09.06.2000 yildagi 223-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 07.09.2011 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR AKADEMIYASI FAOLIYATINI ERKINLASHTIRISH VA SAMARALI RIVOJLANISHINI TAʼMINLASH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston ilmiy salohiyatini mustahkamlash, respublikada fundamental tadqiqotlarni yuqori darajada tashkil qilish va samarali boshqarish, fan va texnika sohasida xalqaro hamkorlikni kuchaytirish, Fanlar akademiyasi faoliyatini ilgʻor andozalar asosida va mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida roʻy berayotgan islohotlar va erkinlashtirish jarayonlariga keng koʻlamda muvofiqlashtirish hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlari faoliyatini ragʻbatlantirish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy majlisida qabul qilingan Fanlar akademiyasining yangi Ustavi va tuzilmasi 1 va 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Fanlar akademiyasi Umumiy majlisining mamlakatimizda muxbir aʼzolik institutini tugatish, Akademiyaning mavjud muxbir aʼzolik institutini tugatish, Akademiyaning mavjud muxbir aʼzolari Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzoligiga saylangani va ularga akademik unvonini berish haqidagi qarori eʼtiborga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda, bir hafta muddatda, ushbu masalaning moliyaviy taʼminotini hal qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Moliya vazirligi va Mehnat vazirligi bilan kelishilgan holda, ikki hafta muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasi boshqaruv apparatining tasdiqlangan tuzilmasiga muvofiq Yangi shtatlar jadvalini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari, ilmiy va muhandis-texnik xodimlarining tabaqalashtirilgan lavozimlar roʻyxatini va malaka tavsifnomalarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va uning tasarrufidagi ilmiy-tadqiqot muassasalariga, ularning faoliyatiga ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida, sarf-xarajatlar smetasi, shtatlar jadvali hamda xodimlar maoshining miqdori va mehnatga haq toʻlash shartlarini mustaqil ravishda ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, bir oy muddatda, ilmiy-tadqiqot muassasalarida, amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, budjet va nobudjet tushumlar hisobiga, ilmiy va muhandis-texnik xodimlar mehnatini moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasini tashkil etsin va uning Nizomini tayyorlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, ilmiy-tadqiqot muassasasi direktori jamgʻarma mablagʻlarining, ilmiy va muhandis-texnik xodimlarning ilmiy hissasiga yarasha, bajarilayotgan ishning salmogʻi va sifatiga qarab, oʻz huzurida tashkil etiladigan laboratoriya (boʻlim) mudirlari Kengashi bilan kelishgan holda, maqsadli sarflanishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Fan va texnika davlat qoʻmitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda mamlakatimizda fundamental tadqiqotlarning natijalari va yangi texnologiyalarni amaliyotga oʻz vaqtida tadbiq qilish va ulardan samarali foydalanish uchun, ilmiy-tadqiqot muassasalarining xususiyatlarini inobatga olgan holda, tajriba-sinov mahsulotlarini ishlab chiqishga mos zamonaviy moddiy-texnik bazani shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqsinlar va ularning amalga oshirilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi oʻz huzurida tashkil etilgan Ilmiy kengashlar ekspert xulosalari asosida har yili oʻz tasarrufidagi ilmiy-tadqiqot muassasalarining reytingini aniqlasin va 2000-yildan boshlab Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiladigan yillik hisobotiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy-tadqiqot muassasalarining reytingini aniqlashda va faoliyatiga baho berishda, boshqa mezonlar qatorida, xalqaro ilmiy va texnologik hamkorlikni rivojlantirish, ilmiy muassasaga jalb etilgan tashqi va ichki investitsiyalar miqdori va ulardan samarali foydalanish koʻrsatkichlari hisobga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Fan va texnika davlat qoʻmitasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi tasarrufida taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalari, respublika oliy taʼlim muassasalari (avvalambor, magistratura boʻlimlari) va akademik litseylar oʻrtasidagi hamkorlikni ilm-fanning tegishli yoʻnalishlari boʻyicha oʻzaro manfaatli shartnomalar asosida tashkil etishni va bunda ilmiy ishlar doimo yuksak darajada olib borilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu hamkorlik shartnomalarida ilmiy-tadqiqot muassasalariga iqtidorli yosh mutaxassislariga yuqori malakali va isteʼdodli olimlarni uzluksiz ravishda jalb qilish shartlari belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 18-noyabrdagi F-914-son Farmoyishi asosida tuzilgan Maxsus ishchi guruhga “Umid” jamgʻarmasining yoʻllanmasi boʻyicha chet el taʼlim muassasalarida magistraturani muvaffaqiyatli oʻtab kelgan yosh mutaxassislarni, boshqa vazirliklar va davlat idoralari qatorida, Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalariga ham muntazam ravishda taqsimlash va ularning salohiyatidan samarali foydalanishni nazorat qilish vazifasi yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy majlisida qabul qilingan Ustav talablariga binoan, bir oy muddatda, Fanlar akademiyasi rahbariyatining navbatdagi saylovlariga tayyorgarlik koʻrilsin va Vazirlar Mahkamasiga tegishli takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Nizomi toʻgʻrisida” 1995-yil 3-apreldagi 109-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 9-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
223-son

Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 9-iyundagi 223-son qaroriga
1-ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR AKADEMIYASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
USTAVI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi fan, texnika, madaniyat va maʼrifat sohasida fundamental, amaliy va innovatsiya ilmiy tadqiqotlarni (keyingi oʻrinlarda — ilmiy tadqiqotlar deb yuritiladi) amalga oshiruvchi, ilmiy ishlanmalarni muvofiqlashtiruvchi va ularga samarali rahbarlikni taʼminlovchi, davlatning intellektual, iqtisodiy va maʼnaviy salohiyati yuksalishiga qaratilgan fan va keng qamrovli ilmiy texnologiya yutuqlarini oʻz vaqtida ishlab chiqarishga joriy etuvchi mamlakatning oliy ilmiy tashkiloti hisoblanadi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-sentabrdagi 249-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 36-son, 368-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasi akademiklar va uning xorijiy aʼzolarini hamda oʻz tasarrufidagi ilmiy muassasalar ilmiy xodimlari va mutaxassislarini birlashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasining faoliyati davlat budjeti va belgilangan tartibda jalb qilingan budjetdan tashqari mablagʻlar asosida yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Fanlar akademiyasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda ushbu Ustavga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Fanlar akademiyasi Oʻzbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy va maʼnaviy-maʼrifiy rivojlanishini taʼminlash talablaridan kelib chiqqan holda ustuvor, istiqbolli va ilgʻor ilmiy yoʻnalishlarni belgilaydi, istiqbolli ilmiy tadqiqotlar dasturlarini ishlab chiqadi va ularni amalga oshiradi, oʻz tasarrufidagi muassasalarning shu maqsadga qaratilgan tashkiliy va tarkibiy masalalarini hal etadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-sentabrdagi 249-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 36-son, 368-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Fanlar akademiyasining asosiy vazifalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fan va texnika sohasidagi davlat siyosatining amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va jamiyat taraqqiyotini taʼminlovchi istiqbolli ilmiy yoʻnalishlar boʻyicha ilmiy tadqiqotlar va ilgʻor texnologiyalarni rivojlantirish strategiyasini belgilaydi;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-sentabrdagi 249-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 36-son, 368-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy, texnikaviy, tibbiy, ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va maʼnaviy-maʼrifiy rivojiga koʻmaklashuvchi ilmiy tadqiqotlar olib boradi;
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-sentabrdagi 249-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 36-son, 368-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiat, jamiyat va insoniyat taraqqiyoti, millatlar, milliy madaniyatlar, davlat va milliy munosabatlarning rivojlanishi muammolarini, taʼlim va maʼrifat masalalarini oʻrganadi, tahlil qiladi va ilmiy natijalar asosida ushbu yoʻnalishlarga oid masalalarning yechimi haqida takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasi oʻz faoliyatida yaratilgan va yaratilayotgan “nou-xau” va intellektual mulkni amaldagi qonunchilik asosida rasmiylashtiradi, himoya qiladi va ulardan foydalanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi texnika, zamonaviy texnologiyalarni va ulardan amaliyotda foydalanish tamoyillarini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy ishlanmalarning natijalari va intellektual mulk obyektlaridan samarali foydalanishning zamonaviy mexanizmlari amaliyotga joriy qilinishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilm-fanni koʻp talab qiluvchi xalq xoʻjaligi tarmoqlarining rivojlanishiga, jahon fani va texnikasi yutuqlarini umumlashtirish va ulardan foydalanishga, tashqi va ichki investitsiyalarni ilmiy muassasalarga jalb etish va ulardan oqilona foydalanishga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablariga muvofiq taʼlim tizimini zamonaviy darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari, oʻqitishning texnik vositalari va pedagogik texnologiyalar bilan taʼminlash boʻyicha aniq maqsadga yoʻnaltirilgan ishlarni olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda Kadrlar tayyorlash milliy dasturining talablariga javob beruvchi yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni taʼminlash boʻyicha faoliyatni amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasalari bilan yaqin hamkorlikni amalga oshiradi, ularda tegishli ilmiy tadqiqotlarning rivojlanishini, Akademiyaning ilgʻor ilmiy va texnologik bazasidan foydalangan holda fan yoʻnalishlari boʻyicha yuqori malakali magistrlar tayyorlashni taʼminlaydi;
(4-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-sentabrdagi 249-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 36-son, 368-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish ishlarini olib boradi va olimlarning samarali ijodiy faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taraqqiy etgan mamlakatlarning akademiyalari, nufuzli xorijiy ilmiy-tadqiqot markazlari va muassasalari bilan xalqaro ilmiy va texnologik hamkorlikni tashkil etish va rivojlantirishni taʼminlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olimlar va ilmiy tadqiqot olib borayotgan jamoalarning ilmiy asarlarini eʼlon qilish boʻyicha matbaachilik faoliyatini amalga oshiradi, oʻzining davriy nashrlari ishlarini taʼminlaydi;
(4-bandning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-sentabrdagi 249-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 36-son, 368-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasining atoqli olimlar nomidagi medal va mukofotlarini taʼsis etadi hamda yuksak ilmiy va ilmiy-texnikaviy yutuqlari uchun olimlar va ijodiy jamoalarni ushbu medal va mukofotlar bilan mukofotlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy bilimlarni ommalashtiradi, fan va taʼlimning jamiyat hayotidagi nufuzi va ahamiyatini oshirish, ilmiy xodimlarning ijtimoiy himoya qilinishi va huquqlari toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Fanlar akademiyasi oʻzining asosiy vazifalarini bajarish uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz tasarrufidagi ilmiy-tadqiqot muassasalarini, ularning filiallarini va boshqa yordamchi tashkilotlarni belgilangan tartibda tashkil qiladi, qayta tashkil etadi va tugatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoq ilmiy-tadqiqot muassasalari, akademik litseylar, oliy taʼlim muassasalari (avvalambor, magistratura boʻlimlari), vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, ilmiy hamda ilmiy-texnika jamiyatlari, ijodiy uyushmalar, firmalar, birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar bilan oʻzaro manfaatli ilmiy hamkorlikni rivojlantiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy tadqiqotlarning eng muhim yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy kengashlar, jamiyatlar va boshqa birlashmalar tashkil etadi hamda fanni rivojlantirishda ushbu jamoa tashkilotlari imkoniyatlaridan keng va samarali foydalanadi;
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-sentabrdagi 249-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 36-son, 368-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eng muhim ilmiy va ilmiy-texnikaviy muammolarning yechimi boʻyicha tanlovlar tashkil etadi, koʻrikdan oʻtgan ilgʻor loyihalarni ilmiy jihatdan mukammallashtirish va amaliyotga joriy etish boʻyicha tashkiliy ishlarni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarni oʻz vaqtida zarur axborotlar bilan taʼminlaydi va buning uchun barcha shart-sharoitlarni yaratadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika taraqqiyoti uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan ilmiy muammolar boʻyicha ilmiy, ilmiy-texnikaviy konferensiyalar, simpoziumlar, seminarlar tashkil qiladi, buyuk allomalar, taniqli fan va madaniyat arboblari sharafiga ilmiy-ommabop tadbirlar oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Fanlar akademiyasi har yili oʻz faoliyati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. FANLAR AKADEMIYASINING TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Fanlar akademiyasi ilmiy-tarmoq va hududiy tamoyillar boʻyicha tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Fanlar akademiyasi tarkibiga boshqaruv apparati, mintaqaviy boʻlimlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari (ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari, ilmiy-tadqiqot institutlari, ilmiy-oʻquv markazi, muzeylar, botanika bogʻlari, konstruktorlik byurolari, tajriba-sinov zavodlari va boshqa ilmiy tashkilotlar), “Fan” nashriyoti va bosmaxona, fundamental kutubxona, mehmonxona, arxivlar, jurnallar tahririyatlari, madaniy-maʼrifiy va davolash sogʻlomlashtirish hamda xoʻjalik boʻlinmalari kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Fanlar akademiyasi prezidenti huzurida jamoatchilik asosida ishlaydigan ilmiy-tadqiqot muassasalari direktorlarining Kengashi tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kengash ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatini mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoniga eng maqbul tarzda muvofiqlashtirib boradigan maslahat organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengashning faoliyati ushbu Ustav va Fanlar akademiyasi Umumiy majlisi tasdiqlagan Nizom asosida olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Fanlar yoʻnalishlari boʻyicha vitse-prezidentlar huzurida jamoatchilik asosida ishlovchi Ilmiy kengashlar tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy kengashlar mamlakatimizda olib borilishi lozim boʻlgan va jamiyatimizning taraqqiyotiga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yoʻnalishlarini aniqlashga, ushbu yoʻnalishlar boʻyicha bajarilayotgan ilmiy ishlarning mavqeyi va samaradorligini jahon fanining yuksak talablari darajasida baholashga hamda yetakchi konsultativ-ekspert ilmiy jamoa sifatida faoliyat koʻrsatib, mamlakatimiz ilm-fanining nufuzini jahon miqyosida oshirishga bevosita xizmat qiladigan maslahat organi hisoblanadi.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-sentabrdagi 249-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 36-son, 368-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy Kengashlar tarkibiga Fanlar akademiyasining akademiklari, ilmiy-tadqiqot muassasalari (jumladan, tarmoq ilmiy-tadqiqot muassasalari) va oliy taʼlim muassasalari vakillari hamda yuqori malaka va tajribaga ega boʻlgan (ilmiy darajasi bor yoki yoʻqligidan qatʼi nazar) amaliyotchi-mutaxassislar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vitse-prezidentlar huzuridagi Ilmiy kengashlar ushbu Ustav va Fanlar akademiyasi Hayʼati tasdiqlagan Nizom asosida ish olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Fanlar akademiyasi boshqaruv apparatiga xalqaro aloqalar boʻyicha vitse-prezident lavozimi kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro aloqalar boʻyicha vitse-prezident oʻz faoliyatida xalqaro ilmiy va texnologik hamkorlikni rivojlantiradi, fanga tashqi investitsiyalar keng jalb qilinishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Bosh ilmiy kotib va vitse-prezidentlar tasarrufida yuqori malakali mutaxassislar va ekspertlardan iborat maʼmuriy xizmatlar tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Fanlar akademiyasi boshqaruv apparatining xoʻjalik ishlarini taʼminlash hamda akademiklarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq boʻlgan masalalar Fanlar akademiyasi ishlar boshqaruvchisi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlar boshqaruvchisi va unga qarashli tuzilmalar faoliyati ushbu Ustav hamda Fanlar akademiyasi Hayʼati tasdiqlagan Nizom bilan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Fanlar akademiyasi va uning muassasalari huzurida belgilangan tartibda firmalar, kichik va qoʻshma korxonalar, xoʻjalik jamiyatlari, shirkatlar hamda mulkchilikning turli shakllariga asoslangan tashkilotlar va korxonalar uyushmalari, shuningdek nodavlat va notijorat tashkilotlar ilmiy tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlovchi jamgʻarmalar tashkil etilishi mumkin.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-sentabrdagi 249-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 36-son, 368-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Fanlar akademiyasi, uning mintaqaviy boʻlimlari, mustaqil ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va ularga tenglashtirilgan ilmiy tashkilotlar yuridik shaxs maqomiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasi va uning muassasalari amaldagi qonunchilik doirasida tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshiradi, shuningdek milliy va chet el valyutasida bank hisob raqamlarini ochishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasining manzili: 700047, Toshkent sh, Yahyo Gʻulomov koʻchasi, 70-uy.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. FANLAR AKADEMIYASINING UMUMIY MAJLISI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Fanlar akademiyasi akademiklari va ilmiy-tadqiqot muassasalari direktorlaridan tashkil topgan Umumiy majlis Fanlar akademiyasining yuqori organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Fanlar akademiyasi Umumiy majlisi aʼzolari Umumiy majlisda koʻrib chiqiladigan barcha masalalarni hal etishda teng huquqqa egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Fanlar akademiyasi Umumiy majlisi ilm-fanni rivojlantirish va Akademiya faoliyatining eng muhim masalalarini koʻrib chiqish uchun uning Hayʼati tomonidan har yili kamida bir marta chaqiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Umumiy majlisning asosiy vazifalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilm-fanni rivojlantirishning ustuvor, istiqbolli va ilgʻor yoʻnalishlarini va ularga taalluqli ilmiy dasturlar loyihalarini muhokama qiladi hamda ular boʻyicha zarur qarorlar qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasining akademiklari va xorijiy aʼzolarini saylaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasi prezidentini, vitse-prezidentlarini va bosh ilmiy kotibni saylaydi va ularni egallab turgan lavozimidan ozod qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasi Ustavi va tuzilmasini qabul qiladi, unga oʻzgartirishlar kiritadi hamda tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot muassasalarining Namunaviy nizomini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasi Hayʼatining maʼruzalari va hisobotlarini muhokama qiladi va tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasining atoqli olimlari nomidagi medallari va mukofotlarini taʼsis etish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi hamda belgilangan tartibda yetakchi olimlar va ilmiy jamoalarni mukofotlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda ilmiy-tadqiqot muassasalarini tashkil qilish, qayta tashkil qilish va ularning faoliyatini tugatish toʻgʻrisidagi masalalarni koʻrib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasi oʻz vazifalarini amalga oshirish jarayonida dolzarb va ustuvor muammolarni hal qilish maqsadida qonunchilik faoliyati sohasida tashabbus koʻrsatish huquqiga ega;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarurat boʻlganda Fanlar akademiyasi faoliyatiga taalluqli boshqa masalalarni hal etish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Navbatdan tashqari Umumiy majlis Fanlar akademiyasi akademiklari yoki uning tasarrufidagi ilmiy-tadqiqot muassasalari direktorlarining kamida uchdan bir qismining taklifiga koʻra, shuningdek mintaqaviy boʻlimlarning ular tomonidan taklif etilgan kun tartibini muhokama qilish uchun chaqirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy majlisda Fanlar akademiyasi Hayʼati taklif etgan shaxslar qatnashishlari va kun tartibi boʻyicha soʻzga chiqishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy majlis aʼzolari roʻyxatidagi tarkibning kamida uchdan ikki qismi majlisda qatnashganda va qaror qabul qilish uchun qatnashchilarning kamida uchdan ikki qismi ovoz bergan taqdirda Umumiy majlis toʻla huquqli boʻladi va uning qarorlari qabul qilingan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasining Hayʼati maxsus qaror bilan chet elda xizmat safarida boʻlgan yoki salomatligi tufayli majlisda qatnasha olmaydigan Umumiy majlis aʼzolarini ovoz berayotganda hisobdan chiqarish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy majlis qarorlarini bajarish Fanlar akademiyasining barcha tashkilotlari, aʼzolari va xodimlari uchun majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Umumiy majlisda Fanlar akademiyasi Hayʼati taklif etgan shaxslar qatnashishlari va kun tartibi boʻyicha soʻzga chiqishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Umumiy majlis aʼzolari roʻyxatidagi tarkibning kamida uchdan ikki qismi majlisda qatnashganda va qaror qabul qilish uchun qatnashchilarning kamida uchdan ikki qismi ovoz bergan taqdirda Umumiy majlis toʻla huquqli boʻladi va uning qarorlari qabul qilingan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Fanlar akademiyasining Hayʼati maxsus qaror bilan chet elda xizmat safarida boʻlgan yoki salomatligi tufayli majlisda qatnasha olmaydigan Umumiy majlis aʼzolarini ovoz berayotganda hisobdan chiqarish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Umumiy majlis qarorlarini bajarish Fanlar akademiyasining barcha tashkilotlari, aʼzolari va xodimlari uchun majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. FANLAR AKADEMIYASINING AKADEMIKLARI VA XORIJIY AʼZOLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Fanlar akademiyasining aʼzolari tarkibiga akademiklar va uning xorijiy aʼzolari kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Fanlar akademiyasining akademiklari va xorijiy aʼzolari bir umrga saylanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Fanlar akademiyasining akademiklari ilm-fanni jahon andozalari talablari darajasida yuksak ilmiy ahamiyatga ega boʻlgan ilmiy ishlar bilan boyitgan, ilmiy jamoatchilik tomonidan tan olingan ilmiy maktab yaratgan, ilmiy yutuqlari mamlakatning intellektual va iqtisodiy salohiyatini rivojlantirish va kuchaytirishga javob beradigan, yoshi 65 dan oshmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlgan fan doktorlaridan saylanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(27-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-sentabrdagi 249-sonli qarori bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2011-y., 36-son, 368-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Fanlar akademiyasining xorijiy aʼzolari ilmiy yutuqlari jahon va mamlakat ilm-fani, Oʻzbekiston Respublikasi xalq xoʻjaligi va madaniyati rivojiga ijobiy taʼsir koʻrsatgan, xalqaro hamkorlikka, tinchlik, barqarorlik ishiga va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga salmoqli hissa qoʻshgan xorijiy fuqarolardan saylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Fanlar akademiyasi aʼzoligiga saylovlar ushbu Ustav hamda Fanlar akademiyasi Hayʼati tomonidan tasdiqlangan saylovlar toʻgʻrisidagi Nizom asosida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. FANLAR AKADEMIYASI AKADEMIKLARINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Fanlar akademiyasi akademigining majburiyatlari:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy tadqiqotlarda faol ishtirok etadi, ularning istiqbolli va ilgʻor yoʻnalishlarini shakllantiradi va fanning oʻzi saylangan sohasining yuksak ilmiy darajasi uchun masʼuldir;
(30-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-sentabrdagi 249-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 36-son, 368-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori malakali ilmiy kadrlar va mutaxassislar tayyorlash ishlarida, ilgʻor ilmiy maktablarni shakllantirish va rivojlantirishda bevosita ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishda, yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlashda shaxsan erishgan yutuqlari, ilmiy asarlarini oʻz ichiga olgan ilmiy va ilmiy-tashkilotchilik faoliyati haqidagi yillik hisobotni hamda oʻzi saylangan fan sohasini rivojlantirishga oid taklif va tavsiyalarni har yili Fanlar akademiyasiga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasi Hayʼati, Fanlar akademiyasi prezidenti, vitse-prezidentlari va bosh ilmiy kotibning topshiriqlarini bajaradi, Fanlar akademiyasining Umumiy majlisi ishida faol qatnashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Fanlar akademiyasi akademigining huquqlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalarida ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalarida tanlovdan oʻtmasdan ilmiy lavozimlarni egallash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzining ilmiy asarlarini nashr etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasi Umumiy majlisi va Hayʼatida koʻrib chiqish uchun ilmiy va ilmiy-tashkiliy masalalarni kiritish va ularning muhokamasida ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda akademiklikka nomzodlar koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vitse-prezidentlar huzuridagi Ilmiy kengashlar faoliyatida, ular fanning qaysi yoʻnalishiga taalluqli ekanligidan qatʼiy nazar, ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vitse-prezidentlar huzurida ilm-fanning dolzarb yoʻnalishlari boʻyicha muayyan Ilmiy kengashlar tuzish haqida takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasining akademiklari akademiklik unvoni uchun har oyda belgilangan gonorar oladilar va belgilangan huquq va imtiyozlardan foydalanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademiklari Oʻzbekiston fuqaroligini boshqa mamlakat fuqaroligiga belgilangan tartibda almashtirgan taqdirda Akademiyaning xorijiy aʼzolari tarkibiga oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasining xorijiy aʼzolari akademiklarga tegishli barcha huquqlardan foydalanadilar. Akademiyaning rahbariyatiga saylanish, akademiklarni saylashda ovoz berish, akademiklik unvoni uchun gonorar olish bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. FANLAR AKADEMIYASINING AKADEMIKLARI VA XORIJIY AʼZOLARINI SAYLASH TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Fanlar akademiyasi aʼzoligiga vakant va yangi ochiladigan oʻrinlarni hamda saylovlar oʻtkazish muddatlarini Akademiya Hayʼati tavsiyasiga binoan, ilm-fan sohalarining turli yoʻnalishlarida mavjud ehtiyojlarni hisobga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasi Hayʼatining akademiklar safiga saylovlar oʻtkazilishi haqidagi xabari saylovlar oʻtkazilishidan kamida ikki oy oldin respublika matbuotida eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Fanlar akademiyasining xorijiy aʼzolari Hayʼatning taqdimnomasiga binoan Fanlar akademiyasining Umumiy majlisida ochiq ovoz berish yoʻli bilan saylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Eʼlonda koʻrsatilgan ixtisosliklar boʻyicha akademiklikka nomzodlar koʻrsatish huquqi akademiklar, ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalari ilmiy kengashlariga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalari tomonidan nomzodlar koʻrsatish ilmiy (ilmiy-texnika) kengashlar majlislarida yashirin ovoz berish yoʻli bilan oʻtkaziladi. Ovoz berishda qatnashgan kishilarning kamida 50 foiz ovozini olganlar nomzodlikka koʻrsatilgan hisoblanadi. Ovoz berishda Kengash aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademiklikka nomzodlar koʻrsatgan muassasalar nomzodlarning ilmiy va ilmiy-tashkilotchilik faoliyatini tavsiflovchi hujjatlarni belgilangan tartibda Fanlar akademiyasining kadrlar boʻlimiga roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Fanlar akademiyasi Hayʼati nomzodlarning hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazadi, ularning ilmiy faoliyati yoʻnalishlari eʼlon qilingan ixtisosliklarga mos yoki mos emasligini aniqlaydi va saylovda ishtirok etishga ruxsat berilgan nomzodlarning roʻyxatini respublika matbuotida saylovdan kamida 20 kun oldin eʼlon qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Matbuotda eʼlon qilingan nomzodlarning ilmiy va ilmiy-tashkilotchilik faoliyati haqidagi materiallar Fanlar akademiyasi Hayʼati tomonidan Umumiy majlisning barcha aʼzolariga tanishtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Akademiklikka saylovlar Fanlar akademiyasining Umumiy majlisi qaroriga muvofiq ochiq yoki yashirin ovoz berish yoʻli bilan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademiklarni saylashda Umumiy majlisning barcha aʼzolari hal qiluvchi ovoz berish huquqiga egadirlar. Fanlar akademiyasi Umumiy majlisi roʻyxatidagi aʼzolarning kamida uchdan ikki qismi ovoz berishda qatnashishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Ovoz berishda qatnashgan Umumiy majlis aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi ovozini olgan nomzodlar saylangan hisoblanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Agar dastlabki saylovda nomzodlardan birortasi ham saylanish uchun yetarli miqdorda ovoz ololmasa, Umumiy majlis uch marta qayta saylov oʻtkazish huquqiga egadir. Ovoz berishda qatnashganlarning kamida uchdan bir yoki undan koʻp qismi qoʻllab-quvvatlangan nomzodlar keyingi saylovlarga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovoz berishning uchinchi martasiga ikkinchi martasida eng koʻp ovoz olgan nomzod qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Saylovlarni oʻtkazish uchun Fanlar akademiyasi Umumiy majlisi tomonidan hisob komissiyasi saylanadi. Hisob komissiyasi saylov yakunlari boʻyicha bayonnoma tayyorlaydi. Hisob komissiyasining bayonnomasi Umumiy majlis tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Fanlar akademiyasi tarkibiga saylangan yangi aʼzolar roʻyxati respublika matbuotida eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. FANLAR AKADEMIYASI HAYʼATI VA UNING AʼZOLARINI SAYLASH TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Fanlar akademiyasi Hayʼati Akademiya zimmasiga yuklangan barcha vazifalarni amalga oshiruvchi tashkiliy-boshqaruv organi hisoblanadi va oʻz tasarrufidagi ilmiy-tadqiqot muassasalarining faoliyatiga bevosita ilmiy-uslubiy rahbarlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasi Hayʼati tarkibiga prezident, 4 ta vitse-prezident (shu jumladan, 3 ta fanlar yoʻnalishlari va 1 ta xalqaro aloqalar boʻyicha), bosh ilmiy kotib, mintaqaviy boʻlimlar raislari kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Fanlar akademiyasi prezidenti lavozimiga nomzodlar muqobillik asosida akademiklar qatoridan tanlanib ilmiy-tadqiqot muassasalari direktorlarining Kengashida muhokama etiladi va maʼqul deb hisoblangan nomzod Fanlar akademiyasining Umumiy majlisiga saylash uchun tavsiya etiladi. Umumiy majlis ochiq ovoz berish yoʻli bilan Fanlar akademiyasi prezidentini saylaydi. Agarda tavsiya etilgan nomzod saylov natijalariga koʻra Umumiy majlis qatnashchilarining koʻpchilik ovoziga ega boʻla olmasa, unda ilmiy-tadqiqot muassasalari direktorlari Kengashining raisi ikkinchi (oxirgi) tur saylovlarini tashkil etadi. Bu holda, u dastlab Umumiy majlis aʼzolari va tasdiqlovchi organ bilan tegishli konsultatsiyalar oʻtkazadi hamda shu asosda eng maqbul nomzodni saylash uchun Umumiy majlisga tavsiya etadi. Fanlar akademiyasi Umumiy majlisi Akademiya prezidentligiga saylangan nomzodni lavozimga tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga murojaat qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Fanlar akademiyasining vitse-prezidentlari va bosh ilmiy kotibi fan va texnikaning rivojiga ulkan hissa qoʻshgan, ilmiy-texnik ishlanmalarni yaratish va amaliyotga joriy etish, ilmiy kadrlar va yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda katta xizmat qilgan olimlar qatoridan ilmiy-tadqiqot muassasalari direktorlarining Kengashi bilan kelishilgan holda Fanlar akademiyasi prezidentining tavsiyasiga binoan Umumiy majlisda ochiq ovoz berish yoʻli bilan saylanadilar.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-sentabrdagi 249-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 36-son, 368-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Fanlar akademiyasining Qoraqalpogʻiston boʻlimi va boshqa mintaqaviy boʻlimlar raislari lavozim talablariga toʻliq javob beradigan olimlar qatoridan Fanlar akademiyasi prezidenti tomonidan tayinlanadi.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-sentabrdagi 249-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 36-son, 368-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Fanlar akademiyasining prezidenti, vitse-prezidentlari va bosh ilmiy kotibi besh yil muddatga va ketma-ket koʻpi bilan ikki muddatga saylanishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Fanlar akademiyasining Hayʼati oʻz faoliyati haqida Umumiy majlisga hisobot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Fanlar akademiyasi prezidentining asosiy vazifalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasiga umumiy rahbarlikni va Oʻzbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy, intellektual va maʼnaviy yuksalishini taʼminlashga doir ilmiy strategiyasini amalga oshiradi, kundalik masalalarni operativ tarzda hal etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademiyadagi ishlarning ahvoli uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi va Fanlar akademiyasining Umumiy majlisi oldida shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat yuqori organlari oldida va xalqaro maydonda Fanlar akademiyasi nomidan ish yuritadi va uning manfaatlarini himoya qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademiyaning boshqaruv apparati lavozim vazifalarini tasdiqlaydi va ushbu vazifalarning rahbar xodimlar tomonidan bajarilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz huzuridagi ilmiy-tadqiqot muassasalari direktorlari Kengashi faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi hamda uning tavsiyalari va takliflarini koʻrib chiqadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqishga, Fanlar akademiyasi faoliyatining samaradorligi va rivojlanishiga toʻsiq boʻlib turgan kamchiliklarning bartaraf etilishini taʼminlaydi;
(48-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-sentabrdagi 249-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 36-son, 368-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rejalashtirilgan ilmiy tadqiqotlarning bajarilishini nazorat qiladi hamda fan yutuqlari va yangi texnologiyalar amaliyotga oʻz vaqtida tadbiq etilishini taʼminlaydi;
(48-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-sentabrdagi 249-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 36-son, 368-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot muassasalarining oliy taʼlim muassasalari va akademik litseylar bilan samarali hamkorligini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasining nashr ishlarini va “Fan” nashriyoti faoliyatini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishiga rahbarlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasi mintaqaviy boʻlimlari raislari, ilmiy-tadqiqot muassasalari direktorlarini amaldagi qonunchilik va belgilangan tartib boʻyicha lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi, shuningdek ilmiy-yordamchi va xoʻjalik boʻlimlari rahbarlarini shartnoma asosida lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot muassasalarida ilmiy ishlar bilan band boʻlgan xodimlar faoliyatini erkinlashtirishga, ularning ilmiy tadqiqotlari samarali boʻlishiga yordam beruvchi sharoitlar yaratilishi, ilmiy jamoalarda ijodiy muhit tashkil etilishini taʼminlaydi;
(48-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-sentabrdagi 249-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 36-son, 368-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasi kreditlarining asosiy boshqaruvchisi hisoblanadi va ularning toʻgʻri sarflanishini nazorat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasi prezidentining topshiriqlari va koʻrsatmalari yuzasidan buyruqlar va yoʻriq xatlar chiqariladi, rasmiylashtiriladi va tegishli manzilga yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. FANLAR AKADEMIYASINING MINTAQAVIY BOʻLIMLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Fanlar akademiyasining mintaqaviy boʻlimlari Oʻzbekiston Respublikasining muayyan hududlarida ilmiy va ilmiy-texnikaviy salohiyatni rivojlantirish uchun tashkil etiladi. Mintaqaviy boʻlimlarni tashkil qilish, qayta tashkil qilish va tugatish Fanlar akademiyasi Hayʼatining tavsiyasi bilan Umumiy majlis tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Fanlar akademiyasining mintaqaviy boʻlimlari oʻz faoliyatida bevosita Fanlar akademiyasi prezidentiga boʻysunadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mintaqaviy boʻlim tasarrufidagi muassasalarga rahbarlikni boʻlim raisi, uning oʻrinbosari va bosh ilmiy kotib amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Mintaqaviy boʻlim raisi oʻrinbosari va bosh ilmiy kotibi boʻlim raisining tavsiyasiga binoan Fanlar akademiyasi prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mintaqaviy boʻlimlar raislari Fanlar akademiyasi Umumiy majlisi va Hayʼati qarorlari hamda Fanlar akademiyasi prezidenti buyruqlarining bajarilishini taʼminlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Mintaqaviy boʻlimlar oʻz faoliyatlarini ushbu Ustav va Fanlar akademiyasi Hayʼati tomonidan tasdiqlangan mintaqaviy boʻlimlar Nizomi asosida olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX. FANLAR AKADEMIYASINING QORAQALPOGʻISTON BOʻLIMI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Qoraqalpogʻiston boʻlimi oʻz faoliyatini ushbu Ustav va Qoraqalpogʻiston boʻlimi Nizomiga muvofiq amalga oshiradi va bevosita Fanlar akademiyasi prezidentiga boʻysunadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻlim muassasalariga ilmiy-uslubiy rahbarlikni uning Hayʼati amalga oshiradi. Uning tarkibiga boʻlim raisi, raisning oʻrinbosari va bosh ilmiy kotib kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Qoraqalpogʻiston boʻlimi raisining oʻrinbosari va bosh ilmiy kotibi Fanlar akademiyasi prezidenti tomonidan Qoraqalpogʻiston boʻlimi raisining tavsiyasiga binoan 5 yil muddatga tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston boʻlimi oʻz boʻlimiga ajratilgan akademiklarning vakant oʻrinlariga nomzodlarni muhokama qiladi va sohalar boʻyicha saylash uchun oʻz tavsiyasini Fanlar akademiyasining prezidentiga beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston boʻlimining Hayʼati Fanlar akademiyasining Umumiy majlisi va Hayʼati, boʻlim umumiy majlisi qarorlarining hamda Fanlar akademiyasi prezidenti buyruqlarining bajarilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston boʻlimining Hayʼati oʻz faoliyatida Fanlar akademiyasi Hayʼatiga boʻysunadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Qoraqalpogʻiston boʻlimining Nizomi Fanlar akademiyasi Hayʼati tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
X. FANLAR AKADEMIYASINING ILMIY-TADQIQOT MUASSASALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot va ilmiy-ishlab chiqarish faoliyati uning ilmiy-tadqiqot muassasalarida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Ilmiy-tadqiqot muassasasi oʻzining ilmiy-tashkiliy faoliyatini tegishli fanlar yoʻnalishlari boʻyicha vitse-prezidentning xizmati bilan birgalikda olib boradi. Bunda vitse-prezidentning asosiy vazifasi ilmiy-tadqiqot muassasasi faoliyatini muvofiqlashtirib borish va unga samarali koʻmak berishdan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Ilmiy-tadqiqot muassasasi rahbari mutasaddi vitse-prezident tavsiyasi bilan Fanlar akademiyasi prezidenti tomonidan yirik olimlar — fan doktorlari orasidan amaldagi qonunchilik va belgilangan tartib boʻyicha shartnoma asosida 5 yilgacha muddatga tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy-tadqiqot muassasasi direktori oʻzi rahbarlik qilayotgan ilmiy muassasaning faoliyati uchun shaxsan javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Ilmiy-tadqiqot muassasasi direktorining ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari (fan doktori yoki nomzodi), ilmiy kotibi (fan doktori yoki nomzodi) mutasaddi vitse-prezident bilan kelishilgan holda ilmiy-tadqiqot muassasasi direktori tomonidan tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direktorning ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari hamda ilmiy kotibning huquq va majburiyatlari direktor tomonidan ilmiy-tadqiqot muassasasi Nizomiga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy-tadqiqot boʻlinmasi (ilmiy-tadqiqot muassasasi boʻlimi, laboratoriyasi) mudiri, odatda, ilmiy-tadqiqot muassasasi ilmiy kengashi tanlovidan oʻtgan fan doktorlari qatoridan direktor tomonidan tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Ilmiy-tadqiqot muassasasi direktori huzurida laboratoriya (boʻlim) mudirlarining Kengashi tuziladi. Kengash maslahat organi sifatida ushbu Ustav va ilmiy-tadqiqot muassasasi direktori tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida ish yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Ilmiy-tadqiqot muassasalari ushbu Ustav va Fanlar akademiyasi Hayʼati tomonidan tasdiqlangan nizomlarga muvofiq ish yuritadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XI. FANLAR AKADEMIYASI FAOLIYATINING IQTISODIY ASOSLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Fanlar akademiyasi faoliyatining iqtisodiy asosini uning tarkibidagi barcha muassasalarga davlat tomonidan cheklanmagan muddatga foydalanish va tasarruf qilish uchun berilgan asosiy fondlar, Akademiyaning oʻzi yaratgan mol-mulk va intellektual mulk mahsulotlari hamda boshqa mol-mulklar tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasining asosiy fondlari va boshqa mol-mulklarini uning roziligisiz yoki amaldagi qonunchilikka zid ravishda birovga berish yoki qayta tuzish mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Fanlar akademiyasining faoliyati davlat budjeti va belgilangan tartibda jalb qilingan budjetdan tashqari mablagʻlar (tashqi va ichki investitsiyalar, ishlab chiqarish va intellektual mulk mahsulotlarini sotishdan olinadigan daromadlar, homiylarning begʻaraz badallari va boshqalar) asosida yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjetidan ilmiy tadqiqotlar ish olib borishga ajratilgan mablagʻlar Fanlar akademiyasi orqali bevosita uning muassasalariga yetkaziladi.
(63-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-sentabrdagi 249-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 36-son, 368-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Ilmiy-tadqiqot muassasalari ularga ajratilgan mablagʻlarning sarf-xarajatini amaldagi qonunchilik va belgilangan tartibda tasdiqlangan xarajatlar smetasi asosida mustaqil ravishda amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Fanlar akademiyasi tarkibidagi xoʻjalik yurituvchi muassasalar, birlashmalar, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari oʻz xoʻjalik faoliyatlarini amaldagi qonunchilik va ushbu Ustav asosida amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Fanlar akademiyasi, uning tasarrufidagi tashkilotlar va muassasalar amaldagi qonunchilik asosida aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlarning muassislari boʻlish huquqiga egadirlar. Ular ushbu faoliyatlarida ilmiy ishlanmalar mahsulotlarini, ilmiy-texnika va reklama-tijorat xizmatlarini ichki va tashqi bozorda sotishdan olinadigan foydaga egalik qilish va tasarruf etish boʻyicha huquq subyektlari hisoblanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasi tashkilotlari va muassasalari budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan amaldagi qonunchilikka zid boʻlmagan turli sohalar boʻyicha oʻzining Nizomlariga binoan faoliyat yuritish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Davlat budjetidan mablagʻ bilan taʼminlanadigan ilmiy tadqiqotlar natijalari boʻyicha hisobotlar, Fanlar akademiyasi olimlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarining mualliflik huquqini himoya qilish normalariga rioya etish asosida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasiga topshiriladi.
(67-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-sentabrdagi 249-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 36-son, 368-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiy xodimlari va mutaxassislari shu muassasalarda yaratilgan intellektual mulk natijalariga nisbatan, amaldagi qonunchilikka belgilangan tartibga binoan, mualliflik huquqiga ega boʻlgan subyektlar hisoblanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasining muassasalari, tashkilotlari va boshqa boʻlinmalari, amaldagi qonunchilik va belgilangan tartib asosida, shu muassasalarda yaratilgan intellektual mulkka va uning obyektlariga (ilmiy tadqiqotlar natijalari, “nou-xau”, tajriba-konstruktorlik ishlanmalari, kashfiyotlar, sanoat namunalari, seleksiya-urugʻchilik yutuqlari va boshqalarga) nisbatan egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Fanlar akademiyasi oʻz mablagʻlari va oʻz tasarrufidagi muassasalarning xoʻjalik hamda tadbirkorlik faoliyatlaridan olinadigan daromadning bir qismi, shuningdek jalb qilingan boshqa mablagʻlar hisobiga maxsus moliya va innovatsiya fondlarini (ilmiy-texnika va ijtimoiy rivojlantirish, olimlarni ijtimoiy himoyalash va boshqa fondlarni) tashkil etish huquqiga ega. Bunday fondlarni tashkil etish va ularning mablagʻlarini sarflash tartibi Fanlar akademiyasi tomonidan ishlab chiqilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan maxsus Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XII. FANLAR AKADEMIYASINING ALOHIDA HUQUQLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Fanlar akademiyasi olimlarning, adabiyot, madaniyat va sanʼat arboblarining qoʻlyozmalari va arxivlarini, shuningdek oʻz muassasalarining fan tarixi uchun ahamiyatli boʻlgan arxiv va boshqa materiallarini saqlash huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Fanlar akademiyasi boshqa mamlakatlarning ilmiy muassasalari, oliy taʼlim muassasalari, kutubxonalari, muzeylari, nashriyotlari bilan matbaa nashrlarini ayirboshlash huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XIII. FANLAR AKADEMIYASI USTAVINING AMALDA BOʻLISHI VA UNI OʻZGARTIRISH TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Fanlar akademiyasining Ustavi Umumiy majlis tomonidan qabul qilinadi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlanadi. Fanlar akademiyasining Ustavi tasdiqlangan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. Fanlar akademiyasi Ustaviga oʻzgartirish kiritish Umumiy majlisning qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. Bu oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 9-iyundagi 223-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi boshqaruv apparatining yangi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.