Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.07.2005 28.08.2004 yildagi 409-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.07.2005
Hujjat 22.02.2005 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR AGENTLIGI FAOLIYATINI TAShKIL ETIShNI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 2005-yil 26-iyuldagi 136-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 9-dekabrdagi PF-3358-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda tashqi iqtisodiy aloqalarni amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organlari faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi tarkibiga kiruvchi tashkilotlar roʻyxati va uning tashkiliy tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi markaziy apparatining tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligining tuzilmasi hamda viloyatlar va Toshkent shahar tashqi iqtisodiy aloqalar boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi 4 va 5-ilovalarga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi toʻgʻrisidagi nizom 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi markaziy apparati xodimlarining cheklangan umumiy soni 197 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 156 nafar etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi raisiga, zarurat boʻlganda, xodimlarning belgilangan cheklangan soni doirasida Agentlik markaziy apparati tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2002-yil 23-oktabrdagi 368-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 10-son, 62-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1—5, 8 va 10-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bandning birinchi xatboshi “marketing tadqiqotlari” soʻzlaridan keyin “hamda moddiy ragʻbatlantirish” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 28-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
409-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 28-avgustdagi 409-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi tarkibiga kiruvchi tashkilotlar roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Viloyatlar va Toshkent shahar tashqi iqtisodiy aloqalar boshqarmalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Oʻzbekekspertiza” ochiq aksiyadorlik jamiyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzbektenderkonsalting” agentligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Oʻzinkomsentr” Oʻzbekiston Tashqi iqtisodiy axborot-tijorat markazi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Oʻzekspomarkaz” respublika savdo-koʻrgazma markazi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Interservis” xoʻjalik hisobidagi respublika tashqi savdo birlashmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Interqurilish” xoʻjalik hisobidagi respublika tashqi savdo firmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Xalqaro hamkorlik markazi” AJ
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “Hamkor” — “Delovoy partnyor” gazetasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 28-avgustdagi 409-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligining tashkiliy tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 28-avgustdagi 409-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi markaziy apparatining tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 28-avgustdagi 409-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligining tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 28-avgustdagi 409-son qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatlar va Toshkent shahar tashqi iqtisodiy aloqalar boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 28-avgustdagi 409-son qaroriga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi) tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish sohasidagi davlat boshqaruvi vakolatli organi hisoblanadi hamda oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agentlik tizimiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar tashqi iqtisodiy aloqalar boshqarmalari, ixtisoslashtirilgan xoʻjalik hisobidagi tashkilotlar, xorijiy davlatlardagi Agentlikka qarashli tashkilotlar boʻlgan savdo va iqtisodiy vakolatxonalar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy boʻlinmalar ikki tomonlama boʻysunadilar hamda Agentlikka va tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga hisob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agentlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlariga va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa normativ hujjatlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agentlik oʻz faoliyatini davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Agentlikni va uning hududiy boʻlinmalarini moddiy-texnik taʼminlash, shuningdek Agentlik tizimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash ajratiladigan mablagʻlar doirasida davlat budjeti mablagʻlari, oʻziga qarashli tashkilotlar ajratmalari hisobiga, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Agentlik yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Agentlikning asosiy vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida yagona davlat siyosati oʻtkazilishini taʼminlash va uni rivojlantirish strategiyasini shakllantirishda qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshliligini rivojlantirish va oshirish hamda uning jahon iqtisodiyoti tizimiga integratsiyalashuvi boʻyicha shart-sharoitlar yaratish va chora-tadbirlarni amalga oshirishda qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning eksport salohiyatini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika ishlab chiqaruvchilari tovarlarining tashqi bozorlarga kirib borishi uchun qulay shart-sharoitlarni taʼminlash chora-tadbirlari kompleksini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy investitsiyalarni jalb etish sohasida davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar, xalqaro iqtisodiyot va moliya institutlari, boshqa xalqaro huquq subyektlari bilan savdo-iqtisodiy va moliyaviy hamkorligini rivojlantirishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy xavfsizligi va iqtisodiy manfaatlari, Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining huquqlari va manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Agentlik oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yagona davlat tashqi iqtisodiy siyosati oʻtkazilishini taʼminlash sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
teng sheriklik va kamsitmaslik prinsiplariga asoslangan tashqi iqtisodiy siyosatni erkin va teng huquqli amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruv organlarining tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish sohasidagi ishlarini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasini tashqi iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini, tashqi savdo, valyuta balansining asosiy indikatorlari parametrlarini shakllantirishda hamda mamlakatning valyuta, bojxona-tarif va soliq siyosatini takomillashtirishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar, shu jumladan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, toʻqimachilik tovarlari, fuqaro aviatexnikasi bilan xalqaro savdo qilish, xizmatlar koʻrsatish, intellektual mulk obyektlari bilan xalqaro savdo qilish, davlat xaridlarini, yuklab joʻnatishdan oldingi inspeksiyani amalga oshirish, tashqi savdoda sanitariya, fitosanitariya va texnik chora-tadbirlarning qoʻllanishi sohasida davlat siyosati oʻtkazilishi bilan bogʻliq tadbirlarni muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Rahbariyatini va Vazirlar Mahkamasini tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha zarur axborotlar bilan taʼminlashni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisodiy aloqalar, tovarlar bilan xalqaro savdo qilishning ahvolini, xorijiy davlatlardagi iqtisodiy vaziyatni tahlil qiladi, konyunkturani oʻrganadi va shu asosda jahon tovarlar va xizmatlar bozori rivojlanishi tendensiyalarini prognozlashtiradi, mintaqaviy iqtisodiy integratsiyalashni amalga oshirish toʻgʻrisida takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda erkin iqtisodiy zonalar boʻyicha davlat siyosatini shakllantirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisodiy aloqalar muammolari boʻyicha ilmiy tadqiqotlar oʻtkazilishini, Agentlik tizimi va boshqa vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va xoʻjalik yurituvchi subyektlar xodimlari uchun chet ellarda qisqa muddatli va uzoq muddatli oʻquv stajirovkalari va seminarlar, Agentlik oʻquv markazida, oʻqiganlik toʻgʻrisida sertifikat bergan holda, oʻquvlar tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron tijorat sohasida savdo siyosatini shakllantirishda qatnashadi, davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining tashqi iqtisodiy faoliyatda elektron savdo sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) milliy iqtisodiyotni rivojlantirish va uning raqobatbardoshliligini oshirish hamda uni jahon iqtisodiyot tizimiga integratsiyalash sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika xoʻjalik yurituvchi subyektlarining tashqi bozorlarga kirib borishi uchun qulay shart-sharoitlarni taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi hamda tashqi iqtisodiy hamkorlikning turli shakllarini kengaytirishga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasiga tovarlar eksporti va importi yuzasidan miqdoriy cheklashlar joriy etish toʻgʻrisida, tovarlarning ayrim turlari eksporti va/yoki importiga davlat monopoliyasini oʻrnatish toʻgʻrisida, shuningdek tovarlarni olib kirish va olib chiqishga nisbatan himoya choralari, kompensatsiya, dempingga qarshi choralar va boshqa choralarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
himoya choralarini, antidemping va kompensatsiya bojlarini joriy etishdan oldin, belgilangan tartibda tekshiruvlar oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasiga chet ellarda Oʻzbekiston Respublikasining savdo vakolatxonalarini ochish va yopish toʻgʻrisida takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning kommunikatsiya tizimlarini xalqaro transport kommunikatsiyalari tizimiga integratsiyalash maqsadida manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda transport kommunikatsiyalari, tashqi savdo yuklarini tashishni maqbullashtirish, yangi transport yoʻnalishlari va yoʻlaklarini ishlab chiqish sohasida tashqi iqtisodiy siyosat masalalari boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar va idoralar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasida va chet elda xalqaro savdo — sanoat koʻrgazmalari, yarmarkalar, anjumanlar, taqdimotlar, konferensiyalarni va boshqa shu kabi tadbirlarni tashkil etadi va oʻtkazadi, reklama-axborot ishlarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi xoʻjalik yurituvchi subyektlariga tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda, xorijiy sheriklar izlashda va ularning ishonchliligi va ishbilarmonligini oʻrganishda tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlariga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarini huquq, narx, valyuta, moliya, kredit masalalari, tashqi bozorning eksportga yetkazib berilayotgan mahsulotlar sifatiga, texnik tavsifnomalariga talablari boʻyicha metodik, axborot va konsultativ taʼminlashni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
importning oʻrnini toʻldirish va mahalliy xomashyo negizida tayyor mahsulot, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari boʻyicha takliflar kiritadi, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlar va koʻrsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish konsepsiyalari va dasturlarini ishlab chiqishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarning kelib chiqishini sertifikatsiyalash, yuridik shaxslar tomonidan, shu jumladan oʻz ehtiyojlari uchun xorijiy investorlar tomonidan olib kelinadigan mahsulotlarni sertifikatsiyalash, mamlakatda ishlab chiqarilgan, eksportga yetkazib beriladigan mahsulotlarni sertifikatsiyalashni, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan chetdan olib kelinadigan texnologiya asbob-uskunalari, ehtiyot qismlar, materiallar va komponentlarni mahalliylashtiriladigan mahsulotlarni ishlab chiqarishda texnologiya jarayonida foydalaniladiganlar toifasiga kiritish toʻgʻrisida xulosalar berishni mustaqil amalga oshiradi yoki bu boradagi vakolatlarni boshqalarga beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doirasida tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi qonunchilik boʻyicha sharhlar va tushuntirishlar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) respublikaning eksport salohiyatini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishga koʻmaklashish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning eksport salohiyatini kengaytirish maqsadli dasturlarini ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda qatnashadi, eksport qiluvchi korxonalarni iqtisodiy ragʻbatlantirish boʻyicha takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eng muhim tovarlarni, shu jumladan paxta tolasi, rangli metallar va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish hamda eksportga yetkazib berish balanslarini ishlab chiqishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qisqa, oʻrtacha va uzoq muddatli davrda paxta tolasi jahon bozorida vaziyatning rivojlanishi boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazadi hamda uning ssenariysini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi bozorlar talablarini va mahalliy moddiy-xomashyo resurslaridan toʻliq foydalanish imkoniyatlarini hisobga olgan holda eksportning turli mexanizmlari va sxemalarini, ishlab chiqarish jarayonini maqbullashtirish boʻyicha tavsiyalarni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi sotish bozorlari ehtiyojini va talablarini oʻrganadi, eksport strategiyasini, shuningdek eksport nomenklaturasini kengaytirish va hajmlarini koʻpaytirish, eksportni mablagʻ bilan taʼminlash mexanizmini takomillashtirish, milliy tovar ishlab chiqaruvchilarning anʼanaviy eksport nomenklaturasi bilan savdo qilishda shart-sharoitlarni maqbullashtirish va ham yangi vositalarni joriy etish hisobiga, ham anʼanaviy boʻlmagan eksportning boshqa xil mahsulotlar (ishlar va xizmatlarni) olib kirish va eksport nomenklaturasini diversifikatsiyalash hisobiga xalqaro bozorlarga chiqishi boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy eksportning butun nomenklaturasi boʻyicha marketing tadqiqotlari oʻtkazadi hamda marketing va tahliliy sharhlar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzining davriy nashrlari va texnik vositalari orqali Oʻzbekiston Respublikasining xoʻjalik yurituvchi subyektlarini respublikada ishlab chiqariladigan mahsulotlarni sotishning tashqi bozorlari ahvolini, shuningdek uning boshqa turlarini sotishning potensial bozorlariga eksport qilish istiqbollari toʻgʻrisida xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport qilinadigan tovarlar miqdori va sifatini ekspert baholash tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika korxonalari, shu jumladan kichik va oʻrta biznes korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar eksportini tashkil etishda qatnashadi, ularga xorijiy bozorlar marketing tadqiqotlarini oʻtkazishda koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan taqdim etiladigan axborotlar asosida eksport va import prognozlarining bajarilishini monitoring va tahlil qiladi hamda eksport surʼatlarini, nisbatini va samaradorligini natural va narx ifodasida prognoz qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi savdo infratuzilmasini elektron savdoning jahon tizimiga integratsiyalash, “Internet”ning global tarmogʻida milliy eksportchilar ishtirokini kuchaytirish, Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat axborot markazini barpo etish boʻyicha dasturlar va chora-tadbirlar komplekslarini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksportga yoʻnaltirilgan mahsulotlar, shuningdek eksport mahsulotlarining tarmoq ishlab chiqaruvchilari va eksport qiluvchilar boʻyicha maʼlumotlar bazasini shakllantiradi va yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonning tashqi savdo infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) xorijiy investitsiyalarni jalb etish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlarining xorijiy investorlar bilan ishlash boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya muhitini takomillashtirishga, xorijiy investitsiyalarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqishda va amalga oshirishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻgʻridan toʻgʻrixorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun iqtisodiyotning ustuvor sektorlari roʻyxatini va eng muhim ishlab chiqarishlarni aniqlash boʻyicha takliflar ishlab chiqadi, yirik korxonalarni xususiylashtirish boʻyicha tanlovlar tashkil etishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ularga tadbirkorlik obyektlarida moddiy va nomoddiy boyliklar va huquqlar berish va chet eldagi boshqa faoliyat bilan bogʻliq boʻlgan investitsiya faoliyatini tartibga soluvchi chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
strategiya jihatidan muhim boʻlgan investitsiya dasturlari va ustuvor loyihalarni amalga oshirish uchun toʻgʻridan toʻgʻrixorijiy investitsiyalarni, tashqi kreditlarni jalb etadi, tashkilotlar va korxonalar tomonidan taqdim etiladigan axborotlar asosida ulardan samarali foydalanilishi boʻyicha monitoring olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihalari amalga oshirilishi monitoringini, shu jumladan investitsiya shartnomalari shartlariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarini xorijiy investorlarni jalb etish masalalarida axborotlar bilan taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy investorlarni respublikadagi mavjud potensial investitsiya imkoniyatlari va amalga oshiriladigan loyihalar haqidagi axborotlar bilan taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻgʻridan toʻgʻrixorijiy investitsiyalar oqimlarini tahlil qiladi, ularni jalb etish va ragʻbatlantirish boʻyicha jahon tajribasini oʻrganadi va umumlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari faoliyatini oʻz vakolatlari doirasida muvofiqlashtiradi va tartibga soladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining, xorijiy jismoniy va yuridik shaxslarning respublika hududidagi hamda chet ellardagi faoliyatini mavzuli va kompleks oʻrganishni tashkil etadi va amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy tijorat tashkilotlari vakolatxonalarini va ularning xodimlarini belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi hududida akkreditatsiya qiladi, shuningdek ana shunday vakolatxonalar tomonidan taqdim etiladigan ular faoliyati toʻgʻrisidagi axborotlarni koʻrib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining TIF TN (Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi)ni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika rezidentlarining chet eldagi korxonalari, filiallari va vakolatxonalari monitoringini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida belgilangan hollarda eksport-importni litsenziyalaydi, tegishli ruxsatnomalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari ishtirokida chet elda tashkil etilgan korxonalar, filiallar va vakolatxonalarning davlat reyestrini va tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilari reyestrini, shuningdek xorijiy tijorat tashkilotlarining akkreditatsiya qilingan vakolatxonalari boʻyicha maʼlumotlar bankini yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs boʻlmasdan tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni import qiluvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarni tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilari sifatida roʻyxatdan oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy mamlakatlarning siyosiy-iqtisodiy ahvoli, ular tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan tashqi savdo rejimlari, shu jumladan erkin savdo zonalarining, bojxona ittifoqlarining faoliyat koʻrsatishi, eng koʻp qulaylik beradigan rejimlar, amaldagi bojxona-tarif qoidalari, litsenziyalash va kvotalash tartib-qoidalari, tovarlarning bojxona qiymatini va kelib chiqish mamlakatini aniqlash masalalari va boshqa masalalar bilan bogʻliq axborotlarni toʻplaydi va turkumlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi savdo bitishuvlari va xalqaro shartnomalar shartlariga muvofiq yengib boʻlmaydigan kuchlar (fors-major) holatlari toʻgʻrisida xabar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
import kontraktlarini belgilangan tartibda oldindan ekspertizadan oʻtkazadi, qonun hujjatlarida belgilangan hollarda tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari tomonidan tuziladigan boshqa savdo-iqtisodiy shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazadi va hisobga oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisida korxonalar, filiallar, korxonalar tashkil etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlarining sarmoyasini olib chiqib ketish strategiyasi va tartibini ishlab chiqish boʻyicha takliflar kiritadi, oʻz vakolatlari doirasida chet elda respublika rezidentlari korxonalari faoliyatini qoʻllab-quvvatlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport nazorati sohasida ishlarni muvofiqlashtiradi va amalga oshiradi, import qiluvchi (pirovard foydalanuvchi)ning Oʻzbekiston Respublikasiga olib kelinadigan spetsifik tovarlar va ikki tomonlama vazifaga ega boʻlgan tovarlardan buyurtma berilgan maqsadlarda foydalanish toʻgʻrisidagi kafolatini tasdiqlovchi sertifikatlar beradi, eksport nazorati obyektlarining milliy roʻyxatlari boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy transport tashkilotlarini himoya qilish va qoʻllab-quvvatlash, respublikaning transport infratuzilmasini rivojlantirish va tranzit yuk oqimlarini jalb etish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olib kelinayotgan va olib chiqib ketilayotgan tovarlarni sertifikatsiyalash qoidalarini ishlab chiqishda, texnik, farmakologik, sanitariya, veterinariya, ekologiya standartlari va talablarini belgilashda, shuningdek tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish chogʻida yuklab joʻnatishdan oldingi inspeksiyalar, bojxona rasmiyatchiligi, ekologiya, veterinariya, fitosanitariya va sanitariya normalari talablariga rioya etilishini taʼminlashda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksporti va importini tartibga solish, shu jumladan standartlar, muvofiqlikni tasdiqlash tizimlari boʻyicha talablarni qoʻllash, tovarlar xavfsizligi normalariga, ularni idishlarga joylash va markirovka qilish qoidalariga rioya qilish, tovarga doir hujjatlarning tegishli shakllaridan foydalanish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar va tashkilotlarda marketing xizmatlari tashkil etilishiga va faoliyat koʻrsatilishiga metodik va amaliy koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar, xalqaro iqtisodiy va moliyaviy institutlar, xalqaro huquqning boshqa subyektlari bilan savdo-iqtisodiy va moliyaviy hamkorligini rivojlantirishni taʼminlash sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar, xalqaro va hukumat tashkilotlari bilan tashqi iqtisodiy hamkorligi strategiyasini shakllantirishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisodiy faoliyat masalalari, shu jumladan savdo-iqtisodiy, investitsiya, moliya, soliq, transport-kommunikatsiya, ilmiy-texnik va boshqa sohalardagi hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari loyihalarini xorijiy mamlakatlar hamda xalqaro tashkilotlar bilan kelishib oladi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining topshirigʻiga koʻra muzokaralar oʻtkazadi va xalqaro shartnomalar tuzadi, shuningdek boshqa davlatlarning tashqi iqtisodiy organlari, firmalari, kompaniyalari va korxonalari hamda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik toʻgʻrisida bitimlar tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlar va xalqaro moliya institutlarining texnikaviy, muruvvat, begʻaraz yordamini va boshqa yordamlarini olish jarayonini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyalarining xorijiy davlatlarga davlat tashriflari bilan bogʻliq tadbirlarni axborot-tahlil, shartnomaviy-huquqiy, tashkiliy jihatdan taʼminlashda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlar bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyalar (qoʻmitalar, kengashlar)ning Oʻzbekiston boʻyicha kotibiyati funksiyalarini bajaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisodiy hamkorlik masalalari boʻyicha xorijiy delegatsiyalarni qabul qilish va ularning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi, shu jumladan kutib olish va kuzatishlarni tashkil etish, delegatsiya aʼzolariga vizalar olish va ularning muddatini uzaytirish, ularni mehmonxonalarga joylashtirish, ularga transport xizmati koʻrsatish, muzokaralar, biznes-seminarlar, konferensiyalar, Oʻzbekiston Respublikasi boʻylab safarlarni tashkil etish bilan bogʻliq chora-tadbirlar kompleksini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini chet elda belgilangan tartibda ifodalaydi va himoya qiladi, Oʻzbekiston Respublikasi vakillarining xalqaro va xorijiy tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan tadbirlarda ishtirok etishiga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishgan holda oʻz vakillarini Oʻzbekiston Respublikasining chet ellardagi elchixonalari huzuridagi iqtisodiy maslahatchilar sifatida yoʻllaydi, ular faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash boʻyicha idoralararo komissiya kotibiyati funksiyasini bajaradi, mamlakatning Jahon savdo tashkilotiga kirishi, shu jumladan qonun hujjatlarini Jahon savdo tashkilotining normalari va qoidalariga moslashtirish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan vazirliklar va idoralarning oʻzaro hamkorligini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo va tarif bosh bitimi/Jahon savdo tashkiloti prinsiplariga muvofiq yuklab joʻnatishdan oldingi inspeksiya boʻyicha faoliyatning tashkil etilishini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasiga nisbatan ishbilarmonlik amaliyotini cheklaydigan yoki respublikaning xoʻjalik yurituvchi subyektlari oldidagi majburiyatlarini nohalol bajargan xorijiy davlatlar kompaniyalari roʻyxatini yuritadi, ushbu roʻyxatning mundarijasi boʻyicha tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlariga maslahat beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisodiy hamkorlik sohasida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari boʻyicha tomonlarning majburiyatlari bajarilishi monitoringini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat, valyuta va toʻlov shartlari hamda davlat tashqi qarzlari hisobiga yoki hukumat kafolatlari ostida mablagʻ bilan taʼminlanadigan kontraktlar boʻyicha, shuningdek eksport va/yoki import qilishga davlat monopoliyasi yoki miqdoriy cheklashlar belgilangan tovarlarning ayrim turlari boʻyicha tashqi savdo narxlari ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan hollarda investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslanishini ekspertizadan oʻtkazadi, ular amalga oshirilishi monitoringini olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro iqtisodiy nizolarni hal etish yuzasidan takliflar kiritadi, xoʻjalik nizolarini sudgacha tartibga solishda xorijiy mamlakatlarda Oʻzbekiston Respublikasining xoʻjalik yurituvchi subyektlariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga belgilangan tartibda yordam beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfli yuklar, harbiy texnika, harbiy mol-mulk, portlovchi moddalar va buyumlarning Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranziti chogʻida belgilangan tartibda xulosalar beradi va nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan hollarda tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududida yoki uning tashqarisida qayta ishlash jarayonining texnik-iqtisodiy asoslarini kelishadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlariga zarar yetkazmasligi haqida belgilangan tartibda xulosa beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Agentlikning huquqlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Agentlik oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq takliflar kiritish, qarorlar va normativ hujjatlar loyihalarini kelishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlarning organlari, chet elda xalqaro va boshqa tashkilotlar, firmalar, kompaniyalar va korxonalar, xorijiy davlatlarning elchixonalari va missiyalari, Oʻzbekiston Respublikasidagi xalqaro tashkilotlar va xorijiy firmalar, kompaniyalar va korxonalar bilan toʻgʻridan toʻgʻrialoqalarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlar bilan belgilangan tartibda texnik va iqtisodiy axborotlarni ayirboshlashni amalga oshirish hamda qonun hujjatlariga muvofiq vazirliklar, idoralar va tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlaridan axborotlarni soʻrab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisodiy aloqalar, shu jumladan transport va transport yoʻlaklari sohasidagi masalalar boʻyicha tegishli vakolatli organlar, xoʻjalik yurituvchi subyektlardan statistik maʼlumotlar, takliflar, xulosalarni, tashqi savdo asosiy indikatorlari parametrlarini ishlab chiqish va ularning bajarilishini tekshirish uchun zarur boʻlgan, shuningdek transport kommunikatsiyalari sohasida tashqi iqtisodiy siyosatning strategik masalalari boʻyicha takliflarni oʻrganib chiqish va ishlab chiqish maqsadlarida shu jumladan idoraviy statistika materiallarini va boshqa axborotnoma materiallarni belgilangan tartibda olish, shuningdek yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq yozishmalar olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli vazirliklar, idoralar, davlat tashkilotlari, mahalliy hokimiyat va davlat boshqaruvi organlari, shuningdek korxonalar masʼul shaxslarining tashqi iqtisodiy siyosatni amalga oshirish, tashqi bozorda respublika manfaatlariga rioya qilinishi, respublikaning eksport salohiyatini kengaytirish masalalari hamda tashqi iqtisodiy aloqalarga oid boshqa masalalar boʻyicha hisobotlarini eshitish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishning belgilangan tartibini buzayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va hollarda choralar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy aloqalari muammolari boʻyicha muvofiqlashtiruvchi, ilmiy-texnik va boshqa kengashlar, idoralararo ekspert komissiyalari tuzish, maxsus kengashlar chaqirish, shuningdek maslahatlar olish, ushbu muammolarni oʻrganish va hal qilish uchun ham respublikadan, ham xorijdan olimlar, mutaxassislar va ekspertlarni shartnoma asosida jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz qurilish moddiy-texnika bazasini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik va unga qarashli boʻlinmalar tomonidan respublikada va xorijda turli xizmatlar koʻrsatish va faoliyatdan olinadigan oʻz ixtiyorida qoladigan budjetdan tashqari mablagʻlardan oʻz moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va ijtimoiy maqsadlar uchun foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doirasida xorijiy davlat, bank va tijorat kreditlarini jalb etish, valyuta mablagʻlaridan oqilona foydalanilishini, Hukumat kafolatlari bilan taʼminlangan kreditlarning qaytarilishini nazorat qilish, ularning hisobini yuritish ishlarida qatnashish, shuningdek oʻziga qarashli tashqi iqtisodiy tashkilotlarga kreditlar hisobiga operatsiyalarni amalga oshirish hamda amalga oshirilishi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Agentlikka yuklangan loyihalar boʻyicha kreditlar hisobiga tuzilayotgan kontraktlarning kredit berish shartlariga muvofiqligini tezkor nazorat qilishni topshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarning lavozim maoshlariga shaxsiy qoʻshimchalar, shuningdek xorijiy tillarni bilishi va belgilangan xizmat muddati uchun ustamalar toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning va Agentlik roziligi bilan oʻziga qarashli tashkilotlarning rasmiy taklifiga koʻra Oʻzbekistonga kelgan xorijiy delegatsiyalarning respublika hududida yashashi va transport xarajatlariga haq toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisodiy aloqalar infratuzilmasini rivojlantirish manfaatlarini koʻzlab ham respublika hududida, ham xorijda obyektlarni, shu jumladan xorijiy firmalar ishtirokida, qurish va rekonstruksiya qilishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik tizimida budjet mablagʻlaridan oqilona foydalanilishini muntazam nazorat qilish, oʻziga qarashli tashkilotlarning tijorat, moliya va xoʻjalik faoliyatini tekshirish va taftish qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Agentlik oʻz vakolatlari doirasida vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik zarur hollarda boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bilan qoʻshma qarorlar va boshqa hujjatlar chiqarishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Agentlik oʻziga yuklangan vazifalar samarali bajarilishi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Agentlik faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Agentlikka qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan Rais boshchilik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raisning toʻrt nafar oʻrinbosari, shu jumladan bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik raisi maqomiga koʻra vazirga, raisning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari tegishli ravishda vazirning birinchi oʻrinbosariga va oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Agentlik raisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik faoliyatiga yakkaboshchilik asosida umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi hamda Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mansabdor shaxslar oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi, tizim mansabdor shaxslarining vakolatlarini belgilaydi, Agentlik faoliyatining ayrim uchastkalariga rahbarlik qilish va Agentlikka qarashli tashkilotlar ishi uchun mansabdor shaxslarning javobgarligi darajasini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik tizimi xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida Agentlik markaziy apparati tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritadi, shtat jadvalini, shuningdek Agentlik markaziy apparati xarajatlari smetasini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik markaziy apparati, hududiy boʻlinmalar xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik markaziy apparati boʻlinmalari, viloyatlar va Toshkent shahar tashqi iqtisodiy aloqalar boshqarmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi toʻgʻrisidagi nizomlarni belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rais qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Agentlikda Rais (hayʼat raisi), Vazirlar Mahkamasining Tashqi aloqalar masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri (kelishuv boʻyicha), rais oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi raisi (lavozimiga koʻra), Agentlik, Agentlikka qarashli tashkilotlarning boshqa rahbar xodimlaridan 11 kishidan iborat tarkibda hayʼat tashkil etiladi. Hayʼat majlislariga, zarur hollarda, respublika huquqni muhofaza qilish, moliya organlari va boshqa vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning oʻz vakolatlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy aloqalarini boshqarishda qatnashuvchi vakillari taklif qilinishi mumkin.
(14-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 22-fevraldagi 73-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 8-9-son, 67-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼatning shaxsiy tarkibi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼat oʻzining muntazam ravishda oʻtkaziladigan majlislarida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar tashqi iqtisodiy aloqalar boshqarmalari, oʻziga qarashli kompaniyalar, firmalar, markazlar va tashkilotlar, savdo vakolatxonalari, Oʻzbekiston Respublikasi elchixonalari huzuridagi iqtisodiy maslahatchilar faoliyati bilan bogʻliq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik apparati boʻlinmalari rahbarlarini, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi raisi va uning oʻrinbosarini, oʻziga qarashli tashkilotlar rahbarlari va ularning oʻrinbosarlarini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining chet ellardagi elchixonalari huzuridagi iqtisodiy maslahatchilarni belgilangan tartibda tasdiqlash bilan bogʻliq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukumat topshiriqlarini bajarish va Agentlik faoliyati prognozlari bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼat Agentlik vakolatiga tegishli boshqa masalalarni ham koʻrib chiqishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼat uning majlisida aʼzolarining yarmidan koʻpi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Hayʼat qarorlari raisning buyruqlari bilan hayotga tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼat aʼzolari bilan rais oʻrtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda, Rais oʻz qarorini amalga oshiradi. Kelib chiqqan kelishmovchiliklar toʻgʻrisida rais Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Agentlik belgilangan tartibda Agentlik tizimini, shu jumladan oʻziga qarashli tashkilotlar tizimini safarbarlik yuzasidan tayyorlashga doir tadbirlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Agentlikni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 34-35-son, 393-modda; 2005-y., 8-9-son, 67-modda)