Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.04.2017 12.08.2004 yildagi 387-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.04.2017
Hujjat 12.08.2004 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TIJORAT FAOLIYATI UChUN MOʻLJALLANGAN TOVARLARNI OLIB KELUVChI JISMONIY ShAXSLARNI ROʻYXATDAN OʻTKAZIShNI TARTIBGA SOLISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni import qilish va ularni sotish bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslar faoliyatini yanada tartibga solish, savdoning uyushgan, madaniyatli shakllarini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Hukumat tomonidan qabul qilingan qarorlarga muvofiq tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni olib keluvchi jismoniy shaxslar (“chetdan tovar olib keluvchilar”):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport-import operatsiyalarini va chakana savdoni amalga oshirish huquqi bilan yuridik shaxs boʻlmasdan yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida roʻyxatdan oʻtishlari shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Erkin muomalaga chiqarish” rejimida rasmiylashtirilgan yuk bojxona deklaratsiyasi, muvofiqlik sertifikatlari mavjud boʻlganda, bojxona va boshqa toʻlovlar toʻlangan taqdirda buyum bozorlarida yakka tartibdagi tadbirkorning faqat oʻzi bevosita olib kelgan import tovarlar bilan chakana savdoni amalga oshirishga haqlidirlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2004-yil 1-sentabrdan boshlab tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni olib keluvchi jismoniy shaxslar (“chetdan tovar olib keluvchilar”)ni yuridik shaxs boʻlmasdan yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazish jismoniy shaxsning yashash joyidagi tumanlar (shaharlar) Davlat soliq inspeksiyalarida (hozir boʻlish tartibida) amalga oshiriladigan tartib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxs boʻlmasdan, import tovarlarni olib keluvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligida va bojxona organlarida tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilari sifatida roʻyxatdan oʻtishlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat bankida hisob raqamlari ochishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport-import operatsiyalarini va chakana savdoni amalga oshirish huquqiga ruxsatnomani belgilangan tartibda rasmiylashtirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joydagi soliq organlaridan import operatsiyalar subyektining hisobga olish kartasini olishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Markaziy banki, Adliya vazirligi yuridik shaxs boʻlmasdan tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni olib kelayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, hisobga qoʻyish va import operatsiyalar subyektlarining hisobga olish kartalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni 2004-yil 1-sentabrgacha boʻlgan muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxs boʻlmasdan tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni olib kelayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarga rioya etilishi uchun shaxsiy javobgarlik Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va hududiy soliq organlarining birinchi rahbarlari zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tumanlar (shaharlar) hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish inspeksiyalarida ilgari davlat roʻyxatidan oʻtgan yuridik shaxs boʻlmasdan tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni olib kelayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar 2004-yil 1-noyabrgacha boʻlgan muddatda yashash joyidagi tumanlar (shaharlar)ning Davlat soliq inspeksiyalarida qayta roʻyxatdan oʻtishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yuridik shaxs boʻlmasdan tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni olib kelayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi uchun tumanlar (shaharlar) soliq inspeksiyalari tomonidan eng kam oylik ish haqining 5 baravari miqdorida roʻyxatdan oʻtkazish yigʻimi undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi 2004-yil 1-sentabrdan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs boʻlmasdan tovarlar importi bilan shugʻullanayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlarning hisobga olish registri yuritilishini, unga sodir etilgan import operatsiyalari va budjetga tegishli toʻlovlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan va registrga kiritilgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga import operatsiyalari subyektlarining hisobga olish kartalari berilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi yuridik shaxs boʻlmasdan tovarlar importi bilan shugʻullanayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlarni roʻyxatdan oʻtkazsin, 1 yil muddatga tegishli guvohnoma bergan holda ularni tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilari reyestriga tegishli hisobga olish tartib raqami bilan kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilansinki, mazkur qaror chiqqunga qadar yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kelingan va “Vaqtincha saqlash” rejimida joylashtirilgan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi ilgari belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 12-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
387-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 32-son, 366-modda, 34 — 36-son, 264-modda; 2009-y., 10-11-son, 115-modda, 24-son, 269-modda; 2011-y., 45-46-son, 470-modda; 2012-y., 35-son, 403-modda; 2015-y., 29-son, 383-modda)