Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.09.2003 12.07.2001 yildagi 297-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.09.2003
Hujjat 12.07.2001 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QIShLOQ XOʻJALIGI MAHSULOTLARI YETIShTIRUVChILARNING XIZMAT KOʻRSATUVChI TAShKILOTLAR BILAN ShARTNOMALAR TUZISh VA ULARNI BAJARISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-sentabrdagi 383-sonli “Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida shartnomaviy munosabatlarni takomillashtirish va majburiyatlar bajarilishi uchun tomonlarning javobgarligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 30-martdagi 160-son qarorining 2-bandiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari etishtiruvchilarning xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish va ularni bajarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shartnoma majburiyatlarining bajarilishini nazorat qilish bosh davlat inspeksiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda shartnomalarning namunaviy shakllarini ishlab chiqsin va ularni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomalarning namunaviy shakllari belgilangan tartibda huquqiy ekspertizadan oʻtkazilgandan keyin, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari etishtiruvchilarga shartnomalar tuzishda amaliy yordam koʻrsatish uchun hududiy davlat inspeksiyalarini ular bilan taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3 Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi shartnomalarning toʻgʻri tuzilishi hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari etishtiruvchilarga moddiy-texnika resurslari yetkazib berish va xizmatlar koʻrsatish yuzasidan shartnomalar boʻyicha tomonlarning shartnomaviy majburiyatlari bajarilishi ustidan muntazam ravishda monitoring olib borilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari T.Xoltoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2001-yil 12-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
297-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 12-iyuldagi 297-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari etishtiruvchilarning xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish va ularni bajarish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nizom
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom qishloq xoʻjaligi mahsulotlari etishtiruvchilar bilan xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar oʻrtasida shartnomalar tuzish va ularni bajarishning asosiy shartlarini nazarda tutadi, shuningdek ularni shartnoma majburiyatlarining bajarilishini nazorat qilish boʻyicha bosh davlat inspeksiyasi hududiy organlari (keyingi oʻrinlarda “Boshdavinspeksiya” hududiy organlari deb ataladi) tomonidan roʻyxatdan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomning amal qilishi qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkatlari), fermer va dehqon xoʻjaliklari, boshqa qishloq xoʻjaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilari (keyingi oʻrinlarda xoʻjaliklar deb ataladi) ehtiyojlari uchun moddiy-texnika resurslari yetkazib berish, shuningdek xoʻjaliklarga mexanizatsiyalashgan ishlarni bajarish, servis, agrokimyo, agrotexnika hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari etishtirish bilan bogʻliq boshqa xizmatlar koʻrsatish boʻyicha shartnomalarga (keyingi oʻrinlarda shartnomalar deb ataladi) tadbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Moddiy-texnika resurslari (ehtiyot qismlar, urugʻlar, oʻsimliklarni himoya qilish vositalari, yonilgʻi-moylash materiallari, mineral oʻgʻitlar va shu kabilar) yetkazib berish yuzasidan shartnoma boʻyicha yetkazib beruvchi tashkilot xoʻjalikka kelishilgan muddatda yoki muddatlarda ishlab chiqaradigan yoki xarid qiladigan tovarlarni qishloq xoʻjaligi mahsulotlari etishtirishda foydalanish uchun yetkazib berish, xoʻjalik esa moddiy-texnika resurslarini qabul qilib olish va ular uchun belgilangan yoki kelishilgan narxlar boʻyicha haq toʻlash majburiyatini oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xizmatlar koʻrsatish (ishlarni bajarish) yuzasidan shartnoma boʻyicha bajaruvchi tashkilot xoʻjalik topshirigʻiga binoan mexanizatsiyalashgan ishlarni bajarish, servis, agrokimyo, agrotexnika va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari etishtirish bilan bogʻliq boshqa xizmatlar koʻrsatishni taʼminlash, xoʻjalik esa ushbu ishlar (xizmatlar)ni qabul qilib olish va ular uchun belgilangan yoki kelishilgan narxlar boʻyicha haq toʻlash majburiyatini oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Shartnomalarni tuzish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Shartnomalarni tuzishda tomonlar Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (364-381, 439-moddalar)ga, “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, ushbu Nizomga hamda moddiy-texnika resurslari yetkazib berish va xizmatlar koʻrsatish (ishlarni bajarish)ni tartibga soluvchi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Moddiy-texnika resurslarini yetkazib berish va xizmatlar koʻrsatish (ishlarni bajarish) boʻyicha Shartnomalarni tuzish xoʻjalik joylashgan joyda qishloq xoʻjaligi yili boshlanishidan ikki oy oldin amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Moddiy-texnika resurslarini yetkazib berish yoki xizmatlar koʻrsatish (ishlarni bajarish) boʻyicha shartnomalar uch nusxada tuziladi va imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Moddiy-texnika resurslarini yetkazib berish shartnomalari shartlari Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 353-381, 386-424, 437-456, 468-478-moddalariga, “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, shuningdek boshqa qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Xizmatlar koʻrsatish (ishlarni bajarish) boʻyicha shartnomalar shartlari Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 353-381, 631-655, 703-708-moddalariga, “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, shuningdek boshqa qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar Shartnomalarni tuzishda oʻzlarining tegishli turdagi shartnomalar uchun ishlab chiqilgan, belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilgandan keyin eʼlon qilingan namunaviy shartlari (shakllari)ga amal qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Moddiy-texnika resurslarini yetkazib berish boʻyicha shartnoma shartnomaning maqsadini, yetkazib beriladigan tovarning miqdori, sifati, turi, butligi, idishi va idishga joylanishi, narxini, yetkazib berish muddatlari (davrlari)ni hisob-kitob qilish tartibini, tomonlarning majburiyatlarini, shartnoma majburiyatlari bajarilmagan yoki zarur darajada bajarilmagan taqdirda tomonlarning javobgarligini, kelishmovchiliklarni hal etish tartibini, tomonlarning rekvizitlarini, shartnomaning tuzilgan sanasi va joyini nazarda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmatlar koʻrsatish (ishlarni bajarish) boʻyicha shartnoma shartnomaning maqsadini, ishlarni bajarish (xizmatlar koʻrsatish) hajmi, sifati, narxini, muddatlarini, shartnoma majburiyatlari bajarilmagan yoki zarur darajada bajarilmagan taqdirda tomonlarning javobgarligini, kelishmovchiliklarni hal etish tartibini, tomonlarning rekvizitlarini, shartnomaning tuzilgan sanasi va joyini nazarda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomalar shuningdek mazkur turdagi shartnomalar uchun yoki tomonlardan birining arizasiga binoan ular yuzasidan bitim tuzishga erishilgan shartnomalar uchun qonun hujjatlari bilan belgilangan boshqa jiddiy shartlarni ham nazarda tutishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 398-moddasiga muvofiq, yetkazib berish shartnomasi boʻyicha yetkazib beriladigan moddiy-texnika resurslari miqdori tegishli oʻlchov birliklarida yoki pul ifodasida nazarda tutiladi. Shartnoma tovar miqdorini belgilash tartibini nazarda tutishi mumkin. Agar shartnoma yetkazib beriladigan moddiy-texnika resurslari miqdorini belgilash imkonini bermasa, shartnoma tuzilmagan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Agar moddiy-texnika resurslari turlari, modellari, hajmlari, ranglari va boshqa belgilari boʻyicha muayyan nisbatda yetkazib berilishi kerak boʻlsa yetkazib berish shartnomasi ularning turi toʻgʻrisidagi shartlarni nazarda tutishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Moddiy-texnika resurslari va koʻrsatiladigan xizmatlar (bajariladigan ishlar) miqdori standartlar talablariga, texnik shartlarga, shartnomada nazarda tutilgan tovarlar, namunalar (etalonlar) sifatiga talablarni belgilaydigan boshqa hujjatlarga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomada sifatga standartlar, texnik shartlar, boshqa hujjatlar, namunalar (etalonlar)ga nisbatan yanada yuqori talablar nazarda tutilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Standartlar, texnik shartlar, boshqa hujjatlar tartib raqami shartnomada koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Agar tovarlarning muayyan toʻplami but holda yetkazib berilishi kerak boʻlsa shartnomaga moddiy-texnika resurslarining but holda boʻlishi toʻgʻrisidagi shartlar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Moddiy-texnika resurslarining xarakteri uning idishda va (yoki) oʻrovda boʻlishini talab qilgan taqdirda shartnoma moddiy-texnika resurslarining idishda va (yoki) oʻrovda yetkazib berilishi shartlarini nazarda tutishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Etkazib berish yoki xizmatlar koʻrsatish (ishlarni bajarish) muddatlari (davrlari)ni tomonlar qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini taʼminlash uchun yetkazib berish yoki xizmatlar koʻrsatish (ishlarni bajarish)ning muayyan maromda boʻlishini taʼminlash zaruriyatini hisobga olgan holda belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarurat boʻlganda moddiy-texnika resurslarini yetkazib berish va xizmatlar koʻrsatish (ishlarni bajarish) muddatlari va ularning turlari shartnomaning tarkibiy qismi boʻlgan jadvalda belgilanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 438-moddasiga muvofiq yetkazib berish shartnomasi, qoidaga koʻra, kamida bir yil muddatga tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmatlar koʻrsatish (ishlarni bajarish) boʻyicha shartnomalarda muddatlar, qoidaga koʻra, xizmatlar koʻrsatish (ishlarni bajarish)ning boshlangʻich, oxirgi va oraliq muddatlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga muvofiq hisob-kitob qilish tartibini belgilashda shartnomada tovar (ishlar, xizmatlar) qiymatini qonun hujjatlarida belgilanganidan kam boʻlmagan miqdorda oldindan toʻlash sharti albatta nazarda tutilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Shartnomada shartnoma majburiyatlari bajarilmagan yoki zarur darajada bajarilmagan taqdirda tomonlarning javobgarligi, shuningdek kelishmovchiliklarni hal etish tartibi nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning shartnoma boʻyicha javobgarligi Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 324-339-moddalari talablariga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mazkur Nizomning 2-bandida koʻrsatilgan moddiy-texnika resurslari yetkazib berish va xizmatlar koʻrsatish (ishlarni bajarish) boʻyicha shartnomalar Shartnoma majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish tuman (hududiy) davlat inspeksiyasida (keyingi oʻrinlarda “davlat inspeksiyasi” deb ataladi) roʻyxatdan oʻtkazilishi shart va roʻyxatdan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Moddiy-texnika resurslari yetkazib beruvchi yoki xizmatlarni bajaruvchi xoʻjalik bilan shartnoma tuzilgan kundan boshlab bir hafta muddatda xoʻjalik joylashgan joydagi davlat inspeksiyasiga tomonlar imzolagan shartnomani uch nusxada taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etilgan shartnomalar davlat inspeksiyasi tomonidan uch ish kuni mobaynida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat inspeksiyasi shartnomani koʻrib chiqishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma tuzishning toʻgʻriligini, uning qonun hujjatlariga muvofiqligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomada belgilangan moddiy-texnika resurslarini yetkazib berish yoki xizmatlar koʻrsatish (ishlarni bajarish) miqdori, turi, muddati va boshqa shartlarining agrotexnika talablariga muvofiqligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy-texnika resurslari yetkazib berish va xizmatlar koʻrsatish (ishlarni bajarish) boʻyicha narxlar belgilanishining toʻgʻriligini aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Shartnoma qoʻyiladigan talablarga muvofiq boʻlgan taqdirda davlat inspeksiyasi uni roʻyxatdan oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun davlat inspeksiyasida roʻyxatdan oʻtkazish daftari yuritiladi, unga roʻyxatdan oʻtkazilgan shartnomalar toʻgʻrisidagi quyidagi maʼlumotlar kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxatdan oʻtkazish tartib raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma tuzilgan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma roʻyxatdan oʻtkazilgan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomaning tomonlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetkazib beriladigan moddiy-texnika resurslari va koʻrsatiladigan xizmatlar (bajariladigan ishlar) turlari va miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma summasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sana va roʻyxatdan oʻtkazilgan shartnomani olgan shaxsning imzosi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Roʻyxatdan oʻtkazganlik toʻgʻrisida shartnomaning barcha nusxalariga belgi qoʻyiladi. Shartnomaning ikki nusxasi uni taqdim etgan tashkilotga beriladi, shartnomaning bir nusxasi esa davlat inspeksiyasida qoladi va uch yil mobaynida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Shartnoma qonun hujjatlari talablariga muvofiq boʻlmagan va tovarlar yetkazib berish va xizmatlar koʻrsatishga narxlar asossiz ravishda oshirib yuborilgan hollarda shartnomani roʻyxatdan oʻtkazish rad etilishi mumkin. Roʻyxatdan oʻtkazishning rad etilishi yozma shaklda tuziladi va rad etishning aniq sabablari koʻrsatilgan holda asoslanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Moddiy-texnika resurslari yetkazib beruvchi yoki xizmatlar koʻrsatuvchi shartnoma qayta ishlangandan keyin uni takroran taqdim etishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma roʻyxatdan oʻtkazish uchun takroran taqdim etilganda u davlat inspeksiyasi tomonidan mazkur Nizomning 20-26-bandlariga muvofiq koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Davlat inspeksiyasi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan shartnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar shartnoma kabi tartibda rasmiylashtiriladi va roʻyxatdan oʻtkazish uchun uch nusxada davlat inspeksiyasiga taqdim etiladi. Oʻzgartirish va qoʻshimchalarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun ular tomonlar imzolagan kundan boshlab uch kun muddatda taqdim etilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Davlat inspeksiyasi taqdim etilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni mazkur Nizomning 20-27-moddalariga muvofiq koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Shartnomalarni bajarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Shartnomalar ularning shartlariga va qonun hujjatlari talablariga muvofiq zarur darajada bajarilishi, bunday shartlar va talablar mavjud boʻlmagan taqdirda esa — amaldagi muomala odatlariga muvofiq bajarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Moddiy-texnika resurslari yetkazib berish yoki xizmatlar koʻrsatish (ishlarni bajarish) toʻgʻrisidagi qabul qilish-topshirish dalolatnomasi yoki tilxat sanasi shartnoma boʻyicha majburiyatlar bajarilgan kun hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisob-kitob hujjatidagi bank muassasasi shtampida koʻrsatilgan sana xoʻjalik tomonidan moddiy-texnika resurslari, xizmatlar (ishlar)ga haq toʻlash boʻyicha majburiyatlar bajarilgan kun hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 440-moddasiga muvofiq moddiy-texnika resurslari xoʻjalikning roziligi bilan muddatidan oldin yetkazib berilishi mumkin. Muddatidan oldin yetkazib berilgan va xaridor tomonidan qabul qilingan moddiy-texnika resurslariga haq toʻlanadi va ular keyingi davrda yetkazib berilishi kerak boʻlgan mahsulotlar hisobiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Xoʻjalik yetkazib beruvchi tashkilotni xabardor qilgan holda yetkazib berish muddati kechiktirib yuborilgan mahsulotni, agar shartnomada oʻzgacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, qabul qilishni rad etishga haqlidir. Etkazib beruvchi tomonidan bildirishnoma olingungacha yetkazib berilgan moddiy-texnika resurslarini xoʻjalik qabul qilishga va haqini toʻlashga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Mazkur nomenklatura (assortiment)ga kiruvchi bir xil nomdagi koʻp miqdordagi moddiy-texnika resurslari yetkazib berilishi boshqa nomdagi moddiy-texnika resurslari toʻliq yetkazib berilishi oʻrniga oʻtmaydi, tovarlar yetkazib berish xoʻjalikning oldindan berilgan yozma roziligi yoki xoʻjalik mahsulotni foydalanish uchun qabul qilib olgan hollar bundan mustasno, bu haqda davlat inspeksiyasiga yozma bildirishnoma beriladi. Koʻrsatib oʻtilgan hollarda toʻliq yetkazib berilmagan tovarlar oʻrni toʻldirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Elektr energiyasi, gaz, suvni xoʻjaliklargacha yetkazib berishga, ularni yetkazib berish vositalari saqlanishini taʼminlashga va ularga sarflanadigan xarajatlarga yetkazib beruvchi tashkilotlar tomonidan haq toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Erni shudgorlashni mexanizatsiyalashga doir bajarilgan ishlar va boshqa xizmatlar bevosita xoʻjaliklarning masʼul xodimlari tomonidan dalolatnoma boʻyicha qabul qilinadi. Dalolatnomada bajarilgan xizmatlar miqdori, ularning sifati, shudgorlash chuqurligi va boshqa agrotexnika koʻrsatkichlari qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Tomonlarning javobgarligi va nizoli masalalarni hal etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Tomonlar shartnoma bajarilishi uchun barcha zarur choralarni koʻrishlari shart. Ular ushbu maqsadlarda qonun hujjatlarida va (yoki) shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlar buzilganligi uchun belgilangan tartibda javobgarlik chora-tadbirlari qoʻllanilishini talab qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Tomonlar shartnoma majburiyatlari bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun, agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada oʻzgacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 24-32-moddalariga muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Kelishmovchiliklar va nizoli masalalar kelib chiqqan taqdirda tomonlar, qoidaga koʻra, mustaqil ravishda yoxud “Boshdavinspeksiya” va uning hududiy organlari ishtirokida ushbu kelishmovchiliklar va nizoli masalalarni sudgacha hal etish choralarini koʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Tomonlar nizoli masalalarni sudgacha hal etish jarayonida kelishishga erishmagan taqdirda, xoʻjalik sudiga murojaat qilishga haqlidirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari etishtiruvchilarga moddiy-texnika resurslari yetkazib berish va xizmatlar koʻrsatish (ishlarni bajarish) shartnomalarining toʻgʻri tuzilishi va shartnomalar boʻyicha tomonlarning shartnoma majburiyatlarini bajarishi ustidan davlat nazorati va monitoringni Shartnoma majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish Bosh davlat inspeksiyasi, uning hududiy organlari, shuningdek ushbu funksiyalar qonun hujjatlari bilan zimmasiga yuklangan boshqa davlat organlari amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. “Boshdavinspeksiya” va hududiy davlat inspeksiyalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzilgan shartnomalarning Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi talablariga, “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiqligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzilgan shartnomalar bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun qonunchilikka koʻra tomonlarning javobgarligi choralariga muvofiqligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetkazib berilgan tovarlar va koʻrsatilgan xizmatlar (bajarilgan ishlar) uchun hisob-kitoblarning toʻgʻriligi va oʻz vaqtidaligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avans berish, tovarlar yetkazib berish, xizmatlar koʻrsatish (ishlarni bajarish) muddatlariga rioya etilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetkazib berilgan tovarlar va koʻrsatilgan xizmatlar (bajarilgan ishlar) sifati mavjud texnik shartlarga va boshqa normativ hujjatlarga muvofiqligi nazorat qilinishini taʼminlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Boshdavinspeksiya” va hududiy davlat inspeksiyalarining huquq va vazifalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 30-martdagi 160-son qarori bilan tasdiqlangan Shartnoma majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish bosh davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizom bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. “Boshdavinspeksiya” va uning hududiy organlari, shuningdek tegishli davlat organlari shartnomalar tuzilishi va bajarilishiga oʻz vakolatlari doirasida zarur yordam koʻrsatadilar va koʻmaklashadilar.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2000-y., 13-son, 91-modda)