Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
ChEGARADOSh DAVLATLARNING YuK AVTOTRANSPORT VOSITALARI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING BOJXONA HUDUDI ORQALI OʻTIShI UChUN YAGONA YIGʻIMLAR BELGILASh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Chegaradosh davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali kirib kelishi va tranziti uchun yagona yigʻimlar belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan Qozogʻiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi yuk avtotransport vositalariga nisbatan toʻlovning yagona normalari, shuningdek Turkmanistonning avtotransport vositalari barcha turlariga nisbatan yigʻimlarning tabaqalashtirilgan stavkalari belgilanganligi toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. 2000-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan oʻtadigan Qirgʻiziston Respublikasi yuk avtotransport vositalari uchun 300 AQSh dollariga teng miqdordagi toʻlov belgilansin, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan yoʻnalishlar boʻyicha oʻtadigan yuk avtotransport vositalari va avtobuslar bundan mustasno.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 10-oktabrdagi 391-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Qirgʻiziston Respublikasi bitta yuk avtotransporti vositasi va avtobusining Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududi orqali kirib kelishi va oʻtishi uchun toʻlov bevosita bojxona postlarida milliy valyuta “soʻm”da undirilishi belgilab qoʻyilsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-oktabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 2017-y.)
Oldingi tahrirga qarang.
Qirgʻiziston Respublikasi yuk avtotransporti vositalari va avtobuslaridan toʻlovlar bevosita bojxona postlarida undiriladi, olingan mablagʻlar tijorat banklari boʻlimlari orqali Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasining valyuta hisob raqamiga oʻtkaziladi
(3-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 25-dekabrdagi 567-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 24-son, 241-modda)
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 18-fevraldagi 58-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Yigʻimlarni undirish naqd pulsiz shaklda yoki tijorat banklari tomonidan bevosita bojxona postlarida naqd pul shaklida amalga oshiriladi, olingan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi hisob raqamlariga oʻtkaziladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-martdagi 202-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2018-y., 09/18/202/0904-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 20-maydagi 239-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 20-son, 237-modda)
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari L.A. Axmetov va R.R. Yunusov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
1999-yil 31-dekabr,
552-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y., 12-son, 72-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 24-son, 241-modda;2004-y., 20-son, 237-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2018-y., 09/18/202/0904-son)