Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2020 17.01.2018 yildagi 31-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2020
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bankni roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqilganligi va bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqiga litsenziya berilganligi uchun yigʻim, shuningdek, bank roʻyxatdan oʻtkazilganligi va bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqiga litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdorlarini belgilash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 472-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2019-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-573-son va “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2019-yil 5-noyabrdagi OʻRQ-580-son qonunlari)”gi qaroriga asosan 2020-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”, “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida”, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 12-sentabrdagi PQ-3270-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga muvofiq litsenziya daʼvogarining arizasini koʻrib chiqqanlik uchun yigʻim miqdori har bir litsenziyalanadigan faoliyat turi boʻyicha litsenziyalovchi organning ushbu arizani koʻrib chiqish bilan bogʻliq xarajatlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin. Litsenziya daʼvogarlarining arizalarini koʻrib chiqqanlik uchun yigʻim summalari litsenziyalovchi organ hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankni roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqilganligi va bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqiga litsenziya berilganligi uchun yigʻim bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank roʻyxatdan oʻtkazilganligi va bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqiga litsenziya berilganligi uchun davlat boji bank ustav kapitali eng kam miqdorining 0,1 foizi miqdorida belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki, bank roʻyxatdan oʻtkazilganligi va bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqiga litsenziya berilganligi uchun toʻlangan davlat boji mablagʻlari summasi litsenziyalovchi organning maxsus hisobvaragʻiga oʻtkaziladi va uch kun muddatda toʻliq hajmda Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi M.B. Nurmuratov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 17-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2018-y., 09/18/31/0596-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)