1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.10.00 Iqtisodiy islohotlar sohasida davlat boshqaruvi]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakat iqtisodiyotining tarmoqlarini talab yuqori boʻlgan mahsulot va xom ashyo turlari bilan barqaror taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatda valyuta siyosatini liberallashtirish, real bozor konyunkturasini hisobga olgan holda narxni shakllantirishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish, sogʻlom raqobat va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasida kompleks chora-tadbirlar izchil ravishda amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-yanvardagi “Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini yanada taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5303-son Farmoniga muvofiq mamlakatga oziq-ovqat tovarlarini olib kirish boʻyicha ayrim subyektlarga taqdim qilingan individual bojxona, soliq va boshqa imtiyozlar, shuningdek, boshqa preferensiyalarning bekor qilinishi nosogʻlom raqobat, ayrim mahsulot turlari importining monopollashtirilishi, narxning sunʼiy oshirilishi, oqibatda, bu asosda asossiz foyda koʻrishga koʻmaklashuvchi shart-sharoitlarga barham berish borasida muhim qadam boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, baʼzi tizimli muammolarning mavjudligi koʻzlangan chora-tadbirlarni samarali amalga oshirishga toʻsqinlik qilmoqda, ayrim mahsulot va xom ashyo turlari taqchilligining yuzaga kelishiga, ular narxining spekulyativ oʻsishiga va tovar (ish, xizmat)larni ishlab chiqarishning rentabelligi pasayishiga olib kelmoqda. Xususan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchidan, ayrim mahsulotlar va xom ashyo resurslari turlarini mahalliy ishlab chiqarish hajmining yetarli emasligi zarur zaxirani shakllantirishni taʼminlash, mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini toʻliq ishga solish imkonini bermayapti, bu esa spekulyativ operatsiyalarga, oxir-oqibatda, talab yuqori mahsulot va xom ashyolar narxining oʻsishiga olib kelmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchidan, yuqori likvidli mahsulotlar va xom ashyo resurslarini birja savdolarida realizatsiya qilishning samarali bozor mexanizmlarini joriy etishdagi kamchiliklar turli xil suiisteʼmolchiliklar uchun shart-sharoit yaratmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchidan, noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish faoliyatini litsenziyalashning murakkab tartib-taomillari qurilish materiallarini mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirishga va mazkur sohaga toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb etishga toʻsqinlik qilmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchidan, mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan yetarli hajmda ishlab chiqarilmaydigan, talab yuqori boʻlgan mahsulotlar va xom ashyo resurslari turlarini import qilishda bojxona bojlari stavkasining yuqoriligi ular taqchilligining yuzaga kelishiga va narxlarning asossiz oʻsishiga shart-sharoit yaratmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchidan, energiya samarador texnologiyalarni joriy qilgan korxonalar uchun ragʻbatlantiruvchi mexanizmlarni ishlab chiqish muddatlarining choʻzilishi tayyor mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarini koʻpaytirmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot tarmoqlarini talab yuqori boʻlgan mahsulot, xom ashyo va materiallar turlari bilan barqaror taʼminlash, mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan yanada samarali foydalanish, shuningdek, iqtisodiyotni liberallashtirish sharoitida mahalliy korxonalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-noyabrdagi “Yoqilgʻi-energetika resurslari hamda boshqa yuqori likvidli mahsulotlar bilan taʼminlash borasida raqobat muhitini takomillashtirish, suiisteʼmolchiliklar va talon-torojliklar sharoitini tugatish, toʻlov intizomini mustahkamlash, debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3386-son qaroriga muvofiq 2018-yil 1-yanvardan boshlab monopolist korxonalar tomonidan 27 nomdagi yuqori likvidli mahsulotlarni faqat birja savdosi orqali bozor tamoyillari asosida sotish tartibi joriy etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.03.00 Birja (auksion) savdolarini oʻtkazish va bitimlarni rasmiylashtirish tartibi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.05.00 Birja orqali alohida mahsulot va mol-mulk turlarini sotish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) quyidagilar birja savdolarida realizatsiya qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekstraksion benzin, mis katodi, mis katankasi, ikkilamchi aluminiy, metall rux, chorva ozuqasi uchun bugʻdoy — faqat tuman (shahar) hokimliklari xulosasiga muvofiq ularni keyinchalik qayta ishlash boʻyicha ishlab chiqarish quvvatlariga ega boʻlgan korxonalarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik chigit — faqat mazkur qarorning 1-ilovasida koʻrsatilgan va ushbu urugʻlikni ishlab chiqarish joyida joylashgan “Oʻzpaxtayogʻ” AJning yogʻ-moy korxonalariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) quyidagilar, istisno tariqasida, belgilangan narxlar asosida toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha realizatsiya qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil benzini — budjet tashkilotlari va avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dizel yoqilgʻisi — budjet tashkilotlari, davlat buyurtmasi boʻyicha paxta xom ashyosi va gʻalla yetishtirib beruvchi fermer xoʻjaliklari, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, “Toshshahartransxizmat” AJ, maishiy chiqindilarni yigʻish va olib ketish boʻyicha davlat korxonalariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻmir — budjet tashkilotlari, aholi va “Oʻzbekenergo” AJ korxonalariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga moʻljallangan paxta yogʻi — 10 foizdan ortiq boʻlmagan miqdordagi chakana ustamani oʻz ichiga olgan belgilangan narx boʻyicha keyinchalik taqsimlash uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilangan ulgurji va chakana korxonalarga, davlat strategik zaxirasini shakllantirish uchun — belgilangan narx boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) paxta tolasi uni qayta ishlash boʻyicha ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlgan mahalliy toʻqimachilik korxonalariga birja savdolari orqali, “Davlat belgisi” DICHB, “Oʻzpaxtasanoat” AJ va Oʻzbekiston koʻrlar jamiyati korxonalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi muassasalariga texnologik ehtiyoj va mavjud ishlab chiqarish quvvati doirasida toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha realizatsiya qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) paxta chigiti sheluxasi va shroti amaldagi birja ustamalari va hajmlarni taqsimlash tartibi saqlangan holda birja savdolarida realizatsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda yuqori likvidli mahsulot turlarini realizatsiya qilish boʻyicha tovar-xom ashyo birjalari faoliyatining oʻrganilishini, narxlar asossiz oʻsishiga yoʻl qoʻymaslik, ishtirokchilarning birja savdolarida erkin qatnashishini taʼminlash, birja savdolarining elektron tizimlaridan ruxsatsiz foydalanishdan samarali himoya qilish boʻyicha takliflar tayyorlashni tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining komissiyasi tugatilib, noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziya berish vakolati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasiga oʻtkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalarni olish buyurtmalarini koʻrib chiqish muddati 20 kungacha qisqartiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziya olishda murojaat qiluvchining ustav fondiga qoʻyilgan talab buyurtma taqdim etilgan vaqtda qonunchilikda belgilangan eng kam oylik ish haqining 500 baravari miqdorini tashkil etadi;
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.03.00 Yer osti boyliklarining davlat hisobi. Foydali qazilma konlari, foydali qazilma belgilari davlat kadastri. Monitoring]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noruda foydali qazilmalarni qazib olish uchun kon ajratmalarini berish yer qaʼridan foydalanuvchilar tomonidan ishchi loyiha taqdim etilgan kundan boshlab 10 kun davomida amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.02.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish ustidan nazorat va boshqaruv. Foydali qazilmalarni qazib olish faoliyatini litsenziyalash]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi bir oy muddatda noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berishning yangilangan tartibi ishlab chiqilishi va oʻrnatilgan tartibda kiritilishini taʼminlasin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi, Bosh prokuratura, “Oʻzqurilishmateriallari” AJ Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda noruda foydali qazilmalar konlaridan foydalanilishini tanqidiy oʻrgansin hamda quyidagilarni ham nazarda tutgan holda ularni oʻzlashtirish samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar kiritsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va muqobil energiya manbalarini joriy etish orqali, shu jumladan noruda foydali qazilmalarni qazib olish va qurilish materiallari ishlab chiqarishning energiya sigʻimini kamaytirish yoʻli bilan xarajatlarni optimallashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muqobil qum-shagʻal konlarini tez surʼatlarda qazish va oʻzlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalari haqida tadbirkorlik subyektlarini keng xabardor qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-dekabrdagi 1025-son qarori ilovasining 1-bandida koʻrsatilgan tabiiy gaz isteʼmolchi tashkilotlarga nisbatan tabiiy gazni realizatsiya qilishda narx belgilashning alohida tartibi tatbiq etilmaydigan isteʼmolchilar uchun belgilangan amaldagi tarifga nisbatan 1,6 koeffitsiyent qoʻllanilgan holda toʻlash tartibi 2018-yil 1-aprelga qadar amalda boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzdavenergonazorat” va “Oʻzdavneftgazinspeksiya” davlat inspeksiyalari, “Energiya tejash milliy kompaniyasi” AJ “Oʻzstandart” agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda 2018-yil 15-fevralga qadar muddatda korxonalarga ular tomonidan qoʻllaniladigan texnologiyalar va asbob-uskunalarning energiya jihatdan samaradorlik koʻrsatkichlariga muvofiqligi, shuningdek, yoqilgʻining muqobil turlaridan foydalanish toʻgʻrisida xulosalar berish tartibining ishlab chiqilishi va amalga kiritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Oʻzqurilishmateriallari” AJ, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AJ, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari 2-ilovaga muvofiq qurilish materiallari asosiy turlarini ishlab chiqarish quvvatlarining foydalanishga topshirilishini taʼminlash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. 2019-yil 1-yanvarga qadar muddatga import qilishda bojxona toʻlovlari toʻlash boʻyicha imtiyoz beriladigan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar bundan mustasno) mahsulot, xom ashyo va materiallar turlarining roʻyxati 3-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda talab yuqori boʻlgan, birinchi navbatda, mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan yetarli hajmda ishlab chiqarilmaydigan mahsulot va xom ashyolarni ishlab chiqarishni jadal rivojlantirish dasturini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “Qishloq qurilish invest” IK MCHJga yogʻoch-taxta materiallari va tom yopish uchun temir listlarning eng yaxshilarini tanlab olish natijalari boʻyicha tender savdolarini oʻtkazmasdan import kontraktlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi huzuridagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazida ekspertizadan oʻtkazgan holda ishlab chiqaruvchilardan mustaqil sotib olish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qishloq qurilish invest” IK MCHJ yogʻoch-taxta materiallari va tom yopish uchun temir listlarni import qilishda bojxona toʻlovlarini (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar bundan mustasno) va yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylarni qurish doirasida ularni bosh pudrat tashkilotlariga realizatsiya qilishda qoʻshimcha qiymat soligʻini toʻlashdan ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qishloq qurilish invest” IK MCHJ tomonidan yogʻoch-taxta materiallari va tom yopish uchun temir listlarni bosh pudrat tashkilotlariga toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha realizatsiya qilish rentabelligi 5 foizdan oshmagan narxda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzsanoateksport” AJga yogʻoch-taxta materiallari va tom yopish uchun temir listlarni import qilishda berilgan bojxona toʻlovlarini va ularni “Qishloq qurilish invest” IK MCHJga realizatsiya qilishda qoʻshimcha qiymat soligʻini toʻlashdan ozod qilish tarzidagi imtiyozlar ushbu qaror qabul qilingan kunga qadar imzolangan import kontraktlariga nisbatan qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Qishloq qurilish bank” ATB bilan birgalikda oʻn kun muddatda yogʻoch-taxta materiallari va tom yopish uchun temir listlar importini moliyalashtirish manbalari va mexanizmlari boʻyicha takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2018-yil 1-iyulga qadar muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimi doirasida hisobga olish va hisobot jarayonini avtomatlashtirish, shuningdek, real vaqt rejimida “qurilish materiallarini qazib olish — tashish — saqlash — qayta ishlash — ishlab chiqarish — realizatsiya qilish” zanjiri boʻyicha jarayonni kuzatib borish imkonini beruvchi Idoralararo hamkorlikning yagona integratsiyalashgan axborot tizimi joriy etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 17-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3479-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-yanvardagi PQ-3479-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik chigitni qayta ishlashni amalga oshiruvchi yogʻ-moy korxonalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-yanvardagi PQ-3479-son qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish materiallarining asosiy turlarini ishlab chiqarish boʻyicha 2018-yilda ishga tushiriladigan quvvatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r
Loyihalar nomi
Mahsulot turi
Loyiha quvvati
Ishga tushirish muddati
Loyihaning umumiy qiymati
(mln. AQSH doll.)
JAMI (11 ta loyiha):
374,10
I
Bogʻlovchi materiallar va toʻldirgichlarni ishlab chiqarish (5 ta loyiha)
320,70
1.
“Olmaliq KMK” AJda sement, shu jumladan yuqori markali va maxsus turdagi sement ishlab chiqarishni tashkil etish
sement
1 500 ming tn
sentabr
212,80
2.
Surxondaryo viloyatida “Surxonsementinvest” MCHJ XKda sement ishlab chiqarishni tashkil etish
sement
360 ming tn
sentabr
47,60
3.
Namangan viloyatida “Jahon Yevro Servis” MCHJda sement ishlab chiqarishni tashkil etish
sement
150 ming tn
dekabr
9,50
4.
Andijon viloyatida “Ilgʻor yigiruvchi” MCHJda sement ishlab chiqarishni tashkil etish
sement
150 ming tn
iyun
13,00
5.
Qoraqalpogʻiston Respublikasida “TITAN CEMENT” MCHJ QKda sement ishlab chiqarishni tashkil etish
sement
200 ming tn
may
37,80
II
Pardozlash materiallarini chiqarish (1 ta loyiha)
28,90
6.
Jizzax viloyatida “Jizzax” EIZ hududida mahalliy xom ashyo negizida “MINGYUAN SILU INDUSTRY” MCHJ QKda (I-bosqich) naqshli oyna ishlab chiqarishni tashkil etish
naqshli
oyna
4 mln. kv.m
fevral
28,90
III
Devorbop va issiqlik oʻtkazmaydigan materiallarni chiqarish (2 ta loyiha)
4,70
7.
Buxoro viloyatida “Xanadu grand plyus” MCHJda gaz-beton bloklari ishlab chiqarishni tashkil etish
gaz-beton
100 ming kub.m
may
1,10
8.
Xorazm viloyatida “Pitnak panel” MCHJda sendvich-panellar ishlab chiqarishni tashkil etish
sendvich-panellar
150 ming
p.m
aprel
3,60
IV
Qurilish materiallarining maxsus turlarini chiqarish (1 ta loyiha)
15,00
9.
Toshkent viloyatida “Angren” EIZ hududida “Run Tong Metal Industrial” MCHJ XKda (“LI DA Metal Technologu” MCHJ XKda) energiya tejovchi texnologiyalar boʻyicha qurilish armaturalari ishlab chiqarishni tashkil etish
Qurilish metall armaturasi
180 ming.tn
noyabr
15,00
V
Yogʻoch-qipiq plitalar (YOQP) ishlab chiqarishni tashkil etish (2 ta loyiha)
4,80
10-11.
Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida har yili qayta tiklanadigan oʻsimlik xom ashyosi (paxta poyasi, qamish va boshqa oʻsimliklar) negizida yogʻoch-qipiq plitalar va laminatsiyalangan yogʻoch-qipiq plitalar ishlab chiqarishni tashkil etish
YOQP
30 ming
kub.m dan
dekabr
4,80
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-yanvardagi PQ-3479-son qaroriga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 1-yanvarga qadar muddatga import qilishda bojxona toʻlovlari toʻlash boʻyicha imtiyoz beriladigan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar bundan mustasno) mahsulot, xom ashyo va materiallar turlarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: ushbu mahsulot va xom ashyo turlari faqat birja savdolari orqali realizatsiya qilinadi, quyidagi chetdan olib kiriladiganlar bundan mustasno:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yogʻoch-taxta materiallari va tom yopish uchun temir listlar — “Qishloq qurilish invest” IK” MCHJ tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sement klinkeri — ularni qayta ishlash boʻyicha ishlab chiqarish quvvatlariga ega va tayyor sementni birja savdolarida realizatsiya qiladigan korxonalar tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asbest — ularni qayta ishlash boʻyicha ishlab chiqarish quvvatlariga ega korxonalar tomonidan.
LexUZ sharhi
3-ilovaga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-fevraldagi PQ-3534-sonli qaroriga asosan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.