qarorni qabul qilgan yoxud ustidan shikoyat qilinayotgan harakatni (harakatsizlikni) sodir etgan organning yoki mansabdor shaxsning vakolatlarini tekshiradi, shuningdek ustidan shikoyat qilinayotgan qaror yoki uning ayrim qismlari yoxud harakatlar (harakatsizlik) arizachining huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzganligini aniqlaydi. | Maʼmuriy organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish chogʻida sud ustidan shikoyat qilinayotgan qaror yoki uning ayrim qismlari, harakatlar (harakatsizlik) qonuniyligini, ustidan shikoyat qilinayotgan qarorni qabul qilgan yoxud ustidan shikoyat qilinayotgan harakatni (harakatsizlikni) sodir etgan organning yoki mansabdor shaxsning vakolatlarini tekshiradi, shuningdek ustidan shikoyat qilinayotgan qaror yoki uning ayrim qismlari yoxud harakatlar (harakatsizlik) arizachining huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzganligini aniqlaydi. |
189-modda. Maʼmuriy organning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining, ular mansabdor shaxslarining qarori, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish toʻgʻrisidagi ish boʻyicha sudning hal qiluv qarori | 189-modda. Maʼmuriy organning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining, ular mansabdor shaxslarining qarori, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish toʻgʻrisidagi ish boʻyicha sudning hal qiluv qarori |
Maʼmuriy organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish toʻgʻrisidagi ish boʻyicha hal qiluv qarori ushbu Kodeksning 19-bobida belgilangan qoidalarga koʻra sud tomonidan qabul qilinadi. | Maʼmuriy organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish toʻgʻrisidagi ish boʻyicha hal qiluv qarori ushbu Kodeksning 19-bobida belgilangan qoidalarga koʻra sud tomonidan qabul qilinadi. |
Sud ustidan shikoyat qilinayotgan qaror yoki uning ayrim qismlari yoxud harakatlar (harakatsizlik) qonun hujjatlariga zid ekanligini hamda arizachining huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzayotganligini aniqlasa, qarorni yoki uning ayrim qismlarini haqiqiy emas, yoxud harakatlarni (harakatsizlikni) qonunga xilof deb topish toʻgʻrisida hal qiluv qarori qabul qiladi. | Sud ustidan shikoyat qilinayotgan qaror yoki uning ayrim qismlari yoxud harakatlar (harakatsizlik) qonunchilikka zid ekanligini hamda arizachining huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzayotganligini aniqlasa, qarorni yoki uning ayrim qismlarini haqiqiy emas, yoxud harakatlarni (harakatsizlikni) qonunga xilof deb topish toʻgʻrisida hal qiluv qarori qabul qiladi. |
Sud agar ustidan shikoyat qilinayotgan qaror yoki uning ayrim qoidalari yoxud harakatlar (harakatsizlik) qonunga muvofiq ekanligini hamda arizachining huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzmayotganligini aniqlasa, u arz qilingan talabni qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida hal qiluv qarori qabul qiladi. | Sud agar ustidan shikoyat qilinayotgan qaror yoki uning ayrim qoidalari yoxud harakatlar (harakatsizlik) qonunga muvofiq ekanligini hamda arizachining huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzmayotganligini aniqlasa, u arz qilingan talabni qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida hal qiluv qarori qabul qiladi. |
Qarorni haqiqiy emas, harakatlarni (harakatsizlikni) qonunga xilof deb topish toʻgʻrisidagi arizani qanoatlantirish haqidagi hal qiluv qarorining xulosa qismida quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak: | Qarorni haqiqiy emas, harakatlarni (harakatsizlikni) qonunga xilof deb topish toʻgʻrisidagi arizani qanoatlantirish haqidagi hal qiluv qarorining xulosa qismida quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak: |
1) qarorni qabul qilgan yoki harakatlarni (harakatsizlikni) sodir etgan organning (mansabdor shaxsning) nomi, qarorning nomi, raqami, u qabul qilingan sana, ustidan shikoyat qilinayotgan harakatlar (harakatsizlik) sodir etilgan sana va joy; | 1) qarorni qabul qilgan yoki harakatlarni (harakatsizlikni) sodir etgan organning (mansabdor shaxsning) nomi, qarorning nomi, raqami, u qabul qilingan sana, ustidan shikoyat qilinayotgan harakatlar (harakatsizlik) sodir etilgan sana va joy; |
2) qarorning toʻliq yoki qisman haqiqiy emas yoki harakatlarning (harakatsizlikning) qonunga xilof deb topilganligi; | 2) qarorning toʻliq yoki qisman haqiqiy emas yoki harakatlarning (harakatsizlikning) qonunga xilof deb topilganligi; |
3) sud xarajatlarini taqsimlash. | 3) sud xarajatlarini taqsimlash. |
Qaror haqiqiy emas, harakatlar (harakatsizlik) qonunga xilof deb topilgan taqdirda sud tegishli organning yoki mansabdor shaxsning zimmasiga quyidagi majburiyatlarni yuklaydi: | Qaror haqiqiy emas, harakatlar (harakatsizlik) qonunga xilof deb topilgan taqdirda sud tegishli organning yoki mansabdor shaxsning zimmasiga quyidagi majburiyatlarni yuklaydi: |
qonunga muvofiq qaror qabul qilish yoki muayyan harakatlarni amalga oshirish yoxud arizachining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining buzilishlarini boshqacha usulda bartaraf etish; | qonunga muvofiq qaror qabul qilish yoki muayyan harakatlarni amalga oshirish yoxud arizachining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining buzilishlarini boshqacha usulda bartaraf etish; |
yoʻl qoʻyilgan buzilishlarni bartaraf etish va hal qiluv qarorining ijrosi toʻgʻrisida sudga va arizachiga, agar sud tomonidan boshqacha muddat belgilanmagan boʻlsa, sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran bir oy ichida xabar qilish. | yoʻl qoʻyilgan buzilishlarni bartaraf etish va hal qiluv qarorining ijrosi toʻgʻrisida sudga va arizachiga, agar sud tomonidan boshqacha muddat belgilanmagan boʻlsa, sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran bir oy ichida xabar qilish. |
Sudning ishni koʻrish natijasi boʻyicha qabul qilingan hal qiluv qarori, agar uning ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat qilinmagan (protest keltirilmagan) boʻlsa, u qabul qilingan paytdan eʼtiboran bir oy oʻtgach, qonuniy kuchga kiradi. | Sudning ishni koʻrish natijasi boʻyicha qabul qilingan hal qiluv qarori, agar uning ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat qilinmagan (protest keltirilmagan) boʻlsa, u qabul qilingan paytdan eʼtiboran bir oy oʻtgach, qonuniy kuchga kiradi. |
24-bob. Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish toʻgʻrisida ish yuritish 190-modda. Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish toʻgʻrisida iltimosnoma berish Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirishga asoslar aniqlangan taqdirda, ichki ishlar organi bunday shaxs ichki ishlar organiga keltirilgan paytdan eʼtiboran 48 soat ichida uni reabilitatsiya markaziga oʻttiz sutkadan koʻp boʻlmagan muddatga joylashtirish toʻgʻrisida sudga iltimosnoma yuborish uchun materiallarni tayyorlashi shart. Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma va uni reabilitatsiya markaziga joylashtirish zarurligini tasdiqlovchi materiallar muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxs aniqlangan yoki reabilitatsiya markazi joylashgan yerdagi tumanlararo maʼmuriy sudga ichki ishlar organi tomonidan beriladi. 191-modda. Iltimosnomaning shakli va mazmuni Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma sudga yozma shaklda beriladi va ichki ishlar organining rahbari yoki uning oʻrinbosari tomonidan imzolanadi. Iltimosnomada quyidagilar koʻrsatilishi kerak: 1) ariza berilayotgan sudning nomi; 2) ichki ishlar organining nomi va joylashgan yeri (pochta manzili); 3) muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi; 4) iltimosnomaga asos boʻlgan holatlar; 5) berilgan iltimosnomaning asoslarini tasdiqlovchi dalillar; 6) muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimos, joylashtirish muddatini koʻrsatgan holda; 7) ilova qilinayotgan hujjatlarning roʻyxati. Iltimosnomada ichki ishlar organining telefon, faks raqamlari, elektron manzili koʻrsatilishi mumkin. Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish toʻgʻrisida ushbu moddada nazarda tutilgan talablarni buzgan holda berilgan iltimosnoma ichki ishlar organiga qaytariladi. 192-modda. Iltimosnomaga ilova qilinadigan hujjatlar Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnomaga quyidagilar ilova qilinadi: 1) muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsni aniqlagan mansabdor shaxsning shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish toʻgʻrisida sudga iltimosnoma kiritish toʻgʻrisidagi, tegishli tuman (shahar) ichki ishlar organi rahbari tomonidan tasdiqlangan qarori; 2) yashash manzillari (manzillar boʻyicha byuro) haqida axborot beruvchi organning maʼlumotnomasi, shuningdek muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidagi maʼlum boʻlgan oxirgi yashash joyini tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumot; 3) muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsning tushuntirishi yoki bunday shaxs tomonidan tushuntirish berish rad etilganligi toʻgʻrisida tegishli tarzda tuzilgan dalolatnoma; 4) muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish natijalari toʻgʻrisida tibbiy maʼlumotnoma; 5) muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsning huquqlari, shu jumladan advokatning yuridik yordamidan foydalanish va oʻz yaqinlariga telefon orqali qoʻngʻiroq qilish huquqi tushuntirilganligi haqidagi bayonnoma. Iltimosnomaga bildirilgan iltimosnomani asoslovchi boshqa hujjatlar ham ilova qilinishi mumkin. 193-modda. Iltimosnomaning sud tomonidan koʻrib chiqilishi Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma taqdim etilgan paytdan eʼtiboran 24 soat ichida sudya tomonidan yopiq sud majlisida yakka tartibda koʻrib chiqiladi. Oʻziga nisbatan reabilitatsiya markaziga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma koʻrib chiqilayotgan shaxs va ichki ishlar organining vakili sud majlisida ishtirok etishi shart. Sud majlisida advokat ishtirok etishi mumkin. Iltimosnomani koʻrib chiqish ichki ishlar organi vakilining muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish zarurligi va joylashtirish muddati asoslab beriladigan maʼruzasi bilan boshlanadi. Soʻngra oʻziga nisbatan iltimosnoma koʻrib chiqilayotgan shaxs, agar sud majlisida ishtirok etayotgan boʻlsa, advokat, sudga kelgan boshqa shaxslar eshitiladi, taqdim etilgan materiallar tekshiriladi. Qaror sudya tomonidan alohida xonada chiqariladi. Iltimosnomani koʻrib chiqish natijasi boʻyicha sud quyidagi qarorlardan birini chiqaradi: iltimosnomani qanoatlantirish va muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish toʻgʻrisida; iltimosnomani qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida. Iltimosnomani qanoatlantirish yoki qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror u oʻqib eshittirilgan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi va darhol ijro etilishi lozim. Qaror ijro etish uchun darhol ichki ishlar organi vakiliga, agar sud majlisida ishtirok etgan boʻlsa, advokatga va oʻziga nisbatan qaror chiqarilgan shaxsga topshiriladi. Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish natijasi boʻyicha chiqarilgan qaror ustidan u chiqarilgan kundan eʼtiboran uch kun ichida apellyatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. Apellyatsiya instansiyasi sudi qaror ustidan berilgan shikoyatni (protestni) u kelib tushgan kundan eʼtiboran uch kun ichida koʻrib chiqib, uning natijasi boʻyicha quyidagi qarorlardan birini chiqaradi: qarorni oʻzgarishsiz, shikoyatni (protestni) esa qanoatlantirmasdan qoldirish toʻgʻrisida; muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirishga oid iltimosnomani qanoatlantirish haqidagi qarorni bekor qilish va shaxsni reabilitatsiya markazidan ozod qilish toʻgʻrisida; iltimosnomani qanoatlantirmasdan qoldirish haqidagi qarorni bekor qilish va muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish toʻgʻrisida. | |
25-bob. Yoʻqolgan sud ishini yuritishni tiklash | 25-bob. Yoʻqolgan sud ishini yuritishni tiklash |
194-modda. Yoʻqolgan sud ishini yuritishni tiklashning umumiy qoidalari | 194-modda. Yoʻqolgan sud ishini yuritishni tiklashning umumiy qoidalari |
Sud yoʻqolgan sud ishini yuritishni ishda ishtirok etuvchi shaxslarning, prokurorning arizasiga, shuningdek oʻz tashabbusiga koʻra tiklashi mumkin. | Sud yoʻqolgan sud ishini yuritishni ishda ishtirok etuvchi shaxslarning, prokurorning arizasiga, shuningdek oʻz tashabbusiga koʻra tiklashi mumkin. |
Yoʻqolgan sud ishini yuritish toʻliq yoki uning sud fikriga koʻra tiklanishi zarur boʻlgan qismi tiklanadi. Sudning hal qiluv qarori yoki ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi ajrimi, agar ular ish yuzasidan chiqarilgan boʻlsa, tiklanishi shart. | Yoʻqolgan sud ishini yuritish toʻliq yoki uning sud fikriga koʻra tiklanishi zarur boʻlgan qismi tiklanadi. Sudning hal qiluv qarori yoki ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi ajrimi, agar ular ish yuzasidan chiqarilgan boʻlsa, tiklanishi shart. |
Arizachi yoʻqolgan sud ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish chogʻida sud tomonidan qilingan sud xarajatlarini toʻlashdan ozod qilinadi. Bila turib yolgʻon ariza berilganda sud xarajatlari arizachidan undirib olinadi. | Arizachi yoʻqolgan sud ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish chogʻida sud tomonidan qilingan sud xarajatlarini toʻlashdan ozod qilinadi. Bila turib yolgʻon ariza berilganda sud xarajatlari arizachidan undirib olinadi. |
195-modda. Yoʻqolgan sud ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi ariza | 195-modda. Yoʻqolgan sud ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi ariza |
Yoʻqolgan sud ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi ariza ishni koʻrib chiqqan sudga beriladi. | Yoʻqolgan sud ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi ariza ishni koʻrib chiqqan sudga beriladi. |
Arizada ish toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotlar boʻlishi kerak. | Arizada ish toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotlar boʻlishi kerak. |
Arizachida saqlanib qolgan va ishga daxldor boʻlgan hujjatlar yoki ularning koʻchirma nusxalari, garchi ular belgilangan tartibda tasdiqlanmagan boʻlsa ham arizaga ilova qilinadi. | Arizachida saqlanib qolgan va ishga daxldor boʻlgan hujjatlar yoki ularning koʻchirma nusxalari, garchi ular belgilangan tartibda tasdiqlanmagan boʻlsa ham arizaga ilova qilinadi. |
196-modda. Yoʻqolgan sud ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish | 196-modda. Yoʻqolgan sud ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish |
Sud yoʻqolgan sud ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish chogʻida ish yuritishning saqlanib qolgan qismidan, sud ishini yuritish yoʻqolguniga qadar ushbu ishdan fuqarolar va tashkilotlarga olib berilgan hujjatlardan, bu hujjatlarning koʻchirma nusxalaridan, shuningdek ishga daxldor boʻlgan boshqa hujjatlardan foydalanadi. | Sud yoʻqolgan sud ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish chogʻida ish yuritishning saqlanib qolgan qismidan, sud ishini yuritish yoʻqolguniga qadar ushbu ishdan fuqarolar va tashkilotlarga olib berilgan hujjatlardan, bu hujjatlarning koʻchirma nusxalaridan, shuningdek ishga daxldor boʻlgan boshqa hujjatlardan foydalanadi. |
Sud protsessual harakatlarni amalga oshirish chogʻida hozir boʻlgan shaxslarni, sudning hal qiluv qarorini ijro qilgan shaxslarni, zarur hollarda esa yoʻqolgan sud ishini koʻrib chiqqan sud tarkibiga kirgan shaxslarni ham guvoh sifatida soʻroq qilishi mumkin. | Sud protsessual harakatlarni amalga oshirish chogʻida hozir boʻlgan shaxslarni, sudning hal qiluv qarorini ijro qilgan shaxslarni, zarur hollarda esa yoʻqolgan sud ishini koʻrib chiqqan sud tarkibiga kirgan shaxslarni ham guvoh sifatida soʻroq qilishi mumkin. |
197-modda. Yoʻqolgan sud ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi ariza boʻyicha sudning hal qiluv qarori | 197-modda. Yoʻqolgan sud ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi ariza boʻyicha sudning hal qiluv qarori |
Yoʻqolgan sud hal qiluv qarorini yoki ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi ajrimni tiklash toʻgʻrisidagi sud hal qiluv qarorida sud tiklanayotgan sud hujjatining mazmuni sudga taqdim etilgan va yoʻqolgan ish boʻyicha sud protsessining barcha ishtirokchilari ishtirokidagi sud majlisida tekshirilgan qaysi aniq maʼlumotlar asosida aniqlangan deb hisoblashi koʻrsatiladi. | Yoʻqolgan sud hal qiluv qarorini yoki ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi ajrimni tiklash toʻgʻrisidagi sud hal qiluv qarorida sud tiklanayotgan sud hujjatining mazmuni sudga taqdim etilgan va yoʻqolgan ish boʻyicha sud protsessining barcha ishtirokchilari ishtirokidagi sud majlisida tekshirilgan qaysi aniq maʼlumotlar asosida aniqlangan deb hisoblashi koʻrsatiladi. |
198-modda. Yoʻqolgan sud ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi ariza boʻyicha ish yuritishni tugatish | 198-modda. Yoʻqolgan sud ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi ariza boʻyicha ish yuritishni tugatish |
Toʻplangan materiallar yoʻqolgan sud ishini yuritishni aniq tiklash uchun yetarli boʻlmasa, sud ajrim chiqarib, ish yuritishni tugatadi. Bu holda arizachi umumiy tartibda ariza (shikoyat) taqdim etishga haqli. | Toʻplangan materiallar yoʻqolgan sud ishini yuritishni aniq tiklash uchun yetarli boʻlmasa, sud ajrim chiqarib, ish yuritishni tugatadi. Bu holda arizachi umumiy tartibda ariza (shikoyat) taqdim etishga haqli. |
199-modda. Yoʻqolgan sud ishini yuritishni tiklash bilan bogʻliq sud hujjatlari ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) | 199-modda. Yoʻqolgan sud ishini yuritishni tiklash bilan bogʻliq sud hujjatlari ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) |
Yoʻqolgan sud ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud hujjatlari ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) mumkin. | Yoʻqolgan sud ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud hujjatlari ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) mumkin. |
III BOʻLIM. SUD HUJJATLARINI QAYTA KOʻRISH | III BOʻLIM. SUD HUJJATLARINI QAYTA KOʻRISH |
26-bob. Apellyatsiya instansiyasi sudida ish yuritish | 26-bob. Apellyatsiya instansiyasi sudida ish yuritish |
200-modda. Apellyatsiya shikoyati berish (protest keltirish) huquqi | 200-modda. Apellyatsiya shikoyati berish (protest keltirish) huquqi |
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari toʻgʻrisida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslar birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati berishga, prokuror esa apellyatsiya protesti keltirishga haqli. | Ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari toʻgʻrisida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslar birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati berishga, prokuror esa apellyatsiya protesti keltirishga haqli. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati berishga haqlidir, bundan tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan nizolar mustasno. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati berishga haqlidir, bundan tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan nizolar mustasno. |
Sudning hal qiluv qarori ustidan toʻliq yoki qisman shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. | Sudning hal qiluv qarori ustidan toʻliq yoki qisman shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. |
201-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻruvchi sud | 201-modda. Apellyatsiya shikoyatlarini (protestlarini) koʻruvchi sudlar |
Apellyatsiya shikoyati (protesti): | Apellyatsiya shikoyatlari (protestlari): |
tumanlararo maʼmuriy sudning hal qiluv qarori ustidan berilganda — Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari tomonidan; | tumanlararo maʼmuriy sudlarning hal qiluv qarorlari, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudining, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlarining birinchi instansiya boʻyicha qabul qilingan hal qiluv qarorlari ustidan berilganda — Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari tomonidan; |
hududiy harbiy sudning hal qiluv qarori ustidan berilganda — Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan; | hududiy harbiy sudlarning hal qiluv qarorlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining birinchi instansiya boʻyicha qabul qilingan hal qiluv qarorlari ustidan berilganda — Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan; |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan birinchi instansiya boʻyicha qabul qilingan hal qiluv qarori ustidan berilganda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan koʻriladi. | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining birinchi instansiya boʻyicha qabul qilingan hal qiluv qarorlari ustidan berilganda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan koʻriladi. |
202-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) berish tartibi | 202-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) berish tartibi |
Apellyatsiya shikoyati (protesti) apellyatsiya instansiyasi sudiga yoʻllanadi, biroq hal qiluv qarorini qabul qilgan sudga beriladi. | Apellyatsiya shikoyati (protesti) apellyatsiya instansiyasi sudiga yoʻllanadi, biroq hal qiluv qarorini qabul qilgan sudga beriladi. |
Hal qiluv qarorini qabul qilgan sud shikoyat (protest) kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kunlik muddatda uni apellyatsiya instansiyasi sudiga ish bilan birga yuborishi shart. | Hal qiluv qarorini qabul qilgan sud shikoyat (protest) kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kunlik muddatda uni apellyatsiya instansiyasi sudiga ish bilan birga yuborishi shart. |
203-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati | 203-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati |
Agar qonunda boshqa muddat belgilanmagan boʻlsa, apellyatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran bir oy ichida berilishi mumkin. | Agar qonunda boshqa muddat belgilanmagan boʻlsa, apellyatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran bir oy ichida berilishi mumkin. |
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) berishning oʻtkazib yuborilgan muddati shikoyat (protest) berayotgan shaxsning iltimosnomasi boʻyicha apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan, apellyatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati oʻtkazib yuborilishining sabablari sud tomonidan uzrli deb topilgan boʻlsa, tiklanishi mumkin. | Apellyatsiya shikoyatini (protestini) berishning oʻtkazib yuborilgan muddati shikoyat (protest) berayotgan shaxsning iltimosnomasi boʻyicha apellyatsiya instansiyasi sudining sudyasi tomonidan, agar iltimosnoma hal qiluv qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran uch oydan kechiktirmay berilgan va apellyatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati oʻtkazib yuborilishining sabablari uzrli deb topilgan boʻlsa, tiklanishi mumkin. |
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) berishning oʻtkazib yuborilgan muddatini tiklash haqida apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda koʻrsatiladi. | Apellyatsiya shikoyatini (protestini) berishning oʻtkazib yuborilgan muddatini tiklash haqida apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda koʻrsatiladi. |
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) berish muddatini tiklashni rad etish haqida apellyatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimda koʻrsatiladi. | Apellyatsiya shikoyatini (protestini) berish muddatini tiklashni rad etish haqida apellyatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimda koʻrsatiladi. |
204-modda. Apellyatsiya shikoyatining (protestining) shakli va mazmuni | 204-modda. Apellyatsiya shikoyatining (protestining) shakli va mazmuni |
Apellyatsiya shikoyati (protesti) sudga yozma shaklda beriladi va shikoyatni (protestni) bergan shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. | Apellyatsiya shikoyati (protesti) sudga yozma shaklda beriladi va shikoyatni (protestni) bergan shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. |
Apellyatsiya shikoyatida (protestida) quyidagilar koʻrsatilishi kerak: | Apellyatsiya shikoyatida (protestida) quyidagilar koʻrsatilishi kerak: |
1) apellyatsiya shikoyati (protesti) yoʻllanayotgan sudning nomi; | 1) apellyatsiya shikoyati (protesti) yoʻllanayotgan sudning nomi; |
2) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi); | 2) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi); |
3) ustidan shikoyat (protest) berilayotgan hal qiluv qarorini qabul qilgan sudning nomi, ishning raqami va hal qiluv qarori qabul qilingan sana, talabning predmeti; | 3) ustidan shikoyat (protest) berilayotgan hal qiluv qarorini qabul qilgan sudning nomi, ishning raqami va hal qiluv qarori qabul qilingan sana, talabning predmeti; |
4) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning talablari hamda shikoyat (protest) bergan shaxsning qonunlar va boshqa qonun hujjatlariga, ish holatlariga va dalillarga havola qilgan holda hal qiluv qarorini notoʻgʻri deb hisoblash uchun keltirgan asoslari; | 4) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning talablari hamda shikoyat (protest) bergan shaxsning qonunlar va boshqa qonunchilik hujjatlariga, ish holatlariga va dalillarga havola qilgan holda hal qiluv qarorini notoʻgʻri deb hisoblash uchun keltirgan asoslari; |
5) shikoyatga (protestga) ilova qilinayotgan hujjatlarning roʻyxati. | 5) shikoyatga (protestga) ilova qilinayotgan hujjatlarning roʻyxati. |
Apellyatsiya shikoyatida shikoyat berayotgan shaxsning yoki uning vakilining telefon, faks raqamlari, elektron manzili koʻrsatilishi mumkin. | Apellyatsiya shikoyatida shikoyat berayotgan shaxsning yoki uning vakilining telefon, faks raqamlari, elektron manzili koʻrsatilishi mumkin. |
205-modda. Apellyatsiya shikoyatining (protestining) koʻchirma nusxalarini yuborish | 205-modda. Apellyatsiya shikoyatining (protestining) koʻchirma nusxalarini yuborish |
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) berayotgan shaxs ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga apellyatsiya shikoyatining (protestining) koʻchirma nusxasini va unga ilova qilingan, bu shaxslarda mavjud boʻlmagan hujjatlarni yuborishi yoki tilxat bilan shaxsan topshirishi kerak. | Apellyatsiya shikoyatini (protestini) berayotgan shaxs ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga apellyatsiya shikoyatining (protestining) koʻchirma nusxasini va unga ilova qilingan, bu shaxslarda mavjud boʻlmagan hujjatlarni yuborishi yoki tilxat bilan shaxsan topshirishi kerak. |
206-modda. Apellyatsiya shikoyatiga (protestiga) ilova qilinadigan hujjatlar | 206-modda. Apellyatsiya shikoyatiga (protestiga) ilova qilinadigan hujjatlar |
Apellyatsiya shikoyatiga quyidagilar ilova qilinadi: | Apellyatsiya shikoyatiga quyidagilar ilova qilinadi: |
1) davlat boji va pochta xarajatlari toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat; | 1) davlat boji va pochta xarajatlari toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat; |
2) ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga apellyatsiya shikoyati va unga ilova qilingan, ushbu shaxslarda mavjud boʻlmagan hujjatlarning koʻchirma nusxalari yuborilganligini yoki topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat; | 2) ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga apellyatsiya shikoyati va unga ilova qilingan, ushbu shaxslarda mavjud boʻlmagan hujjatlarning koʻchirma nusxalari yuborilganligini yoki topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat; |
3) apellyatsiya shikoyati vakil tomonidan imzolangan taqdirda, vakilning uni imzolashga doir vakolatini tasdiqlovchi hujjat. | 3) apellyatsiya shikoyati vakil tomonidan imzolangan taqdirda, vakilning uni imzolashga doir vakolatini tasdiqlovchi hujjat. |
Apellyatsiya protestiga ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga protestning va unga ilova qilingan, ushbu shaxslarda mavjud boʻlmagan hujjatlarning koʻchirma nusxalari yuborilganligini yoki topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi. | Apellyatsiya protestiga ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga protestning va unga ilova qilingan, ushbu shaxslarda mavjud boʻlmagan hujjatlarning koʻchirma nusxalari yuborilganligini yoki topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi. |
Arizani (shikoyatni) qaytarish yoki arizani (shikoyatni) qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan berilgan apellyatsiya shikoyatiga (protestiga) qaytarilgan ariza (shikoyat) va uni sudga berish chogʻida unga ilova qilingan hujjatlar ham ilova qilinishi kerak. | Arizani (shikoyatni) qaytarish yoki arizani (shikoyatni) qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan berilgan apellyatsiya shikoyatiga (protestiga) qaytarilgan ariza (shikoyat) va uni sudga berish chogʻida unga ilova qilingan hujjatlar ham ilova qilinishi kerak. |
207-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi masalani hal etish tartibi va muddati | 207-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi masalani hal etish tartibi va muddati |
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yoki qaytarish masalasi shikoyat (protest) ish bilan birga sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay apellyatsiya instansiyasi sudi sudyasi tomonidan yakka tartibda hal qilinadi. | Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yoki qaytarish masalasi shikoyat (protest) ish bilan birga sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay apellyatsiya instansiyasi sudi sudyasi tomonidan yakka tartibda hal qilinadi. |
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yoki qaytarish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi, ishda ishtirok etuvchi shaxslar bu haqda uch kunlik muddatda xabardor qilinadi. | Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yoki uni qaytarish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi, uning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga u chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay, ushbu Kodeksning 171-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi. |
208-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish | 208-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish |
Ushbu Kodeksda belgilangan shakl va mazmun talablariga rioya qilingan holda berilgan apellyatsiya shikoyati (protesti) apellyatsiya instansiyasi sudining ish yurituviga qabul qilinadi. | Ushbu Kodeksda belgilangan shakl va mazmun talablariga rioya qilingan holda berilgan apellyatsiya shikoyati (protesti) apellyatsiya instansiyasi sudining ish yurituviga qabul qilinadi. |
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish boʻyicha sud majlisini oʻtkazish vaqti va joyi koʻrsatiladi. | Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish boʻyicha sud majlisini oʻtkazish vaqti va joyi koʻrsatiladi. |
209-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish | 209-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish |
Sudya apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni quyidagi hollarda rad etadi, agar: | Sudya apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni quyidagi hollarda rad etadi, agar: |
1) apellyatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan berilgan boʻlsa; | 1) apellyatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan berilgan boʻlsa; |
2) apellyatsiya shikoyati (protesti) qonun hujjatlariga muvofiq apellyatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin boʻlmagan sud hujjati ustidan berilgan boʻlsa; | 2) apellyatsiya shikoyati (protesti) qonunga muvofiq apellyatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin boʻlmagan sud hujjati ustidan berilgan boʻlsa; |
3) apellyatsiya shikoyati (protesti) apellyatsiya tartibida koʻrilgan sud hujjati ustidan berilgan boʻlsa; | 3) apellyatsiya shikoyati (protesti) apellyatsiya tartibida koʻrilgan sud hujjati ustidan berilgan boʻlsa; |
4) apellyatsiya shikoyatini (protestini) berishning oʻtkazib yuborilgan muddatining tiklanishi rad etilgan boʻlsa; | 4) apellyatsiya shikoyatini (protestini) berishning oʻtkazib yuborilgan muddatining tiklanishi rad etilgan boʻlsa; |
5) apellyatsiya shikoyatidan (protestidan) uni bergan shaxs voz kechganligi (uni chaqirib olganligi) sababli apellyatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida ajrim mavjud boʻlsa. | 5) apellyatsiya shikoyatidan (protestidan) uni bergan shaxs voz kechganligi (uni chaqirib olganligi) sababli apellyatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida ajrim mavjud boʻlsa. |
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimda apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish asoslari koʻrsatiladi, apellyatsiya shikoyatini berishda toʻlangan davlat bojini qaytarish toʻgʻrisidagi masala hal etiladi. | Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimda apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish asoslari koʻrsatiladi, apellyatsiya shikoyatini berishda toʻlangan davlat bojini qaytarish toʻgʻrisidagi masala hal etiladi. |
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimning koʻchirma nusxasi shikoyatni (protestni) bergan shaxsga shikoyat (protest) va ilova qilingan hujjatlar bilan birga ushbu Kodeksning 171-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi. | Apellyatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimning koʻchirma nusxasi shikoyatni (protestni) bergan shaxsga shikoyat (protest) va ilova qilingan hujjatlar bilan birga ushbu Kodeksning 171-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi. |
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan kassatsiya shikoyati (protesti) berilishi mumkin. | Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan taftish shikoyati (protesti) berilishi mumkin. |
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim bekor qilingan taqdirda, apellyatsiya shikoyati (protesti) sudga dastlab murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi. | Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim bekor qilingan taqdirda, apellyatsiya shikoyati (protesti) sudga dastlab murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi. |
210-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish | 210-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish |
Apellyatsiya shikoyati (protesti) sudya tomonidan quyidagi hollarda qaytariladi, agar: | Apellyatsiya shikoyati (protesti) sudya tomonidan quyidagi hollarda qaytariladi, agar: |
1) apellyatsiya shikoyati (protesti) imzolanmagan boʻlsa yoxud uni imzolash huquqiga ega boʻlmagan shaxs yoki mansab mavqeyi yoki familiyasi, ism-sharifining bosh harflari koʻrsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan boʻlsa; | 1) apellyatsiya shikoyati (protesti) imzolanmagan boʻlsa yoxud uni imzolash huquqiga ega boʻlmagan shaxs yoki mansab mavqeyi yoki familiyasi, ism-sharifining bosh harflari koʻrsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan boʻlsa; |
2) apellyatsiya shikoyatiga (protestiga) uning koʻchirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuborilganligini tasdiqlovchi dalillar ilova qilinmagan boʻlsa; | 2) apellyatsiya shikoyatiga (protestiga) uning koʻchirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuborilganligini tasdiqlovchi dalillar ilova qilinmagan boʻlsa; |
3) davlat boji va pochta xarajatlari belgilangan tartibda hamda miqdorda toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat apellyatsiya shikoyatiga ilova qilinmagan boʻlsa, qonunda davlat bojini toʻlash muddatini kechiktirish, boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati nazarda tutilgan hollarda esa bu haqda iltimosnoma mavjud boʻlmasa yoxud iltimosnoma rad etilgan boʻlsa; | 3) davlat boji va pochta xarajatlari belgilangan tartibda hamda miqdorda toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat apellyatsiya shikoyatiga ilova qilinmagan boʻlsa, qonunda davlat bojini toʻlash muddatini kechiktirish, boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati nazarda tutilgan hollarda esa bu haqda iltimosnoma mavjud boʻlmasa yoxud iltimosnoma rad etilgan boʻlsa; |
4) apellyatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarorini qabul qilgan sudni chetlab oʻtgan holda yuborilgan boʻlsa; | 4) apellyatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarorini qabul qilgan sudni chetlab oʻtgan holda yuborilgan boʻlsa; |
5) apellyatsiya shikoyati (protesti) belgilangan muddat oʻtganidan keyin berilgan boʻlsa va oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisida iltimosnoma mavjud boʻlmasa; | 5) apellyatsiya shikoyati (protesti) belgilangan muddat oʻtganidan keyin berilgan boʻlsa va oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisida iltimosnoma mavjud boʻlmasa; |
6) apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisida ajrim chiqarilguniga qadar shikoyatni (protestni) bergan shaxsdan uni qaytarib olish (chaqirib olish) toʻgʻrisida ariza tushgan boʻlsa. | 6) apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisida ajrim chiqarilguniga qadar shikoyatni (protestni) bergan shaxsdan uni qaytarib olish (chaqirib olish) toʻgʻrisida ariza tushgan boʻlsa. |
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻgʻrisidagi ajrimda apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish asoslari koʻrsatiladi, apellyatsiya shikoyatini berish chogʻida toʻlangan davlat bojini qaytarish haqidagi masala hal etiladi. | Apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻgʻrisidagi ajrimda apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish asoslari koʻrsatiladi, apellyatsiya shikoyatini berish chogʻida toʻlangan davlat bojini qaytarish haqidagi masala hal etiladi. |
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻgʻrisidagi ajrimning koʻchirma nusxasi shikoyatni (protestni) bergan shaxsga shikoyat (protest) va unga ilova qilinadigan hujjatlar bilan birga ushbu Kodeksning 171-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi. | Apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻgʻrisidagi ajrimning koʻchirma nusxasi shikoyatni (protestni) bergan shaxsga shikoyat (protest) va unga ilova qilinadigan hujjatlar bilan birga ushbu Kodeksning 171-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi. |
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan kassatsiya shikoyati (protesti) berilishi mumkin. | Apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan taftish shikoyati (protesti) berilishi mumkin. |
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻgʻrisidagi ajrim bekor qilingan taqdirda, apellyatsiya shikoyati (protesti) dastlab sudga murojaat qilingan kunda berilgan deb hisoblanadi. | Apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻgʻrisidagi ajrim bekor qilingan taqdirda, apellyatsiya shikoyati (protesti) dastlab sudga murojaat qilingan kunda berilgan deb hisoblanadi. |
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan holatlar bartaraf etilgach, shikoyat (protest) bergan shaxs apellyatsiya shikoyati (protesti) bilan sudga umumiy tartibda yangidan murojaat qilishga haqli. | Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan holatlar bartaraf etilgach, shikoyat (protest) bergan shaxs apellyatsiya shikoyati (protesti) bilan sudga umumiy tartibda yangidan murojaat qilishga haqli. |
211-modda. Apellyatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan yozma fikr | 211-modda. Apellyatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan yozma fikr |
Ishda ishtirok etuvchi shaxs apellyatsiya shikoyatining (protestining) koʻchirma nusxasini olganidan keyin uning yuzasidan yozma fikrini hamda ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga yozma fikrning koʻchirma nusxalari yuborilganligini tasdiqlovchi dalillarni apellyatsiya shikoyati (protesti) koʻrib chiqiladigan kungacha yetib borishini taʼminlaydigan muddatda sudga yuborishga haqli. | Ishda ishtirok etuvchi shaxs apellyatsiya shikoyatining (protestining) koʻchirma nusxasini olganidan keyin uning yuzasidan yozma fikrini hamda ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga yozma fikrning koʻchirma nusxalari yuborilganligini tasdiqlovchi dalillarni apellyatsiya shikoyati (protesti) koʻrib chiqiladigan kungacha yetib borishini taʼminlaydigan muddatda sudga yuborishga haqli. |
Apellyatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan yozma fikr ishda ishtirok etuvchi shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan yozma fikrga uning ishni yuritishga boʻlgan vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi. | Apellyatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan yozma fikr ishda ishtirok etuvchi shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan yozma fikrga uning ishni yuritishga boʻlgan vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi. |
Apellyatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan yozma fikrga ilgari taqdim etilmagan hujjatlar ilova qilinishi mumkin. Bu holda yozma fikrga ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga ularda mavjud boʻlmagan hujjatlarning koʻchirma nusxalari yuborilganligini tasdiqlovchi dalillar ilova qilinadi. | Apellyatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan yozma fikrga ilgari taqdim etilmagan hujjatlar ilova qilinishi mumkin. Bu holda yozma fikrga ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga ularda mavjud boʻlmagan hujjatlarning koʻchirma nusxalari yuborilganligini tasdiqlovchi dalillar ilova qilinadi. |
212-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan hal qiluv qarorining ijrosini toʻxtatib turish | 212-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan hal qiluv qarorining ijrosini toʻxtatib turish |
Apellyatsiya shikoyati (protesti) uni berish muddati oʻtkazib yuborilgan holda berilgan va ushbu muddatni tiklash toʻgʻrisidagi iltimosnoma qanoatlantirilgan taqdirda, apellyatsiya instansiyasi sudi hal qiluv qarorining ijrosini ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga koʻra toʻxtatib turishga haqli. | Apellyatsiya shikoyati (protesti) uni berish muddati oʻtkazib yuborilgan holda berilgan va ushbu muddatni tiklash toʻgʻrisidagi iltimosnoma qanoatlantirilgan taqdirda, apellyatsiya instansiyasi sudi hal qiluv qarorining ijrosini ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga koʻra toʻxtatib turishga haqli. |
Hal qiluv qarorining ijrosini toʻxtatib turish yoki uning ijrosini toʻxtatib turishni rad etish haqida apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda koʻrsatiladi. | Hal qiluv qarorining ijrosini toʻxtatib turish yoki uning ijrosini toʻxtatib turishni rad etish haqida apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda koʻrsatiladi. |
Hal qiluv qarorining ijrosi apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrib chiqish natijalari boʻyicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar boʻlgan muddatga toʻxtatib turiladi. | Hal qiluv qarorining ijrosi apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrib chiqish natijalari boʻyicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar boʻlgan muddatga toʻxtatib turiladi. |
213-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldirish | 213-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldirish |
Agar apellyatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilinganidan soʻng uning imzolanmaganligi yoki uni imzolash huquqiga ega boʻlmagan yoxud mansab mavqeyi yoki familiyasi va ism-sharifining bosh harflari koʻrsatilmagan shaxs tomonidan imzolanganligi aniqlansa, apellyatsiya instansiyasi sudi apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldiradi. | Agar apellyatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilinganidan soʻng uning imzolanmaganligi yoki uni imzolash huquqiga ega boʻlmagan yoxud mansab mavqeyi yoki familiyasi va ism-sharifining bosh harflari koʻrsatilmagan shaxs tomonidan imzolanganligi aniqlansa, apellyatsiya instansiyasi sudi apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldiradi. |
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisida sud tomonidan ajrim chiqarilib, uning koʻchirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ushbu Kodeksning 171-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi. | Apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisida sud tomonidan ajrim chiqarilib, uning koʻchirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ushbu Kodeksning 171-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi. |
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan kassatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. | Apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan taftish tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. |
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldirish uchun asos boʻlgan holatlar bartaraf etilganidan keyin shikoyat (protest) ushbu Kodeksda belgilangan tartibda sudga yangidan berilishi mumkin. | Apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldirish uchun asos boʻlgan holatlar bartaraf etilganidan keyin shikoyat (protest) ushbu Kodeksda belgilangan tartibda sudga yangidan berilishi mumkin. |
214-modda. Apellyatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni tugatish | 214-modda. Apellyatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni tugatish |
Apellyatsiya instansiyasi sudi apellyatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni quyidagi hollarda tugatadi, agar: | Apellyatsiya instansiyasi sudi apellyatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni quyidagi hollarda tugatadi, agar: |
1) apellyatsiya shikoyati (protesti) ushbu Kodeksga muvofiq apellyatsiya tartibida shikoyat qilinmaydigan ajrim ustidan berilgan va u apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan xatoga yoʻl qoʻyilib, ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa; | 1) apellyatsiya shikoyati (protesti) ushbu Kodeksga muvofiq apellyatsiya tartibida shikoyat qilinmaydigan sud hujjati ustidan berilgan va xatoga yoʻl qoʻyilib, ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa; |
2) apellyatsiya shikoyati (protesti) apellyatsiya tartibida koʻrilgan sud hujjati ustidan berilgan va u apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan xatoga yoʻl qoʻyilib, ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa; | 2) apellyatsiya shikoyati (protesti) apellyatsiya tartibida koʻrilgan sud hujjati ustidan berilgan va u apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan xatoga yoʻl qoʻyilib, ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa; |
3) apellyatsiya shikoyati sud hujjati ustidan shikoyat qilish huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan berilgan boʻlsa; | 3) apellyatsiya shikoyati sud hujjati ustidan shikoyat qilish huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan berilgan boʻlsa; |
4) apellyatsiya shikoyati ish yuritishga qabul qilinganidan soʻng shikoyat bergan shaxs tomonidan shikoyatdan voz kechish toʻgʻrisida ariza kelib tushgan va voz kechish apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan qabul qilingan boʻlsa; | 4) apellyatsiya shikoyati ish yuritishga qabul qilinganidan soʻng shikoyat bergan shaxs tomonidan shikoyatdan voz kechish toʻgʻrisida ariza kelib tushgan va voz kechish apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan qabul qilingan boʻlsa; |
5) apellyatsiya protesti ish yuritishga qabul qilinganidan soʻng protest keltirgan prokuror yoki yuqori turuvchi prokuror tomonidan protestni chaqirib olish toʻgʻrisida ariza kelib tushgan boʻlsa; | 5) apellyatsiya protesti ish yuritishga qabul qilinganidan soʻng protest keltirgan prokuror yoki yuqori turuvchi prokuror tomonidan protestni chaqirib olish toʻgʻrisida ariza kelib tushgan boʻlsa; |
6) apellyatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar ishda taraf boʻlgan yuridik shaxs tugatilgan boʻlsa; | 6) apellyatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar ishda taraf boʻlgan yuridik shaxs tugatilgan boʻlsa; |
7) apellyatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar ishda taraf boʻlgan fuqaro vafot etsa, nizoli huquqiy munosabat esa huquqiy vorislikka yoʻl qoʻymasa. | 7) apellyatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar ishda taraf boʻlgan fuqaro vafot etsa, nizoli huquqiy munosabat esa huquqiy vorislikka yoʻl qoʻymasa. |
Agar apellyatsiya shikoyatida (protestida) shikoyat qilinayotgan (protest keltirilayotgan) hal qiluv qarorini qabul qilgan birinchi instansiya sudida koʻrib chiqish predmeti boʻlmagan yangi talablar arz qilingan boʻlsa, apellyatsiya instansiyasi sudi apellyatsiya shikoyatining (protestining) shu talablarga taalluqli qismi boʻyicha ish yuritishni tugatadi. | Agar apellyatsiya shikoyatida (protestida) shikoyat qilinayotgan (protest keltirilayotgan) hal qiluv qarorini qabul qilgan birinchi instansiya sudida koʻrib chiqish predmeti boʻlmagan yangi talablar arz qilingan boʻlsa, apellyatsiya instansiyasi sudi apellyatsiya shikoyatining (protestining) shu talablarga taalluqli qismi boʻyicha ish yuritishni tugatadi. |
Apellyatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida sud ajrim chiqaradi, uning koʻchirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ushbu Kodeksning 171-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi. | Apellyatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida sud ajrim chiqaradi, uning koʻchirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ushbu Kodeksning 171-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi. |
Apellyatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan kassatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. | Apellyatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan taftish tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. |
Apellyatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritish tugatilgan taqdirda, ayni bir shaxsning ayni shu asoslar boʻyicha apellyatsiya shikoyati (protesti) bilan sudga takroran murojaat qilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. | Apellyatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritish tugatilgan taqdirda, ayni bir shaxsning ayni shu asoslar boʻyicha apellyatsiya shikoyati (protesti) bilan sudga takroran murojaat qilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. |
215-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan ishni koʻrish tartibi | 215-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan ishni koʻrish tartibi |
Apellyatsiya instansiyasi sudi ishni sud majlisida ushbu bobda belgilangan xususiyatlarni hisobga olgan holda birinchi instansiya sudida koʻrish qoidalari boʻyicha koʻradi. | Apellyatsiya instansiyasi sudi ishni sud majlisida ushbu bobda belgilangan xususiyatlarni hisobga olgan holda birinchi instansiya sudida koʻrish qoidalari boʻyicha koʻradi. |
Apellyatsiya instansiyasi sudida: ishlarni bitta ish yuritishga birlashtirish toʻgʻrisidagi; talabning predmetini yoki asosini oʻzgartirish haqidagi; ishga uchinchi shaxslarni jalb etish toʻgʻrisidagi qoidalar, shuningdek ushbu Kodeksda birinchi instansiya sudida ishni koʻrish uchun belgilangan boshqa qoidalar qoʻllanilmaydi. | Apellyatsiya instansiyasi sudida: ishlarni bitta ish yuritishga birlashtirish toʻgʻrisidagi; talabning predmetini yoki asosini oʻzgartirish haqidagi; ishga uchinchi shaxslarni jalb etish toʻgʻrisidagi qoidalar, shuningdek ushbu Kodeksda birinchi instansiya sudida ishni koʻrish uchun belgilangan boshqa qoidalar qoʻllanilmaydi. Bundan ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari boʻyicha koʻrish holi mustasno. |
Apellyatsiya instansiyasi sudining sud majlisiga sud muhokamasini oʻtkazish vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan apellyatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaxsning va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning kelmaganligi ishni ularning ishtirokisiz koʻrishga toʻsqinlik qilmaydi, bundan jamiyat yoki davlat manfaatlarini koʻzlab qoʻzgʻatilgan ishlar boʻyicha prokurorning kelmaganligi mustasno. | Apellyatsiya instansiyasi sudining sud majlisiga sud muhokamasini oʻtkazish vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan apellyatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaxsning va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning kelmaganligi ishni ularning ishtirokisiz koʻrishga toʻsqinlik qilmaydi, bundan jamiyat yoki davlat manfaatlarini koʻzlab qoʻzgʻatilgan ishlar boʻyicha prokurorning kelmaganligi mustasno. |
216-modda. Apellyatsiya shikoyatidan voz kechish. Apellyatsiya protestini chaqirib olish | 216-modda. Apellyatsiya shikoyatidan voz kechish. Apellyatsiya protestini chaqirib olish |
Apellyatsiya shikoyati bergan shaxs ishni koʻrish yakuni boʻyicha sud hujjati chiqarilguniga qadar undan voz kechishga haqli. | Apellyatsiya shikoyati bergan shaxs ishni koʻrish yakuni boʻyicha sud hujjati chiqarilguniga qadar undan voz kechishga haqli. |
Sud shikoyatdan voz kechishni ushbu Kodeks 136-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha rad etishga va ishni apellyatsiya tartibida koʻrishga haqli. | Sud shikoyatdan voz kechishni ushbu Kodeks 136-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha rad etishga va ishni apellyatsiya tartibida koʻrishga haqli. |
Apellyatsiya protesti keltirgan prokuror yoki yuqori turuvchi prokuror ishni koʻrish yakuni boʻyicha sud hujjati chiqarilguniga qadar protestni chaqirib olishga haqli. | Apellyatsiya protesti keltirgan prokuror yoki yuqori turuvchi prokuror ishni koʻrish yakuni boʻyicha sud hujjati chiqarilguniga qadar protestni chaqirib olishga haqli. |
217-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudida ishni koʻrish doirasi | 217-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudida ishni koʻrish doirasi |
Sud ishni apellyatsiya instansiyasida koʻrish chogʻida birinchi instansiya sudi hal qiluv qarorining qonuniyligini va asosliligini tekshiradi. Sud yangi dalillarni tekshirishi va yangi faktlarni aniqlashi mumkin. | Sud ishni apellyatsiya instansiyasida koʻrish chogʻida birinchi instansiya sudi hal qiluv qarorining qonuniyligini va asosliligini tekshiradi. Sud yangi dalillarni tekshirishi va yangi faktlarni aniqlashi mumkin. |
Apellyatsiya instansiyasining sudi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini toʻliq hajmda tekshirishi shart. | Apellyatsiya instansiyasining sudi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini toʻliq hajmda tekshirishi shart. |
Birinchi instansiya sudida koʻrib chiqish predmeti boʻlmagan yangi talablar apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan qabul qilinmaydi va koʻrilmaydi. | Birinchi instansiya sudida koʻrib chiqish predmeti boʻlmagan yangi talablar apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan qabul qilinmaydi va koʻrilmaydi. |
218-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish muddati | 218-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish muddati |
Apellyatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori ustidan berilgan apellyatsiya shikoyatini (protestini) apellyatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilingan kundan eʼtiboran bir oydan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrib chiqadi. | Apellyatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori ustidan berilgan apellyatsiya shikoyatini (protestini) apellyatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilingan kundan eʼtiboran bir oydan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrib chiqadi. |
Alohida hollarda apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrib chiqish muddati sud raisi tomonidan koʻpi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin. 219-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudining vakolatlari Apellyatsiya instansiyasi sudi apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish natijalari boʻyicha: 1) sudning hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirishga; 2) hal qiluv qarorini toʻliq yoki qisman bekor qilishga va yangi qaror qabul qilishga; 3) hal qiluv qarorini oʻzgartirishga; 4) hal qiluv qarorini toʻliq yoki qisman bekor qilishga va ish yuritishni tugatishga yoxud arizani (shikoyatni) toʻliq yoki qisman koʻrmasdan qoldirishga; 5) ushbu Kodeks 220-moddasi toʻrtinchi qismining 4-bandida nazarda tutilgan asos mavjud boʻlgan taqdirda hal qiluv qarorini bekor qilishga va ishni yangidan koʻrish uchun yuborishga haqli. | Alohida hollarda apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrib chiqish muddati ishni koʻrayotgan sudlov hayʼati tomonidan koʻpi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin. 219-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudining vakolatlari Apellyatsiya instansiyasi sudi apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish natijalari boʻyicha: 1) hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirishga; 2) hal qiluv qarorini toʻliq yoki qisman bekor qilishga va yangi qaror qabul qilishga; 3) hal qiluv qarorini oʻzgartirishga; 4) hal qiluv qarorini toʻliq yoki qisman bekor qilishga va ish yuritishni tugatishga yoxud arizani (shikoyatni) toʻliq yoki qisman koʻrmasdan qoldirishga; 5) ushbu Kodeks 220-moddasi beshinchi qismining 7-bandida nazarda tutilgan asos mavjud boʻlgan taqdirda, hal qiluv qarorini bekor qilishga va ish materiallarini sudga taalluqliligiga koʻra boshqa sudga yuborishga haqli. Ushbu Kodeks 220-moddasi beshinchi qismining 2, 3 va 6-bandlarida nazarda tutilgan asoslar aniqlanganda apellyatsiya instansiyasi sudi ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari boʻyicha koʻradi. Ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari boʻyicha koʻrishga oʻtish haqida ajrim chiqarilib, unda bajarilishi lozim boʻlgan harakatlar koʻrsatiladi. Sud xarajatlarini taqsimlash toʻgʻrisidagi masala hal qilinmaganligi yoki notoʻgʻri hal qilinganligi sudning hal qiluv qarorini bekor qilish yoki oʻzgartirish uchun asos boʻlmaydi. Bu holda qarorning xulosa qismida sud xarajatlari ushbu Kodeksning 115-moddasida nazarda tutilgan tartibda taqsimlanishi toʻgʻrisida koʻrsatiladi. |
220-modda. Hal qiluv qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun asoslar | 220-modda. Hal qiluv qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun asoslar |
Hal qiluv qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun quyidagilar asos boʻladi: | Hal qiluv qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun quyidagilar asos boʻladi: |
1) ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlarning toʻliq aniqlanmaganligi; | 1) ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlarning toʻliq aniqlanmaganligi; |
2) sud aniqlangan deb hisoblagan, ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlarning isbotlanmaganligi; | 2) sud aniqlangan deb hisoblagan, ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlarning isbotlanmaganligi; |
3) hal qiluv qarorida bayon qilingan xulosalarning ish holatlariga muvofiq emasligi; | 3) hal qiluv qarorida bayon qilingan xulosalarning ish holatlariga muvofiq emasligi; |
4) moddiy va (yoki) protsessual huquq normalarining buzilganligi yoxud notoʻgʻri qoʻllanilganligi. | 4) moddiy va (yoki) protsessual huquq normalarining buzilganligi yoxud notoʻgʻri qoʻllanilganligi. |
Moddiy huquq normalarining buzilishi yoki notoʻgʻri qoʻllanilishi quyidagilardan iborat: | Moddiy huquq normalarining buzilishi yoki notoʻgʻri qoʻllanilishi quyidagilardan iborat: |
1) qoʻllanilishi lozim boʻlgan qonunning yoki boshqa qonun hujjatining qoʻllanilmaganligi; | 1) qoʻllanilishi lozim boʻlgan qonunning yoki boshqa qonunchilik hujjatining qoʻllanilmaganligi; |
2) qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan qonunning yoki boshqa qonun hujjatining qoʻllanilganligi; | 2) qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan qonunning yoki boshqa qonunchilik hujjatining qoʻllanilganligi; |
3) qonunning yoki boshqa qonun hujjatining notoʻgʻri talqin qilinganligi. | 3) qonunning yoki boshqa qonunchilik hujjatining notoʻgʻri talqin qilinganligi. |
Protsessual huquq normalarining buzilganligi yoki notoʻgʻri qoʻllanilganligi, agar bu notoʻgʻri hal qiluv qarori qabul qilinishiga olib kelgan boʻlsa yoki olib kelishi mumkin boʻlsa, birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini oʻzgartirish yoxud bekor qilish uchun asos boʻladi. | Protsessual huquq normalarining buzilganligi yoki notoʻgʻri qoʻllanilganligi, agar bu notoʻgʻri hal qiluv qarori qabul qilinishiga olib kelgan boʻlsa yoki olib kelishi mumkin boʻlsa, birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini oʻzgartirish yoxud bekor qilish uchun asos boʻladi. |
Quyidagi protsessual huquq normalarining buzilganligi yoki notoʻgʻri qoʻllanilganligi har qanday holda birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini bekor qilish uchun asos boʻladi: 1) ish sud tomonidan noqonuniy tarkibda koʻrilganligi; 2) ishning ishda ishtirok etuvchi, sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilinmagan biror-bir shaxs yoʻqligida koʻrilganligi; 3) sud ishi yuritilayotgan til toʻgʻrisidagi qoidalar ishni koʻrish chogʻida buzilganligi; 4) ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida sud tomonidan hal qiluv qarori qabul qilinganligi; 5) hal qiluv qarorining sudya yoki, agar ish sudyalar hayʼati tarkibida koʻrilgan boʻlsa, sudyalarning biri tomonidan imzolanmaganligi yoxud hal qiluv qarorida koʻrsatilganidan boshqa sudyalar tomonidan imzolanganligi; 6) ishda sud majlisi bayonnomasining mavjud emasligi, uning imzolanmaganligi yoki ushbu Kodeks 176-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilganidan boshqa shaxslar tomonidan imzolanganligi yoxud, agar sud majlisining audio- yoki videoyozuvi amalga oshirilgan boʻlsa, audio- va videoyozuvning elektron yoki boshqa tashuvchilari sud majlisi bayonnomasiga qoʻshib qoʻyilmaganligi; 7) bildirilgan talab boʻyicha sud tomonidan hal qiluv qarori qabul qilinmaganligi; 8) sudyalar maslahatining sir saqlanishi toʻgʻrisidagi qoidaning buzilganligi; | Sudning hal qiluv qarori quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin, agar: 1) sud ishi yuritilayotgan til toʻgʻrisidagi qoida ishni koʻrish chogʻida buzilgan boʻlsa; 2) sud majlisi bayonnomasi imzolanmagan yoki ushbu Kodeks 176-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilganidan boshqa shaxslar tomonidan imzolangan yoxud, agar sud majlisining audio- yoki videoyozuvi amalga oshirilgan boʻlsa, audio- va videoyozuvning elektron yoki boshqa tashuvchilari sud majlisi bayonnomasiga qoʻshib qoʻyilmagan boʻlsa; 3) sudyalar maslahatining sir saqlanishi toʻgʻrisidagi qoida buzilgan boʻlsa. Quyidagi protsessual huquq normalarining buzilganligi yoki notoʻgʻri qoʻllanilganligi har qanday holda birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini bekor qilish uchun asos boʻladi: 1) ishning sud tomonidan noqonuniy tarkibda koʻrilganligi; 2) ishning ishda ishtirok etuvchi, sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilinmagan biror-bir shaxs yoʻqligida koʻrilganligi; 3) ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida sud tomonidan hal qiluv qarori qabul qilinganligi; 4) hal qiluv qarorining sudya yoki, agar ish sudyalar hayʼati tarkibida koʻrilgan boʻlsa, sudyalarning biri tomonidan imzolanmaganligi yoxud hal qiluv qarorida koʻrsatilganidan boshqa sudyalar tomonidan imzolanganligi; 5) ishda sud majlisi bayonnomasining mavjud emasligi; 6) bildirilgan talab boʻyicha sud tomonidan hal qiluv qarori qabul qilinmaganligi; 7) ishning sudga taalluqlilik qoidalari buzilgan holda koʻrilganligi. Apellyatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini, agar taraflar oʻrtasida kelishuv bitimi tuzilgan va u apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan tasdiqlangan boʻlsa, bekor qiladi. |
221-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudining qarori | 221-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudining qarori |
Apellyatsiya instansiyasi sudi apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish natijalari boʻyicha qaror qabul qiladi, qaror ishni koʻrgan sudyalar tomonidan imzolanadi. | Apellyatsiya instansiyasi sudi apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish natijalari boʻyicha qaror qabul qiladi, qaror ishni koʻrgan sudyalar tomonidan imzolanadi. |
Apellyatsiya instansiyasi sudining qarorida quyidagilar koʻrsatiladi: | Apellyatsiya instansiyasi sudining qarorida quyidagilar koʻrsatiladi: |
1) apellyatsiya instansiyasi sudining nomi, qarorni qabul qilgan sud tarkibi, sud majlisi kotibi; | 1) apellyatsiya instansiyasi sudining nomi, qarorni qabul qilgan sud tarkibi, sud majlisi kotibi; |
2) ishning raqami, qaror qabul qilingan sana va joy; | 2) ishning raqami, qaror qabul qilingan sana va joy; |
3) apellyatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), uning protsessual holati; | 3) apellyatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), uning protsessual holati; |
4) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning, shuningdek ular vakillarining va sud protsessi boshqa ishtirokchilarining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi); | 4) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning, shuningdek ular vakillarining va sud protsessi boshqa ishtirokchilarining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi); |
5) talab predmeti; | 5) talab predmeti; |
6) birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori qabul qilingan sana, uni qabul qilgan sudyaning familiyasi, ism-sharifining bosh harflari; | 6) birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori qabul qilingan sana, uni qabul qilgan sudyaning familiyasi, ism-sharifining bosh harflari; |
7) ish boʻyicha qabul qilingan hal qiluv qarori mazmunining qisqacha bayoni; | 7) ish boʻyicha qabul qilingan hal qiluv qarori mazmunining qisqacha bayoni; |
8) apellyatsiya shikoyatida (protestida) keltirilgan hal qiluv qarorining qonuniyligini va asosliligini tekshirish toʻgʻrisida talab bildirilishiga doir asoslar; | 8) apellyatsiya shikoyatida (protestida) keltirilgan hal qiluv qarorining qonuniyligini va asosliligini tekshirish toʻgʻrisida talab bildirilishiga doir asoslar; |
9) apellyatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan yozma fikrda bayon qilingan vajlar; | 9) apellyatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan yozma fikrda bayon qilingan vajlar; |
10) ishda ishtirok etuvchi va sud majlisida hozir boʻlgan shaxslarning tushuntirishlari; | 10) ishda ishtirok etuvchi va sud majlisida hozir boʻlgan shaxslarning tushuntirishlari; |
11) apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan aniqlangan ish holatlari; sudning ushbu holatlar toʻgʻrisidagi xulosalari uchun asos boʻlgan dalillar; sud qarorni qabul qilishda amal qilgan qonunlar hamda boshqa qonun hujjatlari; sudning u yoki bu dalillarni rad etishiga va ishda ishtirok etuvchi shaxslar havola qilgan qonunlarni va boshqa qonun hujjatlarini qoʻllamaganligiga doir sabablar; | 11) apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan aniqlangan ish holatlari; sudning ushbu holatlar toʻgʻrisidagi xulosalari uchun asos boʻlgan dalillar; sud qarorni qabul qilishda amal qilgan qonunlar hamda boshqa qonunchilik hujjatlari; sudning u yoki bu dalillarni rad etishiga va ishda ishtirok etuvchi shaxslar havola qilgan qonunlarni va boshqa qonunchilik hujjatlarini qoʻllamaganligiga doir sabablar; |
12) agar birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori toʻliq yoki qisman bekor qilingan yoxud oʻzgartirilgan boʻlsa, apellyatsiya instansiyasi sudi uning xulosalariga qoʻshilmaganligining sabablari; | 12) agar birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori toʻliq yoki qisman bekor qilingan yoxud oʻzgartirilgan boʻlsa, apellyatsiya instansiyasi sudi uning xulosalariga qoʻshilmaganligining sabablari; |
13) agar ish yangidan koʻrish uchun yuborilayotgan boʻlsa, birinchi instansiya sudi tomonidan bajarilishi kerak boʻlgan harakatlar; | |
14) apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish natijalari toʻgʻrisidagi xulosalar. | 14) apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish natijalari toʻgʻrisidagi xulosalar. |
Apellyatsiya instansiyasi sudining qarorida ishda ishtirok etuvchi shaxslar oʻrtasida sud xarajatlarining taqsimlanishi koʻrsatiladi. | Apellyatsiya instansiyasi sudining qarorida ishda ishtirok etuvchi shaxslar oʻrtasida sud xarajatlarining taqsimlanishi koʻrsatiladi. |
Sudning hal qiluv qarori bekor qilinib, ish yangidan koʻrish uchun yuborilgan taqdirda, sud xarajatlarini taqsimlash toʻgʻrisidagi masala ishni yangidan koʻrayotgan sud tomonidan hal etiladi. | |
Apellyatsiya instansiyasi sudi qarorining koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga u qabul qilingan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay, ushbu Kodeksning 161-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi. | Apellyatsiya instansiyasi sudi qarorining koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga u qabul qilingan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay, ushbu Kodeksning 161-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi. |
Apellyatsiya instansiyasi sudining qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi. | Apellyatsiya instansiyasi sudining qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi. |
222-modda. Birinchi instansiya sudining qarori ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti) | 222-modda. Birinchi instansiya sudining qarori ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti) |
Birinchi instansiya sudining qarori ustidan ushbu Kodeksda belgilangan qoidalar boʻyicha berilgan apellyatsiya shikoyati (protesti) ushbu bobda sudning hal qiluv qarori ustidan berilgan apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrib chiqish uchun nazarda tutilgan tartibda apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan koʻriladi. | Birinchi instansiya sudining qarori ustidan ushbu Kodeksda belgilangan qoidalar boʻyicha berilgan apellyatsiya shikoyati (protesti) ushbu bobda sudning hal qiluv qarori ustidan berilgan apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrib chiqish uchun nazarda tutilgan tartibda apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan koʻriladi. |
223-modda. Birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti) Birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. Birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan ushbu Kodeksda belgilangan qoidalar boʻyicha berilgan apellyatsiya shikoyati (protesti) ushbu bobda sudning hal qiluv qarori ustidan berilgan apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish uchun nazarda tutilgan tartibda apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan koʻriladi. Apellyatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan berilgan shikoyatni (protestni) koʻrib chiqish natijalari boʻyicha quyidagilarga haqli: 1) ajrimni oʻzgarishsiz qoldirishga; 2) ajrimni oʻzgartirishga yoki bekor qilishga; 3) arizani (shikoyatni) qabul qilishni rad etish haqidagi, arizani (shikoyatni) qaytarish, ish yuritishni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi ajrimni bekor qilishga va arizani (shikoyatni) birinchi instansiya sudida koʻrib chiqish uchun yuborishga haqli. | 223-modda. Birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti) Birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda apellyatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. Birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan ushbu Kodeksda belgilangan qoidalar boʻyicha berilgan apellyatsiya shikoyati (protesti) ushbu bobda sudning hal qiluv qarorlari ustidan berilgan apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish uchun nazarda tutilgan tartibda apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan koʻriladi. Apellyatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan berilgan shikoyatni (protestni) koʻrib chiqish natijalari boʻyicha quyidagilarga haqli: 1) ajrimni oʻzgarishsiz, shikoyatni (protestni) esa qanoatlantirmasdan qoldirishga; 2) ajrimni toʻliq yoki qisman oʻzgartirishga yoxud bekor qilishga va masalani mazmunan hal qilishga; 3) arizani (shikoyatni) qabul qilishni rad etish, arizani (shikoyatni) qaytarish, ish yuritishni toʻxtatib turish, ish yuritishni tugatish, arizani (shikoyatni) koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisidagi ajrimni bekor qilishga va arizani (shikoyatni), ishni birinchi instansiya sudiga koʻrib chiqish uchun yuborishga; 4) ajrimni bekor qilishga va arizani (shikoyatni), ishni koʻrib chiqish uchun taalluqliligiga koʻra boshqa sudga yuborishga. |
27-bob. Kassatsiya instansiyasi sudida ish yuritish | 27-bob. Kassatsiya instansiyasi sudida ish yuritish |
224-modda. Kassatsiya shikoyati berish (protesti keltirish) huquqi Ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari toʻgʻrisida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslar birinchi instansiya sudining apellyatsiya tartibida koʻrilgan hal qiluv qarori va apellyatsiya instansiyasi sudining qarori ustidan kassatsiya shikoyati, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat va Toshkent shahar prokurori yoki ularning oʻrinbosarlari esa kassatsiya protesti berishga haqli. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil birinchi instansiya sudining apellyatsiya tartibida koʻrilgan hal qiluv qarori ustidan kassatsiya shikoyati berishga haqlidir, bundan tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan nizolar mustasno. Birinchi instansiya sudining apellyatsiya tartibida koʻrilgan hal qiluv qarori ustidan toʻliq yoki qisman shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. 225-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻruvchi sud Birinchi instansiya sudining apellyatsiya tartibida koʻrilgan hal qiluv qarori va apellyatsiya instansiyasi sudining qarori ustidan berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan koʻriladi. 226-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) berish tartibi Kassatsiya shikoyati (protesti) bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga beriladi. | 224-modda. Kassatsiya shikoyati berish (protesti keltirish) huquqi Ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari toʻgʻrisida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslar birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirgan, apellyatsiya tartibida koʻrilmagan hal qiluv qarori ustidan kassatsiya shikoyati, prokuror esa kassatsiya protesti berishga haqli. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirgan va apellyatsiya tartibida koʻrilmagan hal qiluv qarori ustidan kassatsiya shikoyati berishga haqli, bundan tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan nizolar mustasno. Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori ustidan toʻliq yoki qisman shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. 225-modda. Kassatsiya shikoyatlarini (protestlarini) koʻruvchi sudlar Kassatsiya shikoyatlari (protestlari): tumanlararo maʼmuriy sudlarning hal qiluv qarorlari, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudining, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlarining birinchi instansiya boʻyicha qabul qilingan hal qiluv qarorlari ustidan berilganda — Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari tomonidan; hududiy harbiy sudlarning hal qiluv qarorlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining birinchi instansiya boʻyicha qabul qilingan hal qiluv qarorlari ustidan berilganda — Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining birinchi instansiya boʻyicha qabul qilingan hal qiluv qarorlari ustidan berilganda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan koʻriladi. 226-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) berish tartibi Kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya instansiyasi sudiga yoʻllanadi, biroq hal qiluv qarorini qabul qilgan sudga beriladi. Hal qiluv qarorini qabul qilgan sud shikoyat (protest) kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kunlik muddatda uni kassatsiya instansiyasi sudiga ish bilan birga yuborishi shart. |
227-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati | 227-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati |
Kassatsiya shikoyati (protesti) apellyatsiya instansiyasi sudining qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran bir yil ichida berilishi mumkin. | Kassatsiya shikoyati (protesti) birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran olti oy ichida berilishi mumkin. |
Oʻtkazib yuborilgan kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddati shikoyat (protest) berayotgan shaxsning iltimosnomasiga koʻra kassatsiya instansiya sudining sudyasi tomonidan, basharti iltimosnoma kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddati oʻtgan kundan eʼtiboran uch oydan kechiktirmay berilgan boʻlsa va oʻtkazib yuborilgan muddat sud tomonidan uzrli deb topilsa, tiklanishi mumkin. | Oʻtkazib yuborilgan kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddati shikoyat (protest) berayotgan shaxsning iltimosnomasiga koʻra kassatsiya instansiya sudining sudyasi tomonidan, basharti iltimosnoma kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddati oʻtgan kundan eʼtiboran uch oydan kechiktirmay berilgan boʻlsa va oʻtkazib yuborilgan muddat sud tomonidan uzrli deb topilsa, tiklanishi mumkin. |
Kassatsiya shikoyati (protesti) berishning oʻtkazib yuborilgan muddatini tiklash yoki uni tiklashni rad etish haqida ajrim chiqariladi. | Kassatsiya shikoyati (protesti) berishning oʻtkazib yuborilgan muddatini tiklash yoki uni tiklashni rad etish haqida ajrim chiqariladi. |
228-modda. Kassatsiya shikoyatining (protestining) shakli va mazmuni | 228-modda. Kassatsiya shikoyatining (protestining) shakli va mazmuni |
Kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya instansiyasi sudiga yozma shaklda beriladi va shikoyat (protest) bergan shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. | Kassatsiya shikoyati (protesti) sudga yozma shaklda beriladi va shikoyat (protest) bergan shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. |
Kassatsiya shikoyatida (protestida) quyidagilar koʻrsatilishi kerak: | Kassatsiya shikoyatida (protestida) quyidagilar koʻrsatilishi kerak: |
1) kassatsiya shikoyati (protesti) yoʻllanayotgan sudning nomi; | 1) kassatsiya shikoyati (protesti) yoʻllanayotgan sudning nomi; |
2) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi); | 2) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi); |
3) ustidan shikoyat (protest) berilayotgan hal qiluv qarorini qabul qilgan sudning nomi; | 3) ustidan shikoyat (protest) berilayotgan hal qiluv qarorini qabul qilgan sudning nomi; |
4) ishning raqami, hal qiluv qarori qabul qilingan sana, talab predmeti; | 4) ishning raqami, hal qiluv qarori qabul qilingan sana, talab predmeti; |
5) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning talablari va shaxs qonunlarga yoki boshqa qonun hujjatlariga, ish holatlariga hamda dalillarga havola qilingan holda sud hujjatini notoʻgʻri deb hisoblash uchun keltirgan asoslar; | 5) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning talablari va shaxs qonunlarga yoki boshqa qonunchilik hujjatlariga, ish holatlariga hamda dalillarga havola qilingan holda sud hujjatini notoʻgʻri deb hisoblash uchun keltirgan asoslar; |
6) shikoyatga (protestga) ilova qilinayotgan hujjatlarning roʻyxati. | 6) shikoyatga (protestga) ilova qilinayotgan hujjatlarning roʻyxati. |
Kassatsiya shikoyatida uni berayotgan shaxsning yoki uning vakilining telefon, faks raqamlari, elektron manzili koʻrsatilishi mumkin. | Kassatsiya shikoyatida uni berayotgan shaxsning yoki uning vakilining telefon, faks raqamlari, elektron manzili koʻrsatilishi mumkin. |
229-modda. Kassatsiya shikoyatining (protestining) koʻchirma nusxalarini yuborish | 229-modda. Kassatsiya shikoyatining (protestining) koʻchirma nusxalarini yuborish |
Kassatsiya shikoyatini (protestini) berayotgan shaxs ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga kassatsiya shikoyatining (protestining) va unga ilova qilingan, bu shaxslarda mavjud boʻlmagan hujjatlarning koʻchirma nusxalarini yuborishi yoki tilxat olib shaxsan topshirishi kerak. | Kassatsiya shikoyatini (protestini) berayotgan shaxs ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga kassatsiya shikoyatining (protestining) va unga ilova qilingan, bu shaxslarda mavjud boʻlmagan hujjatlarning koʻchirma nusxalarini yuborishi yoki tilxat olib shaxsan topshirishi kerak. |
230-modda. Kassatsiya shikoyatiga (protestiga) ilova qilinadigan hujjatlar | 230-modda. Kassatsiya shikoyatiga (protestiga) ilova qilinadigan hujjatlar |
Kassatsiya shikoyatiga quyidagilar ilova qilinadi: | Kassatsiya shikoyatiga quyidagilar ilova qilinadi: |
1) davlat boji va pochta xarajatlari toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat; | 1) davlat boji va pochta xarajatlari toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat; |
2) ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga kassatsiya shikoyatining va unga ilova qilingan, ushbu shaxslarda mavjud boʻlmagan hujjatlarning koʻchirma nusxalari yuborilganligini yoki topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat; | 2) ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga kassatsiya shikoyatining va unga ilova qilingan, ushbu shaxslarda mavjud boʻlmagan hujjatlarning koʻchirma nusxalari yuborilganligini yoki topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat; |
3) kassatsiya shikoyati vakil tomonidan imzolangan taqdirda, kassatsiya shikoyatiga vakilning imzolash vakolatini tasdiqlovchi hujjat. | 3) kassatsiya shikoyati vakil tomonidan imzolangan taqdirda, kassatsiya shikoyatiga vakilning imzolash vakolatini tasdiqlovchi hujjat. |
Kassatsiya protestiga ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga kassatsiya protesti va unga ilova qilingan, ushbu shaxslarda mavjud boʻlmagan hujjatlarning koʻchirma nusxalari yuborilganligini yoki topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi. | Kassatsiya protestiga ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga kassatsiya protesti va unga ilova qilingan, ushbu shaxslarda mavjud boʻlmagan hujjatlarning koʻchirma nusxalari yuborilganligini yoki topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi. |
Arizani (shikoyatni) qaytarish toʻgʻrisidagi, arizani (shikoyatni) qabul qilishni rad etish haqidagi, apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻgʻrisidagi va apellyatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish haqidagi ajrim ustidan berilgan kassatsiya shikoyatiga (protestiga) qaytarilgan ariza, shikoyat (protest) va sudga taqdim etish chogʻida unga ilova qilingan hujjatlar ham ilova qilinishi kerak. 2301-modda. Ishni talab qilib olish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha suddan ishni talab qilib olishga haqli. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar prokurori va ularning oʻrinbosarlari ish boʻyicha taraflarning murojaati boʻlganda, kassatsiya protesti keltirish toʻgʻrisidagi masalasini hal qilish uchun tegishli suddan ishni talab qilib olishga haqli. 231-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) oʻrganish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi kassatsiya shikoyatini (protestini) besh kundan ortiq boʻlmagan muddatda oʻrganadi. Kassatsiya shikoyatini (protestini) oʻrganish natijalari boʻyicha sudya quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi: 1) kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish va ishni talab qilib olish toʻgʻrisida; 2) kassatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish toʻgʻrisida; 3) kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻgʻrisida. Ushbu modda ikkinchi qismining 1, 2 va 3-bandlarida nazarda tutilgan ajrimning koʻchirma nusxasi kassatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaxsga ushbu Kodeksning 171-moddasida nazarda tutilgan tartibda va muddatda yuboriladi. | Arizani (shikoyatni) qaytarish toʻgʻrisidagi, arizani (shikoyatni) qabul qilishni rad etish haqidagi ajrim ustidan berilgan kassatsiya shikoyatiga (protestiga) qaytarilgan ariza (shikoyat) va uni sudga taqdim etish chogʻida unga qoʻshib berilgan hujjatlar ham ilova qilinishi kerak. 2301-modda. Ishni talab qilib olish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar prokurorlari va ularning oʻrinbosarlari ushbu Kodeks 224-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarning murojaati mavjud boʻlgan taqdirda yoki prokuror ishtirokida koʻrilgan ishlar boʻyicha yoxud qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan boʻlib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan koʻrilgan ishlar boʻyicha kassatsiya protesti kiritish toʻgʻrisidagi masalasini hal qilish uchun tegishli suddan ishni talab qilib olishga haqli. 231-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi masalani hal etish tartibi va muddati Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yoki qaytarish toʻgʻrisidagi masala shikoyat (protest) sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay kassatsiya instansiyasi sudi sudyasi tomonidan yakka tartibda hal qilinadi. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yoki qaytarish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi, uning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga u chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay, ushbu Kodeksning 171-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi. |
232-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish | 232-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish |
Ushbu Kodeksda belgilangan shakl va mazmun talablariga rioya qilingan holda berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya instansiyasi sudining ish yurituviga qabul qilinadi. | Ushbu Kodeksda belgilangan shakl va mazmun talablariga rioya qilingan holda berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya instansiyasi sudining ish yurituviga qabul qilinadi. |
Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda quyidagilar koʻrsatilishi kerak: | Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda quyidagilar koʻrsatilishi kerak: |
1) ajrim chiqarilgan sana va joy; | 1) ajrim chiqarilgan sana va joy; |
2) ajrim chiqargan sudyaning familiyasi, ism-sharifining bosh harflari; | 2) ajrim chiqargan sudyaning familiyasi, ism-sharifining bosh harflari; |
3) shikoyatni (protestni) bergan shaxsning, protest keltirgan mansabdor shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi); | 3) shikoyatni (protestni) bergan shaxsning, protest keltirgan mansabdor shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi); |
4) ustidan kassatsiya shikoyati (protesti) berilgan sud hujjatlari; | 4) ustidan kassatsiya shikoyati (protesti) berilgan sud hujjatlari; |
5) tegishli suddan ishni talab qilib olish toʻgʻrisidagi xulosa. 233-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni quyidagi hollarda rad etadi, agar: 1) kassatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan berilgan boʻlsa; 2) kassatsiya shikoyati (protesti) qonunga muvofiq kassatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin boʻlmagan sud hujjati ustidan berilgan boʻlsa; 3) kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya tartibida koʻrilgan sud hujjati ustidan berilgan boʻlsa; 4) kassatsiya shikoyatini (protestini) berishning oʻtkazib yuborilgan muddatining tiklanishi rad etilgan boʻlsa. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimda kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish asoslari koʻrsatiladi, kassatsiya shikoyatini berish chogʻida toʻlangan davlat bojini qaytarish toʻgʻrisidagi masala hal etiladi. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim bekor qilingan taqdirda, kassatsiya shikoyati (protesti) sudga dastlab murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi. 234-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi quyidagi hollarda kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytaradi, agar: 1) kassatsiya shikoyati (protesti) ushbu Kodeks 228-moddasi ikkinchi qismining 1 — 5 bandlarida nazarda tutilgan talablarga javob bermasa; 2) davlat boji va pochta xarajatlari belgilangan tartibda va miqdorda toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar kassatsiya shikoyatiga ilova qilinmagan boʻlsa, qonunda davlat bojini toʻlash muddatini kechiktirish, boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati nazarda tutilgan hollarda esa bu haqda iltimosnoma mavjud boʻlmasa yoxud iltimosnoma rad etilgan boʻlsa; 3) kassatsiya shikoyatiga (protestiga) uning koʻchirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuborilganligiga doir dalillar ilova qilinmagan boʻlsa; 4) kassatsiya shikoyatni (protestini) qaytarish toʻgʻrisida ariza kelib tushgan boʻlsa. Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻgʻrisidagi ajrimda kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish asoslari koʻrsatiladi, kassatsiya shikoyatini berish chogʻida toʻlangan davlat bojini qaytarish toʻgʻrisidagi masala hal etiladi. Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻgʻrisidagi ajrimning koʻchirma nusxasi shikoyatni (protestni) bergan shaxsga shikoyat (protest) va unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga yuboriladi. Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻgʻrisidagi ajrim bekor qilingan taqdirda, kassatsiya shikoyati (protesti) dastlab sudga murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi. Ushbu modda birinchi qismining 1, 2 va 3-bandlarida koʻrsatilgan holatlar bartaraf etilgach, shikoyatni (protestni) bergan shaxs umumiy tartibda yangidan murojaat qilishga haqli. 2341-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) sud muhokamasida koʻrib chiqish uchun tayinlash Kassatsiya shikoyatini (protestini) sud muhokamasida koʻrib chiqish uchun tayinlash toʻgʻrisidagi masala ish sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay hal qilinadi. Kassatsiya shikoyatini (protestini) sud muhokamasida koʻrib chiqish uchun tayinlash toʻgʻrisidagi ajrimda sud majlisini oʻtkazish vaqti va joyi koʻrsatiladi. | 5) sud majlisining vaqti va joyi. 233-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish Sudya kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni quyidagi hollarda rad etadi, agar: 1) kassatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan berilgan boʻlsa; 2) kassatsiya shikoyati (protesti) qonunga muvofiq kassatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin boʻlmagan sud hujjati ustidan berilgan boʻlsa; 3) kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya tartibida koʻrilgan sud hujjati ustidan berilgan boʻlsa; 4) kassatsiya shikoyatini (protestini) berishning oʻtkazib yuborilgan muddatini tiklash rad etilgan boʻlsa; 5) kassatsiya shikoyatidan (protestidan) uni bergan shaxs voz kechganligi (chaqirib olganligi) sababli kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi ajrim mavjud boʻlsa. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimda kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish asoslari koʻrsatiladi, kassatsiya shikoyatini berish chogʻida toʻlangan davlat bojini qaytarish toʻgʻrisidagi masala hal etiladi. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan taftish shikoyati (protesti) berilishi mumkin. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim bekor qilingan taqdirda, kassatsiya shikoyati (protesti) sudga dastlab murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi. 234-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish Kassatsiya shikoyati (protesti) sudya tomonidan quyidagi hollarda qaytariladi, agar: 1) kassatsiya shikoyati (protesti) imzolanmagan boʻlsa yoxud uni imzolash huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan yoki mansab mavqeyi yoki familiyasi, ismi-sharifining bosh harflari koʻrsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan boʻlsa; 2) kassatsiya shikoyatining (protestining) shakliga va mazmuniga nisbatan ushbu Kodeksning 228-moddasida belgilangan talablarga rioya etilmagan yoki kassatsiya shikoyatiga (protestiga) ushbu Kodeks 230-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlar ilova qilinmagan boʻlsa; 3) kassatsiya shikoyatiga (protestiga) uning koʻchirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuborilganligiga doir dalillar ilova qilinmagan boʻlsa; 4) davlat boji va pochta xarajatlari belgilangan tartibda va miqdorda toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat kassatsiya shikoyatiga ilova qilinmagan boʻlsa, qonunda davlat bojini toʻlash muddatini kechiktirish, boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati nazarda tutilgan hollarda esa bu haqda iltimosnoma mavjud boʻlmasa yoxud iltimosnoma rad etilgan boʻlsa; 5) kassatsiya shikoyati (protesti) belgilangan muddat oʻtganidan keyin berilgan boʻlsa va oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisida iltimosnoma mavjud boʻlmasa; 6) shikoyat (protest) bergan shaxsdan uni qaytarib olish (chaqirib olish) toʻgʻrisida kassatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilinganligi toʻgʻrisida sud ajrimi chiqarilguniga qadar ariza kelib tushgan boʻlsa; 7) shikoyat (protest) hal qiluv qarorini qabul qilgan sud chetlab oʻtgan holda yuborilgan boʻlsa. Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻgʻrisidagi ajrimda kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish asoslari koʻrsatiladi, kassatsiya shikoyatini berish chogʻida toʻlangan davlat bojini qaytarish toʻgʻrisidagi masala hal etiladi. Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻgʻrisidagi ajrimning koʻchirma nusxasi shikoyatni (protestni) bergan shaxsga shikoyat (protest) va unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga yuboriladi. Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan taftish shikoyati (protesti) berilishi mumkin. Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻgʻrisidagi ajrim bekor qilingan taqdirda, kassatsiya shikoyati (protesti) dastlab sudga murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi. Shikoyat (protest) bergan shaxs ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan holatlar bartaraf etilganidan keyin kassatsiya shikoyati (protesti) bilan sudga umumiy tartibda yangidan murojaat qilishga haqli. |
235-modda. Kassatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan yozma fikr bildirish | 235-modda. Kassatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan yozma fikr bildirish |
Ishda ishtirok etuvchi shaxs kassatsiya shikoyatining (protestining) koʻchirma nusxasini olganidan keyin uning yuzasidan yozma fikrini hamda ushbu yozma fikrning koʻchirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni kassatsiya shikoyati (protesti) koʻrib chiqiladigan kungacha yetib borishini taʼminlaydigan muddatda sudga yuborishga haqli. | Ishda ishtirok etuvchi shaxs kassatsiya shikoyatining (protestining) koʻchirma nusxasini olganidan keyin uning yuzasidan yozma fikrini hamda ushbu yozma fikrning koʻchirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni kassatsiya shikoyati (protesti) koʻrib chiqiladigan kungacha yetib borishini taʼminlaydigan muddatda sudga yuborishga haqli. |
Kassatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan yozma fikr ishda ishtirok etuvchi shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan yozma fikrga uning ishni yuritishga vakolati borligini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi. | Kassatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan yozma fikr ishda ishtirok etuvchi shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan yozma fikrga uning ishni yuritishga vakolati borligini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi. |
236-modda. Sud hujjatlarining ijrosini toʻxtatib turish | 236-modda. Sud hujjatlarining ijrosini toʻxtatib turish |
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga koʻra, kassatsiya instansiyasi sudi (sudya) birinchi instansiya sudida qabul qilingan hal qiluv qarori, apellyatsiya instansiya sudi qarori ijrosini kassatsiya instansiyasida ish yuritish tamomlanguniga qadar toʻxtatib turishga haqli. | Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga koʻra, kassatsiya instansiyasi sudi (sudyasi) birinchi instansiya sudida qabul qilingan hal qiluv qarorining ijrosini kassatsiya instansiyasida ish yuritish tamomlanguniga qadar toʻxtatib turadi. |
Sud hujjatining ijrosini toʻxtatib turish toʻgʻrisida yoki uning ijrosini toʻxtatib turishni rad etish haqida sudya kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda koʻrsatadi. | Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda sud hujjatining ijrosi toʻxtatib turilishi haqida koʻrsatiladi. |
237-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldirish | 237-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldirish |
Agar kassatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilinganidan soʻng uning imzolanmaganligi yoxud uni imzolash huquqiga ega boʻlmagan yoki mansab mavqeyi yoxud familiyasi, ism-sharifining bosh harflari koʻrsatilmagan shaxs tomonidan imzolanganligi aniqlansa, kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldiradi. | Agar kassatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilinganidan soʻng uning imzolanmaganligi yoki uni imzolash huquqiga ega boʻlmagan yoki mansab mavqeyi yoki familiyasi, ism-sharifining bosh harflari koʻrsatilmagan shaxs tomonidan imzolanganligi aniqlansa, kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldiradi. |
Kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisida sud ajrim chiqaradi. | Kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisida sud ajrim chiqaradi. |
Kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisidagi sud ajrimi ustidan taftish shikoyati (protesti) berilishi mumkin. | |
Kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldirish uchun asos boʻlgan holatlar bartaraf etilganidan keyin shikoyat (protest) ushbu Kodeksda belgilangan tartibda sudga yangidan berilishi mumkin. | Kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldirish uchun asos boʻlgan holatlar bartaraf etilganidan keyin shikoyat (protest) ushbu Kodeksda belgilangan tartibda sudga yangidan berilishi mumkin. |
238-modda. Kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni tugatish | 238-modda. Kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni tugatish |
Kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni quyidagi hollarda tugatadi, agar: | Kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni quyidagi hollarda tugatadi, agar: |
1) kassatsiya shikoyati (protesti) apellyatsiya tartibida koʻrilmagan yoki ushbu Kodeksga muvofiq kassatsiya tartibida shikoyat qilinmaydigan (protest keltirilmaydigan) sud hujjati ustidan berilgan va u kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan xatoga yoʻl qoʻyilib, ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa; | 1) kassatsiya shikoyati (protesti) ushbu Kodeksga muvofiq kassatsiya tartibida shikoyat qilinmaydigan (protest keltirilmaydigan) sud hujjati ustidan berilgan va u xatoga yoʻl qoʻyilib, ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa; |
2) kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya tartibida koʻrilgan sud hujjati ustidan berilgan va u kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan xatoga yoʻl qoʻyilib, ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa; | 2) kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya tartibida koʻrilgan sud hujjati ustidan berilgan va u kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan xatoga yoʻl qoʻyilib, ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa; |
3) kassatsiya shikoyati (protesti) sud hujjati ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan berilgan boʻlsa; | 3) kassatsiya shikoyati (protesti) sud hujjati ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan berilgan boʻlsa; |
4) shikoyat bergan shaxs tomonidan shikoyatdan voz kechish toʻgʻrisidagi ariza kassatsiya shikoyati ish yuritishga qabul qilingandan keyin kelib tushgan va voz kechish kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan qabul qilingan boʻlsa; | 4) shikoyat bergan shaxs tomonidan shikoyatdan voz kechish toʻgʻrisidagi ariza kassatsiya shikoyati ish yuritishga qabul qilingandan keyin kelib tushgan va voz kechish kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan qabul qilingan boʻlsa; |
5) protest keltirgan prokuror yoki yuqori turuvchi prokuror tomonidan protestni chaqirib olish toʻgʻrisidagi ariza kassatsiya protesti ish yuritishga qabul qilingandan keyin kelib tushgan boʻlsa; | 5) protest keltirgan prokuror yoki yuqori turuvchi prokuror tomonidan protestni chaqirib olish toʻgʻrisidagi ariza kassatsiya protesti ish yuritishga qabul qilingandan keyin kelib tushgan boʻlsa; |
6) ishda taraf boʻlgan yuridik shaxs kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar tugatilgan boʻlsa; | 6) ishda taraf boʻlgan yuridik shaxs kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar tugatilgan boʻlsa; |
7) ishda taraf boʻlgan fuqaro kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar vafot etsa, nizoli huquqiy munosabat esa huquqiy vorislikka yoʻl qoʻymasa. | 7) ishda taraf boʻlgan fuqaro kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar vafot etsa, nizoli huquqiy munosabat esa huquqiy vorislikka yoʻl qoʻymasa. |
Agar kassatsiya shikoyatida (protestida) shikoyat qilinayotgan (protest keltirilayotgan) hal qiluv qarorini qabul qilgan birinchi instansiya sudi tomonidan koʻrib chiqish predmeti boʻlmagan yangi talablar arz qilingan boʻlsa, kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyatining (protestining) bu talablarga taalluqli qismi boʻyicha ish yuritishni tugatadi. | Agar kassatsiya shikoyatida (protestida) shikoyat qilinayotgan (protest keltirilayotgan) hal qiluv qarorini qabul qilgan birinchi instansiya sudi tomonidan koʻrib chiqish predmeti boʻlmagan yangi talablar arz qilingan boʻlsa, kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyatining (protestining) bu talablarga taalluqli qismi boʻyicha ish yuritishni tugatadi. |
Kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi, unda sud xarajatlarini taraflar oʻrtasida taqsimlash toʻgʻrisidagi masala hal etilishi mumkin. | Kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi, uning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ushbu Kodeksning 171-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi. Kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan taftish shikoyati (protesti) berilishi mumkin. |
Kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritish tugatilgan taqdirda, ayni bir shaxsning ayni shu asoslar boʻyicha kassatsiya shikoyati (protesti) bilan sudga takroran murojaat qilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. | Kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritish tugatilgan taqdirda, ayni bir shaxsning ayni shu asoslar boʻyicha kassatsiya shikoyati (protesti) bilan sudga takroran murojaat qilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. |
239-modda. Kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan ishni koʻrish tartibi Raislik qiluvchi sud majlisini ochadi va kimning shikoyati (protesti) boʻyicha hamda qaysi sudning hal qiluv qarori ustidan qanday ish koʻrilishini eʼlon qiladi. Raislik qiluvchi ishda ishtirok etuvchi shaxslardan qay biri sud majlisiga kelmaganligini, ularning kelmaganlik sabablari toʻgʻrisida qanday maʼlumotlar borligini, kelganlarning shaxsini aniqlaydi, shuningdek mansabdor shaxslar va vakillarning vakolatlarini tekshiradi. Raislik qiluvchi sud tarkibini eʼlon qiladi, sud majlisi kotibi, prokuror, ekspert, mutaxassis, tarjimon sifatida kimlar ishtirok etayotganligini eʼlon qiladi va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga rad qilishga doir huquqlarini tushuntiradi. Rad qilish toʻgʻrisidagi ariza ushbu Kodeksning 4-bobida belgilangan tartibda hal etiladi. Raislik qiluvchi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ularning protsessual huquqlari va majburiyatlarini tushuntiradi. Ishni koʻrish vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilinganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjud boʻlmagan ishda ishtirok etuvchi shaxslarning biror-biri sud majlisiga kelmagan taqdirda, sud ishning muhokamasini keyinga qoldiradi. Ishni koʻrish vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan ishda ishtirok etuvchi shaxslarning sud majlisiga kelmaganligi ishning muhokamasiga toʻsqinlik qilmaydi. Biroq sud bunday hollarda ham sudga kelmaganlik sabablarini uzrli deb topib, ishning muhokamasini keyinga qoldirishga haqli. Prokurorning sudga uzrli sabablarsiz kelmaganligi toʻgʻrisida sud xususiy ajrim chiqarib, bu haqda yuqori turuvchi prokurorga tegishli xabar berishi mumkin. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning kassatsiya instansiyasida ishning muhokamasi bilan bogʻliq boʻlgan barcha masalalar boʻyicha iltimosnomalari va arizalari ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning fikrlari eshitilgandan keyin sud tomonidan hal etiladi. Kassatsiya instansiyasi sudida ishni koʻrish raislik qiluvchining yoki sudyalardan birining maʼruzasi bilan boshlanadi. Maʼruzachi ishning holatlarini, birinchi va apellyatsiya instansiyasi sudi sud hujjatlarining mazmunini, kassatsiya shikoyati (protesti) vajlarini va ular yuzasidan kelib tushgan tushuntirishlarni (eʼtirozlarni) bayon qiladi. Shundan soʻng sud majlisiga kelgan ishda ishtirok etuvchi shaxslar tushuntirishlari tinglanadi. Dastlab kassatsiya shikoyati bergan shaxs va uning vakili yoki, agar ish protest boʻyicha koʻrilayotgan boʻlsa, prokuror soʻzga chiqadi. Hal qiluv qarori ustidan har ikkala taraf tomonidan shikoyat qilingan boʻlsa, birinchi boʻlib arizachi soʻzga chiqadi. Ushbu Kodeksning 47-moddasida nazarda tutilgan tartibda ishda ishtirok etuvchi vakolatli davlat organlari va boshqa shaxslar, agar ular sud hujjati ustidan shikoyat qilmagan boʻlsa, kassatsiya instansiyasi sudida taraflar va uchinchi shaxslardan keyin soʻzga chiqadi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar tushuntirishlari tinglangandan soʻng kassatsiya instansiyasi sudi qaror chiqarish uchun maslahatxonaga kiradi. Kassatsiya instansiyasi sudi qarori ishni koʻrish tugashi bilanoq darhol chiqariladi. Alohida hollarda, asoslantirilgan qarorni tayyorlash besh kungacha boʻlgan muddatga kechiktirilishi mumkin, biroq uning qaror qismini sud kassatsiya muhokamasi tamomlangan majlisning oʻzidayoq eʼlon qilishi kerak. Sudyalar maslahatlashuvi, qaror chiqarish va uni oʻqib eshittirish ushbu Kodeksda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. | 239-modda. Kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan ishni koʻrish tartibi Kassatsiya instansiyasi sudi ishni sud majlisida ushbu bobda belgilangan oʻziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda, birinchi instansiya sudida koʻrish qoidalari boʻyicha koʻradi. Kassatsiya instansiyasi sudida: ishlarni bitta ish yuritishga birlashtirish toʻgʻrisidagi; talabning predmetini yoki asosini oʻzgartirish haqidagi; ishga uchinchi shaxslarni jalb etish toʻgʻrisidagi qoidalar, shuningdek ushbu Kodeksda birinchi instansiya sudida ishni koʻrish uchun belgilangan boshqa qoidalar qoʻllanilmaydi, bundan ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari boʻyicha koʻrish holi mustasno. Sud muhokamasini oʻtkazish vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan, kassatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxsning va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning kassatsiya instansiyasi sudining sud majlisiga kelmaganligi ishni ular yoʻqligida koʻrishga toʻsqinlik qilmaydi. |
240-modda. Kassatsiya shikoyatidan voz kechish. Kassatsiya protestini chaqirib olish | 240-modda. Kassatsiya shikoyatidan voz kechish. Kassatsiya protestini chaqirib olish |
Kassatsiya shikoyati bergan shaxs ishni koʻrish yakuni boʻyicha sud hujjati chiqarilguniga qadar undan voz kechishga haqli. | Kassatsiya shikoyati bergan shaxs ishni koʻrish yakuni boʻyicha sud hujjati chiqarilguniga qadar undan voz kechishga haqli. |
Sud shikoyatdan voz kechishni ushbu Kodeks 136-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha rad etishga va ishni kassatsiya tartibida koʻrishga haqli. | Sud shikoyatdan voz kechishni ushbu Kodeks 136-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha rad etishga va ishni kassatsiya tartibida koʻrishga haqli. |
Kassatsiya protesti keltirgan prokuror yoki yuqori turuvchi prokuror ishni koʻrish yakuni boʻyicha sud hujjati chiqarilguniga qadar protestni chaqirib olishga haqli. | Kassatsiya protesti keltirgan prokuror yoki yuqori turuvchi prokuror ishni koʻrish yakuni boʻyicha sud hujjati chiqarilguniga qadar protestni chaqirib olishga haqli. |
Kassatsiya shikoyatidan voz kechilganligi, protest chaqirib olinganligi sababli kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritish tugatilganligi, agar sud hujjati ustidan boshqa shaxslar tomonidan shikoyat qilingan boʻlsa, boshqa shaxslarning kassatsiya shikoyatini koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi. | |
241-modda. Kassatsiya instansiyasi sudida ishni koʻrish doirasi | 241-modda. Kassatsiya instansiyasi sudida ishni koʻrish doirasi |
Sud ishni kassatsiya tartibida koʻrish chogʻida birinchi va apellyatsiya instansiyalari sudi tomonidan moddiy huquq normalari toʻgʻri qoʻllanilganligi va protsessual qonun talablariga rioya qilinganligini ish materiallari boʻyicha tekshiradi. | Sud ishni kassatsiya instansiyasida koʻrish chogʻida birinchi instansiya sudi hal qiluv qarorining qonuniyligi va asosliligini tekshiradi. Sud yangi dalillarni tekshirishi va yangi faktlarni aniqlashi mumkin. |
Kassatsiya instansiyasi sudi yangi dalillarni tekshirish va yangi faktlarni aniqlashga haqli emas. | Kassatsiya instansiyasining sudi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini toʻliq hajmda tekshirishi shart. |
Birinchi instansiya sudida koʻrib chiqish predmeti boʻlmagan yangi talablar kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan qabul qilinmaydi va koʻrilmaydi. | Birinchi instansiya sudida koʻrib chiqish predmeti boʻlmagan yangi talablar kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan qabul qilinmaydi va koʻrilmaydi. |
242-modda. Ishni kassatsiya instansiyasi sudida koʻrish muddatlari | 242-modda. Ishni kassatsiya instansiyasi sudida koʻrish muddati |
Birinchi instansiya sudida qabul qilingan hal qiluv qarori, apellyatsiya instansiyasi sudining qarori ustidan berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan ishni sud muhokamasiga tayinlash toʻgʻrisidagi ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran bir oydan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrib chiqiladi. | Kassatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori ustidan berilgan kassatsiya shikoyatini (protestini) uni ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran bir oydan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrib chiqadi. |
Alohida hollarda, kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrib chiqish muddati ishni koʻrib chiqayotgan sudlov hayʼati tomonidan koʻpi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin. | Alohida hollarda, kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrib chiqish muddati ishni koʻrib chiqayotgan sudlov hayʼati tomonidan koʻpi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin. |
243-modda. Kassatsiya instansiyasi sudining vakolatlari Kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish natijalari boʻyicha quyidagilarga haqli: 1) hal qiluv qarori, qarorni oʻzgarishsiz, kassatsiya shikoyatini (protestini) esa qanoatlantirmasdan qoldirishga; 2) hal qiluv qarori, qarorni toʻliq yoki qisman bekor qilishga va ishni yangidan koʻrish uchun yubormasdan yangi qaror qabul qilishga; 3) hal qiluv qarorini, qarorni oʻzgartirishga; 4) hal qiluv qarorini, qarorni toʻliq yoki qisman bekor qilishga va ish yuritishni tugatishga yoxud arizani (shikoyatni) toʻliq yoki qisman koʻrmasdan qoldirishga; 5) ushbu Kodeks 244-moddasining toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan asos mavjud boʻlgan taqdirda, hal qiluv qarorini, qarorni bekor qilishga va ishni yangidan koʻrish uchun yuborishga; 6) sud hujjatlarining baʼzilarini bekor qilishga va ish boʻyicha ilgari qabul qilingan sud hujjatlardan birini oʻz kuchida qoldirishga; 244-modda. Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini, apellyatsiya instansiyasi sudining qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish asoslari Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini, apellyatsiya instansiyasi sudining qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun quyidagilar asos boʻladi: 1) ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlarning toʻliq aniqlanmaganligi; 2) sud aniqlangan deb hisoblagan, ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlarning isbotlanmaganligi; 3) hal qiluv qarorida bayon qilingan xulosalarning ish holatlariga muvofiq emasligi; 4) moddiy va (yoki) protsessual huquq normalarining buzilganligi yoki notoʻgʻri qoʻllanilganligi. Moddiy huquq normalarining buzilishi yoki notoʻgʻri qoʻllanilishi quyidagilardan iborat: 1) qoʻllanilishi lozim boʻlgan qonunning yoki boshqa qonunchilik hujjatining qoʻllanilmaganligi; 2) qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan qonunning yoki boshqa qonunchilik hujjati qoʻllanilganligi; 3) qonunning yoki boshqa qonunchilik hujjatining notoʻgʻri talqin qilinganligi. Protsessual huquq normalarining buzilganligi yoki notoʻgʻri qoʻllanilganligi, agar bu notoʻgʻri hal qiluv qarori qabul qilinishiga olib kelgan boʻlsa yoki olib kelishi mumkin boʻlsa, birinchi instansiya sudning hal qiluv qarori, apellyatsiya instansiyasi sudining qarorini oʻzgartirish yoxud bekor qilish uchun asos boʻladi. Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini, apellyatsiya instansiyasi sudining qarorini har qanday holda bekor qilish uchun quyidagilar asos boʻladi: 1) sud tomonidan ishning qonunga xilof tarkibda koʻrilganligi; 2) ishning sud majlisi vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilinmagan biror-bir ishda ishtirok etuvchi shaxs yoʻqligida koʻrilganligi; 3) sud ishi yuritilayotgan til toʻgʻrisidagi qoidalar ishni koʻrish chogʻida buzilganligi; 4) sud tomonidan ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida hal qiluv qarori qabul qilinganligi; 5) hal qiluv qarorining, qarorning sudya yoki, agar ish sudyalar hayʼati tarkibida koʻrilgan boʻlsa, sudyalarning biri tomonidan imzolanmaganligi yoxud hal qiluv qarorida, qarorda koʻrsatilganidan boshqa sudyalar tomonidan imzolanganligi; 6) ishda sud majlisi bayonnomasining mavjud emasligi, uning imzolanmaganligi yoki ushbu Kodeks 176-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilganidan boshqa shaxslar tomonidan imzolanganligi yoxud, agar sud majlisining audio- yoki videoyozuvi amalga oshirilgan boʻlsa, audio- va videoyozuvning elektron yoki boshqa manbalari sud majlisi bayonnomasiga qoʻshib qoʻyilmaganligi; 7) sud tomonidan arz qilingan talab boʻyicha hal qiluv qarori qabul qilinmaganligi; 8) hal qiluv qarorini qabul qilish chogʻida sudyalar maslahatining sir saqlanishi toʻgʻrisidagi qoidaning buzilganligi; Kassatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini, apellyatsiya instansiyasi sudining qarorini, agar taraflar oʻrtasida kelishuv bitimi tuzilgan va u kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan tasdiqlangan boʻlsa, bekor qiladi. | 243-modda. Kassatsiya instansiyasi sudining vakolatlari Kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish natijalari boʻyicha quyidagilarga haqli: 1) hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirishga; 2) hal qiluv qarorini toʻliq yoki qisman bekor qilishga va yangi qaror qabul qilishga; 3) hal qiluv qarorini oʻzgartirishga; 4) hal qiluv qarorini toʻliq yoki qisman bekor qilishga va ish yuritishni tugatishga yoxud arizani (shikoyatni) toʻliq yoki qisman koʻrmasdan qoldirishga; 5) ushbu Kodeks 244-moddasi beshinchi qismining 7-bandida nazarda tutilgan asos mavjud boʻlgan taqdirda, hal qiluv qarorini bekor qilishga va ish materiallarini taalluqliligiga koʻra boshqa sudga yuborishga. Ushbu Kodeks 244-moddasi beshinchi qismining 2, 3 va 6-bandlarida nazarda tutilgan asoslar aniqlanganda kassatsiya instansiyasi sudi ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari boʻyicha koʻradi. Ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari boʻyicha koʻrishga oʻtish haqida ajrim chiqarilib, unda bajarilishi lozim boʻlgan harakatlar koʻrsatiladi. Sud xarajatlarini taqsimlash toʻgʻrisidagi masala hal qilinmaganligi yoki notoʻgʻri hal qilinganligi sudning hal qiluv qarorini bekor qilish yoki oʻzgartirish uchun asos boʻlmaydi. Bu holda qarorning xulosa qismida sud xarajatlari ushbu Kodeksning 115-moddasida nazarda tutilgan tartibda taqsimlanishi koʻrsatiladi. 244-modda. Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish asoslari Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun quyidagilar asos boʻladi: 1) ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlarning toʻliq aniqlanmaganligi; 2) sud aniqlangan deb hisoblagan, ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlarning isbotlanmaganligi; 3) hal qiluv qarorida bayon qilingan xulosalarning ish holatlariga muvofiq emasligi; 4) moddiy va (yoki) protsessual huquq normalari buzilganligi yoki notoʻgʻri qoʻllanilganligi. Moddiy huquq normalarining buzilishi yoki notoʻgʻri qoʻllanilishi quyidagilardan iborat: 1) qoʻllanilishi lozim boʻlgan qonunning yoki boshqa qonunchilik hujjatining qoʻllanilmaganligi; 2) qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan qonun yoki boshqa qonunchilik hujjati qoʻllanilganligi; 3) qonun yoki boshqa qonunchilik hujjati notoʻgʻri talqin qilinganligi. Protsessual huquq normalari buzilganligi yoki notoʻgʻri qoʻllanilganligi, agar bu notoʻgʻri hal qiluv qarori qabul qilinishiga olib kelgan boʻlsa yoki olib kelishi mumkin boʻlsa, birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini oʻzgartirish yoxud bekor qilish uchun asos boʻladi. Sudning hal qiluv qarori quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin, agar: 1) sud ishi yuritilayotgan til toʻgʻrisidagi qoida ishni koʻrish chogʻida buzilgan boʻlsa; 2) sud majlisi bayonnomasi imzolanmagan yoki ushbu Kodeks 176-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilganidan boshqa shaxslar tomonidan imzolangan yoxud, agar sud majlisining audio- yoki videoyozuvi amalga oshirilgan boʻlsa, audio- va videoyozuvning elektron yoki boshqa tashuvchilari sud majlisi bayonnomasiga qoʻshib qoʻyilmagan boʻlsa; 3) hal qiluv qarorini qabul qilish chogʻida sudyalar maslahatining sir saqlanishi toʻgʻrisidagi qoida buzilgan boʻlsa. Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini har qanday holda bekor qilish uchun quyidagilar asos boʻladi: 1) sud tomonidan ishning qonunga xilof tarkibda koʻrilganligi; 2) ishning sud majlisi vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilinmagan biror-bir ishda ishtirok etuvchi shaxs yoʻqligida koʻrilganligi; 3) sud tomonidan ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida hal qiluv qarori qabul qilinganligi; 4) hal qiluv qarorining sudya yoki, agar ish sudyalar hayʼati tarkibida koʻrilgan boʻlsa, sudyalarning biri tomonidan imzolanmaganligi yoxud hal qiluv qarorida koʻrsatilganidan boshqa sudyalar tomonidan imzolanganligi; 5) ishda sud majlisi bayonnomasining mavjud emasligi; 6) bildirilgan talab boʻyicha sud tomonidan hal qiluv qarori qabul qilinmaganligi; 7) ishning sudga taalluqlilik qoidalari buzilgan holda koʻrilganligi. Kassatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini, agar taraflar oʻrtasida kelishuv bitimi tuzilgan va u kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan tasdiqlangan boʻlsa, bekor qiladi. |
245-modda. Kassatsiya instansiyasi sudining qarori | 245-modda. Kassatsiya instansiyasi sudining qarori |
Kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish natijalari boʻyicha qaror qabul qiladi, qaror ishni koʻrgan sudyalar tomonidan imzolanadi. | Kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish natijalari boʻyicha qaror qabul qiladi, qaror ishni koʻrgan sudyalar tomonidan imzolanadi. |
Kassatsiya instansiyasi sudining qarorida quyidagilar koʻrsatiladi: | Kassatsiya instansiyasi sudining qarorida quyidagilar koʻrsatiladi: |
1) kassatsiya instansiyasi sudining nomi, qarorni qabul qilgan sud tarkibi, sud majlisining kotibi; | 1) kassatsiya instansiyasi sudining nomi, qarorni qabul qilgan sud tarkibi, sud majlisining kotibi; |
2) ishning raqami, qaror qabul qilingan sana va joy; | 2) ishning raqami, qaror qabul qilingan sana va joy; |
3) kassatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), uning protsessual holati; | 3) kassatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), uning protsessual holati; |
4) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning, shuningdek ular vakillarining va sud protsessining boshqa ishtirokchilarining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi); | 4) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning, shuningdek ular vakillarining va sud protsessining boshqa ishtirokchilarining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi); |
5) talab predmeti; | 5) talab predmeti; |
6) hal qiluv qarori qabul qilingan sana, uni qabul qilgan sudyalarning familiyasi, ism-sharifining bosh harflari; | 6) hal qiluv qarori qabul qilingan sana, uni qabul qilgan sudyalarning familiyasi, ism-sharifining bosh harflari; |
7) ish boʻyicha qabul qilingan hal qiluv qarori mazmunining qisqacha bayoni; | 7) ish boʻyicha qabul qilingan hal qiluv qarori mazmunining qisqacha bayoni; |
8) kassatsiya shikoyatida (protestida) keltirilgan hal qiluv qarorining qonuniyligi va asosliligini tekshirish toʻgʻrisida talab arz qilinishiga sabab boʻlgan asoslar; | 8) kassatsiya shikoyatida (protestida) keltirilgan hal qiluv qarorining qonuniyligi va asosliligini tekshirish toʻgʻrisida talab arz qilinishiga sabab boʻlgan asoslar; |
9) kassatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan yozma fikrda bayon qilingan vajlar; | 9) kassatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan yozma fikrda bayon qilingan vajlar; |
10) ishda ishtirok etuvchi va sud majlisida hozir boʻlgan shaxslarning tushuntirishlari; | 10) ishda ishtirok etuvchi va sud majlisida hozir boʻlgan shaxslarning tushuntirishlari; |
11) kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan aniqlangan ish holatlari; sudning ushbu holatlar toʻgʻrisidagi xulosalari uchun asos boʻlgan dalillar; sud qaror qabul qilishda amal qilgan qonunlar va boshqa qonun hujjatlari; sudning u yoki bu dalillarni rad etishiga hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslar havola qilgan qonunlar va boshqa qonun hujjatlarini qoʻllamaganligiga doir sabablar; | 11) kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan aniqlangan ish holatlari; sudning ushbu holatlar toʻgʻrisidagi xulosalari uchun asos boʻlgan dalillar; sud qaror qabul qilishda amal qilgan qonunlar va boshqa qonunchilik hujjatlari; sudning u yoki bu dalillarni rad etishiga hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslar havola qilgan qonunlar va boshqa qonunchilik hujjatlarini qoʻllamaganligiga doir sabablar; |
12) agar birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori toʻliq yoki qisman bekor qilingan boʻlsa, uning xulosalariga kassatsiya instansiyasi sudi qoʻshilmaganligining sabablari; | 12) agar birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori toʻliq yoki qisman bekor qilingan boʻlsa, uning xulosalariga kassatsiya instansiyasi sudi qoʻshilmaganligining sabablari; |
13) kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish natijalari boʻyicha xulosalar. | 13) kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish natijalari boʻyicha xulosalar. |
14) agar ish yangidan koʻrish uchun yuborilayotgan boʻlsa, sud tomonidan bajarilishi kerak boʻlgan harakatlar. | |
Kassatsiya instansiyasi sudining qarorida ishda ishtirok etuvchi shaxslar oʻrtasida sud xarajatlarining taqsimlanishi koʻrsatiladi. | Kassatsiya instansiyasi sudining qarorida ishda ishtirok etuvchi shaxslar oʻrtasida sud xarajatlarining taqsimlanishi koʻrsatiladi. |
Sud hujjati bekor qilinib, ish yangidan koʻrish uchun yuborilgan taqdirda, sud xarajatlarini taqsimlash toʻgʻrisidagi masala ishni yangidan koʻrayotgan sud tomonidan hal etiladi. | |
Kassatsiya instansiyasi sudi qarorining koʻchirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga u qabul qilingan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay, ushbu Kodeksning 161-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi. | Kassatsiya instansiyasi sudi qarorining koʻchirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga u qabul qilingan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay, ushbu Kodeksning 161-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi. |
Kassatsiya instansiyasi sudining qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi. | Kassatsiya instansiyasi sudining qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi. |
246-modda. Kassatsiya instansiyasi sudi koʻrsatmasining majburiyligi Kassatsiya instansiyasi sudining qarorida bayon qilingan koʻrsatmalar ishni yangidan koʻrayotgan sud uchun majburiydir. Kassatsiya instansiyasi sudi u yoki bu dalilning ishonchliligi yoki ishonchsizligi, bir dalilning boshqalaridan ustunligi toʻgʻrisidagi, ish yangidan koʻrilganida qanday hal qiluv qarori qabul qilinishi haqidagi masalalarni ilgaridan hal qilib qoʻyishga haqli emas. 247-modda. Birinchi instansiya sudining ajrimi, apellyatsiya instansiyasi sudining qarori ustidan berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) Birinchi instansiya sudining ajrimi, apellyatsiya instansiyasining qarori ustidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda kassatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. Birinchi instansiya sudining ajrimi, apellyatsiya instansiyasining qarori ustidan berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) ushbu bobda sudning hal qiluv qarorlari ustidan berilgan kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish uchun nazarda tutilgan tartibda kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan koʻriladi. Kassatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining ajrimi va apellyatsiya instansiyasining qarori ustidan berilgan shikoyatni (protestni) koʻrish natijalari boʻyicha quyidagilarga haqli: 1) ajrimni, qarorni oʻzgarishsiz qoldirishga, kassatsiya shikoyatini (protestini) qanoatlantirmasdan qoldirishga; 2) ajrimni, qarorni oʻzgartirishga yoki bekor qilishga va ishni yangidan koʻrishga yubormasdan yangi qaror qabul qilishga; 3) ajrimni, qarorni bekor qilishga va arizani, ishni koʻrib chiqish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishga; 4) apellyatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish, apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish, apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldirish, apellyatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni tugatish, apellyatsiya instansiyasi sudida ish boʻyicha ish yuritishni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi ajrimni bekor qilishga va apellyatsiya shikoyatini (protestini) ishni apellyatsiya instansiyasi sudida koʻrish uchun yuborishga. 5) sud hujjatlarining baʼzilarini bekor qilishga va ish boʻyicha ilgari qabul qilingan sud hujjatlaridan birini oʻz kuchida qoldirishga haqli. Birinchi instansiya sudining qarori ustidan ushbu Kodeksda belgilangan qoidalar boʻyicha berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) ushbu bobda sudning hal qiluv qarori ustidan berilgan kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrib chiqish uchun nazarda tutilgan tartibda kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan koʻriladi. 248-modda. Kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi ustidan shikoyat (protest) qilish Kassatsiya instansiyasi sudi sudyasining kassatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish, kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻgʻrisidagi ajrimi kassatsiya shikoyatini bergan (protestini keltirgan) shaxsning arizasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi yoki uning oʻrinbosari tomonidan bekor qilinishi mumkin. Kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldirish, kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi ajrim, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining yoki uning oʻrinbosarining kassatsiya protestiga asosan ushbu bobda nazarda tutilgan tartibda qayta koʻrilishi mumkin. Kassatsiya instansiyasi sudi sudyasining kassatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish, kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish, kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldirish, kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi ajrimini bekor qilish haqidagi ariza sud hujjati ustidan kassatsiya tartibida shikoyat qilish muddati davomida, ushbu muddat tugagan holda esa ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran bir oy muddat ichida berilishi mumkin. Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan muddatlar oʻtkazilgan holda berilgan arizalar koʻrib chiqilmaydi. 2481-modda. Ishni kassatsiya tartibida takroran koʻrib chiqish Ushbu Kodeksning 224-moddasida koʻrsatilgan shaxslar ishni kassatsiya tartibida takroran koʻrish toʻgʻrisida protest keltirish haqidagi ariza bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Bosh prokurori va ularning oʻrinbosarlariga murojaat qilishga haqli. Ishni kassatsiya tartibida takroran koʻrish toʻgʻrisida protest kiritish haqidagi ariza kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddatida, ushbu muddat tugagan taqdirda, qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran bir oy muddat ichida berilishi mumkin. Ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan muddatlar oʻtgandan keyin berilgan arizalar koʻrib chiqilmaydi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Bosh prokurori yoki ularning oʻrinbosarlari ushbu Kodeksning 244-moddasi birinchi qismi 4-bandida nazarda tutilgan asoslar boʻlgan taqdirda, kassatsiya tartibida koʻrib chiqilgan ishlar boʻyicha chiqarilgan sud hujjatlari ustidan ishni kassatsiya tartibida takroran koʻrish toʻgʻrisida protest keltirishga haqli. Ishni kassatsiya tartibida takroran koʻrish umumiy asoslarda amalga oshiriladi. | 247-modda. Birinchi instansiya sudining ajrimi, qarori ustidan berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) Birinchi instansiya sudining apellyatsiya instansiyasida koʻrilmagan ajrimlari, qarorlari ustidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda kassatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. Birinchi instansiya sudining ajrimi, qarori ustidan ushbu Kodeksda belgilangan qoidalar boʻyicha berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) ushbu bobda sudning hal qiluv qarori ustidan berilgan kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish uchun nazarda tutilgan tartibda kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan koʻriladi. Kassatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining ajrimi, qarori ustidan berilgan shikoyatni (protestni) koʻrib chiqish natijalariga koʻra quyidagilarga haqli: 1) ajrimni, qarorni oʻzgarishsiz, shikoyatni (protestni) esa qanoatlantirmasdan qoldirishga; 2) ajrimni, qarorni toʻliq yoki qisman oʻzgartirishga yoxud bekor qilishga va masalani mazmunan hal qilishga; 3) arizani (shikoyatni) qabul qilishni rad etish, arizani (shikoyatni) qaytarish, ish yuritishni toʻxtatib turish, ish yuritishni tugatish, arizani (shikoyatni) koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisidagi ajrimni bekor qilishga va arizani (shikoyatni), ishni birinchi instansiya sudiga koʻrib chiqish uchun yuborishga; 4) ajrimni bekor qilishga va arizani (shikoyatni), ishni koʻrib chiqish uchun taalluqliligiga koʻra boshqa sudga yuborishga. 248-modda. Kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) Kassatsiya instansiyasi sudining ushbu Kodeksda ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) nazarda tutilgan ajrimlari ustidan taftish tartibida shikoyat (protest) berilishi mumkin. 28-bob. Sud hujjatlarini taftish tartibida qayta koʻrish boʻyicha ish yuritish 249-modda. Taftish tartibida shikoyat qilish (protest keltirish) huquqi Tumanlararo maʼmuriy sudlarning, hududiy harbiy sudlarning qonuniy kuchga kirgan, apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrilgan ishlar boʻyicha hal qiluv qarori, ajrimi, qarori, shuningdek apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining qarori, ajrimi ustidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudiga quyidagi shaxslar tomonidan taftish tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin: ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari toʻgʻrisida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslar; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, bundan tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan nizolar mustasno; Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari va ularning oʻrinbosarlari. Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan taftish tartibida koʻrilgan ishlar boʻyicha sud hujjatlari, ushbu sudlar taftish instansiyasining sud hujjatlari va ushbu sudlar tomonidan birinchi instansiya boʻyicha qabul qilingan, apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrilgan sud hujjatlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan birinchi instansiya boʻyicha qabul qilingan, apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrilgan sud hujjatlari ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga quyidagi shaxslar tomonidan taftish tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin: ushbu modda birinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida koʻrsatilgan shaxslar tomonidan; Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning oʻrinbosarlari tomonidan. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan taftish tartibida koʻrilgan ishlar boʻyicha sud hujjatlari, shuningdek taftish tartibida qabul qilingan sud hujjatlari ustidan quyidagi shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatiga taftish tartibida protest keltirishi mumkin: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi — ushbu modda birinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida koʻrsatilgan shaxslarning murojaatiga asosan; Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori — prokuror ishtirokida koʻrilgan ish boʻyicha yoki qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan boʻlib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan koʻrilgan ish boʻyicha, shuningdek boshqa ishlar boʻyicha ushbu modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan shaxslarning murojaati mavjud boʻlgan taqdirda. 250-modda. Taftish tartibidagi shikoyatlarni (protestlarni) koʻruvchi sudlar Taftish tartibidagi shikoyat (protest): ushbu Kodeks 249-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan sud hujjatlari ustidan berilganda — Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan; ushbu Kodeks 249-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan sud hujjatlari ustidan berilganda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan koʻriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining, Bosh prokurorining ushbu Kodeks 249-moddasining uchinchi qismida koʻrsatilgan sud hujjatlari ustidan kiritilgan protesti Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosati tomonidan koʻriladi. 251-modda. Taftish tartibida shikoyat (protest) berish tartibi Taftish tartibidagi shikoyat (protest) ishni taftish tartibida koʻradigan Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi nomiga yoʻllanadi, lekin hal qiluv qarorini qabul qilgan sudga beriladi. Hal qiluv qarorini qabul qilgan sud shikoyat (protest) kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kunlik muddatda uni ishni taftish tartibida koʻradigan sudga ish bilan birga yuborishi shart. Mazkur Kodeks 249-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida koʻrsatilgan sud hujjatlari ustidan taftish tartibidagi shikoyat (protest) bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga beriladi. 252-modda. Taftish tartibida shikoyat (protest) berish muddati Taftish tartibidagi shikoyat (protest) birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori, ajrimi, qarori qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran bir yil ichida beriladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudiga taftish tartibida shikoyat (protest) berish muddati kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan qaror qabul qilinguniga qadar oʻtgan taqdirda, taftish tartibidagi shikoyat (protest) kassatsiya instansiyasi sudi qaror qabul qilgan kundan eʼtiboran uch oy ichida berilishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga taftish tartibida shikoyat (protest) berish muddati ishni taftish tartibida koʻrish yakunlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi qaror qabul qilguniga qadar oʻtgan boʻlsa, shikoyat (protest) ushbu sudlar tomonidan ishni taftish tartibida koʻrish natijalari boʻyicha qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch oy ichida berilishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatiga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining, Bosh prokurorining protesti ushbu Kodeks 249-moddasi birinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida koʻrsatilgan shaxslarning murojaati kelib tushgan kundan eʼtiboran uch oy ichida, lekin ishni taftish tartibida koʻrish natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran olti oydan kechiktirmay keltirilishi mumkin. Taftish tartibida shikoyat (protest) berishning oʻtkazib yuborilgan muddati shikoyat (protest) bergan shaxsning iltimosnomasi boʻyicha, agar iltimosnoma taftish tartibida shikoyat (protest) berish muddati oʻtgan kundan eʼtiboran uch oy ichida berilgan va shikoyat (protest) berish muddatining oʻtkazib yuborilishi sabablari sud tomonidan uzrli deb topilgan boʻlsa, tiklanishi mumkin. Ushbu moddaning beshinchi qismida koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan taftish tartibidagi shikoyat (protest) koʻrib chiqilmaydi. 253-modda. Taftish tartibidagi shikoyatning (protestning) mazmuni Taftish tartibidagi shikoyatda (protestda) quyidagilar koʻrsatilishi kerak: 1) shikoyat (protest) yoʻllanayotgan taftish instansiyasi sudining nomi; 2) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), uning joylashgan yeri (pochta manzili yoki yashash joyi); 3) ustidan shikoyat (protest) berilayotgan hal qiluv qarorini, qarorni qabul qilgan sudning nomi; 4) ishning raqami, hal qiluv qarori, qaror qabul qilingan sana; 5) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning talablari va shikoyat (protest) berayotgan shaxs sud hujjatini qonunlarga yoki boshqa qonunchilik hujjatlariga, ish holatlariga hamda dalillarga havola qilgan holda notoʻgʻri deb hisoblashiga oid asoslar; 6) shikoyatga (protestga) ilova qilinayotgan hujjatlar roʻyxati. Ishda ishtirok etmagan shaxsning taftish tartibidagi shikoyatida ustidan shikoyat qilinayotgan, qonuniy kuchga kirgan sud hujjati bilan uning qanday huquqlari, erkinliklari yoki qonuniy manfaatlari buzilganligi koʻrsatilishi kerak. Taftish tartibidagi shikoyatda (protestda) shikoyatni (protestni) bergan shaxsning yoxud uning vakilining telefonlari, fakslari raqamlari, elektron manzili koʻrsatilishi mumkin. Taftish tartibidagi shikoyat shikoyatni berayotgan shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolangan boʻlishi kerak. Protest uni keltirgan mansabdor shaxs tomonidan imzolangan boʻlishi kerak. 254-modda. Taftish tartibidagi shikoyatning (protestning) koʻchirma nusxalarini yuborish Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) berayotgan shaxs ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga taftish tartibidagi shikoyatning (protestning) va unga ilova qilingan, ushbu shaxslarda mavjud boʻlmagan hujjatlarning koʻchirma nusxalarini yuborishi yoki tilxat olib shaxsan topshirishi kerak. 255-modda. Taftish tartibidagi shikoyatga (protestga) ilova qilinadigan hujjatlar Taftish shikoyatiga quyidagilar ilova qilinadi: 1) davlat boji va pochta xarajatlari toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar; 2) ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga taftish shikoyatining va unga ilova qilingan, ushbu shaxslarda mavjud boʻlmagan hujjatlarning koʻchirma nusxalari yuborilganligini yoki topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat; 3) taftish tartibidagi shikoyat vakil tomonidan imzolangan taqdirda, uning shikoyatni imzolashga boʻlgan vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat. Taftish tartibidagi protestga ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga protest va unga ilova qilingan, ushbu shaxslarda mavjud boʻlmagan hujjatlarning koʻchirma nusxalari yuborilganligini yoki topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi. Apellyatsiya yoki kassatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish haqidagi yoxud apellyatsiya yoki kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻgʻrisidagi sud ajrimi ustidan berilgan taftish tartibidagi shikoyatga (protestga) qabul qilinishi rad etilgan yoki qaytarilgan shikoyat (protest) va uni sudga taqdim etish chogʻida unga qoʻshib berilgan hujjatlar ham ilova qilinishi kerak. Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudining, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qabul qilishni rad etish haqidagi yoki qaytarish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga berilgan taftish tartibidagi shikoyatga (protestga) qabul qilinishi rad etilgan yoxud qaytarilgan shikoyat (protest) hamda uni sudga taqdim etish chogʻida unga qoʻshib berilgan hujjatlar ham ilova qilinishi kerak. 256-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilishni rad etish Taftish instansiyasi sudining sudyasi taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilishni quyidagi hollarda rad etadi, agar: 1) shikoyat (protest) sud hujjati ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan berilgan boʻlsa; 2) shikoyat (protest) qonuniy kuchga kirmagan yoki qonunga muvofiq taftish tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin boʻlmagan sud hujjati ustidan berilgan boʻlsa; 3) shikoyat (protest) Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudiga apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrilmagan sud hujjati ustidan berilgan boʻlsa; 4) shikoyat (protest) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudida, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudida apellyatsiya yoki kassatsiya va taftish tartibida koʻrilmagan sud hujjati ustidan berilgan boʻlsa; 5) shikoyat (protest) ishni taftish tartibida koʻrayotgan sud tomonidan ilgari koʻrilgan sud hujjati ustidan berilgan boʻlsa; 6) shikoyatni (protestni) berish muddati oʻtkazib yuborilgan va oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash rad etilgan boʻlsa; 7) taftish tartibida shikoyat (protest) bergan shaxs undan voz kechganligi, protest chaqirib olinganligi sababli shikoyat (protest) boʻyicha ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi ajrim mavjud boʻlsa, bundan Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudining, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining shikoyatdan voz kechilganligi, protest chaqirib olinganligi sababli taftish tartibidagi shikoyat (protest) boʻyicha ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga taftish tartibida berilgan shikoyat (protest) mustasno. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimda shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilishni rad etish asoslari koʻrsatiladi, shikoyatni berish chogʻida toʻlangan davlat bojini qaytarish toʻgʻrisidagi masala hal etiladi. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim bekor qilingan taqdirda, shikoyat (protest) sudga dastlab murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi. 257-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qaytarish Taftish instansiyasi sudining sudyasi taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) quyidagi hollarda qaytaradi, agar: 1) shikoyat (protest) imzolanmagan boʻlsa yoki uni imzolash huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan yoxud mansab mavqeyi yoki familiyasi va ismi-sharifining bosh harflari koʻrsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan boʻlsa; 2) shikoyatning (protestning) mazmuniga nisbatan ushbu Kodeksning 253-moddasida belgilangan talablarga rioya etilmagan yoki shikoyatga (protestga) ushbu Kodeks 255-moddasining uchinchi va toʻrtinchi qismlarida koʻrsatilgan hujjatlar ilova qilinmagan boʻlsa; 3) shikoyatga davlat boji va pochta xarajatlari belgilangan tartibda va miqdorda toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinmagan boʻlsa, qonunda davlat bojini toʻlash muddatini kechiktirish, boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati nazarda tutilgan hollarda esa, bu haqda iltimosnoma mavjud boʻlmasa yoxud iltimosnoma rad etilgan boʻlsa; 4) shikoyat (protest) belgilangan muddat oʻtganidan keyin berilgan boʻlsa va oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisida iltimosnoma mavjud boʻlmasa; 5) shikoyat (protest) bergan shaxsdan uni qaytarib olish (chaqirib olish) toʻgʻrisida shikoyat (protest) ish yuritishga qabul qilinganligi haqida sud ajrimi chiqarilguniga qadar ariza kelib tushgan boʻlsa; 6) shikoyat (protest) ushbu Kodeks 251-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan taqdirda hal qiluv qarorini qabul qilgan sud chetlab oʻtilgan holda yuborilgan boʻlsa. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qaytarish toʻgʻrisidagi ajrimda shikoyatni (protestni) qaytarish asoslari koʻrsatiladi, taftish tartibidagi shikoyatni berish chogʻida toʻlangan davlat bojini qaytarish toʻgʻrisidagi masala hal etiladi. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qaytarish toʻgʻrisidagi ajrimning koʻchirma nusxasi shikoyat (protest) bergan shaxsga shikoyat (protest) va unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga yuboriladi. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qaytarish toʻgʻrisidagi ajrim bekor qilingan taqdirda, shikoyat (protest) dastlab sudga murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi. Shikoyat (protest) bergan shaxs ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan holatlar bartaraf etilganidan keyin taftish tartibidagi shikoyat (protest) bilan sudga umumiy tartibda yangidan murojaat qilishga haqli. 258-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi masalani hal etish tartibi va muddati Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yoki uni qaytarish toʻgʻrisidagi masala shikoyat (protest) sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay sudya tomonidan yakka tartibda hal qilinadi. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yoki uni qaytarish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi, uning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga u chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay, ushbu Kodeksning 171-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi. 259-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan ish yuritishga qabul qilish Ushbu Kodeksda shakl va mazmunga nisbatan belgilangan talablarga rioya qilingan holda berilgan taftish tartibidagi shikoyat (protest) ish yuritishga qabul qilinadi va sud muhokamasida koʻrib chiqish uchun tayinlanadi. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda quyidagilar koʻrsatilishi kerak: 1) ajrim chiqarilgan sana va joy; 2) ajrim chiqargan sudyaning familiyasi va ismi-sharifining bosh harflari; 3) shikoyatni (protestni) bergan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi); 4) ustidan shikoyat berilgan (protest keltirilgan) sud hujjatlari; 5) sud majlisini oʻtkazish vaqti va joyi. 260-modda. Ishni talab qilib olish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi va uning oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi taftish tartibidagi shikoyat (protest) boʻyicha ishni tegishli suddan talab qilib olishga haqli. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari va ularning oʻrinbosarlari ushbu Kodeks 249-moddasi birinchi qismining ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan shaxslarning murojaati mavjud boʻlgan taqdirda yoki prokuror ishtirokida koʻrilgan ishlar boʻyicha yoxud qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan boʻlib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan koʻrilgan ishlar boʻyicha taftish tartibida protest kiritish masalasini hal etish uchun tegishli suddan ishni oʻz vakolatlari doirasida talab qilib olishga haqli. 261-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi tomonidan taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) oʻrganish Ushbu Kodeksning 249 — 255-moddalarida belgilangan qoidalarga muvofiq berilgan taftish tartibidagi shikoyat (protest) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi tomonidan oʻrganiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) unga ilova qilingan materiallar bilan birga, zarur boʻlgan taqdirda esa ishni talab qilib olgan holda oʻrganadi. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) oʻrganish natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi: 1) taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilishni ushbu Kodeksning 256-moddasida nazarda tutilgan asoslarga koʻra rad etish toʻgʻrisida; 2) taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ushbu Kodeks 257-moddasi birinchi qismining 1 — 6-bandlarida nazarda tutilgan asoslarga koʻra qaytarish toʻgʻrisida; 3) agar sud hujjatlarini taftish tartibida tekshirish asoslari mavjud boʻlmasa, taftish tartibidagi shikoyatni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga koʻrib chiqish uchun oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida; 4) taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish va uni koʻrib chiqish uchun ish bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qabul qilishni rad etish yoki qaytarish toʻgʻrisida besh kundan kechiktirmay ajrim chiqaradi, taftish tartibidagi shikoyatni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga koʻrib chiqish uchun oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida yoki taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish va uni koʻrib chiqish uchun ish bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazish toʻgʻrisida esa shikoyat (protest) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga kelib tushgan kundan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay ajrim chiqaradi. Ajrimning koʻchirma nusxasi taftish tartibida shikoyat (protest) bergan shaxsga va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ajrim chiqarilganidan keyingi kundan kechiktirmay, ushbu Kodeksning 171-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi. 262-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga koʻrib chiqish uchun oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining taftish tartibidagi shikoyatni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga koʻrib chiqish uchun oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimida quyidagilar koʻrsatilishi kerak: 1) ajrim chiqarilgan sana va joy; 2) ajrim chiqargan sudyaning familiyasi va ismi-sharifining bosh harflari; 3) shikoyat bergan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi); 4) ustidan taftish tartibida shikoyat berilgan sud hujjatlari; 5) sud hujjatlari qabul qilingan ish mazmunining qisqacha bayoni; 6) taftish tartibidagi shikoyatni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga koʻrib chiqish uchun oʻtkazishni rad etish asoslari. Taftish tartibidagi shikoyatni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga koʻrib chiqish uchun oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqarilganda shikoyat va unga ilova qilingan hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudida qoladi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi yoki uning oʻrinbosari sudyaning taftish tartibidagi shikoyatni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga koʻrib chiqish uchun oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimiga qoʻshilmaslikka hamda taftish tartibidagi shikoyatni bergan shaxsning arizasiga asosan uni bekor qilish va shikoyatni koʻrib chiqish uchun ish bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazish haqida ajrim chiqarishga haqli. Taftish tartibidagi shikoyatni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga koʻrib chiqish uchun oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimni bekor qilish haqidagi ariza sud hujjati ustidan taftish tartibida shikoyat qilish uchun belgilangan muddat doirasida berilishi mumkin. Ushbu moddaning toʻrtinchi qismida belgilangan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza koʻrib chiqilmaydi. 263-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish va uni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi ajrim Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish va uni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi ajrimida quyidagilar koʻrsatilishi kerak: 1) ajrim chiqarilgan sana va joy; 2) ajrim chiqargan sudyaning familiyasi va ismi-sharifining bosh harflari; 3) shikoyat (protest) bergan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi); 4) ustidan taftish shikoyati (protest) berilgan sud hujjatlari; 5) sud hujjatlari qabul qilingan ish mazmunining qisqacha bayoni; 6) taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazish asoslarining asoslantirilgan bayoni; 7) sud majlisining vaqti va joyi. 264-modda. Taftish tartibidagi shikoyat (protest) yuzasidan yozma fikr bildirish Ishda ishtirok etuvchi shaxs taftish tartibidagi shikoyatning (protestning) koʻchirma nusxalarini olgach, uning yuzasidan yozma fikrini hamda yozma fikrning koʻchirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni yozma fikr taftish tartibidagi shikoyat (protest) koʻrib chiqiladigan kunga qadar yetib borishini taʼminlaydigan muddatda sudga yuborishga haqli. Taftish tartibidagi shikoyat (protest) yuzasidan yozma fikr ishda ishtirok etuvchi shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan yozma fikrga uning ishni yuritishga boʻlgan vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi. 265-modda. Taftish tartibidagi shikoyat (protest) boʻyicha sud hujjatlarining ijrosini toʻxtatib turish Ishni taftish tartibida koʻrayotgan sud (sudya) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga koʻra, sud hujjatining ijrosini taftish tartibida ish yuritish tamomlanguniga qadar toʻxtatib turishga haqli. Sudya taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda sud hujjatining ijrosini toʻxtatib turish toʻgʻrisida yoki uning ijrosini toʻxtatib turish rad etilishi haqida koʻrsatadi. 266-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilish Taftish tartibida shikoyat (protest) bergan shaxs, shuningdek ishda ishtirok etuvchi shaxslar ishni koʻrish vaqti va joyi toʻgʻrisida ushbu Kodeksning 124-moddasida belgilangan tartibda xabardor qilinadi. Ish muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi ishni taftish tartibida koʻrib chiqishga toʻsqinlik qilmaydi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida ish taftish tartibida koʻrilganda ishda ishtirok etuvchi shaxslar tushuntirishlar berish uchun chaqirtirilishi mumkin. Bu holda ularga ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida xabarnoma yuboriladi. Biroq ish muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi ishni koʻrib chiqishga toʻsqinlik qilmaydi. 2661-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) koʻrmasdan qoldirish Agar taftish tartibidagi shikoyat (protest) ish yuritishga qabul qilinganidan soʻng uning imzolanmaganligi yoxud uni imzolash huquqiga ega boʻlmagan yoki mansab mavqeyi yoki familiyasi va ismi-sharifining bosh harflari koʻrsatilmagan shaxs tomonidan imzolanganligi aniqlansa, ishni taftish tartibida koʻrayotgan sud shikoyatni (protestni) koʻrmasdan qoldiradi. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisida sud ajrim chiqaradi. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) koʻrmasdan qoldirish uchun asos boʻlib xizmat qilgan holatlar bartaraf etilganidan keyin shikoyat (protest) ushbu Kodeksda belgilangan tartibda sudga yangidan berilishi mumkin. 2662-modda. Taftish tartibidagi shikoyat (protest) boʻyicha ish yuritishni tugatish Ishni taftish tartibida koʻrayotgan sud taftish tartibidagi shikoyat (protest) boʻyicha ish yuritishni quyidagi hollarda tugatadi, agar: 1) shikoyat (protest) sud hujjati ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan berilgan boʻlsa; 2) shikoyat (protest) Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudiga apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrilmagan sud hujjati ustidan berilgan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan taftish tartibida koʻrilmagan yoki ushbu Kodeksga muvofiq taftish tartibida shikoyat qilinmaydigan (protest keltirilmaydigan) sud hujjati ustidan berilgan va xatoga yoʻl qoʻyilib, ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa; 3) shikoyat (protest) taftish tartibida ushbu sud tomonidan koʻrilgan sud hujjati ustidan berilgan va xatoga yoʻl qoʻyilib, ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa; 4) shikoyat bergan shaxs tomonidan shikoyatdan voz kechish toʻgʻrisida shikoyat ish yuritishga qabul qilinganidan keyin ariza kelib tushgan boʻlsa va voz kechish taftish instansiyasi sudi tomonidan qabul qilingan boʻlsa; 5) protest keltirgan prokurordan yoki yuqori turuvchi prokurordan protestni chaqirib olish toʻgʻrisida protest ish yuritishga qabul qilinganidan keyin ariza kelib tushgan boʻlsa; 6) ishda taraf boʻlgan yuridik shaxs shikoyat (protest) boʻyicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar tugatilgan boʻlsa; 7) ishda taraf boʻlgan fuqaro shikoyat (protest) boʻyicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar vafot etsa, nizoli huquqiy munosabat esa huquqiy vorislikka yoʻl qoʻymasa. Taftish tartibidagi shikoyat (protest) boʻyicha ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi, uning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ushbu Kodeksning 171-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi. Taftish tartibidagi shikoyat (protest) boʻyicha ish yuritish tugatilgan taqdirda, ayni bir shaxsning ayni shu asoslar boʻyicha taftish tartibidagi shikoyat (protest) bilan sudga takroran murojaat qilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. 2663-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) koʻrish muddatlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan taftish tartibidagi shikoyat (protest) taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran bir oydan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrib chiqiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan taftish tartibidagi shikoyat (protest) u koʻrib chiqish uchun oʻtkazilgan kundan eʼtiboran bir oydan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrib chiqiladi. Alohida hollarda, taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) koʻrib chiqish muddati ishni koʻrayotgan sudlov hayʼati tomonidan koʻpi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatiga kelib tushgan taftish tartibidagi protest u Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatiga kelib tushgan kundan eʼtiboran ikki oydan kechiktirmay koʻrilishi kerak. 2664-modda. Ishni taftish instansiyasi sudida koʻrish tartibi Ish ushbu Kodeksda belgilangan qoidalar boʻyicha, mazkur bobda nazarda tutilgan oʻziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda taftish tartibida koʻriladi. Ishni taftish tartibida koʻrish raislik qiluvchining yoki sudyalardan birining maʼruzasi bilan boshlanadi. Maʼruzachi ishning holatlarini, ish boʻyicha qabul qilingan sud hujjatlarining mazmunini, taftish tartibidagi shikoyatda (protestda) keltirilgan vajlarni, unga doir kelib tushgan yozma fikrlarni bayon qiladi. Shundan soʻng sud majlisida hozir boʻlgan ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari eshitiladi. Dastlab taftish tartibida shikoyat bergan shaxs yoki uning vakili tushuntirish beradi, agar ish prokurorning protesti boʻyicha koʻrilayotgan boʻlsa, dastlab prokuror soʻzga chiqadi. Sud hujjati ustidan har ikkala taraf tomonidan shikoyat berilgan taqdirda, birinchi boʻlib arizachi soʻzga chiqadi. Ushbu Kodeksning 47-moddasida nazarda tutilgan tartibda ishda ishtirok etuvchi davlat organlari va boshqa shaxslar, agar ular sud hujjati ustidan shikoyat bermagan boʻlsa, sudda taraflar va uchinchi shaxslardan keyin soʻzga chiqadi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari eshitilganidan keyin taftish instansiyasi sudi qaror qabul qilish uchun maslahatxonaga kiradi. Taftish instansiyasi sudining qarori ishni koʻrish tugashi bilanoq darhol qabul qilinadi. Alohida hollarda asoslantirilgan qarorni tayyorlash besh kungacha boʻlgan muddatga kechiktirilishi mumkin, biroq sud uning qaror qismini sud muhokamasi tamomlangan majlisning oʻzidayoq eʼlon qilishi kerak. Sudyalar maslahatlashuvi, qaror chiqarish va uni oʻqib eshittirish ushbu Kodeksda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 2665-modda. Taftish tartibidagi shikoyatdan voz kechish. Taftish tartibidagi protestni chaqirib olish Taftish tartibida shikoyat bergan shaxs ishni koʻrish yakuni boʻyicha sud hujjati chiqarilguniga qadar undan voz kechishga haqli. Protest keltirgan shaxs yoki yuqori turuvchi mansabdor shaxs ishni koʻrish yakuni boʻyicha sud hujjati chiqarilguniga qadar protestni chaqirib olishga haqli. 2666-modda. Taftish instansiyasi sudining ishni koʻrish doirasi Sud ishni taftish tartibida koʻrish chogʻida quyi instansiyalarning sudlari tomonidan moddiy huquq normalari toʻgʻri qoʻllanilganligini va protsessual qonun talablariga rioya etilganligini ish materiallari boʻyicha tekshiradi. Taftish instansiyasi sudi birinchi instansiya sudida koʻrib chiqish predmeti boʻlmagan yangi talablarni qabul qilmaydi va koʻrib chiqmaydi. Taftish instansiyasining sudida: ishlarni bitta ish yuritishga birlashtirish toʻgʻrisidagi; talabning predmetini yoki asosini oʻzgartirish haqidagi; ishda ishtirok etishga uchinchi shaxslarni jalb qilish haqidagi qoidalar, shuningdek ushbu Kodeksda faqat birinchi instansiya sudida ishni koʻrish uchun belgilangan boshqa qoidalar qoʻllanilmaydi. 2667-modda. Taftish instansiyasi sudining vakolatlari Sud shikoyatni (protestni) taftish tartibida koʻrish natijalari boʻyicha quyidagilarga haqli: 1) hal qiluv qarorini, qarorni oʻzgarishsiz qoldirishga; 2) hal qiluv qarorini, qarorni toʻliq yoki qisman bekor qilishga va yangi qaror qabul qilishga; 3) ushbu Kodeks 244-moddasi beshinchi qismining 3 va 6-bandlarida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda qarorni bekor qilishga va ishni yangidan koʻrish uchun sud hujjati bekor qilingan apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudiga yuborishga; 4) hal qiluv qarorini, qarorni oʻzgartirishga; 5) hal qiluv qarorini, qarorni toʻliq yoki qisman bekor qilishga va ish yuritishni tugatishga yoxud arizani (shikoyatni) toʻliq yoki qisman koʻrmasdan qoldirishga; 6) ayrim sud hujjatlarini bekor qilishga va ish boʻyicha ilgari qabul qilingan sud hujjatlaridan birini oʻz kuchida qoldirishga; 7) ushbu Kodeks 244-moddasi beshinchi qismining 7-bandida nazarda tutilgan asos mavjud boʻlgan taqdirda, hal qiluv qarorini, qarorni bekor qilishga va ish materiallarini sudga taalluqliligiga koʻra boshqa sudga yuborishga. Sud xarajatlarini taqsimlash toʻgʻrisidagi masala hal qilinmaganligi yoki notoʻgʻri hal qilinganligi sudning hal qiluv qarorini bekor qilish yoki oʻzgartirish uchun asos boʻlmaydi. Bu holda qarorning xulosa qismida sud xarajatlari ushbu Kodeksning 115-moddasida nazarda tutilgan tartibda taqsimlanishi koʻrsatiladi. 2668-modda. Sud hujjatini oʻzgartirish yoki bekor qilish asoslari Sud hujjatining noqonuniyligi yoki asossizligi hal qiluv qarorini, qarorni yoki ajrimni taftish tartibida oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun asos boʻladi. Sudning mazmunan toʻgʻri boʻlgan hal qiluv qarori, qarori yoki ajrimi faqat yuzaki asoslar boʻyicha bekor qilinishi mumkin emas. 2669-modda. Taftish instansiyasi sudining qarori Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) koʻrish natijalari boʻyicha sud qaror qabul qiladi, qaror ishni koʻrgan sudyalar tomonidan imzolanadi. Ishni taftish tartibida koʻrgan sudning qarorida quyidagilar koʻrsatiladi: 1) qarorni qabul qilgan sudning nomi va tarkibi, sud majlisining kotibi; 2) ish raqami, qaror qabul qilingan sana va joy; 3) shikoyat (protest) bergan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), uning protsessual holati; 4) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning, shuningdek ular vakillarining va sud protsessi boshqa ishtirokchilarining nomlari (familiyasi, ismi, otasining ismi); 5) shikoyat qilinayotgan (protest keltirilayotgan) sud hujjatlari mazmunining qisqacha bayoni; 6) shikoyatda (protestda) keltirilgan sud hujjatlarining qonuniyligi va asosliligini tekshirish toʻgʻrisida talab arz qilinishiga sabab boʻlgan asoslar; 7) shikoyat (protest) yuzasidan yozma fikrda bayon qilingan vajlar; 8) ishda ishtirok etuvchi va sud majlisida hozir boʻlgan shaxslarning tushuntirishlari; 9) sud tomonidan aniqlangan ish holatlari; 10) ishni koʻrgan sud qaysi sabablarga koʻra oʻz xulosalariga kelgan boʻlsa, oʻsha sabablar hamda oʻzi amal qilgan qonunlarga va boshqa qonunchilik hujjatlariga havola; 11) shikoyatni (protestni) koʻrish natijalari boʻyicha sud xulosalari; 12) agar ish yangidan koʻrish uchun yuborilayotgan boʻlsa, sud tomonidan bajarilishi kerak boʻlgan harakatlar. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining qarori Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati majlisida raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi. Ishni taftish tartibida koʻrgan sudning qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining qarori yakuniy hisoblanadi va uning ustidan shikoyat qilinmaydi (protest keltirilmaydi). 26610-modda. Taftish instansiyasi sudi koʻrsatmalarining majburiyligi Ishni taftish tartibida koʻrgan sudning qarorida bayon etilgan koʻrsatmalar mazkur ishni yangidan koʻrayotgan sud uchun majburiydir. Ishni taftish tartibida koʻrayotgan sud hal qiluv qarorida, qarorda aniqlanmagan yoxud rad etilgan holatlarni aniqlashga yoki isbotlangan deb hisoblashga, u yoki bu dalilning ishonchliligi yoki ishonchsizligi, bir dalilning boshqalaridan ustunligi, ishni yangidan koʻrishda qanday qaror qabul qilinishi kerakligi toʻgʻrisidagi masalalarni oldindan hal etishga haqli emas. 26611-modda. Sudning ajrimi, qarori ustidan berilgan taftish tartibidagi shikoyat (protest) Sudning ajrimi, qarori ustidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda taftish tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. Ushbu Kodeksning 249-moddasida nazarda tutilgan ajrim, qaror ustidan mazkur Kodeksda belgilangan qoidalar boʻyicha berilgan taftish tartibidagi shikoyat (protest) ushbu bobda taftish tartibidagi shikoyatlarni (protestlarni) koʻrish uchun nazarda tutilgan tartibda taftish instansiyasi sudi tomonidan koʻriladi. Taftish instansiyasi sudi ajrim, qaror ustidan berilgan shikoyatni (protestni) koʻrish natijalari boʻyicha quyidagilarga haqli: 1) ajrimni, qarorni oʻzgarishsiz qoldirishga; 2) ajrimni, qarorni toʻliq yoki qisman oʻzgartirishga yoki bekor qilishga va masalani mazmunan hal qilishga yoxud ilgari qabul qilingan sud hujjatlaridan birini oʻz kuchida qoldirishga; 3) ajrimni, qarorni bekor qilishga va arizani (shikoyatni), ishni mazmunan koʻrish uchun tegishli instansiya sudiga yuborishga; 4) ajrimni bekor qilishga va arizani (shikoyatni), ish materiallarini koʻrib chiqish uchun sudga taalluqliligiga koʻra boshqa sudga yuborishga. 26612-modda. Taftish instansiyasi sudining ajrimlari ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudining, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilishni rad etish, qaytarish, taftish tartibidagi shikoyat (protest) boʻyicha ish yuritishni tugatish, taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisidagi ajrimlari ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga ushbu Kodeksda sud hujjati ustidan taftish tartibida shikoyat (protest) berishning belgilangan muddati ichida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati sudyasining taftish tartibidagi shikoyatni ish yuritishga qabul qilishni rad etish, taftish tartibidagi shikoyatni qaytarish toʻgʻrisidagi ajrimi ushbu Kodeksda taftish tartibida shikoyat berish uchun belgilangan muddat ichida shikoyat bergan shaxsning iltimosnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi yoki uning oʻrinbosari tomonidan bekor qilinishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati sudyasining taftish tartibidagi protestni ish yuritishga qabul qilishni rad etish, taftish tartibidagi protestni qaytarish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatiga ushbu Kodeksda belgilangan tartibda sud hujjati ustidan taftish tartibida protest berish muddati ichida protest keltirilishi mumkin. Taftish tartibidagi shikoyat (protest) boʻyicha ish yuritishni tugatish, taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisidagi ajrim, shuningdek ushbu Kodeksda ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) nazarda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining boshqa ajrimlari ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatiga ushbu Kodeksda belgilangan tartibda sud hujjati ustidan taftish tartibida shikoyat (protest) berish muddati ichida protest keltirilishi mumkin. |
29-bob. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish yuzasidan ish yuritish | 29-bob. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish yuzasidan ish yuritish |
267-modda. Sudning qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish huquqi | 267-modda. Sudning qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish huquqi |
Sud oʻzi qabul qilgan hamda qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini ushbu bobda nazarda tutilgan asoslarga koʻra va tartibda yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishi mumkin. | Sud oʻzi qabul qilgan hamda qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini ushbu bobda nazarda tutilgan asoslarga koʻra va tartibda yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishi mumkin. |
268-modda. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻradigan sudlar | 268-modda. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻradigan sudlar |
Birinchi instansiya sudi tomonidan qabul qilingan, qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori, ajrim yangi ochilgan holatlar boʻyicha shu hal qiluv qarorini, ajrimni qabul qilgan sud tomonidan qayta koʻriladi. | Birinchi instansiya sudi tomonidan qabul qilingan, qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori, ajrim yangi ochilgan holatlar boʻyicha shu hal qiluv qarorini, ajrimni qabul qilgan sud tomonidan qayta koʻriladi. |
Yangi ochilgan holatlar boʻyicha apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasining sud hujjati oʻzgartirilgan yoki yangi sud hujjati qabul qilingan qarorlari va ajrimlarini qayta koʻrish sud hujjati oʻzgartirilgan yoki yangi sud hujjati qabul qilingan instansiya tomonidan amalga oshiriladi. | Yangi ochilgan holatlar boʻyicha apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudining sud hujjati oʻzgartirilgan yoki yangi sud hujjati qabul qilingan qarorlari va ajrimlarini qayta koʻrish sud hujjati oʻzgartirilgan yoki yangi sud hujjati qabul qilingan instansiya tomonidan amalga oshiriladi. |
269-modda. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish asoslari | 269-modda. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish asoslari |
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish uchun asoslar quyidagilardan iborat: | Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish uchun asoslar quyidagilardan iborat: |
1) sud hujjati qabul qilingan paytda mavjud boʻlgan, lekin arizachiga maʼlum boʻlmagan va maʼlum boʻlishi mumkin boʻlmagan, ish uchun muhim holatlar; | 1) sud hujjati qabul qilingan paytda mavjud boʻlgan, lekin arizachiga maʼlum boʻlmagan va maʼlum boʻlishi mumkin boʻlmagan, ish uchun muhim holatlar; |
2) ekspertning bila turib yolgʻon xulosa berganligi, guvohning bila turib yolgʻon koʻrsatuvlar berganligi, bila turib notoʻgʻri tarjima qilinganligi sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlangan boʻlsa va ular mazkur ish boʻyicha qonunga xilof yoki asoslanmagan sud hujjati qabul qilinishiga sabab boʻlgan boʻlsa; | 2) ekspertning bila turib yolgʻon xulosa berganligi, guvohning bila turib yolgʻon koʻrsatuvlar berganligi, bila turib notoʻgʻri tarjima qilinganligi sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlangan boʻlsa va ular mazkur ish boʻyicha qonunga xilof yoki asoslanmagan sud hujjati qabul qilinishiga sabab boʻlgan boʻlsa; |
3) ishda ishtirok etuvchi shaxsning yoki uning vakilining yoxud sudyaning mazkur ishni koʻrish chogʻida sodir etilgan, sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi, ajrimi bilan aniqlangan jinoiy qilmishlari; | 3) ishda ishtirok etuvchi shaxsning yoki uning vakilining yoxud sudyaning mazkur ishni koʻrish chogʻida sodir etilgan, sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi, ajrimi bilan aniqlangan jinoiy qilmishlari; |
4) maʼmuriy sudning yoki fuqarolik ishlari boʻyicha sudning, jinoyat ishlari boʻyicha sudning yoki iqtisodiy sudning mazkur ish boʻyicha sud hujjatini qabul qilishga asos boʻlgan sud hujjati yoxud boshqa organning shunday hujjati bekor qilinganligi. | 4) maʼmuriy sudning yoki fuqarolik ishlari boʻyicha sudning, jinoyat ishlari boʻyicha sudning yoki iqtisodiy sudning mazkur ish boʻyicha sud hujjatini qabul qilishga asos boʻlgan sud hujjati yoxud boshqa organning shunday hujjati bekor qilinganligi. |
270-modda. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani berish tartibi va muddati | 270-modda. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani berish tartibi va muddati |
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi ariza ushbu sud hujjatini qabul qilgan sudga sud hujjatini qayta koʻrish uchun asos boʻladigan holatlar ochilgan kundan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay, ishda ishtirok etuvchi shaxslar yoki prokuror tomonidan beriladi. | Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi ariza ushbu sud hujjatini qabul qilgan sudga sud hujjatini qayta koʻrish uchun asos boʻladigan holatlar ochilgan kundan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay, ishda ishtirok etuvchi shaxslar yoki prokuror tomonidan beriladi. |
Arizaga ariza va unga ilova qilingan hujjatlarning koʻchirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi. | Arizaga ariza va unga ilova qilingan hujjatlarning koʻchirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi. |
Ariza berishning oʻtkazib yuborilgan muddati, ariza bilan murojaat qilgan shaxsning iltimosnomasi boʻyicha, agar iltimosnoma qayta koʻrish uchun asos boʻladigan holatlar ochilgan kundan eʼtiboran olti oydan kechiktirmay berilgan boʻlsa va sud muddatni oʻtkazib yuborish sabablarini uzrli deb tan olsa, sud tomonidan tiklanishi mumkin. | Ariza berishning oʻtkazib yuborilgan muddati, ariza bilan murojaat qilgan shaxsning iltimosnomasi boʻyicha, agar iltimosnoma qayta koʻrish uchun asos boʻladigan holatlar ochilgan kundan eʼtiboran olti oydan kechiktirmay berilgan boʻlsa va sud muddatni oʻtkazib yuborish sabablarini uzrli deb tan olsa, sud tomonidan tiklanishi mumkin. |
271-modda. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizaning shakli va mazmuni | 271-modda. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizaning shakli va mazmuni |
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi ariza sudga yozma shaklda beriladi. Ariza uni bergan shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. | Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi ariza sudga yozma shaklda beriladi. Ariza uni bergan shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. |
Arizada quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak: | Arizada quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak: |
1) ariza berilayotgan sudning nomi; | 1) ariza berilayotgan sudning nomi; |
2) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nomlari (familiyasi, ismi, otasining ismi), ularning joylashgan yeri (pochta manzili) yoki yashash joyi; | 2) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nomlari (familiyasi, ismi, otasining ismi), ularning joylashgan yeri (pochta manzili) yoki yashash joyi; |
3) arizachi yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishni talab qilayotgan sud hujjatini qabul qilgan sudning nomi, ishning raqami, sud hujjati qabul qilingan sana, talab predmeti; | 3) arizachi yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishni talab qilayotgan sud hujjatini qabul qilgan sudning nomi, ishning raqami, sud hujjati qabul qilingan sana, talab predmeti; |
4) arizachining hujjatlarga havola qilingan fikri boʻyicha sud hujjatini qayta koʻrish uchun asos boʻladigan yangi ochilgan holat; | 4) arizachining hujjatlarga havola qilingan fikri boʻyicha sud hujjatini qayta koʻrish uchun asos boʻladigan yangi ochilgan holat; |
5) ariza berayotgan shaxsning talabi; | 5) ariza berayotgan shaxsning talabi; |
6) ilova qilinayotgan hujjatlarning roʻyxati. | 6) ilova qilinayotgan hujjatlarning roʻyxati. |
Arizaga quyidagilar ilova qilingan boʻlishi kerak: | Arizaga quyidagilar ilova qilingan boʻlishi kerak: |
1) yangi ochilgan holatlarni tasdiqlovchi hujjatlarning koʻchirma nusxalari; | 1) yangi ochilgan holatlarni tasdiqlovchi hujjatlarning koʻchirma nusxalari; |
2) arizachi qayta koʻrishni talab qilayotgan sud hujjatining koʻchirma nusxasi; | |
3) ariza va hujjatlarning koʻchirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjat; | 3) ariza va hujjatlarning koʻchirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjat; |
4) ariza vakil tomonidan imzolangan taqdirda, uni imzolash vakolatini tasdiqlovchi hujjat. | 4) ariza vakil tomonidan imzolangan taqdirda, uni imzolash vakolatini tasdiqlovchi hujjat. |
272-modda. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani ish yuritishga qabul qilish | 272-modda. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani ish yuritishga qabul qilish |
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi ariza, agar u oʻzining shakli va mazmuniga nisbatan ushbu Kodeksda qoʻyiladigan talablarga rioya etilgan holda berilgan boʻlsa, tegishli sudning ish yuritishiga qabul qilinadi. | Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi ariza, agar u oʻzining shakli va mazmuniga nisbatan ushbu Kodeksda qoʻyiladigan talablarga rioya etilgan holda berilgan boʻlsa, tegishli sudning ish yuritishiga qabul qilinadi. |
Arizani sudning ish yuritishiga qabul qilish toʻgʻrisidagi masala u sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay sudya tomonidan yakka tartibda hal qilinadi. | Arizani sudning ish yuritishiga qabul qilish toʻgʻrisidagi masala u sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay sudya tomonidan yakka tartibda hal qilinadi. |
Arizani ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi. | Arizani ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi. |
Ajrimning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi. | Ajrimning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi. |
273-modda. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani qaytarish | 273-modda. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani qaytarish |
Sud qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani quyidagi hollarda qaytaradi, agar: | Sud qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani quyidagi hollarda qaytaradi, agar: |
1) ariza ushbu Kodeksning 270 va 271-moddalarida belgilangan qoidalar buzilgan holda berilgan boʻlsa; | 1) ariza ushbu Kodeksning 270 va 271-moddalarida belgilangan qoidalar buzilgan holda berilgan boʻlsa; |
2) ariza belgilangan muddat tugaganidan soʻng berilgan boʻlsa va uni tiklash toʻgʻrisida iltimosnoma mavjud boʻlmasa; | 2) ariza belgilangan muddat tugaganidan soʻng berilgan boʻlsa va uni tiklash toʻgʻrisida iltimosnoma mavjud boʻlmasa; |
3) ariza berishning oʻtkazib yuborilgan muddatini tiklash sabablari uzrsiz deb hisoblanib, shunga koʻra ariza berishning oʻtkazib yuborilgan muddatini tiklashga asoslar mavjud boʻlmasa. | 3) ariza berishning oʻtkazib yuborilgan muddatini tiklash sabablari uzrsiz deb hisoblanib, shunga koʻra ariza berishning oʻtkazib yuborilgan muddatini tiklashga asoslar mavjud boʻlmasa. |
Arizani qaytarish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi. | Arizani qaytarish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi. |
Arizani qaytarish toʻgʻrisidagi sud ajrimi ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. | Arizani qaytarish toʻgʻrisidagi sud ajrimi ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. |
Ushbu modda birinchi qismining 1 va 2-bandlarida koʻrsatilgan holatlar bartaraf etilgach, ariza bergan shaxs ariza bilan sudga yangidan murojaat qilishga haqli. | Ushbu modda birinchi qismining 1 va 2-bandlarida koʻrsatilgan holatlar bartaraf etilgach, ariza bergan shaxs ariza bilan sudga yangidan murojaat qilishga haqli. |
274-modda. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish tartibi va muddati | 274-modda. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish tartibi va muddati |
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi ariza u sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran bir oydan oshmagan muddatda, ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilingan holda sud majlisida koʻrib chiqiladi. Biroq sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi arizani koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi. | Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi ariza u sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran bir oydan oshmagan muddatda, ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilingan holda sud majlisida koʻrib chiqiladi. Biroq sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi arizani koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi. |
275-modda. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish natijalari yuzasidan sud tomonidan chiqariladigan ajrim | 275-modda. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish natijalari yuzasidan sud tomonidan chiqariladigan ajrim |
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish natijalari yuzasidan sud arizani qanoatlantirish va ilgari oʻzi qabul qilgan sud hujjatini bekor qilish haqida yoki arizani qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. | Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish natijalari yuzasidan sud arizani qanoatlantirish va ilgari oʻzi qabul qilgan sud hujjatini bekor qilish haqida yoki arizani qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. |
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha chiqarilgan ajrimning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi. | Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha chiqarilgan ajrimning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi. |
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha chiqarilgan ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. | Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha chiqarilgan ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. |
Sud hujjati yangi ochilgan holatlar boʻyicha bekor qilingan taqdirda, ilgari oʻzi qabul qilgan sud hujjatini bekor qilgan sudning oʻzi ishni ushbu Kodeksda belgilangan umumiy tartibda koʻradi. | Sud hujjati yangi ochilgan holatlar boʻyicha bekor qilingan taqdirda, ilgari oʻzi qabul qilgan sud hujjatini bekor qilgan sudning oʻzi ishni ushbu Kodeksda belgilangan umumiy tartibda koʻradi. |
IV BOʻLIM. SUD HUJJATLARINI IJRO ETISH | IV BOʻLIM. SUD HUJJATLARINI IJRO ETISH |
276-modda. Sud hujjatlarini ijroga qaratish | 276-modda. Sud hujjatlarini ijroga qaratish |
Sud hujjatlari qonuniy kuchga kirgach ijroga qaratiladi, bundan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda darhol ijro etish hollari mustasno. | Sud hujjatlari qonuniy kuchga kirgach ijroga qaratiladi, bundan qonunchilikda belgilangan tartibda darhol ijro etish hollari mustasno. |
Sud hujjatining ijrosi hal qiluv qarori (qarori) asosida, pul mablagʻlarini majburiy undirish boʻyicha sud hujjatining ijrosi esa sud tomonidan beriladigan ijro varaqasi asosida amalga oshiriladi. | Sud hujjatining ijrosi hal qiluv qarori (qarori) asosida, pul mablagʻlarini majburiy undirish boʻyicha sud hujjatining ijrosi esa sud tomonidan beriladigan ijro varaqasi asosida amalga oshiriladi. |
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari, agar sud tomonidan boshqa muddat belgilanmagan boʻlsa, ular qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran bir oy ichida maʼmuriy organlar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va boshqa organlar, tashkilotlar, shuningdek mansabdor shaxslar tomonidan ijro etilishi lozim. Maʼmuriy organlar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va boshqa organlar, tashkilotlar, shuningdek mansabdor shaxslar sud hujjati ijro etilganligi toʻgʻrisida sudni xabardor qilishi shart. Sud hujjati ijro etilmagan taqdirda, ushbu Kodeksning 14-bobida belgilangan tartibda va miqdorda birinchi instansiya sudi tomonidan sud jarimasi solinadi hamda sud hujjatini ijro etish uchun bir oydan oshmaydigan takroriy muddat beriladi. | |
277-modda. Ijro varaqasi | 277-modda. Ijro varaqasi |
Sud tomonidan berilgan, undiruvchining sud hujjatini majburiy tartibda ijro ettirish huquqini tasdiqlovchi hujjat ijro varaqasidir. | Sud tomonidan berilgan, undiruvchining sud hujjatini majburiy tartibda ijro ettirish huquqini tasdiqlovchi hujjat ijro varaqasidir. |
278-modda. Ijro varaqasini berish | 278-modda. Ijro varaqasini berish |
Sud hujjati boʻyicha bitta ijro varaqasi beriladi, bundan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollar mustasno. | Sud hujjati boʻyicha bitta ijro varaqasi beriladi, bundan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollar mustasno. |
Agar sud hujjatini ijro etish turli joylarda yoxud bir nechta undiruvchi foydasiga amalga oshirilishi kerak boʻlsa, sud undiruvchilarning iltimosiga koʻra ijro etish joyi yoxud sud hujjatining ushbu ijro varaqasi boʻyicha ijro etilishi lozim boʻlgan qismini koʻrsatgan holda bir nechta ijro varaqasini beradi. | Agar sud hujjatini ijro etish turli joylarda yoxud bir nechta undiruvchi foydasiga amalga oshirilishi kerak boʻlsa, sud undiruvchilarning iltimosiga koʻra ijro etish joyi yoxud sud hujjatining ushbu ijro varaqasi boʻyicha ijro etilishi lozim boʻlgan qismini koʻrsatgan holda bir nechta ijro varaqasini beradi. |
Ijro varaqasi sud hujjatini qabul qilgan sud tomonidan beriladi. | Ijro varaqasi sud hujjatini qabul qilgan sud tomonidan beriladi. |
Sud hujjati qonuniy kuchga kirganidan soʻng besh kun ichida ijro varaqasi undiruvchiga beriladi yoki uning iltimosnomasiga koʻra davlat ijrochisiga ijro etish uchun yuboriladi. | Sud hujjati qonuniy kuchga kirganidan soʻng besh kun ichida ijro varaqasi undiruvchiga beriladi yoki uning iltimosnomasiga koʻra davlat ijrochisiga ijro etish uchun yuboriladi. |
Ijro varaqasi undiruvchi jismoniy shaxslarga elektron hujjat tarzida, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabineti orqali — mavjud boʻlgan taqdirda, undiruvchi yuridik shaxslarga esa soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali yuboriladi. Agar Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida undiruvchi jismoniy shaxsning shaxsiy kabineti mavjud boʻlmasa, ijro varaqasi unga qogʻoz shaklida beriladi. | |
Budjetga mablagʻlarni undirish uchun ijro varaqasi qarzdor turgan joydagi davlat ijrochisiga sud hujjati qonuniy kuchga kirgandan soʻng besh kun ichida yuboriladi. | Budjetga mablagʻlarni undirish uchun ijro varaqasi qarzdor turgan joydagi davlat ijrochisiga sud hujjati qonuniy kuchga kirgandan soʻng besh kun ichida yuboriladi. |
Ijro varaqasi elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin. | Ijro varaqasi elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin. |
279-modda. Ijro varaqasining mazmuni | 279-modda. Ijro varaqasining mazmuni |
Ijro varaqasida quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak: | Ijro varaqasida quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak: |
1) ijro varaqasini bergan sudning nomi; | 1) ijro varaqasini bergan sudning nomi; |
2) ijro varaqasi berilgan ish va uning raqami; | 2) ijro varaqasi berilgan ish va uning raqami; |
3) ijro etilishi lozim boʻlgan sud hujjati qabul qilingan sana; | 3) ijro etilishi lozim boʻlgan sud hujjati qabul qilingan sana; |
4) undiruvchi va qarzdorning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), ularning joylashgan yeri (pochta manzili) yoki yashash joyi; | 4) undiruvchi va qarzdorning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), ularning joylashgan yeri (pochta manzili) yoki yashash joyi, undiruvchining va qarzdor jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan jismoniy shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning rekvizitlari), shuningdek undiruvchining va qarzdor yuridik shaxsning soliq toʻlovchi identifikatsiya raqami; |
5) sud hujjatining xulosa qismi; | 5) sud hujjatining xulosa qismi; |
6) sud hujjati qonuniy kuchga kirgan sana; | 6) sud hujjati qonuniy kuchga kirgan sana; |
7) ijro varaqasi berilgan sana va uni ijroga taqdim etish muddati. | 7) ijro varaqasi berilgan sana va uni ijroga taqdim etish muddati. |
Ijro varaqasi sudya tomonidan imzolanadi va sudning gerbli muhri bilan tasdiqlanadi. | Sud hujjatiga asosan beriladigan ijro varaqasi sudyaning elektron raqamli imzosidan foydalangan holda rasmiylashtiriladi va QR-kod (matritsali shtrixli kod) bilan tasdiqlanadi. Bunda agar sud hujjatiga asosan berilgan ijro varaqasi Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ijro etilishi lozim boʻlsa yoki undiruvchining iltimosnomasiga koʻra u sudning muhri va sudyaning imzosi bilan tasdiqlangan holda qogʻoz shaklida berilishi (yuborilishi, taqdim etilishi) mumkin. |
280-modda. Ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddati | 280-modda. Ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddati |
Ijro varaqasi sud hujjati qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran uch yil ichida yoki darhol ijro etilishi lozim boʻlgan sud hujjati qabul qilinganidan keyingi kundan eʼtiboran ijroga taqdim etilishi mumkin. | Ijro varaqasi sud hujjati qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran uch yil ichida yoki darhol ijro etilishi lozim boʻlgan sud hujjati qabul qilinganidan keyingi kundan eʼtiboran ijroga taqdim etilishi mumkin. |
Agar sud hujjatining ijrosi toʻxtatib qoʻyilgan boʻlsa, uning ijrosi toʻxtatib qoʻyilgan vaqt ijro varaqasini ijroga taqdim etish uchun belgilangan muddatga qoʻshib hisoblanmaydi. | Agar sud hujjatining ijrosi toʻxtatib qoʻyilgan boʻlsa, uning ijrosi toʻxtatib qoʻyilgan vaqt ijro varaqasini ijroga taqdim etish uchun belgilangan muddatga qoʻshib hisoblanmaydi. |
281-modda. Ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddatining uzilishi | 281-modda. Ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddatining uzilishi |
Ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddati: | Ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddati: |
ijro varaqasi ijroga taqdim etilganda; | ijro varaqasi ijroga taqdim etilganda; |
ijro varaqasi qarzdor tomonidan qisman ijro etilganda uziladi. | ijro varaqasi qarzdor tomonidan qisman ijro etilganda uziladi. |
Ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddati uzilgandan soʻng muddatning oʻtish davri yangidan boshlanadi. Muddat uzilguniga qadar oʻtgan vaqt yangi muddatga qoʻshib hisoblanmaydi. | Ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddati uzilgandan soʻng muddatning oʻtish davri yangidan boshlanadi. Muddat uzilguniga qadar oʻtgan vaqt yangi muddatga qoʻshib hisoblanmaydi. |
Ijro varaqasi uni toʻliq yoki qisman ijro etish imkoniyati yoʻqligi sababli undiruvchiga qaytarilgan taqdirda, ijro varaqasini muddat uzilgandan keyin ijroga taqdim etishning yangi muddati ijro varaqasi undiruvchiga qaytarilgan kundan eʼtiboran hisoblab chiqariladi. | Ijro varaqasi uni toʻliq yoki qisman ijro etish imkoniyati yoʻqligi sababli undiruvchiga qaytarilgan taqdirda, ijro varaqasini muddat uzilgandan keyin ijroga taqdim etishning yangi muddati ijro varaqasi undiruvchiga qaytarilgan kundan eʼtiboran hisoblab chiqariladi. |
282-modda. Ijro varaqasini ijroga taqdim etishning oʻtkazib yuborilgan muddatini tiklash | 282-modda. Ijro varaqasini ijroga taqdim etishning oʻtkazib yuborilgan muddatini tiklash |
Ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddatini oʻtkazib yuborgan undiruvchi ijro varaqasini bergan sudga yoki u ijro etiladigan joydagi sudga oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilishga haqli. | Ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddatini oʻtkazib yuborgan undiruvchi ijro varaqasini bergan sudga yoki u ijro etiladigan joydagi sudga oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilishga haqli. |
Muddatni oʻtkazib yuborish sabablari sud tomonidan uzrli deb topilgan taqdirda, oʻtkazib yuborilgan muddat tiklanishi mumkin. | Muddatni oʻtkazib yuborish sabablari sud tomonidan uzrli deb topilgan taqdirda, oʻtkazib yuborilgan muddat tiklanishi mumkin. |
Undiruvchining ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddatini tiklash toʻgʻrisidagi arizasi u sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran yigirma kunlik muddatda sud majlisida koʻrib chiqiladi. | Undiruvchining ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddatini tiklash toʻgʻrisidagi arizasi u sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran yigirma kunlik muddatda sud majlisida koʻrib chiqiladi. |
Undiruvchi, qarzdor sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida ariza kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay chiqarilgan sud ajrimi orqali, ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi. Biroq sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi arizani koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi. | Undiruvchi, qarzdor sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida ariza kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay chiqarilgan sud ajrimi orqali, ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi. Biroq sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi arizani koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi. |
Arizani koʻrish natijalari boʻyicha ajrim chiqariladi, uning koʻchirma nusxasi undiruvchi va qarzdorga yuboriladi. | Arizani koʻrish natijalari boʻyicha ajrim chiqariladi, uning koʻchirma nusxasi undiruvchi va qarzdorga yuboriladi. |
Ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. | Ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. |
283-modda. Ijro varaqasining dublikatini berish | 283-modda. Ijro varaqasining dublikatini berish |
Ijro varaqasi yoʻqotilgan taqdirda, uni bergan sud undiruvchining arizasiga koʻra ijro varaqasining dublikatini berishi mumkin. | Ijro varaqasi yoʻqotilgan taqdirda, uni bergan sud undiruvchining arizasiga koʻra ijro varaqasining dublikatini berishi mumkin. |
Ijro varaqasining dublikatini berish toʻgʻrisidagi ariza ijro varaqasini ijroga taqdim etish uchun belgilangan muddat oʻtguniga qadar berilishi mumkin, bundan ijro varaqasi davlat ijrochisi yoki ijroni amalga oshiruvchi boshqa shaxs tomonidan yoʻqotilgan va bu haqda undiruvchiga ijro varaqasini ijroga taqdim etish uchun belgilangan muddat oʻtgandan soʻng maʼlum boʻlgan hollar mustasno. Ushbu hollarda ijro varaqasining dublikatini berish toʻgʻrisidagi ariza ijro varaqasi yoʻqotilganligi undiruvchiga maʼlum boʻlgan kundan eʼtiboran bir oy ichida berilishi mumkin. | Ijro varaqasining dublikatini berish toʻgʻrisidagi ariza ijro varaqasini ijroga taqdim etish uchun belgilangan muddat oʻtguniga qadar berilishi mumkin, bundan ijro varaqasi davlat ijrochisi yoki ijroni amalga oshiruvchi boshqa shaxs tomonidan yoʻqotilgan va bu haqda undiruvchiga ijro varaqasini ijroga taqdim etish uchun belgilangan muddat oʻtgandan soʻng maʼlum boʻlgan hollar mustasno. Ushbu hollarda ijro varaqasining dublikatini berish toʻgʻrisidagi ariza ijro varaqasi yoʻqotilganligi undiruvchiga maʼlum boʻlgan kundan eʼtiboran bir oy ichida berilishi mumkin. |
Ijro varaqasining dublikatini berish toʻgʻrisidagi ariza sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran yigirma kunlik muddatda sud majlisida koʻrib chiqiladi. | Ijro varaqasining dublikatini berish toʻgʻrisidagi ariza sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran yigirma kunlik muddatda sud majlisida koʻrib chiqiladi. |
Undiruvchi, qarzdor sud majlisi vaqti va joyi toʻgʻrisida ariza kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay chiqarilgan sud ajrimi orqali, ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi. Biroq, sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi arizani koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi. | Undiruvchi, qarzdor sud majlisi vaqti va joyi toʻgʻrisida ariza kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay chiqarilgan sud ajrimi orqali, ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi. Biroq, sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi arizani koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi. |
Arizani koʻrish natijalari boʻyicha ajrim chiqariladi, uning koʻchirma nusxasi undiruvchi va qarzdorga yuboriladi. | Arizani koʻrish natijalari boʻyicha ajrim chiqariladi, uning koʻchirma nusxasi undiruvchi va qarzdorga yuboriladi. |
Ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. | Ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. |
284-modda. Sud hujjatining qaytarma ijrosi | 284-modda. Sud hujjatining qaytarma ijrosi |
Agar ijro etilgan sud hujjati oʻzgartirilib yoki bekor qilinib, bildirilgan talabni toʻliq yoki qisman rad etish toʻgʻrisida yangi sud hujjati qabul qilinsa yoxud ish yuritish tugatilsa yoki ariza (shikoyat) koʻrmasdan qoldirilsa, bekor qilingan yoki tegishli qismi oʻzgartirilgan sud hujjati boʻyicha arizachining foydasiga undirilgan hamma narsa javobgarga qaytariladi. | Agar ijro etilgan sud hujjati oʻzgartirilib yoki bekor qilinib, bildirilgan talabni toʻliq yoki qisman rad etish toʻgʻrisida yangi sud hujjati qabul qilinsa yoxud ish yuritish tugatilsa yoki ariza (shikoyat) koʻrmasdan qoldirilsa, bekor qilingan yoki tegishli qismi oʻzgartirilgan sud hujjati boʻyicha arizachining foydasiga undirilgan hamma narsa javobgarga qaytariladi. |
Agar ijro etilmagan sud hujjati bekor qilinib yoki oʻzgartirilib, bildirilgan talabni toʻliq yoxud qisman rad etish toʻgʻrisida yangi sud hujjati qabul qilinsa yoxud ish yuritish tugatilsa yoki ariza (shikoyat) koʻrmasdan qoldirilsa, sud bekor qilingan yoki tegishli qismi oʻzgartirilgan sud hujjati boʻyicha undirishni toʻliq yoki qisman bekor qilish haqida sud hujjatini qabul qiladi. | Agar ijro etilmagan sud hujjati bekor qilinib yoki oʻzgartirilib, bildirilgan talabni toʻliq yoxud qisman rad etish toʻgʻrisida yangi sud hujjati qabul qilinsa yoxud ish yuritish tugatilsa yoki ariza (shikoyat) koʻrmasdan qoldirilsa, sud bekor qilingan yoki tegishli qismi oʻzgartirilgan sud hujjati boʻyicha undirishni toʻliq yoki qisman bekor qilish haqida sud hujjatini qabul qiladi. |
285-modda. Sud hujjatining qaytarma ijrosi toʻgʻrisidagi masalani hal qilish | 285-modda. Sud hujjatining qaytarma ijrosi toʻgʻrisidagi masalani hal qilish |
Sud hujjatining qaytarma ijrosi toʻgʻrisidagi masala ilgari qabul qilingan sud hujjatini bekor qilish yoki oʻzgartirish haqida yangi sud hujjatini qabul qilgan sud tomonidan hal etiladi. | Sud hujjatining qaytarma ijrosi toʻgʻrisidagi masala ilgari qabul qilingan sud hujjatini bekor qilish yoki oʻzgartirish haqida yangi sud hujjatini qabul qilgan sud tomonidan hal etiladi. |
Agar sud hujjatini bekor qilish yoki oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qarorda uning qaytarma ijrosi toʻgʻrisida koʻrsatma boʻlmasa, javobgar birinchi instansiya sudiga tegishli ariza berishga haqli. | Agar sud hujjatini bekor qilish yoki oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qarorda uning qaytarma ijrosi toʻgʻrisida koʻrsatma boʻlmasa, javobgar birinchi instansiya sudiga tegishli ariza berishga haqli. |
Sud hujjatining qaytarma ijrosi toʻgʻrisidagi ariza sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran yigirma kunlik muddatda, taraflar chaqirtirilmasdan va sud muhokamasisiz koʻrib chiqiladi. | Sud hujjatining qaytarma ijrosi toʻgʻrisidagi ariza sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran yigirma kunlik muddatda, taraflar chaqirtirilmasdan va sud muhokamasisiz koʻrib chiqiladi. |
Arizaga ilgari qabul qilingan sud hujjati ijro etilganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi. | Arizaga ilgari qabul qilingan sud hujjati ijro etilganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi. |
Sud hujjatining qaytarma ijrosi toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ajrim chiqariladi. | Sud hujjatining qaytarma ijrosi toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ajrim chiqariladi. |
Ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. | Ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. |
Sud hujjatining qaytarma ijrosi toʻgʻrisidagi ariza qanoatlantirilgan taqdirda, sud undirilgan mablagʻlarni qaytarish uchun ijro varaqasi beradi. | Sud hujjatining qaytarma ijrosi toʻgʻrisidagi ariza qanoatlantirilgan taqdirda, sud undirilgan mablagʻlarni qaytarish uchun ijro varaqasi beradi. |
286-modda. Ijro ishi yuritishni toʻxtatib turish va tugatish | 286-modda. Ijro ishi yuritishni toʻxtatib turish va tugatish |
Sud bergan ijro varaqasi asosida davlat ijrochisi tomonidan qoʻzgʻatilgan ijro ishini yuritishni sud qonunda nazarda tutilgan hollarda, undiruvchining, qarzdorning, davlat ijrochisining arizasiga koʻra toʻxtatib turishi yoki tugatishi mumkin. | Sud bergan ijro varaqasi asosida davlat ijrochisi tomonidan qoʻzgʻatilgan ijro ishini yuritishni sud qonunda nazarda tutilgan hollarda, undiruvchining, qarzdorning, davlat ijrochisining arizasiga koʻra toʻxtatib turishi yoki tugatishi mumkin. |
Maʼmuriy sud tomonidan berilgan ijro varaqasi asosida qoʻzgʻatilgan ijro ishini yuritishni toʻxtatib turish va tugatish oʻsha sud yoki davlat ijrochisi joylashgan yerdagi maʼmuriy sud tomonidan amalga oshiriladi. | Maʼmuriy sud tomonidan berilgan ijro varaqasi asosida qoʻzgʻatilgan ijro ishini yuritishni toʻxtatib turish va tugatish oʻsha sud yoki davlat ijrochisi joylashgan yerdagi maʼmuriy sud tomonidan amalga oshiriladi. |
Ijro ishini yuritishni toʻxtatib turish yoki tugatish toʻgʻrisidagi ariza u kelib tushgan kundan eʼtiboran yigirma kunlik muddatda, taraflar chaqirtirilmasdan va sud muhokamasisiz koʻrib chiqiladi. | Ijro ishini yuritishni toʻxtatib turish yoki tugatish toʻgʻrisidagi ariza u kelib tushgan kundan eʼtiboran yigirma kunlik muddatda, taraflar chaqirtirilmasdan va sud muhokamasisiz koʻrib chiqiladi. |
Ijro ishini yuritishni toʻxtatib turish yoki tugatish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ajrim chiqariladi, uning koʻchirma nusxasi undiruvchiga, qarzdorga, shuningdek davlat ijrochisiga yuboriladi. | Ijro ishini yuritishni toʻxtatib turish yoki tugatish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ajrim chiqariladi, uning koʻchirma nusxasi undiruvchiga, qarzdorga, shuningdek davlat ijrochisiga yuboriladi. |
Ajrim ustidan u chiqarilgan kundan boshlab oʻn kunlik muddatda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. | Ajrim ustidan u chiqarilgan kundan boshlab oʻn kunlik muddatda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. |
287-modda. Ijro ishini yuritishni tiklash | 287-modda. Ijro ishini yuritishni tiklash |
Ijro ishini yuritishni toʻxtatgan sud ijro ishini yuritishni uni toʻxtatishga asos boʻlgan sabablar yoki holatlar bartaraf etilgandan keyin undiruvchining, davlat ijrochisining arizasi boʻyicha tiklaydi. | Ijro ishini yuritishni toʻxtatgan sud ijro ishini yuritishni uni toʻxtatishga asos boʻlgan sabablar yoki holatlar bartaraf etilgandan keyin undiruvchining, davlat ijrochisining arizasi boʻyicha tiklaydi. |
Ijro ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi ariza u kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda, taraflar chaqirtirilmasdan va sud muhokamasisiz koʻrib chiqiladi. | Ijro ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi ariza u kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda, taraflar chaqirtirilmasdan va sud muhokamasisiz koʻrib chiqiladi. |
Arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ajrim chiqarilib, uning koʻchirma nusxasi undiruvchiga, qarzdorga, shuningdek davlat ijrochisiga yuboriladi. | Arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ajrim chiqarilib, uning koʻchirma nusxasi undiruvchiga, qarzdorga, shuningdek davlat ijrochisiga yuboriladi. |
Ijro ishi yuritishni tiklashni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. | Ijro ishi yuritishni tiklashni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. |
288-modda. Ijro varaqasini chaqirib olish va yangi ijro varaqasini berish | 288-modda. Ijro varaqasini chaqirib olish va yangi ijro varaqasini berish |
Sud yozuvdagi xatolar, harfiy xatolar, arifmetik xatolar bilan berilgan, shuningdek oʻzgartirilgan (bekor qilingan) sud hujjati asosida berilgan ijro varaqasini undiruvchining, qarzdorning, davlat ijrochisining arizasiga yoki oʻz tashabbusiga koʻra taraflarni chaqirtirmasdan hamda sud muhokamasisiz chaqirib olishga va uning oʻrniga yangi ijro varaqasini berishga haqli. | Sud yozuvdagi xatolar, harfiy xatolar, arifmetik xatolar bilan berilgan, shuningdek oʻzgartirilgan (bekor qilingan) sud hujjati asosida berilgan ijro varaqasini undiruvchining, qarzdorning, davlat ijrochisining arizasiga yoki oʻz tashabbusiga koʻra taraflarni chaqirtirmasdan hamda sud muhokamasisiz chaqirib olishga va uning oʻrniga yangi ijro varaqasini berishga haqli. |
Ijro varaqasini chaqirib olish va yangi ijro varaqasini berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ajrim chiqariladi, uning koʻchirma nusxasi undiruvchiga, qarzdorga, shuningdek, agar sud qarorining ijrosi davlat ijrochisining ish yurituvida boʻlsa, davlat ijrochisiga yuboriladi. | Ijro varaqasini chaqirib olish va yangi ijro varaqasini berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ajrim chiqariladi, uning koʻchirma nusxasi undiruvchiga, qarzdorga, shuningdek, agar sud qarorining ijrosi davlat ijrochisining ish yurituvida boʻlsa, davlat ijrochisiga yuboriladi. |
Yozuvdagi xatolar, harfiy xatolar, arifmetik xatolar bilan berilgan yoki oʻzgartirilgan (bekor qilingan) sud hujjati asosida berilgan ijro varaqasi undiruvchi yoki davlat ijrochisi tomonidan uni bergan sudga ijro etilmasdan qaytariladi. | Yozuvdagi xatolar, harfiy xatolar, arifmetik xatolar bilan berilgan yoki oʻzgartirilgan (bekor qilingan) sud hujjati asosida berilgan ijro varaqasi undiruvchi yoki davlat ijrochisi tomonidan uni bergan sudga ijro etilmasdan qaytariladi. |
Ijro varaqasini chaqirib olish va yangi ijro varaqasini berish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. | Ijro varaqasini chaqirib olish va yangi ijro varaqasini berish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. |