28.12.2017 yildagi PQ-3449-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qurilish birlashmasi” aksiyadorlik jamiyatini davlat unitar korxonasi etib qayta tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv tizimini takomillashtirish, qurilish ishlarini tashkil etish samaradorligini oshirish, oʻta muhim obyektlarni oʻz vaqtida va sifatli foydalanishga topshirishni taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Ishlar boshqarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Arxitektura va qurilish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Qurilish birlashmasi” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining (keyingi oʻrinlarda — “Qurilish birlashmasi” AJ) “Qurilish birlashmasi” aksiyadorlik jamiyatini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Ishlar boshqarmasining “Qurilish birlashmasi” davlat unitar korxonasi (keyingi oʻrinlarda — “Qurilish birlashmasi” DUK) etib qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, “Qurilish birlashmasi” DUK “Qurilish birlashmasi” AJning shartnomalari va majburiyatlari boʻyicha huquqiy voris hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Qurilish birlashmasi” AJ:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda aksiyadorlardan aksiyalarni sotib olish maqsadida “Qurilish birlashmasi” AJning aksiyalari bozor narxini baholashni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ulushi aksiyalari boʻyicha dividendlarni “Qurilish birlashmasi” DUKni rivojlantirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga yoʻnaltirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyadorlar boʻlmagan holda — Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 249-moddasiga muvofiq pul mablagʻlarini notarial idoraning depozitiga oʻtkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Ishlar boshqarmasining “Qurilish birlashmasi” davlat unitar korxonasini aksiyadorlik jamiyati etib qayta tashkil etish toʻgʻrisida” 2014-yil 18-apreldagi PQ-2165-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi O.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni ishlar boshqaruvchisi Z.H. Haydarov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 28-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3449-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2017-y., 03/18/3449/0487-son)