04.01.2018 yildagi PQ-3459-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 04.01.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligining texnik jihozlanish darajasini yanada oshirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika qishloq xoʻjaligining asosiy texnika turlari bilan, birinchi galda, yer haydash, ekin ekish va hosilni yigʻib-terib olish kabi qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi samaradorligini belgilab beruvchi asosiy agrotexnika ishlari boʻyicha taʼminlanish darajasining hozirgi holatini, shuningdek, qishloq xoʻjaligi texnikasi yetkazib berishni moliyalashtirishni tashkillashtirish masalalarini tanqidiy tahlil qilish bir qator hal etilmagan muammo va kamchiliklar mavjudligini koʻrsatdi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchidan, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida foydalaniladigan qishloq xoʻjaligi texnikasining umumiy parkida jami 146,3 mingta texnikadan 56,2 mingtasi 15 yildan koʻproq vaqtdan buyon ishlatib kelinmoqda va bosqichma-bosqich yangilanishni taqozo etmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchidan, mashina-traktor parklarining moliyaviy-iqtisodiy holati amaldagi stavkalar boʻyicha tijorat kreditlarini jalb etgan holda yangi qishloq xoʻjaligi texnikasini sotib olish imkonini bermaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchidan, mashina-traktor parklari tomonidan koʻrsatilayotgan mexanizatsiyalashtirilgan xizmatlar haqini toʻlash tariflari darajasi paxta va gʻalla xarid narxlarining umumiy hajmida hosildorligi past xoʻjaliklarning chiqimlarini qoplamaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchidan, qishloq xoʻjaligiga jalb etilgan korxonalar va tashkilotlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash hamda qishloq xoʻjaligi texnikasi parkini yangilash jarayonlarini ragʻbatlantirishning amaldagi mexanizmlari bugungi kun talablariga mos kelmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchidan, mahalliy davlat hokimiyati organlari mintaqaning qishloq xoʻjaligi texnikasi bilan taʼminlanishi, shuningdek, qishloq xoʻjaligida mexanizatsiyalashtirilgan va servis xizmatlari koʻrsatuvchi tashkilotlarning holati uchun yetarli darajada javobgar boʻlmasdilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2018-yilda qishloq xoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirish chora-tadbirlari va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishning prognoz hajmlari toʻgʻrisida” 2017-yil 15-sentabrdagi PQ-3281-sonli qaroriga muvofiq hamda bahorgi agrotexnika ishlarini oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazish, qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga koʻrsatilayotgan mexanizatsiyalashtirilgan xizmatlar darajasi va sifatini oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ bilan birgalikda 2018-yilda bahorgi agrotexnika ishlarini oʻtkazish uchun zamonaviy haydov va chopiq traktorlari, gʻalla oʻrib-yigʻish kombaynlari, pluglar, seyalkalar va boshqa qishloq xoʻjaligi texnikasini jami 5 778 ta, shu jumladan, 758 ta haydov traktori, 1 500 ta chopiq traktori, 330 ta bogʻdorchilikka moʻljallangan traktor, 2 790 ta osma va tirkama qishloq xoʻjaligi texnikasi, shuningdek, boshoqli don ekinlari hosilini oʻrib-yigʻib olish boshlanishigacha — 400 ta gʻalla oʻrib-yigʻib olish kombaynlari yetkazib berishga boʻlgan birinchi navbatdagi talab-ehtiyoj belgilandi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ tomonidan ishlab chiqilgan quyidagi maqsadli parametrlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi navbatda qishloq xoʻjaligi texnikasini hududlar boʻyicha 2018-yilning I yarmida yetkazib berish 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi texnikasini 2018-yilning 15-apreliga qadar (yirik blokli yigʻish) yetkazib berish 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimiz tashkilotlari tomonidan qishloq xoʻjaligi texnikasini sanoat koʻlamida ishlab chiqarish 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, yuqorida koʻrsatilgan qishloq xoʻjaligi texnikasini yetkazib berish “Agrobank” ATB kreditlari, fermer xoʻjaliklari va mashina-traktor parklarining oʻz mablagʻlari, shuningdek, “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ va “Oʻzagroservis” AJ tomonidan mashina-traktor parklariga taqdim etiladigan qarz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Agrobank” ATBga fermer xoʻjaliklari va “Oʻzagroservis” AJ tarkibiga kiruvchi mashina-traktor parklariga “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ hamda uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar tomonidan taʼminlanishi (ishonch xati, mol-mulkni garovga qoʻyish) hisobiga yillik 5 foizli stavka boʻyicha 10 yil muddatga kreditlar berish tavsiya qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Agrobank” ATB va “Oʻzagroservis” AJ olingan mablagʻlar hisobiga 2018-yilning 20-yanvaridan kechiktirmay “Oʻzagrotexmash” AJ tashkilotlariga mazkur qaror bilan ishlab chiqarish va yetkazib berish belgilangan qishloq xoʻjaligi texnikasi qiymatining kamida 70 foizi miqdorida, qishloq xoʻjaligi texnikasi ishlab chiqarishni tezkor tashkillashtirish, shu jumladan, zarur qismlar va materiallarni import boʻyicha sotib olish uchun avans (boʻnak) bera boshlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ tarkibiga kiruvchi mashina-traktor parklarining budjetga va maqsadli davlat jamgʻarmalariga majburiy toʻlovlar boʻyicha 2018-yilning 1-yanvarigacha boʻlgan holati boʻyicha qarzlarni toʻlash muddatini 2 yilga kechiktirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining davlat xaridini maqsadli moliyalashtirish va qishloq xoʻjaligini texnika bilan jihozlash jamgʻarmasi, “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Agrobank” ATB va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda bir oy muddatda mashina-traktor parklariga ular tomonidan koʻrsatilayotgan mexanizatsiyalashtirilgan xizmatlar uchun kelib tushayotgan pul mablagʻlarini qishloq xoʻjaligi texnikasini sotib olishga ajratilgan kreditlar va qarzlar uchun hisob-kitob qilishga maqsadli yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gʻalla, paxta va sholining xarid narxlarini shakllantirishda mexanizatsiyalashtirilgan xizmatlar haqini toʻlash tariflari miqdorini qayta koʻrib chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “Oʻzagrotexmash” AJ bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qarorga muvofiq qishloq xoʻjaligi texnikasi oʻz vaqtida ishlab chiqarilishi va yetkazib berilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qarorga muvofiq qishloq xoʻjaligiga yetkazib beriladigan qishloq xoʻjaligi texnikasi ishlab chiqarishni mahalliylashtirish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksi bir oy muddatda ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari “Oʻzagroservis” AJ bilan birgalikda — qishloq xoʻjaligi texnikasini sotib olish uchun taqdim etilgan kreditlar va qarzlar oʻz vaqtida qaytarilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) “Oʻzagroservis” AJ bilan birgalikda — sotib olingan qishloq xoʻjaligi texnikasi uchun oʻz vaqtida hisob-kitob qilinishini, shuningdek, kreditlar va qarzlar hududiy tashkilotlarning bank hisobvaraqlari orqali qaytarilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ, “Agrobank” ATB boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda ikki oy muddatda xalqaro amaliyotni tahlil qilish asosida qishloq xoʻjaligi texnikasi parkini yangilash orqali qishloq xoʻjaligini modernizatsiyalashni ragʻbatlantirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin, unda quyidagilar nazarda tutiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimizda ishlab chiqariladigan yangi qishloq xoʻjaligi texnikasini sotib olayotgan qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini va mashina-traktor parklarini, shuningdek, paxtachilikka ixtisoslashtirilgan toʻqimachilik klasterlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligida mexanizatsiyalashtirilgan va servis xizmatlari koʻrsatish sohasida xususiy sektorni rivojlantirishga koʻmaklashuvchi moliyaviy oʻzaro munosabatlarning yangi zamonaviy tizimini yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mintaqalarni rivojlantirish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish masalalarini hal etishda mahalliy ijroiya hokimiyat organlarining vakolatlari kengaytirilganligini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Samarqand va Sirdaryo viloyatlari hokimliklarining mazkur viloyatlarning hokimliklari huzurida, eksperiment tariqasida, hududiy “Agroservis MTP” negizida tuman filiallari bilan birga davlat unitar korxonasi shaklidagi mashina-traktor parklarini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2019-yilning 1-yanvariga qadar Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida oʻtkazilgan eksperiment natijalari boʻyicha hokimliklar huzurida davlat unitar korxonasi shaklidagi mashina-traktor parklarini tashkil etish maqsadga muvofiqligi va samaradorligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi qoʻshimcha chiqarilgan aksiyalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazsin hamda “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ, “Oʻzagroservis” AJ va “Agrobank” ATBning ilgari chiqarilgan emissiyasiga oʻzgartirishlar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi N.S. Otajonov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z.T. Mirzayev va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 4-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3459-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-yanvardagi PQ-3459-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi navbatda qishloq xoʻjaligi texnikasini hududlar boʻyicha 2018-yilning I yarmida yetkazib berishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAQSADLI PARAMETRLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dona
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Qishloq xoʻjaligi texnikasi nomi

Jami, dona

shu jumladan:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Andijon
viloyati

Buxoro
viloyati

Jizzax
viloyati

Qashqadaryo viloyati

Navoiy
viloyati

Namangan viloyati

Samarqand viloyat

Surxondaryo viloyati

Sirdaryo
viloyati

Toshkent
viloyati

Fargʻona
viloyati

Xorazm
viloyati

1.

213 ot kuchi quvvatiga ega T-7060 traktorlari

70

2

5

9

5

6

7

5

3

9

5

10

3

1

2.

155-175 ot kuchi quvvatiga ega “Djon Diir” traktorlari

100

4

7

13

10

10

3

10

7

8

10

10

7

1

3.

150 ot kuchi quvvatiga ega “Arion-630S” traktorlari

88

6

5

8

7

9

4

7

7

9

7

8

8

3

4.

140 ot kuchi quvvatiga ega T-6070 traktorlari

350

18

32

18

34

42

14

42

18

28

34

32

24

14

5.

150 ot kuchi quvvatiga ega “Belarus 1523” traktorlari

150

6

9

15

12

15

7

12

12

15

12

15

15

5

6.

110 ot kuchi quvvatiga ega TD-5.110 traktorlari

400

30

32

30

32

34

22

32

30

32

34

32

32

28

7.

100 ot kuchigacha quvvatga ega paxtachilik traktorlari

1 100

50

45

45

200

45

40

140

40

75

150

80

140

50

8.

50 ot kuchigacha quvvatga ega “Djon Diir” bogʻdorchilik traktorlari

200

14

14

16

14

16

10

20

20

12

10

20

20

14

9.

62 ot kuchigacha quvvatga ega bogʻdorchilik traktorlari

130

10

10

12

10

8

6

12

12

8

8

12

12

10

Jami traktorlar:

2 588

140

159

166

324

185

113

280

149

196

270

219

261

126

10.

CASE gʻalla oʻrib-yigʻish kombaynlari

200

5

17

22

22

22

6

20

22

22

8

15

15

4

11.

“Vektor” gʻalla oʻrib-yigʻish kombaynlari

100

5

2

20

2

10

12

15

15

15

4

12.

“Dominator 130” gʻalla oʻrib-yigʻish kombaynlari

100

10

6

2

15

8

4

10

14

5

6

6

10

4

Jami kombaynlar:

400

20

25

24

57

32

10

40

48

42

29

36

25

12

13.

Agʻdarma pluglar

750

35

50

50

60

100

45

65

45

55

60

85

70

30

14.

Aniq ekish seyalkalari

200

5

15

15

15

10

10

10

15

15

40

30

13

7

15.

Chigit seyalkalari

600

30

55

65

65

30

50

25

60

60

60

60

40

16.

Paxta purkagichlari

600

40

40

40

80

45

40

40

45

40

60

40

50

40

17.

Gʻuza kultivatorlari

600

40

40

40

80

45

40

40

45

40

60

40

50

40

18.

Lazerli yer tekislagichlar

40

3

3

3

3

3

3

3

3

3

4

3

3

3

Jami osma

va tirkama texnika:

2 790

153

203

148

303

268

168

208

178

213

284

258

246

160

Jami:

5 778

313

387

338

684

485

291

528

375

451

583

513

532

298

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-yanvardagi PQ-3459-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi texnikasini 2018-yilning 15-apreliga qadar (yirik blokli yigʻish) yetkazib berishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAQSADLI PARAMETRLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Qishloq xoʻjaligi texnikasi nomi

Miqdori

1.

155-175 ot kuchi quvvatiga ega “Djon Diirtraktorlari

100

2.

150 ot kuchi quvvatiga ega “Arion-630Straktorlari

88

3.

150 ot kuchi quvvatiga ega “Belarus 1523 traktorlari

150

4.

50 ot kuchigacha quvvatga ega “Djon Diir” bogʻdorchilik traktorlari

200

5.

Agʻdarma pluglar

400

Jami:

938

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-yanvardagi PQ-3459-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimiz korxonalari tomonidan qishloq xoʻjaligi texnikasini sanoat koʻlamida ishlab chiqarishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAQSADLI PARAMETRLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Qishloq xoʻjaligi texnikasi nomi

Miqdori

1.

213 ot kuchi quvvatiga ega T-7060 traktorlari

70

2.

140 ot kuchi quvvatiga ega T-6070 traktorlari

350

3.

110 ot kuchi quvvatiga ega TD-5.110 traktorlari

400

4.

100 ot kuchigacha quvvatga ega paxtachilik traktorlari

1 100

5.

62 ot kuchigacha quvvatga ega bogʻdorchilik traktorlari

130

Jami traktorlar:

2 050

6.

CASE gʻalla oʻrib-yigʻish kombaynlari

200

7.

Vektor” gʻalla oʻrib-yigʻish kombaynlari

100

8.

Dominator 130 gʻalla oʻrib-yigʻish kombaynlari

100

Jami kombaynlar:

400

9.

Agʻdarma pluglar

350

10.

Aniq ekish seyalkalari

200

11.

Chigit seyalkalari

600

12.

Paxta purkagichlari

600

13.

Gʻoʻza kultivatorlari

600

14.

Lazerli yer tekislagichlar

40

Jami osma va tirkama texnika:

2 390

Jami:

4 840

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2018-y., 07/18/3459/0505-son, 30.05.2018-y., 07/18/3751/1284-son, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)