Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA” 2003-YIL 22-YANVARDAGI 37-SON QARORIGA OʻZGARTIRISH KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-apreldagi PQ-2934-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2003-yil 22-yanvardagi 37-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 1-son, 10-modda) 4-bandning toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2004-yil 13-avgust,
390-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 32-son, 367-modda)