Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Soliq maʼmuriyatchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2017-yil 18-dekabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2017-yil 20-dekabrda maʼqullangan
Senat tomonidan 2017-yil 20-dekabrda maʼqullangan
Oldingi tahrirga qarang.
(1-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 12-apreldagi OʻRQ-763-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2022-y., 03/22/763/0306-son)
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 163-I-sonli va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan 256-I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda, № 9, 494, 498-moddalar; 2007-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 4, 156, 164-moddalar, № 8, 367-modda, № 9, 416-modda, № 12, 598, 608-moddalar; 2008-yil, № 4, 192-modda, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2010-yil, № 9, 335, 337, 340-moddalar; 2011-yil, № 12/2, 363, 364, 365-moddalar; 2012-yil, № 4, 106, 109-moddalar, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar; 2016-yil, № 4, 125-modda; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 9, 510-modda) 26-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“26-modda. Yakka tartibdagi tadbirkorning va yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxslarning bankrot boʻlishi
Yakka tartibdagi tadbirkor kreditorlarning oʻz tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi bilan bogʻliq boʻlgan talablarini qanoatlantirishga qodir boʻlmasa, belgilangan tartibda bankrot deb topilishi mumkin.
Yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxs kreditorlarning talablarini qanoatlantirishga qodir boʻlmasa, agar tegishli talablar uning ilgarigi tadbirkorlik faoliyatidan kelib chiqqan boʻlsa, belgilangan tartibda bankrot deb topilishi mumkin.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan shaxsni bankrot deb topish taomillarini amalga oshirishda uning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlmagan majburiyatlari boʻyicha kreditorlari ham oʻz talablarini qoʻyishga haqli. Mazkur kreditorlarning ular tomonidan shunday tartibda qoʻyilmagan talablari bankrot deb topish taomili tugallanganidan keyin ham oʻz kuchini saqlab qoladi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan shaxs bankrot deb topilgan taqdirda, uning kreditorlarining talablari ushbu Kodeksning 56-moddasida nazarda tutilgan tartibda qanoatlantiriladi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan shaxsni sud tomonidan bankrot deb topishning yoki uning oʻzini bankrot deb eʼlon qilishining asoslari va tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi”.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi 474-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 232-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda, № 9-10, 182-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda, № 9, 312-modda, № 12, 415-modda; 2006-yil, № 10, 536-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 12, 474-modda; 2010-yil, № 9, 336-modda; 2012-yil, № 4, 105-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 12, 385-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda) 6-moddasi birinchi qismining 18-bandidagi “uch kunlik muddatda” degan soʻzlar “uch ish kuni ichida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 29-aprelda qabul qilingan “Elektron tijorat toʻgʻrisida”gi 613-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 22-mayda qabul qilingan OʻRQ-385-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 5, 178-modda) quyidagi qoʻshimchalar va oʻzgartish kiritilsin:
1) 11-modda:
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Elektron tijorat ishtirokchisi — tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotuvchi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran, faoliyatning litsenziyalanadigan turini amalga oshirgan taqdirda esa tegishli litsenziyani olgan paytdan eʼtiboran elektron tijoratni amalga oshirish huquqiga ega”;
uchinchi qism toʻrtinchi qism deb hisoblansin;
2) quyidagi mazmundagi 111-modda bilan toʻldirilsin:
“111-modda. Elektron tijorat sohasida hisob-kitoblar
Elektron tijorat sohasida hisob-kitoblar Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “Elektron toʻlovlar toʻgʻrisida”gi, “Elektron hujjat aylanishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 7-yanvardagi OʻRQ-601-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son)
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
8-modda. Ushbu Qonun 2018-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 30-dekabr,
OʻRQ-455-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 03/18/455/0492-son; 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2022-y., 03/22/763/0306-son, 30.09.2022-y., 03/22/792/0870-son)