Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.10.2002 18.07.2001 yildagi 305-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.10.2002
Hujjat 20.08.2002 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BIRJADAN TAShQARI VALYuTA BOZORINI ERKINLAShTIRIShGA DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 10-oktabrdagi 354-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash va baʼzilariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Valyuta bozorini yanada erkinlashtirish, birjadan tashqari valyuta bozorini kengaytirish, isteʼmol tovarlari importi uchun valyuta resurslaridan foydalanish mexanizmini takomillashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2001-yil 1-avgustdan boshlab tayyor xalq isteʼmol tovarlarini import qiluvchi korxonalar va tashkilotlarga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining soʻmlarni erkin muomaladagi valyutaga konvertatsiya qilishga ustuvor huquqini beruvchi litsenziyalarini berishning amaldagi mexanizmi bekor qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 20-avgustdagi 295-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2002-y., 15-16-son, 122-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, vakolatli banklar manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan xalq isteʼmol tovarlari va dori-darmonlarni import qiluvchi korxonalar va tashkilotlarning birjadan tashqari valyuta bozorida xorijiy valyutani sotib olishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ikki hafta muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Pul-kredit siyosati boʻyicha respublika komissiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir hafta muddatda ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan xalq isteʼmol tovarlari va dori-darmonlarni import qiluvchi korxonalar va tashkilotlarga xorijiy valyutani sotishga 2001-yilning II yarim yilligiga choraklar boʻyicha limitlarni belgilangan tartibda tasdiqlasin va vakolatli banklar eʼtiboriga yetkazsin, dori-darmonlar boʻyicha limitlarni alohida satrda ajratib koʻrsatsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli banklar tomonidan isteʼmol tovarlarini import qiluvchi korxonalar va tashkilotlarga xorijiy valyutani sotish tartibiga rioya qilinishi va belgilanadigan limitlardan maqsadli foydalanilishi ustidan qatʼiy nazoratni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Markaziy bank va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻgʻrisida ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S.Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M.Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2001-yil 18-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
305-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 14-son, 94-modda; 2002-y., 15-16-son, 122-modda)