Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
XALQARO ELEKTR ALOQASI ITTIFOQI VAKOLATLI ANJUMANINING (KIOTO, 1994-YIL) YAKUNLOVCHI HUJJATLARINI VA XALQARO ELEKTR ALOQASI ITTIFOQI VAKOLATLI ANJUMANINING (MINNEAPOLIS, 1998-YIL) YAKUNLOVCHI HUJJATLARINI RATIFIKATSIYA QILISH HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Xalqaro elektr aloqasi ittifoqi Vakolatli anjumanining (Kioto, 1994-yil) Yakunlovchi hujjatlari va Xalqaro elektr aloqasi ittifoqi Vakolatli anjumanining (Minneapolis, 1998-yil) Yakunlovchi hujjatlari ratifikatsiya qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2004-yil 27-avgust,
679-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 34-35-son, 387-modda)