Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Xoʻjalik jamiyatlari va strategik ahamiyatga ega korxonalar faoliyatini koʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-iyuldagi PQ-5171-sonli “Davlat xaridlari shaffofligini taʼminlash va samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Xoʻjalik jamiyatlari va strategik ahamiyatga ega korxonalarning joriy ishlab chiqarish faoliyatining uzluksiz amalga oshirilishini taʼminlash, shuningdek, ularning eksport salohiyatini yuksaltirish hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatdoshligini oshirish maqsadida:
1. Mazkur qarorga muvofiq tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) xarid qilishning alohida tartibi belgilanadigan, strategik ahamiyatga ega xoʻjalik jamiyatlari va korxonalarining roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki, kuyidagi tartib ustav fondida (kapitalida) strategik xaridorlarning ulushi mavjud boʻlgan tashkilotlarga ham joriy etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Oldingi tahrirga qarang.
xoʻjalik jamiyatlari va strategik ahamiyatga ega korxonalar summasidan qatʼi nazar, xoʻjalik jamiyatlari va strategik ahamiyatga ega korxonalar tomonidan tuziladigan va ularning rahbarlari boshqaradigan idoraviy tanlov komissiyalari baholaydigan eng yaxshi takliflarni tanlab olish yoʻli orqali tovarlar, ishlar va xizmatlarni xarid qilish shartnomalarini, shu jumladan, import shartnomalarini tuzish huquqiga ega;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-fevraldagi PQ-3550-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2018-y., 07/18/3550/0793-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ekvivalenti 50 ming AQSh dollaridan ortiq boʻlgan summadagi tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) xarid qilishga boʻlgan texnik topshiriqlar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazida majburiy kelishuvdan oʻtkaziladi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5624-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
mazkur band bilan nazarda tutilgan tartibda, eng yaxshi takliflarni tanlab olish natijalari boʻyicha tuzilgan barcha kontraktlar, shu jumladan, import kontraktlari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazida majburiy roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5624-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Shu bilan birga ushbu tartib:
Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturlarini amalga oshirish doirasida xoʻjalik jamiyatlari va strategik ahamiyatga ega korxonalari tomonidan amalga oshirilayotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) xaridlariga;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi va Oʻzbekiston Respublikasi kafolatlari orqali jalb qilinayotgan kreditlar hisobidan moliyalashtiriladigan kontraktlarga tatbiq etilmaydi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda xoʻjalik jamiyatlari va strategik ahamiyatga ega korxonalar tomonidan qatʼiyan joriy ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun olib kelinayotgan uskunalar, xomashyo, materiallar, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlardan maqsadli foydalanilishi ustidan qattiq nazorat oʻrnatsin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyihalarni boshqarish milliy agentligi direktori Sh.M. Sodiqov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 22-yanvar,
PQ-3487-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-yanvardagi PQ-3487-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) xarid qilishning alohida tartibi belgilanadigan, xoʻjalik jamiyatlari va strategik ahamiyatga ega korxonalarning
ROʻYXATI
|
“Navoiy KMK” DK | |
|
2. |
“Olmaliq KMK” AJ |
|
3. |
“Oʻzbekneftgaz” AJ |
|
4. |
“Oʻzbekenergo” AJ |
|
5. |
“Oʻzbekgidroenergo” AJ |
|
6. |
“Oʻzkimyosanoat” AJ |
|
7. |
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ |
|
8. |
“Oʻzbekkoʻmir” AJ |
|
9. |
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK |
|
10. |
“Oʻzbektelekom” AK |
|
11. |
“Energiya tejash milliy kompaniyasi” AJ |
|
12. |
“Oʻzavtosanoat” AJ |
|
13. |
“Oʻzpaxtasanoat” AJ |
|
14. |
“Oʻzneftmahsulot” AJ |
|
15. |
“Oʻzburgʻuneftgaz” AJ |
|
16. |
“Oʻztransgaz” AJ |
|
17. |
“Oʻzneftgazqazibchiqarish” AJ |
|
18. |
“Oʻzbekgeofizika” AJ |
|
19. |
“Dori-Darmon” AK |
|
20. |
“Oʻzmetkombinat” AJ |
|
21. |
“Oʻzikkilamchiranglimetall” AJ |
|
22. |
“Davlat belgisi” DIChB (Toshkent bosma fabrikasi, Toshkent qogʻoz fabrikasi va Toshkent zarbxonasi) |
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2018-y., 07/18/3487/0603-son; 20.02.2018-y., 07/18/3550/0793-son; 28.03.2018-y., 07/18/3625/0943-son, 25.09.2018-y., 07/18/3948/1954-son, 27.12.2018-y., 07/18/4077/2380-son; 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son; 23.02.2019 g., № 06/19/5668/2652, 24.07.2019-y., 07/19/4401/3470-son, 06.12.2019-y., 07/19/4544/4111-son; 06.03.2020-y., 07/20/4629/0258-son; 16.04.2020-y., 07/20/4678/0440-son)