Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BILAN ROSSIYA FEDERATSIYASI OʻRTASIDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VA ROSSIYA FEDERATSIYASI HAVO FAZOSINING XAVFSIZLIGINI TAʼMINLASH MAQSADIDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HAVO HUJUMIGA QARSHI MUDOFAA QOʻSHINLARI VA HARBIY-HAVO KUCHLARIDAN HAMDA ROSSIYA FEDERATSIYASI HARBIY-HAVO KUCHLARIDAN BIRGALIKDA FOYDALANISH TOʻGʻRISIDAGI BITIMNI RATIFIKATSIYA QILISH HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi havo fazosining xavfsizligini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Havo hujumiga qarshi mudofaa qoʻshinlari va Harbiy-havo kuchlaridan hamda Rossiya Federatsiyasi Harbiy-havo kuchlaridan birgalikda foydalanish toʻgʻrisidagi bitim ratifikatsiya qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2004-yil 27-avgust,
672-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 34-35-son, 380-modda)