Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarigi oʻzgartirish va koʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Vazirlar Mahkamasining “Rangli metall parchalari va chiqindilarini toʻplash, topshirish xamda qayta ishlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 18-oktabrdagi 849-son qarori)
Vazirlar Mahkamasining “Rangli metall parchalari va chiqindilarini toʻplash, topshirish xamda qayta ishlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 18-oktabrdagi 849-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S. Sultonov hamda “Oʻzikkilamchiranglimetall” AJ bosh direktori F.R. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 25-dekabr,
1017-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1017-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Sanoat korxonalarining omborxonalarida tayyor mahsulotlar qoldiqlarining normativlari toʻgʻrisida” 2000-yil 28-apreldagi 167-son qaroriga 1-ilovadagi “Toshkent rangli metall parchalari, chiqindilarini qayta ishlash zavodi AJ” soʻzlari “Oʻzbekiston rangli metall parchalari, chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 28-iyundagi 124-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 6-son, 46-modda) bilan tasdiqlangan Moddiy balanslarni ishlab chiqish va tasdiqlash uchun kiritish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga ilova 12-bandining uchinchi va toʻrtinchi xatboshilaridagi “Toshkent rangli metall parchalari, chiqindilarini qayta ishlash zavodi OAJ” soʻzlari “Oʻzbekiston rangli metall parchalari, chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining “Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portaliga axborotlarni taqdim etish va joylashtirish tartibi toʻgʻrisida” 2009-yil 21-apreldagi 116-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 30-modda) 1-ilovaning 45-pozitsiyasidagi “Masʼullar” ustunidagi “Toshkent rangli metall parchalari, chiqindilarini qayta ishlash zavodi” soʻzlari “Oʻzbekiston rangli metall parchalari, chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy akkumulyator batareyalari ishlab chiqarishni yanada rivojlantirishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 24-martdagi 51-son qarorida:
a) 4-banddagi “Toshkent rangli metall parchalari, chiqindilarini qayta ishlash zavodi OAJ” soʻzlari “Oʻzbekiston rangli metall parchalari, chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) ilovaning 5-pozitsiyasi “Muassis nomi” ustunidagi “Toshkent rangli metall parchalari, chiqindilarini qayta ishlash zavodi OAJ” soʻzlari “Oʻzbekiston rangli metall parchalari, chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Sanoat tarmoqlari korxonalarining maʼnaviy eskirgan va eyilgan asbob-uskunalarini jadal yangilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 19-apreldagi 115-son qarorining 4-bandidagi “Toshkent rangli metall parchalari, chiqindilarini qayta ishlash zavodi OAJ” soʻzlari “Oʻzbekiston rangli metall parchalari, chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Zarar koʻrib ishlayotgan, iqtisodiy nochor va past rentabelli tashkilotlarning foydalanilmayotgan hududlari va ortiqcha ishlab chiqarish maydonlarini yanada optimallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 15-iyuldagi 192-son qarori 1-bandining toʻrtinchi xatboshidagi “Toshkent rangli metall parchalari, chiqindilarini qayta ishlash zavodi OAJ” soʻzlari “Oʻzbekiston rangli metall parchalari, chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2017-y., 09/17/1017/0460-son; 19.03.2020-y., 09/20/170/0336-son)