29.12.2017 yildagi PQ-3451-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 04.01.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy davlatlarda koʻrgazma tadbirlarini oʻtkazish uchun moʻljallangan tovarlarni olib chiqish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimiz eksport salohiyatini va ishlab chiqarilayotgan mahalliy mahsulotlarning tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini oshirish Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishning muhim omillaridan biridir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Salohiyatli chet ellik sheriklarni topish va mahalliy mahsulotlarni tashqi bozorlarga chiqarish maqsadida 2017-yilda tadbirkorlik subyektlari 24 ta xorijiy davlatda oʻtkazilgan 88 ta xalqaro koʻrgazma va yarmarkada ishtirok etdi. Ushbu tadbirlar yakunlari boʻyicha mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni yetkazib berish boʻyicha umumiy qiymati 1,3 milliard AQSH dollaridan ortiq eksport kontraktlari tuzildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eksportga yetkazib berish hajmlarini koʻpaytirish va koʻlamini kengaytirishga doir amalga oshirilayotgan ishlar doirasida 2018-yilda mamlakatimiz eksport qiluvchilarining 25 ta xorijiy davlatda oʻtkaziladigan 123 ta xalqaro koʻrgazma va yarmarkada ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, bu boradagi oʻrganishlar shundan dalolat beradiki, reklama-koʻrgazma mahsulotlarini rasmiylashtirish va olib chiqish boʻyicha amaldagi tartib tadbirkorlik subyektlarining keng koʻlamli imkoniyatlarini cheklab qoʻymoqda, ularning xalqaro koʻrgazma va yarmarkalarda ishtirok etish samaradorligini pasaytirmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy davlatlarda koʻrgazma tadbirlarini oʻtkazish uchun moʻljallangan tovarlarni olib chiqish tartibini soddalashtirish, shuningdek, mahalliy mahsulotlarni eksport hajmlarini koʻpaytirish va ularni koʻlamini kengaytirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab, tadbirkorlik subyektlariga xorijiy davlatlarda oʻtkaziladigan koʻrgazma va yarmarkalarda namoyish etish uchun moʻljallangan qiymati besh ming AQSH dollarigacha boʻlgan tovarlarni eksport kontrakti tuzmasdan hamda bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirmasdan, tovarlarning yuk hujjatlariga muvofiq olib chiqishga ruxsat etilsin, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish va tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-noyabrdagi PQ-3351-sonli qaroriga ilovada qayd etilgan tovarlar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki, ushbu qarorning 1-bandiga muvofiq olib chiqiladigan tovarlarni sotishda tadbirkorlik subyektlari ularni sotishdan tushadigan mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklaridagi oʻz hisobraqamlariga, shu jumladan bank oʻtkazmalari, shuningdek, xorijiy valyutadagi naqd pul shaklida kiritish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tadbirkorlik subyektlari xorijiy davlatlarda oʻtkaziladigan koʻrgazmalarda (yarmarkalarda) namoyish etish uchun moʻljallangan tovarlarni olib chiqishda kesib oʻtiladigan chegara bojxona postini xorijiy davlatlardagi koʻrgazmada (yarmarkada) ularning ishtirok etish rejalashtirilayotgani, tadbir oʻtkaziladigan joy, uning muddati va vaqti, shuningdek, olib chiqiladigan tovarlar (nomi, miqdori va qiymati) toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organiga taqdim etiladigan maʼlumotlarning ishonchliligi yuzasidan tadbirkorlik subyektlari qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy banki va boshqa manfaatdor vazirlik hamda idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi N.S. Otajonov, Tashqi savdo vaziri J.A. Xoʻjayev va Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M.V. Tohiriy zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 29-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3451-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2018-y., 07/18/3451/0506-son; 20.05.2019-y., 06/19/5721/3149-son; 01.04.2025-y., 06/25/57/0291-son)