Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSh PROKURATURASI HUZURIDAGI SOLIQQA OID JINOYATLARGA QARShI KURAShISh DEPARTAMENTI FAOLIYATINI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-maydagi PF-5446-sonli “Budjet mablagʻlaridan foydalanish samaradorligini tubdan oshirish va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan soliqlarni va budjetga boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan bosh tortish hollarini aniqlash, soliqqa oid jinoyatlar va qonun buzilishlarining oldini olish, soliqqa tortiladigan bazani kengaytirish va davlatga yetkazilgan zararni undirish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrilmoqda.
Shu bilan birga, Departament va uning joylardagi organlari ishlarining natijadorligi ular oldiga qoʻyilgan vazifalarga, birinchi navbatda “yashirin” iqtisodiy faoliyatni aniqlash va oldini olish, xoʻjalik, moliya-valyuta sohasida belgilangan qonun normalarini buzish yoʻli bilan davlat manfaatlariga yetkazilayotgan jiddiy zararni aniqlash boʻyicha qoʻyilgan vazifalarga toʻliq javob bermayapti.
Departamentning axborot-tahliliy ishlari darajasi, qoʻllanilayotgan tahlil metodlari zamonaviy talablarga javob bermaydi. Koʻp hollarda qonun hujjatlarining koʻrinib turgan buzilishlari aniqlanmoqda. Ayni bir vaqtda jiddiy jinoyatlarga olib kelayotgan chuqur sabablar eʼtibordan chetda qolmoqda.
Soliq va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashishda qatʼiyat yetishmayapti, soliqlarni toʻlashdan bosh tortishning mavjud mexanizmlari va yoʻllarini aniqlashga doir ishlar yetarli samara bilan olib borilmayapti.
Huquqni muhofaza qilish va soliq organlari, Moliya vazirligi va uning joylardagi tuzilmalari bilan oʻzaro hamkorlikni taʼminlash ishlari qoniqarsiz yoʻlga qoʻyilgan.
Valyuta sohasida yoʻl qoʻyilayotgan qonun buzilishlari va jinoyatlar faoliyat doirasidan chetda qolmoqda.
Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashishni yanada kuchaytirish va uning samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga (keyingi oʻrinlarda Departament deb yuritiladi) aylantirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-iyuldagi 291-son qarori bilan ilgari tasdiqlangan funksiyalarga qoʻshimcha ravishda, Departamentga va uning hududiy boʻlinmalariga valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashishni kuchaytirish boʻyicha quyidagi vazifalar yuklansin:
xorijiy valyutada operatsiyalarni amalga oshirishda qonun buzilishlarini aniqlash, ularni bartaraf etish, oldini olish va profilaktika qilish;
xorijiy valyuta mablagʻlarining chetga chiqib ketishi mexanizmlari va yoʻllarini, ularning noqonuniy aylanishini, xorijiy valyutani sotish boʻyicha majburiyatlardan bosh tortish hollarini aniqlash boʻyicha operativ-tahliliy, qidiruv ishlarini oʻtkazish;
respublika hududida rezidentlar va norezidentlar tomonidan xorijiy valyutada ish haqi toʻlash va hisob-kitob qilish hollarini aniqlash va ularni bartaraf etish;
xorijiy valyutadagi toʻlovlar amalga oshirilishining qonuniyligini, valyuta operatsiyalari boʻyicha hisob va hisobotlarning toʻliqligi va obyektivligini tekshirish;
normativ-huquqiy bazani, eng avvalo valyuta almashtirish operatsiyalari, shuningdek valyuta mablagʻlarini noqonuniy olib kelish va olib chiqib ketish sohasida qonun buzilishlarining oldini olish va profilaktikasi sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va takliflar tayyorlash;
amaldagi qonun hujjatlarini buzgan holda oʻtkazilayotgan xorijiy valyutadagi operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborotlarni yigʻish, ular bilan ishlash va har tomonlama tahlil qilish;
valyuta sohasidagi qonun buzilishlari va ularni sodir qilgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning yagona markazlashtirilgan hisobini yuritish va maʼlumotlarning kompyuter bazasini yaratish;
xorijiy valyutani sotib olish va import-eksport hamda vositachilik operatsiyalarini amalga oshirish bilan bogʻliq valyutaga oid qonun buzilishlarini oʻrganish va tahlil qilish;
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan valyutani tartibga solish sohasida oʻzaro hamkorlik qilishni va axborotlar almashishni amalga oshirish, bunda jinoiy yoʻllar bilan olingan daromadlarning qonuniylashtirilishiga (halollab olinishiga) qarshi kurashish masalalariga alohida eʼtibor berish.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Xodimlarning shtatdagi umumiy soni doirasida:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Departament tuzilmasida 10 kishidan iborat;
Toshkent shahar prokuraturasi huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi tuzilmasida 20 kishidan iborat boʻlgan valyutaga doir jinoyatlarni aniqlash, bartaraf etish va oldini olish boʻlimlari tashkil etilsin.
Belgilab qoʻyilsinki, koʻrsatib oʻtilgan funksiyalar boshqa mintaqalarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar prokuraturalari huzuridagi soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmalarining soliq va valyutaga oid jinoyatlarni aniqlash, bartaraf etish va oldini olish boʻlimlari tomonidan bajariladi.
4. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining tashkiliy-shtat tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokuraturalari huzuridagi soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmalarining, shuningdek tuman (shahar) prokuraturasi huzuridagi soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish tuman (shahar) boʻlimlarining namunaviy tashkiliy-shtat tuzilmalari 2, 2a, 3, 3a-ilovalarga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti toʻgʻrisidagi Nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori:
valyutaga oid jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlarni tergov qilishga ixtisoslashgan surishtiruvchilar va tergovchilarni qayta tayyorlashni, tergov davomida noqonuniy valyuta operatsiyalarining barcha qatnashchilarini, eng avvalo jinoiy guruhlarning tashkilotchilarini, shuningdek xorijiy valyutaning noqonuniy aylanishi moliyaviy manbalari va yoʻllarini aniqlashga doir chora-tadbirlar koʻrishni taʼminlasin;
tashkil etilgan boʻlinmalarni yuqori kasb malakasiga va tahlil qilish qobiliyatiga ega boʻlgan malakali kadrlar bilan butlashni bir oy muddatda taʼminlasin;
Departament va uning hududiy boʻlinmalari xodimlarini ularning egallab turgan lavozimlariga muvofiqligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha maxsus komissiya tuzsin.
Komissiya attestatsiyani ikki oy muddatda amalga oshirsin, bunda xodimlarning kasb boʻyicha tayyorgarlik darajasining qoʻyiladigan talablarga muvofiqligini, ularning tahliliy fikrlash qobiliyatini, shuningdek ishchanlik va shaxsiy sifatlarini tanqidiy baholasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga Departament va uning hududiy boʻlinmalari tuzilmasiga xodimlarning belgilangan cheklangan soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Valyuta nazoratini amalga oshiruvchi organlar va agentlarga yagona markazlashtirilgan kompyuter hisobini yuritish uchun zarur boʻlgan valyutaga oid qonun buzilishlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Departamentga taqdim etish yuklansin.
Bosh prokuratura manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda valyuta nazorati organlari va agentlari tomonidan aniqlangan qonun buzilishlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish tartibini ikki hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiyot va soliq sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 6-iyuldagi 291-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 7-son, 32-modda)ga 5-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
9. Bosh prokuratura Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar yuzasidan takliflar kiritsin.
10. Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi Bosh prokuratura bilan birgalikda 2003-yilgi investitsiya dasturiga Departamentda valyuta sohasidagi qonun buzilishlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning yagona kompyuter bazasini yaratishni kiritsinlar.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. Sultonov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A. Azizov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 28-noyabr,
415-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-apreldagi PQ–331-son Qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 18-son, 147-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-apreldagi PQ–331-son Qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 18-son, 147-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-apreldagi PQ–331-son bilan Qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 18-son, 147-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-apreldagi PQ–331-son bilan Qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 18-son, 147-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-apreldagi PQ–331-son bilan Qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 18-son, 147-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-apreldagi PQ–331-son bilan Qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 18-son, 147-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-iyundagi 291-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 1-bandning birinchi xatboshida “Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi huzurida Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. 2-bandda “Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi huzuridagi” va “Soliqqa oid jinoyatlarni” soʻzlari tegishli ravishda “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi”, “soliq va valyutaga oid jinoyatlarni” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. 4-bandning birinchi, toʻrtinchi va beshinchi xatboshilarida “soliqqa”, “soliq” soʻzlari tegishli ravishda “soliq va valyutaga”, “soliq va valyuta” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4. 5-bandda:
birinchi xatboshida “soliqqa oid jinoyatlarni” va “iqtisodiy va soliq sohasidagi” soʻzlari tegishli ravishda “soliq va valyutaga oid jinoyatlarni” va “iqtisodiyot va soliq sohasidagi hamda xorijiy valyuta aylanishi sohasidagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshida “Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasiga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshida “birinchi navbatda” soʻzlari chiqarib tashlansin, “iqtisodiyot va soliqqa oid” soʻzlari “iqtisodiyot, soliq va valyutaga oid” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshida “iqtisodiyot va soliqqa oid” soʻzlari “iqtisodiyot, soliq va valyutaga oid” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. 7-bandda:
oltinchi xatboshida “Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi huzuridagi Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. 8-bandning ikkinchi, toʻrtinchi va oltinchi xatboshilarda “Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasining” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. 9, 10, 12-bandlarda va 14-bandning birinchi xatboshida “Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
9. 1, 2, 2a, 3, 3a, 5-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
10. 4 va 4a-ilovalarning nomlanishidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi huzuridagi Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
11. 6-ilovada:
ilovaning nomlanishida, 1-bandida va ilovada “Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi huzuridagi Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 22-son, 182-modda; 2005-y., 34-36-son, 264-modda; 2006-y., 18-son, 147-modda, 27-son, 250-modda)