12.01.2018 yildagi 24-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy-innovatsion ishlanma va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishning samarali mexanizmlarini yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Innovatsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish, ilmiy ishlanma va ilmiy hajmdor texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etish uchun innovatsion muhitni yaxshilash, ilmiy-tadqiqot faoliyatining samaradorligi va sifatini oshirish, ilmiy hajmdor mahsulotlarning ichki va tashqi bozorlarida raqobatbardosh ilmiy-amaliy natijalar olish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqotlar natijalarini va innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqarishga samarali tatbiq etishni taʼminlaydigan mexanizmlarni yaratish toʻgʻrisida quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflari maʼqullansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot tarmoqlarining innovatsion texnologiyalarni yaratish va mahsulotlarning tajriba partiyalarini ishlab chiqarish bilan bogʻliq tadbirlarni moliyalashtirishdagi ishtirokini yanada kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik boshqaruvi organlari va yirik davlat korxonalarida maxsus boʻlinmalar — zarur tajriba-eksperimental va konstruktorlik-texnologik infratuzilmalari tashkil etish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki, 2018-yil 1-yanvardan boshlab Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot muassasalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bino va inshootlarini saqlash, shuningdek, xodimlar (ilmiy xodimlardan tashqari) mehnatiga haq toʻlash boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga bazaviy moliyalashtirish asosida amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rahbar va ilmiy xodimlarning ish haqi budjet mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy tashkilotlar rahbar va ilmiy xodimlarining bazaviy lavozim maoshlariga tenglashtiriladi.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-iyundagi 366-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2020-y., 09/20/366/0740-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xoʻjalik boshqaruvi organlari va yirik davlat korxonalariga 2018-yil yanvardan boshlab ilmiy tadqiqotlar natijalarini va innovatsion ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish uchun eng qulay shart-sharoitlar yaratilishini taʼminlashga qaratilgan va quyidagilarni nazarda tutuvchi taʼsirchan chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish tavsiya etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tasdiqlangan shtat birliklari doirasida oʻzlarining shtat jadvallariga ilm-fan va innovatsiyalar boʻyicha rahbar oʻrinbosari lavozimini kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) oʻz tuzilmalarida innovatsiyalarga buyurtmalar portfelini shakllantirish va yaratilgan texnologiyalarning tajriba-sanoat sinovini oʻtkazish ishlarini muvofiqlashtirish, mahsulotning tajriba partiyalarini ishlab chiqarish va seriyalab ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishni tashkil qilishga masʼul boʻlimlarni tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) yirik davlat korxonalarida mos yoʻnalishdagi ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalarining malakali yetuk mutaxassislari va ilmiy xodimlarini jalb etgan holda yangi texnika va texnologiyalarni ishlab chiqish, zarur tajriba-sanoat sinovlarini oʻtkazish, mahsulotlarning tajriba partiyalarini ishlab chiqarish va seriyalab ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishga tayyorlash chora-tadbirlarini amalga oshirishga ixtisoslashgan muammoviy tarmoq laboratoriyalarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) xoʻjalik boshqaruvi organlari va yirik davlat korxonalarida Innovatsion faoliyatni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini (yuridik shaxs tashkil etmagan holda) tashkil qilish, mazkur subyektlar sof foydasining 10 foizi miqdoridagi ajratmalarni uning mablagʻlarini shakllantirish manbai etib belgilash, ushbu jamgʻarma mablagʻlarini faqat quyidagi maqsadlarga yoʻnaltirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi texnika va texnologiyalarni ishlab chiqish, zarur tajriba-sanoat sinovlarini oʻtkazish, mahsulotlarning tajriba partiyalarini ishlab chiqarish va seriyalab ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishga tayyorlash chora-tadbirlarini amalga oshirish bilan bogʻliq tadbirlarni moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mos yoʻnalishdagi ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalari bilan ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish boʻyicha tuzilgan shartnomalarni moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mos yoʻnalishdagi ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnik va ilmiy-laboratoriya bazasini mustahkamlash, ularni eksperimental tadqiqotlar oʻtkazish, ilmiy ishlanmalarni joriy etish, ilmiy-texnik xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish va malakasini oshirishda moliyaviy qoʻllab-quvvatlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, xoʻjalik boshqaruvi organlari va yirik davlat korxonalari rahbarlari ushbu bandda nazarda tutilgan tadbirlarning oʻz muddatida va toʻliq bajarilishi yuzasidan shaxsan javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Xoʻjalik boshqaruvi organlari va yirik davlat korxonalarining innovatsion faoliyatni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy va oliy taʼlim muassasalari, xoʻjalik boshqaruvi organlari va yirik davlat korxonalarining masʼul rahbarlari va mutaxassislari uchun innovatsion menejment boʻyicha qisqa muddatli maxsus kurslar dasturini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil fevraldan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi bazasida ilmiy va oliy taʼlim muassasalari, xoʻjalik boshqaruvi organlari va yirik davlat korxonalari masʼul rahbarlari va mutaxassislari uchun innovatsion menejment boʻyicha qisqa muddatli maxsus kurslar tashkil etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, innovatsion menejment boʻyicha qisqa muddatli maxsus kurslarda oʻqish bilan bogʻliq sarf-xarajatlar xodimlari kurslarning tinglovchilari boʻlgan ilmiy va oliy taʼlim muassasalari, xoʻjalik boshqaruvi organlari va yirik davlat korxonalarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalarida oʻtkaziladigan respublika va xalqaro ilmiy anjumanlar, simpoziumlar, seminarlar va boshqa ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlarning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatini har yili ishlab chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bir oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.R. Xolmurodov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri I.Y. Abduraxmonov va iqtisodiyot vaziri B.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 12-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2018-y., 09/18/24/0577-son; 18.01.2019-y., 09/19/45/2500-son; 09.06.2020-y., 09/20/366/0740-son)