03.01.2018 yildagi PQ-3457-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 07.04.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-martdagi “Oʻzbekiston sportchilarini 2020-yil Tokio shahri (Yaponiya)da boʻlib oʻtadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya oʻyinlariga tayyorlash toʻgʻrisida”gi PQ-2821-sonli qaroriga muvofiq hamda YUNESKOning Sportda dopingga qarshi kurash toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyasini qoʻllash tadbirlarini amalga oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligini (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Agentlik faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportda doping qoʻllanishining oldini olish va dopingga qarshi kurashish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etish, Butunjahon antidoping kodeksi, xalqaro antidoping standartlariga asoslangan milliy antidoping qoidalari hamda normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va joriy qilish, shuningdek, ularga rioya etilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
antidoping nazoratining samarali tizimini, sportda farmakologik taʼsir koʻrsatuvchi dori vositalari va boshqa moddalar qoʻllanishini nazorat qilish dasturlari va uslublari, shuningdek, sportchilar va sport tashkilotlari uchun intizomiy reglamentni ishlab chiqish va joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadqiqotlar (doping-testlar) va doping nazoratining boshqa elementlarini tashkil etish, Oʻzbekiston Respublikasida Butunjahon dopingga qarshi agentligining respublika sportchilari haqida maʼlumotlarni toʻplash va saqlash uchun moʻljallangan antidoping maʼmuriyatchiligi va menejment (ADAMS tizimi) boʻyicha onlayn tizimini qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
antidoping nazorati sohasida ilgʻor uslublar va texnologiyalar bilan almashish hamda ularni mamlakatimizda joriy qilish uchun yetakchi xorijiy tashkilotlar bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport federatsiyalari, klublari va jamoalari tibbiyot xodimlarining malakasini oshirishga koʻmaklashish, ularga sportda doping qoʻllanishining oldini olish va antidoping nazoratini amalga oshirish borasida uslubiy yordam koʻrsatish, taʼlim dasturlarini amalga oshirish, sogʻlom va halol sportni targʻib qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat hokimiyati organlari, jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning antidoping nazorati sohasida oʻzaro hamkorligini muvofiqlashtirish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki, Agentlik:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz faoliyati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beruvchi davlat organi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya mablagʻlari, xalqaro moliya institutlarining grantlari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi PQ-5057-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2021-y., 07/21/5057/0300-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi PQ-5057-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2021-y., 07/21/5057/0300-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi nizomini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qoʻmitasi huzuridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazining “Milliy antidoping xizmati”ni tugatish hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qoʻmitasi huzuridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi tizimida “Sport psixologiyasi boʻlimi” tashkil etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetini shakllantirishda Agentlikni saqlash va uning faoliyat koʻrsatishi, shu jumladan, antidoping tadqiqotlarini tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlar uchun zarur mablagʻlarni nazarda tutsin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi PQ-5057-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2021-y., 07/21/5057/0300-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Agentlik buyurtmanomalari boʻyicha Agentlik faoliyatini tashkil etish va uning faoliyat koʻrsatishi uchun jalb etiladigan chet ellik mutaxassislarning kirish vizalari konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Agentlik buyurtmanomalari boʻyicha Agentlik faoliyatini tashkil etish va uning faoliyat koʻrsatishi uchun jalb etiladigan chet ellik mutaxassislarga koʻp martalik vizalar belgilangan tartibda berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularni davlat bojlari undirilmasdan vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish va uning muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-yanvardagi PF-6146-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Agentlikka biologik namunalarni toʻplash uchun maxsus moslamalar va boshqa tovarlarni xarid qilish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri import shartnomalari, shuningdek, tadqiqotlar (doping-testlar) oʻtkazish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish shartnomalarini tender savdolari oʻtkazmasdan tuzish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Agentlik tomonidan sportchilarning biologik namunalarini toʻplash uchun respublikaga olib kelinadigan maxsus moslamalar va boshqa tovarlar belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar 2-ilovaga muvofiq kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduhakimov zimmasiga yuklansin.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi PQ-5057-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2021-y., 07/21/5057/0300-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 3-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3457-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi PQ-5057-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2021-y., 07/21/5057/0300-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-yanvardagi PQ-3457-sonli qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qoʻmitasi huzuridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazini tashkil etish toʻgʻrisida” 2013-yil 3-iyuldagi PQ-1994-sonli qarori:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 1-bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Belgilansinki, Sport tibbiyoti markazi sportchilarning — mamlakat terma jamoalari aʼzolarini musobaqalarga tibbiy-biologik va tibbiy-psixologik tayyorgarligini taʼminlovchi bosh tibbiyot muassasasi hisoblanadi.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchi — oʻn birinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi — oʻninchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 1-ilovadagi “Milliy antidoping xizmati” soʻzlari “Sport psixologiyasi boʻlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 27-noyabrdagi PQ-3403-sonli qarorining 9-ilovasidagi “Mutasaddi vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar” boʻlimi qoʻshimcha 91 bandi bilan quyidagi mazmunda toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“91. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi”.