17.01.2018 yildagi 33-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 19.01.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Birja va koʻrgazma-yarmarka savdolarini tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Birja va koʻrgazma-yarmarka savdolarini yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 29-sentabrdagi PQ-3295-son qaroriga asosan, birja va koʻrgazma-yarmarka bitimlari boʻyicha oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirishning shaffof, bozor mexanizmlarini shakllantirish hamda majburiyatlarning bajarilishi kafolatlarini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tovar-xom ashyo birjalarida hisob-kitob-kliring operatsiyalarini oʻtkazish qoidalari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja savdolarida muayyan turdagi va sifatdagi, shu jumladan hosila moliyaviy vositalar (derivativlar), dastlabki koʻzdan kechirishni talab etmaydigan, sifat koʻrsatkichlari oʻzgarmasligi va birja bitimlari muntazam ravishda tuzilishi bilan tavsiflanadigan belgilangan tartibda birja savdolariga qoʻyiladigan tovarlar sotiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar-xom ashyo birjalari tomonidan tashkil etiladigan va oʻtkaziladigan koʻrgazma-yarmarka savdolarida, birja tovariga qoʻyilgan talablarga javob bermaydigan hamda sotib oluvchilarga, ularning namunalari va modellarini, elektron kataloglarini, reklama byulletenlarini, prospektlarini yoki sotuvga qoʻyilayotgan tovarni tavsiflovchi boshqa hujjatlarini oldindan koʻrib chiqish imkoniyatini taqdim etishni talab etadigan har qanday tovarlar sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tovar-xom ashyo birjalari bilan birgalikda birja savdolari qoidalarining ushbu qaror talablariga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining raisi R.A. Gulyamov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 17-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-son

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-yanvardagi 33-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar-xom ashyo birjalarida hisob-kitob-kliring operatsiyalarini oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoidalari

1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu qoidalar, Oʻzbekiston Respublikasining “Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Birja va koʻrgazma-yarmarka savdolarini yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 29-sentabrdagi PQ-3295-son qaroriga muvofiq tovar-xom ashyo birjalarining birja savdolarida hisob-kitob-kliring operatsiyalarini oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja savdolari — birja tomonidan birja savdolari qoidalariga muvofiq tashkil etiladigan birja tovari savdolari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kliring — birja aʼzolari va ularning mijozlarining oʻzaro majburiyatlarini belgilash, aniqlashtirish va hisobga olishga doir operatsiyalar majmuasi, shuningdek, ushbu Qoidalar va Birja savdosi qoidalariga muvofiq ular oʻrtasida amalga oshiriladigan oʻzaro hisob-kitoblar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisob-kitob-kliring palatasi (HKKP) — kliring elektron tizimi orqali birja bitimlari (keyingi oʻrinlarda bitim deb ataladi) boʻyicha kliring, hisob-kitob va oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirishni taʼminlovchi birjaning tarkibiy boʻlinmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kliring ishtirokchisi — aksept yoʻllagan va ushbu Qoidalarda belgilangan tartibda hisob-kitob-kliring palatasida roʻyxatdan oʻtgan birja aʼzosi va/yoki uning mijozi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kliring elektron tizimi — ushbu Qoidalarga muvofiq kliringni amalga oshirish uchun moʻljallangan dasturiy-texnik vositalar, maʼlumotlar bazalari, telekommunikatsiya vositalari hamda HKKP dasturiy taʼminoti yigʻindisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kliring (hisob) registrlari — bitimlar tuzish va bitimlar boʻyicha majburiyatlarni bajarishga moʻljallangan pul mablagʻlari qoldiqlari toʻgʻrisida maʼlumotlarni hisobga olish, shuningdek, kliring ishtirokchilarining bitimlar boʻyicha majburiyatlari va talablari hisobini yuritishda foydalaniladigan HKKPning ichki elektron hisob registrlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul mablagʻlarini blokirovkalash — bitim boʻyicha xaridorlar va sotuvchilar majburiyatlarining toʻliq bajarilishini taʼminlovchi pul mablagʻlari harakatini bitim yopilgunga qadar toʻxtatib qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HKKP ikkilamchi hisobvaragʻi — birjaga xizmat koʻrsatuvchi bankda xaridorlar va sotuvchilarning mablagʻlarini saqlash hamda bitimlar boʻyicha hisob-kitoblar oʻtkazish uchun ochilgan birjaning talab qilib olinguncha ikkilamchi depozit ikkilamchi hisobvaraqlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanuvchining individual raqami (keyingi oʻrinlarda FIR deb ataladi) — kliring ishtirokchisiga beriladigan maxsus xos raqam;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kliring ishtirokchilari reyestri (KIR) — ushbu Qoidalarga muvofiq HKKPda roʻyxatga olingan kliring ishtirokchilari roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzilgan bitimlar reyestri (TBR) — imzolangan va roʻyxatga olingan bitimlar roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlovlar amalga oshirilgan bitimlar (TAOB) — birja tovarini yuklash uchun sotuvchiga asos boʻladigan va tuzilgan bitim boʻyicha qarzdorlikni toʻliq qoplaydigan miqdorda sotib oluvchining HKKPdagi hisobvaragʻiga pul mablagʻlari kelib tushgan bitimlar roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetkazib berish hujjatlari reyestri (YEBHR) — yuklash sanasi va yuklangan birja tovari miqdori koʻrsatilgan holda yuklash amalga oshirilgan bitimlar roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zakalat — kliring ishtirokchilari amalga oshiradigan bitimlar bajarilishini kafolatlash uchun ular tomonidan HKKPga kiritiladigan kafolat taʼminoti mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kontragent — bitim boʻyicha majburiyat olgan va bitimning boshqa tomoniga qarshi qoʻyiladigan taraf — xaridor sotuvchi uchun va sotuvchi xaridor uchun.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. HKKPning maqomi, funksiyalari, huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. HKKP birjaning tarkibiy boʻlinmasi boʻlib, yuridik shaxs maqomiga ega emas hamda birja nomidan ushbu Qoidalarda nazarda tutilmagan har qanday mustaqil operatsiya va harakatlarni sodir etish huquqisiz ish olib boradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. HKKP quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kliring ishtirokchilarini roʻyxatga oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kliring ishtirokchilariga hisobvaraqlar ochilishi va yuritilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitimlar boʻyicha oʻzaro hisob-kitoblarning oʻz vaqtida va toʻliq hajmda amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzaro majburiyatlarni belgilaydi, aniqlashtiradi va hisobga oladi, shuningdek, kliring ishtirokchilarining tuzilgan bitimlar boʻyicha majburiyatlari hisobini alohida-alohida yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kliring yakunlariga koʻra zarur axborotni shakllantiradi va kliring ishtirokchilariga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kliring amalga oshirilayotgan bitimlar, kliring natijalari toʻgʻrisidagi axborotning qonun hujjatlari talablariga muvofiq saqlanishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzilgan bitimlar boʻyicha majburiyatlarning bajarilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kafolat badallarining kirimini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. HKKP quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kliring oʻtkazish usulini mustaqil tanlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotuvchi-norezidentning topshirigʻiga koʻra sotuvchi-norezidentning import kontraktlar boʻyicha HKKPdagi hisobvaragʻiga faqat birja savdolarida tuzilgan import kontraktlar, bojxona toʻlovlari, sud xarajatlari va bevosita birja kontraktlarini tuzish bilan bogʻliq xizmatlar haqini toʻlash uchun oʻtkazilgan mablagʻlarni (vositachilik yigʻimlari, brokerlik mukofotlari, transportda tashish va qonunchilikka muvofiq boshqa xarajatlarni) yunaltirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kliring ishtirokchisi bitim boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda, shuningdek, birjaning arbitraj va/yoki intizom komissiyalarining kliring ishtirokchisiga, belgilangan birja savdosi qoidalari yoki shartnomaviy majburiyatlarni buzganlik uchun jarima qoʻllash toʻgʻrisidagi qarori mavjud boʻlganda, aybdor kliring ishtirokchisining shaxsiy hisobvaragʻidan jarima summasini akseptsiz tartibda hisobdan chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja savdolari elektron tizimida bitimlar qayd etilishi bilan vositachilik yigʻimlarini hisobdan chiqarish, shuningdek, brokerlar uchun mukofot pullarini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kliring ishtirokchilaridan hisob-kitob-kliring operatsiyalari uchun zarur axborot olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. HKKP quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faqat birjada roʻyxatga olingan bitimlar va ular bilan bogʻliq operatsiyalar (vositachilik yigʻimlari, brokerlar mukofotlari, transportda tashish va qonunchilikka muvofiq boshqa xarajatlar) boʻyicha hisob-kitob va oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir kliring ishtirokchisi majburiyatlarining hisobi alohida-alohida yuritilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim mazmuni toʻgʻrisidagi axborotning maxfiyligini taʼminlash va qonunchilikda nazarda tutilgan holatlardan tashqari, ushbu axborotni kliring ishtirokchilarining roziligisiz uchinchi shaxslarga taqdim etmaslik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Kliring va HKKP ishtirokchilariga HKKP hisobvaraqlaridagi mablagʻlardan foydalangan holda, pulli talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish boʻyicha operatsiyalarni oʻtkazish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Kliring ishtirokchilarini roʻyxatga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Kliring ishtirokchisi sifatida yuridik shaxs boʻlgan birja aʼzolari va/yoki ularning mijozlari, shu jumladan, xorijiy (qonunchilikda belgilangan tartibda), shuningdek, belgilangan tartibda yakka tartibdagi tadbirkor sifatida yuridik shaxs tashkil etmasdan (birja savdolarida xaridorlar sifatida) roʻyxatga olingan jismoniy shaxslar roʻyxatdan oʻtishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. HKKP birja savdolari qoidalarida koʻrsatilgan barcha zarur hujjatlarni olganidan keyin bir ish kuni davomida birja aʼzosi va/yoki uning mijoziga FIR beradi hamda amalga oshiriladigan bitimlar boʻyicha majburiyatlarni va talab huquqini hisobga olish uchun zarur boʻlgan tegishli shaxsiy hisobvaraqni ochadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. KIR kliring ishtirokchisining batafsil rekvizitlarini, rahbar va uning lavozimi toʻgʻrisidagi axborotni, kliring ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtish sanasini oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. HKKP ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan holatlarda kliring ishtirokchisiga xizmat koʻrsatishni toʻxtatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. HKKPda hisobvaraqlarni yuritish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Birja xizmat koʻrsatuvchi bankda kliring ishtirokchilarining pul mablagʻlari hisobi uchun moʻljallangan HKKP ikkilamchi hisobvaragʻini ochadi, ularning hisobi HKKPda alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. HKKP kliring ishtirokchilarining hisobvaraqlari hisobini yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Agar qonunchilikda boshqacha tartib belgilangan boʻlsa, kliring ishtirokchisining shaxsiy hisobvaragʻini yopish HKKP tomonidan hisobvaraq egasi (yoki uning huquqiy vorisi) topshirigʻi boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Shaxsiy hisobvaraqni yopishdan oldin undagi qoldiq pul mablagʻlari xizmat koʻrsatuvchi bankdagi hisobvaraq egasining hisob raqamlariga yoki uning topshirigʻiga koʻra LORO-hisobraqamiga qonunchilikka muvofiq oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Shaxsiy hisobvaraqni yopish faqat hisobvaraqda qoldiq pul mablagʻlari boʻlmaganda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Hisobvaraq rekvizitlarini oʻzgartirish kliring ishtirokchisining nomi yoki boshqa rekvizitlaridagi oʻzgarishlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Hisobvaraq egasi HKKPda quyidagilar boʻyicha koʻrsatmalar berishga haqli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul mablagʻlarini (pul mablagʻlarining bir qismini) shaxsiy hisobvaraqdan xizmat koʻrsatuvchi bankdagi oʻzining hisobvaragʻiga qaytarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar bitim birja savdolari qoidalari va qonunchilikka muvofiq roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlsa bitim boʻyicha kliring oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. HKKP tuzilgan bitimlar boʻyicha oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish yoʻli bilan kliring ishtirokchilarining shaxsiy hisobvaraqlari bilan operatsiyalarni olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Tomonlarning va bitim ishtirokchilarining oʻzaro majburiyatlari hisob-kitobi YUHRga asosan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. HKKP faqat bitimlar tuzilishi va bajarilishi bilan bogʻliq operatsiyalar boʻyicha shaxsiy hisobvaraqlar orqali pul mablagʻlari oʻtkazmalarini amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. HKKP kliring ishtirokchilarining pul mablagʻlarini, ularning topshiriqlariga asosan, ularning shaxsiy hisobvaraqlaridan xizmat koʻrsatuvchi bankdagi hisobraqamlariga oʻtkazish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Kliring ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Kliring ishtirokchisi quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja tomonidan roʻyxatga olingan bitimlar boʻyicha kliringda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy hisobvaraqning holati, majburiyatlarning bajarilishi toʻgʻrisida zarur axborotni olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja va kontragentlar oldidagi pul majburiyatlarini, shuningdek, kontragent roziligi bilan birja tovarini yetkazib berish boʻyicha majburiyatlarini muddatidan oldin bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz shaxsiy hisobvaragʻidagi boʻsh pul mablagʻlarini oʻzining xizmat koʻrsatuvchi bankdagi hisob raqamiga chiqarish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Kliring ishtirokchisi — birja aʼzosi mijozining majburiyatlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HKKPga ushbu Qoidalarga muvofiq ishonchli axborot berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma bekor qilingan taqdirda, shartnoma bekor boʻlgunga qadar yuzaga kelgan majburiyatlarni bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot maxfiyligi tartibiga rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qoidalarda belgilangan talablarga rioya qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Kliring ishtirokchisi — birja aʼzosining majburiyatlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijoz bilan shartnoma tuzganda, uni birja savdolari qoidalari hamda kliring va hisob-kitoblarni amalga oshirish shartlari bilan tanishtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz hisobidan va mijoz hisobidan amalga oshirilgan bitimlar hisobini alohida-alohida yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz mijozlariga birjadan olingan ularga taalluqli boʻlgan har qanday axborot haqida maʼlum qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz mijozlarini, ularning manfaatlarida tuzilgan bitimlarning bajarilmay qolishiga olib keluvchi yoki olib kelishi mumkin boʻlgan vaziyatlarning yuzaga kelganligi toʻgʻrisida kechiktirmay xabardor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz mijozlarini kliringga taalluqli har qanday faktlar haqida kechiktirmay ogohlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozlarini, ushbu Qoidalar va birja savdolari qoidalariga kiritilgan har qanday oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganligi toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabardor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz faoliyati doirasida, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish haqidagi qonunchilikka amal qilinishini taʼminlash.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birja aʼzolari qonun hujjatlariga va birja savdolari qoidalariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. HKKPning kliring ishtirokchilari bilan oʻzaro hamkorligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. HKKPning kliring ishtirokchilari bilan oʻzaro hamkorligi kliring xizmati koʻrsatish shartnomasi asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Birja aʼzosi va uning mijozi oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar ular oʻrtasida qonun hujjatlariga muvofiq tuzilgan topshiriq (vositachilik) shartnomasi bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. HKKPning birja aʼzolarining mijozlari bilan oʻzaro hamkorligi ularga xizmat koʻrsatuvchi birja aʼzolari orqali amalga oshiriladi. Birja aʼzolari, agar topshiriq shartnomasida koʻrsatilgan boʻlsa, oʻz mijozlarining vakillari hisoblanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HKKPga topshiriqlar kliring ishtirokchilari tomonidan elektron raqamli imzodan foydalangan holda ham berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Birja va kliring ishtirokchilari oʻrtasidagi, kliring va hisob-kitob boʻyicha, shuningdek, kliring ishtirokchilarining shartnomaviy majburiyatlari bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar almashinuvi axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanilgan holda amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Kliringni oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Kliring ishtirokchilari roʻyxatdan oʻtganlaridan keyin, HKKPning birjaga xizmat koʻrsatuvchi bankda ochilgan ikkilamchi hisobraqamiga birja savdolarida ishtirok etish hamda oʻz majburiyatlarini bajarish uchun pul mablagʻlarini oʻtkazadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Kliring ishtirokchisi zakalat sifatida va/yoki bitimlar boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarish uchun pul mablagʻlarini birjaga xizmat koʻrsatuvchi bankdagi HKKP ning ikkilamchi hisob raqamiga ularni ishtirokchining shaxsiy hisobvaragʻiga kirim qilish uchun oʻtkazadilar. Zakalat miqdori birja savdosi qoidalarida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. HKKP har bir kliring ishtirokchisining pul mablagʻlari va majburiyatlarini ularning shaxsiy hisobvaraqlarida alohida hisobga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Kliring ishtirokchilarining HKKPdagi shaxsiy hisobvaraqlaridagi mablagʻlari quyidagi maqsadlarda ishlatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitimlar boʻyicha majburiyatlarni bajarish bilan bogʻliq ular oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitob uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo sessiyalarida ishtirok etish uchun zakalat sifatida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozning topshirigʻiga koʻra — kliring ishtirokchisining mablagʻlarini unga xizmat koʻrsatuvchi bankdagi hisob raqamiga qaytarish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja xizmatlariga haq toʻlash, brokerlik mukofotlari boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq tuzilgan eksport (import) bitimlari ijrosi bilan bogʻliq toʻlovlarni amalga oshirish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitimlarning tuzilishi va bajarilishi bilan bogʻliq boshqa holatlarda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitimlar boʻyicha hisob-kitoblar faqat kliring elektron tizimi orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Elektron kliring tizimi har bir savdo sessiyasidan oldin buyurtmalarning taʼminlanganligi boʻyicha nazoratni amalga oshiradi. Buyurtmalarning taʼminlanganligini nazorat qilish savdo sessiyalari doirasida tuziladigan bitimlarga buyurtmalar boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Kliring elektron tizimi TBRga asosan kliring ishtirokchilarining majburiyatlarini belgilaydi va zakalatlarga taqiq qoʻyadi. Birjaning vositachilik yigʻimlari qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tariflarga asosan ushlab qolinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Bitim roʻyxatga olingandan soʻng xaridor shartnomada belgilangan muddatlarda bitim boʻyicha moliyaviy majburiyatlarni toʻliq qoplash uchun HKKP ning birjaga xizmat koʻrsatuvchi bankdagi ikkilamchi hisobraqamiga qoʻshimcha mablagʻlar oʻtkazishi shart. Ushbu summaga HKKP tomonidan majburiyatlarning sotuvchi tomonidan toʻliq bajarilishigacha taqiq qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. TAOB sotuvchiga birja tovarini yetkazib berishi uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Birja tovarini yetkazib berish natijalariga koʻra kliring ishtirokchisi — sotuvchi tomonidan HKKPga birja tovari yetkazib berilgan paytdan eʼtiboran uch ish kuni davomida, ammo tuzilgan bitim shartlarida belgilangan oxirgi yetkazish kunidan keyingi kundan kechiktirmay yetkazib berish haqida axborot beriladi. Ushbu bitim boʻyicha sotuvchi va xaridorlarning pul mablagʻlari, kliring elektron tizimi tomonidan, YUHR oʻtkazilgangunga qadar taqiqda qoladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Kliring ishtirokchisi — sotuvchi tomonidan taqdim etilgan yuklash toʻgʻrisidagi axborotda bitim raqami, birja tovari hajmi, yetkazib berilgan birja tovarining umumiy summasi, yuklangan sana, hisobvaraq-faktura raqami va u birja tovarini yetkazib berganini tasdiqlovchi boshqa axborot boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. YUHR taqdim qilingan kundan keyin bir ish kunidan kechiktirmay, kliring elektron tizimi, xaridorning birja tovarini yetkazib berilishi boʻyicha eʼtirozi boʻlmagan taqdirda, sotuvchi tomonidan bajarilgan majburiyatlar miqdoridagi pul mablagʻlarini xaridor shaxsiy hisobvaragʻidan sotuvchining shaxsiy hisob varagʻiga keyinchalik uning xizmat koʻrsatuvchi bankidagi hisobvaragʻiga koʻchirish orqali oʻtkazadi hamda bitimni ushbu Qoidalar va birja savdosi qoidalari shartlariga muvofiq yopadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Tuzilgan birja bitimlarining bajarilishini taʼminlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Tuzilgan bitimlarni yopish quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kliring ishtirokchilari — sotuvchi va xaridor tomonidan bitim boʻyicha majburiyatlar lozim darajada bajarilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kliring ishtirokchisi — sotuvchi va xaridor tomonidan bitim boʻyicha majburiyatlar bajarilmaganda va ular tomonidan jarima toʻlangandan soʻng;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kliring ishtirokchilari — sotuvchi va xaridor jarima toʻlab/toʻlamasdan bitimni yopishga oʻzaro rozi boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arbitraj komissiyasining qaroriga koʻra;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kliring ishtirokchilari — sotuvchi va xaridorning shartnomada koʻrsatilgan muddat davomida eʼtirozlari boʻlmaganda, jarimalarsiz.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Agar shartnoma shartlarida koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin kliring ishtirokchisi bitim boʻyicha majburiyatlarni bajarmasa, HKKP:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomani xaridor tomonidan toʻlanmaganligi uchun bekor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomani Arbitraj komissiyasining qaroriga koʻra birja tovari yetkazib berilmaganligi yoki tanlab olinmaganligi uchun bekor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kliring ishtirokchisi — sotuvchi yoki xaridorning hisob raqamiga, shartnomaviy majburiyatlar bajarilmaganligi uchun zakalat miqdoridagi jarimani oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Birja aʼzolarining birja bitimlari boʻyicha pul mablagʻlari yetarli boʻlmaganda, majburiyatlarning bajarilishi Tuzilgan birja bitimlarining bajarilishini taʼminlash fondi mablagʻlari hisobidan taʼminlanishi mumkin, bu taʼminot Birja savdosi qoidalarida belgilangan tartibda pulli va qaytarish asosida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Kliring xizmati koʻrsatishni toʻxtatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Quyidagi holatlarda HKKP kliring ishtirokchisiga kliring xizmati koʻrsatishni toʻxtatadi va uning shaxsiy hisobvaragʻini yopadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shartnoma bekor qilinganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kliring ishtirokchisi tugatilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud va boshqa vakolatli organlarning qaroriga koʻra;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa holatlarda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bob. Nizolarni hal etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Ushbu Qoidalarni birja va kliring ishtirokchilari oʻrtasida, shuningdek, kliring ishtirokchilari oʻrtasida qoʻllash jarayonida yuzaga keladigan barcha nizolar va kelishmovchiliklar birjaning Arbitraj komissiyasida yoki sudda eʼtiroz tartibida koʻrib chiqish yoʻli bilan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Ushbu Qoidalar talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-yanvardagi 33-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Birja va yarmarka savdosining samaradorligini oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1999-yil 15-apreldagi 174-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 4-son, 19-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2-bandning ikkinchi xatboshidan “(ishlar, xizmatlar)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja tovari belgilangan tartibda birja savdolariga qoʻyilgan muayyan tur va sifatdagi tovar, shu jumladan, dastlabki koʻrikdan oʻtkazishni talab qilmaydigan, sifat koʻrsatkichlarining oʻzgarmasligi va birja bitimlari tuzilishining doimiyligi bilan tavsiflanadigan hosila moliyaviy vositalar (derivativlar)dir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrgazma-yarmarka savdolarida birja tovariga qoʻyilgan talablarga javob bermaydigan hamda xaridorlarga ularning namunalari va modellarini, elektron kataloglarini, prospektlarini, reklama byulletenlarini yoki tavsiflovchi boshqa hujjatlarini koʻrib chiqish imkoni berilishini talab qiladigan har qanday tovarlar sotilishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 2-ilovada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilovaning nomidan “(ishlar, xizmatlar)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-banddan “,ishlar, xizmatlar (keyingi oʻrinlarda — tovar)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“4. Birjada bitimlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja savdolarida birja tovarlari bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrgazma-yarmarka savdolarida birja tovariga qoʻyilgan talablarga javob bermaydigan hamda xaridorlarga ularning namunalari va modellarini, elektron kataloglarini, prospektlarini, reklama byulletenlarini yoki tavsiflovchi boshqa hujjatlarini koʻrib chiqish imkoni berilishini talab qiladigan har qanday tovarlar bilan tuzilishi mumkin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Tovar-xom ashyo birjalari faoliyatini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2004-yil 31-maydagi 251-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 5-son, 50-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar-xom ashyo birjalarida birja, auksion, koʻrgazma-yarmarka savdolari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muayyan turdagi va sifatdagi tovarlar, shu jumladan, belgilangan tartibda birja savdolariga qoʻyilgan hosila moliyaviy vositalar (derivativlar) elektron birja savdolari natijalari boʻyicha birja bitimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar (ishlar, xizmatlar), shu jumladan, oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlgan tovarlar auksion savdolari (shu jumladan, davlat xaridlarini tashkil etish boʻyicha elektron savdolar) natijalari boʻyicha auksion bitimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja tovariga qoʻyilgan talablarga javob bermaydigan hamda xaridorlarga ularning namunalari va modellarini, elektron kataloglarini, prospektlarini, reklama byulletenlarini yoki boshqa tavsiflovchi hujjatlarini koʻrib chiqish imkoni berilishini talab qiladigan har qanday tovar bilan koʻrgazma-yarmarka bitimlari tuzish vositasida tashkil etilishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 3-band ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“birja savdolarining ishtirokchilari faqat birja aʼzolari — birja tomonidan belgilangan tartibda birja savdolarida ishtirok etish va birja bitimlarini tuzish huquqini olgan yuridik shaxslar hisoblanadi. Birja aʼzolari birja savdolarida ular nomidan birja bitimlarini tuzish vakolati berilgan oʻz xodimlari orqali ishtirok etadilar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 4-bandning ikkinchi xatboshida “brokerlik oʻrinlari” soʻzlari “birja aʼzosi maqomi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 5-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“birja tovarlari kotirovkalari doimiy ravishda (bir haftada kamida bir marta) birjaning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korxonalarning samarali boshqarilishini va davlat mulkining zarur darajada hisobga olinishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 16-oktabrdagi 215-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 10-son, 77-modda) bilan tasdiqlangan Davlat korxonalari toʻgʻrisidagi nizom 10-bandining birinchi va toʻrtinchi xatboshilaridagi, 11-bandining ikkinchi xatboshidagi, 13-bandining beshinchi xatboshidagi, 17-bandining oltinchi va yettinchi xatboshilaridagi, 21-bandining ikkinchi xatboshidagi, 31-bandidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” soʻzlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2018-y., 09/18/33/0597-son, 04.05.2018-y., 09/18/323/1159-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/402/0618-son, 28.12.2021-y., 09/21/777/1199-son; 07.12.2022-y., 09/22/687/1073-son; 11.04.2025-y., 09/25/220/0334-son; 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)