Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistondagi Islom madaniyati markazi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 2-avgustdagi 572-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Oʻzbekistondagi Islom madaniyati markazini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 23-iyundagi PQ-3080-son qaroriga oʻzgartirish kiritish haqida” 2017-yil 1-dekabrdagi PQ-3420-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistondagi Islom madaniyati markazi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 2-avgustdagi 572-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 31-son, 782-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, sanʼat va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 12-yanvar,
23-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 23-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistondagi Islom madaniyati markazi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 2-avgustdagi 572-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Qarorning nomi, muqaddimasi, 1 va 2-bandlaridagi “madaniyati” soʻzi “sivilizatsiyasi” soʻzi bilan almashtirilsin.
2. Ilovada:
a) nomi va 10-bandning oʻn ikkinchi xatboshisidagi “madaniyati” soʻzi “sivilizatsiyasi” soʻzi bilan almashtirilsin;
b) 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Markazning toʻliq nomi:
davlat (oʻzbek) tilida — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi;
rus tilida — Sentr islamskoy sivilizatsii v Uzbekistane pri Kabinete Ministrov Respubliki Uzbekistan;
ingliz tilida — Center of Islamic Civilization in Uzbekistan under the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan;
arab tilida — لدي مجلس الوزراء لجمهورية أوزبكستان مركز الحضارة الإسلامية في أوزبكستان ”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2018-y., 09/18/23/0576-son)