04.01.2018 yildagi PQ-3458-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 04.01.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash, mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalar va texnik koʻmak vositalarini jalb etishni kengaytirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi va Yevropa investitsiya banki (keyingi oʻrinlarda — YEIB) oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi hududida YEIBning faoliyat olib borishi toʻgʻrisida 2017-yil 13-oktabr kuni Vashington shahrida (AQSH) imzolangan Hadli bitim tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi Yevropa investitsiya banki bilan oʻzaro hamkorlik qilish va mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirishda masʼul organ etib belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi bilan Yevropa investitsiya banki oʻrtasidagi Hadli bitimning qonuniy kuchi xususida Yevropa investitsiya bankiga ularga maqbul boʻlgan yuridik xulosa bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi tomoni mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun zarur ichki davlat tartib-taomillarini bajarganligi toʻgʻrisida tegishli bildirishnoma yuborsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 4-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3458-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2018-y., 07/18/3458/0504-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)