Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
ChEGARADOSh DAVLATLARNING YuK AVTOTRANSPORT VOSITALARI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING BOJXONA HUDUDI ORQALI OʻTIShI UChUN YAGONA YIGʻIMLAR BELGILASh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Chegaradosh davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali kirib kelishi va tranziti uchun yagona yigʻimlar belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan Qozogʻiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi yuk avtotransport vositalariga nisbatan toʻlovning yagona normalari, shuningdek Turkmanistonning avtotransport vositalari barcha turlariga nisbatan yigʻimlarning tabaqalashtirilgan stavkalari belgilanganligi toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. 2000-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan oʻtadigan Qirgʻiziston Respublikasi yuk avtotransport vositalari uchun 300 AQSh dollariga teng miqdordagi toʻlov belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Qirgʻiziston Respublikasi bitta yuk avtotransport vositasining Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududi orqali kirib kelishi va oʻtishi uchun 300 AQSh dollariga teng miqdorda erkin almashtiriladigan valyutada toʻlov undirilishi belgilab qoʻyilsin.
Qirgʻiziston Respublikasi yuk avtotransport vositalaridan toʻlov bevosita bojxona postlarida undiriladi, olingan mablagʻlar bojxona organlarining depozit hisob raqamlari orqali Respublika yoʻl jamgʻarmasining valyuta hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Chegaradosh davlatlarning yuk avtotransport vositalari Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududi orqali tranzit oʻtishida bir avtotransport vositasi uchun bank boʻlimlarida erkin almashtiriladigan valyutaga almashtirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining toʻlov kunidagi kursi boʻyicha soʻmlarda 200 yevroga teng miqdorda, yoxud erkin almashtiriladigan valyutada boj yigʻimlari undirilgan holda aksiz soligʻi undiriladigan tovarlarga majburiy bojxona hamrohligi joriy etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari L.A. Axmetov va R.R. Yunusov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
1999-yil 31-dekabr,
552-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y., 12-son, 72-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 24-son, 241-modda;2004-y., 20-son, 237-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2018-y., 09/18/202/0904-son)