Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
YOSH ISTEʼDODLAR UCHUN “NIHOL” MUKOFOTINI TAʼSIS ETISH TOʻGʻRISIDA
Yosh isteʼdod egalarining jamiyatimiz maʼnaviy hayotini yuksaltirishdagi muhim oʻrnini inobatga olib, oʻzining musiqa, matn va ijro mahorati bilan odamlarning yuragiga yetib boradigan, ezgulikka chorlaydigan, iroda va imon-eʼtiqodini mustahkamlashga xizmat qiladigan asarlar yaratishda faollik koʻrsatayotgan iqtidorli yoshlarni muntazam ragʻbatlantirib borish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Madaniyat ishlari vazirligi, ijodiy uyushmalar va sanʼat jamoatchiligining yosh isteʼdodlarni qoʻllab-quvvatlash uchun “Nihol” mukofotini taʼsis etish haqidagi takliflari maʼqullansin.
“Nihol” mukofoti yakka va turkum musiqiy asarlar yaratish va ijro etishda yuksak badiiy mahorat koʻrsatgan, 30 yoshgacha boʻlgan ijodkorlarga har yili Mustaqillik bayrami arafasida tantanali vaziyatda topshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
* 2-ilova berilmaydi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Nihol” mukofoti sovrindorlariga har yili eng kam ish haqining 70 barobari miqdorida 10 ta pul mukofoti ajratilishini, sovrinlarni tayyorlash, matbaa, reklama va tashkiliy ishlar bilan bogʻliq tegishli sarf-xarajatlarning qoplanishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari H. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 25-avgust,
334-son
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 25-avgustidagi 334-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yosh isteʼdodlar uchun “Nihol” mukofoti
nizomi
1. “Nihol” mukofoti yosh isteʼdod egalarining jamiyatimiz maʼnaviy hayotini yuksaltirishdagi muhim oʻrnini inobatga olib, oʻzining musiqa, matn va ijro mahorati bilan odamlarning yuragiga yetib boradigan, ezgulikka chorlaydigan, iroda va imon-eʼtiqodini mustahkamlashga xizmat qiladigan asarlar yaratishda faollik koʻrsatayotgan iqtidorli yoshlarni muntazam ragʻbatlantirib borish maqsadida beriladi.
2. “Nihol” mukofoti yakka va turkum musiqiy asarlar yaratish va ijro etishda yuksak badiiy mahorat koʻrsatgan, 30 yoshgacha boʻlgan ijodkorlarga har yili Mustaqillik bayrami arafasida tantanali vaziyatda topshiriladi.
3. “Nihol” mukofoti oʻz ramzi aks ettirilgan sovrin va eng kam ish haqining 70 barobari miqdoridagi pul mablagʻidan iboratdir.
4. “Nihol” mukofotiga taqdim etish toʻgʻrisidagi takliflar ijodiy uyushmalar, jamoat tashkilotlari va alohida shaxslar tomonidan Madaniyat ishlari vazirligiga kiritiladi. Vazirlik nomzodlarning hujjatlarini rasmiylashtirib, nomzodlarning ijodiy ishlarini koʻrib chiquvchi Kengashga taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Kengash “Nihol” mukofotiga tavsiya etilgan nomzodlarning ijodiy ishlarini koʻrib chiqadi va tanlov asosida sovrindorlarni belgilaydi. Sovrindorlar Kengashning maxsus qarori bilan tasdiqlanadi.
6. “Nihol” mukofotiga sazovor boʻlgan yoshlar madaniyat, sanʼat oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlariga imtiyozli ravishda qabul qilinadilar, mamlakatning atoqli sanʼatkorlaridan saboq olish, xorijiy mamlakatlarning nufuzli dargohlarida malaka va mahoratlarini oshirish imkoniyatlariga ega boʻladilar.
7. “Nihol” mukofotiga tavsiyalar berish har yilning 1-iyuliga qadar amalga oshiriladi.
8. “Nihol” mukofoti sovrindorlarining roʻyxati Mustaqillik bayrami arafasida ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
9. “Nihol” mukofoti takroran berilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 27-son, 192-modda; 2006-y., 11-son, 85-modda; 20-21-son, 176-modda; 31-32-son, 323-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)