Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining
Qarori
Ilmiy unvonlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 30-bandini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 29-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2793-4]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-noyabrdagi 937-son “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2016-yil 28-apreldagi 224/8-son qarori (roʻyxat raqami 2793, 2016-yil 3-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 22-son, 260-modda) bilan tasdiqlangan Ilmiy unvonlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 30-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Fan va texnologiyalar agentligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oliy attestatsiya komissiyasi raisi A. YUSUPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 18-dekabr,
246/1-son
Kelishilgan:
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I. MADJIDOV
2017-yil 13-dekabr
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV
2017-yil 13-dekabr
Tashqi ishlar vaziri A. KAMILOV
2017-yil 14-dekabr
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ShADMANOV
2017-yil 14-dekabr
Madaniyat vaziri B. SAYFULLAYEV
2017-yil 14-dekabr
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari A. VAXABOV
2017-yil 15-dekabr
Fanlar akademiyasi prezidenti B. YULDASHEV
2017-yil 15-dekabr
Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi raisi R. KURBANOV
2017-yil 15-dekabr
Innovatsion rivojlanish vaziri I. ABDURAXMONOV
2017-yil 15-dekabr
Fan va texnologiyalar agentligi Bosh direktori M. BOLTABAYEV
2017-yil 15-dekabr
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 10/17/2793-4/0479-son)