Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2020 10.07.2001 yildagi 294-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2020
Hujjat 08.08.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birjadan tashqari valyuta bozori faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 472-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2019-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-573-son va “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2019-yil 5-noyabrdagi OʻRQ-580-son qonunlari)”gi qaroriga asosan 2020-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Valyuta bozorini yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 22-iyundagi 263-son qarorini bajarish hamda birjadan tashqari valyuta bozorining samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, banklararo valyuta savdolari qatnashchilari sonini koʻpaytirish va koʻlamlarini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 16-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birjadan tashqari valyuta bozorida xorijiy valyutani xarid qilish va sotish operatsiyalarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar birjadan tashqari valyuta bozorida qatnashish va operatsiyalarni oʻtkazishning belgilangan tartibiga qatʼiy amal qilsinlar.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 16-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 16-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 29-iyundagi 245-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 6-son, 33-modda)ga 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2001-yil 10-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
294-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 16-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 10-iyuldagi 294-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birjadan tashqari valyuta bozorida xorijiy valyutani xarid qilish va sotish operatsiyalarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom “Valyuta bilan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Vazirlar Mahkamasining “Valyuta bozorini yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 22-iyundagi 263-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan hamda birjadan tashqari valyuta bozorida tijorat banklari va yuridik shaxslar tomonidan xorijiy valyutani xarid qilish va sotish boʻyicha savdolarni amalga oshirish va hisob-kitob qilish tartibini belgilab beradi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 16-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Birjadan tashqari valyuta bozorida quyidagi operatsiyalar amalga oshiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 16-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tijorat banklari tomonidan oʻz mijozlaridan boʻsh valyuta mablagʻlarini shartnoma asosida xarid qilish;
(2-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 16-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) xorijiy valyutani tovarlar va xizmatlar importi uchun xarid qilish;
(2-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-oktabrdagi 420-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 19-son, 178-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) xorijiy kreditlarga xizmat koʻrsatish uchun xorijiy valyutani xarid qilish;
(2-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 25-oktabrdagi 422-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 20-son, 422-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) lizing shartnomalari boʻyicha lizing toʻlovlarini amalga oshirish (lizing beruvchilar mablagʻlarini qaytarish) uchun xorijiy valyutani xarid qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) xorijiy mamlakatlardagi Oʻzbekiston Respublikasi elchixonalariga sarflanadigan xarajatlarni qoplash, xalqaro tashkilotlarga badallar toʻlash va davlat budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladigan boshqa joriy xarajatlar uchun xorijiy valyutani xarid qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) xorijiy investorlarning foydasi, dividendlari va boshqa daromadlarini repatriatsiya qilish uchun xorijiy valyutani xarid qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) xizmat safari xarajatlarini toʻlash uchun xorijiy valyutani xarid qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) tijorat banklari tomonidan banklararo savdo sessiyasida mablagʻlarni xarid qilish va sotish;
(2-bandning “i” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 16-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning “k” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 16-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) naqd xorijiy valyutani almashtirish shoxobchalari orqali xarid qilish va sotish operatsiyalari.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l1) xorijiy valyutani tovar-xomashyo birjalarining ochiq elektron savdolarida sotishdan olingan mablagʻlar hisobiga mijozlar — norezidentlar nomidan birja brokyerlari tomonidan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarida hisob raqamlari ochish yoʻli bilan mahsulotlarni tovar-xomashyo birjalarining ochiq elektron savdolarda sotishdan olingan mablagʻlar hisobiga norezidentlar — yuridik shaxslar tomonidan sotib olish va sotish;
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 323-sonli qaroriga asosan “l1” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 09/18/323/1159-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
m) qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa operatsiyalar.
(2-band “m” kichik band bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 7-oktabrdagi 434-sonli qaroriga muvofiq toʻldirilgan — OʻR QHT, 2003-y., 19-son, 181-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Birjadan tashqari valyuta bozorida operatsiyalarni amalga oshirish uchun quyidagilar tijorat banklari valyuta mablagʻlarining asosiy manbalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tijorat banklarining oʻz resurslari, shu jumladan taqsimlanmagan foyda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) tijorat banklari tomonidan shartnoma asosida oʻz mijozlaridan sotib olinadigan boʻsh valyuta mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) tijorat banklari tomonidan almashtirish shoxobchalari orqali va banklararo bitishuvlar boʻyicha sotib olingan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) tijorat banklariga joylashtirilgan boshqa jalb qilingan mablagʻlar.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 16-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 16-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Birjadan tashqari valyuta bozori quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
banklararo valyuta bozori;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bevosita banklarda sodir etiladigan tijorat banki bilan uning mijozlari oʻrtasidagi xorijiy valyutani xarid qilish va sotish operatsiyalari;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 16-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
naqd xorijiy valyuta bilan almashtirish shoxobchalari orqali valyuta-almashtirish operatsiyalari.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tijorat banklariga ushbu Nizomga muvofiq oʻz mijozlarini banklararo valyuta savdolarida (savdo sessiyalarida) soʻmlarni xorijiy valyutaga konvertatsiya qilishga ruxsat berish yuzasidan huquq va javobgarlik yuklanadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 16-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Xorijiy valyutani xarid qilish va sotish boʻyicha operatsiyalar birjadan tashqari valyuta bozorida tijorat banklari orqali barcha yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 16-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Oʻzbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining xorijiy valyutasiga Yagona gʻazna hisobvaragʻidan foydalangan holda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi orqali gʻaznachilik xizmati koʻrsatish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(71-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-avgustdagi 620-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2018-y., 09/18/620/1632-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Banklararo valyuta bozorida operatsiyalar oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasining tijorat banklari va Markaziy bank banklararo valyuta bozori qatnashchilari hisoblanadi.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 16-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 16-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tijorat banklarining mijozlari banklararo valyuta bozori bitishuvlarida faqat oʻzlari mijozi hisoblangan tijorat banklari orqali qatnashishi mumkin. Ushbu holda tijorat banki bozorda mijozning topshirigʻiga koʻra oʻz nomidan ish koʻradi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 16-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Banklararo savdo sessiyalarida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklarining valyuta resurslarini sotish va sotib olish operatsiyalari amalga oshiriladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 16-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 16-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Banklararo valyuta bitishuvlari Oʻzbekiston respublika valyuta birjasining (keyingi oʻrinlarda valyuta birjasi deb ataladi) bir haftada kamida ikki marta oʻtkaziladigan banklararo savdo sessiyalarida amalga oshiriladi.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 21-iyuldagi 199-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 30-son, 371-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Banklararo savdo sessiyasini oʻtkazish vaqti soat 11.00 dan 13.00 gacha etib belgilanadi.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 21-iyuldagi 199-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 30-son, 371-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Savdo qatnashchilari banklararo savdo sessiyasi boshlanishidan bir kun oldin xorijiy valyutani xarid qilish yoki sotishga oldindan buyurtmanomalar berishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda qatnashchilarning buyurtmanomalariga bank Boshqaruvi raisi tomonidan imzolangan xorijiy valyutaning manbalari va ulardan foydalanish maqsadlari toʻgʻrisidagi axborot ilova qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Savdo qatnashchilarining operatsiyalarini oʻtkazish uchun yetarli boʻlgan xorijiy valyutadagi pul mablagʻlari banklararo savdo sessiyalari boshlangungacha Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankidagi maxsus hisob raqamlariga deponentga qoʻyiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston respublika valyuta birjasi Banklararo savdo sessiyasi oʻtkaziladigan kundan oldingi kunda soat 16:00 gacha Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga savdo qatnashchilaridan tushgan dastlabki buyurtmanomalar boʻyicha axborot beradi.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 16-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida koʻrsatilgan shartlarni bajarmagan savdo qatnashchilari banklararo savdo sessiyasida qatnashishga qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutadagi pul mablagʻlarini oldindan depozitga qoʻymasdan banklararo savdo sessiyalarida ishtirok etadi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 21-iyuldagi 199-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 30-son, 371-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Soʻmga nisbatan xorijiy valyutaning boshlangʻich kursi sifatida oldingi banklararo savdo sessiyasida qayd qilingan kursdan foydalaniladi. Savdo boshlanguniga qadar savdo tizimida xorijiy valyutani xarid qilish va sotishga tushgan buyurtmanomalar boʻyicha axborot aks ettiriladi.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 21-iyuldagi 199-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 30-son, 371-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar savdoning boshlanishida xorijiy valyutani taklif etishning umumiy miqdori unga boʻlgan talabning umumiy miqdoridan ortiq boʻlsa, birja makleri xorijiy valyutaning soʻmga nisbatan kursini pasaytiradi. Agar xorijiy valyutani taklif etishning umumiy miqdori unga boʻlgan talabning umumiy miqdoridan kam boʻlsa, birja makleri xorijiy valyutaning soʻmga nisbatan kursini oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Xorijiy valyutaning soʻmga nisbatan kursini oʻzgartirishning eng kam birligi — 0,01 soʻm. Kursning navbatdagi oʻzgarishi dilyerlar savdo tizimiga birja makleri tomonidan oxirgi marta eʼlon qilingan kurs boʻyicha xorijiy valyutani xarid qilish yoki sotishga tushgan qoʻshimcha buyurtmanomalarni kiritganlaridan keyin amalga oshiriladi. Talab va taklif oʻrtasidagi tafovutdan kelib chiqqan holda birja makleri, savdo qatnashchilarining roziligi bilan kurs oʻzgarishi birligini koʻpaytirishi yoki kamaytirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sotish yoki xarid qilishga navbatdagi qoʻshimcha buyurtmanoma tushgan taqdirda talab va taklif oʻrtasidagi tafovut belgisi oʻzgargan taqdirda eng oxirida berilgan buyurtmanoma fiksingni belgilash uchun zarur boʻlgan hajmda qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Joriy savdolar uchun xorijiy valyutaning milliy valyuta – “soʻm”ga nisbatan qayd etilgan kursi xorijiy valyutaga talab va taklif mutanosibligiga erishilganidan keyin belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda birja makleri fiksing sodir etilganligini va savdo sessiyasi yakunlanganligini eʼlon qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Savdo davomida tuzilgan barcha bitishuvlar uchun fiksing boʻyicha belgilangan xorijiy valyutaning milliy valyuta – “soʻm”ga nisbatan yagona kursi qoʻllaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30-iyundagi 449-son qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 27-son, 615-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(20-21-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 7-oktabrdagi 434-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 19-son, 181-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Savdo tamom boʻlgandan keyin ikki soat mobaynida unda tuzilgan bitishuvlar tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklari valyuta birjasi bilan oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan xorijiy valyutadagi pul mablagʻlari savdolar oʻtkaziladigan kun tamom boʻlguniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankidagi maxsus hisob raqamlariga oʻtkazilishini taʼminlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklari bilan valyuta birjasi oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar savdolar oʻtkazilgandan keyingi kundan kechikmay amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Valyuta birjasi bilan oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun oʻz vaqtida pul mablagʻlari bilan taʼminlanmagan xorijiy valyutani xarid qilish boʻyicha bitishuvlarning bir qismi valyuta birjasi qoidalariga muvofiq bekor qilinadi. Tijorat banklari tomonidan sotib olinmagan xorijiy valyuta Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan sotib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Valyuta birjasi bilan oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun pul mablagʻlari oʻz vaqtida oʻtkazilishini taʼminlamagan tijorat banklariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va valyuta birjasi tomonidan belgilangan tartibda jarima jazolari qoʻllaniladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 16-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(III boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 16-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning birjadan tashqari valyuta bozorida qatnashishi
Oldingi tahrirga qarang.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 16-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 15-avgustdagi 355-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 15-16-son, 129-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 16-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-avgustdagi 620-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2018-y., 09/18/620/1632-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
301. Sotib olingan va birja brokerining toʻlov topshirigʻi boʻyicha birja brokerining maxsus hisob raqamiga oʻtkazilgan xorijiy valyuta norezidentlarning Oʻzbekiston Respublikasida yoki chet elda ochilgan bank hisob raqamlariga oʻtkaziladi.
(301-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 323-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 09/18/323/1159-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan soʻmlarni xorijiy valyutaga konvertatsiya qilishga buyurtmanomalar taqdim etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Xorijiy valyutani xarid qilish uchun tijorat banklarining mijozlari boʻlgan korxonalar va tashkilotlar bankka quyidagilarni taqdim etadilar:
(31-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 16-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tasdiqlanadigan shakl boʻyicha konvertatsiyaga buyurtmanoma;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) xorijiy hamkor bilan tuzilgan kontrakt (shartnoma, bitim);
(31-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 7-oktabrdagi 434-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 19-son, 181-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(31-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 8-yanvardagi 7-sonli qarori bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2003-y., 1-2-son, 6-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(31-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 7-oktabrdagi 434-sonli qarori bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2003-y., 19-son, 181-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Valyutani xarid qilish maqsadiga bogʻliq ravishda mijozlar, shuningdek tijorat banklariga buyurtmanomalarning asoslanganligini tasdiqlovchi hujjatlarni ham taqdim etadilar.
(31-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 16-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 15-avgustdagi 355-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 15-16-son, 129-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 15-avgustdagi 355-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 15-16-son, 129-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Xorijiy valyutadagi kreditlarga, shu jumladan lizing bitimlari boʻyicha kreditlarga xizmat koʻrsatishda tijorat bankiga qoʻshimcha ravishda quyidagilar taqdim etiladi:
(34-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 16-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy summani va foiz toʻlovlarini qaytarish jadvali (bank oʻtkazmalarini sodir etishning nazarda tutilgan va amaldagi sanalari koʻrsatilgan holda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olingan yoki hukumat tomonidan kafolatlangan shartnomalar boʻyicha — hukumatlararo bitim nusxasi, Vazirlar Mahkamasining qarori yoki Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan berilgan kafolatnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kafolatlanmagan shartnomalar boʻyicha — kredit bitimining Markaziy bankda roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida tasdiqnoma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Xorijiy investorlarning foydasi, dividendlari va boshqa daromadlari repatriatsiya qilinganda tijorat bankiga qoʻshimcha ravishda quyidagilar taqdim etiladi:
(35-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 16-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foyda taqsimlanganligi (aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qarori) va dividentlar toʻlanganligi toʻgʻrisidagi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik firmasi yoki soliq organining xulosasi nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konvertatsiyaga mablagʻlar hisob-kitobi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dividendlar boʻyicha daromadga soliq boʻyicha soliq organlari tomonidan tasdiqlangan hisob-kitob va ushbu soliq toʻlanganligi toʻgʻrisidagi tasdiqnoma.
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 10-oktabrdagi 354-sonli qaroriga muvofiq 33-34-bandlar 34-35-bandlar deb hisoblanadi— OʻR QHT, 2002-y., 19-son, 150-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 10-oktabrdagi 354-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2002-y., 19-son, 150-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
351. Birja brokyerlari tovar-xomashyo birjalarining ochiq elektron savdolarida sotishdan olingan mablagʻlar hisobiga mijozlar — norezidentlar nomidan xorijiy valyutani sotib olishda tijorat bankiga qoʻshimcha ravishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar-xomashyo birjalari hisob-kitob-kliring palatasining konvertatsiya qilish uchun maxsus hisob raqamiga oʻtkazilgan summa mahsulotlarni tovar-xomashyo birjalarining ochiq elektron savdolarida sotishdan olinganligining tasdiqnomasi asl nusxasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
broker va norezidentlar — yuridik shaxslar oʻrtasida brokerlik xizmatlari koʻrsatishga tuzilgan shartnomalar nusxalarini taqdim etadilar.
(351-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 323-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 09/18/323/1159-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Taqdim etilgan buyurtmanomalarning tijorat banklari tomonidan koʻrib chiqilishi
(VI-boʻlimning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 16-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Tijorat banki bank mijozlari xoʻjalik yurituvchi subyektlarning birjadan tashqari valyuta bozoriga soʻmlarni xorijiy valyutaga konvertatsiya qilishga qoʻyilishi uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga oladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mijozlarning soʻmlarni konvertatsiya qilish boʻyicha buyurtmanomalarini koʻrib chiqish uchun tijorat banklarida ekspert guruhlar tashkil etiladi.
(36-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 16-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert guruh aʼzolari tarkibi va uning rahbari bank Boshqaruvining qarori bilan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Xorijiy valyutani xarid qilish va sotish buyurtmanomalarini qabul qilishda tijorat banklari:
(37-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 16-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ularni maxsus daftarlarda qayd etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozlar taqdim etgan hujjatlarni va ularning hisob raqamlarida zarur boʻlgan pul mablagʻlarining mavjudligini tekshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etilgan hujjatlar tijorat banklari ekspertlari tomonidan uch ish kuni mobaynida koʻrib chiqiladi.
(37-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 16-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Berilgan buyurtmanomaning belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlanganda ekspert guruh rahbarining qaroriga koʻra buyurtmanoma mijozga qayta ishlashga joʻnatiladi yoki rad etiladi hamda bu toʻgʻrida buyurtmanomalarni roʻyxatga olish daftariga tegishli qayd kiritiladi.
(37-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 15-avgustdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 15-16-son, 129-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Taqdim etilgan hujjatlar belgilangan talablarga javob bergan hollarda ekspert guruh aʼzolari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tasdiqlaydigan shakl boʻyicha tijorat bankining ekspert xulosasi tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banki ekspert guruhining ijobiy qarori qabul qilingan kundan keyingi kundan kechikmay xorijiy valyuta xarid qilish uchun buyurtmanoma beradi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 16-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Tijorat banklarining ekspert xulosalarini berish toʻgʻrisidagi qarorlar tijorat banki ekspert guruhining bank Boshqaruvi tomonidan belgilangan muddatlarda, lekin kamida haftasiga ikki marta oʻtkaziladigan yigʻilishlarda qabul qilinadi.
(39-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 16-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert xulosalarini qabul qilish, qayta ishlash uchun qaytarish yoki bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror ekspert guruh yigʻilishining ekspert guruh barcha aʼzolari tomonidan imzolanadigan bayonnomasida qayd etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert guruh ijobiy qaror qabul qilgan buyurtmanomalar boʻyicha ekspert xulosalar tijorat banki boshqaruvining raisi tomonidan tasdiqlanadi.
(39-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 16-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank Boshqaruvi raisi ekspert guruhning faoliyati, qabul qilinayotgan qarorlarning belgilangan talablarga muvofiqligi uchun shaxsan javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Bitishuvlarni amalga oshirish va tijorat banklarida hisob-kitoblarni rasmiylashtirish tartibi
(VII-boʻlimning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 16-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Xorijiy valyutani xarid qilish va sotishga doir operatsiyalar tijorat banki va mazkur bankning mijozi boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyekt oʻrtasida tuziladigan, bankning vakolatli shaxslari, xoʻjalik yurituvchi subyektning rahbari tomonidan ikki nusxada imzolanadigan va tomonlarning muhri bilan tasdiqlanadigan shartnomaga asosan amalga oshiriladi.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 16-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Shartnomada tomonlar valyuta nomini, bitishuv xususiyatini, xorijiy valyutadagi summani, hisob-kitob qilish tartibi, tomonlarning majburiyatlari, shuningdek amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa qoidalarni aks ettiradilar. Tuzilayotgan shartnomalar tijorat banklari tomonidan maxsus jurnallarda roʻyxatga olib boriladi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 16-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Amalga oshirilgan bitishuvlar boʻyicha hisob-kitoblar ikki ish kuni mobaynida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar belgilangan muddat ichida hisob-kitoblar tugallanmagan boʻlsa, bitishuv bekor qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Birjadan tashqari valyuta bozoridagi operatsiyalar tijorat banklari tomonidan toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar asosida bozor kursi boʻyicha amalga oshiriladi.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 16-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Maxsus valyuta hisob raqamlariga qoʻshib qoʻyilgan mablagʻlar korxonalar va tashkilotlar tomonidan qatʼiyan maqsadli ravishda tuzilgan shartnomalarga muvofiq sarflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Bank mijozi tomonidan xarid qilinib, mijozning maxsus valyuta raqamiga qoʻshib qoʻyilgan vaqtdan eʼtiboran oʻn besh ish kuni mobaynida foydalanilmagan xorijiy valyuta, muqarrar ravishda tijorat bankiga qayta sotiladi hamda navbatdagi banklararo savdo sessiyasida sotuvga qoʻyiladi.
(45-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 16-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tijorat banklari tomonidan xorijiy valyutani qayta sotish akseptsiz tartibda sotuv kunidagi kurs boʻyicha amalga oshiriladi.
(45-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 16-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilgari maxsus valyuta hisob raqamidan koʻchirilgan va foydalanilmaganligi yoki qaytarilmaganligi sababli mazkur hisob raqamiga qaytib tushgan valyuta ham qayta sotilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
(46-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 16-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Nazorat va hisobot
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Korxonalar va tashkilotlar, tijorat banklarining rahbarlari mazkur Nizom talablariga rioya etilishi uchun shaxsan javob beradilar.
(47-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 16-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Tijorat banklari korxonalarning konvertatsiyaga buyurtmanomalar berishining toʻgʻriligi, xarid qilingan xorijiy valyutadan oʻz vaqtida va maqsadli foydalanilishi, valyutani tartibga solish va valyuta nazoratiga doir boshqa qonunchilik va meʼyoriy hujjatlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar.
(48-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 16-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi boʻlinmalari tomonidan mazkur Nizomga muvofiq konvertatsiya qilinadigan summalarni belgilashning toʻgʻriligi yuzasidan tekshirishlar oʻtkazib turiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ortiqcha konvertatsiya qilingan summalar aniqlanganda soliq organlarining koʻrsatmasi bilan ortiqcha konvertatsiya qilingan xorijiy valyuta vakolatli banklar tomonidan korxonalarning hisob raqamlaridan koʻchiriladi hamda mazkur summalar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining hisob raqamlariga qoʻshib qoʻyiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Mazkur Nizomda nazarda tutilgan tartibga rioya etmaslik tijorat banklarini vaqtinchalik, 6 oy muddatgacha ichki valyuta bozorida chet el valyutasini xarid qilish huquqidan mahrum etish uchun asos boʻlishi mumkin.
(50-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 16-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Tijorat banklari birjadan tashqari valyuta bozorida oʻtkazilayotgan operatsiyalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan shakl va muddatlarda axborot taqdim etadi.
(51-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 16-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 13-son, 90-modda; 2001-y., 20-son, 142-modda;2002-y., 1-son, 7-modda; 19-son, 150-modda; 2003-y., 1-2-son, 6-modda; 4-son, 42-modda; 14-son, 115-modda; 15-16-son, 129-modda; 19-son, 178-modda; 19-son, 181-modda; 2004-y., 16-son, 187-modda; 2005-y., 8-9-son, 69-modda; 2006-y., 30-son, 294-modda; 2014-y., 30-son, 371-modda; 2016-y., 51-son, 585-modda; 2017-y., 27-son, 615-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son, 04.05.2018-y., 09/18/323/1159-son, 08.08.2018-y., 09/18/620/1632-son; 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son; 25.05.2020-y., 09/20/329/0653-son)